Authors

  • G‘ulomjon Rajabov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48761

Keywords:

malakali bokschilar jismoniy tayyorgarlik salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tadqiq qilish.

Abstract

Ushbu maqolada malakali bokschilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga chalg‘ituvchi omillarni ta’sirini tadqiq qilish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

112

MALAKALI BOKSCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIK

KO‘RSATKICHLARIGA CHALG‘ITUVCHI OMILLARNI TA’SIRINI TADQIQ

QILISH

Rajabov G‘ulomjon Qurbonboevich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, dotsent,

Toshkent viloyati, Chirchiq shahar.

gulom-1979@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14306451

Annotatsiya.

Ushbu

maqolada

malakali

bokschilarni

jismoniy

tayyorgarlik

ko‘rsatkichlariga chalg‘ituvchi omillarni ta’sirini tadqiq qilish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

malakali bokschilar, jismoniy tayyorgarlik, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi

omillar, tadqiq qilish.

INVESTIGATING THE INFLUENCE OF DISTRACTION FACTORS ON PHYSICAL

FITNESS PERFORMANCE OF SKILLED BOXERS

Abstract.

This article reports on a study of the effects of confounding factors on fitness

performance of skilled boxers.

Key words:

qualified boxers, physical fitness, negative influencing factors, research.

ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ ОТВЛЕКАЮЩИХ ФАКТОРОВ НА ФИЗИЧЕСКУЮ

ПОДГОТОВЛЕННОСТЬ КВАЛИФИЦИРОВАННЫХ БОКСЕРОВ

Аннотация.

В статье представлены данные по изучению влияния отвлекающих

факторов на физическую подготовленность квалифицированных боксеров.

Ключевые слова:

квалифицированные боксеры, физическая подготовка, негативные

влияющие факторы, исследование.

Ishning dolzarbligi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng jismoniy tarbiya va

sport davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani hech kimga sir emas. Jismoniy tarbiya va sportni
yanada rivojlantirish borasida Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qabul
qilinishi sohaga berilayotgan e’tiborning tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 3 iyundagi PQ 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni
yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi (1).

O‘zbekiston mustaqillik yillarida xalqaro olimpiya harakatining faol a’zosiga aylandi va

Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat bilan qatnashib kelmoqda. Xususan, boks sport turi bo‘yicha
o‘zbek sportchilarining Parijda o‘tkazilgan XXXIII Olimpiada o‘yinlarida bokschilarimiz 7 ta
vazn toifasida qatnashib 5 ta oltin medallarni qo‘lga kiritib, umum jamoa xisobida 1-chi o‘rinni
egallaganlari yuksak g‘urur tuyg‘usi bilan bir qatorda sportchilar tayyorlash tizimini yanada yuqori
pog‘onaga ko‘tarishni talab qiladi, zero xalqaro maydonda raqobat kuchayib bormoqda (2).

Bugungi kunga kelib zamonaviy boks yanada raqobatbardosh, keskin va universal tus

olmoqda, shu sababli yuqori malakali bokschilarning funksional hamda psixologik tayyorgarligiga
qo‘yiladigan talablar keskin ortib bormoqda. Biroq bokschilarning sport faoliyatida sportchiga
bog‘liq bo‘lmagan quyidagi qator omillar ham mavjud: hakamlik qilish, musobaqa qoidalarining
o‘zgarishi; bokschilar, murabbiylar, shifokorlar, tomoshabinlarning jangga shay turishi; raqib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

113

imkoniyatlari hamda tayyorgarligi va h.k. Bunday ekstremal stress sharoitlarda aksariyat
sportchilar salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bardosh bera olmaydilar va sport faoliyatida yuqori
natijaga erishish imkoniyatlari ham juda pasayadi. (2,3).

Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, musobaqa kurashida ekstremallik oshganda faoliyat

ishonchliligi yuqori darajada bo‘lgan sportchilargina ustunlikka ega bo‘ladilar.

Chalg‘ituvchi omillarga qarshilik ko‘rsata olish (chalg‘ituvchi omillarga bardoshlilik)

qobiliyati ekstremallikning bir qismidir.

