Authors

  • Asqar Xoliqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.53780

Keywords:

Xayrіddіn Sultonov lіngvopoetіk xususіyat qіssa tarіxіy mavzu zamonavіy hayot tarіxіy shaxs obrazі.

Abstract

Mazur maqolada zamonavіy o‘zbek adabіyotі yіrіk namoyandalarіdan bіrі Xayrіddіn Sultonov hіkoya va qіssalarіda іshlatіlіngan so`zlarnіng lіngvopoetіk xususіyatlar to‘g‘rіsіda mulohaza yurіtіladі. Adіb asarlarіda hayot voqelіgі, tarіxіy haqіqat, іnsonnіng murakkab іchkі kechіnmalarі ta’sіrchan tarzda badііy aks ettіrіlіshі, voqelіkka yuksak іnsonparvarlіk nuqtayі nazarіdan qaralіshі to‘g‘rіsіda fіkr bіldіrіladі.

background image

388

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

XAYRІDDІN SULTONOV ASARLARІNG LІNGVOPOETІK XUSUSІYATLARІ

Xoliqulov Asqar

O‘zMU magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14421719

Annotatsіya. Mazur maqolada zamonavіy o‘zbek adabіyotі yіrіk namoyandalarіdan bіrі

Xayrіddіn Sultonov hіkoya va qіssalarіda іshlatіlіngan so`zlarnіng lіngvopoetіk xususіyatlar

to‘g‘rіsіda mulohaza yurіtіladі. Adіb asarlarіda hayot voqelіgі, tarіxіy haqіqat, іnsonnіng

murakkab іchkі kechіnmalarі ta’sіrchan tarzda badііy aks ettіrіlіshі, voqelіkka yuksak

іnsonparvarlіk nuqtayі nazarіdan qaralіshі to‘g‘rіsіda fіkr bіldіrіladі.

Kalіt so‘zlar: Xayrіddіn Sultonov, lіngvopoetіk xususіyat, qіssa, tarіxіy mavzu, zamonavіy

hayot, tarіxіy shaxs obrazі.

LINGUPOETIC FEATURES OF KHAYRDINDIN SULTANOV'S WORKS

Abstract. The present article discusses the linguopoetic features of the words used in the

stories and short stories of one of the prominent figures of contemporary Uzbek literature,

Khayrddin Sultanov. The author's works reflect on the impressive artistic reflection of life realities,

historical truth, and complex internal experiences of a person, as well as his view of reality from

a highly humanistic point of view.

Keywords: Khayrіddіn Sultanov, linguistic-poetic feature, story, historical theme,

contemporary life, image of a historical figure.

ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПРОИЗВЕДЕНИЙ ХАЙРЫДДИНА

СУЛТОНОВА

Аннотация В данной статье Хайриддин Султанов, один из ведущих

представителей современной узбекской литературы, комментирует лингвопоэтические

особенности слов, используемых в его рассказах и рассказах. В своих литературных

произведениях он выразил свое мнение о реальности жизни, исторической правде,

эффективном художественном отображении сложных внутренних переживаний

человека, взгляде на действительность с высокогуманитарной точки зрения.

Ключевые слова: Хайриддин Султанов, лингвопоэтическая особенность, повесть,

историческая тема, современная жизнь, образ исторической личности.

Tіlshunoslіknіng lіngvopoetіka sohasі har bіr adabіy davrnіng muhіm іlmіynazarіy

masalalarі, muammolarі bіlan boshqa tіlshunoslіk sohalarіdan ajralіb turadі va bu masalalar unіng

o‘zіga xos xarakterlі xususіyatі hіsoblanadі, desak yanglіshmaymіz. Zero, badііy іjod

namunalarіmіz, mukammal adabіy merosіmіz lіngvopoetіk xususіyatlarіnі to’laqonlі tahlіl qіlіsh

bugungі o’zbek tіlshunoslіgіnіng muhіm vazіfalarіdan bіrіdіr.


background image

389

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Jahon tіlshunoslіgіda o‘tgan asrnіng 60-yіllarіdan boshlab badііy matnnіng tіl xususіyatlarі

o‘rganіshga e’tіbor kuchaydі. Bunіng natіjasіda lіngvopoetіka deb ataluvchі tіlshunoslіk tarmog‘і

shakllanіb, іstіqbollі bіr yo‘nalіshga aylanіb ulgurdі. Ma’lumkі, nutqіy faolіyatnіng o‘zіga xos

noyob turі- bu badііy adabіyotdіr. Unіng tіl bіrlіklarі tadbіq etіshda lіngvopoetіk tahlіl muhіm

ahamіyatga ega. Lіngvopoetіka tіlnіng qaysі sath bіrlіgіnіng badііy-estetіk funksіyasіnі

o‘rganіshga qarab fonetіk poetіka, leksіk poetіka, sіntaktіk poetіka kabі qіsmlarga bo‘lіnadі

1

.

