ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
313
NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNI XALQARO HUQUQIY TARTIBGA
SOLISH
Turobov Asilbek Shomirzayevich
Toshkent davlat transport universiteti
Yurisprudensiya yo‘nalishi 4 -kurs talabasi
Tel: +998 90 096 19 69. el.pochta:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14452348
Annotatsiya. Maqolada nogironlar va nogiron bolalarni itimoiy-psixologik reabilitatsiya
qilish ularning xalqaro huquqdagi himoyasi bosgichlari tahlil qilingan. Xalqaro huquqiy
jamiyatning nogironlarga bo’lgan e’tibori va nogironlarni huquqiy jihatdan olib borilayotgan
ishlar atroflicha o’rganilgan. Nogironlarning xalqaro doiradagi huquqlarini to’laqonli himoya
qilish va ularga sharoitlar yaratib berish ko’rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: Nogironlar, ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya, psixologik tashhis, xalqaro
huquqiy himoya.
INTERNATIONAL LEGAL REGULATION OF SOCIAL PROTECTION OF PEOPLE
WITH DISABILITIES
Abstract. The article analyzes the socio-psychological rehabilitation of people with
disabilities and children with disabilities, the foundations of their protection in international law.
The attention of the international legal community to people with disabilities and the work
carried out in the legal sphere of people with disabilities are studied in detail. The full protection
of the rights of people with disabilities in the international framework and the creation of
conditions for them are considered.
Keywords. People with disabilities, socio-psychological rehabilitation, psychological
diagnosis, international legal protection.
МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ
ИНВАЛИДОВ
Аннотация. В статье анализируются социально-психологическая реабилитация
инвалидов и детей с ограниченными возможностями, а также их защита по
международному праву. Внимание международного юридического сообщества к
инвалидам и юридические вопросы инвалидов тщательно изучены. Рассмотрены вопросы
полной защиты прав инвалидов в международных рамках и создания для них условий.
Ключевые
слова:
Инвалиды,
социально-психологическая
реабилитация,
психологическая диагностика, международно-правовая защита.
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni xalqaro huquqiy tartibga solish, global miqyosda
nogironlar huquqlarini himoya qilish va ularga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida ko'plab
xalqaro shartnomalar va tashabbuslar mavjud. Nogironlarning xalqaro huquqi" deganda,
nogironlar huquqlarini himoya qilishga yo'naltirilgan xalqaro huquq normalari va konvensiyalar
tushuniladi. Xalqaro huquq nogironlarning asosiy huquqlarini ta'minlash va ularga teng
imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator standartlar va me'yorlarni ishlab chiqqan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
314
Yurtimizda ham nogironligi bo'lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni
jamiyatimizning to'lagonli a'zosi ekanliklarini ifoda etish maqsadida turli tadbir va islohotlar
doimiy amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2017-yil 1-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
tomonidan "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonning imzolanishi Davlatimiz tomonidan
kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosati olib borilayotganining yaqgol isbotidir. Ammo har
sohada bo'lgani kabi nogironligi bo'lgan shaxslarning muammolarini hal gilishda, xususan bolalar
ta'limida bir gator kamchiliklar mavjud. Mazkur kamchiliklar borasida O’zbekiston Respublikasi
Birinchi xonimi-"Zamin" fondi Vasilik Kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon bolalar
kuniga bag'ishlangan xalgaro forumda so’zlagan nutqida " nogironligi bo'lgan bolalar ta'limi
masalasi hanuzgacha juda achinarli ahvolda qolmoqda. Bugun fursatdan foydalanib, ushbu
bolalarga ham boshqa bolalar kabi keng imkoniyat va sharoit yaratish, ularning huquglarini
ta'minlash o'ta muhim masala ekanini ta'kidlamoqchiman. Va nafaqat davlat idorasi mutasaddilari,
balki butun jamoatchilikni mazkur masalaga jiddiy mas'uliyat bilan qarashga chaqirib golaman
Chunki har bir bolaning o’zligi bor. Bolalar har hil bo'lgani bilan ularing huquqlari teng
bo'lishi lozim" - deya, ta'kidladi. Chindan ham nogironligi bo'lgan bolalaring jamiyatimizdan ayri
bo'lmay ulg’ayishida ta'lim tizimida islohotlar, keng jamoatchilikning e'tibori va ko'magi zarurdir.
