ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
160
O‘ZBEK TARIXIY FILMLARIDA KINOOPERATORLIK SAN’ATINING
RUVOJLANISH BOSQICHLARI
Sulaymonov Elboy Axtamovich
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati”
kafedrasi 1-kurs magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14306920
Annotaysiya.
O‘zbek kino san’atining paydo bo‘lishining dastlabki davrlaridan to hozirgi
vaqtgacha bo‘lgan davri yoritilgan bo‘lib ular orasidan o‘zbek tarixiy kino san’atining ajralib
chiqishi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. O‘tgan asrda yaratilgan mashhur tarixiy filmlarning
mustaqillik yillarida yaratilgan filmlardan farqli jihatlari borasida fikrlar yuritiladi. So‘ngi
yillarda yaratilayotgan tarixiy filmlarning boshqa filmlardan farqli tomonlari aytib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar:
kino san’ati, kinooperator, tarixiy film, kinostudiya, maxsus effektlar,
dekoratsiya, tabiiy yorug‘lik, syujet, raqamli texnologiya, animatsiyalar.
STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF CINEMATOGRAPHY IN
UZBEKISTAN HISTORICAL FILMS
Abstract.
The period of the emergence of Uzbek cinema from the early days to the present
is covered, and information about the emergence of Uzbek historical cinema is provided. The
differences between famous historical films created in the last century and films created during
the years of independence are discussed. The differences between historical films created in recent
years and other films are discussed.
Keywords:
cinema, cinematographer, historical film, film studio, special effects, scenery,
natural light, plot, digital technology, animations.
ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА КИНЕМАТОГРАФИИ В ИСТОРИЧЕСКИХ
ФИЛЬМАХ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
Освещен период становления узбекского кино с первых дней до наших
дней, а также предоставлены сведения о становлении узбекского исторического кино.
Обсуждаются различия между известными историческими фильмами, созданными в
прошлом веке, и фильмами, созданными в годы независимости. Обсуждаются различия
между историческими фильмами, созданными в последние годы, и другими фильмами.
Ключевые слова:
кино, оператор, исторический фильм, киностудия, спецэффекты,
декорации, естественный свет, сюжет, цифровые технологии, анимация.
Bugungi kunda o‘zbek kino san’ati milliy madaniyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lib,
uning ruvojlanishida kinooperatorlik san’ati alohida o‘rin kasb etadi. Jumladan, tarixiy filmlarda
kinooperatorlarning mahorati o‘sha davr voqealari va muhitini haqqoniy aks ettirishda muhim
ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kino sohasida amalga oshirilgan islohotlar va
yangi texnologiyalarning joriy qilinishi kinooperatorlik san’atining rivojlanishiga juda katta ta’sir
ko‘rsatdi.
Kino san’ati
– kinematografiyaning texnik vositalar asosida shakllangan badiiy ijod turi
bo‘lib unda ekran san’atining muhim tarkibiy qismi va real borliqni aynan yoki badiiy–hujjatli
obrazlar, multiplikatsiya vositalari yordamida suratga olish hamda kinofilmlarning omma orasida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
161
keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televideniye, videokasseta va videodisklarni ham o‘z ichiga
oladi.
Kinooperator
– kinematografiya kasbi hisoblanadi. Kinooperator kino kamerada filmni
tasvirga oluvchi va tasviriy yechimiga javob beruvchi shaxs. Bundan tashqari filmni tasviriy
yechimini yaratishda kinooperatordan tashqari film rejissyori va rassom ham birgalikda javobgar
hisoblanadi.
O‘zbek kinooperatorlik san’ati o‘zining qariyib bir asrlik tarixiga ega. Yurtimizning tarixiy
voqealari va ijtimoiy hayoti haqidagi eng muhim ma’lumotlarni kinotasmalarga muhrlagan
birinchi kinooperator Xudoybergan Devonovdir. U Moskva va Peterburgdan teleskop,
grammafon, fotova kino uskunalar olib kelib Xorazimda fotolaboratoriya ochdi. X.Devonov ijodiy
faoliyati rus kinosan’atkorlari faoliyati bilan bir davrda boshlagan. U suratga olgan ‘‘O‘rta Osiyo
me’moriy yodgorliklari’’, “Turkiston ko‘rinishlari”, “Xiva va xivaliklar” kabi qisqa metrajli
filmlardir. Lekin bu filmlar hujjatli xarakterga ega edi. 1925-yili Sharq yulduzi kinostudiyasi
(hozirgi kunda nomi “O‘zbekfilm”) ochildi. Kino ishlab chiqarishning yangi davri boshlandi.
