ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
187
INTELLEKTUAL MULK SOHASIGA OID IJTIMOIY MUNOSABATLARNI DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
Mutallibxonova Baxtiniso
Toshkent davlat transport universiteti, Iqtisodiyot fakulteti,
“Xalqaro transport huquqi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14330064
Annotatsiya.
Intellektual mulk sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish chora-
tadbirlari, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish faoliyati bilan shug'ullanuvchi chet el
tashkilotlari bilan hamkorlik, jamoaviy boshqaruv faoliyati, erishilgan natijalar.
Kalit so'zlar:
Davlat nazorati, jamoaviy boshqaruv, kontrafakt mahsulot, Butunjahon
intellektual mulk tashkiloti (BIMT), shartnoma, litsenziya.
ГОСУДАРСТВЕННОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННЫХ ОТНОШЕНИЙ В
СФЕРЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ
Аннотация.
Исследование посвящено анализу мер, направленных на регулирование
социальных отношений в сфере интеллектуальной собственности, а также
сотрудничеству с зарубежными организациями, занимающимися защитой объектов
интеллектуальной собственности. Особое внимание уделяется роли коллективного
управления правами и достигнутым результатам в данной области.
Ключевые слова:
государственное регулирование, коллективное управление,
контрафактная продукция, Всемирная организация интеллектуальной собственности
(ВОИС), договор, лицензия.
STATE REGULATION OF SOCIAL RELATIONS IN THE FIELD OF
INTELLECTUAL PROPERTY
Abstract.
This research paper provides a comprehensive analysis of legal and economic
aspects of regulating relations in the field of intellectual property. The study examines mechanisms
of state regulation, international cooperation, including with the World Intellectual Property
Organization (WIPO), and the role of collective management in ensuring effective protection of
intellectual property objects. Particular attention is paid to the problems of combating counterfeit
goods and piracy. Based on the analysis conducted, the author draws conclusions about the state
and prospects for the development of the intellectual property protection system in modern
conditions.
Keywords
: intellectual property, legal regulation, state regulation, international
cooperation, WIPO, collective management, counterfeiting, piracy.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
188
1.Dolzаrbligi.
Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik
obyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy
faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz
yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat
namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari,
tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obyektlariga kiradi. Hozirgi davrda
intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Shuningdek
,
Intellektual mulk
huquqini himoya qilish bu — Mualliflarning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlarini
muhofaza qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish kabi masalalar dolzarb hisoblanadi.
2.Metodlаr.
Ushbu mаqolа qiyosiy-huquqiy tаhlil, qiyosiy-mаntiqiy tаhlil, ketmа-ketlik,
tаrixiy, xolislik metodlаri аsosidа yoritilgаn bo’lib, undа O’zbekistondа jаmiyаtning dolzаrb
muаmmolaridan biri bo’lmish mualliflarning huquq va manfaatlari buzilishi va ularning haq olishi
masalalari bo’yichа tаklif vа xulosаlаr berilgаn.
3.Tаdqiqot nаtijаlаri:
Bosh Qomusimizda belgilanganidek, "O‘zbekiston —
boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlat"
1
dir. Ijtimoiy va huquqiy davlatda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish,
xususan mualliflarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish masalalari alohida o'rin tutadi.
Shuningdek, Konstitutsiyamizda ''Har kimga ilmiy va taxnikaviy ijod erkinligi, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy
rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi'' deb belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi 2022 - 2026 yillarga
mo'ljallangan ''Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida'' gi Farmonning 97-
maqsadida jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya
jarayonlarini chuqurlashtirish hamda intellektual mulk himoyasi soahalarida milliy qonunchilikni
Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga muvofiqlashtirish bo'yicha tegishli takliflar ishlab
chiqish belgilangan edi.
