Authors

  • Muxomod-Umar Axmedov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57552

Keywords:

ta’lim-tarbiya odob-axloq asbob-uskunalar jihoz rangtasvir musavvirlik miniatyura haykaltaroshlik ganch yog‘och metall suyak tosh dizayn foto san’ati ekobana mo‘’jaz minityura san’ati gravyura o‘quv-metodik moddiy-texnik.

Abstract

Maqolada amaliy san’atning, xususan yog‘och o‘ymakorligining tarixiy rivojlanishi, buyuk bobolarimizning yoshlarga bilim berish va hunar o’rgatishga bo’lgan qarashlari, yoshlarga odob-axloq qoidalarini o‘rgatish, ularni ilm-fan sirlarini egallashga jalb etish, savob ishlarni bajarishga yo‘naltirish, ijod bilan shug‘ullanishga da’vat etishga qaratilgan asarlaridagi e’tibor, shuningdek, bugungi kunda mazkur tadbirlarni tashkil etishning pedagogik asoslari xususida bayon qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

426

BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT FANI O‘QITUVCHILARIGA YOG‘OCH

O‘YMAKORLIGINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK ASOSLAR

Axmedov Muxomod-Umar Baxridinovich

Nizomiy nomidagi TDPU “Tasviriy san’at” kafedrasi dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14497234

Annotatsiya.

Maqolada amaliy san’atning, xususan yog‘och o‘ymakorligining tarixiy

rivojlanishi, buyuk bobolarimizning yoshlarga bilim berish va hunar o’rgatishga bo’lgan
qarashlari, yoshlarga odob-axloq qoidalarini o‘rgatish, ularni ilm-fan sirlarini egallashga jalb
etish, savob ishlarni bajarishga yo‘naltirish, ijod bilan shug‘ullanishga da’vat etishga qaratilgan
asarlaridagi e’tibor, shuningdek, bugungi kunda mazkur tadbirlarni tashkil etishning pedagogik
asoslari xususida bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim-tarbiya, odob-axloq, asbob-uskunalar, jihoz, rangtasvir, musavvirlik,

miniatyura, haykaltaroshlik, ganch, yog‘och, metall, suyak, tosh, dizayn, foto san’ati, ekobana,
mo‘’jaz minityura san’ati, gravyura, o‘quv-metodik, moddiy-texnik.

PEDAGOGICAL BASIS OF TEACHING WOOD CARVING TO FUTURE TEACHERS

OF FINE ARTS

Abstract.

The article describes the historical development of applied arts, in particular

wood carving, the views of our great-grandfathers on educating young people and teaching them
crafts, the attention paid in their works to teaching young people the rules of etiquette, attracting
them to master the secrets of science, directing them to perform meritorious deeds, and
encouraging them to engage in creativity, as well as the pedagogical foundations of organizing
these events today.

Keywords:

education, ethics, equipment, equipment, painting, painting, miniature,

sculpture, ganch, wood, metal, bone, stone, design, photo art, eco-bana, miniature art, engraving,
educational and methodological, material and technical.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ПРЕПОДАВАНИЯ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ

БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА

Аннотация

В статье историческое развитие практического искусства, особенно

резьбы по дереву, взгляды наших прадедов на воспитание и воспитание молодежи,
обучение молодежи правилам этикета, привлечение их к освоению секретов науки.
внимание в его произведениях направлено на руководство выполнением похвальных
поступков, поощрение творчества, а также педагогические основы организации этих
мероприятий сегодня. заявил.

Ключевые слова:

образование, этикет, техника, оборудование, живопись,

живопись, миниатюра, скульптура, дерево, металл, кость, камень, дизайн,
фотоискусство, экобана, чудесное искусство миниатюры, гравюра, учебно-методическое,
материально-техническое.

Respublikamizning mustaqillikka erishishi tufayli ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishga,

jumladan, yoshlarni ijodiy, mustaqil fikrlay oladigan barkamol insonlar qilib shakllantiradigan
bilimlar mazmunini tanlab olishga, o‘quv muassasalarida mashg‘ulotlarning samarali usullari va
shakllarini tanlab olishga jiddiy e’tibor berilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

427

«Umumiy o‘rta ta’lim» bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik

faoliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va
ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyatini, iste’dodini
rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin».

Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularni kelajak hayotga tayyorlash, ijodiy faoliyatga,

odob-axloqli bo‘lishga, ilm olishga, foydali yumushlar bilan shug‘ullanishga yo‘llash ishlari Sharq
xalqlarining qon-qoniga singib ketgan noyob amallardandir. Ta’lim-tarbiya ishlarining qonun
bilan himoyalanishi, barcha tashkiliy, rahbarlik va ta’minot ishlarining davlat tasarrufida bo‘lishi,
davlatning, xalqning o‘z kelajagi uchun jiddiy qayg‘urishidan dalolat beradi.

