Authors

  • D. Nuritdinova
  • N. Ikromova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.54037

Keywords:

yozma nutq og’zaki nutq rolli o’yinlar lingvistik kompetensiya pragmatik kompetensiya strategik kompetensiya “Intervyu” meteodi “Kitob taqdimoti” metodi.

Abstract

O’quvchilar rivojlanishining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri ularning nutqidir. O’zbek tilini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilari og'zaki va yozma muloqotda ijodiy o'zini namoyon qilish zarurligini anglash va jamiyatdagi muloqot jarayonining kelajakdagi muvaffaqiyatini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. O’zbek tili ularning fikrlash, tasavvurlarini, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vositasiga aylanishi kerak.

background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

166

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI

SHAKLLANTIRISH

D.Nuritdinova

Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.

N.Ikromova

Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim III bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14420592

Annotatsiya.

O’quvchilar rivojlanishining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri ularning

nutqidir. O’zbek tilini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilari og'zaki va yozma

muloqotda ijodiy o'zini namoyon qilish zarurligini anglash va jamiyatdagi muloqot jarayonining

kelajakdagi muvaffaqiyatini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. O’zbek tili ularning

fikrlash, tasavvurlarini, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vositasiga aylanishi

kerak.

Tayanch so’z va iboralar:

yozma nutq, og’zaki nutq, rolli o’yinlar, lingvistik kompetensiya,

pragmatik kompetensiya, strategik kompetensiya, “Intervyu” meteodi, “Kitob taqdimoti” metodi.

Nutq faoliyati- bu nutqning o’zaro ta’sir tushunchalari hamda nutq aloqasi bilan o’zaro

bog’liq bo’lgan murakkab hodisa hisoblanadi. Rus olimi A.N.Shamov nutq kompetensiyasining

tarkibiga quyidagi 4 qismni kiritadi:

1) rasmiy hamda norasmiy muloqot sharoitida kommunikativ jihatdan maqbul nutq xatti-

harakatlari to’g’risidagi bilimlar, nutq registrlari, o’qish, gapirish, tinglash va yozishni aloqa

vositasi sifatida ishlatishda nutq strategiyalarini bilish;

2)tinglash, o’qish, gapirish va yozish texnikasi bo’yicha ko’nikmalar;

3)og’zaki va yozma matnlarni yarartish, idrok etish, kommunikativ talqin qilish bilan

bog’liq bo’lgan ko’nikmalar;

4)nutq xatolarini tuzatish qobiliyati.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutq kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi

o’quvchilarda og’zaki nutq hamda muloqot ko’nkmalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim

vazifa hisoblanadi. Ushbu jarayonda yordam beradigan usul hamda texnikalarni mavjud bo’lib,

ular quyidagilar:

1)

nutq mashqlari hisoblanib, bu usul yordamida samarali mashqlarni bajartirish

o’quvchilarning dialogik nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga yanada yordam beradi.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

167

2)

Bunga savollarga asosli javoblar uzish, rolli o’yinlar yoki viktorinalar tashil qilishni misol

qilib keltirsak bo’ladi.

2) nutqni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish: bunda o’quvchilarning og’zaki nutqini

yanada rivojlantirish uchun o’qituvchilar erkin va qiziqarli muloqot sharoitini yaratishlari, turli xil

mavzularni muhokama qilish, hikoyalar hamda boshqa tadbirlarni o’tkazishni o’z ichiga oladi.

3) yozishni rivojlantirish: o’zbek tilini o’rganish jarayonida o’quvchilar o’zlarining ijodiy

qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish, ma’lumot qidirish va va vazifalarni bajarish uchun tildan

foydalanishni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

4) muvofiq nutqqa alohida e’tibor: shuni e’tiborga olish kerakki, ko’plab o’quvchilar 4-5

jumladan iborat qisqa matn va hikoyalar bilan cheklanishadi. Bolalar o’z fikrlarini erkin hamda

hissiy jihatdan ifolashliklari uchun o’qituvchilar ularning izchil nutqini rivojlantirishga yordam

berishlari lozim.

