2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
162
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI
RIVOJLANTIRISH DARSLIKLAR ASOSI.
Saidova Gavhar Ergashovna
Buxoro davlat pedagogika instituti “Boshlangʻich taʼlim” kafedrasi dotsenti.
E-mail:
Saidovagavhar 1974 @gmail.com
Bekimbetova Nilufar Zokir qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti Boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14420550
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf Matematika darslarida mantiqiy
fikrlashni rivojlantirish va mulohaza yuritish hamda darslik haqida turli xil xulosalar keltirib
o‘tilgan. Bu orqali mantiqning ahamiyati ham keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
mulohaza, mantiq,misollar, darsliklar ,mantiqiy fikrlash, amallar, amalda
qo‘llash, sonlar, TIMSS topshiriqlari.
ОСНОВА УЧЕБНИКОВ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ
НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНОМ КЛАССЕ.
Аннотация.
B данной статье представлены различные выводы о развитии
логического мышления и рассуждения на уроках начальной математики и по учебнику. это
также показывает важность логики.
Ключевые слова:
рассуждения, логика, примеры, учебники, логическое мышление,
операции, практическое применение, числа, задачи TIMSS.
THE BASIS OF TEXTBOOKS FOR DEVELOPING LOGICAL THINKING IN
ELEMENTARY GRADE MATHEMATICS LESSONS.
Abstract.
This article presents various conclusions about the development of logical
thinking and reasoning in elementary mathematics lessons and the textbook. Through this, the
importance of logic is also presented.
Keywords:
reasoning, logic, examples, textbooks, logical thinking, actions, practical
application, numbers, TIMSS tasks.
Mantiq tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar
oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonun qoidalar yigʻindisini oʻrganadi. Mantiqning vazifasi
— chin fikrni, haqiqatni aniqlash. Mantiq ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkurdir.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
163
Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud
boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga
keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da
amalga oshadiMantiq dalil keltirish va xulosa chiqarish prinsiplarini oʻrganuvchi falsafiy
tadqiqotdir. Formal fan sifatida mantiq abstrakt unsurli tizimlarni tadqiq etadi, bu unsurlar taʼkid
yoki argumentlar boʻlishi mumkin. Mantiq muammolari oʻzi ichiga paradokslar, xatolar, sabab va
oqibatlar orasidagi bogʻlarga oid savollarni oladi. Mantiq — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy
qonunlari va shakllari haqidagi fan. Mantiq oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega.
Mantiqga oid dastlabki fikrlar Qadimiy Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston,
Xitoyda vujudga keldi. Qadimda mantiq falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida
shakllanmagan. Yunon falsafasida mantiq masalalari dastlab Parmenidning „Tabiat toʻgʻrisida“
asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan.
Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti,
Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. Mantiq ilmining alohida
fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib mantiq oʻrganadigan
masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning „Kategoriyalar“, „Talqin haqida“, „Birinchi analitika“,
„Ikkinchi analitika“, „Sofistik raddiyalar haqida“, „Topika“ nomli asarlari mantiq masalalariga
bagʻishlangan. Aristotel mantiqni „maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi“, „chin
fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi“ fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng mantiq, asosan, stoiklar
maktabi vakillarining, Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar mantiqning
maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin
va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham mantiq ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va mantiq
mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher
Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining „Mantiqqa
kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi“ asarlarida mantiq masalalariga ilmiy bilish metodlari
deb qaragan. Forobiy fikricha, mantiq insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan
saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning
figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi
usul deb hisobladi Mantiq tushunchalari Matematika darslarida juda zarur bo‘lib hisoblanadi.
Ayniqsa boshlang‘ich sinf Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish juda
ham muhim va uni amalda uni o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ertadan boshlanadi.
1-sinflarda har bir mavzuda mantiq va mulohaza qilishga yurtilgan misol va masalalar
keltirilgan.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
164
Ular ham sodda va Murakkab masalarga bo‘linib ketgan. Bolalarga qiziqarli tarzda bayon
etilgan, dastlabki masalalar ertak va hayotiy misollarga asoslangan. Bu esa o‘quvchilarning
mantiqiy tafakkurining rivojlantiradi, o‘stiradi va hayotga tatbiq qilishga yordam beradi.
