2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
171
ARIFMETIK MASALALAR VA ULAR USTIDA ISHLASH BORASIDA TAVSIYALAR
Qosimova M.M.
Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti.
Ataboyeva Mavluda
Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14420632
Annotatsiya.
Bu maqolada boshlang’ich o’quvchilariga arifmetik masalalarni yechishga
o’rgatishning usullari yoritilgan
.
Tayanch so`zlar:
masala, arifmetik masala, arifmetik amal, misol, topshiriq.
АРИФМЕТИЧЕСКИЕ ЗАДАЧИ И РЕКОМЕНДАЦИИ ПО РАБОТЕ С НИМ
Аннотация.
Работа над арифметическими задачами в начальных классах
составление и решение творческих задач учащимся является объектом данной статьи.
Ключевые слова:
задача, арифметическая задача, арифметика, пример, задание.
ARITHMETIC PROBLEMS AND SUGGESTIONS FOR WORKING ON THEM
Abstract.
The work with ariphmetic tasks in initial classes, drawing up and decision of
creative tasks by the pupils is object of given clause.
Keywords:
matter, arithmetical task, arithmetical action, example, task.
Boshlang’ich sinflarda arifmetik masalaning ahamiyati, mohiyati to’g’risida ko’p
gapirilgan:
a)
arifmetik masala o’quvchilarga arifmetik amallarning ma’nosini chuqur tushuntirishga,
amallar xossalarining mohiyatiga to’la yetishiga ko’maklashadi;
b)
o’quvchilar tafakkurini hayotiy faktlar bilan boyitadi, chunki masalada hayotiy haqiqat aks
ettiriladi;
c)
o’quvchilarda matematik tilni shakllantiradi. O’quvchi istalgan matematik ifoda, topshiriq,
matnga qarab uning talabini sharhlab bera oladigan bo’ladi;
d)
o’quvchida mantiqiy tafakkur rivojlantiriladi;
e)
istalgan masala tarbiyaviy ahamiyatga ega. U hayot taraqqiyoti dinamikasini ochib beradi;
f)
masala yechish jarayonida o’quvchilarda fanga nisbatan qiziquvchanlik mustaqillik va
erkin fikrlash uyg’onadi;
g)
istalgan arifmetik masala nazariya bilan amaliyotini bog’lash borasidagi asosiy vositadir;
h)
masala yechish jarayonida o’quvchilarda ijodiy fikrlash shaklanadi, hayotiy voqelikni
tassavvur qila oladi;
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
172
Yuqorida qayd etilganlarning boshlang’ich sinflar uchun ahamiyatini to’ldirib, arifmetik
masala deganda shunday savolni tushunmoq kerakki, masala shartida berilgan sonni faktlar ustida
arifmetik amallar bajarilib undagi noma’lum topiladi, deb ta’rif berish mumkin. Masala savoliga
javob uni yechib topiladi. Yechish deganda masalada berilganlar bilan izlanayotgan miqdor
o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash tushuniladi.
Shu munosabat bilan istalgan arifmetik masalani uch qismga bo’lish mumkin:
1.
Masalaning sharti bilan.
2.
Undagi sonli faktlar.
3.
Masalaning savoli
Yuqorida keltirilgan barcha argumentlar boshlang’ich sinfda matematika o’qitishda
o’qituvchi, arifmetik masalalar yechishga jiddiy e’tibor bilan qarashi kerakligini va maktabda
butun matematika kursini o’zlashtirish ishi arifmetik masalalarga qaratilib ko’rilishi zarurligini
ko’rsatadi.
Shunday savol tug’iladi, arifmetik masala bilan misol o’rtasida qanday farq bor?
Misol bu sonli ifoda bo’lib, unda amallar va ularning bajarilish tartibi amal belgilari orqali
berilgan bo’ladi. Ammo har qanday sharti, sonli faktlari va savoli bo’lgan matn masala bo’la
olmaydi. Bunda ham o’ziga xos talablar mavjud.
Masala o’z mazmuni bilan o’quvchilarga yaqin va tanish bo’lib, u o’quvchini o’rab olgan
hayot voqealarini o’zida aks ettirishi kerak. Tuzilishi jihatdan oddiy, tushunarli, iloji boricha qisqa
matnli bo’lishi kerak.
