BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Annotasiya

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ yondashuvlar asosida kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishning bosqichlari va xilma-xilligi, murakkabligi, ta’lim-tarbiyadagi bir qancha dinamik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan, bo‘lajak mutaxasislarning kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligi takomillashtirish mazmuni va tahlili bayon etilgan. Shuningdek, maqolada respublikamiz olimlari hamda xorij pedagog olimlarining kreativik, kompetentsiya, kasbiy mahorat kabi terminlarga bergan izohlari ham tahlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdumuminova, O. (2024). BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(12), 689–695. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/57450
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ yondashuvlar asosida kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishning bosqichlari va xilma-xilligi, murakkabligi, ta’lim-tarbiyadagi bir qancha dinamik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan, bo‘lajak mutaxasislarning kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligi takomillashtirish mazmuni va tahlili bayon etilgan. Shuningdek, maqolada respublikamiz olimlari hamda xorij pedagog olimlarining kreativik, kompetentsiya, kasbiy mahorat kabi terminlarga bergan izohlari ham tahlil qilingan.


background image


Dekabr, 2024-Yil

689

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI KREATIV

YONDASHUVLAR ASOSIDA KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Abdumuminova Ozoda Anvarovna

Boshlang'ich ta'lim uslubiyati kafedrasi katta o'qituvchisi.

h

t

t

p

s

d

o

i

o

r

g

Anontatsiya.

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ

yondashuvlar asosida kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishning bosqichlari va xilma-xilligi,

murakkabligi, ta’lim-tarbiyadagi bir qancha dinamik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan, bo‘lajak

mutaxasislarning kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligi takomillashtirish mazmuni va

tahlili bayon etilgan. Shuningdek, maqolada respublikamiz olimlari hamda xorij pedagog

olimlarining kreativik, kompetentsiya, kasbiy mahorat kabi terminlarga bergan izohlari ham tahlil

qilingan.

Kalit so‘zlar

: kasbiy kompetensiya, kreativlik, mahorat, pedagog, nostandart fikrlash,

rivojlanish, jarayon, talaba, o‘qituvchi.

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ ТВОРЧЕСКИХ ПОДХОДОВ

Аннотация.

В

данной

статье

рассматриваются

этапы

развития

профессиональных компетенций будущих учителей начальной школы, основанные на

творческих подходах и многообразии, сложности и ряде динамических изменений в

образовании, связанные с будущим содержанием и анализом повышения профессиональной

компетентности. описаны специалисты, основанные на творческом подходе. В статье

также анализируются комментарии ученых нашей республики и зарубежных педагогов о

таких понятиях, как креативность, компетентность и профессиональное мастерство.

Ключевые слова:

профессиональная компетентность, креативность, мастерство,

педагог, нестандартное мышление, развитие, процесс, ученик, педагог.

DEVELOPING PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE PRIMARY

TEACHERS BASED ON CREATIVE APPROACHES

Abstract.

In this article, the stages of the development of professional competences of

future elementary school teachers based on creative approaches and the diversity, complexity, and

several dynamic changes in education are related to the future. the contents and analysis of

improving the professional competence of specialists based on a creative approach are described.

The article also analyzes the comments made by scientists of our republic and foreign pedagogues

on terms such as creativity, competence, and professional skills.


background image


Dekabr, 2024-Yil

690

Key words:

professional competence, creativity, skill, pedagogue, non-standard thinking,

development, process, student, teacher.

Jahonda kadrlarning, xususan, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish

orqali oliy ta’lim sifati va raqobatbardoshligi ta’minlashga erishilmoqda. Jumladan, Birlashgan

Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)” hamda Yevropa Ittifoqining

“Evropa oliy ta’lim makoni» (EHEA. 2010) Konsepsiyalari mazmunida «Kadrlarni tayyorlash va

malakasini oshirishda kompetentlikka asoslangan ta’lim (competence-based learning) modelini

joriy etish, ta’limni insonparvarlashtirish asosida kasbiy malakalarni uzluksiz rivojlantirish

mexanizmlarini takomillashtirish» oliy ta’limning strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida

belgilangan.

Mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarning fanlar doirasidagi

nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda ularni jahon andozalariga mos

ravishda kasbiy kompetensiyalar bilan qurollantirish, kasbiy malakasini oshirish tizimini

takomillashtirish zarurati ham paydo bo‘lmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2020 yil 24 yanvarda Parlamentga qilgan Murojaatnomasi[1] da barcha sohalar kabi ta’lim

tizimida amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan islohotlarning ham ustuvor jihatlari

qayd etildi. Xususan, Murojaatnomada maktabgacha ta’lim tizimida boshlangan islohotlarni

samarali davom ettirish, umumta’lim maktablarida ta’lim va tarbiya sifatini yaxshilash, oliy

ta’limning akademik ilm-fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish orqali ta’lim

tizimining barcha bosqichlari orasida o‘zaro uzviylik, bog‘liqlikka erishish, natijada, butun

uzluksiz ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor jihatlar o‘z ifodasini

topgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, kompetentlikka asoslangan ta’lim (competence-based

education – CBE) o‘tgan asrning 70-yillarida Amerikada N. Xomskiy tomonidan til nazariyasi va

transformatsion grammatikaga bog‘lab taklif qilingan kompetensiya tushunchasi negizida

shakllangan. R. Uaytning “Motivatsiya qayta ko‘rib chiqildi: kompetentlik konsepsiyasi”

(“Motivation reconsidered: the concept of competence”) (1959) asarida kompetensiya kategoriyasi

shaxsiy fazilat ekanligi qayd etiladi hamda u motivatsiya bilan to‘ldirilgan.

Muayyan sohada kompetentli bo‘lgan kishi o‘sha sohaga tegishli bilim va qobiliyatlarga

ega bo‘ladi, ular ushbu mutaxassisga o‘z sohasini oqilona, omilkor baholash va bunda samarali

harakat qilish imkoniyatini beradi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

691

Mazkur tushuncha “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga (2006) kiritilmagan bo‘lsa-da, boshqa

tillar leksikografiyasida “biror narsa borasida hukm qilish imkoniyatini beradigan bilimga ega

bo‘lish”; “xabardorlik, bilimdonlik, qonuniy huquqlilik, qonuniy huquqqa egalik”; “obro‘rilik,

nufuzga egalik, to‘la huquqqa egalik” deb izohlangan.

Ko‘pgina lug‘atlarda “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalari farqlanadi.

“Kompetensiya” uchun yagona ta’rif mavjud emasligi sababli u turlicha izohlanadi:

“muayyan organ yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi;

vakolat yoki shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi”; “qaysidir idora

yoki mansabdor shaxsning qonunlar, ushbu idora ustavi yoki boshqa qonunlar bilan belgilangan

vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari to‘plami”; “biror narsa haqida hukm chiqarishga imkon

beradigan bilimga ega bo‘lish, unga egalik qilish”; “biror yaxshi xabardor bo‘lgan, biladigan

masalalar sohasi”; “bir qator qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish yoki o‘zi qaror qabul qilishi

uchun imkon beradigan muayyan bilim va ko‘nikmalarga ega insonning shaxsiy imkoniyatlari,

uning malakasi (bilimi, tajribasi)”.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, chet tillarini o‘qitish metodikasida kompetentlikka

asoslangan yondashuv g‘oyasi bizga G‘arbdan kirib kelgan. Kompetentlikka asoslangan

yondashuvda asosiy tushuncha bu kompetensiyadir. Ammo kompetensiya haqida so‘z borganda

“kompetentlik” tushunchasini ham tilga olish zarur. E.D. Bozovichning qayd etishicha, ilmiy

adabiyotlarda bu ikki atama ko‘pincha sinonim sifatida ishlatiladi, shunga qaramay, ular bir-

biridan farq qiladi: “Kompetensiya - bu bilim sohasi bo‘lib, undan inson professional, ehtimol,

havaskor sifatida xabardor bo‘lishi, uni bilishi mumkin; kompetentlik esa, odatda, ma’lum bir

sohada yuqori darajadagi malakani nazarda tutadi va mutaxassisning bu sohadagi fikri ishonchli

(e’tiborli) hisoblanadi”.

