Authors

  • Gulandom Norbutayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.53936

Keywords:

Samarqand turizm madaniyat xorijiy sayyoh tarixiy ob’ektlar mehmondo`stlik YUNESKO iqtisodiyot ziyorat.

Abstract

Bugungi kunda Samarqand respublikadagi yirik shahar sifatida nafaqat ichki, balki, tashqi turizm sohasida ham muhim o`rin tutadi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan ijtimoiy-madaniy hayotni isloh qilish jarayonida moddiy madaniyatning muhim bo’g’imlaridan biri bo’lgan shaharsozlikka alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Samarqanddagi bunyodkorlik ishlari jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, Samarqand "Jahon madaniy turizm poytaxti" deb e’lon qilindi. Ushbu maqolada Samarqandda turizm sohasining rivojlanish tarixi va ushbu sohani yanada yuksaltirishning ahamiyati haqida so`z yuritiladi.

background image

298

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

SAMARQANDNING "JAHON MADANIY TURIZM POYTAXTI" SIFATIDA E’TIROF

ETILISHI

Norbutayeva Gulandom

SamDU magistranti.

Gmail:

gulandonnorbotayeva3@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14406431

Annotatsiya.

Bugungi kunda Samarqand respublikadagi yirik shahar sifatida nafaqat

ichki, balki, tashqi turizm sohasida ham muhim o`rin tutadi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda

amalga oshirilgan ijtimoiy-madaniy hayotni isloh qilish jarayonida moddiy madaniyatning muhim

bo’g’imlaridan biri bo’lgan shaharsozlikka alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Samarqanddagi

bunyodkorlik ishlari jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, Samarqand "Jahon madaniy turizm

poytaxti" deb e’lon qilindi. Ushbu maqolada Samarqandda turizm sohasining rivojlanish tarixi va

ushbu sohani yanada yuksaltirishning ahamiyati haqida so`z yuritiladi.

Kalit so’zlar

: Samarqand, turizm, madaniyat, xorijiy sayyoh, tarixiy ob’ektlar,

mehmondo`stlik, YUNESKO, iqtisodiyot, ziyorat.

ПРИЗНАНИЕ САМАРКАНДА В КАЧЕСТВЕ "МИРОВОЙ СТОЛИЦЫ

КУЛЬТУРНОГО ТУРИЗМА"

Аннотация.

Сегодня Самарканд, как крупный город республики, занимает важное

место не только во внутреннем, но и в международном туризме. В процессе

реформирования социально-культурной жизни, осуществленного в Узбекистане за годы

независимости, особое внимание было уделено градостроительству, являющемуся одним

из важнейших компонентов материальной культуры. В частности, созидательная

деятельность в Самарканде была признана мировым сообществом, и город был

провозглашен "Мировой столицей культурного туризма." В данной статье

рассматривается история развития туристической отрасли в Самарканде и

подчеркивается важность дальнейшего развития этой сферы.

Ключевые слова:

Самарканд, туризм, культура, иностранные туристы,

исторические объекты, гостеприимство, ЮНЕСКО, экономика, паломничество.

RECOGNITION OF SAMARKAND AS THE "WORLD CAPITAL OF CULTURAL

TOURISM"

Abstract.

Today, Samarkand, as a major city in the republic, plays a significant role not

only in domestic tourism but also in international tourism. During the years of independence, as

part of the process of reforming the socio-cultural life in Uzbekistan, special attention was paid to

urban planning, which is one of the crucial components of material culture. Notably, the

development work in Samarkand has been recognized by the global community, leading to


background image

299

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Samarkand being declared the "World Capital of Cultural Tourism." This article discusses the

history of tourism development in Samarkand and the importance of further advancing this sector.

Key words:

Samarkand, tourism, culture, foreign tourists, historical sites, hospitality,

UNESCO, economy, pilgrimage.

