ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
408
TEKOMA YOKI NAYCHAGUL OʻSIMLIGI BOʻYICHA TADQIQOTLAR TAHLILI
Xamidov Ma’ruf Zarifovich
Toshkent davlat agrar universiteti 1-bosqich doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14497196
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Oʻzbekistonga introduksiya qilingan chirmashib
oʻsadigan manzarali gullovchi lianalardan Naychagul yoki Tekoma – Campsis Radicans turini
Surxondaryo viloyati sharoitida bioekologik xususiyatlarini oʻrganish va koʻpaytirish
texnologiyasini olib borilayotgan tajribalar asosida qisqacha yoritib berishdan iborat.
Kalit soʻzlar:
Liana, Kirish, Naychagul yoki Tekoma, Campsis Radicans, Bioekologiya,
Koʻpaytirish texnologiyasi.
АНАЛИЗ ИССЛЕДОВАНИЙ НА ТЕКОМОВОМ ИЛИ НАЙЧАГУЛЬСКОМ
ЗАВОДЕ
Аннотация.
В данной статье на основе изучения биоэкологических особенностей и
технологии размножения в условиях Сурхандарьинской области дано объяснение одному
из интродуцированных в Узбекистан стелющихся декоративно-цветущих лиан — виду
Текома — Campsis Radicans.
Ключевые слова:
Лиана, Трубчатый цветок или Текома, Кампсис радиканс,
Биоэкология, Технология размножения.
ANALYSIS OF RESEARCH ON THE TECOMA OR NAICHAGUL PLANT
Abstract.
In this article, based on the study of bioecological features and reproduction
technology in the conditions of the Surkhandarya region, an explanation is given for one of the
creeping decorative flowering vines introduced into Uzbekistan — the Tecoma species — Campsis
Radicans.
Keywords:
Liana, Tubular flower or Tekoma, Campsis Radicans, Bioecology,
Reproduction technology.
Dunyo boʻyicha koʻkalamzorlashtirish maqsadlarida koʻplab mahalliy va tropik
oʻsimliklar assortimenti ishlatiladi. Yevropa ittifoqi davlatlari, Amerika Qoʻshma Shtatlarida
vertikal koʻkalamzorlashtirish juda muhim ahamiyatga ega sohalardan biri hisoblanadi. Xorijiy
davlatlarda boʻlgani singari bizning davlatimizda ham koʻp qavatli binolarning devorlari va tom
qismlarining yoz oylarida issiq harorat natijasida qizib ketishi muammoli holat hisoblanadi. Shu
sababli chirmashib oʻsuvchi, gullovchi lianalardan bino va inshootlarni, besedkalarni, fitodevor,
alleyalarni vertikal koʻkalamzorlashtirish zarurati yuzaga keladi.
Kongoda va Gveneyada turlarga boy tropik florada asosan tutdoshlar, dukkakdoshlar,
palmadoshlar, anonadoshlar, sterkulyardoshlar va pandanusdoshlar oilasidan iboratdir. Malayziya
florasi 45000 turga ega. Yangi Zelandiyada, Avstraliyada uchraydigan mox (50 xil) va lishayniklar
(30 xil) oʻsadi. Sandvichi orollarida oʻsadigan 705 tur oʻsimlikni 93% endemikdir. Bu еrdagi
oʻsimlik turlarini 76% daraxt va butalardan, 24% oʻtloqlardan iborat. Orollarda birorta ќam ochiq
urugʻli oʻsimliklar uchramaydi. Madagaskar oroli, Maskaren, Seyshel, Amirant va Komor
orollarida 6765 tur oʻsimlik boʻlib, shundan 89% endemiklardir. Janubiy Amerikani 400 kengligi
bilan oʻtadi va Gallapogos orollarini oʻz ichiga oladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
409
Endemik oʻsimliklariga kaktuslar, bromeliyadoshlar, nastursiyadoshlar, ksiridiyadoshlar,
siklantadoshlar, kannonadoshlar, markgraviyadoshlar va sagovnikdoshlar kiradi. Bu oblast
turlarga juda boy boʻlib, faqatgina Braziliya 40 000 dan ortiq tur mavjud. Amazoniya tekisligida
200 dan ortiq palma turi uchraydi.