2011-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Intellektual mulk sohasini
rivojlantirish mamlakatimizning jahon integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib,
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017 - 2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
''Harakatlar strategiyasi''da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ''Intellektual mulk
1
https://lex.uz/docs/-6445145
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
189
obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida''gi Qarorini
imzoladi. Ushbu Qarorga ko'ra, 2011-yil 1-apreldan boshlab:
-intellektual mulk sohasidagi xalqaro shartnomalar normalaridan kelib chiqib, tovar belgisi
va xizmat ko'rsatish belgisining faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va
jismoniy shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilishiga nisbatan qonunchilikdagi mavjud cheklovlar
bekor qilindi;
-intellektual mulk obyektlarini davlat ro'yxatiga olish muddatlarini keskin qisqartirish
imkoniyatlarini yaratuvchi tezkor ekspertiza tartibi joriy etilgan. Bunda, intellektual mulk
obyektini muhofazaga olish uchun topshiriladigan talabnoma bo'yicha dastlabki qidiruv
toomonlarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2022-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ''Intellektual
mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida''gi Qarori qabul
qilindi.
Jahon tajribasidan ma'lumki, intellektual mulkka nisbatan davlat siyosatining qandayligi
shu sohaning rivojlanish omillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mualliflik huquqidagi
jamoaviy boshqaruvda ham. Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish sohasida 2013-yildan beri
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) shafofflik, hisobdorlik va samarali boshqaruv
tamoyillarini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Ayni paytda ham BIMT ushbu tamoyillarga asoslangan
tashabbuslar hamda mamlakatlarga huquqlarini jamoaviy boshqarish ekotizimini yaratishda
yaqindan yordam berish ustida ishlamoqda.
Xususan, BIMT bilan hamkorlikda mamlakatimizda ''2022 - 2026-yillarda O‘zbekiston
Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish Strategiyasi'' ishlab chiqildi.
Prezidentimizning 2022-yil 26-apreldagi ''Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid
qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida'' PQ-221-son qarori bilan ushbu Strategiya tasdiqlandi.
Strategiyadagi intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish yo'nalishida
intellektual mulk obyektlarini ishonchli himoya qilish maqsadida soha bo'yicha davlat organlari
va tashkilotlari o'rtasidagi idoralararo hamkorlikni yanada takomillashtirish, intellektual mulk
sohasidagi nizolarni sudga qadar hal qilish tartiblarini keng joriy qilish va intellektual mulk
obyektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha maxsus vakolatli organlar faoliyati
bo'yicha ilg'or xalqaro tajribani o'rganish vazifalari belgilangan.
So'nggi yillarda ''tadbirkorlar'' tomonidan bozorga kirgan va iste'molchilar ishonchini
qozongan mahsulotlarning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish ko'paymoqda. Bunga sabab
aholi o'rtasida ma'lum va mashhur bo'lgan hamda o'zining doimiy iste'molchilariga ega bo'lgan
mahsulotning ancha arzon bo'lgan yoki shu narxda, aynan shunday yoki juda o'xshash bo'lgan
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
190
kontrafakt nusxasini ishlab chiqish va sotish o'zganing bozorini kasod qilish o'zining hisobiga oson
daromad keltiradi. Ma'lumot uchun: Kontrafakt so'zi fransuzcha ''contrafaction'' so'zidan olingan
bo'lib ''soxta'' deb tarjima qilinadi. Milliy qonunchiligimizga ko'ra kontrafakt - intellektual mulk
to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgan holda amalga oshiriladigan mahsulot nusxalaridir.
Bugungi kunda mazkur muammo nafaqat O‘zbekiston Respublikasining balki, jahon
hamjamiyatining ham jiddiy muammolaridan biriga aylandi. Hozirgi kunda xalqaro tashqi savdo
faoliyatida kontrafakt tovarlar almashinuviga hamda savdosiga qarshi kurashish bo'yicha bir
nechta tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan biri, Jahon Bojxona Tashkilotining intellektual
mulk dasturi tomonidan mazkur yo'nalishda global kurash olib bormoqda. Ushbu tashkilot
koronavirus pandemiyasi davrida 2020-yilda sifatsiz farmatsevtika tovarlari aylanmasini oldini
olishga qsratilgan operatsiyalarda 502 mln. donaga yaqin sifatsiz dori vositalari aniqlandi.
