ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
79
XALQARO NIZOLARNI HAL ETISHDA BRYUSSEL I REGLAMENTINING
YURISDIKSIYA QOIDALARI
Madaminova Madinabonu
Toshkent davlat transport universiteti
Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14278023
Annotatsiya.
Ushbu maqola 1215/2012-sonli Bryussel I Reglamentining xalqaro xususiy
huquq sohasida, xususan, yurisdiksiya qoidalari bo‘yicha ahamiyatini tahlil qiladi. Shuningdek
ushbu reglament Yevropa Ittifoqi doirasida fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha xalqaro nizolarni
hal qilishda sudlarning vakolatini belgilaydi. Maqolada reglamentning asosiy qoidalari,
jumladan, umumiy yurisdiksiya qoidalari, maxsus va eksklyuziv yurisdiksiya, shuningdek,
tomonlar kelishuvi asosida yurisdiksiya tanlash imkoniyati tahlil qilinadi. Bryussel I
Reglamentining o‘ziga xos jihatlari, masalan, xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartibi
hamda ular xalqaro nizolarni hal qilishda qanday qo‘llanilishi tartibi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so’zlar:
Xalqaro nizolar, Yurisdiksiya, Sud qarorlarini tan olish, Sud qarorlarini ijro
etish, Yevropa Ittifoqi huquqi, Sud vakolati, Lis pendens.
ЮРИСДИКЦИОННЫЕ ПРАВИЛА БРЮССЕЛЬСКОГО РЕГЛАМЕНТА ПО
РАЗРЕШЕНИЮ МЕЖДУНАРОДНЫХ СПОРОВ
Аннотация.
Данная статья анализирует значение Регламента № 1215/2012
"Брюссель I" в области международного частного права, в частности, правила
юрисдикции. Кроме того, рассматривается, как этот регламент определяет полномочия
судов в рамках Европейского Союза при разрешении международных споров в гражданских
и коммерческих делах. В статье исследуются основные положения регламента, включая
общие правила юрисдикции, специальные и исключительные правила юрисдикции, а также
возможность выбора юрисдикции на основе соглашения сторон. Особое внимание
уделяется уникальным аспектам Регламента "Брюссель I", таким как процедура
признания и исполнения иностранных судебных решений и их применение при разрешении
международных споров.
Ключевые слова:
Международные споры, Юрисдикция, Признание судебных
решений, Исполнение судебных решений, Право Европейского Союза, Юрисдикция, Lis
pendens.
JURISDICTION RULES OF THE BRUSSELS I REGULATION FOR THE
RESOLUTION OF INTERNATIONAL DISPUTES
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
80
Abstract.
This article analyzes the significance of Regulation No. 1215/2012 "Brussels I"
in the field of private international law, particularly its jurisdictional rules. Additionally, it
examines how this regulation defines the jurisdiction of courts within the European Union when
resolving international disputes in civil and commercial matters. The article explores the key
provisions of the regulation, including general jurisdiction rules, special and exclusive
jurisdiction, as well as the possibility of choosing jurisdiction based on parties' agreements.
Special attention is given to unique aspects of the "Brussels I" Regulation, such as the procedure
for recognizing and enforcing foreign court decisions and their application in resolving
international disputes. The article also discusses the regulation's effectiveness in international
commercial and legal relations, its contribution to the dispute resolution process, and the
challenges encountered in applying its provisions.
Key words:
International disputes, Jurisdiction, Recognition of court decisions, Execution
of court decisions, European Union law, Jurisdiction, Lis pendens.
Kirish.
Xususiy turdagi munosabatlar sonining ortib borishi, o’z navbatida, xalqaro
xususiy tabiatga ega bo’lgan nizolarni ko’payishini, sudlar oldiga chet elementi bilan
murakkablashgan xususiy nizolarni o’z vaqtida va qonuniy va adolatli hal qilish masalasi
qo’yilishini keltirib chiqaradi. Transchegaraviy tijorat nizolarini hal qilishda vakolatli forumni
tanlash ya’ni yursidiksiya qoidalari asosida vakolatli sudni aniqlash zarurati tug’iladi. Yevropa
Ittifoqida tijorat va fuqarolik nizolarining adolatli hamda o’z vaqtida hal qilinishini ta’minlash
uchun umumiy huquqiy me’yorlar zarurdir. Shu sababdan, Bryussel I reglamenti xalqaro
yurisdiksiya qoidalarini belgilashda muhim o’rin tutadi.
