Authors

  • Nodira Shabbazova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57074

Keywords:

gender gender tenglik gender fenomeni yozuvchi meni ayol ruhiyati badiiy adabiyot va gender ayol va erkak vazifalari.

Abstract

Ma’lumki, hozirda xotin-qizlarning ta’lim olishlari, ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug’ullanishlari, kasb-hunar o‘rganishlari masalasi jiddiy e’tiborga olingan. Qolaversa, bu dolzarb masala o‘zbek adabiyotdagi azaliy mavzulardan biri ekanligini ham ta’kidlash lozim. Ushbu tezisda o’zbek adabiyotida zamonaviy hikoyalarda gender fenomeni talqinlari Nazar Eshonqul hamda Qo’chqor Norqobil asarlari misolida tahlilga tortildi. Jamiyatimizda ayollarga berilayotgan imkoniyatlarni badiiy adabiyotda ham aks ettirish bugungi kunda dolzarb masala darajasiga ko’tarilgan. Tahlilda hikoyalar asosida ayolning ijtimoiy jamiyatdagi o’rni beqiyosligi ko’zga tashlanadi.

background image


Dekabr, 2024-Yil

731

ZAMONAVIY HIKOYALARDA GENDER FENOMENI TALQINLARI

Shabbazova Nodira Xamzayevna

Termiz davlat universiteti Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti mutaxassisligi magistranti.

tel: +99894 265-74-65.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14477640

Annotatsiya.

Ma’lumki, hozirda xotin-qizlarning ta’lim olishlari, ilmiy-ijodiy faoliyat

bilan shug’ullanishlari, kasb-hunar o‘rganishlari masalasi jiddiy e’tiborga olingan. Qolaversa,

bu dolzarb masala o‘zbek adabiyotdagi azaliy mavzulardan biri ekanligini ham ta’kidlash lozim.

Ushbu tezisda o’zbek adabiyotida zamonaviy hikoyalarda gender fenomeni talqinlari

Nazar Eshonqul hamda Qo’chqor Norqobil asarlari misolida tahlilga tortildi. Jamiyatimizda

ayollarga berilayotgan imkoniyatlarni badiiy adabiyotda ham aks ettirish bugungi kunda dolzarb

masala darajasiga ko’tarilgan. Tahlilda hikoyalar asosida ayolning ijtimoiy jamiyatdagi o’rni

beqiyosligi ko’zga tashlanadi.

Kalit so’zlar:

gender, gender tenglik, gender fenomeni, yozuvchi meni, ayol ruhiyati, badiiy

adabiyot va gender, ayol va erkak vazifalari.

INTERPRETATIONS OF GENDER PHENOMENON IN MODERN STORIES

Abstract.

It is known that serious attention was paid to the issue of women's education,

scientific and creative activities, vocational training. In addition, it should be noted that this

current issue is one of the oldest topics in Uzbek literature. In this thesis, the interpretations of the

gender phenomenon in modern stories in Uzbek literature were analyzed in the works of Nazar

Eshanqul and Kochkor Norqabil. Reflecting the opportunities given to the women of our society

in fiction has risen to the level of today's urgent problem. In the analyzes conducted on the basis

of the stories, the incomparable role of women in the social society is clearly demonstrated.

Key words:

gender, gender equality, gender phenomenon, writer's self, female psyche,

fiction and gender, female and male roles.

Jahon adabiyotshunosligida gender munosabatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib

bormoqda. Sababi gender muammosi ma’naviyatni yuksaltirish, o‘zlikni anglash, inson haq-

huquqlarini poymol etmaslik kabi masalalarni ifodalaydi. Gender tenglik jamiyatda muhim

bo`lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yaqqol namoyon

bo`lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini

oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda

ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani borasida so‘z boradi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

732

Psixolog Shon Bernning e'tiroficha, “gender” – bu “erkak” va “ayol” tushunchasiga

berilgan ijtimoiy-biologik tavsif. Chunki jins biologik kategoriya, psixologlar biologik asoslangan

“jinsiy” genderli farqlarga dalil keltirgan.[1.318]

Gender tenglik deganda, ikkala jins (erkak va ayol) vakilining jamiyatdagi ijtimoiy,

iqtisodiy, madaniy va siyosiy, boshqaruv va boshqa sohalarda tengligi tushuniladi. Jamiyatda

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta`minlashning

qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha kamsitishga

yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik singari asosiy prinsiplar adabiyotda ayol va erkak obrazi

tasviri va talqinida yetakchilik qilayotganini anglashga xizmat qiladi.