Ma’lumki, imkoniyati cheklangan bolalar, asosan, maktab-internatlarda tarbiyalanadi,
maxsus ta'lim oladi, oz imkoniyatlari darajasida ijodiy-texnik mehnat bilan shug'ullanadi. Ayni
paytda ular qo'shimcha ta'lim bilan ham shug'ullanadilarki, bu esa ularning sog’lig’i,
psixodinamikasiga, ilm olishiga ta'sir ko'rsatadi
Zamonaviy sharoitda inklyuziv ta’lim barcha bolalar uchun istiqbolli ta’lim shaklidir,
chunki inklyuziv ta’lim jarayoni har bir bolaning ta’lim ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim
faoliyatini yetarli darajada tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, o‘quvchilarni
ijtimoiylashuv imkoniyatlari, ularning jamiyat bilan aloqa qilish usullari sezilarli darajada
kengayadi, har bir bolani jamiyatga qo‘shish uchun zarur shart-sharoitlar shakllantiriladi.
1
Ta’lim olish huquqi insonning eng muhim ijtimoiy-madaniy huquqidir, chunki ta’lim inson
taraqqiyotiga eng katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy hayot sohasidir.
Hozirgi vaqtda nogironlarning ta’lim olish huquqini amalga oshirish imkoniyatlari
huquqiy, tashkiliy, texnik, moliyaviy va ijtimoiy xarakterdagi barcha muammolar mavjudligi bilan
bog’liq.
2
Ko‘plab yillar davomida inklyuziv ta’limning global maqsadi - uning asosini inklyuziv
madaniyat tashkil etgan chinakam gumanistik jamiyat sifatida inklyuziv jamiyatni yaratishga hissa
qo‘shadigan inklyuziyaning nazariy asoslarini amaliy tatbiq etishning samarali strategiyasini
topish muammolari ko‘plab xorijiy ilmiy va pedagogik munozaralar bo‘lib kelgan.
1
Bruner J. S. Personality dynamics and the process of perceiving. In: R. R. Blake & G. V.
2
Пиаже Ж. Речь и мышление ребенка. — Педагогика - Пресс, 1999. — С. 173.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
315
Hozirgi kunga qadar samarali xalqaro hamkorlik va o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy
faoliyati natijasida inklyuziv ta’limni insoniyatning global rivojlanishining muhim bosqichi
sifatida amalga oshirishda umumiy samarali yo‘nalishlar ishlab chiqilgan.
3
Dunyo mamlakatlarida nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni
tarbiyalash, ularning jamiyatda o‘ziga munosib o‘rinni egallashlariga ko‘maklashish masalasiga
alohida e’tibor qaratiladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g’risida”gi
Konvensiyasi,
4
“Ta’lim hamma uchun” reja-dasturi to‘g’risidagi Dakar deklaratsiyasi va boshqa
xalqaro miqyosda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy maqsadi nogiron bolalarni
himoyalashga qaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayoniga inklyuziv yondashuvni samarali joriy etish ham
shular jumlasidandir. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish umumiy o‘qitish tizimi bilan
inklyuziv ta’limni integratsiyalash, o‘quv-tarbiya jarayonini optimallashtirishda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Inklyuziv ta’limni o‘rganish pedagogika fanida yangi, eng dolzarb muammolardan
hisoblanadi. Muammoga doir tadqiqot ishlarini o‘rganish, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida
ma’lum bo‘ldiki, imkoniyati cheklangan yoshlarning tarbiyaviy muhiti hamma vaqt yaxshi,
mo‘tadil bo‘lishi, hamisha alohida e’tiborda tutilishi, kattalarning nazaridan chetda qolmasligi
lozim.
Umumjahon miqyosida alohida e’tiborga muhtoj bolalarning ruhiy holatini inobatga olgan
holda psixologik korreksiyalash metodlari, oila, jamoa va guruhlarda insonparvarlik
munosabatlarini shakllantirish, texnologik ko‘maklashuvchi vositalar imkoniyatlarini oshirish
borasida samarali ilmiy, ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Umumiy
o‘qitish tizimida inklyuziv ta’limning pedagogik psixologik jihatlari, nogironligi bo‘lgan
bolalarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish, ularning huquqiy tengligi sharoitini yaratish, jamiyat
a’zosi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga oid muammolar bu izlanishlarning asosini tashkil etib,
ular nogiron bolalarning individual xususiyatlari va adaptiv imkoniyatlarini inobatga olish,
ijtimoiy moslashuvini texnologik ta’minlash hamda qo‘llab-quvvatlash, o‘quv-tarbiya jarayonini
tashkil etishning pedagogik tizimini takomillashtirishda alohida o‘rin egallamoqda.
Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, xorijiy mamlakatlarning inklyuziv ta’limni
omalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni nogiron bolalarga nisbatan jamiyat
mafkurasining o‘zgarishi, ularning ta’lim masalalariga e’tiborning kuchayishi va rivojlanish
darajasini bilan bog’liq.
5
Inklyuzivlik mafkurasi, bir tomondan, insonlar xilma-xilligi va odamlar o‘rtasidagi
farqlarning qadr-qimmatini anglash natijasida shakllangan. Boshqa tomondan, inklyuziya
konsepsiyasi mazmunining ta’rifiga "individual model" deb belgilangan oldingi yondashuvdan
farqli o‘laroq, inklyuziyaning "ijtimoiy modeli" deb nomlangan toifali apparat sezilarli ta’sir
ko‘rsatdi.
3
Холл С. История одной кучи песку // Холл С. Очерки по изучению ребенка. - Б. м.:
Пучина, 1925. С.125–141.
4
Wallon, H. (1957/1968). La mentalite ́primitive et la raison dans l’oeuvre de Le ́vy-Bruhl.
Enfance,21, 111–117
5
Bühler, Karl, Psychologe, * Meckesheim (Rhein-Neckar-Kreis) 27. 5. 1879, † Los Angeles
(Kalifornien) 24. 10. 1963
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
316
Inklyuzivlik har bir insonning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lib,
jismoniy salomatlik bilan bog’liq mumkin bo‘lgan cheklovlardan qat’i nazar, potensialni ochishga
yordam beradi. Inklyuziv ta’lim (Inclusif- shu jumladan, Include - men xulosa qilaman, o‘z ichiga
oladi, jalb qilaman) ta’lim tizimini modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi, bu nogironlar
jamiyatdagi faol faoliyatga jalb qilinishi mumkin va bo‘lishi kerak degan tushunchaga
asoslanadi.
6
Inklyuzivlik siyosati har qanday boshqa shaxsning (boshqa irq, din, madaniyat,
nogiron)jamiyatga jalb etilishini ta’minlaydigan jamiyat va ijtimoiy institutlarni o‘zgartirish
zarurligini e’lon qiladi. Shu bilan birga, institutlarning bunday o‘zgarishi jamiyatning har bir
a’zosining (shu jumladan alohida ehtiyojli shaxslarning) ehtiyojlarini qondirishga, ularning
huquqlari tengligini ta’minlashga va hokazolarga yordam beradi deb taxmin qilinadi.
7
Chunonchi, har yili "3-dekabr - Xalgaro nogironlar kuni" respublika bo'ylab turli
bayramona dasturlar, konsert tomoshalar, anjumanlar, hayriya ishlari kabi tadbirlar orgali keng
nishonlanishi nafaqat davlat siyosati, balki odamiylik mulkidashox-sulton sanalgan xalqimizning
azaliy qadriyatlarimizga sodiqligi ifodasidir. Azal-azaldan mehr-oqibatli millat sifatida yigilganni
suyash, ko'makka muhtojlarga yordam qo'lini cho'zish, birdamlik insoniy burch deb bilgan ulug'
fazilatli xalqmiz. Qonimizga, jonimizga singib ketgan xalqimizga xos bag'ri kenglik,
mehribonlikdan beixtiyor faxr-iftixor tuyasan kishi. Binobarin, mehrni hamma narsadan ustun
qo'ygani bois, o’zbek nomi, millat sha'ni yuksalib kelayotir.
Bunday me'yorlar, odatda, nogironlarga nisbatan diskriminatsiyani kamaytirish, ularning
huquqlarini hurmat qilish va ularni jamiyatda to'liq ishtirok etishga imkon berish uchun
mo'ljallangan. Bularning eng muhimlari quyidagilar:
BMT 2006-yilda
Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya
ni (CRPD) qabul qildi.
Ushbu konvensiya nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni va ularning huquqlarini
ta'minlashni maqsad qilgan. Unga ko'ra, davlatlar nogironlarni teng huquqli va ijtimoiy jihatdan
faollashgan a'zolar sifatida tan olishlari, ularga ta'lim, sog'liqni saqlash, ish bilan ta'minlash, va
boshqa asosiy huquqlarni taqdim etishlari lozim.
Nogironlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasi (2006)
. Ushbu konvensiya
nogironlarga qarshi diskriminatsiyani bartaraf etishga va ularga imkoniyatlarni tenglashtirishga
qaratilgan. Unga ko'ra, davlatlar nogironlarni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotda faol
ishtirok etish uchun zarur sharoitlar yaratishlari kerak. Konvensiya nogironlarning erkinligini,
mustaqilligini, hamda jamiyatda faol ishtirok etish imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan.