Shundan 30% endemik turlardir. Dukkaklilardan bertollesiya, kakao daraxti, qovun
daraxti, gaveya, kastilloa, seyba (jun daraxti — tola olinadi), kopaifera, sezalpiniya, lavr, mimoza,
bambuk va banan hamda lianalardan Tekoma (Campsis radicans Seem.) keng tarqalgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manzarali oʻsimlik
koʻchatlarini yеtishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqishga
alohida eʼtibor bermoqda. Bu oʻrinda yurtimizda oʻsishga moslashtirilgan manzarali
oʻsimliklarning bioekologik xususiyatlari va koʻpaytirish usullarini takomillashtirish dolzarb
hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi 2017-2021-yillarga moʻjallangan Harakatlar starategiyasi
“…qishloq xoʻjaligida ekin maydonlari va ekin tarkibini optimallashtirish, ilgʻor
agrotexnologiyalarni joriy etish hamda hosildorlikni oshirish” muhim strategik vazifalardan biri
qilib, belgilab berilgan [1].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 11-sentyabrdagi PQ-
3262-sonli “Avtomobil yoʻllarining arxitektura-landshaft konstruksiyasi va obodonlashtirish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 59-son “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik
talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari”
toʻgʻrisidagi qarori va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlardagi vazifalarni ilmiy jihatdan amalga
oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi [2].
Muammoning oʻrganilganlik darajasi.
1962 yildan boshlab Respublikamizning yеttita shahri – Andijon, Angren, Olmaliq,
Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Urganchda oʻsimlikshunoslik xoʻjaliklari tashkil topdi. Bu
xoʻjaliklarning yеr maydoni 592 gektar edi. Koʻkalamzorlashtirishni ilmiy asoslangan holda
yoʻlga qoʻyish uchun Oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituti negizida 2005 yilda Respublika
manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi ilmiy–ishlab chiqarish markazi tashkil qilindi [3].
Koʻkalamzorlashtirishni hozirgi kunda eng ommalashgan yoʻnalishi boʻlgan Vertikal
koʻkalamzorlashtirishda manzarali gullovchi lianalarni vegetativ koʻpaytirishni ilmiy asoslashga
bagʻishlangan Magistrlik dissertatsiya ishim ustida olib boradigan tadqiqotlarimizda shu
mavzuning tarixi, hozirgi kundagi rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan koʻplab nazariy va
amaliy adabiyotlar, qonun va qarorlar oʻrganiladi [13].
Asosan Kitobda vertikal koʻkalamzorlashtirishning turli xil kompozitsion texnikalari
yoritilgan, batafsil dekorativ va agrobiologik xususiyatlarga ega boʻlgan oʻsimliklarning
kengaytirilgan assortimenti berilgan, oʻsimliklarning turlari, boshqa oʻsimlik guruhlari (gulli
oʻsimliklar, yillik manzarali lianalar) bilan manzarali lianalardan 50 ga yaqin kompozitsiyalar
tasvirlangan. Har bir kompozitsiyada birma-bir oʻsimlik turlari va kombinatsiyalarining oʻziga xos
badiiy qiymati taʼkidlanadi, uning eng katta dekorativligi davri koʻrsatiladi va turli xil narsalarni
loyihalashda foydalanish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Kitob Ukraina ilmiy tadqiqotlari, vertikal
koʻkalamzorlashtirish sohasida mahalliy va xorijiy amaliyotning soʻnggi yutuqlarini keng
umumlashtirilib, Ukraina, Rossiya, Latviya, Estoniya shaharlaridagi turar-joy binolari, jamoat
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
410
binolari va boshqa hududlarini oʻsimliklari bilan obodonlashtirishning eng yaxshi namunalari
asosida ishlab chiqilgan. Shaharlarni vertikal koʻkalamzorlashtirish haqida soʻz boradi [5].
