2024-Yil
8-Noyabr
FUTBOLDA ILMIY-METODIK TA’MINLASH ISHLARINI
RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
369
УЎК (УДК, УДС):796.086.
BOLALARDA ANEMIYA YOKI KAMQONLIK TURLARI, SABABLARI, BELGILARI
VA OLDINI OLISH USULLARI.
Sobirova L.B.
Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi dotsenti p.f.d. (DSc).
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Chirchiq shahri, O‘zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14364524
Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarda kamqonlik kasallik kelib chiqish sabablari,
tashqi va ishki omillar ta’siri hamda bartaraf etish vosita va usullari to‘g‘risida ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Sog’lom turmush tarzi, sog’lomlashtirish texnologiyasi, bolalar, vosita,
optimal, samaradorlik, tashqi va ishki omil, anemiya, kamqonlik, genetic, gepoxrom.
Abstract. This article provides information on the causes of anemia in children, the
influence of external and work factors, and methods and methods of elimination.
Keywords: Healthy lifestyle, health improvement technology, children, tool, optimal,
efficiency, external and work factor, anemia, anemia, genetic, hepochrome.
Dolzarbligi.
So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat
tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli
ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tarzda jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim tizimini takomillashtirishga
yo‘naltirilgan, shuningdek jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun
ularning muayyan sport turidagi funksional imkoniyatlarini hisobga olish zarurligini ta’kidlashgan
[4; 23-b].
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-
sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki psixik rivojlanishida turli
nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga
muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish,
shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda
yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yondoshuvning maqsadi shuki, funksional
imkoniyatlari teng yoki o‘xshash bolalarga o‘zaro ta’lim tarbiya va jismoniy tarbiya sport bilan
shug’ullanishiga sharoit yaratilmoqda.
Tadqiqotning maqsadi.
Bolalarda anemiya yoki kamqonlik turlari, sabablari, belgilari va
oldini olish usullari
bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Tadqiqotning vazifalari.
1. Kamqonlik kaslliklari kelib chiqish sabablarini aniqlash.
2. Bolalarda kamqonlik kasalligiga ta’sir qiluvchi tashqi ichki omillarni tahlil qilish.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.
Kamqonlik, qonda gemoglobin
miqdorining normadan past bo‘lishi, eng ko‘p tarqalgan patologiyalardan biri hisoblanadi.
Ko‘pgina yosh onalar bu patologiya haqida yaxshi bilishadi, chunki ularning har ikkidan
biri ushbu holat bilan homiladorlik vaqtida duch kelishadi. Bolalarda kamqonlik mustaqil kasallik
sifatida emas, balki boshqa kasallik asorati sifatida yuzaga keladi. Shu sababli anemiyaga sabab
bo‘layotgan omilni topish va uni bartaraf etish kerak. Statistika bo‘yicha temir tanqisligi anemiyasi
25 % holatlarda chaqaloqlarda, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 43 % gacha, 5-12 yosh oralig‘idagi
bolalarda 37 % va pubertat davridagi bolalarda esa 30 % holatlarda tashxislangan. Anemiya
holatini ko‘pchilik ota-onalar jiddiy emas deb qaraydilar.
Shunchaki ovqat tarkibida temir saqlovchi mahsulotlarni ko‘proq berish bilan
muammoning yechimini topdik deb o‘ylashadi.
2024-Yil
8-Noyabr
FUTBOLDA ILMIY-METODIK TA’MINLASH ISHLARINI
RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
370
Aslida, kamqonlik bola qon ishlab chiqarish tizimidagi o‘zgarishlardan dalolat berib,
keyinchalik bu holat jiddiy asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Anemiya–turli xildagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bu holat ko‘plab kasalliklar asorati
sifatida namoyon bo‘lib, turli xildagi simptomlar bilan kechadi va har bir holatning oqibati o‘ziga
xos bo‘ladi. Shularni inobatga olib, tibbiyot sohasida tashxis qo‘yish va davolash oson bo‘lishi
uchun anemiyaning bir necha xil klassifikatsiya tuzilgan.
Gipoxrom anemiya-Bolalarda eng ko‘p uchraydigan patologiya-gipoxrom anemiyada rang
ko‘rsatkich 0,8 dan kichik bo‘ladi.