O‘tgan asrda o‘zbek kinosining katta yutuqlari sifatida quydagilarni aytishimiz mumkin
“Tohir va Zuhra” (1945yil), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1947yil, rejissyor N.G‘aniev),
“Alisher Navoiy” (1948yil, rejissyor K.Yormatov) kabi filmlar suratga olingan. Bu filmlarda uzoq
o‘tmishning hayoti va madaniyati hamda jamiyatdagi ichki jarayonlar tasvirlangan. Bulardan
tashqari “Ibn Sino” (1957-yil, rejissyor K.Yormatov), “Qutlug‘ qon” (1956-yil, rejissyor
L.Fayziev), “Furqat” (1959-yil, rejissyor Y.Agzamov) filmlarida xalqimizning o‘tmishidagi
hayoti tasvirlangan. Bu davrning ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari sifatida quydagilarni keltirishimiz
mumkin K.Yormatov, Z.Sobitov, Y.Agzamov, M.Krasnyanskiy, N.Ryadov, V.Sinichenko,
V.Yeremyan va yosh ijodkorlardan Sh.Abbasov, A.Xachaturov, A.Hamraev, D.Salimov va
boshqalarni keltirishimiz mumkin. O‘tgan asrning 70-yillariga kelib xorijiy kinostudiyalar bilan
hamkorlikda bir nechta tarixiy mavzudagi filmlar suratga olindi. Bolgariya bilan urush yillariga
bag‘ishlangan filmlar “Ikki askar haqida hikoya” (1977-yil, rejissyir Z.Sobitov), Hindiston bilan
“Ali bobo va qirq qaroqchi” (1980-yil, rejissyor L.Fayziev va U.Mehra) filmlari suratga olindi.
Mustaqillik davriga kelib tarixiy filmlar yaratish yangi pallaga ko‘tarildi va bu davrda
suratga olingan filmlar “Kulol va Xurmacha” (1991-yil, rejissyor G.Bazarov), “Marg‘iyona”
(1997-yil, rejissyor X.Fayziev), “Buyuk Amir Temur” (1998-yil, rejissyor I.Ergashev, B.Sodiqov),
“O‘tgan kunlar” (1998-yil, rejissyor M.Abzalov), “Otamdan qolgan dalalar” (1998-yil, rejissyor
Sh.Abbosov), “Voiz” (1998-yil, rejissyor Yu.Roziqov), “Alpomish” (2000-yil, rejissyor
P.Fayziev), “O‘rtoq Boykenjayev” (2002-yil, rejissyor Yu.Roziqov), “Mesh polvon” (2002-yil,
rejissyor M.Abzalov), “Qor qo‘ynida lola” (2003-yil, rejissyor A.Shaxobiddinov), “Yodgor”
(2003-yil, rejissyor X.Nasimov), “Afandi va Azroil” (2004-yil, rejissyor X.Nasimov), “Vatan”
(2006-yil, rejissyorZ.Musoqov), “O‘tov” (2007-yil, rejissyor A.Shahobiddinov), “Shantaj
mamlakatdagi mo‘jizalar” (2008-yil, J.Is’hoqov), “Qo‘rg‘oshin” (2014yil), “Berlin-Oqqo‘rg‘on”
(2018-yil, rejissyor Z.Musoqov) kabilarni aytishimiz mumkin.
