361
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI QUROLLI MOJAROLARDA
QO'LLASHNING AHAMIYATI TO’G’RISIDA
Toshaliyev Ahrorjon Esonali o’g’li
Mustaqil izlanuvchi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14410461
Annotatsiya.
Ushbu maqolada uchuvchisiz uchish apparatlarining qurolli mojarolarda
razvedka, kuzatuv va aniq zarba berish imkoniyatlari, ularning xavfsizlikni ta’minlashdagi roli
yoritiladi. Mazkur mavzu zamonaviy harbiy texnologiyalarni rivojlantirishga oid dolzarb
masalalarni qamrab oladi.
Kalit so‘zlar:
dron, uchuvchisiz uchish apparatlari, FPV-dron, GPS, qurolli kuchlar,
qurolli mojaro, xavfsizlik.
THE IMPORTANCE OF USING UNMANNED AERIAL VEHICLES (UAVS)
IN ARMED CONFLICTS
Abstract.
This article explores the capabilities of unmanned aerial vehicles (UAVs) in
reconnaissance, surveillance, and precision strikes during armed conflicts, as well as their role in
ensuring security. The topic covers pressing issues related to the advancement of modern military
technologies.
Key words:
drone, unmanned aerial vehicles (UAVs), FPV drone, GPS, armed forces,
armed conflict, security.
О ВАЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ДРОНОВ В ВООРУЖЕННЫХ
КОНФЛИКТАХ
Аннотация.
В данной статье освещены возможности беспилотных летательных
аппаратов для разведки, наблюдения и нанесения высокоточных ударов в вооруженных
конфликтах, а также их роль в обеспечении безопасности. Данная тема охватывает
актуальные вопросы, связанные с развитием современных военных технологий.
Ключевые слова:
дрон, беспилотные летательные аппараты, FPV-дрон, GPS,
вооруженные силы, вооруженный конфликт, безопасность.
So’nggi qurolli mojarolar shuni ko’rsatmoqdaki, uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)
ushbu konfliktlarda keng qo‘llanilib, zamonaviy urushlarda strategik ahamiyat kasb etmoqda.
UUAlar havodan nishonlarni bombardimon qilish, raketalar uchirish, kamikadze usulida
zarba berish kabi turli harbiy maqsadlarda ishlatiladi. Ularning yordamida qo‘l granatalari,
minomyotlar, portlovchi qurilmalar, boshqariladigan bombalar, kassetali bombalar va boshqa
jangovar qurollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonlar ustiga yuborilishi mumkin.
362
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
UUAlar shuningdek, havo-yer raketalari, tankka qarshi boshqariladigan raketalar va hatto
kimyoviy yoki biologik xavfli moddalari bilan jihozlangan o‘qlardan foydalanishi mumkin. Bu
texnologiya, asosan, jangovar kallaklarning portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan shakllarini
harbiy amaliyotlarga olib kirdi.
1990-yillardan boshlab, dronlar dunyo miqyosida, ayniqsa AQSh tomonidan, keng
qo‘llanila boshlandi. Dronlarning rivojlanishiga olib kelgan asosiy omil - sun'iy yo‘ldosh
navigatsiya tizimi (GPS)ning joriy etilishi edi. Ushbu texnologiya UUAlar uchun aniq navigatsiya
qilish imkoniyatini yaratdi, bu esa ularni razvedka, kuzatuv va nishonlarni belgilashda samarali
vositaga aylantirdi. GPS tizimi UUAlarni ko‘plab harbiy operatsiyalarda, masalan, Afg‘oniston,
Pokiston, Suriya, Iroq, Somali va Yaman kabi mintaqalarda, havo-yer rusumli raketalar yordamida
amalga oshirilgan hujumlarda keng qo‘llanildi.
Bundan tashqari, Turkiya va Ozarbayjon ham dronlardan harbiy operatsiyalarda faol
foydalanib, ushbu texnologiyani rivojlantirdi. UUAlar o‘zining yuqori harbiy samaradorligi bilan
nafaqat razvedka maqsadlarida, balki urushda hujumchi kuch sifatida ham ishlatildi.