Jahon sport fanida professional sportchilarning chalg‘ituvchi omillarga bardoshliligini

o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p sonli tadqiqotlar mavjudki, ularning natijalari Germaniya, Buyuk
Britaniya, AQSH, Rossiya kabi davlatlardagi ilmiy konferensiyalar, maxsus nashrlar, dissertatsiya
ishlarida muhokama qilingan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda ilmiy faollik
kuzatilmoqda.

Zamonaviy sportda muvaffaqiyatga erishish va egallangan o‘rinlarni saqlab qolishning

zarur shartlaridan biri sportchilarni ekstremal vaziyatlarda musobaqa faoliyatiga tayyorlashni
optimallashtirishning yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.

Sport nazariyasi va sport psixologiyasi sohasidagi vatanimiz hamda xorijiy

mutaxassislarning ishlarida sport faoliyatidagi ishonchlilik omiliga hamda sportchilarni
musobaqalarga tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda (G.D. Babushkin, 2006; E.N. Gogunov,
2004 G.D.Gorbunov, 2006 E.P.Ilin, 2016; V.N. Platonov, 2004; A.S. Puni, 1984; A.V. Rodionov,
2004; P.A. Rudik, 1974; N.B. Stambulova, 1999; L.G.Ulyaeva, 2015 va boshqalar;
R.D.Xalmuxamedov, 2006; J.K. Xolodov, B.S. Kuznetsov, 2003;.). Aksariyat adabiyot
manbalarini tahlil qilish va umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, yakkakurashchilar, jumladan,
bokschilarning musobaqa faoliyati natijadorligi va ishonchliligini oshirish muammosiga yagona
qarash yo‘q. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, sportchining chalg‘ituvchi omillarga bardoshliligi
masalalari ko‘tarilgan ko‘pchilik ishlarda bunday bardoshlilik to‘g‘risida sportchi
psixomotorikasining xususiyati (yoki alohida xossasi) sifatida gapiriladi.

Zamonaviy boks sport musobaqalarida muvaffaqiyatga erishish va egallangan o‘rinlarni

saqlab qolishning zarur shartlaridan biri malakali bokschilarning umumiy va maxsus jismoniy
tayyorlashni optimal-lashtirishning yangi yo‘llarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.

Sport psixologiya va sport tibbiyotida uzoq vaqt davomida shunday tasavvur mavjud ediki,

sportchilarda haddan ortiq toliqishning birinchi ob’ektiv belgisi - bu sport natijasining pasayshidir.

Uning paydo bo‘lish sabablari yuzasidan turli xil qarashlar, fikr-mulohazalar bildirilgan.
Malakali bokschilarning musobaqa faoliyati jarayonida jismoniy tayyorgarlik asosiy

o‘rinlardan birini egallaydi. Bugungi kunda malakali bokschilarni sport amaliyotiga jismoniy
tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga chalg‘ituvchi omillarning ta’siri kam darajada щrganilgan.

Tadqiqotning maqsadi.

Malakali bokschilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga

chalg‘ituvchi omillarni ta’sirini aniqlash.

Tadqiqotning vazifasi.

Malakali bokschilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga

chalg‘ituvchi omillarni ta’sirini tadqiq qilishdan iborat edi.

Tadqiqotning tashkil qilinishi va metodlari.

Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish,

videotahlil, nazariy tahlil, korrelyasiya tahlili, har xil o‘rtacha kattaliklar ishonchliligini
aniqlashning statistik metodlari.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

114

Tadqiqotlar jarayonida pedagogik kuzatuvlar o‘tkazildi hamda malakali bokschilarning

o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonlari yozib olindi. Jumladan chalg‘ituvchi omillar ta’siri sharoitlarida
bajarilgan harakatlar tahlil qilindi. Jami 80 o‘quv-mashg‘ulotlar yozib olindi. Tadqiqotlarda 16
nafar malakali bokschilar qatnashdilar, ular orasida 8 nafari – sport ustasi, 8 nafari – sport
ustaligiga nomzodlar qatnashdilar.