Shuni e’tiborga olish kerakki, rus metodik adabiyotlarida kompetensiya va kompetentlik

atamalarining farqlanishi tarjima yoki rus tili so‘z yasalishining o‘ziga xos xususiyatlari natijasida

paydo bo‘lmagan. Ingliz tilida ham turli xil suffikslarga ega bo‘lgan ikkita atama mavjud:

“competence” va shunga monand atamalarning ma’nolari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud.

Nemis tilida “kompetenz” atamasigina mavjud, shuning uchun kompetensiya va

kompetentlik atamalari o‘rtasida farq yo‘q. Xorijiy metodik adabiyotlarda ushbu atamalarning

o‘ziga xosligi yoki farqlanishi to‘g‘risida yakdil fikr mavjud emas: ba’zi xorijiy tadqiqotchilar

ushbu tushunchalarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yishsa, boshqalari ularni bir-birini to‘ldiruvchi deb

hisoblashadi. Natijada, ta’riflar bo‘yicha aniq biror xulosaga kelish ancha bahsli. “Competency”

atamasiga to‘xtalsak, kognitiv, funksional va ijtimoiy kompetensiyalar, shuningdek, boshqa sanab


background image


Dekabr, 2024-Yil

692

o‘tilgan kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun talab etiladigan metakompetensiyalar mavjud; shu

asosda menejmentda ham, ta’limda ham qo‘llaniladigan turli xil modellar yaratilgan.

Rus tadqiqotchilari ushbu munozaraga to‘xtalib, o‘z ta’riflarini berishadi, ular ham

muayyan darajalarda bir-biriga ziddir. Misol uchun, I.Ya. Zimnyayaning fikriga ko‘ra,

“kompetentlik” tushunchasi “kompetensiya” tushunchasidan kengroq mazmunga ega, chunki u

o‘z ichiga kognitiv-bilim, motivatsion, “o‘zaro munosabat” va tartibga soluvchi tarkibiy qismlarni

qamrab oladi. Kompetentlik muayyan kompetensiyalar (qismlari) asosida rivojlanadi.

Ushbu fikrga M.D. Ilyazova ham qo‘shiladi: “... Biz ... kompetentlik va kompetensiyalarni

ma’lum sub’ekt faoliyatining o‘zaro bir-biriga “bo‘ysunadigan” tarkibiy qismlari deb bilamiz. Biz

kompetensiyani potensial faoliyat, tayyorlik va faoliyatning muayyan turiga intilish deb bilamiz.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini va

o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy hayot talablariga javob beradigan

pedagogik korpusni tayyorlash va shakllantirish vazifasi mamlakat kelajagi uchun muhim

ahamiyatga ega. Ushbu muammoni hal qilish uchun bugungi pedagogik ta’lim muassasalarida

tayyorlanayotgan o‘qituvchilar zamonaviy maktab talablariga to‘liq javob bera olmayotgani va

buni barataraf etish muhim vazifaga aylanmoqda. Pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini: uning

tashkil etilishi, tuzilishi, mazmuni, malakaviy amaliyoti va ta’lim jarayonidagi innovatsion

jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqlik tamoyillarini, o‘qituvchilar tarkibini ko‘paytirish va sifatini

yaxshilashni kompleks isloh qilish uchun bir nechta modellarni ishlab chiqish va eksperimental

ravishda sinovdan o‘tkazish zarur. Zamonaviy maktablarimiz uchun mutlaqo boshqacha

pedagogik kadrlar kerak. Qoidaga rioya qilishga odatlangan va har bir qadamda ko‘rsatmalar kutib

turadigan o‘qituvchi bunday maktablarga mos kelmaydi. Zamonaviy maktab o‘ziga jonli

munosabatni, individual yondashishni talab qiladi.

