331
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
IPOTEKA KREDITLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI
Zokirov Mohir Abdumavlon о’g’li
О`qish jоyi: Tоshkеnt Dаvlаt Trаnspоrt univеrsitеti,
Iqtisodiyot fakulteti “Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi” 4-kurs YU-2a guruh tаlаbаsi.
Е-mаil:
mohir.zokirov@icloud.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14406750
Аnnоtаtsiyа
. Ushbu maqolada ipoteka kreditlari tushunchasi hamda ipoteka kreditlari
bilan bog`liq muammolar, shuningdek yurtimizda ipoteka kreditlari qanday maqsadlar uchun
olinishi, ipoteka kreditlari to`g`risidagi qonunchilik bilan tanishamiz. Shuningdek bank tizimidagi
kredit portfellari va muammoli kreditlar bilan ish olib borish masalalari bo‘yicha mavjud
ishlarning tahlili va qonunchilik doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning analizi qilingan
bo‘lib ushbu sohada kredit berish va qaytarib olish tiziminining samarali faoliyatini ta`minlash
haqida bazi tavsiyalar ham berib o‘tilgan.
Kаlit sо‘zlаr
: ipoteka, kreditlar, uy-joy, banklar, qonunlar, qurilish, portfel, ipoteka
kreditlari afzalliklari, to`lovlar.
ПРОБЛЕМЫ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ИПОТЕЧНОГО КРЕДИТОВАНИЯ
Аннотация
. B данной статье мы познакомимся с понятием ипотечного кредита и
проблемами, связанными с ипотечным кредитом, а также целями, на которые берутся
ипотечные кредиты в нашей стране, и законодательством об ипотечных кредитах. Кроме
того, проведен анализ существующей работы по вопросам работы с кредитными
портфелями и проблемными кредитами в банковской системе и принимаемых мер в рамках
законодательства, а также даны некоторые рекомендации по обеспечению эффективной
работы кредитной системы. и система вывода средств в этой области.
Ключевые слова
: ипотека, кредиты, жилье, банки, законы, строительство,
портфель, преимущества ипотечных кредитов, выплаты.
PROBLEMS OF LEGAL REGULATION OF MORTGAGE LOANS
Abstract
In this article, we will get acquainted with the concept of mortgage loans and
problems related to mortgage loans, as well as the purposes for which mortgage loans are taken
in our country, and the legislation on mortgage loans. In addition, an analysis of the existing work
on the issues of dealing with credit portfolios and problem loans in the banking system and the
measures taken within the framework of the legislation were made, and some recommendations
were made to ensure the effective operation of the lending and withdrawal system in this area
given.
Keywords
: mortgage, loans, housing, banks, laws, construction, portfolio, advantages of
mortgage loans, payments.
332
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
«Kreditor» va «kredit oluvchi» o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarning asosida
tovar - pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh mablaglarning mavjudligi va tovar
aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir - biriga to‘qnashishiga
xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir - biriga mos kelsa ular o‘rtasida kredit munosabatlari
vujudga keladi. Kreditor - kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga
chiqadi.
1
Kreditor pul mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar hisoblanadi.
Bunday subyektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar,
davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo`lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beradigan pul
mablag‘lari ulaming o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
Kreditor sub’yektlar ichida, banklar va kredit uyushmalari nafaqat o‘z mablag’lari
hisobidan, balki chetdan jalb qilingan mablag`lar hisobidan kreditlar beradi.
Ipoteka
(yun. hypotheke — garov) — koʻchmas mulk (yer yoki bino) ni ssuda olish
maqsadida garovga qoʻyishdir. Bunda garovga qoʻyilayotgan mulk qarz beruvchining qoʻliga
oʻtmay, qarzdor ixtiyorida qoladi. Koʻchmas mulk sohasida bu atama banklar va qurilish
jamiyatlari oʻrtasida keng tarqalgan, bu birinchi ipoteka navbatini koʻchmas mulkning umumiy
baholash narxida foizdagi nisbatini bildirish uchun qoʻllanadi. Ipoteka kreditlari tijorat banklari
tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar
uchun beriladi:
1. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va
na`munaviy
loyiha asosida
, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib
yakka tartibda uy-
joy qurish
va rekonstruktsiya qilish;
2. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki
ko‘p kvartirali
uydagi kvartirani sotib olish.