Ayniqsa, Ko‘rfaz urushi va BMT tinchlikparvar kuchlarining Yugoslaviya, Iroq va
Afg‘onistondagi vaziyatlarga aralashuvi davomida dronlar o‘zining ta’sirini kuchaytirdi. UUAlar
bu mojaro va urushlar davrida nishonlar aniqligini ta'minlashda va ularni yo‘q qilishda katta rol
o‘ynadi. UUAlarning harbiy sohada qo‘llanilishi, shuningdek, jangovar samaradorlikni oshirishga
yordam berdi.
Shu bilan birga, UUAlarning harbiy texnologiya sifatida rivojlanishi davom etmoqda.
Ular o‘zining jangovar samaradorligini oshirib borishi, masalan, yangi avtonom tizimlar
va kengaytirilgan qo‘llanilish sohalari yordamida doimiy ravishda takomillashib bormoqda.
Hozirgi vaqtda UUAlar, shuningdek, havo hujumlarini samarali boshqarish va raqibga
qarshi kurashishda asosiy vosita sifatida qaralmoqda.
UUAlarning harbiy qo‘llanilishi, albatta, zamonaviy urushlarning asosiy jihatlaridan biri
bo‘lib, dunyo miqyosidagi harbiy strategiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
texnologiyalarni anglatadi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya Qurolli Kuchlaridan sifat va miqdoriy ortda qolmasligini
ta’minlash maqsadida dronlardan foydalanishga muvaffaq bo'ldi. Ular turli vazifalarni bajarishga
qodir va dunyo qurolli kuchlarining aksariyati tomonidan qabul qilindi.
Dronlar har kuni tom ma'noda ishonchli, qobiliyatli va halokatli bo'lib bormoqda.
Rossiya SSSRdan bir necha turdagi UUAni meros qilib oldi, ammo bu texnologiyalardan
to‘liq foydalanish va rivojlantirish uchun 2008-yilda Gruziya bilan urushdan keyin keng ko‘lamli
sa’y-harakatlar boshlandi.
363
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Gruziya harbiylari o‘z qurolli kuchlarida Isroilda ishlab chiqarilgan zamonaviy dronlardan
muvaffaqiyatli foydalanib, Rossiya esa eski sovet dronlariga tayanib, ko‘plab texnik nosozliklarga
duch kelgan edi. Bu holat Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqish va
modernizatsiya qilish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rishga majbur etdi.
2009-yilda Rossiya Isroilning Israel Aerospace Industries
(IAI)
dron ishlab chiqaruvchi
kompaniyasi biri bilan yirik shartnoma tuzdi va ushbu sohani rivojlantirish uchun katta mablag‘
ajratdi. O‘sha yillarda, Rossiyada yangi ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etilib, ular dronlar
ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. Bu kompaniyalar asosan Isroilning “Forpost” kabi
modeliga o‘xshash dronlar ishlab chiqdilar.
2013-yilda Rossiya Mudofaa vazirligi uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash tizimini
rivojlantirishga bag‘ishlangan boshqaruvni tashkil etdi. 2021 yilga kelib, Rossiya dunyodagi eng
katta uchuvchisiz uchish apparatlari flotiga ega ekanligini e’lon qildi. 2022 yilning boshida
Rossiya, Ukraina bilan urush boshlanishidan oldin, dronlarni faqat razvedka va o‘t ochishni
boshqarish maqsadlarida ishlatdi. Ular nishonlarni aniqlab, artilleriya yoki raketalar orqali zarba
berish uchun markazlarga ma'lumot uzatishardi.
2000-yillarning o‘rtalarida Rossiya o‘zining hujumchi dronlarini ishlab chiqishni boshladi.
“Lanset” va “Cube” kabi modellarni yaratdi, bu dronlar ba'zi sinovlardan o‘tgandan so‘ng
Suriyada jangovar sharoitda qo’llandi.
