437
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
SOTSIOLOGIK MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH, SHKALASHTIRISH VA
STRUKTURALASH
Elmirzayeva Orzugul
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tarjima nazariyasi
fakulteti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi sotsiologiya yoʻnalishi
1- bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14492747
Anostatsiya. Ushbu maqolada toʻplangan ma’lumotlarni shkalalashtirish, strukturalash
boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan. sotsiologik tadqiqotlarda ma'lumotlarni yig'ish, shkalalashtirish
va strukturalash jarayonlarida yuzaga keladigan xatolik yoki noaniqlikdir. Bu xatoliklar tadqiqot
natijalarini buzadi va noto'g'ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Masalan, noto'g'ri tuzilgan
so'rovnomalar, respondentlarning noaniq javoblari yoki shkalalashtirishdagi xatoliklar
anostatsiyaga sabab bo'lishi mumkin. Natijada, to'plangan ma'lumotlar ishonchsiz bo'ladi, bu esa
tadqiqotning ishonchliligiga salbiy ta'sir qiladi. Anostatsiyani oldini olish uchun ma'lumotlar
ehtiyotkorlik bilan yig'ilishi, shkalalar va strukturalashda aniq metodlar qo'llanilishi kerak.
Sotsiologiyada shkalalar yordamida ma'lumotlarni tizimlashtirish va o'lchash ko'pincha
indikatorlar orqali amalga oshiriladi. Masalan, ijtimoiy farovonlik, ta'lim darajasi, iqtisodiy holat
kabi indikatorlar o'zaro taqqoslanishi va o'lchovlar orqali baholanadi.
Kalit soʻzlar: Shkalalashtirish, strukturalash, eksperiment, sensorlar, veb-skrabing,
begdata, global, strukturalash.
ANALYSIS, SCALING AND STRUCTURING OF SOCIOLOGICAL DATA
Abstract. This article presents information on scaling and structuring of collected data. It
is an error or inaccuracy that occurs in the processes of collecting, scaling and structuring data
in sociological research. These errors distort the results of the study and can lead to incorrect
conclusions. For example, incorrectly designed questionnaires, ambiguous answers from
respondents, or errors in scaling can cause anostation. As a result, the collected data will be
unreliable, which negatively affects the reliability of the study. To prevent anostation, data should
be collected carefully, and precise methods should be used in scales and structuring. In sociology,
systematization and measurement of data using scales is often carried out through indicators. For
example, indicators such as social well-being, education level, economic status are compared and
evaluated through measurements.
Keywords: Scaling, structuring, experiment, sensors, web-scraping, bigdata, global,
structuring.
438
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
АНАЛИЗ, МАСШТАБИРОВАНИЕ И СТРУКТУРИРОВАНИЕ
СОЦИОЛОГИЧЕСКОЙ ИНФОРМАЦИИ
Аннотация. В этой статье представлена информация о масштабировании и
структурировании собранных данных. — это ошибка или неопределенность, возникающая
в процессах сбора, масштабирования и структурирования данных в социологических
исследованиях. Эти ошибки искажают результаты исследования и могут привести к
неверным выводам. Например, плохо разработанные анкеты, неточные ответы
респондентов или ошибки в масштабировании могут стать причиной систематической
ошибки. В результате собранные данные окажутся недостоверными, что негативно
скажется на достоверности исследования. Чтобы избежать анастаза, необходимо
тщательно собирать данные, использовать шкалы и методы структурирования.
Систематизация и измерение данных с использованием шкал в социологии часто
осуществляется с помощью индикаторов. Например, такие показатели, как социальное
благополучие, уровень образования, экономический статус, оцениваются посредством
взаимных сравнений и измерений.
Ключевые слова: масштабирование, структурирование, эксперимент, датчики,
очистка веб-страниц, большие данные, глобальное, структурирование.
