ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
174
O`ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI STATISTIK TAHLILI
Yulasheva. N.Y.
Ilmiy rahbar: “Samarqand iqtisodiyot va servis instituti“ Iqtisodiy tahlil va statistika”
kafedrasi o`qituvchisi.
Email:
Yuldashev X.SH
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “XIM-123” guruh 2-kurs talabasi.
Email:
yuldashevxudoynazar11@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14329749
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O`zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi bir
qancha omillar ta`siri doirasida o`rganilgan. Aholi turmush darajasi o`rganilib, tahlil qilingan.
Kalit so`zlar:
aholi daromadlari, turmush darajasi ko`rsatkichlari, farmon va qonunlar,
iqtisodiy-ijtimoiy siyosat, qashshoqlik chegarasi
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
В данной статье уровень жизни населения Республики Узбекистан
исследуется в рамках влияния нескольких факторов. Был изучен и проанализирован уровень
жизни населения.
Ключевые слова:
доходы населения, уровень жизни, декреты и законы,
экономическая и социальная политика, черта бедности.
STATISTICAL ANALYSIS OF THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION
IN UZBEKISTAN
Abstract.
In this article, the standard of living of the population of the Republic of
Uzbekistan is studied within the influence of several factors. The standard of living of the
population was studied and analyzed.
Key words
: population income, living standards, decrees and laws, economic and social
policy, poverty line.
Kirish
O`zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishilgan kundan boshlab to hozirgi kunga
qadar aholining turmush darajasi ko`rsatkichlarini yaxshilash, yashash sharoitlari va baxtlilik
darajasini yuqori mavqega ko`tarish kabi islohotlar olib boorish maqsadida dastavval birinchi
prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan, hozirgi kunga kelib esa, Sh.M.Mirziyoyev tomondan
ko`plab ishlar olib borilmoqda.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
175
Lekin shu kabi islohotlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hozirgi vaziyat
respublikamizdagi aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish va kambag`allik darajasini qisqartirish
to`g`risidagi dasturlar samaradorligini oshirish zaruriyati mavjud. Shavkat Mirziyoyev
ta`kidlaganidek, “«Biz bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal
iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqdik.
Mamlakatimizda pandemiyadan oldingi davrda ishsizlar soni 1 mln. 350 mingga yaqin
bo‘lgan bo‘lsa, pandemiya sharoitida ushbu ko‘rsatkich qariyb 2 mln. kishiga еtdi. Shu bois,
mamlakatimiz byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy
nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda oshirish, mehnat bozori
mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, mehnatga layoqatli aholining mehnat
va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini
yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini kengaytirish ishlari 2 olib borilayotganligi innovasion taraqqiyot jadallashayotgan paytda
aholi daromadlarini oshirish masalasidan samarali foydalanish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
ijtimoiy-iqtisodiy muammo hisoblanadi. Ushbu maqola mamlakatimiz Prezidenti tomonlaridan
2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2022 yil 25 iyuldagi PF-175-son «O‘zbekiston Respublikasi
aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonlari, 2018 yil 14
iyuldagi PQ-3856-son «Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan fikr va mulohazalardan iborat.
Tadqiqod metodologiyasi
Aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini aniqlash metodologiyasi, ijtimoiy jihatdan
muhtoj aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining amal qilish mexanizmiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar
G. Bacco, M. Dolls, C. Bexpendt, J. Bepg, P. Mepkl, B. Babajanyan, P. Bettie kabi chet el
olimlarining ilmiy ishlarida tahlil etilgan.
K.Marks fikriga ko`ra, ishlab chiqarish jarayonida jamiyat a’zolari tabiat ne’matlarini
inson ehtiyojlariga muvofiq moslashtiradi (yaratadi, o‘zgartiradi), yaratilgan mahsulotdan
olinadigan daromad bo‘yicha taqsimot shunday nisbatda o‘rnatiladiki, bunda har bir individuum
ma’lum ulushga ega bo‘ladi. Taqsimot munosabatlarida bilvocita individuumlarga qancha
miqdopda ulush tegishli ekanini aniqlaydi. Subyektning ishlab chiqarishdagi ishtiroki
taqsimotning alohida usulining amal qilishini va daromadning tupli shaklda yuzaga chiqishini
anglatadi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
176
Aholi daromadlari nafaqat moddiy ahvolni belgilaydi, balki iqtisodiyot samaradorligini va
jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni ham aks ettiradi. Daromadlar darajasi, tarkibi, dinamikasini
aholi xarajatlari bilan taqqoslash orqali jamiyatning turli guruhlari va tabaqalari o‘rtasidagi
tabaqalanish tavsiflanadi. Demak, daromad bevosita aholi turmush darajasi bilan bog‘liq.