Rossiya, shuningdek, Eronning kamikadze dronlarini sotib olishni boshladi. Eron
tomonidan ishlab chiqilgan "Shahed" dronlari Rossiya tomonidan “Geran” deb nomlanib,
keyinchalik Tataristonda ishlab chiqarila boshlandi. Bu dronlar asosan Ukraina hududidagi
nishonlarga hujum qilishda ishlatilmoqda. 2022-yil sentyabrida ushbu UUAlar Ukrainaga qarshi
asosiy zarbalarni amalga oshirishga kirishdi. Biroq, Rossiya o‘zining dronlarining ommaviy ishlab
chiqarilishi katta muammolarga duch keldi.
Rossiya Qurolli Kuchlari dronlarni ishlab chiqarishga yirik korxonalar bilan birgalikda
ishlamoqda. Biroq, ular arzon va oddiy modellarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, bu ishlab
chiqaruvchilar ko‘pincha samarali va tezkor ishlab chiqarish tizimlarini joriy eta olishmagan. Shu
sababli, ba'zi zavodlar kechayu kunduz ishlashga majbur bo‘ldi. Ukraina dronlarini ishlab
chiqarish bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ukraina o‘z dronlarining ishlab
chiqarishiga nisbatan kechroq kirishdi, ammo ularni ishlab chiqarish uchun katta mablag‘lar
ajratildi.
Ukraina Qurolli Kuchlari 2022 yil boshlarida Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar TB2
dronlari yordamida Rossiyaning og’ir texnikalariga qarshi muvaffaqiyatli kurashdi. Shu bilan
birga, G‘arb davlatlari Ukraina uchun kamikadze dronlari va boshqa texnikalarni yetkazib berdi.
364
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ukraina hukumati, shuningdek, dronlar ishlab chiqarishni va ularga mablag‘ ajratishni
kengaytirishi natijasida 2023 yilga kelib, Ukraina dronlar ishlab chiqaruvchi 200 ga yaqin
kompaniyaga ega bo‘ldi.
Urushning dastlabki bosqichlarida, arzon va tijorat dronlari Ukrainaga katta yordam berdi,
ammo Rossiya va Ukraina o‘zlarining elektron urush va havo mudofaasi tizimlarining
takomillashtirilishi ularning samaradorligini sezilarli darajada kamaytirdi.
Shu bilan birga, dronlarga qarshi kurashish metodlari o‘zgara boshladi. Rossiya harbiylari
havo mudofaasi tizimlarini yuqori binolarda va zirhli transport vositalarining yuqori qismlarida
joylashtirib, dronlarga qarshi kurashni kuchaytirdi. Ammo, dronlar ishlab chiqarishda Rossiya va
Ukraina hali ham katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Istiqbolda UUAlar borgan sari avtonom bo'lib, qaror qabul qilish va minimal inson
aralashuvi bilan vazifalarni bajarishga qodir bo'ladi. Bu ularni yanada murakkab va uzoqroq
missiyalarni bajarish uchun ishlatish imkonini beradi.
Uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV) bugungi harbiy mojarolarning ajralmas qismiga
aylandi. 2020-yilgi Qorabog‘ urushida Ozarbayjonning Bayraktar TB2 dronlaridan samarali
foydalanishi bu texnologiyaning strategik ustunlik taqdim etishiga misol bo‘ldi. Ammo
Ukrainadagi urush dronlarning yoppasiga qo‘llanilgan tarixdagi birinchi mojaro sifatida tarixga
kirdi. Bu urush uchuvchisiz qurilmalarning afzalliklari va zaif tomonlarini tahlil qilish uchun boy
tajriba manbai bo‘ldi.