KIRISH

Bugungi kunda turizm sohasining rivojlanishi va uni iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan

biriga aylantirish mamlakatning iqtisodiy o`sishini taʼminlash va jahon hamjamiyatidagi nufuzini

oshirishdagi ahamiyati bilan bog`liq. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “2022-2026-

yillarda Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da ziyorat turizm sohasini rivojlantirishning

ustuvor maqsadlaridan biri sifatida - «O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling» dasturi doirasida

mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish, Respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy

turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish vazifasi qo`yilgan.

Bundan tashqari, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlashning

hozirgi sharoitlarida ziyorat turizm sohasining investitsion jozibadorligini oshirish, davlat va

xususiy biznesning sheriklik mexanizmidan foydalangan holda ziyorat turizm samaradorligini

oshirishda turistik klasterlash usulidan foydalanish yo`llari qoʼllab-quvvatlash muhim ahamiyat

kasb etmoqda.[1]

Samarqand shahri o`zining navqironligi tabiatining musofoligi qolaversa, butun dunyoga

ma’lum va mashhur bo`lgan me’moriy yodgorliklari bilan ham dovrug` qozongan desak,

mubolag`a bo`lmaydi. “The Haffington post” nashri tomonidan Samarqand shahri jahondagi inson

oʻz umri davomida albatta borib koʻrishi shart boʻlgan 50 ta shaharlardan biri deb eʼlon qilinishi,

koʻplab xorijiy turistlarni yanada jalb etish imkonini yaratadi. Mamlakatimizning sayyohlik

salohiyati jahonning turizm rivojlangan davlatlaridan kam emas. Ya’ni, bizda borib ko‘rish,

ziyorat qilish, zavq olish mumkin bo‘lgan turistik obyektlar ko‘p. Samarqand, Buxoro, Xiva,

Shahrisabz, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimizdan tashqari, mamlakatimizning boshqa istalgan

hududida ekologik turizm, agroturizm, ziyorat turizmi, gastronomik turizm va boshqa

yo’nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlari bor.

ADABIYOTLAR TAHLILI

2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining 22-

sammiti va 2023 yilda Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga

mezbonlik qilish uchun aynan Samarqand shahrining tanlangani bejiz emas. Ming yillar davomida

ushbu shahar ilm-fan va taʼlim, savdo va innovatsiyalar markazi bo‘lib kelgan. 1993 yilda

Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan

YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.


background image

300

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Mashhur arab sayyohi Ibn Battuta oʻzining “Sayohatnoma asarida “Dunyoda Samarqand

kabi havosi musaffo, osmoni moviy, zamini koʻm-koʻk, suvi zilol, aholisi goʻzal xulqli va xorijdan

kelgan insonlarga muhabbat va doʻstona munosabat qiladigan jannatmonand shaharni koʻrmadim”

[2] deya taʼrif etadi.Samarqandning turistik obyektlari Yevropa xalqlari doimiy ravishda qiziqtirib

kelgan. Mustaqilikka erishgan vaqtimizdan to hozirgi kunga qadar ko’plab xorijiy turistlar

O’zbekistonga xususan, Samarqand viloyatiga tashrif buyurganligini ko’rishimiz mumkin.

Samarqandda turizm sohasida olib borilayotgan ishlar, sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlar,

yangi xizmatlar joriy etilganini dunyo mamlakatlariga ma’lum qilish, xorijdagi sayyohlik firma va

kompaniyalari bilan hamkorlik o’rnatish ham soha taraqqiyoti uchun muhim omil sanaladi. Shu

sababli Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari,

viloyat turizmni rivojlantirish departamenti mas’ul xodimlari bilan birgalikda viloyatdagi turistik

kompaniyalar vakillari turli mamlakatlarda o’tkazilayotgan xalqaro ko’rgazma va yarmarkalarda

faol ishtirok etmoqda. Jumladan,2019-yili yil Ispaniyada «FITUR-2019», Turkiyadagi

«EMITT2019», Rossiyadagi «MITT-2019», Germaniyadagi «ITB BERLIN-2019», Latviyadagi

«Balttour2019», Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Arabian tarvel market» kabi xalqaro turistik

ko’rgazmalarida Samarqandning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlari haqida taqdimotlar

o’tkazildi.

