ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
93
INGLIZ TILINI YANGI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
YORDAMIDA O’QITISH
Sharifova Ma’mura Bahodir qizi
O’zbekiston Respublikasi,
IIV Surxondaryo akademik litseyi ingliz tili fani o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14278062
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o'rta kasb-hunar ta'limida, ya’ni ichki ishlar vazirligi
akademik litseylarida ingliz tilini yangi zamonga mos pedagogik texnologiyalardan unumli
foydalanish va natijada maksimal samaradorlikga erishish yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
interfaollik, o‘quvchi o‘quv jarayoni, o‘qitish usuli, pedagogik texnologiya,
zamonaviy dars, yuqori daraja.
TEACHING ENGLISH WITH THE HELP OF NEW MODERN PEDAGOGICAL
TECHNOLOGIES
Abstract.
In this article, effective use of modern pedagogical technologies of the English
language in secondary vocational education, i.e., in academic lyceums of the Ministry of Internal
Affairs, and as a result, achieving maximum efficiency.
Key words:
interactivity, student learning process, teaching method, pedagogical
technology, modern lesson, high level.
ОБУЧЕНИЕ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ С ПОМОЩЬЮ НОВЫХ СОВРЕМЕННЫХ
ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ
Аннотация.
В данной статье описано эффективное использование современных
педагогических технологий английского языка в системе среднего профессионального
образования, то есть в академических лицеях МВД, и как следствие достижение
максимальной эффективности.
Ключевые слова:
интерактивность, процесс обучения учащихся, метод обучения,
педагогическая технология, современный урок, высокий уровень.
Zamonaviy ta’lim sharoitida o'qitish usullari ta'lim maqsadlarini o'zgartirish,
kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida qurilgan yangi avlod davlat ta’lim standartlarini
rivojlanishi bilan bog'liq bo’lgan qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Qiyinchiliklar, shuningdek,
asosiy o'quv rejasida alohida fanlarni o'rganish uchun soatlar qisqartirilganligi sababli paydo
bo'ladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
94
Ushbu holatlarning barchasi ta'lim jarayonidagi zamonaviy ta'lim va axborot
texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog'liq ta'lim va tarbiyaning innovatsion
vositalari, shakllari va usullarini izlash va, shu bilan birgalikda, fanlarni o'qitish metodikasi
sohasida yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishni talab qiladi. O'quv jarayonida
o’quchining kognitiv va ijodiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida va hamda o'quv vaqtidan
unumli foydalanish va uy vazifasi uchun ajratilgan vaqtni qisqartirish orqali o'quvchilarning
reproduktiv faolligi ulushini kamaytirgan holda ta’lim sifatini yanada samarali oshirish imkonini
beruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni ilgari surish asosiy
maqsadlarimizdan biriga aylanib kelmoqda.
1
Zamonaviy ta'lim texnologiyalari ta'lim jarayonining individualizatsiyasi, masofasi va
o'zgaruvchanligi, yoshi va ta'lim darajasidan qat'iy nazar, o’quvchilarning akademik
harakatchanligiga qaratilgan bo’ladi. Ta'lim texnologiyasi – bu o'quv jarayonini loyihalash, amalga
oshirish, baholash, o’zgartirish kiritish va keyinchalik takomillashtirishning tizimli usuli deb
hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, ta'lim muassasalarida o'quv jarayonida eng samarali bo’lgan
zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish urfga aylanib bormoqda-yu, ammo natijaga
kelganda esa o’z samarasini to’liq shaklda ko’rsata olmayapti.
2
Ushbu maqolada esa aynan ingliz
tilini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlarni qo’llash va ularning samaradorligi to’g’risida
so’z yuritiladi.
Hozirgi kunda biz ingliz tili darsini zamonaviy axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila
olmaymiz. Bu o'qitishning yangi shakllari va usullaridan foydalanish emas, balki umuman chet
tillarini o'qitish jarayoniga tubdan yangi yondashuvdir. Ma’lumki, ingliz tilini o‘qitishning asosiy
maqsadi – bu muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. O'qituvchining vazifasi
har bir o’quvchiga ingliz tilini amaliy o'zlashtirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishdir.