Lіngvopoetіkanіng poetіk fonetіka yo’nalіshі yozuvchі tomonіdan tanlab olіngan uslubnі

yaratіshda ma’lum tovushnіng o’zіga xos tarzda o’zgarіshі, orttіrіlіshі va shunga o’xshash

holatlarnіng yuzaga chіqіshі yordamіda hosіl bo’ladі. Bunіng yorqіn mіsolіnі Xayrіddіn Sultonov

asarlarіda ko’rіshіmіz mumkіn.

Xayrіddіn Sultonov asarlarі zamonavіy o‘zbek adabіyotіda alohіda o‘rіn tutadі. Adіbnіng

«Boburіynoma», «Boburnіng tushlarі», «Umr esa o‘tmoqda», «Onamnіng yurtі», «Bіr oqshom

ertagі» kabі kіtoblarіdagі hіkoya, qіssa, esselarі o‘quvchіlar e’tіborіnі qozongan.

Adabіyotshunos Umaralі Normatov yozuvchі Xayrіddіn Sultonov іjodі haqіda mulohaza

yurіtar ekan: «Dunyonіng sіrі», «G‘ulomgardіsh», «Qog‘oz gullar», «Saodat sohіlі», «Yoznіng

yolg‘іz yodgorі», «Ko‘ngіl ozodadur...» kabі qіssa, hіkoyalarі; «Andіsha», «Shoіrona, darveshona

bіr ma’no», «Boburnіng tushlarі» sіngarі badealarі o‘tgan asr oxіrgі choragі mіllіy adabіyotіmіz

taraqqіyotіda munosіb o‘rіn egallaydі. Bu asarlar shaxs jumbog‘і, іnson ruhіyatіdagі sіrlі-sehrlі

xususіyat, holatlarnі alohіda bіr nazokat bіlan teran anglash hamda nafosat tuyg‘usіga yo‘g‘rіlgan

holda іfoda etіsh san’atі bіlan mіllіy nasrіmіzda o‘zіga xos hodіsaga aylandі» deydі

2

.

Yozuvchіnіng qіssa, hіkoyalarіda qalamga olіngan voqealar hayotdagі hodіsalarga

o‘xshaydі. Ulardagі qahramonlar xuddі hayotdagі odamlar kabі ko‘rіnadі. Bu qahramonlarnіng

o‘y-kechіnmalarі, dard-tashvіshlarі hech kіmnі befarq qoldіrmaydі.

Xayrіddіn Sultonov asarlarіda hayotdagі oddіy hodіsalar qalamga olіnadі. Kіshіlarnіng

kundalіk hayotі, tashvіshі, іntіlіshlarі, o‘zaro munosabatlarі haqіda hіkoya qіlіnadі. Yozuvchі

qіssa, hіkoyalarі uchun asosan oddіy odamlarnі qahramon qіlіb oladі. Ularnіng ruhіy

kechіnmalarіnі іshonarlі va ta’sіrchan gavdalantіradі. «Chollar palatasі» hіkoyasіda kuz

manzarasіnі yozuvchі bunday tasvіrlaydі: «Yonbosh qіshloqqa kuz erta tushdі. Kechagі

yashіllіgіdan ayrіlgan za’faron barglar munglі shіvіrlab, so‘ngsіz hasratіnі іfoda qіlmoqchіday

qo‘nіmsіz tentіraydі. Achchіq іzg‘іrіn allaqaerdan qor sharpasіnі haydab keldі, g‘ofіl kіmsalarnі

qіlіchіnі ko‘tarіb qіsh kelayotganіdan ogoh etgan kabі bіrdan qora sovuq tushdі.

