ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
86
KONSTITUTSIYAVIY SUD - O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSITUTSIYASIGA
AMAL QILISHNING NAZORAT MEXANIZMI SIFATIDA.
Yuldashev Shaxzod
Toshkent davlat transport universiteti 4-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14278049
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Konstitutsiyaga amal qilinishini ta’minlashda nazorat mexanizmi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Maqolada Konstitutsiyaviy sudning huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari va
davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni tahlil etiladi. Shu bilan birga, uning normativ-huquqiy
hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash, davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi
nizolarni hal qilish hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishdagi roli
yoritiladi. Konstitutsiyaviy sudning faoliyati huquqiy davlat va demokratik jamiyat tamoyillarini
mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Maqola O‘zbekistonda qonun ustuvorligini
ta’minlashda Konstitutsiyaviy sudning nazorat mexanizmi sifatidagi o‘rnini yanada chuqurroq
anglashga yordam beradi.
Kalit so’zlar:
Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy sud, konstittusiyaviiy nazorat, normativ
huquqiy hujjatlar, qonun ustuvorligi, konstitutsiyaviy nizolar.
КОНСТИТУЦИОННЫЙ СУД КАК МЕХАНИЗМ КОНТРОЛЯ ЗА ИСПОЛНЕНИЕМ
КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН.
Аннотация.
В данной статье рассматривается Конституционный суд Республики
Узбекистан как механизм контроля за соблюдением Конституции. В статье
анализируются правовой статус Конституционного суда, его основные задачи,
полномочия и роль в системе государственного управления. Также освещается его роль в
обеспечении соответствия нормативно-правовых актов Конституции, разрешении
споров между органами государственной власти и защите конституционных прав
граждан. Деятельность Конституционного суда имеет важное значение для укрепления
принципов правового государства и демократического общества. Статья способствует
более глубокому пониманию роли Конституционного суда как контрольного механизма в
обеспечении верховенства закона в Узбекистане.
Ключевые слова:
Конституция, Конституционный Суд, конституционный
контроль, нормативные правовые документы, верховенство права, конституционные
споры.
CONSTITUTIONAL COURT AS A CONTROL MECHANISM OF IMPLEMENTATION
OF THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
87
Abstract.
This article examines the Constitutional Court of the Republic of Uzbekistan as
a mechanism for monitoring compliance with the Constitution. The article analyzes the legal status
of the Constitutional Court, its main tasks, powers, and role in the system of state governance. It
also highlights its role in ensuring the conformity of normative legal acts with the Constitution,
resolving disputes between state authorities, and protecting citizens' constitutional rights. The
activities of the Constitutional Court are crucial for strengthening the principles of a rule-of-law
state and a democratic society. The article contributes to a deeper understanding of the role of the
Constitutional Court as a control mechanism in ensuring the rule of law in Uzbekistan.
Key words:
Constitution, Constitutional Court, constitutional control, normative legal
documents, rule of law, constitutional disputes.
1.Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, u
jamiyatning huquqiy tartibotini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaning
ustuvorligi va unga rioya qilinishini ta’minlash uchun maxsus nazorat mexanizmi zarurdir.
Ushbu vazifani bajaruvchi asosiy institut – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudidir.
Konstitutsiyaviy sud davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-
huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlaydi, davlat boshqaruvi tizimida
qonuniylik va adolatni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu organning faoliyati huquqiy
davlat va demokratik jamiyat tamoyillarini rivojlantirishda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
himoya qilishda muhim omil hisoblanadi.
2.Tadqiqot natijalari:
Har bir davlat mustaqillikka erishgach, birinchi navbatda
fuqarolarining huquq va erkinliklarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Shu yo‘lda
kuchli demokratik va huquqiy davlat barpo etish uchun mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinadi.