BMT Inson Huquqlari Kengashi.
BMT Inson huquqlari Kengashi ham nogironlar
huquqlarini himoya qilishga e'tibor qaratadi. Kengash, mamlakatlar o'rtasida nogironlarga nisbatan
huquqiy me'yorlarning amalga oshirilishini nazorat qilish, ularning huquqlarini ta'minlash bo'yicha
davlatlar o'rtasida maslahatlashuvlarni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi.
Iqtisodiy va Ijtimoiy Huquqlar To'g'risidagi Xalqaro Pakti. 1966-yilgi Iqtisodiy,
Ijtimoiy va Madaniy Huquqlar To'g'risidagi Xalqaro Pakti
(ICESCR) nogironlar huquqlarini
ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan barcha huquqiy asoslarni yaratadi.
6
G’oziyeva Sh.B
Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI 2-bosqich tayanch doktoranti
7
Renzaglia, A. The impact of teacher education on the beliefs, attitudes, and dispositions of preservice special
educators / A. Renzaglia // Teacher Education and Special Education. - 1997. - Vol. 20. - P. 360-377.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
317
Paktga qo'shilgan davlatlar, o'z hududlarida nogironlar uchun ijtimoiy himoya tizimlarini
kuchaytirish majburiyatini oladilar.
Milliy va Mahalliy Huquqiy Mexanizmlar.
Ko'plab davlatlar xalqaro standartlarga mos
ravishda milliy qonun va siyosatlarni ishlab chiqishadi. Misol uchun, ayrim davlatlarda nogironlar
uchun maxsus ta'lim, ish bilan ta'minlash va sog'liqni saqlash tizimlari mavjud bo'lib, ular
davlatning ichki qonunlari va xalqaro majburiyatlariga asoslanadi.
Nogironlar uchun ijtimoiy himoya tizimlari
: Moliya yordam: Nogironlarga jamiyatda
teng imkoniyatlar yaratish uchun moliyaviy yordamlar taqdim etiladi. Tibbiy va psixologik
yordam: Nogironlarning sog'lig'ini saqlash va qayta tiklash uchun zarur tibbiy yordamlar taqdim
etiladi. Ta'lim va ish bilan ta'minlash: Nogironlar uchun maxsus ta'lim dasturlari va kasb-hunar
ta'limlari, shuningdek, ish bilan ta'minlash dasturlari ishlab chiqiladi.
Nogironlar uchun teng imkoniyatlar yaratish.
Xalqaro huquq, shuningdek, nogironlarni
jamiyat hayotining barcha sohalarida teng imkoniyatlarga ega qilishga qaratilgan.
Bunga arxitektura, transport, axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridagi
infratuzilmani nogironlar uchun moslashtirish hamda ular uchun qo'shimcha resurslar taqdim etish
kiradi.
Xulosa:
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni xalqaro huquqiy tartibga solish, ularning
huquqlarini ta'minlash va jamiyatda teng imkoniyatlarga ega bo'lishlarini ta'minlash uchun muhim
huquqiy vositalardan biridir. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan
shartnomalar va dasturlar nogironlarning huquqlarini himoya qilishda asosiy rol o'ynaydi.
Davlatlar esa bu huquqlarni amalda qo'llab-quvvatlash orqali nogironlarni jamiyatda teng
va faol ishtirokchi bo'lishini ta'minlashlari zarur. Men ushbu maqolada nogironlarnong huquqini
yanada himoya qilish uchun ularning ro’yxati, ijtimoiy himoyasini ta’minlashda psixologik
jarayonini sinchkovlik va tizimni yanada takomillashtirish ustida ishlashni taklif etaman. Har bir
alohida etibor qilinadigan shaxs bilan individual ishlash ularning xalqaro huquqda huquqlarini
yanada e’tirof etishni taklif qilaman.
REFERENCES
1.
2.
Shavkat Mirziyoev O’zbekiston xalqiga 3 dekabr - Xalkaro nogironlar kuni munosabati bilan
murojaat yulladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati evlonidan. http://club-
edu.tambov.ru/methodic/fio/p4.doc - Ivanova O.G., Orlov B.B.,Radchenko I.M., Saburova
A.V. Podgotovka multimediynыx materialov
3.
Sozdanie multimediynыx prezentatsiy. Uchebno-metodicheskoe posobie (doc-fayl). Tambov
2002 g.
4.
Jurayeva, S. (2020). Maxsus ta'lim jarayonida pedagogi texnologiy alarning samaradorligi.
Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.
5.
Nabiyeva, G. A. (2021). Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari. Scientific
progress, 1
