421
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
INTRALINGVAL LAKUNALARNI YUZAGA KELTIRUVCHI LINGVISTIK VA
EKSTRALINGVISTIK OMILLAR
Shaymardanova Aziza Raimjanovna
Termiz davlat universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14492548
Annotatsiya. Maqolada lakuna tushunchasi, uning tasnifi hamda muloqotda
lakunarlikning namoyon bo‘lishi, lakunalarni yuzaga keltiruvchi lingvistik va ekstralingvistik
omillar to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
lakunarlik, muqobilsiz leksika, muloqot, tushunchaning ifodalanishi,
bo‘shliqlar.
LINGUISTIC AND EXTRALINGUISTIC FACTORS CAUSING INTRALINGUAL
GAPS
Abstract. The article discusses the concept of a lacuna, its classification, and the
manifestation of lacuna in communication, as well as linguistic and extralinguistic factors that
cause lacunae.
Keywords: lacunae, non-alternative lexicon, communication, expression of a concept,
gaps.
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ И ЭКСТРАЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ,
ВЫЗЫВАЮЩИЕ ВНУТРЯЗЫКОВЫЕ ЛАКУНЫ
Аннотация. В статье рассматривается понятие лакун, ее классификация,
проявление лакунности в общении, лингвистические и экстралингвистические факторы,
вызывающие лакуны.
Ключевые слова: лакунарность, безальтернативная лексика, коммуникация,
репрезентация концепта, пробелы.
Jahon tilshunosligida lisoniy tizimlilikni oʻz qonuniyatiga va funksional relevant
xususiyatiga ega til birliklarining oʻzaro bogʻliq va zid munosabatidan iborat hodisa sifatida
tushuntirish, leksik-semantik, grammatik sathdagi shakl va mazmun asimmetriyasini izohlash
eʼtibordan chetda qolmagan. Shu tufayli, yangi pragmatik-nominativ paradigma taʼsiri oʻlaroq,
milliy konseptosfera birliklari orasida lingvomadaniy jamiyat muloqoti uchun relevant
hisoblangan fikriy obrazlarning faollashuvi masalasi jahon tilshunoslarining diqqat markazidagi
masalalardan biri hisoblangan.
Dunyo tilshunosligida lakunarlik muammosining aniqlanishiga:1) tizimiy ziddiyatlarga
doir izlanishlar; 2) kontrastiv va qiyosiy tadqiqotlar; 3) mental jarayonlarda lisoniy aloqadorlikni
422
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
nerv aloqalari tarzida tushuntiruvchi kognitiv tadqiqotlar sabab boʻldi. Lisoniy tizimdagi ushbu
“boʻsh hujayralar” – zaif boʻgʻinlar koʻproq leksik-semantik, grammatik sathda kuzatilishi esa bu
yoʻnalishdagi izlanishlarni yanada rivojlantirish talabini qoʻymoqda.
Lakunar birliklarni
tasniflashda va konseptlar asosida tadqiq etishda til sistemasida qaysi elementlarning zaifligi va
unga begona ekanligini hisobga olish muhim. Ushbu omil mazkur tizimning oʻxshash tizimlarga
nisbatan oʻziga xosligini uning funksiyasi, keyingi rivojlanish tendensiyalarini ham maʼlum
darajada belgilaydi.
Til tizim sifatida ichki paradigmalari qanday birlik va shakllar bilan toʻldirilganligi bilan
emas, balki qaysi “hujayralar” toʻldirilmaganligi, nima uchun toʻldirilmaganligi va “boʻsh
hujayralar”da joylashishi kerak boʻlgan birliklar va shakllar qanday koʻrinishda boʻlishi kerakligi
bilan xarakterlanadi
1
. Bu bizga til va uning evolyutsiyasidan muqobillarini izlash imkoniyatini
beradi. Bundan tashqari, “boʻsh hujayralar”ning konfiguratsiyasini aniqlash tilning rivojlanishi
davomida yoʻqolgan birliklar va shakllarning koʻrinishini qayta tiklashga yordam beradi
2
.
Tilda bunday boʻshliqlarning mavjudligi esa tilshunoslikda oldindan maʼlum boʻlib, bu
holatni Alisher Navoiy oʻzining “Muhokamat-ul lugʻatayn” asarida turkiy va forsiy soʻzlarni
qiyoslashda muayyan tilda ayrim tushunchani ifodalovchi soʻzning mavjud boʻlmasligi bilan aniq
misollar tahlilida tushuntirgan.
