Authors

  • Dostonjon Valiyev
  • Dilnoza Duskulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48753

Keywords:

gender tenglik inson huquq va erkinliklari xotin-qizlar erkaklar ayol qiyofasi oila nikoh ta’lim mehnat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

Abstract

Ushbu maqolada gender tengligi haqida fikr yuritilgan bo‘lib, unda gender tengligini ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy normalar haqida bayon qilingan. Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlari asosan ta’lim, oila va mehnat munosabatlari misolida tahlil qilingan.

background image


Dekabr, 2024-Yil

581

GENDER TENGLIGI - INSON HUQUQLARINING ASOSIY KO‘RSATKICHI

SIFATIDA

Valiyev Dostonjon Asqar o‘g‘li

Duskulova Dilnoza Hosilbek qizi

Jizzax viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292569

Annotatsiya.

Ushbu maqolada gender tengligi haqida fikr yuritilgan bo‘lib, unda gender

tengligini ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy normalar haqida bayon qilingan. Xotin-qizlar

va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlari asosan ta’lim, oila va mehnat munosabatlari

misolida tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

gender tenglik, inson huquq va erkinliklari, xotin-qizlar, erkaklar, ayol

qiyofasi, oila, nikoh, ta’lim, mehnat, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО КАК КЛЮЧЕВОЙ ПОКАЗАТЕЛЬ СОБЛЮДЕНИЯ

ПРАВ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация.

В данной статье рассматривается вопрос о гендерном равенстве, в

котором изложены правовые нормы, служащие обеспечению гендерного равенства.

Равные права и возможности женщин и мужчин анализируются в основном в сфере

образования, семейных и трудовых отношений.

Ключевые слова:

гендерное равенство, права и свободы человека, женщины,

мужчины, семья, брак, образование, труд, Всеобщая декларация прав человека,

Конституция Республики Узбекистан и другие нормативно-правовые акты.

GENDER EQUALITY AS A KEY INDICATOR OF HUMAN RIGHTS

Abstract.

This article deals with the issue of gender equality, which sets out the legal

norms that serve to ensure gender equality. Equal rights and opportunities for women and men

are analyzed mainly in the field of education, family and labor relations.

Keywords:

gender equality, human rights and freedoms, women, men, family, marriage,

education, labor, universal Declaration of human rights, Constitution of the Republic of

Uzbekistan and other legal acts.

Demokratik jamiyatning asosiy belgilaridan biri – inson huquq va erkinliklarning

kafolatlanishi bugungi dunyoning eng dolzarb masalasi sifatida yuzaga chiqmoqda.


background image


Dekabr, 2024-Yil

582

Ana shu jarayonlarda xotin-qizlarning o‘rni, ularning o‘z huquq va erkinliklarini bilishi,

talab qila olishiga doir bilim, ko‘nikmalari qay darajada? Bu haqda nimalarni bilamiz?

Bizga ma’lumki, dunyo tarixida ayollar bilan erkaklar o‘rtasida teng huquqlilik bo‘lmagan.

Bu masala olimlar va faylasuflar tomonidan turlicha talqin qilingan va bahsli

munozaralarga sabab bo‘lgan. Erkak va ayollar tengligi g‘oyasini ilk bor antik davr faylasufi

Antifont o‘z asarlarida bayon qilarkan, «Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib

yaratadi, lekin odamlar insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi», deya

ta’kidlagan. Sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiy esa “Fozillar shahri” asarida xotin-qizlarni ham

erkaklar kabi ta’lim olishi kerakligini yozgan. Sababi ayol kishi oilada ona vazifasini bajarar ekan,

farzand tarbiyasida uning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.

1791-yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan Fuqarolik va ayol huquqi

deklaratsiyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi

ochiq e’tirof etilgan. O‘sha davrda boshlangan amaliy qadamlar 1968-yilga kelib amerikalik

psixolog olim Robert Stoller tomonidan fanga «Gender» atamasi kiritilishi bilan yangi bosqichga

ko‘tarildi. «Jins» ma’nosini bildiradigan «gender» tushunchasi, avvalo, erkak va ayol

munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarini qamrab

oladi.

XX asr o‘rtalariga kelib jahonda gender masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan asrning

80-yillaridan boshlab keng tarqalgan bu atama ayol va erkaklarning fe’l-atvori, jinsiga xos

xislatlari, hayot tarzi, fikr va intilishlarini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, gender ayol va erkak

o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyatdagi ko‘rinishini, ayollarning davlat va jamiyat

boshqaruvidagi ishtirokining qay ahvolda ekanligini namoyon etadi hamda ayollarning erkaklar

bilan haqiqiy tengligi va jamiyatdagi rolini ko‘rsatadi.

