255
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGINING BOZORGA O‘TISH
XUSUSIYATLARI. AGROSANOAT MAJMUASINI ISLOH QILISH BOSQICHLARI
Bozorov Raxmon Qahramonovich
Osiyo xalqaro universiteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14406047
Annotatsiya
. Ushbu maqolada bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi
munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, agrar
mahsulotlar bozori faoliyat ko‘rsatishining eng muhim omillaridan biri bo‘lib, barcha sohalarda
inson faoliyati ularga bog‘liq.
Kalit so'zlar:
Texnik va ilmiy-texnologik, tabiiy-iqlim sharoitlar, suvning mavjudligi, toza
havo, texnik va ilmiy-texnologik, tashkiliy-iqtisodiy, dehqonchilik mahsulotlari, kartoshka va
sabzavot.
ОСОБЕННОСТИ РЫНОЧНОГО ПЕРЕХОДА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В
УЗБЕКИСТАНЕ. ЭТАПЫ РЕФОРМИРОВАНИЯ АГРОПРОМЫШЛЕННОГО
КОМПЛЕКСА
Аннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы широкого внедрения
рыночных отношений, укрепления правовой основы взаимоотношений между субъектами,
производящими, перерабатывающими и реализующими сельскохозяйственную продукцию,
привлечения инвестиций в отрасль, одним из важнейших факторов функционирования
рынка аграрной продукции, от которых зависит деятельность человека во всех отраслях.
Ключевые слова
: технико-и научно-технологические, природно-климатические
условия, наличие воды, свежего воздуха, технико-и научно-технологические,
организационно-экономические, сельскохозяйственные продукты, картофель и овощи.
FEATURES OF THE TRANSITION OF AGRICULTURE TO THE MARKET IN
UZBEKISTAN. STAGES OF REFORMING THE AGRO-INDUSTRIAL COMPLEX
Abstract.
In this article, the broad introduction of market relations, strengthening the legal
basis of relations between agricultural products growing, processing and selling entities,
attracting investments in the industry, is one of the most important factors in the functioning of the
agrarian products market, and human activity in all areas depends on them.
Keywords:
technical and scientific-technological, natural-climatic conditions, availability
of water, fresh air, technical and scientific-technological, organizational-economic, agricultural
products, potatoes and vegetables.
256
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy
asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy
etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan
ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: - aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish,
shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy ob’ektlar bilan
integratsiyalash; - boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish,
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish
mexanizmidan bosqichmabosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor
narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish; - sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish
bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish; - xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or
tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring
qilish; - ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir
tarmoq dasturlarini ishlab chiqish; - chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda
go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot
ishlarini olib borish. Ma’lumki, ayni paytda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon
xo‘jaliklari yetakchilik qilmoqda.
Bu xo‘jaliklarda 63,6 foizdan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsuloti yaratilmoqda. Shu bilan
birga fermer xo‘jaliklari ham qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishga salmoqli hissasini
qo‘shib kelmoqda. Ularning ulushi 34,7 foizni tashkil qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2022 yil boshi holatiga ko‘ra, umumiy ekin maydonida 83,8 foiz,
shu jumladan don ekinlari yer maydoni – 85,2 foiz, paxta ekin maydoni 83,8 foiz fermer
xo‘jaliklariga tegishli, kartoshka va sabzavot ekin maydoni esa ko‘proq dehqon xo‘jaliklariga
ulushlariga to‘g‘ri keladi (ularga mos ravishda 86,4 va 68,4 foizni tashkil etgan). Ammo
dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, dehqon xo‘jaligiga 50,8
foiz, fermer xo‘jaliklariga 48,2 foiz to‘g‘ri keldi. Bunda don va paxta hosili asosan fermer
xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilmoqda (ularga mos ravishda 78,7 va 99,4 foiz). Qolgan
dehqonchilik mahsulotlari (kartoshka, sabzavot, meva, rezavorlar va uzum) dehqon xo‘jaliklari
tomonidan yaratilmoqda.