Lakuna muloqot jarayonida muayyan madaniyatning boshqa madaniyat vakili tomonidan
toʻliq yoki qisman anglashilmaydigan oʻziga xos milliy unsuri
3
boʻlib, ushbu tushuncha, yaʼni
lakunarlik hodisasi turli fan sohalari tomonidan oʻrganilgan. Lisoniy tizimdagi ushbu “boʻsh
hujayralar” – zaif boʻgʻinlar koʻproq leksik-semantik sathda kuzatilishi esa bu yoʻnalishdagi
izlanishlarni yanada rivojlantirish talabini qoʻymoqda.
Lakunologiya fan yoʻnalishi sifatida umumiy maʼnoda (kognitiv tilshunoslik chegarasida)
oʻz ichiga olgan prototipik birlik – “lakuna” termini bilan ishlaydi. Ushbu birlik sistemaviy qayta
qurish, oʻzgarish va okkazional xususiyatlarga ega. Jahon tilshunosligida bu tushuncha tilning
leksik tizimidagi “boʻsh katakchalar”, “ochiq joy”, “boʻshliqlar”, “tushunmovchilik”, “yoʻqlik”
kabi soʻzlar orqali ifodalangan
4
.
S.A.Askoldov-Alekseyev, D.S.Lixachev, Y.S.Stepanov, Y.A.Sorokin, E.S.Kubryakova,
A.P.Babushkin, Z.D.Popov, I.A.Sternin kabi tilshunoslarning bilim va gʻoyalari, shuningdek,
L.S.Vigotskiy, N.I.Jinkin, I.N.Gorelov, N.M.Bextereva, A.A.Leontev, A.A.Zalevskaya,
1
Савицкая Е.В. Английские языковые лакуны в свете интралингвистического подхода: Дисс. кандидата
филол. наук. – Самара, 2015.– С. 3.
2
O‘sha manba: .– С. 3.
3
Zоkirоv M., Majidova R., Sultonova Sh. Oʻzbekcha – ruscha – inglizcha lingvistik atamalar muxtasar lugʻati. –
Toshkent, 2016.
4
Shaymardanova A. Lakuna hodisasi va uni kompensatsiyalashning lingvistik imkoniyati. Наука и инновация,
(2023). 1(4), 106–107. https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/13605
423
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
A.R.Luriya, M.Turker, N.Q.Jusіpov, B.T.Kulbayevalarning olib borgan tadqiqotlari, oʻtkazgan
tajribalari shuni koʻrsatadiki, lakuna aqliy kategoriya, ongda mavjud boʻlgan tushuncha,
fikrlashdagi bir jarayon, hodisa mahsulidir. G.V.Bikova taʼkidlaganidek, u tilda “universal kod
birliklari – kodlangan tushunchalar”
5
orqali amalga oshadi.
Aytish joizki, tafakkurning inʼikosi insonning faqatgina qarashlarida emas, tilida ham aks
etadi. Demak, oʻzining milliy manzarasiga ega madaniyat vakillarining nutqida uchrovchi, biror
nomga ega tushunchalarning oʻzga tilda lugʻaviy ekvivalenti uchramasligi yoki boshqa tilga
nisbatan ayrim farqlarga ega boʻlish hodisasi “lakunarlik”dir. Ushbu hodisa haqida K.Popper
“...
biz hammamiz oʻziga xos intellektual qamoqxonada yashaymiz, uning devorlari esa bizning
tilimizning turkumiy qoidalaridan qurilgan. Bu juda gʻalati qamoqxona boʻlib, biz oʻzimizning
qamoqda ekanligimizni anglay olmaymiz. Biz buni faqatgina madaniyatlar toʻqnashganidagina
fahmlaymiz
”
6
, – degan boʻlsa, S.A.Shvachko“...
lakunalar – sof boʻshliqlar degani emas, bu goʻyo
tilshunoslik osmonidagi yulduzlar yomgʻirining izlaridir”, –
deydi
7
.