Bu tarixiy filmlarni o‘tgan asrdagi suratga olingan filmlardan quydagi jihatlari bilan farq
qiladi. XX asrda o‘zbek kinosi asosan Sovet Ittifoqi mafkurasi ta’sirida rivojlangan. Bu davrda
suratga olingan filmlar ko‘pincha Sovet sotsialistik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan edi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
162
Tarixiy mavzularga oid filmlarda milliy o‘tmish asosan sinfiy kurash va xalqning ozodlik
uchun kurash motivlari orqali tasvirlangan. Masalan, “Alisher Navoiy” (1947yil) filmi buyuk shoir
hayotini yoritishda uning ijodiy va insoniy qirralarini sotsialistik g‘oyalarga moslashtirishga
harakat qilingan. Filmlarda sodda maxsus effektlar va oddiy kino uskunalaridan foydalanilgan.
Masalan, sahnalarni bezashda qo‘lda yasalgan dekoratsiyalar va tabiiy yorug‘lik asosiy rol
o‘ynagan. Rang-barang tasvirlar kamdan-kam uchrab, filmlar asosan qora-oq formatda edi.
Filmlarida syujet chiziqlari mafkuraviy jihatdan bir yoqlama bo‘lib, ijobiy va salbiy
qahramonlar orasida keskin chegaralar mavjud edi. Tarixiy shaxslar ko‘pincha idealizatsiya
qilingan yoki mafkuraga mos ravishda tasvirlangan. Shu sababli bu filmlarda dramatik chuqurlik
va murakkab psixologik obrazlar kam uchraydi. Milliy tarixga oid filmlar, asosan, Sovet
ittifoqining umumiy madaniyati va qadriyatlariga moslashtirilgan. Bu filmlarda o‘zbek xalqining
milliy qadriyatlari qisman aks etgan, lekin ular ko‘pincha sotsialistik g‘oyalar soyasida qolgan.
Mustaqillik davrida suratga olingan tarixiy filmlarda esa O‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan so‘ng, tarixiy filmlar milliy g‘urur va ajdodlar merosini targ‘ib qilishga qaratila
boshlandi. Bu filmlarda tarixiy shaxslar va voqealar Sovet mafkuraviy doirasidan chiqib, milliy
manfaatlarga mos ravishda qayta talqin qilindi. Raqamli texnologiyalar va zamonaviy maxsus
effektlardan foydalanish mustaqillik davri filmlarining asosiy xususiyatlaridan biridir. Bu davrda
yaratilgan filmlarda realistik jang sahnalari, 3D animatsiyalar va yuqori sifatli tasvir texnikasi
qo‘llanilgan. Mustaqillik davrida yaratilgan filmlarda qahramonlarning insoniy qirralariga ko‘proq
e’tibor qaratiladi. Syujetlar murakkabroq bo‘lib, tarixiy voqealar dramatik jihatdan boy va realistik
talqin qilinadi. Bu filmlar milliy qadriyatlarni tiklash va mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu
filmlarda o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, tarixiy qahramonlari va mustaqillik uchun kurash
motivlari asosiy mavzulardan biri sifatida ko‘tarilgan.
XX asr va mustaqillik davri o‘zbek tarixiy filmlari o‘rtasidagi asosiy farqlar siyosiy-
madaniy kontekst, texnologik imkoniyatlar va badiiy yondashuv bilan bog‘liq. XX asr filmlari
ko‘proq mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilgan bo‘lsa, mustaqillik davri filmlari milliy o‘zlikni
anglash va madaniy merosni tiklashga yo‘naltirilgan. Shu sababli, mustaqillik davri filmlari o‘zbek
kinosining yangi bosqichini boshlab berdi.
Hozirgi kunda prezidentimiz tashabbusi bilan “Tirik tarix” turkumi filmlari ishlab
chiqilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bu borada quydagilarni ta’kidladi: “Agar
tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi
bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”. Ushbu “Tirik tarix”
turkum loyihasi 2024−2030-yillarga mo‘ljallangani, u eng qadimgi o‘tmishdan tortib, yaqin
tarixgacha bo‘lgan katta davrni qamrab olgan strategik dastur ekani ta’kidlandi. Loyihaga mahalliy
kinoijodkorlar bilan bir qatorda Ispaniya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Belarus, Turkiya,
Yaponiya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston kabi
davlatlardan hamkorlar jalb etiladi.