Agar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning ishlab chiqarish sur’atini kuzatadigan bo‘lsak, don
ekinlari, paxta, sut mahsulotlari va qorako‘l terini ishlab chiqarish hamda qo‘y va echkilar soni
o‘sish sur’atlari fermer xo‘jaliklari, go‘shtni ishlab chiqarish hamda parrandalar soni o‘sish sur’ati
257
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
esa – qishloq xo‘jaligi korxonalarda yuqori, qolgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish bo‘yicha o‘sish sur’atlari dehqon xo‘jaliklarida kuzatilgan. Hududlar kesimida
kuzatadigan bo‘lsak, dehqon xo‘jaliklarning yalpi hududiy mahsulotidagi eng yuqori ulushi
Surxondaryo (69,3 %), Navoiy (68,0 %), Buxoro (68,4 %), Namangan (68,0 %) viloyatlarda,
fermer xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi - Samarqand (42,5 %), Sirdaryo (40,9 %), qishloq
xo‘jaligi korxonalarining ulushi Toshkent (4,3 %), Navoiy (3,1 %) viloyatlarda eng yuqori ekanligi
kuzatilgan. Yerdan foydalanish unumdorligini kuzatadigan bo‘lsak, garchi Qashqadaryo (13,6 %),
Jizzax (10,3 %) va Samarqand (10,1 %) viloyatlarda eng ko‘p ekin maydoni bo‘lsa ham, ammo 1
gektar yer maydonidan olingan daromad Navoiy (39813,0 ming so‘m), Andijon (33889,9 ming
so‘m) va Toshkent (28091,7 ming so‘m) viloyatida yuqori. Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta
ishlab chiqaruvchi korxonalar, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingining shakllanishi
va rivojlanishiga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a)
tabiiy-iqlim sharoitlar; b) moddiy-texnik va ilmiy-texnologik sharoitlar; v) tashkiliy-iqtisodiy
sharoitlar; g) ijtimoiy sharoitlar. Har bir omil o‘z funksional vazifalarida bir-biri bilan uzviy
bog‘lanib ketadigan bir nechta belgilardan iborat. Tabiiy-iqlim sharoitlar agrar mahsulotlar bozori
faoliyat ko‘rsatishining eng muhim omillaridan biri bo‘lib, barcha sohalarda inson faoliyati ularga
bog‘liq. Muayyan tabiiy-iqlim sharoitlar yil davomidagi quyoshli kunlar soni, yog‘adigan
yog‘inlar va ularning davriyligi, umumiy harorat, yer sifati, uning joylashuvi va relefi, sug‘orish
uchun ishlatiladigan suvning mavjudligi, toza havo va hokazolar bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun qulay hudud hisoblanib,
mamlakatimizda jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan meva, uzum va sabzavotlarning ko‘plab
turlari yetishtirib kelinadi. Agar meva-sabzavot va uzum mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
korxonalar bozorning tegishli segmentlarida harakat qilishsa, ularning ishlab chiqargan
mahsulotlari raqobatbardoshligi oshadi. Tahlillarimiz ko‘rsatishicha, meva-sabzavot va uzum
mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini hal etishda yangi bozorlarni topish va
o‘zlashtirish muammosi yil sayin dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan har qanday korxonada bu sohadagi tadqiqot, tahliliy ishlarni olib
borish juda muhim hisoblanadi. Yangi bozorlar mahsulot raqobatbardoshligini va sotish
faoliyatining rentabelligini keskin o‘zgartirishi, shuningdek, mahsulotni yangi bozorga chiqarib,
uning hayot siklini uzaytirishi mumkin
Aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan me’yor bo‘yicha ehtiyoji
Маҳсулот
тури
Бир кишига йиллик
ehtiyoj (kg)
Yillik ehtiyoj (ming
tonna)
Yillik ishlab chiqarish
(2023 yil, ming tonna)
Kartoshka
54.8
4033.3
3143.5
258
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Sabzi
28.2
20266.3
27686.0
Mevalar
91.2
4513.1
3964.0
Uzum
15.9
11423.5
16392.0
Poliz
25.9
16825.1
21344.0
Go’sht
42.0
3301.0
2526.2
Sut
140.0
11203.0
11010.0
Tuxum
121.0
9683.2
7825.0
Chunki ular o‘zlari joylashgan yerdan foydalanish va tarmoqlarning oqilona
uyg‘unlashuvini ta’minlaydi. Ular qayta ishlash korxonalarini o‘z xom ashyo bazasi asosida
rivojlantirish va mavjud mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, shu tariqa aholi zich joylashgan
mintaqalarda muhim ijtimoiy muammolarni hal etishga imkon beradi.
