Authors

  • Ra’no Maxkamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.49278

Abstract

Tarixning eng mudhish sahifalaridan biri boʼlgan Ikkinchi jahon urushi yillari oʼzining ayanchli voqeliklari va oqibatlari bilan insoniyat jamiyati xotirasidan hech qachon oʼchmaydigan davrlardan biri ekanligi shubhasizdir. Bu urush millionlab begunoh insonlar, yoshu-qarining bevaqt oʼlimiga, cheksiz vayronagarchiliklar va uqubatlarga sabab boʼlganligi koʼplar asarlarda qayd etiladi, xotiralarda yodga olinadi. Shunga qaramay, vaqt oʼtgani sari uning ogʼriqlaridan xalos boʼlish qiyinlashib boraveradi. Ikkinchi jahon urushi yillari O;zbek ayollariga ham oson bo’lmadi frontga ketgan ota,aka-uka, erlari o’rniga oila boqish hamda front uchun uchun ham mehnat qilishga to’g’ri keldi. Ayollar barcha sohaga kirib bordilar. Shu qatorda qishloq xo’jlaigida ham asosiy ishchi kuchi sifatida ayollar qatnashdi.

background image


Dekabr, 2024-Yil

609

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA QISHLOQ XO’JALIGIDA AYOLARNING

ISHTIROKI (TOSHKENT SHAHRI VA VILOYATI MISOLIDA)

Maxkamova Ra’no Aloviddin qizi

ranomaxkamova082312@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14331699

Tarixning eng mudhish sahifalaridan biri boʼlgan Ikkinchi jahon urushi yillari oʼzining

ayanchli voqeliklari va oqibatlari bilan insoniyat jamiyati xotirasidan hech qachon oʼchmaydigan

davrlardan biri ekanligi shubhasizdir. Bu urush millionlab begunoh insonlar, yoshu-qarining

bevaqt oʼlimiga, cheksiz vayronagarchiliklar va uqubatlarga sabab boʼlganligi koʼplar asarlarda

qayd etiladi, xotiralarda yodga olinadi. Shunga qaramay, vaqt oʼtgani sari uning ogʼriqlaridan

xalos boʼlish qiyinlashib boraveradi. Ikkinchi jahon urushi yillari O;zbek ayollariga ham oson

bo’lmadi frontga ketgan ota,aka-uka, erlari o’rniga oila boqish hamda front uchun uchun ham

mehnat qilishga to’g’ri keldi. Ayollar barcha sohaga kirib bordilar. Shu qatorda qishloq

xo’jlaigida ham asosiy ishchi kuchi sifatida ayollar qatnashdi.

1941-yil 13-marta “O’zbekistonda ipakchilikni yanada rivojlantirish tadbirlari

to’g’risida” qaror qabul qilindi. Shu qarorga ko’ra O’zbekiston pillachilari yaqin 6-7 yil Ichida

pilla yeg’ishni 20 ming tonnage yetkazish, har bir quti pilla urug’idan 50 kilogrammdan pilla

olishga erishish ko’zda tutilgan edi.

Respublikada ipakchilikni yuksaltirish avvalo yetarli ipakchi mutaxassislar tayyorlash

bilan chambarchas bog’liq edi. Shuning uchun O’zK(b)P markaziy Komiteti va Xalq

Komissarlari Soveti 1941-yil avgustida respublikada ipakchi kadrlar tayyorlash haqida qaror

qabul qildi. Bu qarorga ko’ra, ipakchilik bo’yicha 121 rayon agranomalari, 685 agrotexniklar,

3400 kolxoz brigadirlari tayyorlash nazarda tutildi. Shu maqsadda 1941-yilda sentabr oyida

Toshkent qishloq xo’jaligi institutida, Andijon ipakchilik texnikumi, Urganch qishloq xo’jaligi

o’rta maktabi qoshida ipakchilik bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan maxsus kurslar ochildi.

Kommunistik partiya va Sovet hukumai O’zbekiston pillakorlarining mehnat zafarlarini

yuksak baholadi.SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 1-oktabrda qabul qilingan qaroriga

ko’ra Respublikaning 210 XOTIN-QIZlari SSSR orden va medallari bilan mukofotlandi.

