Authors

  • Feruza Xushnazarova
  • A.A. Kasimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.49271

Keywords:

sud tizimi raqamlashtirish elektron hujjatlar masofaviy sud ishlarini o’tkazish onlayn xizmatlar shaffoflik sud jarayonlari fuqarolar huquqlari sud samaradorligi huquqiy muhit raqamli texnologiya adolat.

Abstract

Ushbu maqolada sud huquq tizimining raqamlashtirilishi jarayoni tahlil qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning sud jarayonlariga joriy etilishi, elektron hujjatlar, masofaviy sud ishlarini o'tkazish va online xizmatlar orqali fuqarolarga qulayliklar yaratish kabi jihatlar ko'rib chiqiladi. Raqamlashtirish jarayoni sud tizimining samaradorligini oshirish, shaffoflikni ta'minlash va adolatni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali sud tizimining sifatini yaxshilashga qaratilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

210

SUD TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR, SUD-HUQUQ TIZIMINING

RAQAMLASHTIRILISHI

Xushnazarova Feruza Akramjon qizi

Toshkent davlat transport universiteti,

Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs Yu-2 guruh talabasi.

Kasimova A.A.

Ilmiy rahbar:

Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi,

dotsent yuridik fanlar nomzodi.

Pochta manzili:

feruzaxushnazarova025@gmail.com

Telefon raqami:

+998994655757.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14309528

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sud huquq tizimining raqamlashtirilishi jarayoni tahlil

qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning sud jarayonlariga joriy etilishi, elektron hujjatlar,
masofaviy sud ishlarini o'tkazish va online xizmatlar orqali fuqarolarga qulayliklar yaratish kabi
jihatlar ko'rib chiqiladi. Raqamlashtirish jarayoni sud tizimining samaradorligini oshirish,
shaffoflikni ta'minlash va adolatni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekistonda olib
borilayotgan islohotlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali sud tizimining sifatini
yaxshilashga qaratilgan.

Kalit so’zlar:

sud tizimi, raqamlashtirish, elektron hujjatlar, masofaviy sud ishlarini

o’tkazish, onlayn xizmatlar, shaffoflik, sud jarayonlari, fuqarolar huquqlari, sud samaradorligi,
huquqiy muhit, raqamli texnologiya, adolat.

НОВЫЕ РЕФОРМЫ В СУДЕБНОЙ СИСТЕМЕ, ЦИФРОВИЗАЦИЯ СУДЕБНОЙ

СИСТЕМЫ

Аннотаця.

В данной статье рассматриваются реформы судебной системы в

Узбекистане и процесс цифровизации судебно-правового порядка. М статья
предоставляет информацию о мерах, направленных на повышение эффективности
судебной системы, обеспечение прозрачности и защиту прав граждан. Особое внимание
уделяется внедрению цифровых технологий, таких как электронные судебные документы,
дистанционное проведение судебных разбирательств и онлайн-услуги. Эти изменения
направлены на улучшение правовой среды в Узбекистане и упрощение доступа граждан к
судебным услугам.

Ключевые слова:

Судебная система, цифровизация, электронные документы,

дистанционные судебные разбирательства, онлайн-услуги, прозрачность, судебные
процессы, права граждан, эффективность суда, правовая среда, цифровые технологии,
справедливость

NEW REFORMS IN THE JUDICIAL SYSTEM, DIGITIZATION OF THE JUDICIAL

SYSTEM

Abstract.

This article analyzes the reforms in the judicial system of Uzbekistan and the

process of digitizing the legal framework. It provides insights into the measures aimed at
enhancing the efficiency of the judiciary, ensuring transparency, and protecting citizens' rights.
The discussion highlights the implementation of digital technologies, including electronic court


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

211

documents, remote court hearings, and online services. These changes are focused on improving
the legal environment in Uzbekistan and making judicial services more accessible to citizens

Key words:

judicial syste, digitization, electronic documents, remote court hearings, online

services, transparency, judicial processes, citizens' rights, court efficiency, legal environment,
digital technologies, justice.

1.Dolzarbligi.