Sharq xalqlarining uzoq tarixida, hatto odamzod paydo bo‘lishining boshlang‘ich

davrlarida, masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida, quldorlik jamiyati tuzumida ham yosh bolalarning,
kelajak avlodning tarbiyasiga e’tibor berib kelingan. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastlab
yog‘ochlardan ayrilar, o‘tkir uchli nayzalar yasash va ular bilan ov qilish o‘rgatilgan bo‘lsa,
keyinchalik yog‘ochlardan turli tosh, jez, suyak kabilarga dastalar o‘rnatish, ular bilan mehnat
qilish, ov qilish, turli xil moslamalar yasash o‘rgatilgan. Quldorlik tuzumiga kelib, yog‘och
asboblar, dastalar, moslamalar yasash takomillashdi, o‘ziga xos sifat, jilo beradigan qilib,
qo‘llanilish maqsadiga qarab, o‘z vazifasini aniq bajara oladigan qilib yasaldi va bu ishlar
farzandlarga, shogirdlarga o‘rgatib borildi. Yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlari: chelaklar, kosalar,
laganlar, tog‘oralar, bochkalar, suvdonlar, qoshiqlar, turli asboblar uchun dastalar, g‘ildiraklar,
omoch qismlari; harbiy maqsadlar uchun ashyolar: nayzalar va o‘qlar dastalari, egarlar, devorlarni
buzish moslamalari, manjanaqlar, narvonlar, ko‘priklar, dekchalar, safar anjomlari; qurilish
maqsadlari uchun ashyolar: ustunlar, to‘sinlar, eshiklar, panjaralar, darvozalar, kursilar, tokchalar,
aravalar, taxtiravonlar va boshqa yuzlab nomdagi moslamalar tayyorlangan, hayotda samarali
foydalanilgan. Albatta, ushbu yog‘och jihozlarni tayyorlash, yasash va foydalanish davrida yosh
o‘smir bolalar bevosita yoki bilvosita ishtirok etganlar, bu yo‘l bilan ularning shu sohadagi
bilimlari takomillashtirib borilgan. Feodal tuzumi davriga kelib, buyuk davlatchilik siyosatlari
baravar rivojlantirildi, barcha sohalardagi asbob-uskunalar, jihozlar ishlab chiqarish juda keng
miqyosda taraqqiy etdi, hatto, nafis san’at darajasiga yetdi. Endi buyumlar va jihozlarning faqat
ish bajarishga chidamliligigagina emas, balki nafis, go‘zal, chiroyli, bezakli qilib tayyorlanishiga
ham jiddiy e’tibor berildi.

Turli davrlarda har xil buyumlarning tayyorlanishi, taraqqiyoti, rivojlanishi turli xil

arxeologik qazishmalar paytida topilgan ashyolar, shuningdek, ular bilan bog‘liq tavsiflar og‘zaki
va yozma manbalarda bizgacha yetib kelgan.

Yoshlarni mehnat qilishga, turli hunarlarni egallashga da’vat qiluvchi fikrlar yozma va

og‘zaki manbalarda juda ko‘p. Sharqning buyuk mutafakkirlarining qimmatbaho asarlarida bu
masalaga juda katta e’tibor berilgan. Pandnomalar, nasihatlar, o‘gitlar, hunarlar risolalari, tarixiy
asarlardagi tavsiflar, nasriy va nazmiy bayonlarda, g‘azallarda, ta’limotlarda o‘z aksini topgan.

Eramizning VIII asr oxiri IX asrning boshida yashab ijod etgan alloma Muhammad Muso

al-Xorazmiyning (783-850) 20 dan ziyod asarlaridan bizgacha 10 ga yaqini yetib kelgan. Buyuk
mutafakkir al-Xorazmiy butun dunyo fani taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan olimdir. Uning «Al-
jabr va almuqobala hisobi haqida», «Hind hisobi haqida kitob», «Qo‘shish va ayirish haqida
kitob», «Zij» kabi asarlaridan tashqari «Asturlob yasash haqida kitob», «Asturlob bilan ishlash


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

428

haqida»gi kitoblarida o‘ta murakkab o‘lchov asboblari yasash va ulardan fanda foydalanish
yo‘llari ko‘rsatilgan. Demak, o‘tmish allomalari turli nazariy g‘oyalar berish bilan chegaralanib
qolmasdan, amalda turli asboblar, qurilmalarni o‘zlari aniq hisoblar asosida yasaganlar va
foydalanganlar.

Turli asboblar yasash va undan o‘z ijodiy faoliyatlarida bevosita foydalanish an’anasini

davom ettirgan allomalardan yana biri Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kassir al-
Farg‘oniy (797-865) dir. Uning «Quyosh soatini yasash haqida kitob» asari bizning davrimizgacha
yetib kelgan, turli tillarga tarjima qilingan, jahonning turli kutubxonalarida saqlanmoqda.

