Authors

  • Dilshoda Normurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.54022

Keywords:

paremiologiya maqol matal tasviriy ifoda Frazeologiya: ibora.

Abstract

Ushbu maqola badiiy asarlarda paremiologik birliklarning qo’llanilishi va ahamyati tahlili haqida.

background image

338

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

BADIIY ASARLARDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING QO’LLANILISHI VA

AHAMYATI

Normurodova Dilshoda

Termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti amaliy filologiya ta’lim yo’nalishi

2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14406790

Annotatsiya

. Ushbu maqola badiiy asarlarda paremiologik birliklarning qo’llanilishi va

ahamyati tahlili haqida.

Kalit so’zlar

: paremiologiya, maqol, matal, tasviriy ifoda, Frazeologiya: ibora.

THE USE AND SIGNIFICANCE OF PAREMIOLOGICAL UNITS IN WORKS

OF ART

Abstract.

This article is about the analysis of the use and significance of paremiological

units in works of art.

Keywords:

paremiology, proverb, idiom, figurative expression, Phraseology: expression.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В

ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА.

Аннотация.

Статья

посвящена

анализу

употребления

и

значения

паремиологических единиц в художественных произведениях.

Ключевые слова:

паремиология, пословица, пословица, образное выражение,

фразеология: словосочетание.

Paremiologik birliklar barqaror birikmalar hisoblanadi.

Paremiologiya

- barqaror birikmalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi. Paremiologiya

(lotincha. parema-barqaror, logos-ta’limot). Ikki va undan ortiq so’zlarning o’zaro barqaror

munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida

imkoniyat sifatida mavjud bo’lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror

birikmalarga: maqol, matal tasviriy ifoda,ibora,aforizm,hikmatli so’zlar kiradi. Badiiy asarda

barqaror birikmalarni qo’llash qahramon nutqini aniq,ta’sirchan va bo’yoqdor ifodalash uchun

hizmat qiladi.

Maqol-

grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida

vujudga kelgan barqaror birikma. Abdulla Qahhor hikoyalariga epigraf (asar yoki hikoyaning

asosiy ma’nosini ochib beruvchi va uning mazmunini ifodalaydigan sitata, ibora, maqol va shu

kabilar) qilib berilgan maqollarga to’xtaladigan bo’lsak “bemor”hikoyasi epigrafi “osmon

yiroq,yer qattiq”, O’g’ri hikoyasi epigrafi “otning o’limi itning bayrami”.


background image

339

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu maqollarni qo’llash orqali ijodkor o’z asar qahramonlari nutqini jozibali, bo’yoqdor

ifodalash, shuningdek, asar mohiyatini ana shu maqol oqali ochib berishga harakat qiladi.

G’afur G’ulomning “mening og’rigina bolam”hikoyasida,”

turib yeganga turumtog’

chidamas”deganlar. Eh-ha, bu bolalar qachon ulg’ayadi-yu,qachon o’zining nonini topib

yeydigan bo’ladi! Chor nochor hayol surasan, kishi.

Maqollar hayotning tajribasi, donishmandligi

natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida

mavjud bo’ladi. Maqollar ko’chma va o’z ma’nosida qo’llanilishi mumkin.

Matal

-grammatik jihatdan gap holida shakllangan, ko’chma ma’noda qo’llaniladigan, xalq

donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikma. Matal-arabcha,birinchi navbatda tugal

ma’no ifodalamaydigan masalan:

tuyaning dumi yerga tekkanda,qizil qor yog’ganda

. Matallar

ham huddi maqollar singari hayotni uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy

tajribasini ixcham tarzda ifoda topishidir. Matalda o’xshatish, taqqoslash, kinoya qochiriq so’z

vositalaridan foydalinalidi.Milliy ensiklopediyada” Shamol bo’lmasa daraxtning shoxi

qimirlamas”,”Qizim senga aytaman,kelinim sen eshit kabi matalga misol keltirilgan. Matallar

ko’pincha boshqa bir jumla ichida qo’llaniladi.

Hikmatli so’z(aforizmlar)-grammatik jihatdan gap holida shakllangan,xalqning turmush

tajribasiga tayanib bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa obrazli barqaror birikma.Biz Alisher

Navoiy asarlarini o’qir ekanmiz uning oltinga teng ma’noli jumlalariga ko’zimiz tushadi.Hikmatli

so’z va aforizmlarga hadislar,shoir va mutaffakirlarning,alloma va davlat arboblarining ma’noli

so’zlari kiradi.Hikmatli so’zlar(aforizmlar)barqarorlik,mazmuniy yaxlitlik,takroriylik belgilariga

ko’ra boshqa barqaror birikmalar bilan umumiylik kasb etsa ham,aniq muallifi borligi bilan

ulardan farqlanadi.

Masalan:

Odami dersang demagil odami,

Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. (Alisher Navoiy).

Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas tuganmas xazinalar bor. (Maqsud

Shayxzoda)

Muhammad Ali ko’zlarini katta ochib jiyanining she’r o’qishiga quloq solib turdi-da keyin

kulib yubordi. Ofarin kichkina darvesh-dedi u jiyanining orqasiga qoqib qo’yib .-Beparvo rind

oshiqlardanmiz degin.O’t nafas bo’lsang dog’i,yirtiq chopon bo’lma.(Mirkarim Osim”Zulmat

ichra nur”).Til uslub uchun shaxmat taxtasiga shohdir.(K.Fedin)

Iboralar(frazeologizmlar)

-ma’no yaxlitligiga ega bo’lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki

va undan ortiq so’zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib

kiriluvchi ko’chma ma’nodagi barqaror birikmalar. Iboralarning ma’nosi odatda bir so’zga teng

keladi. Iboralar har doim ko’chma ma’noda ishlatiladi.


background image

340

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Iboralar nutqni ta’sirchan,jozibali qiladi. Shuninguchun ham badiiy adabiyotda ko’p

qo’llaniladi. Rasmiy hamda ilmiy uslubda qo’llanilmaydi.

Namunalar:

1.Tepa sochi tikka bo’lmoq-achchiqlanmoq

2.o’pkasini cho’pga ilgan-shoshqaloq

3.Xamirdan qil sug’urgandek-oson

4.Missi chiqmoq-oshkor bo’lmoq

5.Yerga urmoq-kamsitmoq

Turgan joyimda terak qotib qoldim. Lo’lilar haqida shunaqa gaplar eshitgan edikki,nomi

qulog’imizga chalinishi bilan

sichqonning ini ming tanga bo’lib ketar

edi.Lo’li ko’chada yurgan

bolani qopiga solib ketarmish.Uyda kattalar bo’lmasa,bolalarni bo’g’ib o’ldirarmishda ,hamma

narsani ship-shiydon qilib g’oyib bo’larmish.(O’tkir Hoshimov”Dunyoning ishlari”qissasidan).

Tog’ay Murod “otamdan qolgan dalalar”romanida

Tulki qiziga to’y beribdi

iborasini

shunday izohlagan”qor laylaklab-laylaklab yog’di.Qor yerga tushib tushmay yog’di.Laylakqor

taqqa tindi.Yerda qor tugul namda bo’lmadi.Qor havosida bo’lmadi.O’ynab qo’yay,bunday

havoning oti nima bo’ldi?Qor yog’madi deyin dedim havoda laylakqor o’ynadi.Laylaklab qor

yog’di deyin yerda qordan nishona bo’lmadi.Dehqon bunday havoni :”

Tulki qiziga to’y berdi”

,-

deydi.Indamay qo’ya qolay dedim-u,Marziya oldida

ammamning buzog’i

bo’lib o’tirgim

kelmadi.(Asqad.Muxtor,Davr mening taqdirimda). Norjon ona Boydoda Muallimning

ko’z ochib

ko’rgani

. (J.Abdullaxanov,”xonadon”). Jinoyatchining kattasi-uning akasi Ziyodilla.

Pixini

yorgan tullak

. (H.G’ulom,”Mash’al). Moyi tugab,Piligi

so’xta

bo’lgan chiroq lib etib so’ndi.(Said

Ahmad “Hukm”).

E, meni endi ko’ryapsizmi Muyassarxon,eski bilganingiz sassiq chol-

so’xtasi sovuq

Yaxshiboyman-da.(M.M.Do’st”Lolazor”).

Sichqoning ini ming tanga

-Bu ibora kishi qochishga joy topa olmay qolgan paytini

ifodalaydi.Yashirinishga joy imkon topolmagan inson hatto sichqonning inini ming tangaga

olishga tayyor.Yozuvchi asarda qahromon nutqiga yanada jozibadorlik baxsh etish,uning holatini

aniq aks ettirish uchun bu iboradadan foydalangan.Bu iboraning

sichqoning ini ming tanga bo’ldi,

sichqoning ini ming tanga bo’lib ketdi, sichqoning inini ming tanga qilib yubormoq

variantlari

bor.

Ammamning buzog’I iborasi

-

bu ibora xalq tilida, nutqida ham juda faol. Haqoratli

ma’noda, bepisandlik bilan qo’llaniladi va hech bir ishni eplolmaydigan; lavang, shudsiz

ma’nolarini anglatadi.


background image

341

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Ko’z ochib ko’rgani-bu iboraning paydo bo’lishi chimildiqdagi oyna tutish udumi bilan

bog’liq bo’lishi mumkin. Oldinlari to’ydan so’ng kelin-Kuyovga oyna tutilgan,ular bir-birini ilk

bor oynada ko’rgan.

