Dekabr, 2024-Yil
627
BOTANIK TERMINLAR GRADUONIMIK SINONIMIYASINING STILISTIK
XUSUSIYATI
K.F.Sultonova
Navoiy davlat universiteti doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14457147
Annotatsiya. Ushbu maqolada graduonimiya hodisasi oddiy leksik bosqichdan tortib,
tilnining barcha sathlari ko‘zgusida tekshirilishi ochib berilgan.
Kalit so’zlar: termin, graduonimiya, o’simliklar, lug‘aviy birliklar, dialektika, izohli
lug’at, nutqiy qurshov.
Abstract. This article reveals that the phenomenon of graduonymy is examined in the
mirror of all levels of language, starting from the simple lexical stage.
Key words: term, graduonymy, plants, lexical units, dialectic, explanatory dictionary,
speech environment.
Аннотация: В данной статье раскрывается, что феномен градуонимии
рассматривается в зеркале всех уровней языка, начиная с простого лексического этапа.
Ключевые слова: термин, градуонимия, растения, лексические единицы,
диалектика, толковый словарь, речевая среда.
O‘zbek tilshunosligida miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni asosida til
hodisalariga graduonimik yondashuv shakllandi. Graduonimiya hodisasi oddiy leksik bosqichdan
tortib
1
, tilnining barcha sathlari ko‘zgusida tekshirildi
2
. Bu leksik-semantik munosabat keyinchalik
sathlararo munosabatlarda ham qo‘llandi, bundagi o‘ziga xosliklar tekshirildi
3
. Shuningdek,
graduonimiya til hodisalarini tadqiq qilishda lingvistik metodologiya vazifasini bajardi
4
.
Ta’kidlash lozimki, so‘zlar, ular ma’nolari orasidagi darajalanish uzoq yillardan buyon
tadqiqotchilar va ijodkorlarni qiziqtirib kelgan. Lug‘aviy birliklarning muayyan miqdor, belgi,
harakat va holatni ifodalashiga ko‘ra farqlanishi, ulardagi o‘z va ko‘chma ma’nolarning
darajalanishi asosida hosil qilingan badiiy san’at namunalari milliy adabiyotimiz namunalarida
1
Орифжонова Ш.Ғ. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Филология фанлари номзоди дисс. автореферати.
– Тошкент, 1996. – Б. 26.
2
Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Филология фанлари номзоди дисс. автореферати. – Тошкент, 1997. –
Б. 27.
3
Ширинова Н.Д. Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини фарқлаш воситалари: Филология
фанлари номзоди дисс. автореферати. – Бухоро, 2010. – 15 б.
4
Ибрагимов Ж. Ўзбек тилини субстанциал-прагматик тадқиқ қилишнинг методологик асослари: Филол. фанл.
б. фалс. докт. дисс. – 121 б.
Dekabr, 2024-Yil
628
ham ko‘plab uchraydi. Masalan, Lutfiy ijodidagi quyidagi misralarda lug‘aviy birliklar ta’did
san’atini hosil qilgan:
O‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini,
Savob-u, olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa.
Misralarda keltirilgan
savob, olqish, yuz ming duo
so‘z va birikmalarida ma’no ko‘lami
oshib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shunday holatni Ahmad Yassaviy qalamiga
mansub quyidagi misralarda ham ko‘rishimiz mumkin:
Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding,
Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q.
Ta’didning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda mantiqiy rivojlanish, ketma-ket
mazmunning o‘sib borishi, tadrijiylik, ya’ni darajalanish kuzatiladi. Fikr darajalanish vositasida
qabariqlashtiriladi. Yuqorida keltirilgan misollarda ham ma’noviy o‘sish, ta’sir darajasi chapdan
o‘ngga qarab ortib boradi. Umuman, darajalanish o‘quvchi va tinglovchiga ta’siri nuqtayi
nazaridan badiiy asarlarda betakror san’at turi hisoblanadi. Darajalanish o‘zbek lug‘atchiligida
ham o‘z aksini topgan. Masalan,
qulun, toy, g‘o‘non
va
do‘non
so‘zlari otni yoshi o‘sib borishiga
ko‘ra darajalaydi. Graduonimiyaning mohiyati bir necha til birligining belgi (miqdor, harakat) oz-
ko‘pligi asosida lug‘aviy-ma’noviy tizimda namoyon bo‘lishi, lug‘aviy graduonimik qatorlar hosil
qilishida yuzaga chiqadi. Graduonimik qatorlarda dialektikaning miqdoriy o‘zgarishlarning sifat
o‘zgarishlariga o‘tishi (belgining ortib borishi), inkorni inkor (qatorning ikki cheti), qarama-
qarshiliklar birligi va kurashi (bir yetakchi so‘z atrofida birlashishi) qonunlari aks etishi tilshunos
Sh.Orifjonova tomonidan qayd etildi
5
. Tilshunos O.Bozorov darajalanish qonuniyati borliqning
yashash sharti ekanligini falsafiy nuqtayi nazardan asoslab berdi
6
. Tilshunos B.Mengliyev o‘z
tadqiqotida darajalanishning alohida turi, ya’ni lisoniy birliklar umumiy lisoniy mohiyatining
xususiy ma’nolargacha darajalanish bosqichlarini ajratdi
7
. Yana bir tadqiqotchi L.Xudoyberdiyeva
o‘zbek tilidagi nominativ birliklar orasidagi darajalanishni o‘rgandi
8
. Olima ma’no kengayishi va
torayishi hodisasi til birliklari orasidagi darajalanish qonuniyatiga bo‘ysunishini ilmiy asoslaydi.