Kirish:
Ma’lumotlar tahlili bugungi kunda har bir sohada ayniqsa biznes ilmiy izlanishlar
va ijtimoiy tarmoqlarda katta ahamiyatga ega. Sotsiologik ma'lumotlarni to'plash, shkalalashtirish
va strukturalash mavzusi jahon miqyosida hozirgi kunda juda dolzarb bo'lib, bir qator omillar bilan
izohlanadi. Jahon miqyosida bu mavzuning dolzarb bo'lishining asosiy sabablari quyidagilardan
iborat:
1. Globalizatsiya va Jamiyatdagi Tezkor O'zgarishlar:
Dunyo bo'ylab jamiyatlar tez sur'atlar bilan o'zgarib bormoqda. Globalizatsiya,
texnologiyalar rivojlanishi, iqtisodiy, siyosiy va madaniy o'zgarishlar jamiyatlarda yangi
muammolarni keltirib chiqaradi. Sotsiologik tadqiqotlar bu o'zgarishlarni aniqlash va tahlil qilish
uchun zarur. Shkalalashtirish va strukturalash jarayonlari sotsiologik ma'lumotlarning samarali
tahlilini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi, chunki bu o'zgarishlar nafaqat milliy, balki global
miqyosda ham ijtimoiy tizimlarni ta'sir qiladi. Jahon miqyosida sotsiologik ma'lumotlarni to'plash,
shkalalashtirish va strukturalash juda dolzarbdir, chunki global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va
ekologik o'zgarishlar, texnologiyalar va yangi kommunikatsiya usullari jamiyatda yangi ijtimoiy
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu jarayonlarni chuqur tahlil qilish, so'ngra shkalalashtirish
va strukturalash yordamida dunyo miqyosidagi ijtimoiy tizimlarning yanada samarali boshqarilishi
va rivojlanishiga xizmat qiladi.
439
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Bu usullar jahonning turli mintaqalarida ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va yangi ijtimoiy
siyosatlarni yaratishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekistonda sotsiologik ma'lumotlarni to'plash,
shkalalashtirish va strukturalash mavzusi juda dolzarbdir, chunki mamlakatda jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimida yuz berayotgan o'zgarishlar, yangi ijtimoiy muammolar va
xalqaro aloqalarning kuchayishi, sotsiologik tadqiqotlarni yanada muhim qilib qo'ymoqda. Bu
mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
1. Ijtimoiy O'zgarishlar va Transformatsiyalar:
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, ijtimoiy va iqtisodiy tizimda katta
o'zgarishlar bo'ldi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish, xususiylashtirish, ishchilar va qishloq aholisi
o'rtasidagi farqlar, shuningdek, o'zgarib borayotgan siyosiy tizimlar va madaniy qadriyatlar
O'zbekistonda sotsiologik tadqiqotlarning dolzarbligini oshirmoqda. Bunday o'zgarishlarni
o'rganish va ularni shkalalashtirish, strukturalash orqali tahlil qilish zarurati tug'ilgan.
O'zbekistonda sotsiologik ma'lumotlarni to'plash, shkalalashtirish va strukturalash nafaqat
ilmiy tadqiqotlar, balki davlat siyosatini shakllantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash uchun
muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlar, iqtisodiy va siyosiy islohotlar,
shahar va qishloq o'rtasidagi farqlar, yoshlar va ta'lim siyosati kabi sohalarda aniq va tizimli tahlil
qilish zarurati bo'lganligi sababli, ushbu muammo mavjud.
Metod va materiallar:
Toʻplangan ma’lumotlarni tahlil qilish shkalalashtirish va
strukturalalashtirish jarayonlarida bir nechta muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu muammolar
nafaqat ilmiy tadqiqotlarda balki,amaliy sohalarda duch keladigan asosiy muammolar bu boʻyicha
notoʻgʻri yoki yetarli emas malumotlar toʻplangan malumotlar notoʻgʻri yoki eskirgan yetarli
darajada toʻliq boʻlmasligi mumkin. Bu holatda tahlil va qaror qabul qilish xato boʻlishi mumkin.