Sonli faktlar hayotiy, real, imkoniyat chegaramizga sig’adigan, mantiqan to’g’ri tanlangan
va taraqqiyot dinamikasini ochib beradigan bo’lishi kerak.
Boshlang’ich sinf darsliklarini tahlil qilganimizda 1-sinfdan boshlab, har bir darsda hech
bo’lmaganda bir yoki bir necha masalaga duch kelamiz. Masalalarni o’quvchilrga tushuntira olish
o’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi esa kuchli bilim va metodik mahoratga ega
bo’lgan, bolalarni chin dildan sevuvchi inson bo’lishi kerak
Masala tuzish ishi boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ancha murakkabligini unutmaslik
kerak. Chunki bolalar masala tuzayotganda kerak bo’lgan miqdorlar sonini, ularni bir-biriga
bog’lashni hali yaxshi bilishmaydi. Masalaga savol qo’yishda qiynalishadi. Shuning uchun avval
o’qituvchining o’zi masalaning qanday yuzaga kelishini amaliy tarzida tuzib ko’rsatadi.
1.
Masalan, I sinfda noma’lum qo’shiluvchini topishga doir masala “Stolda 29 ta daftar
yotibdi. 12 tasi katakli daftar, qolganlari esa bir chiziqli daftar. Nechta daftar bir chiziqli?”
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
173
yechilsa, unda o’quvchilar ko’z o’ngida shunga o’xshash quyidagicha masalani tuzib ko’rsatish
mumkin.
O’qituvchi stoliga bir qancha daftar qo’yadi. Bir o’quvchiga shu daftarlar ustiga yana ikkita
daftar qo’shishni aytadi. So’ngra hamma daftarlar sanaladi va oldin stol ustida nechta daftar
bo’lganligini aniqlash maqsadida masala tuziladi va yechiladi. Yoki noma’lum kamayuvchini
topishga doir masala “Zarinada bir nechta daftar bor edi. U o’rtog’iga ikkita daftarini berganidan
keyin uning 9 ta daftari qoldi. Zarinada nechta daftar bo’lgan?” yechilgach, noma’lum ayriluvchini
topishga doir “Do’konda 100 dona changyutgich bor edi. Bir nechta changyutgich sotilgan keyin
91 ta changyutgich qoldi. Nechta changyutgich sotib yuborilgan?” Keyinchalik rangli rasmlar
yuzasidan masalalar tuzish, tuzdirish orqali bu kabi ijodiy ishlar kengayib boradi. Masala tuzish
uchun rasmlarda berilgan ma’lumotlar o’quvchilarga ancha tanish bo’lib, bunda o’quvchilarning
asosiy vazifasi rasmini”o’qib” unga savol qo’yishdan iborat bo’ladi..
Masalan, 2 ta likopcha tasvirlangan.
1-likopchada 3 ta olma bor. Ikkinchi likopchada 2 ta olma bor.
Shu rasm asosida masala tuziladi: “Bir likopchada uchta olma, ikkinchi likopchada 2 ta
olma bor. Ikkala likopchada nechta olma bor?”
2.
Masalalar tuzishda bolajonlarni mehnatsevarlikka o’rgatish, kasbga yo’naltirish maqsadida
quyidagi masalani keltirishimiz mumkin “ Bir matodan kastyumga 30m, shimga 24 m, nimcha
tikishga kastyum bilan shim uchun qancha mato ketgan bo’lsa, shundan 34 m kam mato ishlatildi.
Nimcha tikish uchun qancha mato ishlatilgan?” ko’rinishdagi masala yechgach, darhol sinf
hayotidan shunga o’xshash masala tuzishhilarni tikuvchilik kasbiga qiziqtirish mumkin orqali
o’quvc mumkin.
3.
Matematikani hayot bilan bog’lashda predmetlar aro bog’lanish ham katta ahamiyatga ega.
Masalan, tabiatshunoslik darslarida hosil qilgan gorizont tomonlari bo’yicha mo’ljal ola
bilish malakalarini mustahkamlash maqsadida ushbu mazmundagi harakatga doir masalalarni
yechtirish va tuzdirib yechtirish mumkin.
