Authors

  • Farangiz Rajabova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.49285

Keywords:

Mediatsiya muzokara nizo konfrontatsiya hakamlik sudi kelishuv arbitraj ICC.

Abstract

Maqolada tijorat nizolarini hal etishda mediatsiya va muzokara usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. An'anaviy sud jarayonlariga nisbatan muqobil bo‘lgan bu usullar, vaqt va xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish imkoniyatini oshirish kabi afzalliklarga ega. Mediatsiya jarayonida neytral uchinchi tomon – mediator nizolashuvchi tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqotni tashkil etishda yordam beradi, muzokara esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomonlar o‘rtasidagi kelishuv jarayonidir. Maqolada ushbu usullarning tijorat nizolarini hal etishda qo‘llanish mexanizmlari, ularning yuridik asoslari va amaliyotdagi muvaffaqiyatli misollar keltirilgan. Muallif nizolarni muqobil usullar bilan hal etishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini ham yoritadi. Shuningdek, maqola O‘zbekistonda mediatsiya va muzokaralar institutining rivojlanish istiqbollari haqida xulosalar beradi.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


111

MEDIATSIYA VA MUZOKARA USULIDA TIJORAT NIZOLARINI HAL ETISH

Rajabova Farangiz

Toshkent davlat transport universiteti 4-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14328579

Annotatsiya.

Maqolada tijorat nizolarini hal etishda mediatsiya va muzokara usullarining

samaradorligi tahlil qilinadi. An'anaviy sud jarayonlariga nisbatan muqobil bo‘lgan bu usullar,

vaqt va xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish imkoniyatini

oshirish kabi afzalliklarga ega. Mediatsiya jarayonida neytral uchinchi tomon – mediator

nizolashuvchi tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqotni tashkil etishda yordam beradi, muzokara

esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomonlar o‘rtasidagi kelishuv jarayonidir. Maqolada ushbu usullarning

tijorat nizolarini hal etishda qo‘llanish mexanizmlari, ularning yuridik asoslari va amaliyotdagi

muvaffaqiyatli misollar keltirilgan. Muallif nizolarni muqobil usullar bilan hal etishning iqtisodiy

va ijtimoiy jihatlarini ham yoritadi. Shuningdek, maqola O‘zbekistonda mediatsiya va

muzokaralar institutining rivojlanish istiqbollari haqida xulosalar beradi.

Kalit so’zlar:

Mediatsiya, muzokara, nizo, konfrontatsiya, hakamlik sudi, kelishuv,

arbitraj, ICC.

РАЗРЕШЕНИЕ КОММЕРЧЕСКИХ СПОРОВ ПУТЕМ МЕДИАЦИИ И

ПЕРЕГОВОРОВ

Аннотатция.

В статье анализируется эффективность методов медиации и

переговоров в разрешении коммерческих споров. Эти альтернативные методы по

сравнению с традиционными судебными разбирательствами обладают такими

преимуществами, как сокращение времени и затрат, а также увеличение вероятности

достижения соглашения между сторонами. В процессе медиации нейтральная третья

сторона — медиатор — способствует конструктивному диалогу между сторонами

конфликта, тогда как переговоры представляют собой прямой процесс достижения

соглашения между сторонами. В статье рассматриваются механизмы применения этих

методов при разрешении коммерческих споров, их юридические основы и успешные

практические примеры. Автор также освещает экономические и социальные аспекты

разрешения споров альтернативными методами. Кроме того, в статье представлены

выводы о перспективах развития института медиации и переговоров в Узбекистане.

Ключевые слова:

Mедиация, переговоры, спор, конфронтация, арбитражный суд,

урегулирование, арбитраж, МТП (Международная торговая палата).

COMMERCIAL DISPUTE RESOLUTION THROUGH MEDIATION AND

NEGOTIATION


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


112

Abstract.

The article analyzes the effectiveness of mediation and negotiation methods in

resolving commercial disputes. These alternative methods to traditional court proceedings offer

advantages such as reducing time and costs, as well as increasing the likelihood of reaching an

agreement between the parties. In the mediation process, a neutral third party—the mediator—

facilitates constructive dialogue between the disputing parties, while negotiation is a direct

process of reaching an agreement between the parties. The article discusses the mechanisms of

applying these methods in resolving commercial disputes, their legal foundations, and successful

practical examples. The author also highlights the economic and social aspects of resolving

disputes through alternative methods. Additionally, the article provides conclusions on the

prospects for the development of mediation and negotiation institutions in Uzbekistan.

