Authors

  • Shaxsanem Kaljanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48751

Keywords:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va oilada oilb boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat maktab hamda jamoatchilikning oila manaviyatini yuksaltirishdagi o’rni ota-onalar bilan o’z – aro munosabatlar: pedagogik vazifalar.

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oila bilan birga ishlashning pedagogik ahamiyati va ularning tavsifiy tahlili keltirilgan.

background image


Dekabr, 2024-Yil

572

UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASALARINING OILA BILAN BIRGA

ISHLASHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Kaljanova Shaxsanem Asqarbay qizi

Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti Testologiya va bilimlarni baholash

mutaxassisligi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292556

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oila bilan birga

ishlashning pedagogik ahamiyati va ularning tavsifiy tahlili keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va oilada oilb boriladigan ijtimoiy

pedagogik faoliyat, maktab hamda jamoatchilikning oila manaviyatini yuksaltirishdagi o’rni, ota-

onalar bilan o’z – aro munosabatlar: pedagogik vazifalar.

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ СОВМЕСТНОЙ РАБОТЫ С СЕМЬЕЙ

ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ

Аннотация.

В данной статье представлен подробный анализ педагогического

значения и использования общего среднего образования.

Ключевые слова:

учреждения общего среднего образования и социально-

педагогической деятельности в семье, роль школьного сообщества в развитии общества,

их отношения с детьми: педагогические задачи.

Kirish

Oila – muqaddas go‘sha. Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan

taqqoslaganda eng muhim vazifani bajaradi. Chunki aynan oilada individual qobiliyatlar,

shaxsiy kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Biz ularni qaysi holat qaysi muhitda

tarbiyalasak ular xuddi shunday voyaga yetishadi. Ayni vaqtlarda mamlakatimizda nosog‘lom

oilalar soni ko‘pligi natijasida bolalar nosog‘lom muhitga yashashlari sababli bu vaziyatlar

bolalarning hayotlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqdaShu sababdan pedagoglar umumiy o’rta ta’lim

muassalariga kelganlarida ular bilan ishlash jarayonida e’tiborli bo‘lishi kerak.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Umumiy ta’lim muassalari davlat o‘quv dasturining majburiy qismi oilani ta’lim va

tarbiyaga jalb qilishdir. Ota onalar va umumiy o’rta ta’lim muassalari o‘zaro hamkorligi kamdan-

kam hollarda darhol yuzaga keladi..Ota-onalar va o’qituvchilarning o‘zaro hamkorligi va bir-biri

bilan ma’lumot almashish uchun imkoniyat yaratadigan faoliyatning turli shakllari va usullari


background image


Dekabr, 2024-Yil

573

mavjud: umumiy va guruh ota-onalar yig‘ilishlari; ota-onalar ishtirokidagi mashg‘ulotlar; tashrif

kunlari; ochuq eshik kunlari; amaliy mashg‘ulotlar; birgalikdagi ekskursiyalarni o’z ichiga oladi.

Bu ota-onalar bilan hamkorlikning eng samarali shakllaridan bo‘lib ota-onalarning istak

xohishlarini inobatga olish bilan turli xil mavzularda tashkil etiladigan mavzuli ota-onalar

yig‘ilishi sanaladi. Misol qilib bir oilani oladigan bo‘lsak, masalan ota yoki ona diniy

ekstremizmga behad ziyod berilib ketgan bo‘lsa, bolasi to maktabgacha ta’lim muassasasiga

yetib kelguncha tarbiyasi buzilib bo‘lgan bo‘ladi. Shuning uchun ota -ona bola tarbiyasiga 100%

ma’sul deb aytish mumkin. Albatta bu bolaning bog’cha voki maktab yoshiga yetguniga qadar

aytish mumkin. Sababi shu yoshgacha bola tarbiyasi mukammal shakllanadi va unda fundament

bo’ladi. Chuqurroq yondashidigan bo’lsak, 7 yoshga to’lgan bola umumiy o’rta ta’lim

muassasalaridagi yo’qori saviyali pedagoglarning tarbiyasi bilan tarbiyalanadi va ota-onasidan

olgan tarbiya bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Agarda bu bola oilada yaxshi sharoitda tarbiya

olgan bo’lsa, albatta

TADQIQOT NATIJALARI

So'ngi yillarda pedagog va tarbiyachilar bilim salohiyatini yanada oshirish borasida ko'plab

ishlar amalga oshirilmoqda. Bola tarbiyasida yetarlicha tajribaga ega oilalar bilan hamkorlik

o'rnatish pedagog uchun birmuncha yengillik tug'diradi.Bu ko'pincha maktab faoliyatida

muntazam faol ishtirok etadigan oilalar,masalan, bayram tardbirlarida,guruhlarda ko'ngilli

ravishda qatnashadigan materiallarni taqdim etish va yig'ilish va konferensiyalarda ishtirok

etadigan ota-onalardir.Ijtimoiy kelib chiqishi turlicha bo'lgan oilalar yoki o’qituvchilar kutganidek

har xil tadbirlarda va biroz ma'suliyati sustroq oilalar bilan hamkorlik o'rnatish qiyinroq bo'lishi

mumkin. Hamkorlik boshqa tomonni hurmat qilishni, ularning ehtiyojlariga javob berishni va o'z

munosabatini bildirishni talab etadi. Bolaning birinchi murabbiyi sifatida oilaning asosiy rolini tan

olish va qadrlash juda muhimdir.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida xulosa qiladigan bo'lsak, umumiy o’rta ta'lim

maktab va oila hamkoligida pedagog faoliyatiga innovatsion yondashuvni takomillashtirish va

mashg'ulotlar sifatini oshirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, maktablarda

o'quvchilarni maktab hayotiga ijtimoiylashuvini yaxshilash va ularni bilim sifatini yaxshilashdan

iborat. Xususan umumiy o’rta ta’lim muassasa kadrlarida kasbiy malakalarining yetishmaslik

holatlari uchrab turibdi. Bunday salbiy xolatlarni bartaraf etish va oila bilan o’qituvchilar

hamkorligini yahshilash, alohida o'quv kurslarida salohiyatini oshirish, o’qituvchilarning oilalar

bilan muntazam hamkorligini yo'lga qo'yish, ota-onalarni ragbatlantirib borish, yosh ota-onalarga


background image


Dekabr, 2024-Yil

574

metodik tavsiyalar berib borish, ota-onalar ishtirokidagi mashg'ulotlar, seminarlar,

konferensiyalar, davra suhbatlari olib borish maqsadga muvofiq. Shu o’rinda aytish kerakki, harbir

pedagog maktab yoshidagi bola bilan shiug’illanishdan oldin uning ota-onasi bilan uchrashib, ular

bilan individual tarzda bolaning oilaviy muhiti, tarbiyasi, xulq-atvori to’g’risida to’liq munozara

qilish va hattoki boladagi kuzatilishi mumkin bo’lgan nuqsonlarni ham ochiq -oydin gaplashish

maqsadga muvofiq

REFERENCES

1.

M.Rahimova “Maktabgacha ta’lim tizimda, maktab va oila bilan hamkorligini yo’lga

qo’yish ijtimoiy muommo sifatida” ,2022.

2.

D.M.Buzrukova “Pedagoglarning ota-onalar bilan o’z – aro hamkorlik munosabatlari”,

2024.

References

M.Rahimova “Maktabgacha ta’lim tizimda, maktab va oila bilan hamkorligini yo’lga qo’yish ijtimoiy muommo sifatida” ,2022.

D.M.Buzrukova “Pedagoglarning ota-onalar bilan o’z – aro hamkorlik munosabatlari”, 2024.