Tilshunoslikda lingvomadaniy tabiatli “lakuna” tushunchasi turlicha izohlangan. Shu
sababli
lakuna
ni biz keng maʼnoda madaniyatning oʻziga xos
milliy elementi
deymiz. Lakunalar
maʼlum madaniyat egalarining nutqida voqelanadi va boshqa madaniyat vakillari tomonidan aniq
anglanmaydigan yoki qisman begona hisoblangan birlikdir. Ayrim manbalarda tor maʼnoda,
“lakuna”
yoki (
lingvistik lakuna
) deyiladi va lugʻat tarkibida maʼlum tushunchani anglatuvchi
soʻzlarning mavjudmasligini ifodalaydi.
Tilshunoslikda
lakuna
atamasini birinchi boʻlib, kanadalik J.Darbelne va J.P.Vine kabi
olimlar 1950-yillarning oxiri, 1960-yillarning boshlarida ilmiy muomalaga kiritgan boʻlib, ular
mazkur hodisaga:
“Il y a lacune chaque fois quʼun signifié de L. D. (langue de départ) ne trouve
pas de sygnifiant habituel dans L. A. ( langue dʼ arrivée), p. ex., lʼ absence dʼun seul mot pour
rendre “shallow” (peu profond)
8
”, yaʼni “
bir tildagi soʻz boshqa tilda muqobilini topa olmagan
oʻrinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi
”
9
– deya taʼrif berishadi. Tadqiqotchilar
lakunalarning asosiy ikki turini ajratadilar:
intralingvistik
va
tillararo
.
5
Быкова Г.В. Лакунарность в условиях одноязычной ситуации и межкультурном диалоге. – С.101. lakunarnost-
v-usloviyah-odnoyazychnoy-situatsii-i-mezhkulturnom-dialoge.pdf
6
Поппер К. Круглый стол: что такое лингвокультурология? // Мир русского слова. 2000. -№2. – С.42.
7
Швачко С.А. Статус лакун в языке и речи. Когниция, коммуникация, дискурс. – 2012. – № 4. – С. 84.
http://sites.google.com/site/cognitiondiscourse/.
8
Vinay J.P. Darbelnet J. Stylistique comparée du français et de lʼanglais. Paris, 1958, p. 10; Вине Ж.П., Дарбелне
Ж. Сопостaвительная стилистика французкого и английского языков. Метод перевода. – Париж, 1958. – С. 3.
9
Shaymardanova A.R. Маданий лакунанинг мулоқотдаги ўрни ("Янга" тушунчаси мисолида)// UZA ILM-
FAN// –T., 2021.
https://cdn.uza.uz/2021/12/22/11/27/yvJ5Sm6BRgLlnUMuC191oujvavOskgHd.pdf
424
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Intralingvistik
(bir til tizimidagi)
lakuna
– maʼlum bir leksik paradigmada maʼnosiga
koʻra oʻxshash birliklar talab etilsa-da, lekin oʻsha birlikning yoʻqligi boʻlsa,
tillararo lakuna
–
bir til tizimida bor, ammo oʻzga tillar tizimida nomlanuvchi soʻzning mavjud emasligidir
10
.
Lakunarlikning yuzaga chiqishiga sabab bo‘luvchi quyidagi omillar mavjud (1-rasm).
1-rasm.
Lakunarlikni yuzaga chiqishiga sabab boʻluvchi omillar
Lakunalar bir til leksikonida ifodalanmasa-da, oʻzga til vakillari u haqida tushunchaga ega
boʻlishadi. Bunday farqlash esa, realiya va lakunalar boshqa-boshqa hodisalar ekanligini
isbotlaydi.
Absolyut lakunalar sifatida, boshqa tillarda (aytaylik xitoy, koreys tili uchun) aynan
muqobilini berib boʻlmaydigan oʻzbek tilidagi
rais, daha, mahalla, guzar, kayvoni, oqsoqol,
baxshi, yor-yorchi, yallachi, allachi, laparchi, goʻyanda, bakovul, roviy, kushxona
kabi soʻzlarni
koʻramiz. Oʻzga tilning “semantik xaritasi”da bunday soʻzlar oʻrnida faqat “boʻshliq” boʻladi.
Nutqimizda forschadan kirgan
xirs
soʻzi “ayiq” degan maʼnoni anglatadi:
xirsday yigit,
xirsday baquvvat kabi. Ammo, xirs
soʻzi
ayiq
maʼnosida oʻxshatishli birikmalarda uchragani bilan,
“hayvon” maʼnosida ishlatilmaydi. Masalan,
hayvonot bogʻiga xirs keltirildi,
deyilmaydi. Yoki,
hurmat yoki erkalatishni ifodalovchi
poshsha
(
podshoh
soʻzining oʻzgargan shakli) tarkibli
kelinposhsha, qizposhsha, oyposhsha
soʻzlar mavjud.