Keywords:

Mediation, negotiation, dispute, confrontation, arbitration court, settlement,

arbitration, ICC.

KIRISH

Nizo (ixtilof, nifoq, mojaro, ziddiyat, qarama-qarshilik, kolliziya, konflikt) bugungi

zamonaviy dunyoning ajralmas qismiga aylangan. Nizolar ijtimoiy hayotning turli sohalarida,

jumladan, etnik, irqiy, milliy, oilaviy, mehnat, tijorat, biznes va g‘oyaviy-mafkuraviy

munosabatlar kontekstida yuzaga kelishi mumkin.

Nizo — bu odamlar, g‘oyalar yoki manfaatlar o‘rtasidagi munosabatlarda uyg‘unlikning

buzilishi, kelishmovchilik holati yoki qarama-qarshiliklarning to‘qnashuvi hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, nizo ijtimoiy tizimda muvozanatning yo‘qolishi, tomonlar o‘rtasidagi

farq va ziddiyatlarning chuqurlashuvi natijasida yuzaga keladi.

Tijorat nizolari

– bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida ularning iqtisodiy, moliyaviy,

mulkiy yoki boshqa tijorat faoliyatiga oid manfaatlar to‘qnashganida yuzaga keladigan

kelishmovchiliklar va ziddiyatlar majmuasidir. Ushbu nizolar odatda xo‘jalik yurituvchi

subyektlar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yoki davlat organlari o‘rtasida kelib

chiqadi.

1

Tijorat nizolarining mohiyati shundaki, ular tadbirkorlik faoliyatining majburiy elementiga

aylanib, korxonalar faoliyatining huquqiy va iqtisodiy jihatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.

1

Teshayev D. M. Mediatsiya nizolarni hal qiluvchi vosita sifatida //Academic research in educational sciences. –

2024. – №. 3. – С. 593-597.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


113

Tijorat munosabatlarining murakkablashishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning

kuchayishi hamda shartnomaviy munosabatlarning rivojlanishi nizolarning paydo bo‘lish

ehtimolini oshiradi.

Nizolarni hal etish jarayoni insoniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib, u jamiyatlarning

rivojlanish darajasi va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Qadimgi Bobil, Gretsiya va Rimda

mediatsiya usulining qo‘llanilishi bu yo‘nalishda chuqur tarixiy ildizlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Ayniqsa, Rim huquqida mediatsiyaning Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi

VI asr) rasmiy e’tirof etilishi ushbu usulning huquqiy tizimlar shakllanishida naqadar muhim rol

o‘ynaganini tasdiqlaydi. Mediatsiya Rimda nafaqat savdo nizolarini hal qilishda, balki jamiyatdagi

tinchlikni saqlashda ham asosiy vositalardan biri bo‘lgan. Mediatorlar – “medium”lar nafaqat

huquqiy, balki ijtimoiy muhitda ham katta obro‘ga ega bo‘lib, dohiolar va ruhoniylar bilan teng

qatorga qo‘yilgan.

Zamonaviy davrda esa mediatsiya yangi ko‘rinishda qayta tiklandi. XX asrning ikkinchi

yarmidan boshlab AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi davlatlarda mediatsiya va muzokara

usullari faol rivojlandi. Bugungi kunda Yevropada mediatsiya nafaqat savdo yoki biznes

nizolarida, balki oilaviy va ijtimoiy mojarolarni hal qilishda ham samarali vositaga aylangan.

Bunday yondashuv nafaqat vaqt va xarajatlarni tejaydi, balki tomonlar o‘rtasidagi

kelishmovchiliklarni o‘zaro hurmat asosida hal qilish imkonini beradi.

Xalqaro munosabatlarning kengayishi bilan davlatlar va xalqaro huquq subyektlari

o‘rtasida iqtisodiy nizolar kelib chiqish ehtimoli oshdi. Iqtisodiy nizolar – bu tadbirkorlar va

yuridik shaxslar o‘rtasida iqtisodiy faoliyat davomida yuzaga keladigan huquqiy

kelishmovchiliklardir. Bunday nizolar, ayniqsa, chet el elementi ishtirok etgan hollarda, xalqaro

xususiy huquq normalari asosida hal qilinadi. Masalan, O‘zbekistonda chet el elementi bilan

murakkablashgan nizolar xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.

