Authors

  • Robiyaxon Nizamova
  • Durdona Shodiqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57536

Keywords:

o’simlik ekstaktlari efir moyi antikovluntsand labguldoshlar tanin lavandiol spirtli efir nonanal alergik stress.

Abstract

Ushbu maqolada Lavanda o’simligining yetishtirilishi, xalq xo’jaligidagi ahamiyati va dorivorlik xususiyatlari haqida aytib o’tilgan. Lavanda o’simligi suvsizlikka chidamli bo’lib, uning barcha qismlari foydali xususiyatga ega. Ayniqsa efir moyi parfumeriya, kosmetika, farmaseftika va xalq tabobatida qo’llaniladi. Uning ko’p tarmoqli qo’llanilishi xalq ho’jaligida daromad manbai va iqtisodiy resurs sifatida katta ahamiyatga ega.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

368

LAVANDANING XUSUSIYATLARI.

Nizamova Robiyaxon

Shodiqulova Durdona

DTPI Biologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14494027

Annotatsiya

. Ushbu maqolada Lavanda o’simligining yetishtirilishi, xalq xo’jaligidagi

ahamiyati va dorivorlik xususiyatlari haqida aytib o’tilgan. Lavanda o’simligi suvsizlikka
chidamli bo’lib, uning barcha qismlari foydali xususiyatga ega. Ayniqsa efir moyi parfumeriya,
kosmetika, farmaseftika va xalq tabobatida qo’llaniladi. Uning ko’p tarmoqli qo’llanilishi xalq
ho’jaligida daromad manbai va iqtisodiy resurs sifatida katta ahamiyatga ega.

Kalit so’zlar

:o’simlik ekstaktlari, efir moyi, antikovluntsand, labguldoshlar, tanin,

lavandiol, spirtli efir, nonanal, alergik, stress.

СВОЙСТВА ЛАВАНДЫ.

Аннотация.

В этой статье говорится о выращивании растения лаванды, его

значении в народном хозяйстве и лечебных свойствах. Растение лаванды устойчиво к
обезвоживанию, и все его части обладают полезными свойствами. Особенно эфирное
масло используется в парфюмерии, косметике, фармацевтике и народной медицине. Его
междисциплинарное применение имеет большое значение как источник дохода и
экономический ресурс в национальной экономике.

Ключевые слова:

экстракты растений, эфирное масло, противосудорожное

средство, шиповник, танин, лавандовое масло, спиртовой эфир, нонанал, аллергия, стресс.

PROPERTIES OF LAVENDER.

Abstract.

In the thesis, it is mentioned about the cultivation of lavender plant, its

importance in the national economy, and its medicinal properties. The lavender plant is resistant
to dehydration, and all its parts have useful properties. Especially essential oil is used in
perfumery, cosmetics, pharmaceuticals and folk medicine. . Its multidisciplinary application is of
great importance as a source of income and economic resource in the national economy.

Key words:

plant extracts, essential oil, anticonvulsant, rose hips, tannin, lavender oil,

alcohol ether, nonanal, allergic, stress.


Kirish.

Lavanda lotincha Lavandula deb ataladi .Lavanda labguldoshlar oilasiga mansub

o’simlik bo’lib, buta yoki chala butalar turkumiga kiradi.Taxminan 47 turni o’z ichiga oladi.

Bulardan 25 turi dengiz sohillarida uchraydi.
Lavanda butasi kurtaklar to’plamidan iborat bo’lib, diametri 1m yoki undan ham baland

bo’lishi mumkin.

Balandligi 50-70 sm bo’ladi. Lavandaning vatani O’rta yer dengizi Ispaniya va Fransiya

qirg’og’i bo’lib, u yerda toshli yonbag’irlarda yovvoyi o’sadi [1].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

369












1-rasm. Lavanda gulining tuzilishi.

Lavandula angustifoliyaning uzunligi 1,3m gacha yetishi mumkin. Lavanda dorivor

achchiq o’simlik bo’lib, poyasi tog’ri, barglari chiziqli, butun, chetlari biroz egilgan. Yoz oylarida
kuchli hushbo’y hid chiqaradigan gullardan iborat, ko’k binafsha rangda gullaydi.

Mevasi qo’shaloq ellipitik shakldagi sariq jigarrang 4ta yong’oqchalik mevadan iborat.
Lavanda mevalari odatda quruq va kichik bo’lib, uning ichida ko’plab urug’lar mavjud.
Mevalari pishganda osonlikcha tarqaydi va yangi o’simliklar hosil qilish uchun yangi

joylarda o’sadi. Lavanda yorug’sevar, issiqsevar o’simlik hisoblanadi. U o’zining qurg’oqchilik
hamda -3 darajagacha chidamliligi bilan ham boshqa ko’pgina o’simliklardan farq qiladi.

Lavanda o’simligi quyosh yaxshi tushadigan va namni yaxshi o’tkazadigan tuproqlarda

o’stiriladi. Lavanda o’simligi urug’idan ham ko’paytiriladi. Urug’lar kech kuzda dalaga ekiladi.

Qishlash davrida rozetka holida o’taydi. Agarda urug’lar bahorda ekilsa, bunda urug’larni

maxsus joylarda va salqin yerda saqlanadi.