Boshqa bir taxminga ko’ra ko’z ochib ko’rgani kengroq ma’noni-tug’ilganda ilk bor ko’zi

tushishni anglatgan. Keyinroq iboraning ma’nosi torayib ko’proq nikoh bilan bog’liq mazmunda

ishlatila boshlagan. kengroq ma’noni-tug’ilganda ilk bor ko’zi tushishni anglatgan. Keyinroq

iboraning ma’nosi torayib ko’proq nikoh bilan bog’liq mazmunda ishlatila boshlagan.Yozuvchi

bu iborani go’zal tarzda qo’llagan.

Pixini yorgan-

ko’p ish ko’rgan,ko’p ishlarni boshdan kechirib ,ayyor,quv bo’lib ketgan

odam haqida gapirganda pixi qayrilgan,pixini yorgan,pixi yorgan kabi iboralari qo’llaniladi.Pixini

yorgan iborasiga ba’zan tulak so’zi ham qo’shiladi.Tullak so’zi bulturgi,ikki yoki uch yillik

parandaga nisbatan ishlatiladi.Bunday parranda allaqachon tullagan,tullab chiqqan bo’ladi.Demak

u qari ma’lum bir hayotiy yo’l bosib o’tgan.Tullak so’zi iboraning ma’nosini yanada kuchaytiradi

va o’ta ketgan firibgar makkor kishini anglatadi.

Pixini yorgan iborasining burganinf ko’zini ko’rgan shaklidagi sinonimi ham bor. Badiiy

asarda qahramoni o’quvchiga tushunarli tarzda ifodalash uchun ijodkorlar bu iboradan ko’p

foydalanishadi.

So’xtasi sovuq-bu iboraga ko’proq duch kelmaymiz uni asar qahramonlari nutqida

ishlatilganini ko’ramiz, lekin uning ma’nosini deyarli o’ylab ko’rmaymiz. Nega so’xta,so’xta nima

o’zi? So’xta –pillikning kuygan qismi. U sham yoki moychiroqda bo’ladi. Kuygan pilik yoqimsiz

ko’rinishga ega bo’ladi, burishib, bujmayib qoladi. Kishining yuzi unga o’xshatilishidan O’ta

yoqimsiz,turqi sovuq kimsani tasvirlash maqsad qilinadi.

Tasviriy ifoda(parafrazalar)-bir narsaning ikkinchi nomi tasvirlab aytilishi masalan:

zangori ekran-televizor, zangori olov-tabbiy gaz. Shu asnoda oq oltin tasviriy ifodasi paxtaning

ikkinchi nomi bo’lib qolgan. Tasviriy ifodalar hozirgi o’zbek tilida ko’plab yuzaga kela boshlagan.

Hayotimiz qomusi-konstitutsiya tasviriy ifodasi mustaqillik davrida paydo bo’lgan. Badiiy

adabiyotda ham keng foydalaniladi.

Nutqimizda maqol, matal, tasviriy ifoda, hikmatli so’zlar va iboralardan o’rinli foydalanish

so’zlovchining mahorati hisoblanadi. Badiiy adabiyotda esa biz kitobxonlarga qahromonlar

xaarakterini ochish,asar mohiyatini tushunish va unga to’g’ri xulosa berishga yordam beradi.

Buyuk allomalarimizning purma’no hikmatli so’zlari bizni ezgulik sari yetaklaydi.

REFERENCES

1.

R.Sayfullayeva. B.Mengliyev G.Boqiyeva va boshqalar Hozirgi o’zbek adabiy tili

Toshkent/2009


background image

342

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

2.

O’tkir Hoshimov “dunyoning ishlari”qissa

3.

Asqad muxtor “Davr mening taqdirimda” roman

4.

M.M.Do’st “Lolazor”roman

5.

O.Hamrayeva “ona tili” ma’ruzalar to’plami

6.

H.G’ulom”Mash’al”roman

7.

M.Osim”Zulmat ichra nur”qissa

8.

Orif Tolib Maqollalari

9.

R.Sayfullayeva ,B.Mengliyev,Raupova va boshqalar “Hozirgi o’zbek tili”Toshkent/2020

10.

Tog’ay Murod “otamdan qolgan dalalar”roman

References

R.Sayfullayeva. B.Mengliyev G.Boqiyeva va boshqalar Hozirgi o’zbek adabiy tili Toshkent/2009

O’tkir Hoshimov “dunyoning ishlari”qissa

Asqad muxtor “Davr mening taqdirimda” roman

M.M.Do’st “Lolazor”roman

O.Hamrayeva “ona tili” ma’ruzalar to’plami

H.G’ulom”Mash’al”roman

M.Osim”Zulmat ichra nur”qissa

Orif Tolib Maqollalari

R.Sayfullayeva ,B.Mengliyev,Raupova va boshqalar “Hozirgi o’zbek tili”Toshkent/2020

Tog’ay Murod “otamdan qolgan dalalar”roman