Metodlar.
Ushbu maqola qiyosiy-huquqiy tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik,
normativ-huquqiy tahlil, doktrinal tahlil asosida yoritilgan bo’lib, Bryussel I Reglamentining
asosiy qoidalari, xususan, umumiy yurisdiksiya, maxsus va eksklyuziv yurisdiksiya qoidalari
batafsil o‘rganiladi. Shuningdek, tomonlar kelishuvi asosida yurisdiksiya tanlash imkoniyatlari va
xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartiblari ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari:
Bryussel I reglamenti 2001-yil ishlab chiqilgan va 2002-yil 1-martda
kuchga kirgan bo’lib, ushbu reglament Yevropa Ittifoqi yurisdiksiyasini tartibga soluvchi, aʼzo
davlatlar oʻrtasida fuqarolik va tijorat nizolarini hal etish bo’yicha sudlar qarorlarini tan olish
shuningdek ularni ijro etishni tartibini belgilab beruvchi muhim huquqiy asos boʻlgan. 2001
yilgacha Yevropada 1968- yilda qabu qilingan Bryussel konvensiyasi amal qilib kelgan ammo
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
81
1968-yilgi Bryussel Konvensiyasining o‘rniga Bryussel I Reglamentining qabul qilinishi bir necha
sabablarga ko‘ra amalga oshirildi. Ushbu o‘zgarishlar asosan quyidagi omillar bilan bog‘liq:
1.Tizimni zamonaviylishtirishga bo’lgan ehtiyoj:
Bryussel Konvensiyasi o‘z davrida muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan
yuridik va iqtisodiy sharoitlar o‘zgarib bordi. Bryussel I Reglamenti konvensiyaning tartib-
qoidalarini yangilab, zamon talablariga moslashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Bu o‘zgarishlar
sud yurisdiktsiyasi va qarorlarning tan olinishi va ijro etilishi jarayonlarini yanada
soddalashtirishga qaratilgan edi.
2. Yurisdiksiya qoidalarini yengillashtirish zarurati:
Bryussel I Reglamenti, konvensiyaga nisbatan, yurisdiksiya qoidalarini yanada
soddalashtirib, barcha Yevropa Ittifoqi a'zolari uchun yagona qoidalar tizimini taqdim etdi. Bu,
sudlarda yurisdiktsiyani belgilashda adolatli va izchil yondashuvni ta'minlashga yordam berdi.
Masalan Bryussel I Reglamenti 25-moddasiga asosan, shartnomalar bo'yicha
yurisdiksiyani belgilashda, tomonlar o'rtasidagi kelishuvni yanada kengaytirdi. Endi tomonlar
o'zaro kelishib, nizo qaysi sudda ko‘rilishini tanlash imkoniga ega bo’ladi va bu ikkala tarafga ham
majburiy ekanligi belgilab qo’yildi
3. Sud qarorlarini tan olish va ijro etish jarayonini soddalashtirish:
Bryussel I Reglamenti sud qarorlarining tan olinishi va ijro etish jarayonlarini yanada
tezlashtirishni maqsad qilib qo‘ydi. Bu reglament, sud qarorlarini boshqa davlatlarda tan olish va
ijro etishning shartlarini soddalashtirgan va buni avtomatik tartibda amalga oshirish imkonini
bergan.