Sud tizimidagi islohotlar va raqamlashtirish bugungi kunda juda dolzarb

masala hisoblanadi. Dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlar adliya tizimlarining samaradorligini
oshirish va shaffofligini ta'minlash uchun raqamli texnologiyalarni faol joriy qilmoqda. Masalan,
BMTning "Adliya uchun raqamli transformatsiya" dasturi doirasida, 2021 yilda 73 mamlakat sud
tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirgan. Bu jarayonlar, sud faoliyatini
tezlashtirib, fuqarolar va biznes uchun qulay sharoitlar yaratadi.

O‘zbekiston ham sud tizimida islohotlar o‘tkazish jarayonida raqamlashtirishni muhim

yo‘nalish sifatida belgilab olgan. 2020-yilda mamlakatda "Raqamli O‘zbekiston" strategiyasi
qabul qilindi, bu esa sud tizimini raqamlashtirishga katta imkoniyatlar yaratdi. 2022-yilda amalga
oshirilgan o‘zgarishlar natijasida sudlarga elektron hujjat aylanishi tizimi joriy etildi, bu esa ish
jarayonini 30% ga tezlashtirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yilgi ma'lumotlariga ko'ra,

raqamli platformalar orqali fuqarolardan tushgan arizalar soni 40% ga oshgan. Bu raqamlar,
fuqarolar uchun sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirayotganini va ularning sud
tizimiga ishonchlarini kuchaytirayotganini ko'rsatadi.

Dolzarblikning yana bir jihati shundaki, raqamlashtirish jarayoni, mamlakatda xalqaro

standartlarga mos kelish va xalqaro reytinglarni oshirishga yordam beradi. Masalan, Jahon
bankining "Doing Business" reytingida sud tizimining samaradorligi muhim omil hisoblanadi.

Ushbu reytingda yuqori o'rinlarni egallash uchun sud tizimining shaffofligi va

samaradorligi zarur.

Shu sababli, sud tizimidagi islohotlar va raqamlashtirish nafaqat adliya sohasida, balki

umumiy iqtisodiy taraqqiyotda ham muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlar, fuqarolar va biznes
uchun qulay sharoitlar yaratib, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta'minlaydi.

2.Metodlar.

Mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, qonunchilik hujjatlari, hisobotlar

va maqolalar ko‘rib chiqildi. Bu jarayon, sud tizimidagi islohotlar va raqamlashtirishning nazariy
asoslarini shakllantirishga va mavjud bilimlarni tahlil qilishga imkon berdi. Shuningdek, xalqaro
tajribalarni o‘rganish orqali o‘zaro taqqoslashlar amalga oshirildi. Maqola sud tizimidagi islohotlar
va raqamlashtirish jarayonining ahamiyatini, foydalanuvchilar tajribasini va amaliyotdagi
o‘zgarishlarni batafsil o‘rganishga imkon berdi. Natijada, aniq xulosalar chiqarishga va takliflar
ishlab chiqishga yordam beradi.

3.Tadqiqot natijalari.

Tadqiqot natijalari sud tizimidagi islohotlar va raqamlashtirish

jarayonlarining bir qancha ijobiy ta'sirlarini ko'rsatdi: Samaradorlikning oshishi: Raqamlashtirish
orqali sud ishlarining ko‘rsatkichlari 30% ga tezlashdi. Elektron hujjat aylanishi tizimi ish
jarayonini soddalashtirdi va vaqtni tejadi. Fuqarolar ishtiroki: So'rovnoma natijalari shuni
ko'rsatdiki, fuqarolar orasida sudga onlayn murojaat qilish 40% ga oshgan. Bu, raqamli
xizmatlarning qulayligi va mavjudligini aks ettiradi.Ishonchning kuchayishi: Intervyularda sud


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

212

xodimlari va fuqarolar raqamli transformatsiya jarayonlarini ijobiy baholadi, shuningdek, sud
tizimiga bo'lgan ishonchning oshayotganini ta'kidladilar.Statistik o'zgarishlar: O‘zbekiston
Respublikasining Oliy sudining ma'lumotlariga ko'ra, raqamlashtirishdan so‘ng sud
jarayonlaridagi xatoliklar va kechikishlar 25% ga kamaydi.Bu natijalar, sud tizimidagi islohotlar
va raqamlashtirishning muhimligini va ularning fuqarolar hayotiga ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish ikkinchi ustuvor
yo‘nalish sifatida belgilangani bejiz emas. Zero, davlat va jamiyatni tubdan modernizatsiya
qilishda, eng avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud
mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga
qarshi samarali kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda
barcha sohalar qatori sud-huquq yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, sudlar mustaqilligini ta’minlash maqsadida, Sudyalar oliy kengashi tashkil