Ko‘pchilik uchun ipoteka "bu shu yerda va hozir" uy sotib olishning yagona imkoniyatidir.
Ko‘chmas mulkning narxi ancha yuqori va hamma ham xonadon uchun pul yig‘ish
imkoniyatiga ega emas. Bu holatda ipoteka krediti sizga o‘z uy-joyingizni sotib olish va uni yillar
davomida to‘lash imkoniyatini beradi. Ipoteka olish yoki olmaslik? Bu o‘z uyiga ega bo’lishni
orzu qiladigan potensial bank mijozining asosiy savolidir. Ipoteka ham, bu barcha narsa kabi,
o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ipoteka kreditining afzalliklari va kamchiliklari nimada,
ipoteka krediti hisobiga uy sotib olib o‘z uyiga ega bo‘lgan yoki ipoteka olgandan ko‘ra uysiz
yashagan yaxshiroqmi degan savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Birinchi va eng asosiy afzallik — bu kvartira yoki uyni qo‘lda kerakli miqdorda mablag‘ga
ega bo‘lmasdan turib olish imkoniyatidir. Ijarani qabul qilmaydigan yoki boshqa oila a’zolari bilan
kichik yashash maydonida yashaydiganlar uchun ipoteka krediti pul jamg‘arishning imkoni
1
Raxmatov Shoxjahon Ulug’bek o’g’li.“Muammoli kreditlarni undirish”.
20.06.2024 -.1-2b
333
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
bo‘lmaganda yagona imkoniyatdir. Ipoteka krediti yordamida siz o‘z shaxsiy uy-joyingizga ega
bo‘lishingiz va har oy ipoteka to‘lovini to‘lab u yerda yashashingiz mumkin. Ipoteka uchun ariza
topshirayotganda, qarz oluvchi qaysidir ma’noda investorga aylanadi. Bozordagi ko‘chmas
mulkning qiymati har yili o‘sib bormoqda. Kredit muddatidan oldin yopib, uyni yuqoriroq narxda
sotish orqali foydaga ham ega bo‘lish mumkin. Muddatidan oldin yopilmagan taqdirda ham, kredit
to‘liq qaytarilganidan keyin ham yuqori qiymatga sotish imkoniyati bo‘ladi.
Bu ipoteka kreditining afzalliklaridir. Ammo shartnomani imzolashdan oldin, qarz oluvchi
ipoteka kreditining kamchiliklari borligini ham bilishi kerak: Katta miqdordagi ortiqcha to‘lovlar.
Agar ipoteka uzoq davrga olingan bo‘lsa, unda ortiqcha to‘lovlar miqdori yashash maydoni
narxining ikki yoki hatto uchtasiga teng bo‘lishi mumkin. Ammo yillik inflyatsiyani hisobga olsak,
kredit muddati tugashi bilan ipoteka bo‘yicha ortiqcha to‘lov unchalik katta bo‘lmaydi. Ipoteka
kreditini olish uchun murojaat qilganda, qarz oluvchi nafaqat dastlabki to‘lovni to‘laydi, balki
boshqa xarajatlar ham mavjud bo‘ladi, masalan, ipoteka orqali sotib olingan uy-joyni sug‘urtalash
va garovni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun notarial xarajatlar.
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va
natijada ilg`or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun
zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va
moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan
O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi,
«Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi, «Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi hamda
«To`lovlar va to`lov tizimlari to`g`risida»gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Ayni paytda ilmiy-nazariy hamda amaliyotchi olimlar, jumladan Karimov M., Malikova
D., Burxanov D.lar tomonidan "Muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga nisbatan ancha ko`proq
bahs va munozaralarga sabab bo`lmoqda. Bu albatta, bejizga emas, chunki bugungi kunda
respublikamiz tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi, uni
kamaytirish choralari ko`rilishiga qaramasdan anchagina yuqori foizni tashkil etmoqda.
2
Iqtisodchi olimlarimizdan professor O.K.Iminov, kredit mexanizmi va uning tarkibiy
elementlari toʼgʼrisida oʼz qarashlari asosida fikrlari mavjud boʼlib, uning fikricha kredit
resurslaridan samarali foydalanish, ularni boshqarish shakllari hamda usullaridan iborat tizim bu
kredit mexanizmini tashkil qiladi.