Qisqa qilib aytganda Bryussel I Reglamentini qabul qilinishi Yevropa Ittifoqining ichki
bozorini rivojlantirishga yordam berdi. Sud yurisdiksiyasi, tan olish va ijro etish qoidalarining bir
xil bo‘lishi, savdo va iqtisodiy aloqalar o‘rtasida yanada mustahkam bog‘lanishni ta'minladi. Bu
esa investitsiyalarni, savdoni va iqtisodiy hamkorlikni oshirishga olib keldi. 2012-yilda esa
Bryussel I reglamentiga o'zgartirishlar kiritildi va uning o'rniga 2015 yil 10 yanvarda kuchga
kirgan Bryussel I bis Reglamenti qabul qilindi. Ushbu islohot transchegaraviy sud ishlarining
samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan va dastlabki nizomning ayrim kamchiliklarini
bartaraf etdi.
Reglamentning 1- moddasida nizomning qo’llanilish sohasi yoritilgan bo’lib unga ko’ra
Bryussel I reglamenti sud yoki tribunalning xususiyatidan qat'i nazar, fuqarolik va tijorat ishlariga
nisbatan qo'llaniladi. Biroq, u barcha turdagi huquqiy nizolarni qamrab olmaydi. Xususan, tartibga
solish boshqa ixtisoslashtirilgan qoidalar bilan ziddiyatlarni oldini olish uchun muayyan sohalarni
o'z doirasidan chiqarib tashlaydi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
82
Bu holat
Acta lure Imperii
deyiladi ya’ni xalqaro huquqdagi tamoyil boʻlib, u davlat yoki
uning vakillari tomonidan oʻz suveren hokimiyatini amalga oshirishdagi xatti-harakatlarga ishora
qiladi. Bu aktlar suveren immunitet doktrinasiga muvofiq xorijiy sudlarning yurisdiksiyasidan
immunitetga ega hisoblanadi.
Ushbu istisnolar 1-moddaning 2-qismida belgilangan.
Asosiy istisnolarga quyidagilar kiradi:
-
Daromad, bojxona yoki ma'muriy masalalar:
soliqqa tortish, bojxona to'lovlari yoki
ma'muriy qoidalar bilan bog'liq nizolar Bryussel I Nizomi doirasidan tashqarida.
-
bankrotlik va to'lovga layoqatsizligi to'g'risidagi ish yuritish:
kompaniyalar yoki
jismoniy shaxslarning to'lovga layoqatsizligi bilan bog'liq masalalar, shu jumladan tugatish va
shunga o'xshash jarayonlar bundan mustasno. Bu masalalar Evropa Ittifoqining to'lovga
layoqatsizligi to'g'risidagi nizom kabi alohida Evropa Ittifoqi qoidalari bilan hal qilinadi.
-
Ijtimoiy ta'minot masalalari:
pensiya yoki ishsizlik nafaqalari kabi ijtimoiy ta'minot
qonunlari bilan bog'liq nizolar ham bundan mustasno.
-
Arbitraj:
Nizom arbitrajni aniq istisno qiladi, ya'ni hakamlik kelishuvlari va qarorlari
bilan bog'liq sud qarorlarining yurisdiksiyasi, tan olinishi va ijro etilishi Nyu-York konvensiyasi
kabi boshqa qoidalar bilan tartibga solinadi.
Reglamentda, shuningdek, uning qo'llanilishi Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lgan barcha
davlatlarga taalluqlidir, faqatgina Daniya bundan mustasno, lekin Yevropa Ittifoqi bilan sud
qarorlarining yurisdiksiyasi va ijrosi bo'yicha alohida kelishuvga ega.
Reglamentni asosiy qoidasiga ko’ra a’zo davlatda istiqomat qiluvchi fuqarolar millatidan
qat’iy nazar lex domicilii qoidasiga ko’ra ushbu a’zo davlat sudlarida da’vo qila oladilar. Bu shuni
anglatadiki, sudlanuvchining yurisdiktsiyasi sudlanuvchining yashash joyi bilan belgilanadi. A’zo
davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ham ushbu a’zo davlat fuqarolari bilan
bir xil yurisdiksiya qoidalariga bo’ysunadi.