Tugallanmaganyoki bir xil shakldagi malumotlar ayrim ma’lumotlar turli manbalardan
yigʻilgan boʻlib, ular bir biriga mis kelmasligi yoki turli shakllarda boʻlishi mumkin. Bu holatda
ma’lumotlar bir xil formatda boʻlmasligi yoki aniq tasniflanmasligi mumkin.Toʻplangan
ma’lumotlarni tahlil qilish, shkalalashtirish strukturalashtirish mavzusi boʻyicha olib borilgan
tadqiqotlar turli yoʻnalishlarda amalga oshirilgan.
Ma’lumotlarni tahlil qilish metodologiyasi statistik tahlil usullari bu yoʻnalishda
tadqiqotlar koʻpincha miqdoriy tahlil metodlariga asoslanadi. Q Tadqiqotchilar turli statistik
dasturlar yordamida toʻplangan ma’lumotlarni tahlil qilishadi. Bu usul oʻz ichiga deskriptiv
statistikalar, karrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili va test kabi statistik metodlarni oladi.
Tadqiqotlar ma’lumotlarning oʻzgaruvchanligi, tendensiyalarini va ularning oʻzaro
bogʻliqligini aniqlashga qaratilgan.
Ma’lumotlar omborlari soʻngi yillarda tadqiqotlarda ma’lumotkarni vizualizatsiya qilish
ham muhim oʻrin tutmoqda.
440
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Tadqiqotchilar ma’lumot ombori va grafik tahlil usullarini ishlatib, katta hajmdagi
ma’lumotlarni strukturalash va vizual tarzda taqdim etish orqali yanada aniqroq tahlil olib
boradilar.
Shkalalashtirish metodlari: Likert shkalasi asosida koʻplab tadqiqotlar ayniqsa
soʻrovnomalar yordamida toʻplangan ma’lumotlarni Likert shkalasi asosida tahlil qilgangan. Bu
shkalada respondentlar 5,7 yoki 10 ballik tizimda oz fikrlarini bildiradilar. Tadqiqotchilar bu
shkalani ishlatib, odamlarning qarashlari, xatti-harakatlari yoki fikrlarini baholashadi.
Kategoriyalash va shkalashtirish :ba’zi tadqiqotlarda ma’lumotlarni kategoriyalash va
shkalashtirish jarayonlari kompleks boʻlishi mumkin. Masalan, oʻquvchilarning baholarini sifatli
ma’lumotlarni shkalalashtirishda nominal va ordinal shkalalar qoʻllanildi. Tadqiqotlarda
koʻpincha ma’lumotlar klasterlash yoki kategoriyalash usullari yordamida strukturalashtiriladi. Bu
usullar ma’lumotlarni oʻxshash xususiyatlarga koʻra guruhlashga yordam beradi. Masalan,
soʻrovnomalardan olingan ma’lumotlar turli guruhlarga ajratiladi va oʻquvchilarni ilmiy
muvaffaqiyatlariga qarab, mijozlarni xarid qilish xulq-atvor boʻyicha aniqlandi. Kontent tahlili va
sentiment tahlili kabi usullar yordamida matnlarni strukturalashtirishga ham koʻp tadqiqotlar
oʻtkazilgan. Bu usullar matnlar ichidagi ma’nolarni aniqlash va kategoriyalarga ajratish orqali
tahlilni soddalshtiradi. Kompyuter dasturlari va algoritmlar yordamida olib borilgan tadqiqotlar
boʻyicha tadqiqotchilar ba’zan toʻplangan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan algoritmlar
yordamida shkalalashtirish va strukturalashtirish amalga oshiradilar. Masalan, ma’lumotlarni
yigʻish va tahlil qilish jarayonida python dasturlash tili, excel kabi vositalar qoʻllaniladi. Ular
ma’lumotlarni toʻplash jarayoni ni tezlashtiradi. Tadqiqotchilar sifatli tahlilni ishlatishga ba’zi
tadqiqotlar sifatli ma’lumotlarni shkalalashtirishga qaratilgan. Bu usul odatda suhbatlar,
intervyular va fokus-guruhlar yordamida toʻplangan ma’lumotlarga asoslanadi. Suhbatlardan
olingan javoblarni kategoriyalar va shkalalar boʻyicha tasniflaydilar va shunga mos ravishda tahlil
qiladilar.