2
i.f.d. (PhD), dotsent Bozorov Ruslan Xamdamovich. “Kredit tizimi va mexanizmining o`zaro bog`liqligi hamda
ularda kreditlash mexanizmi, kreditlash mexanizmi o`rnini nazariy tadqiqi”. https://scholar.google.ru/citations jurnali
2024y.1-2b
334
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Shuningdek, kredit mexanizmi, kredit munosabatlari va kredit muassasalari bir boʼlib
kredit tizimini shakllantiradi.
3
Bugungi kunda ko`pgina davlatlar bank tizimida umidsiz qarzlarning ko`payishi
muammosiga duch kelayotganligi tufayli banklarning muammoli kreditlari bilan ishlash tizimini
takomillashtirish masalalari dolzarbligi hozirgacha muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning
uchun kreditorlar bilan bir qatorda mijozlar tomonidan kreditni qaytarish bo`yicha o`z yechimini
topmagan muammolar mavjud.
4
Dolzarb muammolardan biri sifatida: banklarning kredit uchun
resurslar jamlashdagi faolligi, xususan aholi va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘larini bank
depozitlariga, birinchi navbatda muddatli va jamg‘arib boriladigan depozitlarga jalb qilish ishlari
yetarli emasligi, tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga oshirilib, xususiy
sektor mablag‘lari deyarli yo‘naltirilmagani keltirib o`tsak bo`ladi.
Kredit tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berish mumkin deb hisoblaymiz: Avvalo bankning
kredit portfeli - bu bankning kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur asos sanalib, bank
tomonidan berilgan jami kreditlarning yig`indisini o`zida ifodalaydi. Shuningdek, banklar
faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o`rinni egallagani uchun ularning kredit paketlarini to`g`ri
tashkil qilish banklarning samarali va barqaror faoliyat ko`rsatishi uchun imkoniyat yaratib
beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda yo`l qo`yilgan
kamchiliklar banklar daromadining kamayishiga, ba‘zi hollarda ularning sinishiga olib kelishi
mumkin. Shu sababli, banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat qilib borish tijorat
banklari samarali faoliyatining garovidir.
5
Jahon banki ma‘lumotlariga ko`ra, banklarning muammoli kreditlarini yuzaga kelishida
ichki omillar 67 foiz yo`qotishlarga sabab bo`ladi. Bu ko`rsatkich tashqi omillar bo`yicha bor
yo`g`i 33 foizni tashkil etadi. Ichki omillarga ta‘minotning yеtishmasligi 22 foizni, ssuda
buyurtmasini o`rganishda axborotning noto`g`ri baholanishi 21 foizni, operatsiya nazoratining
zaifligi, hamda dastlabki ogohlantiruvchi belgilarni o`z vaqtida aniqlanmasligi va ular yuzasidan
tegishli choralarning ko`rmasligi 18 foizni, garov ta‘minoti sifatining pastligi 5 foizni,
shartnomada ko`rsatilgan ta‘minotni olish imkoniyatining yo`qligi 1 foizni tashkil etgan.
Tashqi omillarga esa kompaniyaning bankrot bo`lishi 12 foizni, korxona moliyaviy
nazoratining kuchsizligi 11 foizni, kompaniyaning bozorda o`z o`rnini yo`qotishi va ichki ijtimoiy
muammolar 6 foizni, o`g`irlik, muttahamlik 4 foizni jahon banki hisobkitoblariga ko`ra tashkil
3
i.f.d. (PhD), dotsent Bozorov Ruslan Xamdamovich. “Kredit tizimi va mexanizmining o`zaro bog`liqligi hamda
ularda kreditlash mexanizmi, kreditlash mexanizmi o`rnini nazariy tadqiqi”.
https://scholar.google.ru/citations
2024y.1-b
4
Muhammadiyev Dilmurod Abdulhakim o`g`li. “Tijorat banklari resurslaridan samarali foydalanish”. -
Scientific
Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 jurnali 2021y 1-3b
5
Azlarova Aziza Axrorovna.“Tijorat banklarida kredit portfelini samarali boshqarish masalalari”. “Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, 2018. 3 b
335
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
etgan.
6
Xalqaro amaliyotda birlamchi uy-joy uchun ipoteka fuqarolarga hali qurilish bosqichida
bo‘lgan uy-joylardan ko‘chmas mulk sotib olish uchun kredit ajratishni anglatadi, bunda kvadrat
metr narxi obyekt foydalanishga topshirilgandan keyingi narxga qaraganda ancha past bo‘ladi.