Darajalanish borasida to‘plangan boy ilmiy ma’lumotlarni terminlar graduonimik sinonimiyasida
ham qo‘llash, tadqiq obyektining yangi qirralarini ochish imkoniyati mavjud.
5
Орифжонова Ш.Ғ. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Филол.фанлари номзоди дисс....автореф. –
Тошкент, 1996. – Б. 24.
6
Базаров О. Ўзбек тилида даражаланиш. –Тошкент: Фан, 1995. – Б. 45.
7
Менглиев Б. Менглиев Б. Тил яхлит система сифатида: Монография. – Тошкент: Ниҳол, 2010.
8
Худойбердиева Л.С. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг даражаланиши: Филол.фанлари номзоди
...дисс.автореф. – Тошкент, 2003. – Б. 17.
Dekabr, 2024-Yil
629
Har qanday graduonimik qatorda sinonimlik va antonimlik xususiyatlarini ko‘rishimiz
mumkin. Bu ko‘p a’zoli graduonimik qatorlarda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. A’zolar bir
tushunchaning turli darajalarini ifodalashi bilan sinonimlik leksik-semantik munosbatida bo‘lsa,
qatorning ikki chetida farqlarning kattalashib borishi ular orasida antonimlik mavjud ekanligini
ko‘rsatadi. Umuman olganda, ma’nodagi darajalanish sinonimlarning tilda yashab qolish
shartlaridan biri hisoblanadi. Terminologik sinonimlar, xususan, botanik terminlardan iborat
sinonimlarning darajalanishi ham turli jihatlarni qamrab olishi mumkin. Botanik terminlarning
graduonimik sinonimlarida darajalanish ular haqidagi ilmiy xulosalarning to‘g‘ri shakllanishiga
yordam beradi. Masalan,
nihol, ko‘chat, daraxt, qalamcha
sinonimik qatorini tahlili unda
graduonimik munosabat mavjudligini ko‘rsatadi. Keltirilgan so‘zlarning O‘TILdagi izohiga
tayanish ularni o‘sib borish darajasi bo‘yicha graduonimik qatorga to‘g‘ri joylashtirish imkonini
beradi:
“
NIHOL
[
f.
yangi o‘tqazilgan, o‘stirilgan daraxt; qalamcha]
1
Yosh novda yoki ko‘chat.
2
Yangi unib chiqqan o‘simlik, ekin”
9
;
“
KO‘CHAT
1
Urug‘ yoki qalamchadan o‘sib chiqqan yoki o‘stirilgan va boshqa joyga
olib o‘tqaziladigan nihol.
2
Umuman, yosh nihol”
10
;
“
DARAXT
[
f.
daraxt, nihol; buta] Tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib
o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik”
11
;
“
QALAMCHA 2
q.x.
Payvandlash yoki ko‘kartirib ko‘chat qilish uchun kesib olingan
novdacha”
12
.
Keltirilgan izohlardan ma’lum bo‘ladiki, graduonimik qatorning eng avvalida vaqt nuqtayi
nazaridan
qalamcha
so‘zi joylashadi. Izohli lug‘atda bu so‘z qishloq xo‘jaligiga oid termin sifatida
keltirilgan. O‘simlik bilan bog‘liq tushunchani ifodalaganligi uchun uni bevosita botanikaga oid
termin sifatida ham baholash mumkin.
Qalamcha
hali ko‘chat darajasiga ham chiqmagan,
ko‘kartirish uchun kesib olingan novdachani ifodalaganligi uchun ham u graduonimik qatorning
chap tomonidan birinchi bo‘lib joylashtiriladi.
Qalamcha
dan keyin
ko‘chat
so‘zi joylashadi. Zero,
ko‘chat
ham hali o‘tqazilmagan, ammo qalamchadan hosil bo‘lgan o‘simlikni bildiradi.
Ko‘chat
o‘tqazilgandan keyingina
nihol
ga, undan keyin
daraxt
ga aylanadi. Ba’zi o‘rinlarda
nihol
va
ko‘chat
so‘zlarining ma’nosida katta farq bo‘lmaydi. Ya’ni
nihol
ham hali o‘tqazilmagan
9
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 3-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.372.
10
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 2-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.1026.
11
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 1-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.766.
12
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 4-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.27.