Anemiyaning bu shakliga quyidagilar kiradi:
Temir tanqisligi anemiyasi organizmida temir mikroelementi yetishmasligi natijasida
gemoglobin sintezining kamayishi, bunga sabab ovqat mahsulotlarida temir kamligi yoki ko‘p qon
yo‘qotish bilan ifodalanadi. Aynan shu ko‘rinishdagi anemiya bolalarda ko‘p uchraydi.
Talassemiya (Kul anemiyasi) – gemoglobinlar genidagi irsiy mutatsiya, bunday bolalar
aqliy va jismoniy rivojlanishdan ortda qoladilar.
1-jadval
Kamqonlikga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar
Tashqi omillar
Ichki omillar
Fizik: radiatsiya, yuqori chastotali tok,
vibratsiya
Genetik: mutatsiyalar, sababi noma’lum
bo‘lgan holatlar
Mexanik: jarohat
Endokrin: qalqonsimon bez yoki
tuxumdonlardagi kasalliklar, qandli diabet
Kimyoviy: turli xil zaharlar, ayrim dori
preparatlari
Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari:
sistemali qizil yuguri, revmatoid artrit
Biologik: viruslar, gerpes, zamburug‘lar,
hujayra ichi bakteriyalari
Oziqlanishning buzilishi: qon hosil bo‘lishida
yetarli bo‘lmagan ozuqaviy moddalar
Og‘irlik darajasi bo‘yicha klassifikatsiyasi Ushbu klassifikatsiya asosida bola qonidagi
gemoglobin miqdori yotadi: Yengil, 1 darajali anemiya – me’yoridan past, 90 g/l gacha; O‘rta ,2
darajali anemiya – 90-70 g/l oralig‘ida; Og‘ir, 3 darajali anemiya – 70 g/l dan past.
2-jadval
Yosh darajalariga qarab gemoglabin miqdori
Bola yoshi
Gemoglobin miqdori (g/l)
1-2 kunlik
145-225
3-7 kunlik
135-215
8-14 kunlik
125-205
15-30 kunlik
100-180
2 oylik
90-140
3-6 oylik
95-135
6-12 oylik
100-140
1-2 yosh
105-145
3-6 yosh
110-150
7-12 yosh
115-150
16-18 yosh
120-160
2024-Yil
8-Noyabr
FUTBOLDA ILMIY-METODIK TA’MINLASH ISHLARINI
RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
371
Anemiya sabablari: Bolalarda kamqonlik rivojlanishiga bir necha omillar sabab bo‘ladi –
tashqi va ichki, nasliy va orttirilgan, homiladorlik va tug‘ilgandan keyingi, patologik va asosiy
omillar. Ota-onalar uchun bolakaylarini anemiya holatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni
bilish juda muhim hisoblanadi.
Homiladorlik vaqtidagi sabablar Onaning homiladorlik vaqtidagi kam qonligi, qizamiq,
kindik tizimi va yo‘ldoshning noto‘g‘ri rivojlanishi, chekish, rezus-konflikt.
Tug‘ruqdan keyingi sabablar: tug‘ruq jarayonidagi jarohatlar, chala tug‘ilganlik, tana
vaznining kamligi,eritrotsitlarni parchalanishiga sabab bo‘luvchi nasliy kasalliklar.
Oziqlanish bilan bog‘liq sabablar:bir xil ovqatlanish ratsioni,vegetarianlik,vitaminlar
yetishmasligi,rejim yo‘qligi.
Kasalliklar sabab bo‘ladigan holatlar: gijjalar invaziyasi, raxit, onkologik kasalliklar, ichak
kasalliklari, gepatit, infeksion kasalliklar, sil, o‘pka absessi, bakterial endokardit, brutsellyoz,
piyelonefrit, osteomiyelit, mikoz, xorton kasalliklarida nomoyon bo’ladi.
Agar gepatit sababli anemiyaning aplastik shakli rivojlansa, bolaning yashab qolish
imkoniyati kam. Ovqatlanish bilan bog‘liq muammolarda ularni bartaraf etish mumkin. Bundan
tashqari bolalar kamharakat, qalin kiyinadigan, doimo bir holatda yotadigan bo‘lsalar ham
eritrotsitlar “bekorga” ishlab chiqarilmaydi, shu sababli bolaning aktiv harakatini ta’minlash
kerak.