O‘zbekistonda
ipoteka
kreditlarini
ajratish
tartibi
to‘g‘risidagi
Vazirlar
Mahkamasining 2021 yil 5 fevraldagi 56-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga muvofiq,
foydalanishga topshirilganiga uch yildan
oshmagan uy-joylar
oldi-sotdisi birlamchi uy-joy bozori sifatida tasniflanadi. Rivojlangan
ipoteka kreditlash tizimiga ega mamlakatlarda bunday uy-joy allaqachon ikkilamchi bozor
hisoblanadi.
Ipotekaning afzalliklari haqida:
- Ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyati.
Ipoteka xarid qilish uchun zarur bo‘lgan
miqdorda to‘lov qilishga mablag‘i yetarli bo‘lmagan holda ko‘chmas mulk sotib olish imkonini
beradi.
- Uzoq muddatlilik.
Uy-joy sotib olish uchun kreditlar odatda uzoq muddatga (20
yilgacha) taqdim etiladi, bu esa oylik to‘lovlarni kamaytirish va ularni qarz oluvchining moliyaviy
imkoniyati darajasida qilish imkonini beradi.
- Fiksirlangan to‘lovlar.
Ipoteka kreditlari fiksirlangan foiz stavkasiga ega bo‘lib, bu qarz
oluvchiga o‘z xarajatlarini aniq rejalashtirish va kredit stavkalari o‘zgarishi bilan bog‘liq
kutilmagan hodisalarning oldini olish imkonini beradi.
- Soliq chegirmalari.
O‘zbekistonda ipoteka oluvchilar uchun soliq imtiyozlari mavjud
bo‘lib, bu ipotekani yanada manfaatli qiladi. Shuningdek, muayyan toifadagi fuqarolar uchun
imtiyozlar berilishi va subsidiyalar ajratilishi mumkin. Masalan, davlat uy-joy sharoitlarini
yaxshilashga muhtoj bo‘lgan kam daromadli oilalarning ipoteka kreditlarini subsidiyalaydi.
Quyidagi toifadagi 18 yoshga to‘lgan fuqarolar subsidiya olishlari mumkin:
qishloq joylarda istiqomat qiluvchi belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdorining (MHTEKM) 3 baravaridan (2,940 mln so‘m) 6,9 baravarigacha (6,762 mln so‘m)
miqdorda daromadga ega bo‘lgan aholi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida istiqomat qiluvchi belgilangan
MHTEKMning 3 baravaridan (2,940 mln so‘m) 8 baravarigacha (7,840 mln so‘m) miqdorda
daromadga ega bo‘lgan aholi;
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2,940
mln so‘m) 9,2 baravarigacha (9,016 mln so‘m) miqdorda daromadga ega bo‘lgan aholi.
6
www.worldbank.orgning 2022-yildagi ma’lumotlari asosida
336
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Fuqarolar subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza
topshirishlari mumkin. Ariza ijobiy ko‘rib chiqilgandan so‘ng, arizachi uy-joyni ipoteka hisobidan
sotib olish uchun qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Kreditdan maqsadsiz foydalanganlik O’zR Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-taroj
qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish
yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilganlik holatlari ham boʼlishi mumkinligiga
eʼtibor qaratish lozim.
Shuningdek, Oliy sud plenum qarorlariga murojaat qiladigan bo`lsak: Oʼzbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oliy xoʼjalik sudi Plenumining 2006 yil 22 dekabrdagi
13/150-sonli
7
qarorida kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni koʼrish bilan bogʼliq bir
qancha masalalar yuzasidan rahbariy tushuntirishlar berilgan. Ushbu Qarorning 4-bandi ikkinchi
xatboshisida sudlar nazarda tutishlari kerakki, yuqori foiz stavkalarini belgilash, kreditni qaytarish
yoki foiz toʼlashni kechiktirganlik uchun jarima qoʼllash, kredit valyutasi kursining oʼzgarishi
kredit oʼzgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib keladigan vaziyatning jiddiy oʼzgarishi deb
hisoblanishi mumkin emas.