Fikrimizcha, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish uchun quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish lozim: - meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilarga bevosita xizmat
ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi faoliyatini takomillashtirish; - meva-sabzavot
mahsulotlari xalqaro bozorini doimiy o‘rganish va sotish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha
marketing xizmatlarini tashkil etish va bu xizmatlar samaradorligini oshirish; - mintaqaviy meva-
sabzavotlar bozorlarining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha tahlillar o‘tkazish, talab hajmi va
taklif hajmi (alohida mahsulotlar bo‘yicha) hamda bozor kon’yunkturasi koeffitsienti kabi bozorni
o‘rganishda foydalaniladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalanish.
REFERENCES
1.
Supiyevna, B. M. (2024). WAYS OF EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN THE
DEVELOPMENT OF PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN.
Gospodarka i Innowacje., 51, 131-137.
2.
Бозорова, М. С. (2021). Глава 10. Стратегия внедрения цифровых технологий и
современных методов в образовательный процесс. In
Инновационное развитие науки
и образования
(pp. 122-132).
3.
Supiyevna, B. M. (2024). TIZIMIDA BANK FINANCIAL SERVICE NUMBER:
DEVELOPMENT AND OLD TURGAN.
Gospodarka i Innowacje.
,
46
, 379-385.
4.
Supievna, B. M. (2023). MARKETING MANAGEMENT STRATEGY'S IMPORTANCE
AND MODERN CONCEPT.
Gospodarka i Innowacje.
,
42
, 381-386.
5.
Supiyevna, B. M. (2023). TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA PERSONALNI
BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Gospodarka i Innowacje.
,
42
,
409-414.
259
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
6.
Supievna, B. M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING SERVICES
IN THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF BUKHARA
REGION.
7.
Базарова, М. С. (2020). Развитие внимания дошкольников посредством
дидактических игр. In
Исследования молодых ученых
(pp. 37-40).
8.
Supievna, B. M., & Firuza, S. (2023). STRATEGIC WAYS OF IMPLEMENTING
PERSONNEL POLICY IN COMMERCIAL BANKS.
THE THEORY OF RECENT
SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
,
1
(7), 22-25.
9.
Bazarova, M. S., & Khudaiberdiyeva, O. Q. (2022). IMPROVEMENT OF THE
MECHANISM OF INNOVATIVE MANAGEMENT OF FOOD INDUSTRY
ENTERPRISES. In
Современные проблемы социально-экономических систем в
условиях глобализации
(pp. 464-467).
10.
Supiyevna, B. M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS.
Gospodarka i Innowacje.
,
47
, 134-
139.
11.
Nafisa, R. (2024). Formation of a Strategy for Sustainable Development of the National
Economy.
Miasto Przyszłości
,
54
, 764-771.
12.
Rakhmonkulova, N. (2024). Prospects for the Development of the Economy of
Uzbekistan.
JOURNAL OF INTELLECTUAL PRPERTY AND HUMAN RIGHTS
,
3
(10),
37-44.
13.
Nafisa, R. (2024). Defects in Administration in Economic Development.
International
Journal of Formal Education
,
3
(9), 17-24.
14.
қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР
ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ.
" Экономика и туризм"
международный научно-инновационной журнал
,
6
(14).
15.
Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF
THE REGIONAL ECONOMY.
Modern Science and Research
,
2
(12), 301-305.
16.
Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM
KLASTERI
SOHASIDAGI
TADBIRKORLIK
RIVOJIDA
DAVLATNING
O’RNI.
BARQARORLIK
VA
YETAKCHI
TADQIQOTLAR
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
1
(2), 73-76.
17.
Sh, Y. D., & Rakhmankulova, N. O. (2021). Risks in the Process of Digitalization of
Business
Activities.
TA'LIM
VA
RIVOJLANISH
TAHLILI
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
1
(2), 19-22.
260
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
18.
Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ
РАСЧЕТА ПРОДУКЦИИ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ.
IJTIMOIY FANLARDA
INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(2), 12-17.
19.
Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). Innovative approaches to the use of digital
technologies in theeconomy.
BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN
ILMIY JURNALI
,
1
(2), 77-80.
20.
Raxmonqulova, N. O. (2022). THE IMPACT OF THE DIGITAL ECONOMY ON
RESOURCE CONSUMPTION. In
Современные проблемы социально-экономических
систем в условиях глобализации
(pp. 476-480).