Yoshlarga odob-axloq qoidalarini o‘rgatish, ularni ilm-fan sirlarini egallashga jalb etish,

savob ishlarni bajarishga yo‘naltirish, ijod bilan shug‘ullanishga da’vat etishga juda ko‘p allomalar
o‘z asarlarida e’tibor berdilar. Ahmad Yugnakiy (XII asr), Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriy (810-870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892), Abu Nasr Forobiy (873-950),
Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy
(860-941), Nosir Xisrav (1004-1088), Yusuf Xos Hojib (XI asr), Maxmud Koshg‘ariy (XI asr),
Ahmad Yassaviy (1103-1166), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Mirzo Ulug‘bek (1394-1449),
Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Alisher Navoiy (1441-1501) kabi ko‘plab jahon
madaniyatining, ma’naviyatining yetakchi allomalari sifatida tan olingan mutafakirlarimiz ham
o‘z asarlarida yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ularda insoniy fazilatlarning shakllanishiga, foydali
mehnat qilishga, ilm-fanni o‘rganishga jiddiy e’tiborlarini qaratganlar.

Movarounnahrning ulug‘ mutafakirlaridan Abu Nasr Forobiy o‘z umri davomida ilm-

fanning turli sohalariga bag‘ishlangan 160 dan ziyod asarlar bitgan. Ular orasida «Nufuzli shahar
aholisining mosligi», «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola» (Risola fi-t tanbih ala asbob
as-saodat), «Fazilatli xulqlar» (As-siyrat al-fozila) nomli ta’lim-tarbiyaga oid asarlari inson
fazilatlari, ta’lim-tarbiya borasidagi noyob durdonalar hisoblanadi.

Tabobat ilmining yetakchi namoyandasi sifatida tanilgan buyuk qomusiy alloma Abu Ali

ibn Sino 450 dan ziyod asarlar yaratgan. Shulardan 160 dan ziyodi bizning davrimizgacha yetib
kelgan bo‘lib, 4 tasi bevosita ta’lim-tarbiyaga oid. SHarq mutafakkirlarining ilmiy asarlari, ijodiy
meroslari milliy qadriyatlarimizning, jahon ma’naviy merosining juda ulkan qismi bo‘lib, barcha
sohalarda kelajak avlodga o‘rganish va o‘rgatishda cheksiz ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Xalqimizning tarixi, ma’naviy, madaniy o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan tasviriy va amaliy

san’atlari juda ulkan qimmatga egadir. Sharq tasviriy va amaliy san’ati tarixi jahonning shu
turkumdagi ijodiy merosining salmoqli qismi hisoblanadi.

Xalqning ichki dunyosini, hissiyotlari tug‘yonini biror buyum, material yoki qog‘ozda

bo‘yoqlar, ranglar yoki o‘ymakorlik asosida aks ettirish, san’atkorlik darajasida ifoda etish tasviriy
va amaliy san’atning asosini tashkil etadi.

Tasviriy va amaliy san’at asarlari bizgacha turli ko‘rinishlarda yetib kelgan. Xususan:

Odamzodning qadimgi turar joylarida g‘orlar devorlarida aks ettirilgan chizmalar, tasvirlar; turli
buyumlarda loydan, toshdan, rangli materiallardan, suyaklardan, yog‘ochlardan ishlangan asarlar;
turli tarixiy obidalar, me’moriy binolardagi naqshlar; tarixiy yodgorliklardagi ustunlar, eshiklar;
xontaxtalar, lauhlar, kursilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

429

Tasviriy san’at o‘ziga bir necha tarmoqlarni qamrab olgan yirik qismlardan:

haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, ekobana, amaliy san’at turlari, mo‘’jaz minityura san’ati,
gravyura, foto san’ati, dizayn kabi ko‘plab qismlardan iborat.

Tasvirlash san’atining ba’zi turlari paydo bo‘lishi (rangtasvir, musavvirlik, miniatyura,

haykaltaroshlik va boshqalar) qadimiy o‘tmishga borib taqalsa, ba’zilari esa (dizayn, foto san’ati,
ekobana) keyingi 100 yillikda paydo bo‘lganligini ko‘ramiz.

Musavvirlik, grafika san’ti Sharqda qadimdan tarqalgan bo‘lib, Sulton Ali Mashhadiy,

Kamoliddin Behzod, Moniy, Sodiq Bek Afshor, Ustod Gung, Ustod Jahongir, Ustod Abdulxamid,
Ustod Shamsiddin, Ustod Pir Said Ahmad Tabriziy, Ahmad Bog‘i Shamoliy, Shoh Muhammad
Tamimiy, Qosim Ali, Xo‘ja G‘iyosiddin Hiraviy, Amrshoh Sabzavoriy, Mirak Naqqosh, Xalil
Mirzo Shohruhiy, Sultonali Mashhadiy, Mavlono Ja’far Turbatiy kabi ko‘plab yirik san’atkorlar
jahon tasviriy san’atida ma’lum va mashhur ustodlar hanuzgacha e’zozlanadilar.