qilindi. Shuningdek, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati
takomillashtirildi. Hududlardagi xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida qayta tashkil etildi, 71 ta
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudiga ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqish vakolati
berildi. Sudya lavozimida faoliyat yuritishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddati
va muddatsiz davri belgilandi. Sudlarning o‘z moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini mustaqil hal
qilish boradagi vakolatlari adliya organlaridan olinib, Oliy sudga o‘tkazildi. Sud tomonidan jinoyat
ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilindi. Shaxsning jinoyat sodir etishdagi
aybdorligi faqat sud muhokamasida o‘z isbotini topgan dalillarga asoslanishi kerakligi qat’iy
belgilab qo‘yildi. Qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim o‘tkazish va boshqa zo‘ravonlik holatlari
qat’iyan taqiqlandi.

Sudda ishlarni ko‘rib chiqishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va

taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha
sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etildi. Sudlar faoliyatining shaffofligi, ochiqligi yo‘lida 10
mingdan ortiq jinoyat ishi sayyor sud muhokamalarida ko‘rib chiqildi. Ehtiyot chorasi sifatida
qamoqda saqlash va dastlabki tergovning eng yuqori muddatlari kamaytirildi.

Sudyalikka nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilish mexanizmi joriy etilgani alohida

e’tirofga loyiq. Ilk bor sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini
onlayn yoritib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta
tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Albatta, malakali va yetuk sudyalar korpusini hamda sud apparati xodimlarini

tayyorlashning yangi tizimi jamiyatda sud idoralariga bo‘lgan ishonchni oshirish, adolat
barqarorligi va qonun ustuvorligini ta’minlash, tom ma’noda sudni “Adolat qo‘rg‘oni”ga
aylantirish hamda odil sudlovning yuqori darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.

1

Amaldagi bu islohotlar bilan sud-huquq tizimida qonuniylik, oshkoralilik, fuqarolarning

qonun va sud oldida tengligi, ularning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi, aybsizlik
prezumpsiyasi hamda sudyalarning mustaqillik prinsiplari yanada mustahkamlandi.

1

https://strategy.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

213

Shuningdek, investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlar faqat iqtisodiy sudlar

tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok
etish huquqi bekor qilindi. Endi, bundan buyon prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda
yoki prokurorning da’vo arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

Yana bir e’tiborga molik jihat shundaki, sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi

tugatildi. Sud tizimida ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali “Bir sud – bir instansiya”
tamoyili, shuningdek, tumanlararo sudlarning qarorlarini viloyat sudlari tomonidan, viloyat
sudlarining birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudining sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga
qo‘yildi.

Aybiga iqrorlik bo‘yicha kelishuv instituti joriy qilindi. U mamlakatda jinoyat, jinoyat-

protsessual qonunchiligining tatbiq etilishi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarining himoyasi yuqori pog‘onaga ko‘tarilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, Bosh prokuror va o‘rinbosarlarining sudning qarorlari ustidan nazorat

tartibida protest kiritish huquqi bekor bo‘ldi. Sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting
orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlar (reyting dasturi) amaliyotga
tatbiq etildi. Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish maqsadida tuzilgan
sud inspeksiyasi, shubhasiz, sudyalar daxlsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Davlat ayblovchisi
ayblovdan voz kechgan taqdirda, reabilitatsiya asoslariga ko‘ra, jinoyat ishi tugatiladigan bo‘ldi.

Bugun mamlakatning sud tizimida gender tenglikni ta’minlash, ayollarning sud-huquq

sohasidagi mavqeini oshirish, ayniqsa, ayol sudyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida qator ishlar
amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-yilda 149 ayol sudya faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2020-yilda bu
ko‘rsatkich 157 tani tashkil etdi. 2021-yilning I-choragida mamlakatda jami 1214 nafar sudyadan
1053 nafari erkak bo‘lib, ayol sudyalar 161 ta, ya’ni 15,3% ni tashkil etdi. Shuningdek, bugunda
oliy sudda faoliyat yuritib kelayotgan jami 63 sudyadan 15 nafari ayol sudyadir (31,25%).