Bunday sharoitda o’quvchi o'z salohiyatini namoyon qilishi va o'quv materialini
o'zlashtirishda ijodiy yondashishi ham amalga oshiriladi. Chet tillarni o‘qitishda o‘quvchilarning
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ilg’or interfaol texnologiyalardan foydalanish nafaqat
barcha lingvistik ko’nikmalarni rivojlantirish, balki o‘quvchining shaxslararo ko’nikmalarini
(interpersonal skills) rivojlantirishga ham yordam beradi.
3
1
Нестерова Н.В. Информационные технологии в обучении английскому языку.- Иностранные языки в
школе.//№8, 2005
2
Beghetto, R. A. (2020). Creativity in the Classroom: The Role of Uncertainty in Fostering Creativity in Students.
Educational Psychology Review, 32(4), 835-846.
3
Шаходжаев М. А. и др. Использование инновационных образовательных технологий в развитии творческих
способностей студентов //Проблемы современной науки и образования. – 2019. – №. 12-2 (145).
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
95
Bugungi kunda Internetdagi axborot resurslaridan foydalangan va ularni o'quv jarayoniga
integratsiyalashtirgan holda, ingliz tili darslarida quyidagi bir qator didaktik muammolarni yanada
samarali hal qilinishiga guvohi bo’lishimiz mumkin:
-
Turli xil murakkablik darajasiga ega bo’lgan materiallardan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish
orqali o'qish va yozish ko'nikma va malakalarini rivojlantirish;
-
Internetdagi original audio matnlar asosida tinglash ko’nikmasini rivojlantirish;
-
“Case-study” metodi orqali o’quvchining faol va passiv so’z boyligini oshirish va ularning
real hayotda uchraydigan holatlarda o’zini tutishi va reaksiyasini takomillashtirish.
Endi esa zamonaviy Internet-resurslar haqida batafsilroq to'xtalib o'tsak ham bo’ladi.
Hozirgi kunda, o'quv jarayonini optimallashtirish va darsni yanada interfaol tarzda olib
boorish imkonini beruvchi, boshqa keng tarqalgan Internet-resurslarga nisbatan yangi resurs deb
“Kahoot” hisoblanadi. Bu o’qituvchi o'zining onlayn viktorinalar, testlar va so’rovnomalarni
yaratishi mumkin bo'lgan onlayn platformadir. Ushbu platformada turli mavzular va har xil
qiyinchilik darajasidagi tayyor vazifalar to'plami ham mavjud. O’quvchilar planshetlar,
smartfonlar, noutbuklar yoki boshqa Internet vositalaridan foydalangan holda testlarga javob
berishlari mumkin. “Kahoot”da yaratilgan topshiriqlar fotosuratlar, rasmlar va videolarni kiritish
imkonini beradi. Agar o'qituvchi xohlasa savollarga javob berish uchun ball kiritishi ham mumkin.
Javob variantlari turli rangdagi geometrik shakllar bilan ifodalanadi. Ushbu xizmatdan
foydalanish o’quvchilarning fikr-mulohazalarini olishning samarali usuli deb hisoblanib,
shuningdek, o’quvchilar bilimini qiziqarli tarzda sinab ko'rishning original yondashuvi ham desa
bo’ladi.
Yana bir mobil ilova haqida batafsilroq to'xtalib o'tmoqchiman – bu “Plickers.” Ushbu
Internet-resurs o'qituvchining ishini osonlashtirishga imkon beradi va test topshiriqlarini tekshirish
uchun sarflangan vaqtni bir necha martaga qisqartirish imkonini yaratadi. Undan foydalanish juda
oddiy, lekin natijasi esa ancha samarali.