Ijodkorlik faoliyati, alohida qunt-e’tibor, iqtidor, salohiyat mahsuli bo‘lgan tasviriy va

amaliy san’at juda ko‘p qirrali, sirjilodir. Demak, bu soha bilan shug‘ullangan san’at
namoyandalari o‘ziga xos qobiliyatli barkamol insonlar bo‘lib, ijodning boshqa sohalarida ham
salmoqli yutuqlarga erishganlar. Masalan, shoir Javhariy sovungar, Mavlono Xavofiy tikuvchi,
shoir Mavlono Mir Arg‘un chodir yasovchi va bezovchi bo‘lganlar. Mavlono Alisher Navoiy
hazratlari ham shoir, davlat arbobi bo‘lish bilan birgalikda musavvirlikda ham muvaffaqiyatga
erishgan. Tasviriy va amaliy san’atning ajralmas qismlaridan hisoblangan o‘ymakorlik san’ati turli
materiallarga, tasvirlarni o‘yib yoki bo‘rttirib tasvirlash tarzida namoyon bo‘ladi. 200 dan ziyod
turli tarmoqlarga bo‘linadigan amaliy san’at ham tarix silsilalarida taraqqiy etdi, takomillashdi,
rivojlandi.

«O‘ymakorlik – o‘yib naqsh solish kasbi; xalq amaliy san’atining eng qadimiy va keng

tarqalgan turlaridan (ganch, yog‘och, metall, suyak, tosh va b. o‘ymakorligi) naqsh yoki biror
tasvirni yog‘och, ganch, metall, tosh, suyak va boshqalarni o‘yib, tirnab, chizib, bo‘rttirib, teshib
ishlanadi. O‘ymakorlik namunalari bino qismlarini, uy-ro‘zg‘or buyumlarini bezashda,
haykalchalar yaratishda keng qo‘llaniladi».

Chunki hozirgi paytda respublikamizda amaliyotga joriy etilayotgan ta’lim-tarbiya

tizimida, jumladan, ushbu tizimning umumta’lim bosqichida bevosita yog‘och o‘ymakorligidan
doimiy ravishdagi o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmaydi. Amaliy san’at ta’limining ko‘plab turlari
kabi yog‘och o‘ymakorligi ham o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv faoliyatida,
mustaqil o‘rganishlarida amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ta’lim tizimida, xususan, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning amaliy san’at sirlarini

o‘rganishlarida sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishning ahamiyati kattadir.
Tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha tashkil etiladigan sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni
o‘tkazishda o‘kuvchilarning estetik madaniyatini shakllantirish, san’atning, go‘zallikning ajoyib
dunyosini o‘rganishga, his qilishga bo‘lgan intilishlarini, qiziqishlarini shakllantirish va
tarbiyalash, o‘z faoliyatini go‘zal qilib tashkil etishlariga yo‘naltirishni maqsad etib qo‘ymoq
lozim bo‘ladi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda go‘zallikni, san’atni tushunishga

doir axborotlarni, ma’lumotlarni olish shakllariga ham e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

430

Bunday axborotlarni o‘rganish shakllariga quyidagilar kiradi: shu sohadagi turli

adabiyotlarni o‘rganish, o‘qituvchi-murabbiy hikoyalari, turli mavzulardagi suhbatlar,
mushoiralar, o‘rganilgan adabiyotlar muhokamasi, bu sohadagi turli kinofilьmlar, teleko‘rsatuvlar,
radioeshittirishlari muhokamasi, san’at asarlari (kartinalar, buyumlar, jihozlar va boshqalar)
muhokamalari, tasviriy va amaliy san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etish,
turli xil kechalar va tantanalar uyushtirish, ko‘rgazmalar tashkil etish, san’at muzeylariga, tarixiy
obidalarga maqsadli – rejali sayohatlar uyushtirish, san’atkorlar ustaxonalari va ish jarayoni bilan
tanishish, turli to‘garaklar faoliyatlarini tashkil etish va shu kabi ko‘plab tadbirlar.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yishda

o‘quv-tarbiyaviy muassasaning tegishli mutaxassislikdagi pedagog kadrlar bilan, o‘quv-metodik
qo‘llanmalar bilan, moddiy-texnikaviy ashyolar bilan ta’minlanish darajasini ham e’tiborga olmoq
lozim. O‘quv-tarbiya muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan tegishli ta’minot mavjud
bo‘lganida, turli yo‘nalishlardagi tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning ko‘pchilik an’anaviy shakllari o‘zining ta’limiy-

tarbiyaviy zaxiralarini sarflab bo‘ldi, ular yangi zamon talablariga javob bera olmay qolganligi
tufayli hozir keng ko‘lamda qo‘llanilmaydi, ularning o‘rniga yangilari paydo bo‘lmoqda. Hozirgi
paytda keng qo‘llanilayotgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarning eng muhimlaridan biri to‘garaklar
hisoblanadi.

To‘garaklar maktab, maktabdan tashqari muassasalar pedagogik kengashi va ma’muriyati

qarori bilan qo‘shimcha dars soatlarini ajratish sifatida tashkil etiladi. To‘garaklar
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ma’lum yo‘nalishdagi qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish,
ijodiy faoliyatlarini faollashtirish nazarda tutiladi.