Obdan
soʻzi
rosa, xoʻp; juda ham; butunlay;
mukammal suratda
maʼnolarida ishlatiladi:
obdan oʻyladi, obdan tayyorlandi, obdan bezatdi,
obdan oʻrgandi
(shu oʻrinda,
obdon
shaklida ishlatilsa xato boʻlib,
forscha
ob
va
– don
qoʻshimchasidan yasalsa, “suv idish” degan maʼnoni beradi). Bu soʻz koʻp ishlatilgani bilan
koʻpincha xato shakli qoʻllaniladi va maʼnosi anglanmaydi.
11
10
Hale К. Gaps in grammar and culture // Linguistics and anthropology: in Honor of C.F. Voegelin. – Jisse.
11
https://daryo.uz/2022/03/09/tilimizni-bilamizmi-chalkashtiruvchi-paronimlar-bizni-shakli-va-talaffuzi-bilan-
adashtiradigan-sozlar/?utm_source=@daryo
Hududiy chegaralangan birliklar kesishgan
nuqtada;
Tilning sinxron va diaxron ko‘lamiga oid
birliklari kesishgan nuqtada
Ijtimoiy axborot manbai chegaralangan
hududda
Ramzlar, imo-ishora kabi nolisoniy omillar
ko‘rinishida
Yashash
sharoiti,
rivojlanish
imkoniyati
jihatidan tamoman boshqa-boshqa tizimlarga
mansubligi natijasida
425
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Etnografik lakunalar milliy mentalitetni ifodalovchi urf-odatlar, qadriyat, marosim va
anʼanalarni ifodalovchi lugʻaviy birliklar boʻlib, Sh.Usmonova “Madaniy makon va uni tarkib
toptiruvchi atrof-muhit, turmush tarzi, bilimlar zaxirasi, madaniy fond kabi unsurlar boshqa
madaniyat jamoasining vakili uchun lakuna hosil qiluvchilar sanaladi”
12
, deya taʼkidlaydi.
Koʻpincha tarjima qilinganida mazkur soʻzlar asl holicha keltiriladi.
Madaniy lakunalarning oʻziga xos turlaridan biri etnografik lakunalardir. Masalan:
anbar,
badik, baxshi (doston kuylovchi emas), jevak, jigʻa, miyoncha, nomgoʻy, tavanboshi, uchoq,
taxurar, tishqoli, toʻkma
kabi etnografizmlar haqida hamma ham maʼlumotga ega emas.
Mutlaq etnografik lakunalarni aniqlash uchun quyidagi belgilarga eʼtibor qaratish yetarli:
–
Mutlaq etnografik lakunalarning majburiy (uzual) lingvistik ifodasi yoʻq.
–
Tegishli tushunchani ifodalash uchun tillardan birida soʻz yoki ibora topilmaganda, ushbu
konsepsiyani tasviriy ifoda orqali uzatish imkoniyati qoladi.
Shunday qilib, lakunarlik muammolari lingvistikada, tildagi ayrim “hujayra”larning
toʻldirilishi va toʻldirilmasligi sabablarini aniqlash, madaniyatlararo aloqa jarayonidagi toʻsiqlar,
noaniqlik va tengsizlik kabi maqsadlar bilan bogʻliq.
Boʻshliqlar – kognitiv jarayon va kognitiv faoliyatni buzadigan, gnoseologik illyuziya va
xatolarni keltirib chiqaradigan omillardir. Boshqa tomondan, lakunalarning namoyon boʻlishi
muammolar, qarama-qarshiliklar, yaʼni kognitiv faoliyat va ilmiy bilimlarni ragʻbatlantirish, ilmiy
tadqiqotlarning boshlangʻich nuqtalari boʻlib xizmat qiladi.
Tilda ifodalanadigan, nomlanadigan tushuncha semema, yaʼni “maʼno” maqomiga ega
boʻladi. Lakunalar esa til tizimidagi kamchilik sifatida qaralib, “boʻsh leksema” maqomiga ega
boʻlgan hodisadir.
12
Usmanova Sh. Lingvokulturologiya, darslik. – Toshkent: 2019. –B. 134 .