Konstitutsiya nafaqat davlatning asosiy huquqiy hujjati, balki jamiyatdagi qonuniylik va
adolatning kafolati sifatida ham xizmat qiladi. Vakolatga ega davlat organlari o‘z faoliyatini ushbu
oliy hujjatga asoslangan holda olib boradi va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi.
Biroq, har qanday tizimda inson omili mavjud bo‘lgani uchun, qonunlar qabul qilish
jarayonida adolatsizliklar yoki manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin.
Davlat organlari yoki mansabdor shaxslar o‘z shaxsiy yoki siyosiy manfaatlarini ko‘zlab,
Konstitutsiyaga zid keluvchi qonun va qarorlarni qabul qilish xavfi doimo mavjud.
Bunday holatlar jamiyatda huquqiy tartibotning zaiflashishiga, fuqarolar huquqlarining
buzilishiga olib kelishi mumkin.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
88
Ana shunday salbiy holatlarning oldini olish, adolatsizliklarni bartaraf etish va
qonuniylikni mustahkamlash uchun konstitutsiyaviy nazorat instituti muhim ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiyaviy nazorat – bu qabul qilingan qonunlar va boshqa huquqiy manbalarni
Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish jarayoni bo‘lib, davlatning asosiy nazorat
mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda e’tiroz bildirilayotgan qonun, kodeks yoki boshqa
normativ hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi tahlil qilinadi. Agar ularning Konstitutsiyaga zid
ekanligi aniqlansa, ular yuridik kuchga ega bo‘lmaydi yoki bekor qilinadi.
Konstitutsiyaviy nazorat tushunchasi ilk bor 1803-yilda AQShda paydo bo‘lib, keyinchalik
Shveytsariyada va boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Bugungi kunda bu institut huquqiy
davlat tamoyillarini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi davlat hokimiyati tizimidagi muhim
institut bo‘lib, mamlakat Konstitutsiyasining ustuvorligi va qonunlar ustidan nazoratni
ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifasi – davlat
hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini ta’minlashdir. Bu nafaqat
qonun ustuvorligi, balki jamiyatda adolatni ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya
qilish yo‘lida muhim kafolatdir.
Konstitutsiyaviy sud quyidagi yo‘nalishlarda keng vakolatlarga ega:
Birinchidan.
Qonunlar va qarorlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish Qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tomonidan qabul qilingan barcha muhim hujjatlar, jumladan,
Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari
Konstitutsiyaga zid yoki muvofiq ekanligi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Bu mexanizm orqali davlatda
qonuniylik va adolat ta’minlanadi.
Ikkinchidan.
Konstitutsiyaviy qonunlar va xalqaro shartnomalarning muvofiqligini
aniqlash Konstitutsiyaviy sud Prezident tomonidan imzolanishidan oldin konstitutsiyaviy
qonunlar va xalqaro shartnomalarni Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, huquqiy ziddiyatlar
kelib chiqishining oldini oladi.
Uchunchidan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining muvofiqligini baholash:
Konstitutsiyaviy sud Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Konstitutsiyasining
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Konstitutsiyasiga muvofiqligini tahlil qilish orqali
federativ munosabatlarda ham huquqiy barqarorlikni ta’minlaydi.
To’rtinchidan.
Normativ-huquqiy hujjatlarga sharh berish:
Konstitutsiyaviy sud qonun
normalariga rasmiy sharh berish orqali yuridik amaliyotda huquqiy aniqlikni ta’minlab, sud
organlari va fuqarolar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etadi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
89
Beshinchidan
. Sud tashabbuslari asosida murojaatlarni ko‘rib chiqish: Oliy sud yoki
boshqa sudlar tashabbusi bilan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish orqali Konstitutsiyaviy
sud sud amaliyotida qonuniylikka rioya etilishini kafolatlaydi.
Oltinchidan.
Hisobotlar tayyorlash va taqdim qilish: Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy
qonuniylik holati bo‘yicha har yili Oliy Majlis palatalari va Prezidentga taqdim etadigan
hisobotlari orqali mamlakatdagi huquqiy muhitni tahlil qilib, uni yanada takomillashtirishga hissa
qo‘shadi.