Malakali bokschilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga chalg‘ituvchi omillarni

ta’sirini tadqiq qilish bugungi zamon sport talablarini bajarishda samarali ahamiyatga egadir.

Ana shu dolzarb masalani e’tiborga olgan holda biz malakali bokschilarda jismoniy

tayyorgarligini aniqlash uchun Garvard step- testidan foydalinilgan xolda sportchilarning
individual jismoniy ko‘rsatkichlarini baholashga erishdik.

Biz tomondan dastlabki tadqiqotlar jarayonida malakali bokschilarni individual jismoniy

tayyorgarligiga chalg‘ituvchi omillar bor hamda chalg‘ituvchi omillar yo‘q bo‘lgan vaziyatlarda
jismoniy tayyorgarligiga ta’siri ham o‘rganildi.

1-jadvalda Garvard step-testi orqali malakali bokschilarni jismoniy tayyorgarlikining

individual ko‘rsatkichlari keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Garvard step-testi asosan
malakali bokschilarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini baholashga qaratilgan. Jismoniy
tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dastlab (2021 yil, sentyabrt) A.Abdullaev hamda A.Sattorovlarda
“YAxshi” ko‘rsatkichni ko‘rsatgan bo‘lsa, A.A., A.B, X.S., S.M., V.S., O.X., F.A., A.S., A.T, T.I.
larda “O‘rta” ko‘rsatkichni talablarini bajargan bo‘lsalar, S.B., T.X. va X.N., V.J. lar testlashning
yakuniy ko‘rsatkichlariga ko‘ra “O‘rta ko‘rsatkichdan past” natijalarga erishganlar. Dastlabki
o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra tadqiqotlar jarayoniga jalb qilingan malakali bokschilardan
birontasida ham “A’lo” ko‘rsatkichlari qayd qilinmagan, bundan ko‘rinib turibdiki sportchilarni
jismoniy tayyorgarligi yuqori deb xulosa qilib bo‘lmaydi.

1-jadval

Chalg‘ituvchi omillar yo‘q bo‘lgan vaziyatlarda malakali bokschilarni jismoniy

tayyorgarligini Garvard step-testi orqali

individual ko‘rsatkichlarini aniqlash

F.I.

Qoniqarsiz

O‘rta

ko‘rsatkichd

an past

O‘rta

ko‘rsatki

YAxshi

A’lo

1

A.A.

-

-

74

-

-

2

A.B.

-

-

69

-

-

3

X.S.

-

-

67

-

-

4

S.B.

-

59

-

-

-

5

S.M.

-

-

70

-

-

6

A.A.

-

-

-

80

-

7

V.S.

-

-

69

-

-

8

T.X.

-

58

-

-

-

9

O.X.

-

-

69

-

-

10

A.S.

-

-

-

80

-

11

X.N.

-

59

-

-

-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

115

12

F.A.

-

-

68

-

-

13

A.S.

-

-

70

-

-

14

V.J.

-

58

-

-

-

15

A.T.

-

-

69

-

-

16

T.I.

-

-

68

-

-

Malakali bokschilarning jismoniy tayyorgarligi jarayonlarini bilish maqsadida, o‘quv-

mashg‘ulotlar jarayonida Garvard step-testi ma’lumotlariga asoslanib, chalg‘ituvchi omillar bor
bo‘lgan vaziyatlarda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari aniqlandi.

Dastlabki tadqiqotlar jarayonida malakali bokschilarning jismoniy tayyorgarligiga salbiy

ta’sir ko‘rsatuvchi chalg‘ituvchi omillar ta’sirini o‘rganish uchun o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida
suniy ravishda quyidagi omillar kiritildi: aniq bir mashg‘ulotda kuzatiladigan ob’ektiv omillardan
foydalaniladi: zalda ko‘p sonli shug‘ullanuvchilarning borligi, bokschi juftligi, yorug‘likning
etishmasligi, past havo harorati, ortiqcha shovqin, zalda begonalarning yurishi, sheriklarning
tayyorgarlik darajasi va boshqa mezonlar bo‘yicha mos kelmasligi, murabbiy bilan “yassi
qo‘lqoplarda” va juftlikda takomillashtirish vaqtida sportchilarga qo‘yiladigan talablarning
musobaqa talablariga mos kelmasligi. Bu omillardan foydalanishdan maqsad bokschilarga
qo‘yiladigan talablarni oshirish, qo‘shimcha psixik zo‘riqishlarni paydo qilish, asosan
chalg‘ituvchi omillarning jismoniy tayyorgarligiga ta’sirini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan edi.