Aeroportda bir vaqtda g’arbiy va sharqiy yo’nalishda 2 ta samolyot uchdi. Ulardan birining
tezligi soatiga 600 km, ikkinchisi esa 720 km. 3 soatdan keyin samolyotlar bir-biridan qancha
uzoqlikda bo’lgan?
Yoki qishloq xo’jaligi materiali asosida ham ko’plab masalalar tuzish mumkin.
I.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari har bir ishga sidqidildan yondashib, havas bilan kirishadilar,
lekin ular o’z faoliyatlarida ba’zi bir qiyinchiliklarga duch kelib ishning uddasidan chiqa
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
174
olmasalar, ularning qiziqishi keskin pasayib ketishi mumkin. Natijada o’quvchilarda o’z
qobiliyatiga ishonmaslik, loqaydlik kabi salbiy holatlar yuzaga keladi.
Bunday holatlarni oldinini olish uchun o’qitish metodlaridan mahorat bilan foydalanish va
o’quvchilarga nisbatan samimiy munosabatda bo’lishi kerak.
Ishni shunday tashkil etmoq kerakki o’quvchi har doim ishdan qoniqsin, quvonib xursand
bo’lib yursin.
Shuning uchun ham ishga ijobiy yaqinlashib dars paytida turli matematik materiallardan,
matematik maqol va topishmoqlardan unumli foydalanish kerak.
Ayniqsa, ijodiy fikrlashga qaratilgan o’yinlardan foydalanish har bir boshlang’ich sinf
o’qituvchsining ishchanligiga, ijodkorligiga bog’liqdir.
Masalan, Anvar o’rdak bilan qo’ylarni boqib yurar edi. Vali undan:”Sen nechta o’rdak va
qo’y boqib yuripsan?”- deb so’radi. “hamma o’rdak va qo’ylarning boshlari 30 ta, oyoqlari esa 84
ta. Qani o’zing o’ylab ko’r-chi?”-,dedi Anvar. Lekin Vali topa olmadi. Qani bolajonlar siz Valiga
yordam bering-chi?(Anvar 12 ta qo’y va o’rdak boqib yuribdi).
Masalalar yechishga ijodiy yaqinlashishni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi
ishlarni bajarish mumkin:
1.
Tayyor shart asosida masala tuzib yeching.
Bor edi – 30 ta va 9 ta konfet
Olindi – 26 ta konfet
Qoldi - ?
2.
Ifodalar bo’yicha masalalar tuzib yechish.
a)
32:4+32 b) (32-4)+32
3.
Jadval bo’yicha masalalar tuzing va ularni yeching.
Bor edi
Jo’natishdi
Qoldi
1
40 ta yashik
?
15 ta yashik
2
?
23 ta yashik
8 ta yashik
3
100 ta yashik
52 ta yashik
?
II.
O’quvchilar sodda arifmetik masalalar yecha boshlagandan boshlab, I sinf oxirida teskari
masala to’g’risida dastlabki tushunchaga egalar. Masalan, jadval asosida to’g’ri va teskari masala
tuzib yeching.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
175
1 ta yashikdagi
olmaning og’irligi
Yashiklar
soni
Hamma
yashiklarning og’irligi
1
6 kg
3 ta
?
2
6 kg
?
18 kg
3
?
3 ta
18 kg
Jadvalda tasvirlanganidek, har bir soda masaladan 2 ta teskari masala tuzish mumkin.
Bunda teskari masalalarning soni, amaldagi komponentlari sonidan kelib chiqadi.
Murakkab arifmetik masalalar to’g’rida gapirganda teskari masalalar soni masalada
berilgan sonli faktlar miqdoridan kelib chiqadi. Chunki birinchi berilgan to’g’ri masalani yechib,
uning javobini kelgusi masalalarda ishlatish, har bir berilgan sonli faktni noma’lum deb olib,
teskari masala tuzish va uni yechish mumkin.