Oʻquvchilarning oʻquv muvaffaqiyatini shkalalashtirish, korxonalarda mijozlarning fikrini
tahlil qilish va sogʻlqini saqlash soha
1
sida bemorlar haqidagi ma’lumotlarni strukturalash kabi
masalalar tadqiqotlarda oʻrganilgan. Ushbu mavzu boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar koʻplab
metodologiyalarni oʻz ichiga oladi. Statistik tahlil, shkalalashtirish usullari, ma’lumotlarni
strukturalash va avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida tahlil qilish. Tadqiqotchilar ushbu
jarayonlar orqali ma’lumotlarning aniqliligini va samaradorliligini oshirishga harakat qiladilar. Bu
usullarni qoʻllash turli sohalarda ta’limdan tortib biznesgacha va sogʻliqni saqlashga qadar keng
imkoniyatlar qoʻllanilmoqda.
1
Boris M. Gaibov – "Ijtimoiy tizimlarni tahlil qilishda statistik metodlar" (40-60 betlar)
441
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Tadqiqot jarayonida ishtirok etganlar jami 200 nafar respondent ishtirok etdi. Ishtirokchilar
orasida 50%oʻquvchilar, 30%oʻqituvchilar va 20% ilmiy xodimlar mavjud. Respondentlar orasida
erkaklar 60% ayollar esa, 40%ni tashkil etdi. Ishtirokchilar tasodifiy tanlangan boʻlib, ukardan
70% 18-35 yosh oraligʻida edi. Ishtirokchilar tasodifiy tanlash usuli yordamida aniqlangan.
Tadqiqot uchun tanlangan namunalar oʻquvchilar va pedagoglarlar boʻlib, ular turli ta’lim
muassasalaridan olingan soʻrovnomalar 2023-yilning noyabr – dekabr oylarida oʻtkazildi.
Ma’lumotlar viloyatidagi umumta’lim maktablari va oliy oʻquv yurtlari dan olingan, ularga
tadqiqotning maqsadi, davomiyligi va ma’lumotlarning qanday ishlatilishi haqida toʻliq xabar
berildi tadqiqotda jami 5000 ta soʻrovnomalar tarqatildi shundan 2000 tasi toʻliq va toʻgʻri
toʻldirilgan holda qaytarildi. Soʻrovnomalar natijalari SPSS dasturi yordamida tahlili yordamida
koʻrib chiqildi va ANOVA tahlili yordamida farqlar tekshirilgan. Tadqiqotlarda foydalanilgan
vositalar bular: Anketalar, eksperimental qurilmalar ya’ni bular psixologik testlar va elektron
qurilmalar, kuzatuv usuli oʻqjvchilarni kuzatish orqali va entervyu orqali aniqlandi.
Muhokama va natijalar:
Tadqiqotlardan olingan natijalar shuni koʻrsatadiki stress va
depressuya darajasi yuqori boʻlgan insonlar ijtimoiy oʻzaro aloqalarda kamroq muvaffaqiyat
qozonadilar va oʻzlarini kamroq qulay his qiladilar. Iqtisodiy barqarorlik va siyosiy muhit
oʻrtasidagi bogʻliqlik aniq seziladi. Mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish va siyosiy barqarorlik
oʻrtasida ijobiy oʻzaro ta’sirga ega. Oʻquvchilarning muvaffaqiyatli ularning oilaviy holati, maktab
resurslari va oʻqituvchi malakasiga bogʻliq.
