Authors

  • Matluba To‘qliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57576

Keywords:

O’qituvchi o’quvchi shaxs ta’lim tarbiya kreativlik kreativ tafakkur.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ tafakkurini shakllantirishning dolzarbligi haqida bayon etilgan. Shuningdek bolalarda kreativlikni rivojlantirishda hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi yoritib berilgan.

background image

459

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI

SHAKLLANTIRISH

To‘qliyeva Matluba Boqiyevna

Xalqaro innovatsion universiteti Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14503108

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ tafakkurini

shakllantirishning dolzarbligi haqida bayon etilgan. Shuningdek bolalarda kreativlikni

rivojlantirishda hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

O’qituvchi, o’quvchi, shaxs, ta’lim, tarbiya, kreativlik, kreativ tafakkur.

DEVELOPING CREATIVE THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract.

This article states about weightness of forming creative mentality among pupils

in primary education. In addition to this,It is outlined about combination of forming crative

mentality among children is very essential

Keywords:

teacher, pupil, person, education, upbringing, cretivity, creative mentality.

ФОРМИРОВАНИЕ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ

Aннотaция.

В даннои статье описывается важность формирования творческого

мышления учащихся младших классов.Также подчеркивается,что сотрудничество имеет

важное значение в развитии творческих способностей детей.

Ключевые слова:

Учитель, ученик, личность, образование, воспитание,

творчество, творческое мышление.

KIRISH

O‘zbekistonning mustaqillikka erishgani, har tomonlama jadallik bilan rivojlanib

borayotgani, Respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar

jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilish boshlab berdi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim

sohasida ham ko‘plab ko‘zga ko‘rinarli tub burilishlar, innovatsion faoliyat jarayonlari bilan

uyg‘unlashtirildi. Darhaqiqat, Prezidentimiz “O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni

maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan

erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan,

strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning

uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh

qilishni boshladik. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini

oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va

albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”- deb ta’kidlab o‘tdilar.


background image

460

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Respublikamizda “Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”

tasdiqlandi, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks

chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy oʻrta

taʼlimning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat taʼlim standartlari hamda fan oʻquv

dasturlari ishlab chiqildi, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning

meʼyoriy asoslari yaratildi. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida o‘quvchi yoshlarning har tomonlama

ijodiy salohiyatini rivojlantirish, o‘zlarining bor qobiliyatlarini ishga solib ta’limning barcha

sohalarida sifatni tubdan oshirishlari talab etiladi.

O’zbekiston ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan kadrlarni

tayyorlash haqida so’z yuritar ekanmiz o’quvchilarni nafaqat har tomonlama yetuk, ilm asoslarini

mukammal egallagan balki kreativ fikrlay oladigan, g’oyaviy jihatdan chiniqqan, kelajakda o’z

kasbining yetuk mutaxasisi qilib tarbiyalash bugungi kunning asosiy talabidir.

Kreativlik so’zi ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo’llanilgan. Ushbu

atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta’riflagan.

Kreativlik lotincha “create”- yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor degan ma’nolarni

ifodalaydi. Kreativlik- individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi

hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma’nosini

ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his tuyg’ularida, muayyan

faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan

xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili

sifatida aks etadi.

O’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligi o’qituvchining o’quvchilarga ko’rsatadigan

yordamidan boshlanadi. U asta-sekin faollashib o’quv harakatlariga aylanadi. Natijada o’qituvchi

va o’quvchi munosabati hamkorlik pozitsiyasiga o’tadi. Ammo bu jarayonda o’qituvchi nihoyatda

ehtiyotkor bo’lishi talab etiladi . Negaki ayni shu jarayonda o’qituvchi o’zi bilmagan holda

bolalarning kreativ tafakkurini rivojlantirishdan to’sib qo’yishi mumkin. Bolalarda kreativlikni

rivojlantirishda hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo’lib o’qituvchi va

o’quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi

ta’lim jarayonining to’g’ri tashkil etilishi, ta’lim maqsadlarining to’g’ri amalga oshirilishi va

ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo, bu ta’lim jarayoni to’liq o’qituvchining

hukmronligi ostida degan noto’g’ri fikrning tug’ilishiga asos bo’lmasligi kerak. Zamonaviy ta’lim

berishning talabi ham kimnidir bo’ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida

ijobiy natijaga erishishdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini


background image

461

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

o’zlashtirishgina bo’lib qolmasdan balki shaxsning umumiy ijtimoiy- madaniy qobiliyatlarini

shakllantirishga ham qaratilishi lozimligini unutmaslik lozim. O’qituvchi sifatida bolalarda

kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

- o’quvchilar tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-

quvvatlash:

- o’quvchilarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish:

- o’quvchilar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etish uchun imkoniyat yaratish:

- o’quvchilarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.