Bundandan tashqari xalqaro baholash dasturlari asosi ham o‘quvchilarda mantiqiy
fikrlashni rivojlantirish uchun xizmat qilish kelmoqda.
Darslikdagi mantiqiy masalalar ham ushbu xalqaro baholashga mo‘ljallangan bo‘lib
hisoblanadi va ularni o‘qib tushunish ham Matematika fanidan tashqari PIRLS xalqaro baholash
dasturi uchun ham zamin yaratadi. Bu misol va masalalarni yechish orqali o‘quvchilarni fikrlashi
rivoqlanadi, mantiqiy tafakkuri yanada kengayadi hamda TIMSS, PISA, EGMA, EGRA PIRLS
kabi muhim xalqaro baholash dasturi uchun zamin yaratdi, testlarni oson yechishga o‘rgatadi.
Hozirgi kunda har bir darslik mantiqiy fikrlashni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, bu asosan
Matematika darslarida aniq qilib ko‘rsatilgan
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, boshlang‘ich sinf Matematika darslarida mantiqiy
fikrlashni rivojlantirish uda ham zarur,chunki hozirda milliy dastur asoslarida Mantiqqa alohida
e'tibor berilgan. Shu bois biz talabalarga ham xalqaro baholash dasturi hamda boshlang‘ich sinf
Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish fanlari o‘rgatilib kelinmoqda. Bu bo‘lajak
talabalarni kelgusi faoliyatida ham mantiqiy fikrlashni yanada rivojlantirish zarurligining isbotidir.
REFERENCES
1.
Abdullayeva B.S, Saidova M.J, Dilova N.G‘. "Matematika o‘qitish metodikasi "darslik
Buxoro 2021
2.
Saidova M.J. " Xalqaro baholash tizimi" darslik Buxoro 2024
3.
Saidova M J. "Ta'limda multimediya texnologiyalardan foydalanish" darslik "Durdona"
2022
4.
Abdullayeva B.S, Saidova M.J. darslik 2022
5.
Kasimov F.M, Saidova G.E. darslik 2024
6.
"Xalq ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinu tasdiqlash to‘g‘risidagi
5712 sonli " qarori.
7.
Saidova, G. E. (2021). BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
O‘QUVCHILARNI MANTIQIY MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH.
Scientific
progress
,
2
(6), 1021-1024.
8.
Ergashovna, S. G. (2021). Formation Of Concepts About Length In Primary School
Students, Developing Length Measuring Skills.
European Scholar Journal
,
2
(4), 109-113.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
165
9.
Saidova,
G.
(2023).
BOSHLANG‘ICH
TA’LIMDA
MODULLI
TA’LIM
TEXNOLOGIYALARNI
JORIY
ETISHNING
ILMIY-PEDAGOGIK
ASOSLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
28
(28).
10.
Saidova, G. E. (2021). BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
O‘QUVCHILARNI MANTIQIY MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH.
Scientific
progress
,
2
(6), 1021-1024.
11.
Saidova, G. E. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARNING O ‘QUV
FAOLIYATINI
BAHOLASHDA
ZAMONAVIY
LOYIHALARDAN
FOYDALANISH.
Conferencea
, 33-37.
12.
12.Ergashovna, S. G. (2023, February). BOSHLANG‘ICH SINF TARBIYA
DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV. In
E Conference Zone
(pp. 1-4).
13.
SAIDOVA, G. BOSHLANGʻICH SINFLARDA MATEMATIKADAN ZAMONAVIY
DARS SHAKLLARI.
EDAGOGIK AHORAT
, 63.
14.
SAIDOVA, G. BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARIDA UZUNLIK HAQIDA
TASAVVURLARNI
SHAKLLANRITISH,
UZUNLIKLARNI
O
‘LCHASH
MALAKALARINI HOSIL QILISH.
EDAGOGIK AHORAT
, 92.