Nutqni rivojlantirish davomida o’quvchilar quyidagilarni o’rganadilar: sinfda, maktabda,

kundali hayota, turli xil yoshdagi insonlar bilan muloqot qilishning lingvistik va nolingvistik

vositalarini to’g’riligini baholash; o’z fikrlarini erkin bayon etish; hikoya va matnlarga mustaqil

ravishda nom bera olish; matn rejalarini tuzish; muayyan muloqot jarayonlari uchun turli xildagi

xatlar, tabriknomalar va boshqa xildagi qisqa matnlar yaratish; nutqning turli xil turlaridan

foydalalngan holda muayyan bir mavzu yuzasidan og’zaki hikoya hikoya va matnlarni tuzish,

tasvirlash, fikrlash, hikoya qilish; gap tartibi buzilgan matnlarni tahil qila olish hamda ularni

tuzatish; ushbu matndagi semantik bo’shliqlarni topish.

Nutqiy kompetensiyaning 5 ta tarkibiy qismi mavjud.

1)lingvistik kompetensiya: bu kompetensiya til qoidalari, grammatik tuzilishi, lug’at

hamda fonetikasini bilishni o’z ichiga oladi.

2)ijtimoiy lingvistik kompetensiya: tildan ijtimoiy normalarga hamda qoidalarga muvofiq

tarzda foydalanish qobiliyati hisoblanadi.

3)pragmatik kompetensiya: har xil turdagi muloqot holatlarida o’z maqsalariga erishish

uchun tildan foydalanish qobiliyati.

4) strategik kompetensiya:o’z maqsadlariga erish uchun turli xil nutq strategiyalaridan

foydalanish.

5)kommunikativ kompetensiya: polilogda qatnashish, dialoglar o’tkazish, turli xil janrdagi

og’zaki va yozma matnlarni yaratish qobiliyati hisoblanadi. Nutq kompetensiyalarini shakllantirib

borish oddiydan murakkabga qarab tizimli va izchil amalga oshirilishi lozim. Nutqni

rivojlantirishda o’quvchilarga taqdim etilayotgan o’quv materiallari o’quvchilar hayoti, ehtiyojlari


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

168

va qiziqishlariga mos bo’lishi zarur. Bunda o’qitish mazmuni va usullari o’rganlayotgan

bilimlarning zamonaviy darajasiga mos kelishi kerak. O’qitish jarayonini yanada qiziqarli hamda

samarali qiladigan turli xildagi o’qitish usullari, texnologiyalaridan foydalanish zarur.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini kuchaytirish eng asosiy

vazifalardan biri hisoblanib, nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga fikr nutqini yaratadi. Nutq

fikrni bayon qilish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli ham hisoblanadi. Fikr

nutqning psixologik asosi vazifasini ham bajaradi, fikrni boyitish esa uni o‘stirish sharti

hisoblanadi. Shu sababli ham material tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oid bo’lganini

tanlash va joylashtirish o’quvchilarning nutqini o’stirishda katta hamiyat kasb etadi. Tafakkurning

muvaffaqiyatli o’sishi til materiali yordamida nutqiy shakllantirilishiga va bayon etilishiga bog’liq

hisoblanadi.

Nutq kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida dars davomida turli xil didak o’yinlar

va mashqlardan foydalanish mumkin. Bunga misol qilib “Intervyu” hamda “Kitob taqdimoti”

metodlarini qo’llasak bo’ladi. “Intervyu” metodida qanday fan bo’lishidan qat’iy nazar

o’quvchilarga bir-birlaridan intervyu olishlari aytiladi. Ushbu metodni qo’llash jarayonida:

Og‘zaki nutq rivojlanadi.

Omma oldida so‘zlash qobiliyati oshadi.