Oʻzbek
tilida
nashr
ettirilgan
kitobda
koʻkalamzorlashtirishning
vertikal
koʻkalamzorlashtish sohasi haqida juda qisqa maʼlumot berilgan.
Vertikal koʻkalamzorlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari atrof muhitning ekologik
muhitiga katta ijobiy taʼsir qiluvchi omildir va shu nuqtai-nazardan Respublikamiz va Jahon
ekologiya muammolariga bagʻishlangan bir nechta darslik va qoʻllanmalar bilan tanishib chiqdim.
A.G.Bannikov, A.A.Vakulin, L.K.Rustamov “Основи экологии и охрана окружаюшей
среди” kitobida Vertikal koʻkalamzorlashtirishning ekologiyaga ijobiy taʼsirlarini aytib oʻtgan [4].
“Ekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish” kitobida koʻkalamzorlashtirishning
nechogʻlik tabiatga kerak ekanligi haqida keltirilgan [16].
Park kompozitsiyasi texnikasi va landshaft sanʼati nazariyasini ishlab chiqish, hududni
volumetrik-fazoviy tashkil etish va obodonlashtirish obyektlarini ishlab chiqish masalalari
yoritilgan. Plantatsiyalarni shakllantirish, tarixiy bogʻlarni rekonstruksiya qilish va tiklash
uslubiyati tavsiflangan. Koʻkalamzorlashtirish boʻyicha ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalar
umumlashtirildi. Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish yoʻnalishi talabalari uchun lianalar
haqida keltirib oʻtilgan [6].
E.Belyaeva ning “Модные тенденции и озеленение” kitobida Vertikal
koʻkalamzorlashtirish uchun zamonaviy turdagi oʻsimlik va gul turlarini taʼriflab oʻtgan [14].
Rossiya va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning soʻnggi dizaynlari va tizimlaridan
foydalangan holda tobora koʻproq amalga oshirilayotgan zamonaviy shaharlarning vertikal
bogʻdorchilik tarixi, usullari va umumiy prinsiplari koʻrib chiqiladi. Yashil devorlarni yaratishda
yangi texnologiyalarni qoʻllash asoslandi. Ikki tubdan farq qiluvchi texnologiyalarni taqqoslash va
tahlil qilish amalga oshirildi. Estetik, ekologik va ratsionalizatsiya xarakteri masalalari muhokama
qilinadi [7].
Ushbu kitobda, kerakli maslahatlar chuqur koʻrsatilgan, ammo respublikamiz iqlimidan
kelib chiqqan holda vertikal koʻkalamzorlashtirish boʻyicha aniq va kerakli tavsiyalar hamda
tanlangan oʻsimliklar yoʻq. Vertikal koʻkalamzorlashtirish mavzusi boʻyicha tahlil qilingan
adabiyotlar shuni koʻrsatdiki, vertikal koʻkalamzorlashtirish ishlari boʻyicha kerakli ilmiy va
amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, shaharlar ekomuhiti uchun eng maqbul oʻsimliklarni tanlash va
ulardan kerakli kompozitsiyalar yaratish dolzarb muammo sifatida oʻrganilishi lozim [12].
Maqola vertikal koʻkalamzorlashtirishga bagʻishlangan — zamonaviy landshaft
dizaynining eng mashhur turlaridan biri. Vertikal koʻkalamzorlashtirish turlari va undan
foydalanish shartlariga alohida eʼtibor beriladi. Ushbu turdagi koʻkalamzorlashtirish afzalliklari
va kamchiliklari aniqlanadi. Vertikal koʻkalamzorlashtirishning inson hayoti va ekologiyasiga
taʼsiri koʻrib chiqiladi. [8].