Asrning so‘nggi o‘n yilligiga kelib esa gender masalasi bilan bevosita shug‘ullanadigan

xalqaro tashkilot tuzish bo‘yicha BMTga a’zo davlatlar tomonidan takliflar tusha boshladi. 1994-

yilda Qohira shahrida 179 davlatdan 10 mingdan ortiq delegat ishtirok etgan axloqshunoslik

bo‘yicha xalqaro konferensiyada BMTning gender tengligi va ayollarning huquq va

imkoniyatlarini kengaytirish tuzilmasini tashkil etish taklifi delegatlar tomonidan qo‘llab-

quvvatlandi. Shundan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan BMTning Gender tengligi va

ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish tashkiloti BMTga a’zo bo‘lgan mamlakatlarga

gender tenglikni o‘rnatishdagi xalqaro andozalarni hayotga tatbiq qilishda tegishli qonun va

dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yaqindan ko‘mak beradi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

583

Gender tenglikning huquqiy asoslari xalqaro va milliy qonunchilikda o‘z aksini

topganligini alohida ta’kidlash joiz. Xususan, erkak va ayollarning tengligi 1948-yilda BMT Bosh

assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, asosiy

qonunimiz bo‘lgan konstitutsiyamizda va bir qancha qonun hujjatlarida ham alohida e’tirof

etilgan.

Shunga qaramasdan jamiyatimizda ayrim holatlarda xotin-qizlarni o‘z o‘rnini topishiga

qarshiliklar ham uchrab turibdi. Bu esa o‘z-o‘zidan kamsitish, huquqlarda notenglik

tushunchalarining kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Kamsitish insonni biror-bir belgiga ko‘ra

sababsiz, noqonuniy farqlash, uni boshqalardan past ko‘rishni anglatadi. Jamiyatda insonni

farqlashga uning millati, diniy e’tiqodi, yoshi, salomatlik holati, siyosiy qarashlari, moddiy va

oilaviy ahvoli va hakozolar asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bir millat vakillariga adolatsiz

ravishda ustunlik yaratish boshqalarga nisbatan kamsitish bo‘ladi. Har qanday kamsitish insonning

huquq va erkinliklarini cheklaydi, ba’zi hollarda hatto ulardan foydalanish imkoniyatini yo‘qqa

chiqaradi.

Lekin, har qanday farqlash ham kamsitish bo‘lavermaydi. Masalan, agar 15 yoshli bolaga

haydovchilik guvohnomasini berish rad etilgan bo‘lsa, bu asoslidir. Ammo haydovchilik

guvohnomasi faqat erkaklarga beriladigan bo‘lsa, bu ayollarga nisbatan kamsitishdir.

Umuman olganda har qanday holatda inson huquq va erkinliklarini kamsitilishiga va

cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jumladan, insonning jinsi nuqtai-nazaridan tengligi to‘g‘risida

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “Har bir inson, biror bir ayirmachiliksiz, irqi,

terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy e’tiqodi yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy

kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlaridan qat’i nazar,

mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo‘lishi kerak”[1] -

deb, yozilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida

barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib

chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.[2]

Demak, inson nafaqat jinsda balki uning har qanday holatda bo‘lishi uning huquqlarini

kamsitilishiga yoki cheklashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, yigitlar ham qizlar ham maktab, kollej,

institutda o‘qishga barobar huquqqa egadirlar. Qizlarning o‘qishi shart emas, deb hisoblab, hech

kim, jumladan ota-ona va qarindoshlar ham qiz bolagan ta’lim olishni ta’qiqlashi mumkin emas.

Ta’lim olish huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u yashaydigan davlat va

jamiyat bilan bevosita bog‘liq. Hech kim insonning ta’lim olishini cheklashi yoki ta’qiqlashi

mumkin emas.


background image


Dekabr, 2024-Yil

584

Bu haqda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “Har bir inson bilim olish huquqiga

egadir. ... Ta’lim inson shaxsining barkamolligiga hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklariga

hurmatning ortib boraverishiga qaratilishi lozim” - deyilgan. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasiga binoan esa, har kim bilim olish huquqiga ega.[2] Shuningdek, O‘zbekiston

Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “…jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy

kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun

teng huquqlar kafolatlanadi.[3] “Bola huquqlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda ham har

bolaning ta’lim olish huquqiga ega[4] ekanligi qayd etilgan.

Bu normalar gender tengligini ta’minlashga xizmat qiladi, albatta. Shu bilan birga bugungi

ayrim oilalarda kasb tanlashda ham kamsitilish hamda huquqlarni cheklash holatlari ham uchrab

turmoqda. Ayrim ota-onalar kasb tanlashda u yoki bu kasbni uning ayol yoki erkakka xosligi

nuqtai-nazaridan baholashadi. Bunday qarashlar milliy va xalqaro qonunchilikka ziddir. Jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 9-dekabrda qo‘shilgan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi BMT

Konvensiyasiga qoidalariga ham ziddir. Bola kelajakdagi kasbini o‘zi tanlashi kerak, albatta.

Shuni inobatga olish kerakki, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar farzandlariga

o‘zlari hohlagan kasbni tanlashga to‘sqinlik qilish bilan ularning huquqlarini buzadilar. Aslida esa

O‘zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasiga binoan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi

kafolatlanadi.