Staxanovchi pillakorlardan Qunduzoy Aminova Oxunboboyev rayonidagi “Leningrad” kolxozi

zveno boshlig’i, Saodat Jumaniyozova To’rtko’l rayoni “Inqilob” kolxozi zveno boshlig’I va

boshqalar Lenin ordeni bilan mukofotlandi.

Izboskan rayonisagi Hidoyatxon Xolmatova boshliq “Qizil Oktuyabr” kolxozida mo’l

g’alla hosili yetush tirildi. Bu kolxoz a’zolari har bir gektardan 35 sentinerdan don olishga


background image


Dekabr, 2024-Yil

610

muvaffaq bo’lishdi. Oxunboboyev nomli kolxozning taniqli staxanovchisi To’xtaxon

Hamroyeva boshliq xotin-qizlar brigadasi 5 kunda 10 gektardan bug’doy o’rish topshirig’ini 3

kunda bajardi.

Toshkent oblasti lavlagikorlari davlat plan topshiriqlarini bajarish uchun boshlangan

kurashga katta hissa qo’shdi. Orjonikidze rayoniga qarashli “Oktiyabr” kolxoznining Inoy

Mirzayeva boshliq zvenosi har gektardan 320, Kalinin rayon Lenin nomli kolxozdan Guloyim

Odilova boshliq brigade lavlagikorlari 296 sentiner lavlagi olishdi

Qizil armiya uchun eng zarur bo’lgan qand lavlagi yetishtirish uchun boshlangan

kurashda katta yutuqlarga erishgan xotin-qizlardan ko’plab misollar keltirish mumkin. 1945-yil

10-fevralxa Respublika lavlagikorlarining birinchi kengashi ochildi. Bu kengashda

O’zbekistonda qand lavlagi yetishtirishda erishilgan yutuq va yo’l qo’yilgan kamchiliklar

atroflicha muhokama qilindi. Lavlagikorlarining Respublika kengashi ishtirokchilari

O’zbekistondagi barcha lavlagi ekiladigan kolxozlarining kolxozchilari, agranomlari,

mexanizatorlariga qarata murojaat qabul qilindi. Murojaatda lavlagi hosildorligini o’rta hisobda

200 sentinergayetkazish, mamlakatga frontga iloji boricha ko’plab shakar yetkazib berishga

da’vat qilingan edi. SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1945-yiln10-fevralida “O’zSSR

kolxozlarida lavlagichilikni rivojlantirish tartiblari to’g’risida” qabul qilingan qarori

respublikamizda lavlagikorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1945-yil

respublikaning 436 ixtisoslashtirilgan kolxozlarida 39,9 ming gektar qand lavlagi ekildi.

Lavlagiga ishlov berish kerak bo’lgan qishloq xo’jalik texnikalari, traktorlar ajratildi., 16 ming

tonna mineral o’g’itlar solindi. Buning natijasida ko’pgina kolxozlarda unumli hosil olindi.

Jumladan Toshkent oblast lavlagikorlari gektaridan 255 sentinerdan hosil ko’tarishdi.

Ko’plab lavlagikor xotin-qizlar o’zlarining samarali mehnati tufayli mo’l hosil yetishtirishda

katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Toshkent oblastining mashhur lavlagikori Mehriniso

Abdullayeva har gektaridan 550 sentinerdan qand lavlagi oldi. Gorskiy rayonidagi “Leninizm”

kolxozining zveno boshlig’I Munisaxon Yo’ldosheva gektaridan 590, “Pravda”kolxozining

zveno boshlig’I Melixon Halimboyeva 552 sentinerdan hosil oldi

1

.

Respublika chorvadorlarining urushining eng og’ir damlarida ko’rsatgan g’ayrat-

shijoatlari behuda ketmadi. O’zbekiston kolxozlari 1943-yilda davlatga 1940-yilga nisbatan 6

732 kilogarmm ortiq g’osht topshirdi. Chorva mahsulotlarini ko’paytirish va qoramollani

1

MDA O’z fond-90, ro’yhat .8 ish 6455, varaq l 60.


background image


Dekabr, 2024-Yil

611

parvarish qilishda qishloq xotin-qizlari aktiv qatnashdi.Toshkent oblastida ilg’or sut sog’uvchilar

soni 1421kishiga yetdi.