Dekabr, 2024-Yil
630
o‘simlikni ifodalashi mumkin. Shu tufayli graduonimik qator quyidagicha shakllanadi:
qalamcha
– ko‘chat – nihol – daraxt
. Bu darajalanish voyaga yetish darajasiga ko‘ra hosil qilingan. Shu
o‘rinda graduonimik sinonimlar nafaqat ma’noviy darajalanish nuqtayi nazaridan, balki uslubiy
jihatdan ham farqlanishini aytib o‘tish lozim. Bu yuqorida keltirilgan graduonimik sinonimlarning
o‘zbekcha matnlarda qo‘llanishida ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, qalamcha so‘zining
birikuvchanlik xususiyatlari va nutqiy qurshovi ko‘chatnikidan, ko‘chat so‘ziniki esa, o‘z
navbatida, qolgan ikki so‘znikidan farqlanadi. Qalamcha so‘zi qidiruv tizimiga kiritilganda
qilmoq, tayyorlamoq, parvarish qilmoq
kabi fe’llar bilan birikma hosil qilishi ma’lum bo‘ladi
13
.
Xuddi shuningdek, ko‘chat so‘zi esa
ekmoq, qadamoq, sotmoq
kabi so‘zlar bilan ko‘proq birikma
hosil qiladi. Nihol so‘zining qurshovi ham taxminan shu kabi so‘zlardan iborat. Ammo
nihol
so‘zi
ko‘proq yozma uslubga xosligi bilan ajralib turadi. Shu tufayli ham graduonimik sinonimlar
orasida aynan
nihol
so‘zi ko‘proq konnotativ ma’noda qo‘llanadi. Shu tufayli bu so‘z botanik
termin sifatida o‘z ma’nodoshlariga nisbatan kamroq qo‘llanadi. Zero, terminlar monosemantiklik
xarakterida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Graduonimik qatorni hosil qilayotgan
ko‘chat, daraxt
kabi
so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanishi o‘zbekcha matnlarda, deyarli, uchramaydi. To‘g‘ri, bu
so‘zlar muayyan nutqiy uslub uchun xoslangan, deb bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, daraxt va
ko‘chat so‘zlarini botanik terminlar sifatida ajratish mumkin.
Qalamcha
so‘zi esa ko‘proq ilmiy
uslubda qo‘llanishi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Aslida,
qalamcha
termini “kichik qalam”
ma’nosidagi so‘zning ko‘chma ma’nosi hisoblanadi. Tahlilning bu qismi leksik birlikning
ko‘chma ma’nosi o‘rni bilan asosiy terminologik ma’no sifatida qaralishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Yoki so‘zning bu konnotativ ma’nosi alohida so‘z sifatida lug‘atga kiritilishi zarur. Bu
terminologik birliklarga qo‘yilgan talablarga amal qilinishi uchun ham xizmat qiladi. Zero,
tilshunoslikda so‘z ma’nosining taraqqiyoti natijasida ko‘p ma’noli so‘z ma’nolaridagi aloqaning
uzilishi natijasida hosil bo‘ladigan shakldosh so‘zlar me’yoriy hodisa sifatida qaraladi. Yuqorida
ta’kidlanganidek, graduonimik qatorning ikki chekkasi zid ma’noli so‘zlarning boshlanish nuqtasi
sanaladi. Tahlil qilinayotgan graduonimik sinonimlarda ham qalamcha va daraxt so‘zlari
“kattalik” belgisiga ko‘ra ziddiyatga kirishishi mumkin. Bu ziddiyat bir umumiy tushuncha
doirasida yuzaga chiqishi graduonimiyaning o‘ziga xosligi bilan izohlanadi.
13
https://www.google.com/search?q= qalamcha [Elektron manba:] Murojaat sanasi: 23.06.2024.
Dekabr, 2024-Yil
631
REFERENCES
1.
Орифжонова Ш.Ғ. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Филология фанлари номзоди
дисс. автореферати.
– Тошкент, 1996. – Б. 26.
2.
Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Филология фанлари номзоди дисс.
автореферати. – Тошкент, 1997. – Б. 27.
3.
Ширинова Н.Д. Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини фарқлаш
воситалари: Филология фанлари номзоди дисс. автореферати. – Бухоро, 2010. – 15 б.
4.
Ибрагимов Ж. Ўзбек тилини субстанциал-прагматик тадқиқ қилишнинг
методологик асослари: Филол. фанл. б. фалс. докт. дисс. – 121 б.
5.
Орифжонова Ш.Ғ. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Филол.фанлари
номзоди дисс....автореф. – Тошкент, 1996. – Б. 24.
6.
Базаров О. Ўзбек тилида даражаланиш. –Тошкент: Фан, 1995. – Б. 45.
7.
Менглиев Б. Менглиев Б. Тил яхлит система сифатида: Монография. – Тошкент:
Ниҳол, 2010.
8.
Худойбердиева Л.С. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг даражаланиши:
Филол.фанлари номзоди ...дисс.автореф. – Тошкент, 2003. – Б. 17.
9.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 3-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.372.
10.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 2-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.1026.
11.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 1-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.766.
12.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 6 jildlik, 4-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.27.
13.
https://www.google.com/search?q= qalamcha [Elektron manba:] Murojaat sanasi:
23.06.2024.