Konstitutsiyaviy sud hujjatlari rasmiy e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va ular
ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Shunday qilib, Konstitutsiyaviy sudning faoliyati O‘zbekistonda huquqiy davlat
tamoyillarini mustahkamlashga, qonunlar va boshqa hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini
ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, u mamlakatda adolat va qonuniylikni ta’minlashning muhim
mexanizmidir.
Endi esa konstitutsiyaviy normalar buzilgan taqdirda sudga kimlar murojaat qilish
huquqiga ega ekanligini ko’rib chiqamiz. Quyidagi subyektlar bu huquqqa ega:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari yangi qonun loyihalarining yoki
qabul qilingan qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy
sudga murojaat qilish huquqiga ega.;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qonunlar, qarorlar va farmonlarning
Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishi mumkin.
Shuningdek davlat organlari faoliyatida konstitutsiyaviy normalarga rioya etilishini
ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – Vazirliklar va davlat idoralarining
qarorlariga nisbatan konstitutsiyaviy nazorat so‘rab murojaat qilishi mumkin;
4. Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlisning vakili (Ombudsman) – Fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilganda, ushbu holatlar yuzasidan Konstitutsiyaviy
sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi – Sud qarorlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini
tekshirish yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori – Prokuror nazorati jarayonida aniqlangan
qonun buzilish holatlari yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish vakolatiga ega;
7. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
Prezident huzuridagi vakil – Tadbirkorlarning huquqlari buzilgan holatlarda Konstitutsiyaviy
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
90
sudga murojaat qiladi. Iqtisodiy faoliyatga oid nizolar va qonunchilikni konstitutsiyaviy tahlil
qilishni talab qilish vakolatiga ega.
Boshqa davlat idoralari ham o‘z vakolatlari doirasida Konstitutsiyaviy sudga murojaat
qilish huquqiga ega. Bu idoralar konstitutsiyaviy tartib va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi
mas’uliyatlarini bajarishda, davlat boshqaruvi jarayonida yuzaga keladigan nizolarni hal etish yoki
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish zarur
bo‘lgan hollarda Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatidan foydalanadilar.
Shuningdek, agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, u Konstitutsiyaga muvofiq kelmayotgan deb topilsa va sudda
ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa, fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga
murojaat qilishlari mumkin. Bu muhim huquq fuqarolarga 2021-yilda kiritilgan o‘zgartirishlar
orqali taqdim etildi. Fuqarolar murojaati uchun sudda himoya qilishning barcha boshqa
vositalaridan foydalanish tugallangan bo‘lishi talab qilinadi.
Bu o‘zgarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini yanada samarali
himoya qilish imkonini berdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining 2023-yilning 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan
yig‘ilishida mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylikka oid bir qator masalalar muhokama qilindi.
Yangilangan Konstitutsiya, tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning qabul
qilinishi va mavjudligidan qat’iy nazar, bevosita qo‘llanilmoqda. Xususan, 2023-yilning may
oyida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng sudlar tomonidan 21 mingdan ortiq jinoyat, ma’muriy,
iqtisodiy va fuqaroviy ishlar bo‘yicha Konstitutsiya moddalari bevosita qo‘llanildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2022−2023-yillarda Konstitutsiyaviy sud 119 ta qonun va
1384 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha murojaatlar va huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganib chiqqan. Konstitutsiyaviy sud bolalarni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklardan himoya
qilish, shu jumladan ota-onalar, ta’lim muassasalari va boshqa mutasaddi idoralar mas’uliyatini
oshirish zarurligiga e’tibor qaratdi. Bu borada qonunchilikni yanada takomillashtirish va tegishli
hujjatlarni yangilash talab etilmoqda.
4.Xulosa.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni asosida belgilangan
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning asosiy prinsiplari, sud tizimining samaradorligini
oshirish va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Fuqarolar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilish huquqi taqdim etilishi,
O‘zbekistonning huquqiy tizimini yanada mustahkamlaydi.