Shuni ham alohida qayd etish kerakki, O’zbekiston xotin-qizlari qisghloq xo’jaligining

boshqa tarmoqlarida ham faol mehnat qilshidi. Jumladan, respublikamizda tamakichilik,

bog’dorchilik, uzumchilik, polizchilikdan yuqori hosil olishda ayollarimiz sabot va matobat bilan

mehnat qildilar. Masalan Toshkent rayonidagi “Qizil dehqon” kolxozining a’zosi Bashar

Azizova boshliq uzumchilik berigadasi 1943-yilda 25 tonna kishmish tayyorlab frontga jo’natdi.

O’zbekiston qishloq xotin-qizlari faqat paxta”Fronti” da mehnat jasoratlari ko’rsatib qolmay,

balki qishloq xo’jaliogining barcha tarmoqlarida ham qahramonlarcha mehnat qildilar.

1941-yilning boshida yozgi-kuzgi qizg’in dala ishkarining olib borilishi bilan bir vaqtda,

qishloq mehanizatorlarini tayyorlash ishlari avj olib ketdi. Chunki frontga ketganlar hisobiga

mehanizatorlarining kamayib ketishi, yangi o’zlashtirish, ekin maydonlarini kengaytirish va

1942-yil va undan keying yillar uchun belgilangan qishloq xo’ja;lik ishlab chiqarish planlarini

ortig;I bilan bajarish mehanizator kadrlarga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Shu maqsadda

respublikaning Shahar, rayonlarida mehanizatorlar qisqa muddatli kurs va maktablari ochildi.

Masalan O’zbekiston SSR Yer ishlari Xalq komissarligi qoshida ochilgan ikki oylik kurslarda

1941-yil 13 972 kishi shug’ullandi, shundan, 12 478 kishi- xotin-qizlar edi. Xotin-qizlardan

mexanizator kadrlar tayyorlashda Toshkent, Namangan, Samarqand Buxoro viloyat partiya,

sovet xo’jalik organlari katta ish olib borishdi.

1941-1943-yillarda respublikamizda 43320 traktorchilar tayyorlangan bo’lsa, shulardan

15 mingi xotin-qizlar edi. Urush yillarida hammasi bo’lib 23 mingdan ziyod ayollar traktorchilik

kasbini muvaffaqiyatli egalladi.

Mexanizatorlik kasbini bitirib cbiqaan yuzlab, minglab xotin-qizlar Respublika paxta

dalalarida jonbozlik ko’rsatib mehnat qilishdi. Jumaladan, Toshkent viloyati Orjonikidze rayoni

MTS ga qarashli ilg’or traktorchilardan Umri Isayeva, Latofat Bo’riyeva, Shahodat Sultonov ava

boshqa paxta oralarini sifatli kultivatsiya qilishda kundalik norma ni 3-4 barobar ortig’I bilan

bajarishdi

Gitlerchi bosqinchilarni Sovet Ittifoqiga qarshi boshlangan huju,idan ko’p o’tmay

SSSRda frontga yordam berish, mamlakat mudofaa qudratini oshirish, harakatidagi armiyani

oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash uchun ommaviy vatanparvarlik harakati avj olib ketdi.

Bu vatanparvarlik harakatidagi respublikaning barcha aholisi – ishchilar, dehqonlar va

ziyolilar aktiv ishtirok etdi. Frontga yordam berish uchun boshlangan umumxalq harakatida

O’zbekistonlik xotin-qizlari ham faollik ko’rsatishdi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

612

Respublikamizning fabrika va zavodlari, kolxoz, sovxoz, ilmiy, ijodiy tashkilot

kollektivlari tomonidan markaziy matbuot organlariga yuborilgan xatlarda Sovet davlatiga,

Armiyaga, frontga va mamlakat mudofaa qudratini osjirishga tayyor ekanliklarining yakdillik

bilan izhor qilishdi. O’zbekiston SSRning oblast, rayon va kolxozlarida bo’lib o’tgan ko’p

minglik mitinglarda kolxozchi dehqonlar, xotin-qizlar, mamlakat mudofaa qudratini oshirish,

bosqinchilarga beriladugan zarbani kuchaytirish, jonajon armiyani har tomonlama qo’llab-

quvvatlash, Fashistlar ustidan bo’ladigan g’alabani yaqinlashtirish maqsadida mudofaa fondini

tashkil qilishni zo’r mamnuniyat bilan qo’llab-quvvatladilar.

