ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
310
HISSIYOTNING SHAXSGA TA'SIRI
Jangabayeva Ozoda Zinatdinovna
Pedagogika psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo'nalishi 2-kurs talabasi.
Dauletova Go'zal Muratbayevna
Pedagogika psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo'nalishi o'qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14452009
Annotatsiya. Inson munosabatlari uning ongida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak
ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik
turmushda ishlatiladi. Ilmiy manbalarda esa bu holat sezgilar, anglanmagan xohishlar, talablar,
maqsadlar kabi atamalardan foydalaniladi.
Kalit so'zlar: hissiyot, reaksiya, kechinma, emotsiya, kechinma, ehtiyoj, g'azab, kayfiyat,
refleks, his-tuyg'u.
THE IMPACT OF EMOTIONS ON THE INDIVIDUAL
Abstract. The reflection of human relationships in his consciousness in the form of feelings,
emotional states, high internal experiences creates emotions. The concept of emotion is used in
everyday life. In scientific sources, this state is described by such terms as sensations, unconscious
desires, demands, goals.
Keywords: emotion, reaction, experience, emotion, experience, need, anger, mood, reflex,
feeling.
ВЛИЯНИЕ ЭМОЦИЙ НА ЧЕЛОВЕКА
Аннотация. Человеческие взаимоотношения отражаются в его сознании в виде
чувств, эмоциональных состояний, высоких внутренних переживаний. Понятие эмоции
используется в повседневной жизни. В научных источниках это состояние используется в
таких терминах, как интуиция, нереализованные желания, требования, цели.
Ключевые слова: чувство, реакция, переживание, эмоция, переживание,
потребность, гнев, настроение, рефлекс, эмоция.
Kirish
Odam tashqi muhildagi turli-tuman narsa va hodisalami idrok qilar ekan, hech vaqt bu
narsalarga batamom befarq bo’lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga
egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan ob'ektlarga subyekt sifatida
qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga
nisbatan ma'lum munosabatda bo’ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya'ni kayfiyatimizni
ko’tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba'zi
bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko’rgisi kelmaydi yoki ayrim
odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi
hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo’ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
311
Kishilar idrok qilayotgan, koTayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o’ylayotgan, orzu
qiladigan narsalarga befarq bo’imaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni
quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g’azab, nafratimizni uyg’otadi. Biz xavf ostida
qolganimizda qo’rquvni his qilamiz, dushman ustidan g'alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish
zavq uyg’otadi.
Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy
tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot - kishining o’z hayotida nimalar
yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan
o’zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M.Vohidovning "Bolalar psixologiyasi"
o’quv qo’llanmasida hissiyot deb - tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo’lgan ichki
kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda
hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o’z-o’ziga bo’lgan
munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat.
Professor E.G’oziev muallifligidagi "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot- odamda,
tirik mavjudotlar miyasida, ya'ni shaxslaming ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi
ob’ektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo’llanilladigan. Yuqoridagi
ta'riflardan ko’rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg’ularimizning o’ziga xos aks ettirish jarayoni
bo’lib, bunda narsa va hodisalami aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmaiar va
munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o’z- o’zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi
narsa va hodisalaming ta’siri bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. [1]
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi va mahsuli
boMib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga asosiy sabab tabiatda va jamiyatda
sodir bo'layotgan o'zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlardir. O'zgarishlar birinchidan,
shaxs hayoti va faoliyatining jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim
ehtiyojiarning paydo bo'lishi yoki yo'qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional
holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. Shartsiz va shartli reflekslar his-tuyg‘ular uchun eng
xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh
miya katta yarimshari po'stlog‘ida yuzaga keladi, mustahkamlanadi.
Murakkab shartsiz reflekslar: 1) yarim sharlarning po‘stloqosti bo‘shliqlari; 2)miya
stvolining ko‘rish do'ngliklari 3) nerv qo'zgaIishlarini miyaning yuqori bo'limlaridan vegetativ
tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-tuyg'larning kechishi
hamisha miya po‘stlog'i bilan po‘stloqosti markazlarining birgalikdagi faoliyati natijasida
ro'yobga chiqadi. [2]
J.Reykovski hissiyotni tartibga solish akti sifatida belgilaydi va o'zini o'zi ajratadigan
subyektiv ruhiy hodisa sifatida tushuntiradi. His-tuyg'ularning subyektiv tomoni, uning nuqtai
nazariga ko'ra, faqat introspektiv tarzda ochib berilishi mumkin. Shuning uchun, J. Reykovski
nazarda tutadiki, hissiy jarayonlarni fakt sifatida emas, balki nazariy tuzilish sifatida kuzatish
imkoniyati mavjud. A.N. Leontyev buni hissiyot jarayonlari ichki tartibga solish jarayonlarining
keng sinfini o'z ichiga oladigan faoliyati va ularga muvofiq faoliyatni tartibga sola olishi bashorat
qilinadigan holatlar ekanligini yozadi. Uning fikricha, tajriba faqat his-tuyg'u bilan yuzaga keladi,
lekin uning yagona mazmuni emas. Oddiy hissiy jarayonlar organik, motorli va sekretor
o'zgarishlar bilan ifodalangan (tug'ma reaktsiyalar).[3]
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
312
Xulosa
Hissiyotlar insonning ruhiy holatini va qaror qabul qilish jarayonlarini bevosita ta'sir etadi.
Ular bizning ijtimoiy munosabatlarimiz, stressga nisbatan chidamliligimiz va umumiy
farovonligimizni shakllantiradi. Salbiy hissiyotlar, masalan, xavotir va g'azab, shaxsning
psixologik holatiga zarar yetkazishi mumkin, bu esa uning qarorlarida va xatti-harakatlarida
noaniqlik keltirishi mumkin. Aksincha, ijobiy hissiyotlar, masalan, baxt va xursandchilik,
motivatsiyani oshiradi va hayotga bo'lgan yondashuvni yaxshilaydi. Shuning uchun, hissiyotlarni
to'g'ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish shaxsiy o'sish va muvaffaqiyatga erishishda
muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
1.
Go’zal D., Gulsevar J. OILADA O’SMIRLAR TARBIYASI //THEORY AND
ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 19. – С. 41-44.
2.
Dauletova
G.
M.
MOSLASHISHNING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
SIFATLARI
//Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 37-40.
3.
Go’zal D. O.’SMIRLAR ORGANIZMIDA RO’Y BERADIGAN O’ZGARISHLAR //THE
THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY. –
2023. – Т. 1. – №. 6. – С. 50-55.
4.
Muratbayevna, Dauletova Gozal, and Madaminova Nargiza Qurbanbayevna. "BOLANING
RIVOJLANISH DAVRI PSIXOLOGIYASI." Scientific Impulse 1.1 (2022): 33-35.
5.
Dauletova, G. M. "Personality development in adolescence." Science and Education in
Karakalpakstan 114 (2023).
6.
Даулетова, Г. (2023). ЎСМИРЛИК ЁШИДА ШАХСНИНГ РИВОЖЛАНИШИ. Журнал
«Вестник физической культуры и спорта» Нукусского филиала Узбекского
государственного университета физической культуры и спорта, 1(1), 102–105.
извлечено от https://science.uzdjtsunf.uz/index.php/science/article/view/194
7.
Dauletova, G. M. "O’SMIRLIK YOSHDAGI PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR."
ХАБАРШЫСЫ 3 (2022): 81.
