Authors

  • Akobir Ibaydullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57057

Keywords:

Ommaviy axborot vositalari yangiliklar information huruji urush qurol internetga qaramlik virtual olam yoshlar.

Abstract

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari inson hayotida eng muhum vositalardan biri bo’lib kelayotganligi, uning dunyodagi o’rni insonlar orasidagi ta’siri, yoshlarning ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma’lumotlariga nisbatan qilayotgan harakatlari va ommaviy axborot vositalarining salbiy taraflariga, dunyoqarashi haqida so’z boradi.

background image


Dekabr, 2024-Yil

750

DUNYODA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING YOSHLAR ORASIDA O’RNI

Ibaydullayev Akobir Ataulla o’g’li

O‘zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14477848

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari inson hayotida eng muhum

vositalardan biri bo’lib kelayotganligi, uning dunyodagi o’rni insonlar orasidagi ta’siri,

yoshlarning ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma’lumotlariga nisbatan qilayotgan

harakatlari va ommaviy axborot vositalarining salbiy taraflariga, dunyoqarashi haqida so’z

boradi.

Kalit so’zlar:

Ommaviy axborot vositalari, yangiliklar, information huruji, urush, qurol,

internetga qaramlik, virtual olam, yoshlar.

Bugungi kunda dunyoda ommaviy axborot vositalarida katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.

Barcha sohalarda axborot olish va uni yetkazish, ta’sirchan jamoatchilik fikrini

shakllantirish zaruratga aylangan. Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan

mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o’ziga xos tarbiyachisi,

muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo’lib

hizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali bizning milliy qadriyatlarimiz, insoniy

huquqlarimiz, inson uchun kerak bo’ladigan foydali maslahatlar, foydali narsalar va eng yangi

yangliklarni bila olamiz. Ammo ommaviy axborot vositalaridan noto’g’ri yo’llarda ham

foydalanilmoqda. Oxirgi paytlarda information hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida

urushga munosabatning o’garganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu

qurol – axborotdir. Endilikda jamiki ziddiyatlar ham axborot quroli yordamida hal qilinadigan

bo’ldi. Eng xatarli xaf deya axborot xurujlari e’tirof etiladi.

Axborot urushlarining yana bir muhim quroli – mif. Turli mamlakatlar axborot siyosatida

mifologemalariningo’rni katta. Bu yo’nalishda alohida to’xtaladigan yana bir tarafi yoshlarda

axborot iste’moli madaniyatining susligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim,

malaka va ko’nikmaning yetishmasligi ba’zilarning g’arazli kimsa va oqimlar ta’siriga tushib

qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo’liqishlariga sabab bo’lmoqda.

Internet tarmoq natijasida yuzaga kelgan kelgan eng katta muammo bu albatta, qaramlik,

internet tarmoqlariga tobelik kasalligidir. Ko’p vaqtini internetda o’tqazadigan insonning

ruhiyatida mavhumlik va o’z qobig’iga o’ralib olish holati kuzatiladi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

751

Yoshlar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart. Ba’zan bolalar

kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib

qoladilar.

Bolalar va o‘smirlar Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin

bo‘lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin. Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan yoshlarni

o‘ziga ko‘proq jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa,

ularda shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg‘onishi mumkin. Yoshlar tarmoqdagi noto’g’ri

yo’ldagi biror bir qiziqarli narsaga duch kelsalar, yanada qiziqib, mazkur axborotlarga alohida

e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas. Shu sababdan kattalar farzand tug‘ilgan kundan boshlab

ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish, pichoq, qaychi kabi o‘tkir uchli narsalarga tegish

mumkin emasligini onglariga singdirganlari kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini

tushuntirishlari, ularda axborotlardan to‘g‘ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur.

Albatta, Internet tarmog‘i manbalari zamonamiz o‘smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini

kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko‘ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta’sir

ko‘rsatishi ham mumkinligini unutmasligimiz zarur. Yaqindagina ota-onalar yoshlarning

kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga bog‘lanib qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat

qilgan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda esa bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi. Internet

— bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab

o‘tirishning ham hojati bo‘lmaydi, ular har yerda o‘zlari taqdim etilaverishi sababli osongina

erishish mumkin.

Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki

ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati, virtual madaniyat, axborot

madaniyati, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o‘rin

egalladi. Yoshlarda internet olamida o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to‘g‘ri

muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini shakllantirish davr

talabidir.

Xulosa qiladigan bo’lsak bugungi kunda yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmagan

kimsalar ham to’g’ri yo noto’g’riligini o’ylab o’tirmasdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan har

qanday ma’lumotga o’z fikrini noto’g’ri tasnif qilishlar ko’zatilmoqda.

REFERENCES

1.

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI

TA’SIRI HAMDA AXBOROT XURUJLARI


background image


Dekabr, 2024-Yil

752

https://cyberleninka.ru/article/n/ommaviy-axborot-vositalarining-inson-va-jamiyat-

hayotidagi-ta-siri-hamda-axborot-xurujlari/viewer

2.

AXBOROT QUROLI – HURRIYAT

https://uzhurriyat.uz/2016/03/21/axborot-quroli/

3.

Internetning yoshlar tarbiyasiga ta'siri - Баҳоуддин Нақшбанд ёдгорлик мажмуаси

маркази

https://www.naqshband.uz/makolalar/internetning_yoshlar_tarbiyasiga_tasiri

4.

Internet va uning Yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati

https://m.aniq.uz/uz/yangiliklar/internet-va-uning-yoshlar-tarbiyasidagi-ahamiyati

5.

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.

6.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF

POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. – №.

3. – С. 426-431.

7.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI

//Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.

8.

Нуркулов Б., Равшанова О. JORJ GERBERT MIDNING RAMZIY INTERAKSIONIZM

NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.

9.

Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA”

ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.

10.

Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т.

1. – №. 3. – С. 292-295.

11.

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL

TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №.

1.1. 1. – С. 63-66

12.

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT

https://farspublishers. org/index.

php/ijessh/article/view/1527 https://zenodo. org/records/8003552#. – 2023.

13.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari

//IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

14.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING

NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №.

SI-1.


background image


Dekabr, 2024-Yil

753

15.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF ORGANIZING

STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №.

5.

16.

Ilxomov,

Umrbek,

and

Parizod

Nasirdinova.

"IRVING

GOFFMANNING

DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.

17.

ILXOMOV,

Umrbek.

"SOTSIAL

MOBILLIK

YOSHLAR

INTELLEKTUAL

SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-114.

18.

Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM

MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA

YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational

sciences 3 (2024): 252-256.

19.

Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING

INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.

20.

Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic

research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262

References

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI TA’SIRI HAMDA AXBOROT XURUJLARI

AXBOROT QUROLI – HURRIYAT

Internetning yoshlar tarbiyasiga ta'siri - Баҳоуддин Нақшбанд ёдгорлик мажмуаси маркази

Internet va uning Yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 426-431.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.

Нуркулов Б., Равшанова О. JORJ GERBERT MIDNING RAMZIY INTERAKSIONIZM NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.

Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA” ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.

Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 292-295.

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №. 1.1. 1. – С. 63-66

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT https://farspublishers. org/index.

php/ijessh/article/view/1527 https://zenodo. org/records/8003552#. – 2023.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

Ilxomov, Umrbek, and Parizod Nasirdinova. "IRVING GOFFMANNING DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.

ILXOMOV, Umrbek. "SOTSIAL MOBILLIK YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-114.

Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational sciences 3 (2024): 252-256.

Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.

Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262