1941-yil 6-avgustda Toshkent oblast Stalin nomli kolzda bo’lib o’tgan katta

mitingda so’zga chiqqan ilg’or kolxozchi M.Olimova shunday dedi. “Fashist bosqinchilari hech

qachon sovet xalqini qullikka sola olmaydi. Biz to’liq g’alabaga erishgunimizcha urishamiz.

Dushmanni yanchib tashlash uchun hech narsani ayamaymiz.”

Ulug’ vatan urushi yillarida O’zbekiston mehnatkashlari mamlakat mudofaa fondiga 22

374ming so’mlik buyum va 55 kilogrammdan ortiq qimmatbaho metall topshirdi. Urush yillarida

Respublika mehnatkashlari mudofaa fondiga jami bo’lib 649,9 million so’m naqd pul

topshirishdi. O’zbekiston qishloq mehnatkashlari mudofaa fondiga jami bo’lib 649, 9 million

so’m naqd pul topshirdi. O’zbekiston qishloq mehnatkashlafri mudofaa fondiga naqd pul

beribgina qolmay, balki g’alla, quruq meva, go’sht, jun, tirik vazindagi chorva mollari, sabzavot

mahsulotlari topshirishda ham jonbozlik ko’rsatishdi

2

.

1941-yining oxiri 1942-yilning boshlarida Respublika kolxozchilari mudofaa fondiga

2389 s g’alla, 1808 s go’sht, 1495 s yem-hashak, 325 s quruq meva, 430 s ho’l meva, 20 000 kg

jun topshirdilar.

Kolxozchi dehqonlar zarbdor ayollar barcha qiyinchiliklarga bardosh berib mudofaa

fondiga atab qishloq xo’jalik ekinlarini ekish, ularni parvarish qilish, yetishtirilgan hosilni nes-

nobud qilmasdan yegh’ishtirib oloishda jon kuyarlik qildilar. 1943- yilning o’zida O’zbekiston

kolxozlarida 2359 gektar yerga bug’doy, 1162 ga arpa, 605 ga suli, 108 ga makkajo’xori, 117

ga sholi, 33 ga jo’hori, 111 ga dukkakli ekinlar, 87 ga paxta 46 ga kunjut, 31 ga sabzavot ekinlari

ekildi.

O’zbekiston SSr mehnatkashlarining vatanparvarlik harakatlari turli formlarda namoyon

bo’ldi. Respublika qishloq xotin-qizlarining vatanparvarlik xarakatining muhim formalaridan

biri bu— davalat zayyomlartiga ixtiyoriy yozilish bo’ldi. O’z da davlat xarbiy zayyomlariga

2

MA O’z f. 1619, ro’yhat 10 ish l688 l varaq 19


background image


Dekabr, 2024-Yil

613

yozilish uyushqoqlik bilan o’tdi. Davlat zayyomlariga ixtiyoriy ravishda ommaviy suratda

yozilish sovet xalqining, qishloq xo’jalik mehnatkashlarining yuksak ongliligi, siyosiy

aktivliginig o’sganligi, Vatan himoyasi uchun jonini fido qilishga tayyor turganligini namoyish

qildi. Ayniqsa, xotin-qizlar urush yillarida turli jabhalarda ko’ksini qalqon qilib mehnat qilgani,

ona sifatida farzandlarini bag’roiga olib tarbiya qilgani, jangchi bo’lib frontda dushmanni yer

tishlatgani, sanoat korxonalai, zavod, dalalarda erkaklar kasbini egallagani, sovet jamiyatida,

sotsiolistik ijtimoiy tuzum davrida ularning cheksdz qobiliyatiga, imkoniyatlariga ega ekanligini

ko’rdatdi.

Respublikada

“O’zbekiston

traktorchisi”

“O’zbekiston

kolxozchisi

“Sovet

O’’zbekistoni” degan tank kolonnalari uchun mablag’ yeg’ish ishi avj olib ketdi. Bu harakatda

O’zbekiston Qishloq xotin-qizlari aktiv ishtirok etishdi. Jnangovar mashinalar ishlab chiqarish

uchun mablag’ yeg’ishda Toshkent viloyatining “Polyarnaya Zvezda” kollektiv xo’jaligining

a’zolari tank va xarbiy samalyotlar qurish uchun 1 million 361 ming so’m topshirdi. 1942-yil

dekabr oyida O’zbekiston kolxozchi dehqonlari va kolxozchi ayollari tank va jangovar

samoliyotlar ishlab chiqarish uchun 260 million so’m mablag’ berishdi

3

.

