ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
405
BOTANIKA DARSLARIDA AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISHNING
SAMARADORLIGI
Xurramov O.G’
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Samarqand.
Sunnatullayev A.S
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Samarqand.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14497170
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Botanika fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish
bo’yicha o’tkazilgan tajribalar natijalari keltirilgan. Botanika darslaridagi amaliy
mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil qilishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Olingan natijalar tahlil
qilinib, tegishli xulosalar berilgan.
Kalit so’zlar:
dars, dars turlari, amaliy mashg’ulot, botanika, kompetensiya,
pedagogiktexnologiya.
THE EFFECTIVENESS OF ORGANIZING PRACTICAL CLASSES IN BOTANY
LESSONS
Abstract.
This article presents the results of experiments on organizing practical classes
in botany. The importance of properly organizing practical classes in botany lessons is shown.
The results obtained are analyzed and relevant conclusions are given.
Keywords:
lesson, types of lessons, practical class, botany, competence, pedagogical
technology.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ НА
ЗАНЯТИЯХ ПО БОТАНИКЕ
Аннотация.
В статье представлены результаты экспериментов по организации
практических занятий по ботанике. Показана важность правильной организации
практических занятий на занятиях по ботанике. Полученные результаты
проанализированы и сделаны соответствующие выводы.
Ключевые слова:
урок, виды уроков, производственная практика, ботаника,
компетентность, педагогическая технология.
Kirish.
So’ngi yillarda tabiiy fanlarni o’qitishga katta e’tibor qaratilmoqda. Uzoq yillar
mobaynida o’qitilib kelinayotgan usullar va eski pedagogik texnologiyalar bugungi kunda
o’quvchi yoshlarni darsga jalb qilishda, o’zlashtirishida yaxshi samara bermayapti. Shuning uchun
ham o’quvchilarni botanika fanini o’zlashtirishida amaliy mashg’ulotlarni bajarish, o’quvchilarni
darsga qiziqishini uyg’otib, chuqurroq bilm egallashlarida katta ahamiyatga ega[2].
Amaliy mashg`ulot darslari o`quv jarayonining asosiy shakllaridan biri bo`lib unda,
o`quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va
mustahkamlaydi. O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib
chiqishi kerak. Uni qanday yangi pedagogik texnologiyalaridan yoki yangi interaktiv usullardan
foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va tarqatma materiallarini oldindan tayyorlab
qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv
usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi[1,3,4].
Biologiya darslari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
406
-ma’ruza darslari;
-seminar darslari;
-muammoli darslar;
-umumlashtiruvchi darslar;
-didaktik o’yinli darslar;
-modulli darslar;
-labarotoriya darslari;
-amaliy darslar;
-sinov darslari.
Amaliy mashg’ulotlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1.O’quvchilarni amaliy ishni maqsadi, borishi va bajaradigan topshiriqlar bilan tanishtirish;
2.O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish va topshiriqlarni tushuntirish;
3.O’quvchilarni kichik guruhlarda har birini mustaqil ishlashini tashkil etish;
4.Kichik guruhlarni topshiriq yuzasidan axborotini tinglash.
5.Amaliy mashg’ulotni yakunlash[5].
Natijalar va muhokama
.
Botanika darslarining ajralmas qismi hisoblangan amaliy mashg’ulotlar to’g’ri tashkil
qilinsa o’quvchilarning fan doirasidagi amaliy kompetensiyasini, kasbiy kompetensiyasini keskin
ortishiga sabab bo’ladi. Tajribalarimiz davomida 4 ta guruhni tanlab oldik. Shu guruhlarda
botanika fanidan amaliy mashg’ulotlarni doimiy o’tib kelinayotgan qoliplarda va yangicha
demokratik uslubda tashkil qildik. Amaliy darslarda ko’p hollarda guruhlarga ajratish o’zaro
hamkorlikni rivojlantirsa, o’quvchi yoshlarga beriladigan erkinlik mustaqil fikr yuritishga
undaydi.
Tavsiya qilinayotgan amaliy ishni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish mumkin:
1.O’quvchilarni kichik guruhlarga (o’quvchi sonidan kelib chiqib 4-5 ta guruhga ajratgan
ma’qul) ajratish;
2.Hamma guruh uchun amaliy ishni masqsadi va bajarish jarayonini tushuntirish;
3.Guruh tomonidan ishning to’g’ri bajarilishini kuzatib borish, xato va kamchiliklar
mavjud bo’lsa to’g’irlash;
4.Amaliy ishni bajarish jarayonini yakunlash;
5. O’quvchilar bajarilgan amaliy ishni daftarga yozib oladilar va tegishli xulosalarni
beradilar.
6.O’qituvchi rahbarligi ostida har bir guruhning bajargan ishi to’g’riligi, chiqorgan
xulosasi muhokama qilinadi.
Xulosa.
Botanika fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilishda o’uvchilarni kichik
guruhlarga ajratish kerak. Amaliy ishni bajarishda o’quvchilarga ko’proq erkinlik berib, mustaqil
tajribalarni bajarishga imkon yaratish lozim. Shunda o’quvchi yoshlarning fanga bo’lgan qiziqishi
ortadi, jihozlar bilan ishlab, amaliy toipshiriqni bajara olish malakasi shakllanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
407
REFERENCES
1.
Aripov N. M. VIRTUAL TA’LIM LABORATORIYALARI: PRINTSIPLAR VA
IMKONIYATLAR //UNIVERSAL JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION. –
2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 17-28.
2.
Bozorboyevna X. Z., Sobirovna Q. F. BIOLOGIYA DАRSLАRIDА O'QUVCHILАRNI
KАSBGА YO'NАLTIRISH //" ЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТАДЈИЈОТЛАР"
МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА 16-К¤ П ТАРМОЈЛИ ИЛМИЙ МАСОФАВИЙ
ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 22-ЈИСМ. – С. 201.
3.
J.O.Tolipova., A.T.G’ofurov “Biologiya o’qitish metodikasi” Toshkent-2014 44-b.
4.
Shomuratova S. B., Ro‘zmatova Z. Y., Atajanov O. Y. BOTANIKA O‘QITISHDA
O‘QUVCHILARDA AMALIY KO ‘NIKMALARNI TARKIB TOPTIRISH METODIKASI
//CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN
WORLD. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 53-56.
5.
Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior o'simligining dorivor xususiyatlari / /
integratsiyalashgan ta'lim va tadqiqotlar jurnali. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 8-10.
6.
Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA
GLABRA L. NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. –
2021. – Т. 2. – №. 1.
7.
Xurramov O. G. Islamov B.S SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA
GLABRA L //NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI. – Т. 257.