Mualliflar va huquq egalari o'zlarining qonuniy huquq va manfatlarini himoya qilish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ''Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida''gi
qonuniga ko‘ra, fan, adabiyot va san'at asarlarining mualliflari, ijrochilari, fonogrammalarni
tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o'z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z
mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqli. Xuddi shunday
jamoat birlashmalaridan biri O‘zbekiston Respublikasi mualluflik va turdosh huquqlarni himoya
qilish jamiyati 2019-yilda tashkil etilgan bo'lib, tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 2019-yil 7-sentabrda ro‘yxatdan o'tkazilgan.
Shuningdek, ushbu qonunning 58-moddasiga ko'ra, bu kabi tashkilotlar quyidagi
huquqlarga ega:
-to'lanadigan haq miqdorini va shartnomalarni tuzilishiga doir boshqa shartlarni
foydalanuvchilar bn kelishib olish;
-bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan
shartnomalar tuzish;
-tashkilot to'lanadigan haqni yig'ish bilan shartnoma tuzmasdan shug'ullangan taqdirda,
bunday haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish;
-shartnomalarda nazarda tutilgan haqni yig'ish, taqsimlash va to'lash;
-bunday tashkilot o'zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo'ladigan har
qanday yuridik harakatlarni bajarish va h.k.
Mualliflik va turdosh huquqlarni o'tkazish to‘g‘risidagi va ulardan foydalanish bo'yicha
litsenziya shartnomalari vakolatli organ (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi)da rasmiy
ro'yxatdan o'tkazilishi lozim. Ayni ushbu qoida intellektual mulk sohasiga doir mamlakatimiz
qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 3-martda tasdiqlangan 8-
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
mh-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Qoidalarda ham o'z aksini topgan. O‘zbekiston
Respublikasining ''Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida''gi Qonuni 11-
moddasi, ''Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida''gi Qonuni 38-moddasi, ''Tovar belgilari, xizmat
ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida''gi Qonuni 30-moddasi, ''Integral
mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi to‘g‘risida''gi Qonuni 15-moddasi,
''Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi
to‘g‘risida''gi Qonuni 9-moddasiga muvofiq quyidagi shartnomalar Departamentda ro'yxatga
olinadi.
-ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'iga berilgan patentni berish
to‘g‘risidagi shartnoma;
-ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'idan foydalanish to‘g‘risidagi
litsenziya shartnomasi;
-O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisiga bo'lgan huquq
o'tkazish to‘g‘risidagi shartnoma;
-O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisidan foydalanish
to‘g‘risidagi litsenziya shartnoma;
-integral mikrosxemalar topologiyalariga bo'lgan huquqni to'liq yoki qisman o'tkazish
to‘g‘risidagi shartnoma;
-ro'yxatga olingan elektron hisoblash mashinalari uchun dastur yoki ma'lumotlar bazasiga
bo'lgan barcha mulki huquqlarni to'liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnoma.
Xulosa
qilib aytganda, bugungi kunda butun dunyoda aqliy ijod faoliyatiga juda katta
e'tibor berilmoqda. Buni nazardan chetda qoldirmagan davlatlar rivojlanishi jadal kechadi. Hozirgi
kunda yurtimizda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan himoya tizimi mustahkamlanmoqda.
Bunga asos qilib, yuqorida keltirilgan chora-tadbirlarni ko'rishimiz mumkin. Shunday
ekan, har qanday jismoniy va yuridik shaxs o'z aqliy faoliyati natijasi bilan yaratgan ijod
mahsulidan qonunda nazarda tutulganidek har qanday tartibda foydalanish imkoniga ega. Bu esa
mamlakatimiz o‘z ichki bozorida yanada mustahkam o'rin egallashiga yana bir sabab bo‘ladi.
REFERENCES
1.
''Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida''gi Qonun
2.
O‘zbekiston Respublikasining ''Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib
chiqqan joy nomlari to‘g‘risida''gi Qonuni
3.
''Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida''gi Qonun
4.