Bu jarayon mamlakatning xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan

siyosatining muhim qismi hisoblanadi.

Xalqaro huquq tinch yo‘l bilan nizolarni hal qilish tamoyiliga asoslanadi. 1969-yilda qabul

qilingan Vena konvensiyasida har qanday shartnoma bilan bog‘liq nizolar faqat adolat va xalqaro

huquq tamoyillariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal qilinishi kerakligi belgilangan. Bu tamoyil

nafaqat davlatlararo munosabatlarda, balki korporativ va transmilliy nizolarda ham mediatsiya va

muzokara usullarining ahamiyatini oshirmoqda.

ASOSIY QISM

Xalqaro xususiy huquqda nizolarni hal qilish jarayonida muqobil usullar tobora keng

qo‘llanilmoqda.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


114

Bu usullar nizolarni sud orqali emas, balki tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida hal qilish

imkoniyatini yaratadi. Shu munosabat bilan olimlar nizolarni muqobil hal qilish usullarining

huquqiy tabiati va samaradorligi haqida turli yondashuvlarni ilgari surishmoqda. Masalan R.

Fisher va W. Ury olimlar o‘zlarining mashhur “Getting to Yes” asarida muzokaralar jarayonining

konstruktiv tomonlariga e’tibor qaratadilar. Ularning fikricha, muqobil nizolarni hal qilish usullari,

xususan, muzokara va mediatsiya, tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yengish va umumiy

manfaatlarga erishishning samarali yo‘lidir. Ular ushbu jarayonni nizolashuvchi tomonlarning har

ikkisi uchun ham foydali bo‘lgan yechimni izlashini asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Yana bir olim

J.L.Riskin muqobil usullarning moslashuvchanligini tahlil qilib, “Riskin’s Grid” modelini taklif

qiladi. Ushbu modelda mediatsiya va muzokaralar jarayonlari nizoning murakkabligiga qarab

moslashtiriladi. Uning fikricha, har bir nizo o‘ziga xos bo‘lgani uchun uni hal qilishda yondashuv

ham o‘zgartirilishi kerak. Bu yondashuv biznes va xalqaro nizolarni hal qilishda juda foydali

hisoblanadi. Riskin Grid mediatsiyaning ikki asosiy usuli – evaluative (baholovchi) va facilitative

(yo‘naltiruvchi) yondashuvlarni ajratib ko‘rsatadi. Baholovchi mediator tomonlarga qarorlarni

ko‘rsatishga yoki maslahat berishga moyil bo‘lishi mumkin, yo‘naltiruvchi mediator esa, asosan,

tomonlarga o‘zaro kelishuvga erishish uchun imkoniyat yaratib beradi

Bugungi kunda xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal qilishning muqobil usullari

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1.

Mediatsiya – tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida nizoni hal qilish;

2.

Arbitraj – mustaqil hakamlik sudlari orqali nizolarni hal qilish;

3.

Muzokara – tomonlarning bevosita muzokaralari orqali kelishuvga erishish;

4.

Konsilyatsiya – mustaqil vositachi ishtirokida masalani muhokama qilish va kelishuvga

erishish.

Mediatsiya –

(lotincha “mediatio”, inglizcha “mediation” – vositachilik) bu ikki yoki

undan ortiq tomonlar o'rtasidagi nizolarni uchinchi tomon – mediator ishtirokida muqobil hal

qilishning samarali va universal texnologiyasi bo‘lib bu nizo bo‘yicha ma’lum bir kelishuvni

ishlab chiqishga yordam beradi, tomonlar nizoni hal qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni

va uni hal qilish shartlarini to‘liq nazorat qiladi. Shuningdek mediatorlar xulqining Yevropa

kodeksida – “Mediatsiya – bu ikki yoki undan ortiq tomon ushbu tomonlarga nizoni sud qarorisiz

kelishuv tartibida hal etishga yordam berish uchun uchinchi tomon – vositachini jalb qilishga

rozilik berish orqali oʻtadigan istalgan jarayon”, deya taʼrif berilgan.

Mediator

– mustaqil, xolis

va professional vositachi bo‘lib, nizolashayotgan tomonlarga o‘z pozitsiyalarini tushunishda va

ular uchun maqbul bo‘lgan kelishuvni ishlab chiqishda yordam beradi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


115

Mediatsiya jarayonida tomonlar nizoni hal qilishning barcha shartlari va qarorlarini to‘liq

nazorat qiladi, bu esa ularning manfaatlari va qadriyatlariga mos yechim topishni ta'minlaydi.

Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, shaxslararo munosabatlarning rivojiga xizmat

qiladigan va ijtimoiy tizimning barcha shakllarida – oila, iqtisodiyot, mehnat bozori, davlat

maʼmuriy amaliyotida keng qoʻllaniladigan, hayotdagi turli xil nizolarni tinchlik, muzokara va

murosa yoʻli bilan hal etishning ilgʻor va muqobil usuli mediatsiyadir.

Mediatsiyaning afzalligi shundaki, u nizoni hal qilishning tezkor, iqtisodiy jihatdan

tejamkor va insoniy yondashuvga asoslangan usulidir.

Mediatsiya jarayoni, odatda, quyidagi olti bosqichga bo‘linadi:

1.

Mediatorning ochilish va kirish bayonoti

2.

Nizolashayotgan taraflarning tushuntirishlari

3.

Qo‘shma sessiya

4.

Kengash yoki alohida sessiya

5.

Yakuniy muzokaralar va bitim tuzish

6.

Yopilish (tugallanishi)

2

Xalqaro xususiy huquq sohasida iqtisodiy nizolarni hal qilishning samarali usuli sifatida

arbitraj sudlari katta ahamiyatga ega

.

Arbitraj sudlari

– bu nodavlat tashkilotlar bo‘lib, asosan,

fuqarolik va iqtisodiy nizolarni tezkor va samarali yechishda yordam beradi. Ular, ayniqsa, xalqaro

tijorat va investitsiya nizolarini hal qilishda qulay platforma hisoblanadi.

Arbitraj sudlarining asosiy afzalligi – tomonlarning ixtiyoriy roziligi asosida ish olib

borilishi va ularning qaysi davlat huquqidan foydalanishni mustaqil belgilash imkoniyatidir.

Davlat sudlariga nisbatan arbitrajning jarayoni kamroq bosqichlardan iborat bo‘lib,

tomonlar uchun ko‘proq moslashuvchanlikni taʼminlaydi. Bundan tashqari, arbitraj sudlarida

xalqaro huquqiy normalardan foydalanish imkoniyati, ularning jozibadorligini oshiradi.

Arbitraj sudlari ikki asosiy shaklda bo‘lishi mumkin:

1. Ad hoc arbitraj:

Bu bir martalik tuziladigan arbitraj bo‘lib, tomonlarning kelishuvi

asosida nizolarni hal qilish uchun tashkil etiladi. Ad hoc arbitrajda tomonlar arbitraj jarayonining

qoidalarini o‘zlari belgilaydi.

2. Institutsional arbitraj:

Bu doimiy faoliyat yurituvchi arbitraj sudlari bo‘lib, maʼlum

bir tashkilot tomonidan boshqariladi.

2

Аbdullo o‘g‘li D. D. Mediatsiya va uning bosqichlari //Proceedings of International Conference on Modern Science

and Scientific Studies. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 258-265.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


116

Masalan, Xalqaro Tijorat Palatasi (ICC) yoki Xalqaro Investitsion Nizolarni Hal Qilish

Markazi (ICSID) kabi arbitrajlar institutsional arbitrajlarga misoldir.

Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan ko‘plab nizolar

xalqaro arbitraj sudlarida hal etilmoqda. Davlat sudlarining murakkab va ko‘p bosqichli

jarayonlari ko‘pincha tomonlarni qoniqtirmaydi, chunki bu jarayonlar ko‘p vaqt va mablag‘ talab

qiladi. Arbitraj sudlari esa, o‘zining soddaligi, tezkorligi va maxfiyligi bilan ajralib turadi.

Masalan, ikki xalqaro kompaniya o‘rtasida tuzilgan kontrakt bo‘yicha nizolarni hal qilish

uchun ular ICC arbitraj sudiga murojaat qilishlari mumkin. Bu sud xalqaro tijorat va investitsiya

nizolarini tezkorlik bilan hal qilishda dunyodagi eng mashhur arbitraj sudlaridan biridir. ICC

arbitraj sudi 1923-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kungacha yuzlab murakkab nizolarni hal

qilgan.

Bundan tashqari, Xalqaro Investitsion Nizolarni Hal Qilish Markazi (ICSID) – investitsiya

nizolarini hal qilishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu markaz 1965-yilda qabul qilingan Vashington

konvensiyasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, davlatlar va xorijiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni

milliy yurisdiksiyadan chiqarib, xalqaro arbitraj maydoniga o‘tkazadi.