2023 yilning 16-oktabr kuni BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh

Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida Samarqand shahriga «Jahon madaniy turizm

poytaxti» maqomini berish to’g’risida deklaratsiya qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, BMT Butunjahon turizm

tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili hamda O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-

muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ishtirokida muhim hujjat

imzolandi.

UNWTOning yubiley sessiyasi ochilish marosimida nutq so’zlagan Shavkat Mirziyoyev

Samarqandga «Jahon madaniyati poytaxti» maqomini berish tashabbusini bildirdi va tadbirda

qatnashayotgan xorijiy delegatlarni deklaratsiya imzolanishini qo’llab-quvvatlashga chaqirdi:

- Tashkilot yubiley yig’ilishining Buyuk Ipak yo’li gavhari, Yangi O’zbekistonning yirik

sayyohlik markazi bo’lmish qadimiy Samarqandda o’tkazilishi chuqur ramziy ma’noga ega. Sharq

Uyg’onish davrining ikki buyuk davri rivojiga ulkan hissa qo’shgan Samarqand bugun dunyoning

zamonaviy sayyohlik markazlaridan biriga aylanib bormoqda.

Samarqandni «Jahon madaniy turizm poytaxti» deb e’lon qilish va tegishli deklaratsiyani

qabul qilish haqidagi tashabbusimizni qo’llab-quvvatlaysiz, degan umiddaman.


background image

301

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu yuksak maqom ko’p asrlar davomida o’zining betakrorligi va bebaho merosini asrab-

avaylab kelayotgan, bag’rikengligi va mehmondo’stligi bilan keng tanilgan Samarqandning jahon

miqyosidagi shuhratini e’tirof etadi».

Ta’kidlash joizki, Samarqandga faxriy maqomning berilishi xalqaro hamjamiyat

tomonidan tarixiy shaharning muhim madaniy turizm markazi sifatida e’tirof etilishini anglatadi.

Ma’lumot uchun, shaharda turizm infratuzilmasini yaxshilash borasida 1 milliard dollardan

ortiq investitsiyalar ajratilgan. Keng ko’lamli tadbirlar o’tkaziladigan joy - «Silk Road

Samarkand» xalqaro turizm markazi ushbu investitsiyalarning yirik loyihalaridan biri

hisoblanadi.[3]

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu ilmiy tadqiqot Samarqandga «Jahon madaniy turizm poytaxti» maqomining

berilishi va tarixiy shaharning muhim madaniy turizm markazi sifatida e’tirof etilishining tarixiy

evolyutsiyasiga bag`ishlangan. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, abstrakt-mantiqiy fikrlash,

taqqoslash, omilli tahlil va qiyosiy tahlil etish usullaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

2010-2020 yillar davomida O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan sayyohlar soni

dinamikasini tahlil etadigan bo’lsak, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar

natijasida O’zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlarning soni 2020-yil mart oyigacha

(pandemiya sababli chegaralarning to’liq yopilguniga qadar) sezilarli darajada oshganligini

kuzatishimiz mumkin. 2017-yilda 2690,0 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo’lib, 2016-yilga

nisbatan 24,7% o‘sgan. Keyingi yillarda ham mutanosib o‘sish kuzatilgan, xususan 2018-yilda

6433,0 ming, 2019-yilda 8278,0 ming xorijiy sayyohlar tashrif buyurib, ularning 92,5% MDH

davlatlaridan hamda 7,5% uzoq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan. [4]

Taʼkidlash lozimki, 2018-yilda (pandemiyaga qadar) mamlakatimizga tashrif buyurgan

sayyohlar oqimini o‘sishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatgan muhim omillardan biri bu turizm salohiyatini

rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy choratadbirlar yani

viza rejimi va mamlakatda qolish qoidalarining soddalashtirilganligi bo‘ldi. Jumladan, dunyoning