Konstitutsiyaviy sudning ish yuritish prinsiplari, nafaqat sudning o‘zining samarali
faoliyatini, balki butun huquqiy tizimning ishonchliligi va adolatini ta’minlashga xizmat qiladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
91
Bu prinsiplar O‘zbekistonning Konstitutsiyasiga asoslangan huquqiy tartibni
mustahkamlash, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va demokratik tamoyillarga mos
keladigan tizim yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Shunga qaramasdan ushbu tizimda ham bir qancha kamchiliklar mavjud. 2021-yilga qadar
fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qilish huquqiga ega emas edi. Ushbu muammo
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq himoya qilish imkoniyatini cheklardi. 2021-yilda
kiritilgan islohotlar natijasida bu to‘siq bartaraf etilib, fuqarolar va yuridik shaxslar
Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ammo amaliyotda fuqarolar
bu huquqdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan protsessual talablarni to‘liq tushunmasligi
muammosi saqlanib qolmoqda.
Ba’zi hollarda Konstitutsiyaviy sud ishlarni ko‘rib chiqishda uzoq muddat talab qilishi
mumkin. Bu sud tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, boshqa davlatlar
tajribasida konstitutsiyaviy nazoratni tezlashtirish uchun maxsus “tezkor ko‘rib chiqish”
mexanizmlari joriy qilingan. O‘zbekistonda bu masalani bartaraf etish uchun sud jarayonlarini
raqamlashtirish va elektron murojaat platformalarini kengaytirish zarur. Misol uchun Fransiyada
2008-yilda joriy etilgan "Konstitutsiyaviy savol (Question Prioritaire de Constitutionnalité –
QPC)" mexanizmi orqali fuqarolar va yuridik shaxslar sud jarayoni davomida muayyan qonunning
Konstitutsiyaga muvofiqligini savol ostiga qo‘yish imkoniyatiga ega. Bu savol avval umumiy
yurisdiksiya sudlarida ko‘rib chiqilib, keyinchalik Konstitutsiyaviy Kengashga yuboriladi.
Bu mexanizm ishlarni qisqa muddatda hal qilishni ta’minlaydi. Yoki Janubiy Koreya
Konstitutsiyaviy Sudi "Tezkor ko‘rib chiqish mexanizmi" orqali jamiyat uchun muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan ishlarni ustuvor tartibda ko‘rib chiqadi. Ushbu mexanizm sud ishlarining ortiqcha
cho‘zilishining oldini olish va fuqarolarning huquqlarini zudlik bilan himoya qilishga qaratilgan.
Masalan, konstitutsiyaga zid deb gumon qilingan qonun yoki qoidalar zudlik bilan
muhokama qilinib, qisqa muddatda qaror chiqariladi.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil
2.
O‘zbekiston Respublikasining, 27.04.2021 yildagi O‘RQ-687-son O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni.// Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 03/21/687/0380-son; 13.01.2024-y.,
03/24/895/0025-son; 02.03.2024-y., 03/24/917/0170-son //
3.
Egamberdiyevich F. T., Abdurashidovich S. Y. O’zbekistonda sud tizimi va huquq
//образование наука и инновационные идеи в мире.
– 2024. – Т. 37. – №. 2. – С. 83-
85.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
92
4.
Constitutional Review and Democracy – Constitutional Courts and the Legislative Process
by Mr Hans-Heinrich VOGEL Professor of Public Law, University of Lund, Sweden.
Strasbourg, 15 July 2003;
5.
Federal Constitution of the Swiss Confederation of 18 April 1999 (Status as of 1 January
2021)
6.
Qavmiddinovich N. S. Konstitutsiyaviy nazorat–shveytsariya davlati misolida
//pedagogical reforms and their solutions. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 9-12.\
Internet manbalari
7.
8.
9.
10.
11.