Bu huquqlarning tengligi ayol va erkaklarning nikoh munosabatlariga kirishishida ham

belgilangan. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.[2] Bu oila

kodeksida ham mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra barcha fuqarolar oilaviy minosabatlarda teng

huquqqa egadirlar. Nikoh tuzish chog’ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,

e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda

bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy

munosabatlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi[5]-degan qoida kiritilgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida esa balog‘atga yetgan erkaklar va ayollar irqi,

millati yoki diniga qarab biror bir cheklashsiz nikohdan o‘tish va oila qurish huquqiga egadirlar.

Ular nikohdan o‘tayotganida ham, nikohda bo‘lgan vaqtida ham va nikoh bekor

qilinayotganida ham bir xil huquqlardan foydalanadilar.

Nikoh, nikohdan o‘tayotgan ikkala tomonning xohishi va batamom roziligi bilangina

tuzilishi mumkin[1]ligi bayon qilingan.

Shu bilan birga ayol va erkaklarning mehnat munosabatlarida ham teng huquqligini

ta’minlash kerak.


background image


Dekabr, 2024-Yil

585

Mamlakatimizda juda ko‘p hollarda homilador ayollarning, uch yoshga to‘lmagan

farzandini tarbiyalayotgan ayollarning huquqlari mehnatga doi munosabatlarda toptalmoqda.

To‘g‘ri, bunday munosabatlarda ayollarning huquqlari ta’minlanmasligining birinchi

aybdori ayol fuqaroning o‘zidir! Chunki u o‘z huquqlarini bilmaydi. Huquqiy bilim va

madaniyatga ega emas. Lekin bu ayollarni kamsitish yoki ularning huquqlarini cheklash mumkin

degani emas. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida shunday deyilgan:-“Barcha fuqarolar

mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi,

irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan

munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik

qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab

mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l

qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi”.[6]

Har bir inson mehnat qilish, ishni o‘z erki bilan tanlab olish, mehnatning adolatli va qulay

sharoitlari bo‘lishi va ishsizlikdan muhofaza etilish huquqiga egadir. Har bir inson, biror bir

kamsitishsiz teng mehnatga teng haq olish huquqiga egadir. Har bir ishlayotgan odam, uning o‘zi

va oilasi uchun munosib yashashni ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olish, zarur

bo‘lgan hollarda ijtimoiy ta’minotning boshqa vositalari bilan to‘ldiriladigan daromad olish

huquqiga egadir.

Har bir inson, kasb ittifoqlari tuzish va o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun kasb

ittifoqlariga kirish huquqiga egadir.[1] Bu huquqlarning barchasi umumiy tarzda asosiy qonunimiz

konstitutsiyada mustahkamlangan bo‘lib, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli

mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga

egadir.[2]

Darhaqiqat, biz yuqorida keltirgan huquqiy asoslar kecha yoki bugun qabul qilingan emas,

albatta. Ayol va erkaklarning barcha sohalarda teng huquqliligini ta’minlashning huquqiy asoslari

bor va yanada takomillashtirilmoqda. Jumladan, 2019-yil sentyabr oyida “Xotin-qizlar va erkaklar

uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va

zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bu sohadagi islohotlar izchil

davom ettirilmoqda.

Endigi vazifa esa odamlarimizning ayolga nisbatan qarashlarini o‘zgartirishimiz darkor.

Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday degan edi:- “Meni kishilarimizning

ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p o‘ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila

qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida hurmat qilamiz.


background image


Dekabr, 2024-Yil

586

Bu, shubhasiz, to‘g‘ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda

amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo‘lishi

kerak”.[7]

Davlatimiz barcha fuqarolarning jumladan, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini to‘la

ro‘yobga chiqarish orqali ularning farovon turmushini ta’minlashga harakat qilmoqda. Bu

jarayonlarda “ig‘or ayol”, “tashabbuskor ayol” qiyofalari ko‘payishi kerak.

Zero, bugungi O‘zbekiston aholisining 50 foizini tashkil etadigan xotin-qizlar mamlakat

taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishlari mumkin. Buning uchun jamiyatimizdagi xotin-qizlar

yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri va to‘la foydalanib, sharqona nazokat bilan o‘zligiga xos,

mos bo‘lgan pozitsiyani egallashga astoydil harakat qilishlari darkor.

REFERENCES

1.

Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasi.T.:1948.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, https://lex.uz

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, //2020- yil 23-sentabr.

https://lex.uz.

4.

O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni,

23-modda.//2008-yil 8-yanvar.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, https://lex.uz.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, https://lex.uz.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyidagi Oliy

Majlis Senati yig‘ilishidagi nutqi. www.strategy.uz.

References

Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasi.T.:1948.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, https://lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, //2020- yil 23-sentabr. https://lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni,

-modda.//2008-yil 8-yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, https://lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, https://lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyidagi Oliy Majlis Senati yig‘ilishidagi nutqi. www.strategy.uz.