Teskari masalalar tuzib, uni yechish o’quvchiga zavq bag’ishlaydi. Oldingi masalani
to’g’ri yechganiga ishonch hosil qildiradi. O’z qobiliyatiga tayanib ish qilishga undaydi, fanga
qiziqishi oshadi. Fikrimizni quyidagi masala bilan asoslaymiz:
Ombordan magazinga har birida 6 kgdan olma bo’lgan 4 yashik va 8 kg nok bo’lgan 1 ta
yashik jo’natildi. Hammasi bo’lib necha kg meva jo’natilgan?
Ushbu masalaga qisqacha shartni tuzamiz:
Olma -6kgdan 4 yashik
Nok- 8 kgdan 1 yashik
Hammasi- ?
Yechim: 6*4+8*1=24+8=32 kg
Javob: 32 kg.
1-teskari masala quyidagicha bo’ladi:
Olma -? 4 yashik
Nok -8kgdan 1 yashik
Hammasi- 32kg
Qisqa shartga ko’ra bolalarga masala tuzish taklifi kiritiladi va shu taklif asosida bolalar 1-
teskari masalani tuzadilar. Bu teskari masalaning yechimi quyidagicha: (32-8*1):4=6 kg.
2-teskari masala:
Olma - 6kg , 4 yashik
Nok - ? 1 yashik
Hammasi- 32 kg
Yechish: (32-6*4):1=8 kg
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
176
Javob: 8 kg.
3-teskari masala:
Olma- 6kgdan ? yashik
Nok - 8kgdan 1 yashik
Hammasi - 32 kg
Yechish: (32-8*1):6=4
Javob: 4 yashik
4 –teskari masala:
Olma – 6 kgdan 4 yashik
Nok – 8kgdan ? yashik
Hammasi 32 kg
Yechish: (32-6*4):8=1
Javob: 1 yashik
Masalalarga nisbatan bunday yondashish o’quvchilarga matematik tilni rivojlantiriladi,
ularda nutq madaniyatini o’stiradi. O’quvchilar bir masaladan bir necha masala matnini tuzadi va
uni yechadi.
REFERENCES
1.
QOSIMOVA, M. (2020). TAKING INTO ACCOUNT THE INDIVIDUAL
CHARACTERISTICS OF STUDENTS IN TEACHING MATHEMATICS: TAKING
INTO ACCOUNT THE INDIVIDUAL CHARACTERISTICS OF STUDENTS IN
TEACHING MATHEMATICS.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
2
(2).
2.
QOSIMOVA, M. (2020). TAQQOSLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR USTIDA
ISHLASH TEXNOLOGIYASI: TAQQOSLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR USTIDA
ISHLASH TEXNOLOGIYASI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
2
(2).
3.
QOSIMOVA, M. (2020). ON SOME TYPICAL PROBLEMS TO BE SOLVED IN
PRIMARY SCHOOLS: ON SOME TYPICAL PROBLEMS TO BE SOLVED IN
PRIMARY SCHOOLS.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
2
(2).
4.
Qosimova, M. M., & Kasimov, A. A. (2021). On some typical problems to be solved in
primary schools.
Academicia: an international multidisciplinary research journal
,
11
(1),
502-517.
5.
Mukhammedovna, K. M. (2021). Problems of Finding Two or More Numbers from their
Sum (Or Difference) and Multiple Ratios.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
177
6.
QOSIMOVA, M. (2020). TAKING INTO ACCOUNT THE INDIVIDUAL
CHARACTERISTICS OF STUDENTS IN TEACHING MATHEMATICS: TAKING
INTO ACCOUNT THE INDIVIDUAL CHARACTERISTICS OF STUDENTS IN
TEACHING MATHEMATICS.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
2
(2).
7.
Qosimov, F. M., & Qosimova, M. M. (2022). MATEMATIKADAN IJODIY O ‘QUV
TOPSHIRIQLARINING METODIK XUSUSIYATLARI.
BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
2
(2), 206-211.
8.
Muhammedovich, Q. F., & Muhammedovna, Q. M. (2022). BOSHLANG’ICH SINFDA
ORTA ARIFMETIK SONNI TOPISHGA DOIR MASALALAR YECHISHGA
O’RGATISH METODIKASI.
БАРҚАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДҚИҚОТЛАР
ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ
,
2
(4), 358-362