O’zbekiston qishloq xotin-qiz vatanparvarlik harakatini rivojlantirishda yangidan-yangi

tashabbus bilan maydionga chiqishdi. Masalan, 1944-yil dekabr oyida Yangi yo’l rayonidagi

“Sharq Yulduzi” kolxozining ilg’or terimchisi Ziynat Akromova O’zbekiston SSr ning 20 yillik

lyubileyini “O’zbekiston SSR ning 20 yilligi” nomli tank kolonnalari, samoliyot ekskadriliyalari

tuzish bilan nishonlanishini taklif etdi. Uning o’zi shaxsiy jamg’armasidan 5 ming so’m

topshirdi. Ilg’or zveno boshlig’I Abdurazzoqova ham bu fondga 5 ming so’m ajratdi

4

.

SSSR da frontga yordam berish uchun boshlangan ommaviy vatanparvarlik harakati sovet

jangchilarining ma’naviy ruhiyini ko’tarib yubordi. Ularning yangidan yangi qahramonliklarga

ilhomlantirdi., g’aklabaga bo’lgan ishonchini mustahkamladi.

Ulug’ vatan urushi yillarida avj olgan sovet xalqining ommaviy vatanparbarlik

harakatining yorqin namunalaridan biri – bu sovet Armiyasiga issiq kiyim- bosh yig’ish uchun

boshlanagan harakatdir. O’zbekistondada bu harakatning tashabbuskorlaridan Yangi yo’l

rayondagi “Sharq yulduzi” kollektiv xo’jaliginig kolxozchi ayollari edi. Ular Respublikamizning

barcha xotin-qizlariga murojaat wilib, sovet jabgchilariga issiq kiyimlar yig’ishni tashkil qilishga

chaqirdilar.

3

Ўзбекиская ССР в годы Великой отечественной войны. Ташкент 1966. C.88-89

4

СНК УзССР за 1944 ., л. 18. Правда востока, 1941 ., 7 августа.


background image


Dekabr, 2024-Yil

614

“Sharq yulduzi” qishloq artelining kolxozchi ayollari bu murojaati respublikaning turli

rayon va shaharlarida yig’ilgan ommaviy mitinglar, kolxozchilarining majlis;larida qizg’in

ma’qullandi. Shu chaqiriq asosida O’zbekistoning barcha oblast va rayonlarida Qizil Armiya

jangchilariga issiq kiyim to’plash keng quloch yozdi.

Armiya uchun issiq kiyim yeg’ish ishi katta davlat ahamiyatiga ega edi. Chunki bu

Kommunistik psrtiyaning tashkilotchilik faoliyati natijasida front bilan front ortining buzilmas

birligining hayotiyligi va sovet xalqining sotiolizm va lenincha partiya ishiga, marksizm-

leninizm hayotbaxsh g’oyalariga sodiqligini barilla ko’rsatdi. Kolxozchi ayollarning ijtimoiy

siyosiy grajdanlik va rahbarlik rolining ortishi Kommunistik partiya va Sovet hukumati gitlerchi

bosqinchilarga qarshi frontda jang qilayotganlarning oilasi, ularning bolalalri, xususan urush

tufayli ota-onasidan ayirilgan va mamlakat ichkarisiga evakuatsiya qilingan bolalarga nisbatan

g’amxo’rlik ko’rsatdi.

SSR Oliy Soveti Prezidumining 1941-yil 26-iyunda qabul qilingan qaroriga ko’ra harbiy

xizmatchilarning oillalariga moddiy yordsm ko’rsatildi(shu jouyiga isbot tariqasida gazetadagi

xabarlardan keltirish m,umkin). Shuningdek, 1943-yil yanvarda KPSS Markaziy Komiteti

jangchilar, harbiy xizmatchilar oilasining moddiy -manaviy ehtiyojlarini qondirish haqida

maxsus qaror- qabul qildi.