Bahorda urug’lar aprelning boshlarida egat oraligida 70sm qilib ekiladi. 1gektarda 4-4,5

kg urug’ sarflanadi. Ekishdan so’ng sug’oriladi. Urug’lar 10-12kunda unib chiqadi. 2-3ta barg
chiqarganidan so’ng qator ortalarida traktorda ishlov beriladi [2]. Bundan tashqari yer yumshatilib
turiladi.

Hozirda Lavanda Rossiya, Fransiya davlatlarida eng ko’p yetishtiriladi. Rossiyaning

Lavanda maydonlari gullashi mintaqaning iqlim sharoitiga va o’simlik turiga bog’liq. Lavanda
o’simligi hozirda Samarqand viloyatining 2ta tumanida yetishtiriladi.

Just qishlog’ining bir yarim ming gektar maydonida bir yarim ming dona Lavanda ko’chati

ekilgan. Samarqand tumanining Xishrav qishlog’iga ham ekilib foydasi ko’rilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

370
















2-rasm. Lavanda o’simligining umumiy tuzilishi.

Lavanda gullari tarkibida 1,2-2,3% ko’proq efir moyi bo’ladi. Tabiiy mahsulot tarkibida

200dan ortiq komponentlar mavjud. Vitaminlar A, E, C, B, PP guruhlari. Kislotalar: valerian,
neylon, moy, sirkalar mavjud. Bundan tashqari efir tarkibiga taninlar, achchiq, qatronlar, spirtli
efir, lavandiol, nonanal, bornionlar kiradi. Lavanda o’simligi efir moyi parfimeriya, kasmetika,
sovun tayyorlash va tibbiyotda qo’llaniladi. Xalq tabobatida Lavanda yog’i kuyish va
ko’karishlarni davolashda qo’llaniladi.

O’simlik yerustki qismi organizmga tinchlantiruvchi, stressga qarshi, ruhiy holatni

yaxshilovchi ta’sirga ega. Lavanda gullari diuretik ,antikovlundsant va tinchlantiruvchi
xususiyatga , moyi esa antiseptik xususiyatga tufayli stressni kamaytiradi, uyquni yaxshilaydi va
terini parvarish qilishda samarali vositasifatida ishlatiladi. Bundan tashqari lavanda moyi
epidermal hujayralarni to’liq qayta tiklash xususiyati bilan faol yaralarni davolashda ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Chandiqlarni kichraytirish va bo’rtmalarni so’rilishida yordam beradi [3].Tarkibida
taninlar bo’lganligi sababli diyareya ,ayniqsa fermentatsiya bilan sodir bo’lgan diareyaga qarshi
ta’sirga ega. Lavanda gullari ham xoleretik vosita bo’lishi mumkin. Spirtli ichimliklar bilan
suyultirilgan lavanda moyi migren paytida ,kuchli yurak urishi bilan asabiylashish kuchaygan
davrda ,revmatizmning o’tkir hurujida ichiladi. Lavanda gripga ham foydali ta’sir ko’rsatadi.
Shuningdek uning tarkibida vitamin va minerallarni ko’rishimiz mumkin.

Xulosa

. Lavanda o’simligi suvsizlikka chidamli bo’lib, uning barcha qismlari foydali

xususiyatga ega. Ayniqsa efir moyi parfumeriya, kosmetika, farmaseftika va xalq tabobatida
qo’llaniladi. Shu sababdan uni yetishtirishni ommalashtirishimiz va ko’paytirishimiz kerak.

Lavanda nafaqat dorivor xususiyatlari tufayli balki manzarali dekorativ o’simlik sifatida

va estetik zavq olish maqsadida ham ekib o’stiriladi. Uning ko’p tarmoqli qo’llanilishi xalq
ho’jaligida daromad manbai va iqtisodiy resurs sifatida katta ahamiyatga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

371

REFERENCES

1.

Baxromova B. Z., Ernazarova M. S. Dorivor lavanda o’simligi haqida umumiy ma’lumot
va uning tibbiyotda qo’llanilishi //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С.
88-95.

2.

Qizi R. S. O. Lavanda (Lavandula) o‘simligining xalq xo ‘jaligidagi ahamiyati va
yetishtirish texnologiyasi //Academic research in educational sciences. – 2023. – Т. 4. –
№. SamTSAU Conference 1. – С. 734-738.

3.

Maxamadovich K. R. et al. Lavanda o‘simlik tularini xalq tabobatida yetishtirish
texnologiyasi //Science and innovation. – 2024. – Т. 3. – №. Special Issue 30. – С. 428-
430.

References

Baxromova B. Z., Ernazarova M. S. Dorivor lavanda o’simligi haqida umumiy ma’lumot va uning tibbiyotda qo’llanilishi //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 88-95.

Qizi R. S. O. Lavanda (Lavandula) o‘simligining xalq xo ‘jaligidagi ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi //Academic research in educational sciences. – 2023. – Т. 4. – №. SamTSAU Conference 1. – С. 734-738.

Maxamadovich K. R. et al. Lavanda o‘simlik tularini xalq tabobatida yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. – 2024. – Т. 3. – №. Special Issue 30. – С. 428-430.