Dronlar harbiy amaliyotlarda razvedka, kuzatuv, va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum vazifalarida
qo‘llaniladi. Qo‘shma Shtatlarning MQ-9 Reaper kabi yuqori texnologik dronlari uzoq muddatli
foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ularning yuqori narxi va ekspluatatsion xarajatlari
qimmatbaho resurslarni talab qiladi. Shu bilan birga, Ukraina va Rossiya kabi mojaroda ishtirok
etuvchi tomonlar arzon, kichik va ko‘p sonli dronlarni jang maydonida samarali ishlatmoqda.
Xitoyning DJI kompaniyasi ishlab chiqargan Mavic dronlari tinchlik maqsadlarida
mo‘ljallangan bo‘lsa-da, jang maydonida ham keng qo‘llanila boshladi. Modernizatsiya qilinib,
jangovar kallak va portlovchi moslamalar bilan jihozlangan bu qurilmalar asosan ikki turga
bo‘linadi:
-Bombardimonchi dronlar: Bu turdagi qurilmalardan granatalar yoki yuqori portlovchi
snaryadlar tashlash uchun foydalaniladi. Ular ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan.
-Kamikadze dronlar: Nishonga yuqori tezlikda yetib borib portlash orqali zarar yetkazadi.
Ularning aniqligi yuqori, ammo faqat bir marta foydalaniladi.
FPV-dronlar Ukrainadagi mojaroning yangi tendensiyasiga aylandi. Ularning asosiy
afzalliklari:
365
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Arzonligi: FPV-dronlarni bir necha yuz AQSH dollariga tayyorlash yoki sotib olish
mumkin.
Ko‘pligi: Har bir askarga 3-4 tadan dron to‘g‘ri keladi.
Tezligi va aniqligi: Baʼzi FPV-dronlar 100 km/soat tezlikka erishishi va yuqori aniqlik
bilan nishonni yo‘q qilishi mumkin.
Ammo ularning kamchiliklari ham yo‘q emas. Foydalanish masofasi cheklangan bo‘lib,
ular ko‘pincha 20 kilometrgacha parvoz qila oladi. Elektron urush tizimlari dronlarni boshqarishni
qiyinlashtiradi, bu esa ularning samaradorligini pasaytiradi.
Elektron urush texnologiyalari FPV-dronlar va boshqa uchuvchisiz qurilmalarning
samaradorligini sezilarli darajada pasaytirmoqda. Signal bostirish (jamming) va GPS to‘lqinlarini
to‘sish kabi usullar keng qo‘llanilmoqda. Biroq, optik-tolali kabellardan foydalanadigan dronlar
bunday texnologiyalarga nisbatan chidamliroq bo‘lib, ular yuqori aniqlikdagi tasvirni uzatish
imkoniyatiga ega. Ammo bu turdagi dronlarning ham masofaviy cheklovlari mavjud.
O‘zbekiston ham dronlar ishlab chiqarish sohasida sezilarli yutuqlarga erishmoqda. 2022-
yildan boshlab, Lochin brendi ostida mahalliy uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarilmoqda.
Toshkentda o‘tkazilgan innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasida ushbu dronlar birinchi
marta taqdim etildi. Bu mahalliy mudofaa sanoati uchun katta qadam bo‘lib, o‘z armiyamizni
zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari 2024 yilda
Milliy tadqiqot universiteti talabalari tomonidan yaratilgan. Agroqanot Boyqush qishloq xo‘jaligi
ekin va maydonlariga urug‘larni ekish uchun mo‘ljallangan. 2024 yil 19 aprelda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti E.Rahmon
Dushanbe shahrida o‘tkazilgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida ushbu loyiha bilan tanishgan
edi.
Xulosa
sifatida shuni aytish mumkinki, dronlarning jang maydonida paydo bo‘lishi harbiy
strategiyalarni tubdan o‘zgartirdi. Ular urushlarning iqtisodiy va texnologik jihatlarini yangi
darajaga olib chiqmoqda. Biroq, yuqori texnologiyaga ega kuchlarning ustunligi, elektron urush
texnologiyalari va harbiy maqsadlarga moslashish talablari bu sohada yangi qiyinchiliklarni
yuzaga keltirmoqda. Kelajakda dronlar urushlarning ajralmas quroliga aylanishi aniq, ammo
frontdagi odam omilining ahamiyati hali ham saqlanib qolmoqda.