Maxsus yurisdiksiya:
Reglamentning 7-moddasi bo’yicha maxsus yurisdiksiya:
1. Shartnoma majburiyatlari bo'yicha maxsus yurisdiksiya
Umumiy qoidaga ko’ra shartnoma munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha
yurisdiksiya da’vo qilayotgan tomon joylashgan a'zo davlat sudlariga tegishli hisoblanadi. Maxsus
holatlarda esa agar nizo muayyan shartnoma bilan bog'liq bo'lsa, da'vogar shartnoma
majburiyatlari bajarilishi kerak bo'lgan sudlarga da'vo qilishni tanlashi mumkin. Misol uchun, agar
Germaniyada joylashgan kompaniya Fransiyada joylashgan kompaniya bilan Ispaniyada
tovarlarni yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzsa, da'vogar ishni yetkazib berish amalga
oshirilishi kerak bo'lgan Ispaniyada olib borishi mumkin.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
83
2. Shartnomadan tashqari majburiyatlar bo'yicha maxsus yurisdiksiya
Bu qism asosan shartnomadan tashqari majburiyatlardan (masalan, huquqbuzarlik yoki
delikt) kelib chiqadigan nizolar uchun yurisdiksiyani belgilaydi. Ya’ni zarar yetkazish bilan
bog’liq hodisa sodir bo'lgan yoki sodir bo'lishi mumkin bo'lgan nizolar bo’yicha a'zo davlat sudlari
yurisdiksiyaga ega. Misol uchun agar Italiyada faoliyat yurituvchi biznes Belgiyadagi mulkka
zarar yetkazsa, zarar ko'rgan tomon Belgiya sudlariga ishni qo'zg'atishi mumkin.
3. Moddiy huquqlarga oid masalalarda yurisdiksiya
Mulkiy huquqlar (mulkga egalik qilish kabi real huquqlar) bilan bog'liq nizolar mol-mulk
joylashgan a'zo davlat sudlarida ko'rib chiqilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Ya’ni Fransiyadagi
mulkka egalik qilish to'g'risidagi nizo, manfaatdor tomonlarning yashash joyidan qat'i nazar,
Fransiya sudlarida ko'rib chiqilishi kerak.
Exclusive yurisdiksiya:
Bryussel I Nizomining 24-moddasida a'zo davlat sudlari mutlaq
yurisdiksiyaga ega bo'lgan aniq ishlarni belgilaydi, ya'ni boshqa hech qanday sud ishni ko'ra
olmaydi. Bunga quyidagilar kiradi:
Ko'chmas mulk:
ushbu a'zo davlatda joylashgan ko'chmas mulkka (yer yoki binolar)
nisbatan mulkiy huquqlar (real huquqlar) bilan bog'liq nizolar. Misol uchun, agar Fransiyada
joylashgan mulkka egalik qilish bo'yicha nizo kelib chiqsa, faqat fransuz sudlari yurisdiktsiyaga
ega.
Kompaniyani tashkil etishning amal qilish muddati:
kompaniya ro'yxatdan o'tgan a'zo
davlat yurisdiksiyasiga tegishli bo'lgan kompaniyalar yoki boshqa yuridik shaxslarning
inkorporatsiyasining haqiqiyligi va ularning ustavining amal qilishi bilan bog'liq masalalar.
Fuqarolik holati:
Shaxslarning fuqarolik holatiga oid da'volar (masalan, nikoh, ajralish
yoki muomala layoqati) shaxsning doimiy yashash joyi bo'lgan a'zo davlat sudlarida ko'rib
chiqilishi kerak.
Ommaviy registrlar:
Mulk registrlari kabi davlat registrlarida huquqlarni ro'yxatdan
o'tkazish bilan bog'liq nizolar faqat reestr yuritiladigan a'zo davlat sudlarining yurisdiksiyasi
ostidadir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qisqacha xulosa qiladigan bo‘lsak, Reglament Yevropa
Ittifoqida vakolatli forumni ya’ni vakolatli sudlarni belgilab berish shuningdek ularning qarorlarini
tan olish va ijroga qaratishni tartibga soladi.