Tasviriy va amaliy san’atdan tashkil etiladigan to‘garaklarning asosiy vazifasi

o‘quvchilarga badiiy yo‘nalishda beriladigan bilimlar ko‘lamini kengaytirish, amaliy ko‘nikma va
malakalarini shakllanitirish va takomillashtirish, ijodiy faoliyatini, tarbiyalanishini oshirishdir.

Tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha tashkil etiladigan maktabdan va sinfdan tashqari

ishlarda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalardan biri o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatigi
yo‘naltirishdir. Ijodkorlik his-tuyg‘usi yaqqol seziladigan, mustaqil fikrlay va ishlay oladigan
kishigina o‘ziga xoslikka, erkinlikka ega bo‘ladi va o‘xshashi yo‘q, bir-birini takrorlamaydigan
asarlar yarata olishi mumkin. Ijodkorlik kishi mustaqil faoliyatining va faolligini oliy shaklidir.

Insonning ijodkorligi uning mahsulining ijtimoiy ahamiyati va yangiligi, sofligi darajasi

bilan o‘lchanadi. Ijodiy jarayonning bir qancha o‘ziga xos jihatlari uni oddiy faoliyatdan ajratib
turadi:

a) Muammoning qo‘yilishi, ya’ni yog‘och o‘ymakorligi to‘garaklarida yasalishi lozim

bo‘lgan buyumning ahamiyati, birinchi marotaba qilinmoqdami yoki ilgari ham bajarilganmi,
ushbuni belgilab olish, agar ilgari shu mazmundagi buyurtmalar bajarilgan bo‘lsa, ushbu buyurtma
nimasi bilan ilgarigilardan farq qiladi;

b) ishning ijodiyligini, muammoliligini ko‘ra olish;
v) o‘quvchidagi zaruriy bilimlarni faqat takrorlamasdan, yangi bilimlar o‘rganishini talab

eta olish, borlarini esa butunlay safarbar etishi;

g) o‘qituvchi - to‘garak rahbari bolalarga topshiriq berishda, bolalarning hayotiy tajribasini

nazarda tutmog‘i lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

431

Biz quyida yog‘och o‘ymakorligi to‘garaklarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil

etishning diqqatga sazovor tomonlarini bayon etmoqchimiz.

Tasviriy va amaliy san’at, shuningdek, yog‘och o‘ymakorligi to‘garaklari, odatdagi sinf-

dars mashg‘ulotlaridan o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishda keng
imkoniyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Dars mashg‘ulotlaridan to‘garak mashg‘ulotlari o‘zining quyidagi qator belgilari bilan farq

qiladi:

Birinchidan, to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quv mavzulari qat’iy ish rejasiga qarab emas,

o‘quvchilarning qiziqishlariga, qobiliyatiga qarab tanlanadi.

Ikkinchidan, o‘quvchilar guruhlari, maktablardagidek barcha teng yoshdagi bolalar aniq

sinflarga majburiy biriktirilishiga qarama-qarshi o‘laroq, o‘quvchilarning hohishlari turiga,
qiziqishlariga qarab guruhlar shakllantiriladi.

Uchinchidan, to‘garaklarda qatnashish-qatnashmaslik masalasi mutlaqo ixtiyoriy,

o‘quvchilar hohlagan vaqtlarida bir to‘garakdan ikkinchi to‘garakka o‘tib ketishlari,
to‘garaklardan chiqib ketishlari, ba’zi hollarda esa 1-2 ta to‘garaklarda baravariga qatnashishilari
mumkin. Masalan, ijodkorlik-sport (suzish), modelchilik-havaskorlik, tasviriy va amaliy san’at-
me’morchilik kabilar.

To‘rtinchidan, to‘garak rahbari mashg‘ulotlarni olib borish jarayonida, mashg‘ulotning

tuzilishida bevosita qat’iy dars tuzilishi talablariga o‘xshash kirish, tashkiliy qism, asosiy qism -
yangi mavzu bayoni, yakuniy qism - mavzuni mustaxkamlash kabilarga rioya qilmasligi mumkin.

Albatta, bu hol har bir to‘garak rahbari mashg‘ulotni hohlaganicha o‘tishi yoki o‘tmasligi

mumkin degan fikrni keltirib chiqarmaydi, faqat mashg‘ulotning ba’zi qismlarini, masalan, amaliy
mashg‘ulotlar qismini yoki namoyish etish qismini yoki yasalgan buyumlar va boshqalar tahlilini
chuqurlashtirib, kengaytirib berish mumkin deb tushunmoq kerak.

Beshinchidan, to‘garak mashg‘ulotlari ma’lum sohani chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan,

o‘quvchilar to‘liq mustaqil harakatlanishga, erkinlikka, mashg‘ulot davomida bevosita amaliy
harakatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ya’ni dars mashg‘ulotlaridagidek to‘liq
o‘qituvchi yakka hokimligi ostida o‘tmaydi, o‘quvchilar faolligi to‘liq ta’minlanib, o‘qituvchi
kuzatuvchi-maslahatchi rolini bajarishi mumkin, xolos.