Zamonaviy vertikal koʻkalamzorlashtirishda "Vertikal" joylashgan yoki yеrdan
balandlikda joylashgan obyyektlar uchun ishlatiladigan oʻsimlik turlarining keng assortimenti
qoʻllaniladi: jamoat va turar-joy binolari, garajlar va yopiq avtoturargohlarning tomlari va
devorlarini vertikal koʻkalamzorlashtirish, binolarning terassalari, balkonlar va lojikalar va
boshqalar. Vertikal koʻkalamzorlashtirishning yuqoridagi barcha turlarini oʻz ichiga oladi. Bu еrda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
411
dunyodagi
yangiliklarning
qisqacha
sharhi,
binolarning
tomlari
va
devorlarini
koʻkalamzorlashtirish boʻyicha yutuqlarga urgʻu berilgan [15].
Vertikal koʻkalamzorlashtirish samarali landshaft dizayni usullaridan biridir. U lianalar,
daraxtlar va butalar yordamida amalga oshiriladi, sizga maksimal yashil rang berishga imkon
beradi, massa, yashil muhit tasavvurini yaratadi, devorlarning bir qismini koʻzdan yashiradi,
binolarning jabhalarini bezatadi, ularning goʻzalligini taʼkidlab, noyob va unutilmas koʻrinishni
yaratadi. Bu istirohat bogʻlarda, parklarda va yopiq bogʻlarda maxsus atmosfera yaratilishiga hissa
qoʻshadi [9].
Ushbu Kasablanka, Marokko, ancha aholi yashaydigan kvartalida 5 ta osmonoʻpar binoni
vertikal koʻkalamzorlashtirishgani haqida keltirib oʻtgan. Maqolada vertikal koʻkalamzorlashtirish
haqida shunday tasavvurlar keltirilgan: rivojlanishining barcha bosqichlarida inson atrofidagi
dunyo bilan chambarchas bogʻliq. Ammo Sanoatning jadal rivojlanishi jamiyat paydo boʻlganidan
beri odamlarning tabiatga aralashuvi kuchaygani, sanoatning chegaralari kengaygan va endi
odamlar uchun global tahdidga aylanishi haqida soʻz boradi. Eng keng tarqalgan va ahamiyatlisi
atrof-muhitning kimyoviy ifloslanishi. Atmosferada karbonat angidrid gazini toʻplanishi davom
etmoqda. Shaharlarning ekologik muammolarini hisobga olgan holda shuni taʼkidlash joizki,
transport va sanoat korxonalari aholi yashash joylarida haddan tashqari koʻp qurilgani shahar atrof
muhitiga katta zarar berishi, katta shaharlarda atmosferada 10 baravar koʻp aerozollar va 25
baravar koʻp gazlar mavjudligini hisobiga shaharda koʻkalamzorlashtirsh muhim ahamiyatga ega
ekanligi keltirib oʻtilgan [10].
Zamonaviy megapolislar zamonida inson salomatligini saqlash va yaxshilash muammosi
alohida oʻrin tutadi. Rivojlanib borayotgan shaharlar, ularni zarur ekologik yaxshilashga qaramay,
tabiatni oʻzgartirib yubormoqda. Odamlar taʼsir koʻrsatadigan yer maydonlarining estetik
xususiyatlari yoʻqolib, zavod fabrikalar va zich qurilgan binolar tobora koʻpayib borishi shahar
hududidagi tabiatni oʻzgarishiga olib kelmoqda. Zamonaviy shaharda yashil maydonlarning yеtarli
emasligi ekologik muammo boʻlib, unda oz miqdordagi koʻkalamzorlashtirilgan yashil maydon
mahalliy mikroiqlim va ekologiyaning umumiy darajada yaxshilay olmayotganligi haqida soʻz
boradi. Shu nuqtai nazardan, inson hayoti uchun yanada qulay va ekologik sharoitlarni yaxshilash
uchun shahar hududlarini vertikal koʻkalamzorlashtirishda manzarali gullovchi lianalardan
foydalanishni loyihalash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish dolzarbligi keltirib oʻtilgan [11].