Mavzuni yaxshilab mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Kitob taqdimoti” metodida esa:

Bolaning yoshiga qarab har bir oy uchun bittadan adabiyot tanlash kerak.

Badiiy adabiyot namunasi. Fanga mos bo‘lsa yana ham yaxshi.

O‘sha asar qismlari o‘quvchilarga bo‘lib beriladi. Har bir o‘quvchiga alohida-alohida

kichik hajmli asarni bo’lib berish ham mumkin. Eng muhimi, 1oy ichida o‘qib bo‘lishi lozim.

Haftada 1 yoki 2 kun "Kitoblar taqdimoti" uchun ajratiladi.

Har bir o‘quvchi o‘z asar taqdimotini o‘tkazib beradi.

Bunda o‘quvchi asardagi voqeliklar, qahramonlar haqida gapiradi. Va asarning tub

mazmun-mohiyatini tushunarli hamda qiziqarli qilib so‘zlab berishi darkor.

Shundan so’ng, boshqa o‘quvchilar ham shu asarga qiziqishni boshlashadi. Bolalar endi

o‘rtoqlarining kitoblarini almashib o‘qishlari mumkin.

AFZALLIKLARI:


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

169

1.Taqdimot tayyorlashda bola nutq madaniyatini ham o‘z o‘rnida o’zlashtira boradi. O’zini

tutish, chiroyli gapirish, so’zlardan o‘rinli foydalanish kabi qobiliyatlari ham rivojlanadi. Eng

asosiysi, omma oldida nutq so‘zlashni o‘rganadi.

2.

Fikrlarini tartiblaydi. O’z navbatida so‘zlarni ham xatosiz yozish ko’nikmasi shakllana

boshlaydi, chunki kitob o‘qish ham og‘zaki, ham yozma nutqni takomillashtiradi.

O’tkazilgan amaliyotlar shuni ko'rsatadiki, o'quvchi to'g'ri yozishi mumkin, lekin hayotda

u qo'rqmasdan, hayajonlanmasdan gapira olmaydi. Oxirgi paytlarda boshlang'ich sinf

o'quvchilarining nutqini rivojlantirish muammosini hal qilishda nutq faoliyati nazariyasiga

asoslangan va o'quvchilarning kommunikativ ko'nikmalarini, lingvistik bilimlarini va yanada

samarali muloqot qilish uchun o'zlashtirishga qaratilgan yangi kommunikativ faollik yondashuvi

amalga oshirilgani bejiz emas.

REFERENCES

1.

E.V. Korenovskaya, L.V. Fomicheva. Boshlang'ich maktabda rus tilini o'qitish metodikasi.

M.: Ta'lim, 2010.

2.

M. Tilakova, S. Qoraev. "Recommendations for students'creative ability development".

Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.

3.

Тилакова М.А.Kораев С.Б. "Укувчилар креативли кoбилиятларини ривожлантириш

буйича тавсиялар". Academic research in educational sciences, 4(2)

4.

JANOB. Lvov. Rus tili metodologiyasi. M.: Ta'lim, 2008 yil.

5.

N.N. Nechaeva, E.V. Korenovskaya. Rus tili bo'yicha mashqlar to'plami. M.: Ta'lim, 2011

yil.

6.

T.I. Ladyzhenskaya, M.M. Razenkova. Rus tili metodologiyasi. M.: Ta'lim, 2010.

7.

Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi (Darslik). – T.: “Barkamol fayz

media”, 2018.

8.

Nuritdinova, D., & Ikromova, N. (2023). INNOVATIVE METHODS OF TEACHING

PRIMARY CLASS STUDENTS TO READ EXPRESSIVELY. International Journal of

Advance Scientific Research, 3(11), 318-322.

9.

Akhmedova, D. B., & Nuritdinova, D. (2022). METHODOLOGICAL BASIS OF

STUDYING FOLK PROVERBS AND RIDDLES IN PRIMARY CLASSES. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 10(7), 107-110.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

170

10.