«Kreativlik» va «kreativ» tushunchalari ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, yaratish

qobiliyati, ijodkorlik kabi ma’nolarni bildiradi. Mazkur tushunchalarning dastlabki izohlari

bo‘yicha D.Simpson, S.Kaplan, Dj.Renzulli va boshqa olimlar tadqiq qilgan bo‘lsalar-da, bizning

fikrimizcha, ular olib borgan izlanishlarda ko‘rsatilgan qarashlar yetarli darajada asoslanmagan.

Kompetentlikka asoslangan ta’lim sharoitida o‘qituvchi ta’lim jarayonida an’anaviy

ta’limga nisbatan bir oz o‘zgacha funksiya va rolni bajaradi Bunday ta’lim shaklida o‘qituvchidan:

talabalarning mustaqil faol bilim faoliyatini tashkil etuvchi; kompetentli maslahatchi va

yordamchi; talabalar harakatini psixologik-pedagogik aspektda baholay oladigan, ularga samarali

harakatlari bilan tez yordam berishga va o‘zlashtirilgan bilimlarni munozara qilish va qo‘llashda

uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodir mutaxassis bo‘lish talab etiladi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

693

Ushbu rol an’anaviy ta’limga qaraganda ancha murakkab va o‘qituvchidan kasbiy

kompetentlikni talab qiladi.

Har qanday ta’lim muassasasidagi o‘quv-tarbiyaviy jarayon yoshlarni hayotga, mehnatga

va o‘z shaxsiyatini rivojlantirishga tayyorlashning bugungi kun talablaridan bir qadam oldinda

turishi kerak, bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ushbu talablardan “ikki

karra” yuqoriroq bo‘lgandagina amalga oshadi. Faqatgina bu holat ertangi kun, kelajakka

yo‘naltirilgan ta’lim tizimi va pedagogika fanida har qanday ijobiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli

amalga oshirilishi bilan kafolatlanadi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, pedagog kadrlarni

tayyorlashda “ikki karra” oldinda yurish talabi bilan bir qatorda real hayotda o‘qituvchi maktab

hayotidan, ta’lim tizimi esa maktab talablaridan orqada qolsa, u “jamiyat talablaridan ikki baravar

orqada qoladi”. Pedagogik ta’limning bu xususiyati hayotning barcha sohalarini

takomillashtirishda va eng avvalo, islohotlar jarayonida ta’limni hisobga olish kerakligini

ko‘rsatadi.

Yuqorida qayd etilgan ilmiy fikr va xulosalarga tayangan holda biz “kompetentlik”ni

“kompetensiya”ning hosilasi, degan fikrga qo‘shilamiz.

Pedagogik oliygoh talabalarining kreativ kasbiy yo‘nalishini muvaffaqiyatli shakllantirish

uchun quyidagi asosiy pedagogik shartlar mavjud:

1. Tanlangan kasbga ijobiy munosabat va kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirishga doimiy

ehtiyojning mavjudligi (kelajakdagi kasbiy faoliyat mazmuni to‘g‘risida aniq fikr; kasbiy

motivatsiyani mustahkamlash; talabalarni faol kasbiy yo‘naltirilgan faoliyatga kiritish; kasbiy aks

ettirish).

2. Kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalashni faollashtirish (talabalarning o‘z-

o‘zini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli mustaqil ishi; kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash; oliygohda

o‘qitishning o‘quv dasturlarini amalga oshirish; talabalarni o‘qitishni professionallashtirish).