90 ta mamlakat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz, 48 ta mamlakat fuqarolari uchun

tranzit sayyoh bo‘lgan holda 5 kunlik muddatga1 va 16 yoshga toʻlmagan xorijiy fuqarolarning

Oʻzbekiston Respublikasiga 90 kunlik muddatga vizasiz kirishiga2 ruxsat berildi. [5]

Shu bilan birga, sayyohlarga viza olishda qulaylik yaratish maqsadida 2018-yil 15-iyuldan

boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirildi. 2021-yil 15-mart holatiga koʻra,

elektron viza olish mumkin boʻlgan mamlakatlarning umumiy soni 57 tani tashkil qildi. Shuni

alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda COVID19 pandemiyasi oqibatlariga qaramasdan AQSH

“Forbes» moliyaviyiqtisodiy jurnali O’zbekistonni 2022-yilda sayohat qilish uchun 50 ta eng


background image

302

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

yaxshi manzil qatoriga kiritgan. Ushbu ro’yxatni shakllantirishda asosan davlatlarning sayyohlarni

qabul qilish jarayoniga siyosiy nuqtai nazardan berilgan e’tibor, ya’ni pandemiyaga

moslashuvchanlik (chegaralarning ochiqligi) hamda xavfsiz sayohat qilish imkoniyatlariga e’tibor

berilgan.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomondan taqdim etilgan

ma’lumotlarga ko’ra, 2020-yil 1-yanvar holatida respublikada sayyohlik faoliyati bilan

shug’ullanadigan firma va tashkilotlar soni 517 tani tashkil etdi, ularning eng katta ulushi Toshkent

shahriga (64.2%) va Samarqand viloyatiga (13.2%) to’g’ri keladi. Samarqand viloyatida sayyohlik

faoliyati bilan shug’ullanadigan 68 ta firma va tashkilotlar, bir vaqtning o’zida 6100 nafar

mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega 138 ta mehmonxona hamda 93 ta mehmon uyi faoliyat

ko’rsatmoqda. Bundan 820 nafar mehmonga bir vaqtning o’zida aynan 93 ta mehmon uyi sifatli

faoliyat ko’rsatmoqda.

Samarqand viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi rahbari Dilshod Narziqulovning

ma’lumotlariga ko‘ra viloyatda 2019-2021-yillar davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

kredit liniyasi orqali turizm infratuzilma obyektlarini rivojlantirish maqsadida 74 ta loyihani

qamrab olgan 1311,8 milliard soʻmlik 44 ta manzilli dastur ishlab chiqilgan. Asosiy maqsad

sayyohlar oqimini koʻpaytirish, sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlar, yangi xizmatlar joriy

etilganini dunyo mamlakatlariga ma’lum qilish, xorijdagi sayyohlik firma va kompaniyalari bilan

hamkorlik o‘rnatish, xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish hamda turli yirik xalqaro tadbirlarni

oʻtkazish uchun hududning har tomonlama tayyorgarligini ta’minlash. Shu sababli Samarqand

viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat turizmni

rivojlantirish departamenti mas’ul xodimlari va viloyatdagi turistik kompaniyalar vakillari turli

mamlakatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, 2019-yilda Ispaniyada “FITUR 2019”, Turkiyadagi “EMITT2019”,

Rossiyadagi “MITT2019”, Germaniyadagi “ITB BERLIN2019”, Latviyadagi “Balttour2019”,

Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Arabian tarvel market” xalqaro turistik ko‘rgazmalarida

Samarqandning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek,

xorijiy davlatlarning telekanallari ijodkorlari Samarqandga kelib, maxsus ko‘rsatuvlar tayyorladi.