O‘zbek adabiyotida ayollar obrazi xalqimizga xos ruhiyat, mentalitet, qadriyat va urf-

odatlar asosida badiiy ifoda etilgan. Bu jihatdan ayollar obrazi milliy rang hamda jilolarga egaligi,

o‘zbek xalqining o‘zigagina xos jihatlarni badiiy tajassum etganligi bilan ajralib turadi.

Inson tafakkurining yangilanishida, uning ongiga ma’lum bir g‘oyani singdirishda hech

qaysi soha adabiyotchalik imkoniyatga ega emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, yangi XXI asr

inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning tez o‘sishi va yangilanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunki

adabiyot badiiy so‘z va obrazlar vositasida omma ruhiyatida tubdan o‘zgarish yasaydi.

Albatta, bugungi nasrdagi yangicha uslubiy izlanishlarni realizm bag‘ridagi yangi uslubiy

yo‘nalish sifatida baholash zaruriyati adabiyotshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biridir.

Mustaqillik yillarida hayotga, inson shaxsiga munosabatning o‘zgarganligi sabab

an’anaviy realizmga mansub asarlar ifoda tarzida, shaklida ham qator yangiliklar, xususan,

modernizm alomatlari ko‘zga tashlanmoqda. Shukur Xolmirzayev, Murod Muhammad Do‘st,

Tog‘ay Murod yaratgan hikoya va qissalar orqali ayni shu xususiyatni ko‘ramiz. Ular qatorida

yozuvchi Nazar Eshonqul ijodi shu uslubdagi izlanishlar hamda ularning natijalarini, bu yo‘nalish

istiqbollarini o‘rganishda boy manba bo‘lib xizmat qiladi

2

.

Nazar Eshonqul asarlaridagi qahramonlarning o‘ziga xos jihati shundaki, hayotda

odamlararo qanday gapirsa, shu tarzda so‘zlatilmaydi. Balki kishilar qanday gapirishni istasa,

ko‘nglida qanday o‘ylasa, shu tarzda gapirtiriladi. Yozuvchi bu orqali ularning tasdiq va inkor

iskanjasidagi “men”ining ta’sirchan qiyofasini gavdalantiradi. To‘g‘risini aytmoq lozim, sho‘ro

davri adabiyotida “men” xususida bu tarzda chuqur mulohaza yuritishga, uning qalbidagi inkor-u

isyonlarni ochib ko‘rsatishga to‘siqlar mavjud edi. Azal-azaldan tasdiq va inkor iskanjasida o‘z

“men”ini izlagan qahramon ko‘rsatilgan asarlargina haqiqiy san’at namunasi sanalgan. [2.73]

Qadim Sharqning mumtoz adabiyotida ham, hozirgi G‘arbning zamonaviy adabiyotida

ham shaxsning o‘z fe’l-atvorini taftishlab, hayot mohiyatini, inson umri ma’nosini anglashga


background image


Dekabr, 2024-Yil

733

eltadigan yo‘l ekanligi ko‘rsatilgan. Nazar Eshonqulning “Xayol tuzog‘i”, “Tobut”, “Yalpiz hidi”

turkumidagi bir necha hikoyalari, “To‘zon”, “Lazzat ortida qolgan yurak”, “Og‘riq lazzati”,

“Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyalaridagi va “Qora kitob”, “Tun panjaralari” qissalaridagi

“men”, “Maymun yetaklagan odam” va “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyalaridagi chol va Bayna

momo obrazlari Abdulla Qahhor ta’riflagan “men” emas. Ular qilmish-qidirmishlariga iqror

bo‘ladigan, o‘zini taftish-u tahlil qilib, azoblanadigan, tasdiq-inkor iskanjasida turgan

qahramonlardir.

Nazar Eshonqul asarlarini o‘qib turib yozuvchi ijodidagi ko‘zga tashlanadigan jihatlar

asosan xalq mifologiyasi asosida, uning o‘zagidan ruh olib yaratilganligiga amin bo‘lasan.

“Shamolni tutib bo‘lmaydi”dagi Bayna momodek matonatli insonlar, bugungi “uyg‘onish

badiiyatining” nodir namunalari sirasiga kiradi.

“Har bir millat o‘z uyg‘onish davrini o‘ziga xos yo‘sinda boshdan kechirgan” deb yozadi

taniqli badiiyatshunos faylasuf A.Losev va uyg‘onish badiiyatining bosh alomatlaridan biri

qadimgi qadriyatlarga tashnalikning kuchayishi ekanini ta’kidlaydi.[3.86]

Insoniyat tarixidagi eng ko‘hna qadriyatlar tabiat qonunlariga uyg‘unlashib ketishi bilan

farqlanadi. Bu ulkan haqiqat N.Eshonqul hikoyalarida o‘ziga xos tarzda o‘z talqinini topdi.