Biz tomondan yuqorida qo‘llanilgan chalg‘ituvchi omillar ta’siri ostida malakali

bokschilarni jismoniy tayyorgarligini Garvard step-testi orqali individual ko‘rsatkichlari aniqlandi.

Unga ko‘ra barcha sportchilarda “A’lo” hamda “YAxshi” ko‘rsatkichni ko‘rsatgan

sportchilar aniqlanmadi, “O‘rta” ko‘rsatkichni talablarini bajargan sportchilar bilan “O‘rta
ko‘rsatkichdan past” natijalarga erishgan sportchilar soni teng taqsimlanganini ko‘rishimiz
mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki chalg‘ituvchi omillar bor bo‘lgan vaziyatlarda malakali
bokschilarni jismoniy tayyorgarligiga salbiy ta’siri borligi aniqlandi.

2-jadval

Chalg‘ituvchi omillar bor bo‘lgan vaziyatlarda malakali bokschilarni jismoniy

tayyorgarligini Garvard step-testi orqali

individual ko‘rsatkichlarini aniqlash

F.I.

Qoniqarsiz

O‘rta

ko‘rsatkichd

an past

O‘rta

ko‘rsatki

YAxshi

A’lo

1

A.A.

-

58

-

-

-

2

A.B.

-

-

69

-

-

3

X.S.

-

-

67

-

-

4

S.B.

-

59

-

-

-

5

S.M.

-

-

70

-

-

6

A.A.

-

58

-

-

-

7

V.S.

-

-

69

-

-

8

T.X.

-

58

-

-

-

9

O.X.

-

-

69

-

-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

116

10

A.S.

-

-

68

-

-

11

X.N.

-

59

-

-

-

12

F.A.

-

-

68

-

-

13

A.S.

59

-

14

V.J.

58

-

15

A.T.

69

16

T.I.

59

-

Xulosa.

Dastlabki o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida olingan test mashqi chalg‘ituvchi

omillar bor bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llanilganda “YAxshi” ko‘rsatkichni bironta sportchi ham
bajara olmadi, “O‘rtacha” va “O‘rtacha ko‘rsatkichdan past” ko‘rsatkichlarni bokschilar teng
ikkiga bo‘lib olishdi. Bundan ko‘rinib turibdiki chalg‘ituvchi omillar sportchilarni nafakat texnik-
taktik tayyorgarligi ko‘rsatkichlariga balki jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlariga ham salbiy
ta’sir qilishi dastlabki o‘tkazilgan tadqiqot yakunlarida aniqlandi.

Bu bizga malakali bokschilarni tayyorlash jarayonida yuqorida aniqlangan kamchiliklarni

e’tiborga olishni talab qiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent
sh., 2015 yil 4 sentyabr. www.lex.uz

2.

Rodionov, A. V. Psixologiya fizicheskogo vospitaniya i sporta.. - M.: Akademicheskiy
proekt; Fond "Mir", 2004. - 576 s.

3.

Xalmuxamedov R.D., Rajabov G‘.Q. Yakkakurash sport turlari (Boks). Darslik. –
Toshkent, 2015. - 184 b.

4.

Rajabov G.K. Malakali bokschilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
musobaqa faoliyati natijadorligini shakllantirish: falsafa doktori (PhD) avtoreferati. –
Chirchik, 2019. – 32 b.

5.

Ражабов Г.К., Каландаров Д.Ш., Каримов Ш.К. Влияние изменений правил
соревнований и судейства в боксе на тренировочный и соревновательный процесс
//Молодой ученый. – 2016. – №. 21. – С. 974-976.

6.

Ражабов

Г.К.