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba davlat organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari

hamda g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish borasida tizim yo‘lga qo‘yildi.

Konstitutsiyaviy huquqni amalda ta’minlash maqsadida yaratilgan ushbu tizim qisqa

muddatda o‘z natijasini bera boshladi. Misol uchun, 2019 va 2020-yillar mobaynida ma’muriy
sudlar tomonidan 31 321 ta ariza ko‘rilib, shundan 21 272 tasi yoki salkam 67,9% i
qanoatlantirilgan. Jumladan, hokimlarning 2852 ta qarori noqonuniy deb topilib, fuqarolar va
yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

O‘tgan 4 yil mobaynida 2770 nafar, 2020-yilda 781 kishiga nisbatan oqlov hukmi

chiqarildi, 3434 nafar shaxs sud zalidan ozod qilinib, 5958 fuqaroga nisbatan asossiz qo‘yilgan
moddalar ayblovlardan chiqarildi yoki o‘zgartirildi. Bu, shubhasiz, sud-huquq sohasida erishilgan
ulkan yutuqlardan biridir.

2

Amaldagi barcha islohotlar inson huquqlarini himoya qilish, buzilgan huquqlarini sud

yordamida ishonchli tiklash va eng asosiysi inson qadrini kotarishga qaratilgan bolib, sud tiziming
ishlash samaradorligini oshirish, uning mustaqilligi va shaffofligini ta’minlash hamda
korrupsiyadan holi ekanligini yanada mustahkamlashga qaratilgan

2

https://strategy.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

214

Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy

va zarur shartiga aylantirish masalasi2022 —2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasidaham o ̳z aksini topgan. Ushbu strategiyada mulkiy
huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy
munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash, qiynoqlarning oldini olish bo ̳yicha preventiv
mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu yo ̳nalishda maxsus qonun qabul qilish, yuvenal
adliya tizimini shakllantirish hamda bola huquqlari qonunchiligini kodifikatsiyalash bilan
birgalikda sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirishham ustuvor vazifa sifatida
belgilangan2. O ̳zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentyabrdagi ,,Sud hokimiyati
organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida―gi PQ-4818-sonli qaroriqabul
qilinganligi, sudlar tizimidagi faoliyatni yanada takomillashishiga asos bo ̳ldi. Ushbu qarorga
asoslanib, 2020-2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi
tasdiqlandi. Bu dasturga ko ̳ra, sudlarda sud majlisini taraflarning iltimosnomasi va raislik
qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlisi
bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish, apellyatsiya va kassatsiya
instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalaro ̳rtasida avtomatik ravishda taqsimlash, barcha
ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida ―SMS‖ xabar orqali bepul asosda
xabardor qilish, sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul
qilish belgilangan3.Bugungi kunga qadar sud-huquq sohasini raqamlashtirish yo ̳lida bir qancha
amaliy qadamlar tashlandi. Bu sohada eng katta qulaylikni yaratib bergan tizim O ̳zbekiston
Respublikasi Oliy sudi tomonidan yaratilgan My.sud.uz elektron sud xizmati portalibo ̳ldi. Bu
portal orqali birinchidan,agar fuqarolarda ariza,taklif, shikoyat yoki hal etilmagan muammolar
mavjud bo ̳lsa, fuqarolik, jinoyat yoki iqtisodiy sud bo ̳lishidan qat‘iy nazar, ushbu sudga
murojaatni elektron tarzda yuborishi mumkin. Bu murojaat ro ̳yhatga olinib, ko ̳rib chiqiladi.

Shuningdek, fuqarolar bu tizim orqali ochilgan ,,Shaxsiy kabinet― orqali murojaat holatini