Mavzuning dolzarbligi va zarurati.
Ma’lumki manzarali gullovchi lianalarning
kоʼpchiligi chetdan introduksiya qilinganligi, barcha viloyatlarda, shahar va qishloq markazlarida
barpo etilayotgan zamonaviy koʻrinishdagi koʻpqavatli uylar hamda binolarga, sayilgohlar, Bogʻ-
parklarda manzarali lianalar bilan arkalarni bezatishda, koʻpqavatli binolarni manzarali gullovchi
lianalar bilan bezatishda koʻchatlarning xorijiy davlatdan import evaziga keltirib, chetga valyutani
chiqib ketishini oldini olish maqsadida manzarali gullovchi liana turlaridan “Xitoy Glitsiniyasi –
Wisteria Sinensis
”, “Naychagul yoki Tekoma –
Campsis Radicans
”, “Yapon Shilvisi –
Lonicera
Japonica
” turlarining bioekologiyasini toʻliq yoritib berishda, turlarning koʻpaytirish
texnologiyasini оʼrganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bоʼlib qolmoqda.
Tadqiqot oʼtkazish joyi va sharoiti.
Toshkent davlat agrar universiteti “Axborot-
maslahat markazi (extension center)” DUK tajriba xoʻjaligi va Dala tajribalari Surxondaryo davlat
Oʻrmon xoʻjaligi Kattaqum oʻrmon boʻlimi Sabzipoya uchastkasida amalga oshiriladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
412
Tadqiqot оʼtkazilgan hududning iqlim sharoitlariga tavsif berish uchun Оʼzbekiston
Respublikasi Gidrometeologiya Markazi maʼlumotlaridan foydalaniladi. Dissertatsiya ishi
Toshkent davlat agrar universiteti Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasining “Oʻrmonchilik
va landshaft dizayn texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi
doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi.
Oʻzbekistonga introduksiya qilingan chirmashib oʻsadigan
manzarali gullovchi lianalardan biri Naychagul yoki Tekoma –
Campsis Radicans
turini
Surxondaryo viloyati sharoitida bioekologik xususiyatlarini oʻrganish va koʻpaytirish
texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning predmeti va uslubi.
Urugʻ va qalamchalarning unuvchanligi, ularning
yillik oʻsishi, urugʻlarining unuvchanligi, yеtishtirish jarayonida qoʻllaniladigan agrotexnik
usullar, ildiz oldiruvchi stimulyatorlarning meʼyori.
Fenologik kuzatuvlar I.N. Beydeman «Методика изучения фенологии растений»
boʻyicha, lianalarni bioekologiyasi va urugʻidan koʻpaytirish boʻyicha tajribalar E.T.Berdiyev,
M.D.Turgʻunov, SH. F.Gʻulomxoʻjayevalarning «Vertikal koʻkalamzorlashtirish» oʻquv
qoʻllanmasidan, qalamchasidan koʻpaytirish boʻyicha tajribalar M. Browse tomonidan ishlab
chiqilgan «Oʻsimliklarni vegetativ koʻpaytirish» uslubi, manzaraviylik xususiyatini baholash N.I.
Shtonda uslubiga asosan amalga oshiriladi, olingan maʼlumotlarni statistik qayta ishlashda umum
qabul qilingan mezonlar hamda B.A. Dospexovning «Методика полевого опыта» uslubiga
asosan bajariladi, koʻchat еtishtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblashda “Asosiy qishloq
xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yеtishtirish boʻyicha namunaviy texnologik
kartalardan foydalaniladi.