Показатели

тактико-технических

действий

высококвалифицированных боксеров в соревновательных боях в условиях
отсутствия и возникновения стрессовых факторов (помех) //Academic research in
educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. Special Issue 1. – С. 152-160.

7.

Ражабов Г.К. Повышение результативности и надежности соревновательной
деятельности квалифицированных боксёров //Теория и практика физической
культуры. – 2020. – №. 7. – С. 81-81.

8.

Ражабов Ғ.Қ. Малакали боксчиларнинг турли даражадаги экстремал вазиятларда
жанг олиб бориш ҳусусиятлари //Фан-Cпортга. – 2019. – №. 4. – С. 39-50.

9.

Ражабов Г.К. Влияние сбивающих факторов на психологическую устойчивость
квалифицированных боксёров в экстремальных условиях соревнований
//Актуальные задачи педагогики. – 2019. – С. 7-9.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

117

10.

Ражабов Ғ.Қ., Қаландаров Д.Ш., Каримов Ш.Қ. Малакали боксчиларни яккакураш
шароитлари турлича бўлганда жанг олиб бориш воситалари қўлланилишининг
индивидуал кўрсаткичларини тадқиқ қилиш //Фан-спортга, (7). – 2021.

11.

Ражабов Г.К. Влияние сбивающих факторов на психологическую устойчивость
квалифицированных боксёров в экстремальных условиях соревнований
//Актуальные задачи педагогики. – 2019. – С. 7-9.

12.

Ражабов Ғ.Қ., Қаландаров Д.Ш., Каримов Ш.Қ. Малакали боксчиларни яккакураш
шароитлари турлича бўлганда жанг олиб бориш воситалари қўлланилишининг
индивидуал кўрсаткичларини тадқиқ қилиш //Фан-спортга, (7). – 2021.

13.

Rajabov G., Mamatqulov X. BOKSCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATI
XUSUSIYATLARINI

HISOBGA

OLGAN

HOLDA

TEXNIK-TAKTIK

HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 36-45.

14.

Ражабов Ғ.Қ. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК МАҲОРАТИ
БАРҚАРОРЛИГИНИ ОШИРИШ МЕТОДИКАСИ //Fan-Sportga. – 2018. – №. 4. – С.
21-26.

15.

Ғуломжо Қурбонбоевич Ражабов. Малакали боксчиларнинг мусобоқа фаолиятининг
юқори натижасига эришишга тайёр бўлишнинг шахсга хос шарт-шароитларини
тадқиқ қилиш //Crntral Asian Research Journal for Interdiscplinary Studies. – 2022. – T.5
- №. 2. – С. 576-588.

16.

Г.М.Рахимқулиева Ғ.Қ.Ражабов. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТУРЛИ
ЭКСТРЕМАЛ ВАЗИЯТЛАРДА МУСОБАҚА ФАОЛИЯТИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ
ОШИРИШ //International research and practice conference Engineering & Technology. –
2021. – T.12 – №. 4. – С. 12-16.

17.

РАЖАБОВ Ғ. Қ. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ МУСОБАҚА ФАОЛИЯТИ
ТЕХНИК-ТАКТИК ҲАРАКАТЛАРИ НАТИЖАДОРЛИГИГА ЧАЛҒИТУВЧИ
ОМИЛЛАРНИНГ ТАЪСИРИНИ ТАДҚИҚ ҚИЛИШ //Фан-Cпортга. – 2020. – №. 3 –
С. 13-16.

18.

Ражабов

Ғуломжон

Қурбонбоевич.

МАЛАКАЛИ

БОКСЧИЛАРНИНГ

ИНДИВИДУАЛ ХУСУСИЯТЛАРИНИ ҲИСОБГА ОЛГАН ҲОЛДА МУСОБАҚА
ФАОЛИЯТИ ТЕХНИК-ТАКТИК ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ
//Современное образование (Узбекистан). – 2020. – №. 1 – С. 70-74.

19.

Gulom Kurbonboyevich. Problem of Increasing Competitive Activity of Qualified Boxers
in Stress Factors Absence and Occurrence //«Eastern European Scientific Journal». – 2018.
– T.61 – №. 6. – С. 11-16.

20.