Xulosa
: Bryussel I reglamenti va Bryussel I bis Reglamenti Yevropa Ittifoqi doirasida
transchegaraviy nizolar uchun huquqiy landshaftni shakllantirishda asosiy norma hisoblanadi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
84
Aniq yurisdiksiya qoidalarini o'rnatish va sud qarorlarini tan olish va ijro etishni tartibga
solish orqali ushbu qoidalar Yevropa Ittifoqida sud xarajatlarini qisqartirdi va a'zo davlatlar
bo'ylab odil sudlov tizimini yaxshiladi.
Biroq, ushbu me'yoriy-huquqiy hujjatlarning amalda tatbiq etilishi turli muammolarni,
jumladan, milliy sud amaliyotidagi nomuvofiqliklarni va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
qoidalarining samaradorligi bilan bog'liq kamchiliklar aniqlandi. Yevropa Ittifoqi rivojlanishda
davom etar ekan, uning huquqiy asoslari ham zamonaviy transchegaraviy o'zaro munosabatlarning
murakkabligiga javob berishini ta'minlashi kerak.
Professor A. R. (Rafał) Vlodarchik (Varshava universiteti): Włodarczyk ta'kidlashicha,
kuchli tomonlariga qaramay, Bryussel I bis Reglamenti, ayniqsa, amalda qo'llanilishida
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Uning ta'kidlashicha, "Asos mustahkam bo'lsada, a'zo davlatlar
milliy manfaatlar yoki huquqiy an'analarga asoslangan hukmlarning ijro etilishiga qarshilik
ko'rsatishi mumkin bo'lgan holatlar mavjud". U ushbu muammolarni yumshatish uchun milliy
sudlar o'rtasida malaka oshirish va hamkorlikni kuchaytirish tarafdori.
Xulosa qilib aytganda, Bryussel I va Brussels I bis Reglamentlari Yevropa Ittifoqi doirasida
xalqaro xususiy huquq sohasini sezilarli darajada ilgari surgan bo'lsada, mavjud muammolarni hal
qilish uchun doimiy ilmiy muloqot va amaliy baholash muhim ahamiyatga ega.
ACADEMIC REFERENCES
1.
Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya: [Matn] O’quv qo’llanma / J.T Allayarov. – T.:
TDYU nashriyoti, 2024. - 96b
2.
Klabbers, J. (2016). The Law of International Organizations. Cambridge University Press.
3.
Xalqaro xususiy huquq: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik//Rahmonqulov va boshq.
/H.B.Boboyev, M.X. Rustamboyev, O. Oqyulov, A.R Rahmanovlarning umumiy tahriri
ostida – T.: TDYI nashriyoti, 2002. - 488b
4.
Fentiman, R. (2010). "Jurisdiction and the Recognition of Judgments in the European
Union." The Cambridge Law Journal, 69(1), 1-24.
5.
Martyniszyn, M. (2016). "Brussels I Regulation: Jurisdictional Rules and Their Impact on
International Trade." Journal of Private International Law, 12(2), 215-240.
6.
Włodarczyk, A. R. (2014). "The Enforcement of Judgments in the European Union: A
Comparative Perspective." European Journal of Law Reform, 16(4), 457-481.
Official EU Documents
7.
European Commission. (2012). "Regulation (EU) No. 1215/2012 of the European
Parliament and of the Council of 12 December 2012 on Jurisdiction and the Recognition and
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
85
Enforcement of Judgments in Civil and Commercial Matters (Recast)." Official Journal of
the European Union, L 351, 1-32.
8.
European Parliament. (2011). "Report on the Proposal for a Regulation of the European
Parliament and of the Council on Jurisdiction and the Recognition and Enforcement of
Judgments in Civil and Commercial Matters." Document A7-0191/2011.
Additional References
9.
Morris, R. (2017). The Brussels I Regulation Recast: A Commentary on Regulation (EU)
No. 1215/2012. Sweet & Maxwell.
10.
Criscuolo, C. (2015). "The Brussels I Regulation and its Influence on International
Litigation." Journal of Private International Law, 11(1), 19-47.