Anemiya belgilari: Ko‘p hollarda anemiya belgilarsiz kechadi. Ota-onalar bola qonini
analizga topshirgan vaqtlarida tasodifan bilib qolishadi. Shunday bo‘lsa ham e’tibor bilan bolakay
parvarish qilinsa anemiyaning har biri turi uchun o‘ziga xos bo‘lgan belgilarni sezish mumkin.
Bolalarda anemiya diagnostikasi
Bolalarda anemiyaga shubha qilinsa pediatr, terapevt yoki
gematolog ko‘rigidan o‘tish kerak. Diagnostikaning asosi qon analizidir: qonning umumiy analizi
– gemoglobin, eritrotsitlar soni va rang ko‘rsatkich, qon biokimyoviy tekshiruvi – vitamin,
bilirubin va temir miqdorini aniqlash uchun, kam hollarda suyak ko‘migi funksiyasi.
Anemiyani davolash
Anemiyani kompleks davosi to‘rt tamoyilga asoslanadi: ovqatlanishni
yaxshilash va hayot sifatini oshirish, asosiy kasallikni davolash, maxsus dori preparatlarini qabul
qilish va ehtiyotkorlik bilan xalq tabobatidan foydalanish. Bularning barchasi shifokor tomonidan
buyuriladi.
Medikomentoz davo Anemiyaning yagona davosi yo‘q, chunki kamqonlikka sabab
bo‘luvchi ko‘plab kasalliklar bor. Avvalo, o‘sha kasalliklarni bartaraf etishga qaratilgan birqancha
usullar mavjud. Shunday bo‘lsa ham yordam beruvchi muolajalaridan foydalanish orqali
kammqonlik oldi olinadi yoki davalanishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Pаrаlimpiya hаrаkаtini rivojlаntirish”gа doir
qo‘shimchа chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidаgi PQ-5114-son qаrori 2021 yil 18 mаy.
2.
Светличная Н.К. Адаптивная физическая культура и спорт: учебник. – Т.:
O’zkitobsavdo nashriyoti, 2021. – 232 с.
3.
Светличная Н.К. Методические аспекты программы адаптивной физической
рекреации на основе фитнес-технологий // Адаптивная физическая культура. – 2023.
– №1(93). – С.52-54.
4.
Светличная Н.К. Способ оценки уровня физической и функциональной
подготовленности человека: методическое пособие. – Чирчик: УзГУФКС, 2023. – 34
с.
5.
Дилшод Бахтиёр Ўғли Бахтиёров, Собирова Лайло Бахромовна, Рухиддин
Фахридинович Одилов, Умид Абдугафорович Саидов ЖИСМОНИЙ ИМКОНИЯТИ
ЧEКЛАНГАН ТАЛАБАЛАРНИ ВОСИТАЛАР ОРҚАЛИ ЮҚОРИ НАТИЖАЛАРГА
ЭРИШИШДА МОТИВАЦИЯНИНГ ЎРНИ // Сcиентифиc прогресс. 2022. №10. УРЛ:
2024-Yil
8-Noyabr
FUTBOLDA ILMIY-METODIK TA’MINLASH ISHLARINI
RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
372
6.
Fakhriddinovich, Odilov Rukhiddin, and Gareyeva Gulchehra Renatovna. "FUNCTIONAL
STATE OF THE ORGANISM OF STUDENTS WITH DAMAGE TO THE
MUSCULOSKELETAL SYSTEM."
ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING &
MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071
11.12 (2022): 145-162.
7.
Валиева, Н. Ю. "Адаптивная физическая культура как учебная дисциплина и как
область социальной практики."
Scientific progress
3.4 (2022): 649-655.
8.
Sabirova, L. B. "Modeling of the processes of diffusion dissolution and filtration transfer of
metals for complicated reservoir conditions." (2015): 70-74.
9.
Собирова, Л. Б. "кўриш қобилияти бузилган болаларни sport фаолияти шароитларига
мослашиш хусусиятлари."
Scientific progress
3.6 (2022): 164-170.
10.
O'rinboyev
E.
TAYANCH-HARAKAT
APPARATI
SHIKASTLANGAN
TALABALARNING HARAKAT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH //Scientific-
theoretical journal of International education research. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 20-25.
11.
Уринбоев
Э.
А.
CОВРЕМЕННЫЕ
ПРОБЛЕМЫ
ОРАЗОВАНИЯ
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ MODERN PROBLEMS OF ORGANIZATION
OF SECONDARY SCHOOLS //ББК 75.1 А-437. – 2019. – С. 646.