Oltinchidan, yog‘och o‘ymakorligi to‘garagi qatnashchilari berilgan topshiriqlarni bir

mashg‘ulotda bajara olmay qolsalar yoki 2-3 mashg‘ulotga mo‘ljallangan topshiriqni
mo‘ljallanganidan oldinroq bajarib ulgursalar, boshqa bolalarning ushbu mavzuga yetib kelishini
kutib o‘tirmasdan bevosita yangi mavzuni o‘rganishga o‘tib ketaverishlari mumkin. To‘garak
mashg‘ulotlari bevosita belgilangan sinfxonalardagina emas, balki ijodiy ish buyurtmalarini
bajarish joylarida, binolarda, me’moriy obidalarda, muzeylarda va boshqa joylarda ham
o‘tkazilishi mumkin.

Yog‘och o‘ymakorligi to‘garaklari bolalarning qiziqishlari, bilimlari hajmi,

ko‘nikmalarining shakllanganligi darajasiga qarab, asosan 3 bosqichda (guruhda) tashkil etilishi
mumkin.

1. Kichik guruh (9-12 yoshdagi bolalar uchun);
2. O‘rta guruh (12-14 yoshdagi bolalar uchun);
3. Katta guruh (15-17 yoshdagi bolalar uchun) (4, 245 b.).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

432

Albatta, yuqorida keltirilgan guruhlardagi o‘quvchilarning yoshi qat’iy tartibda, faqat

«mazkur yoshdagi bolalar o‘qishi shart, boshqasi mumkin emas» degan mazmunda belgilanmaydi.

Kichik guruhdagi bolalar o‘zlashtirish sifatiga, ko‘lamiga qarab, navbatdagi bosqichlarga

belgilangan vaqtdan ertaroq o‘tib o‘qishlari ham mumkin. To‘garakda mashg‘ulotlarni olib
borishda har bir guruh uchun o‘quv dasturi, mashg‘ulotlar rejasi tuzib olinadi, metodik kengashda
muhokama etilib, mas’ul rahbarlar tomonidan tasdiqlanadi.

Kichik guruhda yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha quyidagi mavzularni o‘rganishni tashkil

etish mumkin.

1. Hayotimizda yog‘ochlarning tutgan o‘rni, yog‘och o‘ymakorligi haqida.
2. Xavfsizlik qoidalari (yong‘in, elektr, gaz va sanitariya-gigiena qoidalalari).
3. Naqshlar, ularning turlari, elementlari, oddiy, hoshiya, o‘simliksimon, pargori,

geometrik naqshlar.

4. Yog‘ochlarni o‘yishga tayyorlash, rejalash, naqshlarni belgilash.
5. Turlicha chuqurlikda o‘yish asboblari, ularning tuzilishi.
6. Yog‘och o‘ymakorligi uchun zaruriy materiallar tayyorlash;
7. Ish o‘rniga qo‘yilgan talablar - yorug‘lik, havo, namlik.
8. Yog‘och o‘ymakorligi buyumlari, tavsifi.
9. Yog‘ochlarga duradgorlik ishlovi brish: quritish, rejalash, arralash, kesish, teshish,

biriktirish, pardozlash.

10. Yog‘och o‘ymakorligi bajariladigan taxtalarni o‘yishga tayyorlash, ivitish, quritish,

yog‘ shimdirish, rejalash, yelimlab birlashtirish dastlabki o‘yish ishlarini bajarish va chakichlash.

11. Sodda buyumlarga oddiy tuzilgan naqshlarni o‘yish. Yog‘och o‘ymakorligi maktablari.
12. Xiva, Urganch-Xorazm maktablari, ish uslublari; Toshkent maktabi; Farg‘ona maktabi;

Samarqand, Buxoro va boshqa maktablarning o‘ziga xos ish uslublari.

13. Bajarilgan ishlardan namunalar tanlab tahlil qilish, ko‘rgazmalar tashkil etish.
To‘garaklarda bolalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda ularda estetik tarbiya

