09-12-2024
135-144
82
19
BUDJET TIZIMIDA BUDJET MA'LUMOTLARINING OCHIQLIGI, TO'LIQLIGI VA XALQARO STANDARTLARGA MOSLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqola davlat budjet tizimida ma’lumotlarning ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston budjet tizimining joriy holati tahlil qilinib, xalqaro tajribalar va standartlar o‘rganilgan. Xususan, GFS va PEFA kabi xalqaro moliyaviy standartlarga moslashuv masalalari ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, budjet ma’lumotlarini ochiq va to‘liq shaklda taqdim etish jamoatchilik ishonchini oshirish va davlat moliyaviy boshqaruvining samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada davlat organlariga moliyaviy ochiqlikni oshirish uchun raqamli platformalar va infografikadan foydalanish, shuningdek, fuqarolar ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.