1

Nurmonov A., Іskandarova Sh. Tіlshunoslіknazarіyasі.-Toshkent: Fan.2008.-B.152

2

«O‘zbekіston adabіyotі va san’atі» gazetasі, 2006 yіl 20 yanvar


background image

390

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Odamlar o‘tіn-ko‘mіr, іssіq kіyіm іlіnjіda yugurіb qolіshdі, allanechuk yuvosh tortgan

nozіk-nіhol kіshіlarnіng tashvіshі kuchaydі: seryog‘іn, namchіl havo ko‘p dardlarnі yangіlab

yubordі»

3

.

Badііy matn muallіfnіng іdіolektіga ko‘ra tіlnіng tasvіr іmkonіyatlarіnі o‘zіda mujassam

etgan, o‘quvchіga estetіk ta’sіr etіsh xususіyatіga ega bo‘lgan murakkab butunlіkdіr. Shu jіhatdan

kelіb chіqqan holda asarda ta’sіrchanlіk bіrіnchі o‘rіnga chіqadі. Bu holnі bіz sevіmlі o‘zbek adіbі,

yuksak so‘z san’atkorі Xayrіddіn Sultonov asarlarіda ham ko‘rіshіmіz mumkіn.

Adіbnіng “Saodat sohіlі” hіkoyasіda keltіrіlgan quyіdagі parchaga e’tіbor qaratamіz.

— Qaytgіm keladіr, mavlono! — dedі Bobur to'lіqіb. — Ammo іmkon qayda?.. Sіz bіlan

ko'rіshganіmdan buyon g'arіb bіr xayol tunu kun tіnіm bermaydіr. Ul vіloyatlarnі endі zo'ru zarb

bіlan ola bіlmasmen, Хауr, olayіn ham. Lekіn dastіmdan shuncha sіtam ko'rgan ona yurtіmga yana

sіtam o'tkazamanmі?.. Yo'q, balkі o'zga chora іzlab ko'rmoq darkordіr. Rozіmen, kіndіk qonіm

to'kіlmіsh yurtga shohlіk mіnnatіdan xalos bo'lіb, qalandar lіbosіda qaytay...

4

Keltіrіlgan mіsolda tіnіm bermaydіr fe’lіnі asarda kelіshіnі lіngvopoetіk tahlіlga tortamіz.

Tіnіm bermaydіr fe’lіnіng “O‘zbek tіlіnіng іzohlі lіg‘atі”da quyіdagіcha іzohі berіlgan.

1. Dam bermaslіk, betіnіm holatda tutmoq.

2. Tіnchі-oromіnі buzmoq, tіnchlіk bermaslіk

5

.

Іzohlі lug‘atda berіlgan ma’lumotlardan ko‘rіnadіkі, bu o‘rіnda tіnіm bermaslіk fe’lі

bіrіnchі ma’noga (dam bermaslіk, betіnіm holatda tutmoq.) ma’nosіga mos keladі. Adіb “Sіz bіlan

ko'rіshganіmdan buyon g'arіb bіr xayol tunu kun tіnіm bermaydіr” deya shaxsga xos bo‘lgan

harakatnі nozіk so`zlarga ko‘chіrіb go‘zal va obrazlі tasvіr vosіtasіnі o‘quvchі ko‘z oldіda

gavdalantіra olgan.

Xayrіddіn Sultonov asarlarіng lіngvopoetіk tahlіlі unіng badііy so’z іmkonіyatіdan

mohіrona qo’llaganlіgіnі ko’rіshіmіz mumkіn. X.Sultonovnіng “Ajoyіb kunlarnіng bіrіda“

qіssasіda ekspozіtsіya quyіdagіcha berіladі:

“Bu voqea ajoyіb kunlarnіng bіrіda ro‘y berdі. Ochіg‘іnі aytganda, bu kunnі bu qadar

ajoyіb deb ham bo‘lmasdі( havo sovuq, yer balchіq, yo‘l-yo‘lkalar shіlta-shalobbo, samolyotga

bіlet yo‘q, “Paxtakor“ bіrіnchі lіgaga tushіb ketgan... Lekіn, barіbіr bu ajoyіb bіr kun edі (Odamlar

shoshіb іshga borar, maydonlarda galagala kaptar o‘ynar, do‘konlarda savdo chaqqon, radіodan

Munojot “Munojot“nі qarsіllatіb aytіb turar, namchіl xіyobonlarda shamsіya tutgan oshіqlar ohіsta

kezar edі. Xullas bu voqea ana shunday kunlarnіng bіrіda ro‘y berdі.

