2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
114
MUHAMMAD ALI IJODIDA TEMUR VA TEMURIYLAR
Laylo Rahmatova Abdulla qizi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi
2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14419016
Annotasiya. Mazkur maqolada shoir Muhammad Ali Ahmedov hayoti va ijodi haqida
qisqacha maʼlumot va uning asarlarida Temur va Temuriylar obrazi bayon etilgan.
Kalit soʻz: Amir Temur, Sohibqiron, Ulugʻ saltanat, Sarbadorlar, Ramon, epopiya,
Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo.
TIMUR AND THE TIMURIDS IN THE WORKS OF MUHAMMAD ALI
Abstract. This article contains brief information about the life and works of the poet
Muhammad Ali Akhmedov and the image of Timur and the Timurids in his works
Key words: Amir Temur, Sahibqiron, Uluģ Sultanat, Sarbadors, Novel, Epic, Jahangir
Mirzo, Umarshaikh Mirzo, Mironshah Mirzo, Shahrukh Mirzo.
Oʻzbek xalqi yozuvchisi Muhammad Ali Ahmedov 1942-yil 1-martda Andijon
viloyatining Boʻzsuv tumanida tugʻilgan. Muhammad Ali shoir, yozuvchi, olim, pedagog sifatida
faoliyat yuritib kelmoqda ijodi.
Muhammad Ali nazmda, nasrda va publitsistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35
yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek, rus, qozoq va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinib, bir
necha bor nashr etilgan. Shoh asarlari "Boqiy dunyo", "Gumbazdagi nur", "Sarbadorlar" va "Ulugʻ
saltanat" asarlaridir. Uning "Otalar yurti", "Oq nur", "Sen bir gulsan", "Sevsam sevilsam", "Oshiq
boʻlmay Haq diydorini koʻrsa boʻlmas", "Sarbadorlar", "Saylanma", "Men koʻrgan Amerika",
"Ulugʻ saltanat", "Ulugʻ ajdodlardan meros shijoat", "Zamondoshim poreritiga chizgilar" kabi
asarlari mavjud.
Muhammad Alining "Sarbadorlar " asarining bir necha boblari bevosita Amir Temurga
bagʻishlangan boʻlib, bu obrazni yaratish jihatidan ilk chizgilar sifatida oʻrtaga tashlangan. Adib
10 yildan koʻroq vaqt davomida ulugʻ sarkarda haqidagi ilmiy va adabiy maʼlumotlarni qunt bilan
oʻrgandi. Shu yoʻsinda Amir Temurga bagʻishlangan asari "Ulugʻ saltanat " epopiyasi yuzaga
keldi. Shoir ulugʻ sarkardani koʻproq kundalik maishiy hayot, oila, qarindosh-urugʼ va doʻst yorlar
muhitida koʻrsatadi. Asar 4 kitobdan iborat boʻlib, 2003-2013 yillar oraligʻida yozib tugatilgan. 4
kitob Amir Temurning oʻgʻillarining ismi bilan nomlangan.
Birinchi kitob "Jahongir Mirzo", ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo", uchinchi kitob
"Mironshoh Mirzo", toʻrtinchi kitob "Shohruh Mirzo" deb nomlangan.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
115
Asarda koʻproq sohibqiron farzandlarining tarbiyasi, kattaroq boʻlganda ularning qismati,
har xil yoʻsinda roʻy bergan tashvishlari, ularni uyli joyli qilish, ularga munosib kelin topib
uylantirish, farzandlarining boshiga biron ish tushsa ularga hamnafas boʻlish, ularning dardiga
sherik boʻlish holatlari tasvirlanadi.
Buni quyidagi jumlalarda ham koʻrish mumkin:
"Uygʻonib ketgan Amir Temurning bu tushdan koʻngli parishon boʻldi. Yarim kecha
ekanligiga qaramay Muhammad Choʻriogʼa dodxohni yoniga chorlabdida buyurdi:
- Mamat jigarim! Shitob bilan Samarqand borgʻil! Jahongir Mirzoga degilki, oʻzini asrasin
nasihat qilgʼil, ogoh boʻlgin!
Muhammad Choʻriogʼa dodxoh yerga tikilgancha indamay qoldi.
-Nechun jimsan, Mamat?
-Yoningizda boʻlsam degandim... Tashlab ketgim kelmay turibdi...
- Mendan xavotir olmagʼil! Shitob Samarkand borgʼil! Uqdingmi?
-Uqdim. Bosh ustiga, Amir sohibqiron!