Nuritdinova, D. F. (2024). Development of Speaking Competences of Primary Class

Students Based on Pedagogical Technologies. EUROPEAN JOURNAL OF

INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(5), 74-77.

11.

Нуритдинова, Д. Ф. Қ. (2022). Способы преподавания народного творчества в

начальных классах на основе проблемного метода. Science and Education, 3(10), 437-

444.

12.

Aminovna, Shoyeva Yulduz. “Boshlang’ich sinf matematika kursi masalalarining

ahamiyati”. NOFORMAL TA'LIMDAGI EVROPA JURNALI 4.4 (2024): 329-335.

13.

Шоева, Ю. (2022). Общие принципы работы над задачами математики в младших

классах. Science and Education, 3(9), 428-4

14.

Turdiyeva, N., Babanazarova, M., Raximova, N., & Shoyeva, Y. (2024). Strategic

solutions for sustainable environmental management. In BIO Web of Conferences (Vol.

141, p. 04008). EDP Sciences.

15.

Saidova, M., Usmonova, Z., Joʻrayeva, D., & Nuritdinova, D. (2024). Boshlang‘ich sinf

matematika

darslarida

axborot

texnologiyalaridan

foydalanish

metodikasini

takomillashtirish. E3S Web of Conferences da (538-jild, 05033-bet). EDP fanlari.

16.

Aminovna, S. Y. (2024). Significance of Problems in Primary Mathematics Course.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(4),

329-335.

References

E.V. Korenovskaya, L.V. Fomicheva. Boshlang'ich maktabda rus tilini o'qitish metodikasi. M.: Ta'lim, 2010.

M. Tilakova, S. Qoraev. "Recommendations for students'creative ability development". Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.

Тилакова М.А.Kораев С.Б. "Укувчилар креативли кoбилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар". Academic research in educational sciences, 4(2)

JANOB. Lvov. Rus tili metodologiyasi. M.: Ta'lim, 2008 yil.

N.N. Nechaeva, E.V. Korenovskaya. Rus tili bo'yicha mashqlar to'plami. M.: Ta'lim, 2011 yil.

T.I. Ladyzhenskaya, M.M. Razenkova. Rus tili metodologiyasi. M.: Ta'lim, 2010.

Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi (Darslik). – T.: “Barkamol fayz media”, 2018.

Nuritdinova, D., & Ikromova, N. (2023). INNOVATIVE METHODS OF TEACHING PRIMARY CLASS STUDENTS TO READ EXPRESSIVELY. International Journal of Advance Scientific Research, 3(11), 318-322.

Akhmedova, D. B., & Nuritdinova, D. (2022). METHODOLOGICAL BASIS OF STUDYING FOLK PROVERBS AND RIDDLES IN PRIMARY CLASSES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(7), 107-110.

Nuritdinova, D. F. (2024). Development of Speaking Competences of Primary Class Students Based on Pedagogical Technologies. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(5), 74-77.

Нуритдинова, Д. Ф. Қ. (2022). Способы преподавания народного творчества в начальных классах на основе проблемного метода. Science and Education, 3(10), 437-444.

Aminovna, Shoyeva Yulduz. “Boshlang’ich sinf matematika kursi masalalarining ahamiyati”. NOFORMAL TA'LIMDAGI EVROPA JURNALI 4.4 (2024): 329-335.

Шоева, Ю. (2022). Общие принципы работы над задачами математики в младших классах. Science and Education, 3(9), 428-4

Turdiyeva, N., Babanazarova, M., Raximova, N., & Shoyeva, Y. (2024). Strategic solutions for sustainable environmental management. In BIO Web of Conferences (Vol. 141, p. 04008). EDP Sciences.

Saidova, M., Usmonova, Z., Joʻrayeva, D., & Nuritdinova, D. (2024). Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish. E3S Web of Conferences da (538-jild, 05033-bet). EDP fanlari.

Aminovna, S. Y. (2024). Significance of Problems in Primary Mathematics Course. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(4), 329-335.