4
Boshlash uchun o’qituvchi va o’quvchi “Plickers.com”
saytida ro'yxatdan o'tishlari kerak. Har bir o’quvchiga QR-kodli karta taqdim etilib, unda u
berilgan savollarga javobini ko'rsatadi. “Plickers” dasturidan foydalanish o‘quvchilar bilimini
kuzatish va uni qiziqarli, hatto quvnoq tarzda bajarish imkonini beradi va shuni ta’kidlash joizki,
bu texnologiya o‘qituvchi va o’quvchi o‘rtasidagi fikr-mulohazalar almashinuvini ancha
soddalashtiradi.
4
Defined Learning. (2024). Fostering Innovation Part 1: The Crucial Role of Creative Thinking in Education.
Available at: https://blog.definedlearning.com
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
96
Endi esa, Internet va axborot resurslaridan biroz chetga o’tib, o’quv jarayonidagi bor
imkoniyatlardan, ya’ni hech qanday mobillikni va Internet tarmoqlarini talab qilmaydigan
texnologiyalardan foydalanish haqida ham biroz to’xtalsak. Va birinchi bo’lib diqqatimizni
“Ta’limning namunaviy usuli” (ishbilarmon o‘yinlar ko‘rinishidagi darslar, sud ko’rinishidagi
darslar, auktsion ko’rinishidagi darslar, matbuot anjumani ko’rinishidagi darslar) ga qaratsak.
Ushbu turdagi darslar o'quvchilarning qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi, qiziquvchanlikni, jamoada ishlash va o'zaro o'rtoqlik yordamini
ko’rsatish ko’nikmalarini oshiradi.
“Mind-Map” usuli - fikrlar, g'oyalar va suhbatlarni yozib olish uchun oddiy, lekin samarali
pedagogik texnologiya. Yozish tez va assotsiativ tarzda sodir bo'ladi. Mavzu markazda joylashgan
bo’ladi. Bu usul bir kishi yoki guruh bo’lib bajariladi va bu har bir o’quvchining shaxsiy
imkoniyatlarini ifodalaydi, ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo'lishi uchun imkon yaratadi.
"London sarguzashtlari" - London xaritasidan foydalanadigan qiziqarli o'yin. O'yinchilar
(o’quvchilar) London bo'ylab sayohat qilishadi va sayohat oxirida ma'lum xaridlarni amalga
oshirgandan so'ng muayyan bir punktga (masalan, Xitrou aeroportiga) borishlari kerak boladi.
O'yin muntazam dars uchun mo'ljallangan bo’lib, turli vaziyatlarda kontekstga mos so'z va
iboralardan foydalanishni rag'batlantirishga qaratilgan. Natijada, o’quvchilar o’zlarini real
hayotdagi voqealarda qatnashuvlarini ko’rib, til ko’nikmalarini yanada rivojlantiradilar.
Shunday qilib, zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quv jarayonini yanada
samarali, qiziqarli va ma'lumotlarga boy tashkil etish imkonini beradi. Darsda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanib, ingliz tilini o‘qitish jarayoniga yangicha nuqtai nazardan qarash va
psixologik mexanizmlarni o‘zlashtirish mumkinligiga amin bo‘lishimiz mumkin.
REFERENCES
1.
Нестерова Н.В. Информационные технологии в обучении английскому языку.-
Иностранные языки в школе.//№8, 2005
2.
Шаходжаев М. А. и др. Использование инновационных образовательных технологий
в развитии творческих способностей студентов //Проблемы современной науки и
образования. – 2019. – №. 12-2 (145).
3.
Defined Learning. (2024). Fostering Innovation Part 1: The Crucial Role of Creative
Thinking in Education. Available at: https://blog.definedlearning.com
4.
Beghetto, R. A. (2020). Creativity in the Classroom: The Role of Uncertainty in Fostering
Creativity in Students. Educational Psychology Review, 32(4), 835-846.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
97
5.
Craft, A. (2011). Creativity and Education Futures: Learning in a Digital Age. Trentham
Books.
6.
Jeffrey, B., & Craft, A. (2004). Teaching Creatively and Teaching for Creativity: Distinctions
and Relationships. Educational Studies, 30(1), 77-87.