[6]

XULOSA

Zamonaviy davrda jahon iqtisodiyotidagi turizm sanoati haqli ravishda yetakchi

o‘rinlardan birini egallaydi. Bu asosan global siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, madaniy,

ekologik o‘zgarishlar bilan bog'liq. Yangi asr, BMT tahliliga ko‘ra, "turizm asri" deb e'lon qilindi,

ya'ni turizm butun dunyo hamjamiyati iqtisodiyotining hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda,

uning milliardlab aholisi har yili sayohatga chiqmoqda. [7]


background image

303

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish sohasi katta rol

o‘ynaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda inson va uning manfaatlari

birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, barcha xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyati

fuqarolarga munosib hayot tarzini yaratib berishga qaratilgan. Shaharda iqtisodiy faoliyat turlari

bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar, aloqa va axborotlashtirish, kompyuterlarni dasturlashtirish

xizmatlari, moliya, transport xizmati, qurilish, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish, ta’lim tizimi,

sog‘liqni saqlash, texnika va uskunalarni ta’mirlash, maishiy xizmat ko‘rsatish keng

rivojlanmoqda. Samarqand shahri miqyosida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni

tobora ko‘payib bormoqda. Aholiga ko‘rsatiladigan transport xizmati sifatini yaxshilash va

qulayliklar yaratish maqsadida «Samavto» korxonasida ishlab chiqarilgan «ISUZU» rusumidagi

yangi avtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Mustaqillik yillarida Samarqand shahar iqtisodi respublikada o‘zining keng ko‘lamdagi

o‘rniga ega bo‘ldi. Shahardagi yirik va kichik sanoat korxonalari, shuningdek, qo‘shma

korxonalarda ishlab chiqarish hajmi ortdi.

Azaldan ilm-fan markazi, tamaddun o‘chog‘i hisoblangan Samarqand shahri bugungi

kunda ham fan, ta’lim va madaniyat sohalarida respublikada yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Istiqlol yillarida shu sohalarda olib borilgan ulkan va izchil islohotlar tufayli erishildi.

Mustaqillik arafasida bu borada juda katta muammolar mavjud bo‘lib, ijtimoiy-madaniy

muassasalar faoliyati zamon va milliy taraqqiyot talablariga javob bermas, aholining ma’naviy

ehtiyojlarini mutlaqo qondira olmas edi. Bunday muammo Samarqand shahrining ta’lim sohasida

ham mavjud edi. Sobiq tuzumdan ana shunday meros bilan qolgan ijtimoiy-madaniy muassasalar

mustaqillik yillarida tubdan qayta qurildi. Bu borada qabul qilingan qonunlar, davlat dasturlari,

qaror va farmonlari ijrosi davomida qator bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari, moddiy texnika

bazasini yangilash va modernizatsiya qilish, zamonaviy shartsharoit, texnologiya bilan ta’minlash

ishlariga katta e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning bergan ko‘rsatmalariga ko‘ra, Samarqand

shahrida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami talaygina. Bu vazifalarning bajarilishi,

Samarqandda ishlab chiqarish hamda turizmni rivojlantirish maqsadida istiqbolda zamonaviy

kommunikatsiya, innovatsiya, logistika, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini sifatli amalga oshirish

jahon hamjamiyatida Samarqand shahrining brend shahar sifatidagi mavqeini yanada

mustahkamlashga xizmat qiladi. [8]

REFERENCES

1.

Эргашев. Р, Узақов Ж. Зиёрат туризм Самарадорлигини оширишда туристик

кластерлаш усулидан фойдаланиш йўллари. //“Iqtisodiyot va innovatsion


background image

304

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali.// 134-

bet.

2.

Т.Эвадуллаев. Самарқандда зиёрат туризмини ривожланишда муқаддас

қадамжоларнинг ўрни.// “Ўзбекистонни топ 10 туристик ҳудудлар қаторига киритиш

истиқболлари,барқарор ривожланиш имконияртлари” мавзусидаги халқаро онлайн

илмий-амалий анжуман материаллари тўплами.. -Бухоро 2020. -Б.81.