Istiqbolda,
uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) harbiy texnologiyalarni tubdan
o‘zgartirib, urushlarni boshqarish usullariga yangicha yondashuv kiritadi. Kelajakda ularning
rivojlanishi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda davom etishi kutilmoqda: Sunʼiy intellektga asoslangan
dronlar yordamidagi jangovar taktikalar, ko‘p sonli dronlardan bir vaqtning o’zida foydalanish,
elektron kurash va antidron texnologiyalarining rivojlanishi, uzoq muddatli parvoz va yuqori yuk
ko‘tarish qobiliyatiga ega dronlarning takomillashuvi kutiladi.
366
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Kelajak urushlarida dronlarning o‘rni yanada muhim bo‘lib, ular faqat harbiy qurol emas,
balki strategik resursga aylanishi kutilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirgan va
ulardan samarali foydalangan mamlakatlar strategik ustunlikka ega bo‘ladi. Ammo bu rivojlanish
yangi xavfsizlik tahdidlarini ham yuzaga keltiradi, shuningdek, xalqaro qurolli mojaro qoidalarini
qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. O‘zbekiston kabi davlatlar uchun esa o‘zining texnologik
bazasini mustahkamlash va innovatsiyalarni rivojlantirish kelajakdagi global xavfsizlik tizimida
o‘z o‘rnini saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
UUA texnologiyasining rivojlanishi zamonaviy harbiy sohadagi eng muhim
tendensiyalardan biridir. Bu nafaqat harbiy mojarolarning mohiyatini o‘zgartiribgina qolmay,
balki insoniyat oldiga sinchiklab o‘rganish va muhokama qilishni talab qiladigan bir qator yangi
muammolarni ham qo‘yadi.
REFERENCES
1.
Аверченко Сергей Викторович, Белоусов Владимир Владимирович Беспилотные
летательные аппараты в военных конфликтах второй половины XX - начала XXI веков:
основные вехи истории // Современная научная мысль. 2023. №1. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/bespilotnye-letatelnye-apparaty-v-voennyh-konfliktah-
vtoroy-poloviny-xx-nachala-xxi-vekov-osnovnye-vehi-istorii
2.
Афонин И. Е. и др. Анализ опыта боевого применения групп беспилотных летательных
аппаратов для поражения зенитно-ракетных комплексов системы противовоздушной
обороны в военных конфликтах в Сирии, в Ливии и в Нагорном Карабахе // Системы
управления, связи и безопасности. – 2020. – №. 4. – С. 163-191.
URL:https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-opyta-boevogo-primeneniya-grupp-bespilotnyh-
letatelnyh-apparatov-dlya-porazheniya-zenitno-raketnyh-kompleksov-sistemy
3.
Евтодьева М. Г., Целицкий С. В. Беспилотные летательные аппараты военного
назначения: тенденции в сфере разработок и производства // Пути к миру и
безопасности.
–
2019.
–
№.
2
(57).
–
С.
104-111.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/bespilotnye-letatelnye-apparaty-voennogo-naznacheniya-
tendentsii-v-sfere-razrabotok-i-proizvodstva (дата обращения: 21.11.2024).
4.
Ўринов Ф.С. "Замонавий қуролли тўқнашувларда учувчисиз учиш аппаратларини
қўллаш ва уларга карши курашиш муаммолари"/ Ф.С. Ўринов, Ш.А. Қамбаров // Harbiy
taʼlim va fanda innovatsiyalar./ ilmiy axborot jurnali. - 3(15) 2022.
5.
Chadwick J. Boyd, Roderick YE. Harris, Christopher L. Kleparek, and Joshua W. Taylor. A
study of how unmanned aerial vehicle systems can improve over-the-horizon targeting and
strike missions. Naval Postgraduate School Monterey, California 2020.