“Albatta, bu dastur va g‘oyalarni amalga oshirish uchun ko‘p moddiy imkoniyat talab
etilishini, yuzlab iste’dodli mutaxassislar zarurligini ham barchamiz yaxshi bilamiz. Qanchalik
qiyin bo‘lmasin, biz tom ma’nodagi ulkan, tarixiy bu loyihaning moliyaviy masalalarini hal
qilamiz.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
163
Nega deganda, ushbu dastur shonli o‘tmishimizni chuqur anglab, shu asosda kelajakka
ishonch bilan dadil qadam qo‘yishga, yoshlarni chinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalab,
Uchinchi Renessansni barpo etishga katta turtki bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hozirgi vaqtgacha 2019-2024-yillarda “Imom Iso Termiziy”, “Said va Saida”, “Qo‘qon
shamoli”, “Ishoqxon Ibrat”, “Ilhaq”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, “101”, “Muqimiy”, “Meros”,
“Muhabbat bahori”, “O‘zbek qizi”, “Abdulla Oripov”, “Amir Bahodir Yalangto‘sh” kabi tarixiy
filmlarni misol keltirishimiz mumkin.
O‘zbek tarixiy filmlarining kinooperatorlik san’ati rivojlanishi turli davrlarning ijtimoiy,
siyosiy va madaniy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonni bir necha
bosqichlarda tahlil qilish mumkin. Sovet davridan boshlab o‘zbek milliy tarixini yoritishga
bag‘ishlangan filmlarda operatorlik san’ati o‘ziga xos uslublarni shakllantirdi. Bu davrda folklor,
milliy urf-odatlar va tarixiy voqealarni tasvirlashda an’anaviy usullardan foydalanilgan. Ayniqsa,
tasviriy san’atda milliylikni aks ettirishga urg‘u berilgan.
Mustaqillik yillaridan so‘ng tarixiy filmlarda kinooperatorlik uslublari yangi bosqichga
ko‘tarildi. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, turli janrlardagi tajribalar, tarixiy filmlar
estetikasi va dinamizmini oshirishga xizmat qildi. "Tirik tarix" turkumidagi filmlar operatorlik
ishining dolzarb ahamiyatini ko‘rsatadi. Ushbu filmlar tarixiy voqealarni nafaqat hujjatli tasvirlar
orqali, balki badiiy talqin yordamida yoritishga xizmat qiladi. Natijada, tomoshabinni o‘zbek
xalqining boy tarixiy merosiga yaqinlashtiruvchi mazmunli va jozibador tasvirlar yaratilmoqda.
"Tirik tarix" turkumidagi filmlarda operatorlik san’ati milliy ruhni aks ettiruvchi mazmunli
kadrlar yaratishda muhim o‘rin tutadi. Bu filmlarda yoritish (yorug‘lik) va kompozitsiyaga katta
e’tibor qaratilib, tarixiy voqealar vizual ta’sirchanlik bilan yoritiladi. Masalan, sahna qurilishi va
landshaft tasvirlarida milliylikni ta’kidlash orqali tomoshabinning hissiyotiga ta’sir qiluvchi
kinematografik obrazlar yaratiladi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar va badiiy
yondashuvlarning uyg‘unligi operatorlik ishini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu esa o‘zbek
tarixiy filmlarining xalqaro miqyosda tan olinishiga xizmat qilmoqda.
REFERENCES
1.
A.I.Ismoilov, “Kinoteleoperatorlik mahorati” darslik. Toshkent-2021
2.
X.Abulqosimova, “Kino san’ati asoslari”. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy
nashiriyoti. Toshkent 2009
3.
O.Tojiboyeva, “Ekran san’ati va badiiy tanqid” o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2023.
“Donishmand ziyosi” nashriyoti.
4.
I.Meliqo‘ziyev, “Kinoteleoperatorlik mahorati” darslik. Toshkent-2017. “Lesson Press”
nashriyoti.
5.
K.Xidirova “Kinoteleoperatorlik mahorati” o‘quv qo‘llanmasi. Toshkent-2017.