3

Arbitraj jarayoni bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Arbitraj sudi tomonlar

kelishgan huquqiy normalardan foydalanadi. Agar tomonlar muayyan davlat huquqini tanlamagan

bo‘lsalar, nizo yuzaga kelgan davlat qonunchiligi yoki amaldagi xalqaro huquq normalari

qo‘llaniladi. Shu bilan birga, arbitraj qarorlari yakuniy hisoblanib, tomonlar uchun majburiy

bo‘ladi. Nyu-York Konvensiyasi (1958) xalqaro arbitraj sudlari qarorlarini tan olish va ijro

etishning asosiy meʼzoni hisoblanadi. Ushbu konvensiyaga ko‘ra, arbitraj qarorlari ijrosi davlat

sudlari tomonidan milliy qonunchilikka zid emasligi tekshirilganidan keyingina amalga oshiriladi.

Bu huquqiy tartib arbitraj qarorlarining xalqaro darajadagi eʼtirofiga yordam beradi.

Muzokaralar

— tomonlar o‘z maqsadlariga erishish va umumiy yechim topish uchun olib

boradigan muloqot jarayonidir. Ushbu jarayonda har bir tomon muammoni hal etishda teng

imkoniyatlarga ega bo‘lib, vaziyatni nazorat qilishga intiladi. Muzokaralar nizolarni hal qilishning

eng oddiy, samarali va arzon vositalaridan biri bo‘lib, ular iqtisodiyot sohasida ham keng

qo‘llaniladi. Chunki bu jarayon qo‘shimcha xarajatlarga olib kelmaydi, xavf tug‘dirmaydi va

nizoni tinch yo‘l bilan muhokama qilishga qaratilgan bo‘ladi

Muzokaralar odatda bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich –

tayyorgarlik.

3

Shodiyorovich N. A. Xalqaro tijorat arbitrajida arbitraj bitimining ahamiyati //o'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar

va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – Т. 2. – №. 18. – С. 601-606.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


117

Bu bosqichda tomonlar muzokaraga tayyorgarlik ko‘rib, o‘z talablarini bildiradilar yoki

nizoni qanday hal qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlaydilar. Keyingi bosqich – muzokara

jarayoni. Bu yerda tomonlar o‘z takliflarini muhokama qiladi va nizoni hal etish uchun umumiy

yechimga erishishga intiladi. Nihoyat, uchinchi bosqich – muzokaralarni yakunlash va natijalarni

tahlil qilish. Bu bosqichda tomonlar kelishuvga erishib, nizoni har ikki tomon uchun maqbul

bo‘lgan yechim bilan hal etadilar.

Muzokaralar ko‘pincha mediatsiyaga o‘xshash bo‘lib, faqat mediatsiya jarayonini

professional mediatorlar olib boradi. Muzokaralar esa bevosita tomonlarning o‘zaro muloqoti

asosida kechadi. Ushbu jarayonning boshqa nizolarni hal qilish usullariga nisbatan bir qator

afzalliklari bor. Avvalo, muzokaralarda tomonlar bevosita birgalikda harakat qiladilar va

munosabatlarning turli jihatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, muhokama

vaqti hamda chegaralarni mustaqil ravishda belgilashlari mumkin. Shuningdek, ular jarayon va

uning natijalariga bevosita ta’sir o‘tkaza oladilar.

4

O‘zbekistonda xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni hal etish uchun mediatsiya,

arbitraj va boshqa muqobil usullar keng qo‘llaniladi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, jismoniy va

yuridik shaxslar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sud, iqtisodiy sud yoki arbitrajga murojaat

qilishlari mumkin. Mediatsiya "Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonun bilan, arbitraj esa "Xalqaro

arbitraj faoliyati to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mediatsiya taraflar xohishiga asoslangan bo‘lib, sud jarayonidan oldin yoki sud davomida

qo‘llanilishi mumkin. Mediatsiya orqali erishilgan kelishuv sudga yuborilib, darhol huquqiy

kuchga ega bo‘ladi. Bu jarayon maxfiylikni saqlab, tomonlarga moslashuvchanlik yaratadi.

Arbitraj sudlari, xususan, Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC), chet el elementlari

ishtirokidagi iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun qulay platforma hisoblanadi. Bu usul jarayonni

qisqartiradi, taraflarga arbitrlar sonini va qo‘llaniladigan huquqni tanlash imkonini beradi.