Partiya va hukumatning bu g’amxo’rligidan ruhlangan O’zbekiston xotin-qizlari

jangchilar, harbiy xizmatda bo’lganlarning oilasi to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ularga yaqindan

moddiy yordam ko’rsatishda faol ishtirok etishdi. Respublikaning zavod va favbrikalarida

muassasalarida, kolxoz va sovxo’zlarda jangchilarnig oilallariga turli ko’rininshda moddiy

yordam ko’rsatildi. Frontga ketganlaning bolalalriga bog’chalarga, yaslilarga joylashtirildi,

ularga bepul ovqat tashkil qilindi. Shuni isboti kerak.

1941-yil oktabr oyida Toshkent qishloq rayonidagi Lenin nomli kolxoz a’zolari

O’zbekistonda birinchi bo’lib frontdagi jangchilar oilasiga ixtiyoriy ravishda yordam berish

tashabbusi bilan chiqdi. Shu rayon partiya komitetining sekritari nazira Jalilovaning tashabbusi

bilan kolxozchilar harbiy xizmatchilarning 100 dan ortiq oila uylariin remont qilish, ularga 850

sarjin o’tin g’amlash, 40 tonna g’alla va sbzavot mahsulotlaridan iborat oziq-ovqat fondi

tayyorlash, jangchilarning bolallariga poyafzal tikishga qaror qilishdi. Lenin nomli kolxoz

a’zolarining bu tashabbusi respublikaning barchs qishloq xotin-qizlari tomonidan qo’llab-

quvvatlandi. Frontga ketgan oilallarga g’amxo’rlik qilishda


background image


Dekabr, 2024-Yil

615

Kitob albomdan Urush yillarida g’alla asosan Smarqand, Qashqadaryo va Toshkent

viloyatlarida yetishtirildi hamda g’allachilikda bug’doy va arpa yetishtirish yetakchi o’rinni

egalladi.

REFERENCES

1.

O’zbekiton Milliy Arxivining 1619 fondi

2.

Правда востока, 1941 7-avgust soni

3.

Ўзбекиская ССР в годы Великой отечественной войны. Ташкент 1966

4.

R. H. Aminova, M. O. Oxunova, H. Sh. Inoyatov, O'zbekiston SSR tarixi: 4 tomlik. T. 4.

Sotsializm qurishni tugallash davri va mmunizmga o'tish (1938 - 1965 y.)/O'zSSR Fanlar

akademiyasi, Tarix va Arxeologiya Instituti.82-84 b.

5.

Ибрагимова А. Ю., Женщины Узбекистана в годы великой отечественной войны в

помощь лектору. Ташкент. 1987 г. 10 с.

6.

R. H. Aminova, M. O. Oxunova, H. Sh. Inoyatov, O'zbekiston SSR tarixi: 4 tomlik. T. 4.

Sotsializm qurishni tugallash davri va mmunizmga o'tish (1938 - 1965 y.)/O'zSSR Fanlar

akademiyasi, Tarix va Arxeologiya Instituti.88 b

7.

Ибрагимова А. Ю., Женщины Узбекистана в годы великой отечественной войны в

помощь лектору. Ташкент. 1987 г.15 с.

References

O’zbekiton Milliy Arxivining 1619 fondi

Правда востока, 1941 7-avgust soni

Ўзбекиская ССР в годы Великой отечественной войны. Ташкент 1966

R. H. Aminova, M. O. Oxunova, H. Sh. Inoyatov, O'zbekiston SSR tarixi: 4 tomlik. T. 4. Sotsializm qurishni tugallash davri va mmunizmga o'tish (1938 - 1965 y.)/O'zSSR Fanlar akademiyasi, Tarix va Arxeologiya Instituti.82-84 b.

Ибрагимова А. Ю., Женщины Узбекистана в годы великой отечественной войны в помощь лектору. Ташкент. 1987 г. 10 с.

R. H. Aminova, M. O. Oxunova, H. Sh. Inoyatov, O'zbekiston SSR tarixi: 4 tomlik. T. 4. Sotsializm qurishni tugallash davri va mmunizmga o'tish (1938 - 1965 y.)/O'zSSR Fanlar akademiyasi, Tarix va Arxeologiya Instituti.88 b

Ибрагимова А. Ю., Женщины Узбекистана в годы великой отечественной войны в помощь лектору. Ташкент. 1987 г.15 с.