Quyidagi omillar esa shaxsda kreativlikning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi:

- o’zini tavakkaldan olib qochish:

-bolaning fikrlashi va xatti-harakatlariga nisbatan qo’pollik bilan javob qaytarish:

-bolaning shaxsiy fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi:

- boshqalarga tobe bo’lish:

Boshlang’ich ta’lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim turidan biri

bo’lib, ta’limning bu bosqichida pedagog o’qituvchilarga katta mas’uliyat yuklatiladi. Ya’ni

boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi hali maxsus

o’rganishni talab etmoqda. O’quvchilar o’z-o’zidan kreativ bo’lib qolmaydi. Uning kreativ

qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va

asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. O’qituvchilar o’quvchilar bilan hamkorlikda ish

yuritib, ularning har bir fikrini inobatga olishi va buni o’quvchiga sezdirishi kabi muhim

vazifalarni bajarish orqali o’quvchilarni o’zgacha yondashuvli ya’ni kreativ bo’lishlariga erishishi

mumkin.O’qituvchi o’quvchilarga muammoli masala va vaziyatlarni berib, o’quvchining masala

yechimini topishga ijodiy yondashishi undagi hissiy irodaviy sifatlarni rivojlanishiga yordam

beradi. Bu o’quvchilarni o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishiga imkoniyat, ichki

ehtiyojning oshishiga turtki bo’ladi.

Kreativlik - bu vazifa yoki muammo haqida yangi yoki boshqacha fikr yuritish qobiliyati

yoki yangi g‘oyalarni yaratish uchun tasavvurdan foydalanish qobiliyati. Kreativlik bizga

murakkab muammolarni hal qilish yoki vazifalarni hal qilishning qiziqarli usullarini topish

imkonini beradi. Kreativlik va ijodkorlik ma’lum ma’noda bir xil tasavvurni shakllantiradigan

qobiliyatni ifodalaydi. Ijodkorlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan aqliy jarayon bo‘lsa-da, u doimiy

izlanishni, muayyan sohada tajriba va o‘ziga xos rivojlangan sezgini talab qiladi. Ijodkorlik ongni

o‘zgartiradi va ijodkor odamlar ijod davrida o‘zlarini o‘zgartiradilar. Ijodiy davrlarda odamni

oddiy dunyodan ancha yuqoriga ko‘taradigan energiya shoshiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari

gapirganda, yurganda, fikr yuritganda, dars jarayonlaridagi faoliyat jarayonlarida, shu bilan birga

muloqotga kirishganda yoki yozishda faol ijodkor bo‘lishi mumkin, chunki ijodkorlik ishga olib


background image

462

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

keladigan sezgi sifati bilan bog‘liq. Biroq, ijodiy bo‘lish har doim ham tashqi harakatlarni talab

qilmaydi.

Ijodkor bo‘lish - jasoratli bo‘lish, tajriba o‘tkazish, tavakkal qilish va yangi narsa yaratish

demakdir. Ijodkorlik ongning o‘tkir qiziqish tuyg‘usiga ega bo‘lish qobiliyatidir va shuning uchun

biron bir soha bilan chegaralanmaydi. Idrok, muammoni hal qilish, his-tuyg‘u, xotira va boshqalar

kabi ko‘plab psixologik jarayonlar ishtirok etadi. Ijodkor odamlar ko‘p qirrali bo‘lishga moyil

bo‘lib, o‘z borlig‘ining turli tomonlarini uyg‘unlashtirish orqali ular hayratlanarli xarakterga ega

bo‘lishlari mumkin. Ularda hech kimga o‘xshamagan xislatlar: ijodiy, mantiqiy, mustaqil, tanqidiy

fikr yuritish, har sohani ilg‘ay olishga qaratilgan boy tasavvur olami, o‘z tuyg‘ularini nazorat

qilgan holda hissiy barqarorlik, har bir ishni bajarishga nisbatan, qa’iy intizom va tartib,

tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ko‘plab izlanish olib borish, g‘oyalar yaratish ularni sinab ko‘rish

hamda, muqobilini tanlash borasida bilim va tajriba shuningdek, o‘zini boshqalardan ustun

tutmagan holda kamtarlik namoyon bo‘ladi.

XULOSA

O’quvchilarning kreativ tafakkurini shakllantirish zamon talabi . Bu jarayonda esa

boshlang’ich sinf o’qituvchilarining roli katta. Ular o’z o’quvchilarining ijodiy fikrlash

qobiliyatlarini o’z vaqtida aniqlab borishi va doimiy ravishda rivojlantirib borishlari zarur.

Shuningdek, o’quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag’batlantirilsa va samimiy muhit

yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Xato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan

cho’chish, haddan tashqari baholarga e’tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo’rqish hissi mavjud

o’quvchilarda kreativlik odatga aylanmaydi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori. Qonun xujjatlari

to‘plami milliy bazasi. 2017.

2.

Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -

T.: O’zbekiston”, 2017 yil

3.

Jo’rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov SH.F. Yangi pedagogik texnologiyalar.

Muammoli ta’limga asoslangan o’quv-metodik qo’lanma. –T.: Fan, 2005

4.

Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: O’qituvchi, 1991.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori. Qonun xujjatlari to‘plami milliy bazasi. 2017.

Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O’zbekiston”, 2017 yil

Jo’rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov SH.F. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’limga asoslangan o’quv-metodik qo’lanma. –T.: Fan, 2005

Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: O’qituvchi, 1991.