O‘zbekistonda nizolarni hal etishda mediatsiya va arbitraj keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da,

ekspert xulosasi usuli kamroq ishlatiladi. Umuman olganda, taraflar xalqaro va milliy

qonunchilikka muvofiq o‘zlari uchun maqbul usulni tanlab, nizoni hal etishlari mumkin.

XULOSA.

Tijorat nizolarini hal etishda mediatsiya va muzokara usullari zamonaviy huquqiy muhitda

samarali va muqobil yechimlar sifatida e’tirof etiladi. Bu usullar nizolarni sudgacha hal qilish

imkoniyatini yaratib, vaqt va xarajatlarni tejashga xizmat qiladi.

4

Fotima T. A. Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal qilishning muqobil usullari //Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 10. – С. 117-126


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


118

Mediatsiya jarayonida nizolar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, betaraf mediator ishtirokida

hal etiladi. Bu usul nizolashayotgan tomonlarning o‘zaro ishonchiga asoslangan bo‘lib, natijada

barcha tomonlarning manfaatlariga mos keladigan kelishuvga erishish mumkin. Muzokaralarda

esa tomonlar bevosita muloqot orqali o‘z pozitsiyalarini muhokama qilib, nizoni tinch yo‘l bilan

hal qilishga intiladilar. Bu usulda tomonlarning o‘zaro birgalikdagi harakati hamda maxfiylikning

saqlanishi asosiy afzalliklardan biridir.

Mediatsiya va muzokara usullari sud jarayonlariga nisbatan ancha tezkor, iqtisodiy jihatdan

arzon va moslashuvchan bo‘lib, tomonlar uchun xavfsiz muhit yaratadi. Ular nafaqat nizoni hal

qilishni, balki kelgusida hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini saqlab qolishni ta’minlaydi.

Shunday qilib, ushbu usullar tijorat nizolarini hal qilishda o‘z ahamiyatini oshirib

bormoqda va kelajakda ham keng qo‘llanishiga ishonch bildirsa bo‘ladi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023

2.

O‘zbekiston Respublikasining 03.07.2018 yildagi O‘RQ-482-son “Mediatsiya to’g’risida”gi

qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son //

3.

O‘zbekiston Respublikasi 16.02.2021 yildagi O‘RQ-674-son “Xalqaro tijorat arbitraji

to’g’risida” gi qonuni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y.,

03/21/674/0123-son

4.

Омонжонова К., Ачилова Л. The effectiveness of alternative methods of commercial

dispute resolution: a comparative analysis of arbitration and mediation //Общество и

инновации. – 2024. – Т. 5. – №. 3/S. – С. 125-130.

5.

Shodiyorovich N. A. Xalqaro tijorat arbitrajida arbitraj bitimining ahamiyati //o'zbekistonda

fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – Т. 2. – №. 18. – С. 601-606.

6.

Abdullo o‘g‘li D. D. Mediatsiya va uning bosqichlari //Proceedings of International

Conference on Modern Science and Scientific Studies. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 258-265.

7.

Fotima T. A. Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal qilishning muqobil usullari

//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. –

№. 10. – С. 117-126.

8.

Teshayev D. M. Mediatsiya nizolarni hal qiluvchi vosita sifatida //Academic research in
educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 593-597.

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023

O‘zbekiston Respublikasining 03.07.2018 yildagi O‘RQ-482-son “Mediatsiya to’g’risida”gi qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son //

O‘zbekiston Respublikasi 16.02.2021 yildagi O‘RQ-674-son “Xalqaro tijorat arbitraji to’g’risida” gi qonuni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 03/21/674/0123-son

Омонжонова К., Ачилова Л. The effectiveness of alternative methods of commercial dispute resolution: a comparative analysis of arbitration and mediation //Общество и инновации. – 2024. – Т. 5. – №. 3/S. – С. 125-130.

Shodiyorovich N. A. Xalqaro tijorat arbitrajida arbitraj bitimining ahamiyati //o'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – Т. 2. – №. 18. – С. 601-606.

Abdullo o‘g‘li D. D. Mediatsiya va uning bosqichlari //Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 258-265.

Fotima T. A. Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal qilishning muqobil usullari //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 10. – С. 117-126.

Teshayev D. M. Mediatsiya nizolarni hal qiluvchi vosita sifatida //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 593-597.