elementlarining shakllanishiga ham e’tiborni qaratish lozim. O‘quvchilarning naqshlarni yod
olishlarida, tasvirlashlarida ularning ijodkorlik qobiliyatlari, kuzatuvchanliklari, mulohazakorlik
va sermushohadaliklari, fikrlashlari, nafis tuyg‘ulari taraqqiy etib boradi. Narsalar va hodisalar
to‘g‘risidagi bilimlari kengayadi, amaliy san’atga, go‘zallikka, hayotga qiziqishlari kuchayadi,
tabiat, olam, jamiyat, inson go‘zalliklarini his eta oladigan, qalbi ham, hayoti ham go‘zal insonga
aylanib boradi. Yog‘och o‘ymakorligini o‘rgatishda bolalarning ruhiy va yosh hususiyatlarini
o‘qituvchi va murabbiy usta mutlaqo unutmasligi lozim. Bolalarning rivojlanishi hususiyatlariga
ko‘ra, xotiraning kuchi, esda saqlash va esga tushirish tezligi, jismoniy rivojlanishi, masalan, yuk
ko‘tara olish, bolg‘a (bosqon – kiyanka) bilan chaqichni, iskanani ura olish quvvatini
mo‘’tadillashtira olishi, ko‘rgan, eshitgan, o‘qigan axborotlarni eslab, qayta yodga tushirishi, o‘z
faoliyatida qo‘llay olishi juda muhim ahamiyatga egadir. O‘quvchilarning eslash va yodga
tushirish hususiyatlari turli ustalarning ijodiy ish usullari bilan takomillashtirib boriladi. Bunday
usullarning hech bo‘lmaganda asosiylarini o‘zlashtirib olish, naqshlarning elementlarini yasash va
birlashtirib, butun kompozitsiyalar, yirik tasvirlar chiqara olishlari uchun o‘quvchilarning yosh
hususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish joizdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

433

Ayniqsa, bolalarning turli yosh davrlarida, bir yosh davridan ikkinchi davrga o‘tish

davrlarida uning ruhiyatida, rivojlanishida bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham hisobga olish muhimdir.

Turli topshiriqlarni har bir yosh davriga moslab berib borish e’tiborga loyiq omildir.
Masalan, bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida va bu davrlarning biridan ikkinchisiga

o‘tish davrida bolalar xarakterida, ruhiy holatida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Murabbiy,
o‘qituvchi, usta bu o‘zgarishlarni ko‘ra olishi zarur.

O‘qituvchi – murabbiy, usta o‘quvchilarning yosh, shaxsiy, ruhiy hususiyatlarini hisobga

olib ularga topshiriqlar berib borishda dastlab tayyor andazalar berishi ham mumkin, ammo, tayyor
andazalarni doimiy ravishda berish mumkin emas, chunki andazalar bilan doimiy ishlash bolalarni
ijodiy mushohadadan, mustaqil fikrlashdan chalg‘itadi. Masalan, yog‘och o‘ymakorligida,
yog‘ochlarni o‘ymakorlik ishlovi berishga tayyorlashda usta tayyorlash usulini ko‘rsatib, tayyor
buyumlar (xom-ashyo) namunasini namoyish qiladi. O‘quvchi esa namlash, quritish, silliqlash,
o‘lchash, kesish, arralash va yog‘ shimdirish ishlarini o‘zlari bajarishlari lozim. O‘lchash, rejalash
ishlarini bajarishda usta butun yumushlarni doskaga bir marotaba tsirkul, chizg‘ich, pargor, ip
bilan bajarib ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa har biri o‘z oldidagi namunalarga o‘zlari o‘lchash,
rejalashni bajaradilar. O‘qituvchi, usta esa kuzatuvchilik vazifasiga kirishadi.

Yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha olib boriladigan to‘garaklar mashg‘ulotlarida bolalarning

zehni, idroki, xotirasi, eslashi, qiziqishlarining bosqichma-bosqich rivojlanib va takomillashib
borishini ta’minlash zarur. Zehn, idrok etish kishi miya faoliyatining o‘zgaruvchanlik qobiliyati
bo‘lib, ijodkorlikda asosiy o‘rin tutadi va turli fantaziyalarning kelib chiqishiga poydevor bo‘lib
xizmat qiladi.

Bolalarning xayollarini, fikrlashlarini, diqqatini ishlov berilayotgan buyumga qarata olish,

unga halaqit beruvchi turli omillarni kamaytirish yaratilayotgan san’at asarining yuqori sifatli
chiqishining asosiy garovlaridan hisoblanadi. Albatta, bu omilni usta yoki to‘garak rahbari
hamisha nazarda tutmog‘i lozim.

Yog‘och o‘ymakorligi san’ati namunalarini yaratishda ustalar va bolalarning ijodiy

faoliyati imkoni boricha mustaqil, erkin harakatga yo‘naltirilishi lozim. Bolalardagi erkinlik
ruhiyati, hissiy sezgirlik, ko‘chirmakashlikdan chetlashish turli qoliplanmagan, chegaralanmagan,
ko‘zda tutilmagan yangi ijod mahsullarining yaratilishiga olib kelishi mumkin. Bolalarning
ba’zida erkin fikrlashlari salbiy, qo‘pol, odatdan tashqari namunalar yaratishga, yaroqsiz
mahsulotlar tayyorlashga olib kelsa-da, bu holdan qo‘rqmaslik lozim. O‘qituvchi yoki usta bu
holning sabablarini, tushkunlik kayfiyatining kelib chiqish sabablarini sinchiklab aniqlab,
xatolarini tuzatmog‘i, bu holdan chiqish uchun zaruriy tavsiyalar bermog‘i lozim.