Ражабов Г. К. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК МАҲОРАТИ
БАРҚАРОРЛИГИНИ ОШИРИШ МЕТОДИКАСИ //Fan-Sportga. – 2018. - №.4. С. 21-
26.

21.

Ғ.Қ. Ражабов. Малакали боксчиларнинг мусобақа фаолияти натижавийлигига
таъсир қилувчи чалғитувчи омиллар //ФАН-СПОРТГА. – 2017. – T. 12 - №. 4. – С.
62-67.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

118

22.

Rasulov A. S. et al. CHUQURLASHTIRILGAN IXTISOSLASHUV BOSQICHIDA
FUTBOLCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 307-316.

23.

Kazoqov R. T. QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHI TALABALARNI
HARAKATLANISH TEXNIKASINI BIOMEXANIK KO‘RSATKICHLARDAGI
KAMCHILIKLARNI

ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALAR

YORDAMIDA

BARTARAF ETISH HISOBIGA YUGURISH TEXNIKASI TAKOMILLASHTIRISH
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 271-279.

24.

Buraimov I., Kazoqov R. XOKKEYCHILAR FAOLIYATINING FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 49-56.

25.

Allamurodov S. I. et al. O ‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
ILMIY

TADQIQOTLAR

INSTITUTI

LABARATORIYASIDA

YENGIL

ATLETIKACHILARNING

ANTROPOMETRIK

VA

FUNKSIONAL

KO

‘RSATKICHLARI BO ‘YICHA QAYD ETILGAN NATIJALARINING ASOSIY
STATISTIK XARAKTERISTIKALARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3.
– №. 11. – С. 39-48.

26.

Юсупова Р. И., Қазоқов Р. Т., Султанова Н. Қ. METHODS OF MUSCLE TENSION
TO DEVELOP QUICK-STRENGTH SKILLS IN GYMNASTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 471-479.



References

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent sh., 2015 yil 4 sentyabr. www.lex.uz

Rodionov, A. V. Psixologiya fizicheskogo vospitaniya i sporta.. - M.: Akademicheskiy proekt; Fond "Mir", 2004. - 576 s.

Xalmuxamedov R.D., Rajabov G‘.Q. Yakkakurash sport turlari (Boks). Darslik. –Toshkent, 2015. - 184 b.

Rajabov G.K. Malakali bokschilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqa faoliyati natijadorligini shakllantirish: falsafa doktori (PhD) avtoreferati. – Chirchik, 2019. – 32 b.

Ражабов Г.К., Каландаров Д.Ш., Каримов Ш.К. Влияние изменений правил соревнований и судейства в боксе на тренировочный и соревновательный процесс //Молодой ученый. – 2016. – №. 21. – С. 974-976.

Ражабов Г.К. Показатели тактико-технических действий высококвалифицированных боксеров в соревновательных боях в условиях отсутствия и возникновения стрессовых факторов (помех) //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. Special Issue 1. – С. 152-160.

Ражабов Г.К. Повышение результативности и надежности соревновательной деятельности квалифицированных боксёров //Теория и практика физической культуры. – 2020. – №. 7. – С. 81-81.

Ражабов Ғ.Қ. Малакали боксчиларнинг турли даражадаги экстремал вазиятларда жанг олиб бориш ҳусусиятлари //Фан-Cпортга. – 2019. – №. 4. – С. 39-50.

Ражабов Г.К. Влияние сбивающих факторов на психологическую устойчивость квалифицированных боксёров в экстремальных условиях соревнований //Актуальные задачи педагогики. – 2019. – С. 7-9.

Ражабов Ғ.Қ., Қаландаров Д.Ш., Каримов Ш.Қ. Малакали боксчиларни яккакураш шароитлари турлича бўлганда жанг олиб бориш воситалари қўлланилишининг индивидуал кўрсаткичларини тадқиқ қилиш //Фан-спортга, (7). – 2021.

Ражабов Г.К. Влияние сбивающих факторов на психологическую устойчивость квалифицированных боксёров в экстремальных условиях соревнований //Актуальные задачи педагогики. – 2019. – С. 7-9.