Tadqiqot natijasida kutilayotgan ilmiy yangiliklar:
Ilk marotaba Surxondaryo viloyati sharoitida chirmashib oʻsadigan manzarali gullovchi
liana turidan: Naychagul yoki Tekomaning bioekologik xususiyatlari oʻrganiladi;
Manzarali gullovchi liana turlarini qalamchasidan koʻpaytirish texnologiyasini turli variant
va ildiz oldiruvchi turli stimulyatorlar taʼsir ettirib, tajribalar orqali takomillashtiriladi;
2024-yilning I chorаk (yanvаr, fevrаl, mаrt oylаri) davomida bajarilgan ishlar
Yanvаr, fevrаl, mаrt oylarida mavzu boʻyicha dunyo mamlakatlarida va Oʻzbekiston iqlim
sharoitida oʻsayotgan manzarali gullovchi lianadan Naychagul yoki Tekoma turining turli
viloyatlarda va turli iqlim sharoitlarida oʻsayotganligi aniqlandi va oʻrganilmoqda.
Surxondaryo davlat Oʻrmon xoʻjaligi Kattaqum oʻrmon boʻlimi Sabzipoya uchastkasida
Manzarali gullovchi lianalarning qalamchalaridan va urugʻidan koʻpaytirib, tajriba olib borish
uchun ekishga joy tayyorlandi. (1-rasm)
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
413
1-rasm. Naychagul yoki Tekoma oʻsimligining qalamchalarini ekish uchun tajriba
dalasini tayyorlash jarayoni
Surxondaryo davlat Oʻrmon xoʻjaligi Kattaqum oʻrmon boʻlimi Sabzipoya uchastkasida
tayyorlangan yеr uchastkasiga ekish uchun manzarali gullovchi lianadan Naychagul yoki Tekoma
oʻsimligidan qalamcha olishda Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi aholi xonadonida
oʻstirilayotgan oʻsimlikdan qalamchalar olindi va tajriba maydoniga ekildi (2-rasm).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
414
2-rasm. Tekoma daraxtidan qalamchalar olinib, turli stimulyatorlarda ishlov berilib
tajriba dalasiga ekilishi.
Naychagul yoki Tekomadan olingan qalamchalarni soni va tajriba variantlari boʻyicha
quyidagi jadvalda batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
1-Jadval
Naychagul yoki Tekomadan olingan qalamchalarni soni va tajriba variantlari
№
Tajriba oʻsimligining nomi
Jami qalamchalar soni
Variantlar, qaytariqlar,
qalamchalar soni
1
Naychagul yoki Tekoma
(Campsis Radicans)
1200 dona
1.
Oddiy suvda – 3 marotaba
qaytariqda 100 donadan = 300
dona
2.
Qumda stratifikatsiya – 3
marotaba qaytariqda 100
donadan = 300 dona
3.
Indolil – 3 moy kislotasi –
3 marotaba qaytariqda 100
donadan = 300 dona
4.
Soil Root ildiz oʻstiruvchi
stimulyator – 3 marotaba
qaytariqda 100 donadan = 300
dona
Tajribalar Suv yaʼni nazorat varianti, Oddiy qumda 1 oy stratifikatsiya qilingan varianti,
Indolil-3 moy kislotasi varianti, Soil Root stimulyatorlarida amalga oshirilmoqda.
2-jadval
Manzarali gullovchi Tekoma yoki Naychagulning manzaraviylik xususiyatlarini baholash
shkalasi
№
Butalarning manzaraviylik kоʼrsatkichlari
Maksimal ball
1.
Balandligi
6
2.
Shox-shabbasining shakli
4
3.
Shox-shabbasining zichligi
6
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
415
4.
Novdalari rangi
2
5.
Barglarining mavsumiy rangi
6
6.
Gullash manzarasi
20
7.
Gullash davomiyligi
16
8.
Meva rangi va оʼlchami
7
9.