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ yondashuv asosidagi kasbiy

kompetentligini shakllantirishga yordam beradigan quyidagi pedagogik shart-sharoitlar aniqlandi:

- innovatsion va kreativ muhitni yaratish; - o‘z-o‘zini anglashga qodir shaxsning sub’ektiv

pozitsiyasini shakllantirish; - fikr yuritish va o‘z-o‘zini aks ettirishni tashkil etish; - faoliyatning

amaliyotga yo‘naltirilgan yo‘nalishini mustahkamlash; - hisoblash, axborot, telekommunikatsiya

texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish; - talabalarning o‘quv, ilmiy va kasbiy faoliyatini

samarali boshqarish.


background image


Dekabr, 2024-Yil

694

Pedagogik kreativlik o‘qituvchining yuqori darajadagi malakaga ega ekanligini, nostandart

fikrlashi natijada pedagogik ijodiy faoliyat yanada samarali va muvaffaqiyatli bo‘lishini nazarda

tutadi.

Kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan mutaxasislar:

- o‘z sohasining yеtuk bilimdoni; - kreativ va ijodkor bo‘lishi; - muammoli vaziyatlarga

yеchim topa olishi; - axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi va boshqalar.

Yuqorida berilgan qisqa nazariy ma’lumotga tayanib aytish mumkinki, bo‘lajak

boshlang‘ich sing o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda shaxsga

yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish natijasida talabaning, ya’niki bo‘lajak boshlang‘ich sinf

o‘qituvchisining kelajakda o‘z kasbiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishda uchrashi mumkin bo‘lgan

to‘siqlarga nisbatan erta tayyorlash yoki shu to‘siqlarni yenga olish kuchini uyg‘otish hamdir.

Bundan tashqari bo’lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchisida kasbiy faoliyatni boshlashda

katta motivatsiya vazifasini ham o’taydi.

Shunday qilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini

takomillashtirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish natijasi ijobiydir. Jumladan,

shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan aniq va to‘liq xabardor bo‘lgan holda, amaliy jarayonlarda

ularni tadbiq etish bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini

rivojlantirishda yuqori natijalarga erishish imkonini yaratadi hamda ularga kelajakda pedagogik

jarayon ishtirokchisiga aylanganlarida o‘qituvchi bo‘lib yetishish jarayonlarida olgan bilimlarini

qo‘rqmasdan qo‘llash kuchini beradi deyish mumkin.

Yana shuni ta’kidlash kerakki, hamkorlikda o‘qitish bo‘lajak boshlang‘ich sinf

o‘qituvchisining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o‘quv-tarbiya

jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tadbiq qilgan holda yuqori natijalarga

erishishni ta’minlaydi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni

Oliy Majlisga murojaatnomasi.

2.

Львов Л.В. Технология формирования учебно-профессиональной компетентности

(концепт. – Челябинск: ЧГАУ; ЮУНОУ РАО, 2007. – С. 9-10.

3.

Muslimov N.A. “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompotentligini shakllantirish

texnologiyasi” /Monografiya. –T.: ”Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. 180 b.


background image


Dekabr, 2024-Yil

695

4.

Tolipov O.Q., Usmonboyeva M. ”Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot”. T.:

“Fan”, 2005. 276 b.

5.

Sayidahmedov N.”Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya”. – T.: 2003. 336 bet.

6.

Musurmonova G., Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning

ilmiy asoslari

Образование и инновационные исследования (2024 год № 2) 165-168 bet

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga murojaatnomasi.

Львов Л.В. Технология формирования учебно-профессиональной компетентности (концепт. – Челябинск: ЧГАУ; ЮУНОУ РАО, 2007. – С. 9-10.

Muslimov N.A. “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompotentligini shakllantirish texnologiyasi” /Monografiya. –T.: ”Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. 180 b.

Tolipov O.Q., Usmonboyeva M. ”Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot”. T.: “Fan”, 2005. 276 b.

Sayidahmedov N.”Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya”. – T.: 2003. 336 bet.

Musurmonova G., Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning ilmiy asoslari Образование и инновационные исследования (2024 год № 2) 165-168 bet