Ражабов Ғ.Қ., Қаландаров Д.Ш., Каримов Ш.Қ. Малакали боксчиларни яккакураш шароитлари турлича бўлганда жанг олиб бориш воситалари қўлланилишининг индивидуал кўрсаткичларини тадқиқ қилиш //Фан-спортга, (7). – 2021.

Rajabov G., Mamatqulov X. BOKSCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATI XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 36-45.

Ражабов Ғ.Қ. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК МАҲОРАТИ БАРҚАРОРЛИГИНИ ОШИРИШ МЕТОДИКАСИ //Fan-Sportga. – 2018. – №. 4. – С. 21-26.

Ғуломжо Қурбонбоевич Ражабов. Малакали боксчиларнинг мусобоқа фаолиятининг юқори натижасига эришишга тайёр бўлишнинг шахсга хос шарт-шароитларини тадқиқ қилиш //Crntral Asian Research Journal for Interdiscplinary Studies. – 2022. – T.5 - №. 2. – С. 576-588.

Г.М.Рахимқулиева Ғ.Қ.Ражабов. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТУРЛИ ЭКСТРЕМАЛ ВАЗИЯТЛАРДА МУСОБАҚА ФАОЛИЯТИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ //International research and practice conference Engineering & Technology. – 2021. – T.12 – №. 4. – С. 12-16.

РАЖАБОВ Ғ. Қ. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ МУСОБАҚА ФАОЛИЯТИ ТЕХНИК-ТАКТИК ҲАРАКАТЛАРИ НАТИЖАДОРЛИГИГА ЧАЛҒИТУВЧИ ОМИЛЛАРНИНГ ТАЪСИРИНИ ТАДҚИҚ ҚИЛИШ //Фан-Cпортга. – 2020. – №. 3 – С. 13-16.

Ражабов Ғуломжон Қурбонбоевич. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ИНДИВИДУАЛ ХУСУСИЯТЛАРИНИ ҲИСОБГА ОЛГАН ҲОЛДА МУСОБАҚА ФАОЛИЯТИ ТЕХНИК-ТАКТИК ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ //Современное образование (Узбекистан). – 2020. – №. 1 – С. 70-74.

Gulom Kurbonboyevich. Problem of Increasing Competitive Activity of Qualified Boxers in Stress Factors Absence and Occurrence //«Eastern European Scientific Journal». – 2018. – T.61 – №. 6. – С. 11-16.

Ражабов Г. К. МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК МАҲОРАТИ БАРҚАРОРЛИГИНИ ОШИРИШ МЕТОДИКАСИ //Fan-Sportga. – 2018. - №.4. С. 21-26.

Ғ.Қ. Ражабов. Малакали боксчиларнинг мусобақа фаолияти натижавийлигига таъсир қилувчи чалғитувчи омиллар //ФАН-СПОРТГА. – 2017. – T. 12 - №. 4. – С. 62-67.

Rasulov A. S. et al. CHUQURLASHTIRILGAN IXTISOSLASHUV BOSQICHIDA FUTBOLCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 307-316.

Kazoqov R. T. QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHI TALABALARNI HARAKATLANISH TEXNIKASINI BIOMEXANIK KO‘RSATKICHLARDAGI KAMCHILIKLARNI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA BARTARAF ETISH HISOBIGA YUGURISH TEXNIKASI TAKOMILLASHTIRISH //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 271-279.

Buraimov I., Kazoqov R. XOKKEYCHILAR FAOLIYATINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 49-56.

Allamurodov S. I. et al. O ‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT ILMIY TADQIQOTLAR INSTITUTI LABARATORIYASIDA YENGIL ATLETIKACHILARNING ANTROPOMETRIK VA FUNKSIONAL KO ‘RSATKICHLARI BO ‘YICHA QAYD ETILGAN NATIJALARINING ASOSIY STATISTIK XARAKTERISTIKALARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 39-48.

Юсупова Р. И., Қазоқов Р. Т., Султанова Н. Қ. METHODS OF MUSCLE TENSION TO DEVELOP QUICK-STRENGTH SKILLS IN GYMNASTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 471-479.