Sudlar kredit munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni koʼrib chiqishda O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, shu
sohani tartibga soluvchi boshqa qonun normalari va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
talablariga rioya qilgan holda koʼrib chiqsalar, nizolarni oʼz vaqtida qonuniy va adolatli hal qilib,
odil sudlovni samarali amalga oshirilishini taʼminlagan boʼlar edilar.
Xulosa
qilib aytadigan bo`lsak, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan berilgan
kreditlarni muammoli kreditlarga aylanmasligini oldini olish maqsadida quyidagi takliflarni
keltirish maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz:
- banklarga kredit uchun kelib tushgan arizaga atroflicha yondashuv, ya‘ni dastlabki
monitoringni to`g`ri va mukammal amalga oshirish. Bu yеrda birinchi navbatda mijozning
xarakteriga, uning moliyaviy ahvoliga, agar tadbirkor bo`lsa biznes hamkorlari orasidagi mavqeiga
hamda ushbu sohadagi tajribasiga asosiy e‘tiborni qaratish;
- kredit arizasini ko`rib chiqilayotgan davrda mijoz tomonidan bankka taqdim etayotgan
hujjatlar to`plamining to`liqligini va ularning to`g`riligini tekshirish. Kredit bo`limi xodimi
tomonidan mijozning moliyaviy ahvoli chuqur tahlil etilishi va xolisona baho berilishi zarur;
- kredit ajratilgan davrdan boshlab, mijozning biznes-rejasi bo`yicha amalga oshirayotgan
ishlarini, hisob raqamidagi mablag`lari aylanmasini doimiy ravishda nazorat qilib borish, muddati
o`tgan debitorlik-kreditorlik qarzdorliklariga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish;
7
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oliy xoʼjalik sudi Plenumining 2006 yil 22 dekabrdagi 13/150-
sonli qarori
337
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
- kredit ta‘minoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkni saqlash va ekspluatatsiya sharoitini
doimiy ravishda nazorat qilib borish. Ipoteka krediti ajratilishida quyidagilarga rioya etilishi zarur:
ipoteka krediti toʻlovida muammo yuzaga kelganida mavjud qarzdorlikni undirib olish
uchun huquqiy jihatdan ta’minotga bankning talab huquqi mavjud boʻlishi;
ipoteka kreditining foizlarini va asosiy qarzlarini soʻndirish uchun qarzdor toʻlovga
layoqatli boʻlishi;
ta’minotga qabul qilingan koʻchmas mulk garovi bozor narхlaridan kelib chiqib
baholangan boʻlishi;
kreditni olishga va monitoring qilishga kerak boʻladigan barcha ma’lumotlar bankning
kredit siyosatiga muvofiq hujjatlashtirilgan boʻlishi zarur.
Ipoteka kreditini ajratishning barcha bosqichlari uzoq jarayonni tashkil etishini hisobga
olgan holda, bankning ichki kredit siyosatida koʻrsatib oʻtilishi, shu jumladan unda ipoteka
kreditlarini olish imkoniyatiga ega boʻlgan potensial qarz oluvchilarga muvofiqlik mezonlari
ishlab chiqilishi zarur.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi “Ipoteka to`g`risida”gi qonuni. 04.10.2006.
2.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oliy xoʼjalik sudi Plenumining 2006 yil
22 dekabrdagi 13/150-sonli qarori
3.
Azlarova Aziza Axrorovna. “Tijorat banklarida kredit portfelini samarali boshqarish
masalalari”. “Iqtisodiyot va Innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.
№ 6. 2018. 3 b
4.
Raxmatov Shoxjahon Ulug’bek o’g’li.“Muammoli kreditlarni undirish”. Modern Science and
Research jurnali 20.06.2024 -.1-2b
5.
i.f.d. (PhD), dotsent Bozorov Ruslan Xamdamovich. “Kredit tizimi va mexanizmining o`zaro
bog`liqligi hamda ularda kreditlash mexanizmi, kreditlash mexanizmi o`rnini nazariy
tadqiqi”. ”. https://scholar.google.ru/citations jurnali 2024y.1-b
6.
Muhammadiyev Dilmurod Abdulhakim o`g`li. “Tijorat banklari resurslaridan samarali
foydalanish”. - Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 jurnali 2021y 1-3b
7.
Lex.uz
8.
Advice.uz
9.
www.worldbank.orgning 2022-2024 yildagi ma’lumoti