Yog‘och o‘ymakorligida o‘quvchilarning erkin fikrlashlarini, harakatlarini, mustaqil

faoliyatlarini tashkil eta olish «Bolaning bola bo‘lishi» huquqini yuzaga chiqarolsagina, tasviriy
san’at ta’limi o‘z maqsadlarining muhimlaridan biriga erishgan hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Abduqodirov A. Ulug‘bekning Samarqanddagi obidalari. - T.: O‘zbekiston, 1969. - 21 b.

2.

Ahmedov M.B. Yog‘och o‘ymakorligi (Dastur). –T.: TDPU, 2000, 12 b.

3.

Ahmedov M.B. Yog‘och o‘ymakorligi. –T.: Iqtisod-moliya, 2007, 108 b.

4.

Булатов С.С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. -Т.: Меҳнат, 1991, 384 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

434

5.

Bulatov S.S., Ashurova M.O. Amaliy san’at qisqacha lug‘ati. –T.: Qomuslar Bosh tahr.
1992, -48 b.

6.

Ведение инаучного исследования по педагогике (Под.ред. В.И.Журавлева). –М.:
Просвещение, 1988, -240 б.

7.

Гаджимуродов С.М. Трудовое обучение и профориентация школьников в центрах
народных художественных промыслов. //Школа и производство. 1981, №4, С-25-27.

8.

Изобразительное искусство в школе. (Виноградова Г.Г). –М.: Просвещение, 1967, -
176 б.

9.

Изучение личности школьников учителем. (под.ред. З.И.Васильевой и др.). - М.:
Педагогика, 1991, -136 б.

10.

Mazur V.A. O‘zbekiston hunar-ta’lim o‘quv yurtlarida milliy badiiy kasblarga
o‘rgatishning didaktik shart-sharoitlari. Ped. fan. nomz. diss...1991, –145 b.

11.

Mo‘minov I.M. Temuriylar davri O‘rta Osiy san’atining paydo bo‘lishi va taraqqiy etish
tarixiy ildizlari haqida. (Tanlangan asarlar, 2 tomlik.) T.: - Fan, 1969, -48 b.

12.

Основы художественного ремесла. (Под.ред. А.Барадулина). М.: Просвещение, 1979,
-320 с.

13.

Сейтешев А.П. Пути профессионального становления учашейся молодёжи. –М.:
Высш. шк. 1988, -336 с.

14.

Usmonov O. Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi. –T.: Fan, 1977, -149 b.

15.

Чижикова Л.П. Виды декоративно-художественного оформления изделий. //Школа
и производство журн. 1991, №9 -41-45 с.

16.

Hasanov R. Maktablarda tasviriy san’at mashg‘ulotlarini takomillashtirish yo‘llari. –T.:
O‘qituvchi, 1986, -96 b.

References

Abduqodirov A. Ulug‘bekning Samarqanddagi obidalari. - T.: O‘zbekiston, 1969. - 21 b.

Ahmedov M.B. Yog‘och o‘ymakorligi (Dastur). –T.: TDPU, 2000, 12 b.

Ahmedov M.B. Yog‘och o‘ymakorligi. –T.: Iqtisod-moliya, 2007, 108 b.

Булатов С.С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. -Т.: Меҳнат, 1991, 384 б.

Bulatov S.S., Ashurova M.O. Amaliy san’at qisqacha lug‘ati. –T.: Qomuslar Bosh tahr. 1992, -48 b.

Ведение инаучного исследования по педагогике (Под.ред. В.И.Журавлева). –М.: Просвещение, 1988, -240 б.

Гаджимуродов С.М. Трудовое обучение и профориентация школьников в центрах народных художественных промыслов. //Школа и производство. 1981, №4, С-25-27.

Изобразительное искусство в школе. (Виноградова Г.Г). –М.: Просвещение, 1967, -176 б.

Изучение личности школьников учителем. (под.ред. З.И.Васильевой и др.). - М.: Педагогика, 1991, -136 б.

Mazur V.A. O‘zbekiston hunar-ta’lim o‘quv yurtlarida milliy badiiy kasblarga o‘rgatishning didaktik shart-sharoitlari. Ped. fan. nomz. diss...1991, –145 b.

Mo‘minov I.M. Temuriylar davri O‘rta Osiy san’atining paydo bo‘lishi va taraqqiy etish tarixiy ildizlari haqida. (Tanlangan asarlar, 2 tomlik.) T.: - Fan, 1969, -48 b.

Основы художественного ремесла. (Под.ред. А.Барадулина). М.: Просвещение, 1979, -320 с.

Сейтешев А.П. Пути профессионального становления учашейся молодёжи. –М.: Высш. шк. 1988, -336 с.

Usmonov O. Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi. –T.: Fan, 1977, -149 b.

Чижикова Л.П. Виды декоративно-художественного оформления изделий. //Школа и производство журн. 1991, №9 -41-45 с.

Hasanov R. Maktablarda tasviriy san’at mashg‘ulotlarini takomillashtirish yo‘llari. –T.: O‘qituvchi, 1986, -96 b.