3.

https://gov.uz/oz/news/view/3308

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining “O’zbekiston Respublikasida

turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari” 2017, 2016yillik statistik

byulleteni ma’lumotlari.

5.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston

Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-

5781-son Farmoni.

6.

Rahimova Nilufar Aminovna, Mansurova Nargiza Shamsidinovna, Raximov Zarrux

Aminovich “Samarqand viloyati turistik salohiyatining tahlili” // Экономика и финансы

(Узбекистан). 2022. №6 (154). 10.12.2024).

7.

Мусурманова, А. (2019). Концептуальные основы формирования духовной

культуры молодежи в системе непрерывного образования. Проблемы педагогики, (1

(40)), 5-7.

8.

Bekmurodova L. “Turizm va mehmondo‘stlik sanoatida kadrlar tayyorlash tizimini

rivojlantirishning istiqbollari // ORIENSS. 2022. №8. 10.12.2024).

9.

S.I.Muxiddinov. “Samarqand tamadduni tarixi”. O‘quv qo‘llanma. Samarqand davlat

universiteti, 2022.

10.

A.A.Burtsev “Samarqand: sivilizatsiya beshigi”. Toshkent: Oʻzbekiston Fanlar

akademiyasi. 2020.

11.

A.Xalilov “O‘zbekistonning qadimiy shaharlari: tarixiy-madaniy ahamiyati”. Samarqand:

Samarqand davlat universiteti nashriyoti. 2021 yil.

12.

D.Iskandarov “Samarqand: shahar rivojlanishining tarixiy sharhi”. Samarqand: Tarixiy

tadqiqotlar instituti. 2023 yil.

13.

Мусурманова, А. (2011). Формирование духовных основ социальной защиты

молодежи в процессе профессионального образования. Образование через всю

жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития, (9), 282-284.

References

Эргашев. Р, Узақов Ж. Зиёрат туризм Самарадорлигини оширишда туристик кластерлаш усулидан фойдаланиш йўллари. //“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali.// 134-bet.

Т.Эвадуллаев. Самарқандда зиёрат туризмини ривожланишда муқаддас қадамжоларнинг ўрни.// “Ўзбекистонни топ 10 туристик ҳудудлар қаторига киритиш истиқболлари,барқарор ривожланиш имконияртлари” мавзусидаги халқаро онлайн илмий-амалий анжуман материаллари тўплами.. -Бухоро 2020. -Б.81.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining “O’zbekiston Respublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari” 2017, 2016yillik statistik byulleteni ma’lumotlari.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-son Farmoni.

Rahimova Nilufar Aminovna, Mansurova Nargiza Shamsidinovna, Raximov Zarrux Aminovich “Samarqand viloyati turistik salohiyatining tahlili” // Экономика и финансы (Узбекистан). 2022. №6 (154). 10.12.2024).

Мусурманова, А. (2019). Концептуальные основы формирования духовной культуры молодежи в системе непрерывного образования. Проблемы педагогики, (1 (40)), 5-7.

Bekmurodova L. “Turizm va mehmondo‘stlik sanoatida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning istiqbollari // ORIENSS. 2022. №8. 10.12.2024).

S.I.Muxiddinov. “Samarqand tamadduni tarixi”. O‘quv qo‘llanma. Samarqand davlat universiteti, 2022.

A.A.Burtsev “Samarqand: sivilizatsiya beshigi”. Toshkent: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi. 2020.

A.Xalilov “O‘zbekistonning qadimiy shaharlari: tarixiy-madaniy ahamiyati”. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti. 2021 yil.

D.Iskandarov “Samarqand: shahar rivojlanishining tarixiy sharhi”. Samarqand: Tarixiy tadqiqotlar instituti. 2023 yil.

Мусурманова, А. (2011). Формирование духовных основ социальной защиты молодежи в процессе профессионального образования. Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития, (9), 282-284.