Authors

  • Jamshid Omonkeldiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57825

Keywords:

menejment menejment fani menejment predmeti.

Abstract

Ushbu maqolada menejment so’zining umumiy ta’rifi, menejment sohasi, predmeti va vazifalari to’g’risida keng ko’lamli tushunchalar yoritib o’tiladi. Qolaversa, ushbu maqolada bozor tamoyillaridan biri sifatida menejment sohasi jarayonlari va xususiyatlari keltirib o’tilgan.

background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

225

BOZOR TAMOYILLARIDA – MENEJMENT TUSHUNCHASI VA UNING PREDMETI

Omonkeldiyev Jamshid Umid o’g’li

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

Denov, Surxandaryo, O’zbekiston

jomonkeldiyev1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14497151

Annotatsiya. Ushbu maqolada menejment so’zining umumiy ta’rifi, menejment sohasi,

predmeti va vazifalari to’g’risida keng ko’lamli tushunchalar yoritib o’tiladi. Qolaversa, ushbu

maqolada bozor tamoyillaridan biri sifatida menejment sohasi jarayonlari va xususiyatlari

keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar: menejment, menejment fani, menejment predmeti.

Kirish.

Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar faoliyat

yuritishini tasavvurga sig’dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu darajadagi

boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga bog’liq. Uning

qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada egallanganligi bilan o’lchanadi.

Shu nuqtai nazardan menejment so’zi bizning hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq kirib

kelgan so’zlar qatoridan joy oldi.

Menejment ( inglizcha management ) - u yoki bu faoliyat turini tashkil etish va rahbarlik

qilish, iqtisodiy, moliya va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va

boshqarishni bildiradi. Bozor iqtisodi va ishlab chiqarish iqtisodining erkin boʻgini uchun zarur

bo'lgan boshqaruv turidir [1].

Inglizcha “menejment” so’zi, boshqaruv degan ma’noni anglatsa-da, dastlab asov otlarni

tushovlash ma’nosini bildirgan. Keyinchalik bu atama ikki gildirakli aravaga nisbatan qo’llanila

boshlangan. Bugungi kunda esa gap odamlarni, jamoalarini boshqarish xususida boryapti. Bu

o’rinda odamlar mehnati, xohish irodasidan foydalanib mo’ljaldagi maqsadlarga erishish

tushuniladi.

Shunday qilib, “menejment” atamasi quyidagi ma’nolarni anglatadi:

1.

Boshqaruv;

2.

Inson organidagi bilimlar sohasi:

3.

Boshqaruvni amalga oshirganlarning ijtimoiy qatlami [2].


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

226

Menejment soʻzi juda keng darajadagi maʼnolarni anglatuvchi soʻz hisoblanib, maʼnolari

bir-biridan farq qiluvchi jihatlari anchagina.Va bularning hammasi umumiy tushunchaga

birlashtiradigan boʻlsak, menejment – dunyoni boshqarish.

Menejment barcha turdagi resurslarni (ya’ni tabiiy, mehnat, moliyaviy va hokazo) samarali

biriktib, foyda olishni bilish, uni ko’paytirish bilan bog’liq soha bo’lganligi tufayli uchta jihat

bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab etadi.

Xarajat – bu mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tovarni sotish va xodimlarga

to’lash uchun sarflanadigan mablag’lardir. Uning tarkibiga:

mahsulot (yoki xizmat) tannarxi,

ma’muriy xarajatlar,

ijara va foiz to’lovlari,

ish haqi,

soliqlar kiradi.

Naf – bu mahsulot yoki xizmatlarning iste’molchilarga qanchalik darajada ijobiy natija

keltirishidir. Haridornig harid qilish aniqligi tovarning naflilik darajasining qanchalik

yuqoriligidan kelib chiqadi.

Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani

bajaradi:

resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi;

ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.

Kundalik hayotimizda menejment va menejer so’zlari juda ko’p qo’llaniladi. Dastlab

menejment fan sifatida AQShda paydo buladi. Menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni,

odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish

jarayonidir.

Bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror

qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.

Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqil qarorni

qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha

bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.

Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o’rganadi:

Boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

Boshqarish prinsipi va usullari;

Boshqarish madaniyati;


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

227

Boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilshi;

Ishlab chiqarishni boshqarish;

Samaradorlikni boshqarish;

O’z-o’zini boshqarish;

Hududiy boshqarish va hokazolar.

Fanning predmeti boshqaruv jarayonidagi kishilarning munosabatlarini, boshqaruv

qonunlari, tashkiliy tarkibi, texnika texnolgiyasini o’rganishdan iborat [3].

Har bir ishchining ijodiy faolligi, sodiqligi va malakasini oshirish tufayli kadrlar

salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va texnika- texnologiya bazasini

rivojlantirish orqali ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish yo’li bilan firma faoliyatida daromad

olish yoki foyda ko’rishni ta’minlash menejment fanining tub maqsadini bildiradi. Shuningdek,

firmani muvaffaqiyatli boshqarish, biznesda ichki va tashqi muhit ta’siriga xos rahbarlikni olib

borish, tashkilotdagi kelishmovchilik masalalarini hal etish ham menejment fanining ana shunday

maqsadlaridandir.

Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish

va belgilangan maqsadlarning qanchalik darajada muvaffaqiyatga erishganligini bozor muhitining

o’zi baholaydi. Ishlab chiqarish masshtabining kengayishi, ta’minotda resurslar hajmining ortib

borishi bilan boshqaruv vazifalari ham murakkablashib boradi.

Xulosa. O’zbekiston iqtisodiyotia menejment sohasining o’rni dolzarb.Shunigdek

menejment fani,vazifalari va predmetlarini chuqur o’rganish kelajakda yuksak darajadagi

muvoffaqiyatga erishishni kafolatlaydi. Shunday ekan,bu sohaning mazmun-mohiyatini anglab

yetish va chuqur qiziqish va harakatlar asososida yetuk mutaxassis bo’lib yetishish bugun kun

uchun asosiy rol sifatida ta’riflanadi.

REFERENCES

1.

Mustafakulov Sh., Raximberdiev O., Egamberdiyeva M.Sh. “Iqtisodiy atamalarning izohli

lug’ati”. Darslik. Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot- matbaa uyi, 2019.

2.

www.library.ziyonet.uz

3.

Zaynutdinov Sh.N., Shermuxamedov A.T., Murakayev I. “Menejment”. Darslik. T.:

O’zbekiston Yozuvchlilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005.

References

Mustafakulov Sh., Raximberdiev O., Egamberdiyeva M.Sh. “Iqtisodiy atamalarning izohli lug’ati”. Darslik. Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot- matbaa uyi, 2019.

www.library.ziyonet.uz

Zaynutdinov Sh.N., Shermuxamedov A.T., Murakayev I. “Menejment”. Darslik. T.: O’zbekiston Yozuvchlilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005.