Ayniqsa, o‘zbek xalqi tabiatidagi eng qadimiy va eng tabiiy tuyg‘u kindik qoni to‘kilgan

ona zaminga muhabbat tuyg‘usi hisoblanadi. N.Eshonquling “Ozod qushlar”, “Maymun

yetaklagan odam”, “Tobut”, “Xayol tuzog‘i” kabi ko‘plab hikoyalarida ozod vatanning ozod

sohibi obrazlari turkumi yaratildi.

Vatanparvarlik o‘zbek adabiyoti uchun yangilik yoki favqulodda mavzu emas, lekin shuni

aytish kerakki biz nazarda tutayotgan bugungi davr o‘zbek hikoyachiligida ona Vatanga sadoqat

tuyg‘usi aql-idrok bilan anglangan, tahlildan o‘tkazilgan intellektual salohiyat darajasiga

ko‘tarildi. “Chin Vatan” tushunchasi davr talablaridan kelib chiqqan holda qayta idrok etildi, bu

tushunchani har kim o‘zicha kashf etmay turib kishini tom ma’nodagi insonlik martabasiga ham,

vatanparvarlik salohiyatiga yetisha olmasligi ham ayon bo‘ldi. Sanab o‘tilgan Nazar Eshonqulning

hikoyalarida psixologik tahlilning, o‘z-o‘zini taftish etishining murosasiz ruhiy kolliziya

kuchliligining bosh sabablaridan biri ham shunda edi.

“Shamolni tutib bo‘lmaydi”

hikoyasi esa o‘zbek hikoyachiligida muhim yangilik bo‘ldi.

U jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi. Yozuvchilar uyushmasining maxsus mukofoti bilan

taqdirlandi. Yozuvchi mazkur asar qahramoni Bayna momoning uzoq davom etgan fojiaviy,

motamsaro, ayni paytda mardona hayot yo‘lini o‘ziga xos yo‘sin, ohangda hikoya qiladi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

734

Unda momo qismati bilan bog‘liq ibratli voqealar, chunonchi u bilan qishloq ahli, olomon

orasidagi ziddiyat bir-ikki detallar, chizgilar, ixcham lavhalar orqali eslatiladi.

XXI asr o‘zbek nasri rivojida Qo‘chqor Norqobildek adibning ham munosib va yetarlicha

o‘z mehnati, o‘rni bor. Uning “Daryo ortidagi yig’i”, “Biz ham odammiz”, “Zamindan olis ketma”,

“Bu yerlarda hayot boshqacha” kabi hikoya va kinoqissa to‘plami drama, pyesa hamda bir qancha

qator asarlari bugungi kun yoshlari orasida sevib mutolaa qilib kelinmoqda.

O‘zbek yozuvchisi Qo‘chqor Norqobilning ham ijodida badiiy detal orqali o‘quvchini

chuqur o‘yga tortadigan hikoyalari ko‘p. “Bu yerlarda hayot boshqacha” to‘plamidagi

“Etikchalar” hikoyasini tahlilga tortadigan bo‘lsak, kichik hikoya bo‘lsada hikoya syujetining

o‘quvchiga ta’sir doirasi yuqori. [4.28]

Ayollar obrazi tasviri va talqinida hamisha hayot haqiqatlari va fojialari e`tiborga olingan.

Ularda ayollar matonat, shijoat, jasurlik, vatanparvarlik bobida erkaklardan sira

qolishmasligi ochib berilgan. Ularning xarakterida millatning, xalqning eng muhim xususiyatlari

badiiy mujassamlantirilgan.

Ayol obrazi va uning nutqiy xarakteristkasidan kelib chiqib, shuni anglashimiz mumkinki,

avvalgi bolasining to‘polonlarini sog’inganini, uni devor burchagiga qo‘yish orqali jazo berib,

o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan yo‘lni tutib, tarbiya qilganini, bolasi avvalari uyini to‘ldirib, fayz

berganini idrok qilsak bo‘ladi. Yozuvchi so‘ngso‘z o‘rnida vafot etgan ayol farzandi qiz bola

ekanini, uning yoshi endigina olti yoshda ekanini yozib hikoyaga yakun yasaydi.Ayol uchun

farzandining o‘limidan-da daxshatliroq bir musibat bo‘lmasa kerak.

“Yer hali ham yumaloq” hikoyasida Q.Norqobil bejiz farishta obraziga murojaat qilmagan.

Farishta diniy mifologiyaga ko‘ra, odamzodga xayrixoh obraz. Hikoyada ikki farishta yer

yuzida geosiyosiy maqsadlar yo‘lida urush olovini yoqmoqchi bo‘lib mashvarat o‘tkazayotgan

odamlarning o‘zaro gurungu majlisbozligidan dahshatga tushadi. Ikki farishta obrazi odamzod

hayotini tepadan turib kuzatadi. Kasalxonada klinik o‘limni boshidan kechirgan Soraning hayotga

yana qaytib kelishiga va uning hamxonasining suhbatlariga ham guvoh bo‘lib turishadi. Go‘yoki,

ikki farishta obrazi Allohning elchilari kabi samoda turib, hikoyada kechayotgan voqeliklar,

insoniy munosabatlarga yaxshi-yomon munosabatini bildirib turishadi.