Tahlil va natijalar
Aholi turmush darajasi va sifati iqtisodiy-ijtimoiy siyosatning, aholi daromadlari va
xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha siyosatning natijasi ko‘rsatkichidir. Turmush darajasini
aniqlashda «Iste’mol savati»dan, ya’ni muayyan iste’mol darajasini ta’minlovchi tovarlar va
xizmatlar majmuidan foydalaniladi. Iste’molning minimal darajasi «qashshoqlik chegarasi»ni
belgilaydi. «Qashshoqlik chegarasi»dan pastda yashovchi aholi ulushi mamlakatda turmush
darajasini tavsiflovchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning
qisqarishi hamda qashshoqlikka qarshi kurash – ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri
sanaladi. Byudjet orqali daromadni shakllantirish, ijtimoiy to‘lovlar va imtiyozlar bo‘yicha
daromadlarni qayta taqsimlashni tashkil etish orqali hukumat kambag‘allarning daromadlarini
oshirish muammosini hal qiladi hamda ijtimoiy keskinlikni yumshatishga ko‘maklashadi.
Tovarlarni soliqqa tortish iste’mol talabini tartibga soladi, jismoniy shaxslarning
imtiyozlarini shakllantiradi, zararli tovarlar iste’molini kamaytiradi va sog‘lom turmush tarzi
uchun zarur bo‘lgan tovarlar iste’molini rag‘batlantiradi, inson resurslari va ishlab chiqarish
kuchlarini yuqori sifatli qayta ishlab chiqaradi. Aholining turmush darajasi ko‘p qamrovli va keng
tavsifli tushuncha bo‘lganligi sababli, amalda turmush daraja aholi jon boshiga real daromadlar
yoki jon boshiga iste’mol darajasi ko‘rinishida ifodalanadi. Aholi jon boshiga real daromadlar
yoki iste’molning o‘sishi esa ayni paytda bir qator omillarga, avvalambor, ishchi kuchi
unumdorligining o‘zgarishiga va unga ta’sir etuvchi bir qator omillarga bog‘liq.
XULOSA VA NATIJALAR
1. Yuqorida qayd etilgan holatlarni inobatga olgan holatda mamlakatimiz aholisini ijtimoiy
himoya qilish tizimining samaradorligi va qamrovi darajasini baholash metodologiyasini ishlab
chiqish amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va erishilgan yutuqlarni
tavsiflashda xatoliklarni qisqartiradi.
2. So‘nggi yillarda jami xarajatlar tarkibida iste’mol xarajatlarining ulushi ortib, aksincha
iste’moldan tashqari xarajatlarning ulushi kamayib bopmoqda. Ushbu holat oilalarning iste’mol
xarajatlari makro tarkibi ham optimallashib borayotganidan dalolat bermoqda: oziq-ovqat
mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi barqarorlashib, xizmatlar uchun xarajatlar ulushi ortib
bormoqda. Bunday holat iqtisodiy rivojlanib borayotgan davlatlar uchun xosdir.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
177
3. Mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligi va qamrovi
darajasini baholash metodologiyasini ishlab chiqish amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar,
kamchiliklar va erishilgan yutuqlarni tavsiflashda xatoliklarni qisqartiradi.
REFERENCES
1.
O‘zbekitson Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 28 dekabrda
“O‘zbekitson Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459- soni qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi.// “Xalq so‘zi” gazetasi, 2022 yil 28 dekabr, № 258 (6952)
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 oktyabrdagi “2019- 2021 yillarda
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi
to‘g‘risida”gi PQ-2639 sonli Qarori // "Xalq so‘zi", 2018 yil 25 oktyabr.
4.
Tursunov Q.B., Rajabov N.R. Sanoat tarmoqlarining investitsion salohiyatini barqarorlik
ko‘rsatkichlari orqali boshqarish yo‘llari // «O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar
strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish
istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami – T.: TDIU,
2020 yil 11-12 dekabr. 348-357 betlar.
5.
Tursunov Q.B., Rajabov N.R., Investitsion muhit jozibadorligini boshqarishni
takomillashtirish, «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» Toshkent – 2021//6-9
bet.