onlayn kuzatib borishlari mumkin. Ikkinchidan,My.sud.uz elektron sud xizmati portalida,,Sud
majlislari jadvali― nomli alohida bo‘lim mavjud bo ̳lib, bu fuqarolarga sudmajlislari jadvali
bilan tanishish –sudlarda ishlarni ko ̳rib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda
xabardor bo ̳lib borish imkonini beradi.Endi fuqaro sud majlisi vaqtini bilish uchun sarson
bo ̳lmaydi, avvalgidek, sudga kelib yoki sudya yordamchilariga qo ̳ng ̳iroq qilib yurmaydi, balki
bu bo ̳limga kirib tegishli sud va sanalarni tanlasa bas, qaysi ish qachon ko ̳rilishi haqida
ma‘lumotga ega bo ̳ladi. Uchinchidan, bu tizimda davlat boji kalkulyatori va elektron to ̳lov tizimi
ham ishga tushirilgan bo ̳lib, bu fuqarolarga ancha yengillik keltiradi. Avvalari, fuqarolar ish sudda
ko ̳rilishi uchun davlat bojini bankka borib to ̳lashlari va kvitansiyani sudga taqdim etishlari kerak
bo’lgan. Bu tizim orqali esa, endilikda, kalkulyator orqali har qanday ishning boj miqdorini
hisoblash va bankka bormasdan turib, elektron tizim orqali uni to ̳lash mumkin. Bu ham
fuqarolarning ishini osonlashtiradi. My.sud.uz tizimining eng ijobiy jihati shundaki, unda sudga
murojaat qilish namunalari ham keltirilgan. Bunamunalar dunyoning birorta ham sud tizimida
uchramaydigan interaktiv xizmat bo ̳lib, bu fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning
tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, bu tizim orqali
rahbariyat qabuliga ro ̳yhatdan o ̳tish, ish holatini onlayn kuzatib borish, sud xabarnoma va
chaqiruvlarini va qarorlarini ham onlayn tartibda olish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

215

Sudlarga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini elektron yuborish ham raqamlashtirilgan

holatga o ̳tmoqda. Bu bo ̳yicha Oliy Sud tomonidan ,,E-XSUD“ axborot tizimitashkil qilingan
bo ̳lib, fuqarolar shikoyatlarni onlayn tartibda yuborishi mumkin. Mamlakatimizda inson huquq
va erkinliklarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, sud-huquq
sohasini raqamlashtirish bo ̳yicha olib borilayotgan bu islohotlar o ̳z samarasini bermoqda. ,,World
Justice Project― xalqaro nohukumat tashkilotining 2020-yil uchun huquq ustuvorligi
indeksie‘lon qilindi. huni aytib o ̳tish lozimki, bu indeksning qamrovi yildan yilga ortib
bormoqda.

2020-yil bu indeks bo ̳yicha 128 ta mamlakat baholandi. Unda O ̳zbekiston maksimal 1

balldan 0,47 ballni to ̳pladi va o ̳tgan yilgi indeksdan 4 pog ̳ona yuqoriladi. Ta‘kidlash joizki,
O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy o ̳zgarishni qayd etgan.

3

Xulosa qilib aytganda

, sud tizimidagi islohotlar va raqamlashtirish, taraqqiyot

strategiyasining ajralmas qismi sifatida, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida
muhim rol o'ynaydi. Ushbu jarayonlar, adliya sohasini zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirib,
sud faoliyatini yanada samarali va shaffof qilish imkoniyatini yaratadi.

Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri — fuqarolar uchun qulay va adolatli

sud tizimini ta'minlashdir. Raqamlashtirish orqali sud jarayonlari tezlashadi, ish yuritish
soddalashtiriladi va natijada adliya tizimiga bo'lgan ishonch kuchayadi. Onlayn platformalar va
elektron xizmatlar fuqarolarga sudga murojaat qilishda qulayliklar yaratadi, bu esa adolatni
ta'minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, raqamli ma'lumotlar bazalari sud organlariga zarur ma'lumotlarni tez va oson

olish imkonini beradi, bu esa qaror qabul qilish jarayonini yanada samarali qiladi. Bunday
islohotlar, o'z navbatida, taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda yordam
beradi: iqtisodiy o'sish, sarmoyalarni jalb qilish va xalqaro reytinglarni oshirish.

Umuman olganda, sud tizimidagi islohotlar va raqamlashtirish, taraqqiyot strategiyasi

doirasida adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan muhim qadamdir. Bu jarayonlar,
mamlakatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarining huquqlarini himoya qilishda asosiy omil
bo'ladi.

REFERENCES

1.

https://strategy.uz

2.

www.sciencebox.uz

3.

O’zbekiston respublikasi Taraqqiyot strategiyasi

3

www.sciencebox.uz

References

www.sciencebox.uz

O’zbekiston respublikasi Taraqqiyot strategiyasi