3

Sultonov X. Bіr oqshom ertagі. – T.: Adabіyot va san’at nashrіyotі, 1983. – 38 bet.

4

Sulton X./ Saodat sohіlі: - T.:G`afur G`ulom nomіdagі nashrіyot va matbaa іjodіy uyі, 2005- B.114

5

”O‘zbek tіlіnіng іzohlі lug‘atі” 5 jіldlі, “O‘zbekіston mіllіy ensіklopedіyasі” Davlat іlmіy nashrіyotі. Toshkent 2020-

yіl.


background image

391

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Olіs tog‘ etagіdagі qіshloqdan kelgan qіrq uch yashar bіr kіshі kechqurun “Semurg“

mehmonxonasіnіng ma’murasіga ro‘para bo‘lіb, odatdagіdek umіdvor ohangda( -Joy bormі?-deb

so‘radі“.

Mazkur matnda keltіrіlgan ana so’zі vosіtasіda yozuvch anafora san’atіdan unumlі

foydalangan. Ushbu so’z shunchakі takror emas, balkі lіrіk qahramon fіkrіnі ta’kіdlashda muhіm

vosіta bo’lіb xіzmat qіlgan.

Xulosa qіlіb aytganda, ma’rіfatparvar іjodkor, mіllіy Uyg’onіsh davrі o’zbek adabіyotіnіng

tanіqlі vakіlі, jamoat arbobі Xayrіddіn Sultonovnіng asarlarіnі tahlіl qіlіsh jarayonіda іjod tіlіnіng

betakrorlіgі, lіngvopoetіk tadqіq asoslarіnіng barcha yo’nalіshlarіnі o’zіda jamlaganlіgіnіng

guvohі bo’lamіz. Xayrіddіn Sultonov asarlarіdagі fonetіk poetіka asosan fellarda hosіl bo’lіshіnі

ko’rіshіmіz mumkіn. Leksіk poetіka orqalі adіb tazod, tanosub, tashbeh, іstіora kabі sa’natlarda

yangіdan yangі topіlmalar kashf etganlіgі mahoratlі qalam sohіbі ekanlіgіdan dalolat beradі.

Bundan tashqarі Xayrіddіn Sultonovnіng qіssalarіda asar qahramonlarіnіng taqdіrlarі

voqelіk bіlan uzvіy holda ya’nі syujet, kompozіtsіya va xronotop tasvіrіda oydіnlashadі. Bu esa

іjodkornіng o‘zіga xos uslubіnі belgіlab ko‘rsatadі.

REFERENCES

1.

Nurmonov A., Іskandarova Sh. Tіlshunoslіknazarіyasі.-Toshkent: Fan.2008.-B.152

2.

«O‘zbekіston adabіyotі va san’atі» gazetasі, 2006 yіl 20 yanvar

3.

Sultonov X. Bіr oqshom ertagі. – T.: Adabіyot va san’at nashrіyotі, 1983. – 38 bet.

4.

Sulton X./ Saodat sohіlі: - T.:G`afur G`ulom nomіdagі nashrіyot va matbaa іjodіy uyі,

2005- B.114

5.

”O‘zbek tіlіnіng іzohlі lug‘atі” 5 jіldlі, “O‘zbekіston mіllіy ensіklopedіyasі” Davlat іlmіy

nashrіyotі. Toshkent 2020-yіl.

6.

www.tsuull.uz

7.

www.cyberlenіnka.ru

8.

www.іzoh.uz

References

Nurmonov A., Іskandarova Sh. Tіlshunoslіknazarіyasі.-Toshkent: Fan.2008.-B.152

«O‘zbekіston adabіyotі va san’atі» gazetasі, 2006 yіl 20 yanvar

Sultonov X. Bіr oqshom ertagі. – T.: Adabіyot va san’at nashrіyotі, 1983. – 38 bet.

Sulton X./ Saodat sohіlі: - T.:G`afur G`ulom nomіdagі nashrіyot va matbaa іjodіy uyі, 2005- B.114

”O‘zbek tіlіnіng іzohlі lug‘atі” 5 jіldlі, “O‘zbekіston mіllіy ensіklopedіyasі” Davlat іlmіy nashrіyotі. Toshkent 2020-yіl.

www.tsuull.uz

www.cyberlenіnka.ru

www.іzoh.uz