Butada mevasining uzoq saqlanishi
5
10.
Bargi tоʼkilmasdan saqlanish davri
5
11.
Butaning manzaraviyligini saqlanish davri
6
Jami:
83
Xulosa qilib aytganda Oʻzbekiston shaharlarini koʻkalamzorlashtirishda Xitoy Glitsiniyasi,
Tekoma, Yaponiya Shilvisi istiqbolli oʻsimlik hisoblanadi. Tekoma (Naychagul) – Campsis
Radicans (Seem), Xitoy Glitsiniyasi, Yapon Shilvisini
bu manzarali shakllari Respublikamizning
hamma hududlarida koʻchatlarini yetishtirishda qalamchalaridan, urugʻlaridan koʻpaytirish
texnologiyasini ish chiqilgandan soʻng tavsiyanomalar ishlab chiqiladi. Ushbu oʻsimlik
koʻkalamzorlashtirishda foydalanishni keng yoʻlga qoʻyish iqtisodiy jihatdan samarali, qolaversa
atrof muhitni xamda yurtimiz goʻshalarini chiroyiga yanada chiroy qoʻshishga sharoit yaratadi.
Oʻzbekistonning keskin kantinental iqlimiga bardoshli oʻsimlik hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PQ-
4947-sonli “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar
strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 11-sentyabrdagi PQ-
3262-sonli “Avtomobil yoʻllarining arxitektura-landshaft konstruksiyasi va obodonlashtirish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni.
3.
Алексеева А. С., Тишкевич А. В.Инновационние методи, применяемие при
вертикалном озеленении городских пространств //Новие технологии и проблеми
технических наук. – 2015. – S. 73-76.
4.
Банников А.Г., Вакулин А.А., Рустамов Л.К. “Основи экологии и охрана окружаюшей
среди ” Moskvа : Kolos, 1996. — 303 s
5.
Брагина В.И., Белова З.П., Сидоренко В.М.“Вертикалное озеленение зданий и
сооружений” Kiyev, 1980 – 5s
6.
Gаbibovа YE. N. Исползование лиан в вертикалном озеленении населенних пунктов
ростовской области в условиях нижнего Дона //Вестник Донского государственного
аграрного университета. 2019. – №. 1-1. – S. 61-64.
7.
Дмитрий Дмитриевич Госсе, Юрий Александрович Кукуджанов. Современние
агротехнологии вирашивания декоративних растений в вертикалних конструкциях . –
52 – 62 s.
8.
Dyachenko Y. V., Shutkа А. V. Вертикалное озеленение экстерера и интерера
//Научний вестник Воронежского государственного архитектурно-строителного
университета. Seriya: Студент и наука. – 2015. – №. 8. – S. 81-86.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
416
9.
Yeroxovа O. S. Ассортимент древесних и травянистих лиан для исползования в
вертикалном озеленении города великий Новгород //ландшафтная архитетура,
строителство и обработка древесини. – 2018. – С. 106-110.Zokirov Q.Z., Jamolxonov
H.A Botanikadan ruscha-oʻzbekcha ensiklopedik lugʻat.
10.
Kayimov A.K., Turok Dj. Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish. -T.: «Fan va
texnologiya», 2012. 124 bet.
11.
Chernyayevа YE.V., Suxаnovа M. V. Основи ландшафтного дизайна Fiton, 2015.
12.
Berdiyev E., Turgunov M., Gulamxodjayeva Sh. Vertikal koʻkalamzorlashtirtish. –
Toshkent, 2018.
13.
Belyayevа E. Модние тенденсии в озеленении [Текст] / Э. Беляева// Ландшафтний
дизайн. — 2004. — С.21Bаxаrev V. V. Вертикалное озеленение: перспективи
исползования традиционних и инновасионних технологий в условиях городской
агломерасии. – 2014.
14.
Tursunov X.T. “Ekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish” — T: «Oʻqituvchi», 1997.