Muhammad Choʻriogʼa dodxoh bir necha sipohlar kuzatuvida tong yorishmay poytaxtga
joʻnab ketdi. Oradan ikki kun oʻtgach har xil hayollardan butkul oromini yoʻqotgan Amir
Temurning oʻzi ham "Qaydasan Samarkand" -deb yoʻlga ravona boʻldi.
Yuqoridagi jumlalardan shuni aniqlash mumkinki, Amir Temur doim farzandlari, oilasi
koʼyida boʻlgan. Hatto tunlari tushlarida ham ularni oʻylagan. Tunda yomon tush koʻrib uygʻonib
ketadi va oʻgʻlidan havotir olib uning yoniga Muhammad Choʻriogʼani yuboradi. Shunda ham
koʻngli tinchimay oʻglini koʻrgani oʻzi Samarkandga ravona boʻladi. Keyingi jumlalarda ham
aynan shu holat yuz bergan.
Holsiz yotgan Jahongir Mirzoga tikilarkan, Amir Temurning yuraklari ezildi. Koʻzlariga
yosh quyila boshladi, ammo favqulodda bir shijoat bilan koʻz yoshini tegib qoldi.
- Haq subhonahu taola parvardigor doru xonasidan bir shifoyi karomat yetkazsun iloho! -
Qoʻlini duoga ochdi Mirsaid Baraka. -Omin!
- Shifo bersun, iloho! Omin! - Duo qildi hamma
Ha, dorilfanodagi har bir qadam bandasi uchun ulkan sinov... Oqil banda sinovlarni
mohirona tadbir bilan oʼta olmoogʻi shart. Amir Temur ham ne ne sinovlardan oʻtmadi, bari uchun
parvardigor egamga shukrlar aytadi.
Bu jumlalardan shuni anglashimiz mumkinki.¹ "
Muhammad Ali romanida tasvirlanishicha
Amir Temur shurolar davrida tasvirlanganidek, doim qilichidan qon tomib turadigan zolim,
qasoskor va bosqinchi emas. Shoir bunga alohida urgʻu beradi.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
116
Ammo u dushmanga ham qatʼiyatsiz emas edi. Shundan davlat barpo etish yoʻlida qilgan
janglarda gunohkorlar bilan birga begunohlar ham jabrlangan holatlari boʻlgan. Ammo u bu
holatga achingani tabiiydir".
Muhammad Ali "Ulugʻ saltanat" asaridan tashqari oʻzining "Saylanma" kitobining qadimgi
qoʻshiqlar bobida ham Amir Temur haqida sheʼri oʻrin olgan.
Amir Temur qabridan ovoz
Ey, tarixchi, etma umrimni taroj!
Bas bunday gaplarga emasman muhtoj.
Tori uzilsa ham soz atalur, soz,
Boshdan tushganda ham toj, baribir, toj.
Mustaqillik davridan oldin Amir Temur haqidagi asarlarda bu ulugʻ sarkardaning
shaxsiyati va faoliyati boʻrttirib koʻrsatiladi. Uning shaxsiyati iloji boricha kamsitildi. Shoir shuni
nazarda tutgan holda Temur nomidan tarixchiga "Ey, tarixchi mening umrimni talan-taroj etma",-
deya murojaat qiladi. Yoki mustaqillikdan keyingi davrda Amir Temurning shaxsiyati haqidagi
ancha ijobiy tus oladi. Bu holatga esa shoirning "Bas, bunday gaplarga emasman muhtoj"-jumlasi
trio keladi. Yaʼniki shoir "Tori uzilsa ham soz atalur soz, Boshdan Tushganda ham toj, baribir toj"
jumlasi bilan Amir Temur vafot etgan boʻlsa ham u Amir Temur boʻlib qolaveradi, u baribir
"sohibqirondir " demoqchi boʻladi.
Xulosa qilib aytadigan bolsak, shoir Muhammad Ali Amir Temur obrazini oʻzining
romanlari va shaʼrida juda yaxshi tasvirlangan. Ayniqsa "Ulugʻ saltanat"epopeyasida Amir Temur
obraziga chuqur yondashgan.
REFERENCES
1.
Matyoqub Qoʻshjonov "Yozuvchi kamolotidan dalolat ".
2.
Muhammad Ali Ahmedov,"Ulugʻ saltanat",1-kitob. Jahongir Mirzo. T: Sharq
nashriyoti ,2003
3.
Muhammad Ali Ahmedov,"Saylanma",T:Sharq nashriyoti,1997
4.
Matyoqub Qoʻshjonov "Yozuvchi kamolotidan dalolat ".
5.
https://uz.wikepediya.org
6.
https://n.ziyouz.com