Hikoyada ikki farishta bilan bog‘liq o‘rinlar voqealarni bir-biriga ulovchi, kesishgan

taqdirlarni bog‘lovchi vositaviy obraz sifatida o‘z aksini topadi. Farishta hikoyada unchalik ko‘p

tasviriy o‘rinlarda uchramasa-da, juda katta badiiy-g‘oyaviy mazmunga ega bo‘lgan obraz,

ramziy, diniy-neomifologema hisoblanadi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

735

Xulosa qilib aytganda, bugungi sermavj adabiy jarayonda turli-tuman ovozlarning

ko‘payayotgani, yozilayotgan asarlarimizda millatimiz ruhi va tafakkuri, qalbi va tarixiga doir

adabiy haqiqatlar aks etayotgani hammamiz uchun quvonchli hodisadir. Yozuvchilar Nazar

eshonqul hamda Qo‘chqor Norqobil ham bu jarayonda astoydil mehnat qilib, o‘z o‘rni va bahosini

topayotganini e’tirof etib, bu bilan ijodkorlarni faqat qutlash va ijodiy g‘ayratga undash bizning

ezgu maqsadimiz ekanligini aytib o‘tmoqchi edik.

Adabiyotda yaratilgan gender obrazlarning idealizatsiyasiga, albatta, jamiyat, oila, tarixiy

makon va tarixiy zamon ta’sir qilganligi, shubhasiz. Ammo, avvalo, ayol va erkakning kim

ekanliklarini, ular o‘rtasidagi farqni, ustun va ojiz tomonlarni, yashayotgan dunyosida o‘zaro

munosabatlarini, borliqqa qanday yondashishini anglab olish lozim. Chunki bular gender

qahramon ichki va tashqi ongining ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Ehtiros, qo‘rquv, g‘azab,

ochko‘zlik, zaiflik, erotik istaklar oldida bosiqlik, zulm, mehr kabi turli salbiy hamda ijobiy his-

tuyg‘ularni boshqarishda qaysi biri kuchli yoki ojizligiga qarab erkak va ayol xarakteri baholanadi.

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, barqaror taraqqiyot

jarayonini tezlashtirish nihoyatda muhim tamoyildir. Ayollar va qizlarga qarshi barcha

turdagi kamsitishlarni yo`q qilish nafaqat inson huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan

muhim, balki boshqa sohalar rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuchli omillardan biridir. Shu maqsadda

nafaqat respublikamizda balki butun dunyoda ushbu masala dolzarb bo’lib qolmoqda.

REFERENCES

1.

Берн Ш. Гендерная психология: законы мужского и женского поведения. СПб.:

Прайм-Еврознак, 2008.–318 с. /psymania.info

2.

Nazar Eshonqul. Momo qo‘shiq. -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot 2019, 73-86-

betlar.

3.

Эшматова Ю. Истиқлол даври ўзбек қиссачилигида аёл руҳиятининг бадиий

талқини: Филол. фан. док. ...дисс. автореф. – Тошкент, 2020;

4.

Қаҳрамонов Қ. Шоирлар ижoдида Аёл руҳияти талқини.// Глобаллашув

муаммоларининг бадиий талқини ва замондош образи. – Тошкент, 2018.

5.

O‘rozaliyeva.G. “Gender va ayollar huquqiy madaniyati”.- Toshkent.: 2009

6.

Qo’chqor Norqobil. “Bu yerlarda hayot boshqacha”. G’. G’ulom – 2018.

References

Берн Ш. Гендерная психология: законы мужского и женского поведения. СПб.: Прайм-Еврознак, 2008.–318 с. /psymania.info

Nazar Eshonqul. Momo qo‘shiq. -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot 2019, 73-86-betlar.

Эшматова Ю. Истиқлол даври ўзбек қиссачилигида аёл руҳиятининг бадиий талқини: Филол. фан. док. ...дисс. автореф. – Тошкент, 2020;

Қаҳрамонов Қ. Шоирлар ижoдида Аёл руҳияти талқини.// Глобаллашув муаммоларининг бадиий талқини ва замондош образи. – Тошкент, 2018.

O‘rozaliyeva.G. “Gender va ayollar huquqiy madaniyati”.- Toshkent.: 2009

Qo’chqor Norqobil. “Bu yerlarda hayot boshqacha”. G’. G’ulom – 2018.