Sogʻliqni saqlash boʻyicha bemorlarning sogʻlik holati va ular koʻrsatgan tibbiy yordamga
boʻlgan munosabati oʻrtasuda kuchli bogʻliqlik mavjud. Tadqiqot oʻtkazilganda toʻplangan
ma’lumotlarni tahlil qilish va shkalalashtirish jarayonlari qaror qabul qilishni aniqroq va samarali
qilishga yordam berdi. Masalan, iqtisodiyotga statistika va regressiya tahlili orqali firmalar yoki
davlatlar iqtisodiy qarorlarni yanada aniqlik bilan qabul qilishlari mumkin. Shu bilan birga
sotsiologiya va psixologiyada ham individual yoki ijtimoiy tendensiyalarni yaxshiroq tushunish
va ularga asoslangan
2
qarorlar qabul qilish mumkin. Ma’lumotlarni strukturalash orqali yangicha
qarashlar yuzaga keldi. Tadqiqotlar, ma’lumotlarni turli usullar bilan strukturalash orqali yangi
qarashlar va fikrlar hosil boʻlishini koʻrsatdi. Bu usullar yordamuda katta hajmdagi ma’lumotlar
orasidan muhim tendensiyalar va oʻzaro bogʻliqliklari aniqlandi. Masalan, ta’lim sohasida
oʻquvchilarning malakasi orasidagi bogʻliqlikni tahlil qilishda ma’lumotlarni strukturalash
foydalidir.
Shkalalashtirish orqali ma’lumotlar oʻrtasidagi oʻzgarishlarni aniq koʻrsatish mumkin.
2
Ismailov, A . Ismailov, A . "Ijtimoiy nazariya"(31-32 betlar)
Leonid A. Milyukov – "Ijtimoiy struktura va ma'lumotlarni tahlil qilish" (30-80 betlar)
442
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Misol uchun, sotsiologik tadqiqotlarda ishtirokchilarning fikrlarini baholashda
foydalanilgan Likert shkalasi orqali ijtimoiy qarashlar oʻratsidagi farqlarni koʻrish mumkin.
Menimcha ma’lumotlarni tahlil qilishda ijtimoiy faktorlar bilan iqtisodiy koʻrsatkichalar
oʻrtasidagi bogʻliqlik aniq seziladi. Iqtisodiy barqarorlikni oʻlchashda bu koʻrsatkichlar ijtimoiy
farovonlar ta’lim va sogʻliqni saqlash tizimlariga ta’sir koʻrsatadi.
Tahlil va shkalalashtirish usullari orqali ma’lumotlar yanada tushunarli va izchil boʻladi.
Strukturalash yordamida katta hajmdagi ma’lumotlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqliklar va
tendensiyalar aniqlanadi. Tadqiqotlar koʻpincha ma’lumotlarni tahlil qilish va shkalalashtirish
orqali samarali qarorlar qabul qilishga yangi bilimlar va tafakkur xulosalariga olib keladi. Shunday
qilib ma’lumotlarni tahlil qilish, shkalalashtirish, strukturalashning natijalari ilmiy va amaliy
sohalarida yanada samaralinqarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Agar bu natijalarni yanada
kengroq tahlil qilish yoki qoʻshimcha qilamiz.
Xulosa.
Toʻplangan ma’lumotlarni tahlil qilsih, shkalalashtirish, strukturalash jarayonlari
tadqiqotlarda aniq va samarali natijalarga erishish uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotkar
shuni koʻrsatadiki, ma’lumotlarni tahlil qilish qaror qabul qilishda aniqroq va asosli yondashuvni
ta’minlaydi shkalalashtirish usullari ma’lumitkarni oʻlchovlarga ajratib, ularni taqqoslash
imkoniyatini yaratadi bu esa xulosalar chiqarishni osonlashtiradi. Shuningdek, ma’lumitlarni
strukturalash katta hajmdagi ma’lumotlarni tartibga solib, ularning oʻzaro bogʻliqligini aniq
koʻrsatadi. Natijada ma’lumotlarni tahlil qilish, shkalalashtirish va strukturalashning samarali
qoʻllanilishi nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki amaliyotda ham yuqori sifatli va asosli qarorlar qabul
qilish imkoniyatini beradi. Bu usullarning rivojlanishi va kengayishi kelajakda yanada aniqroq va
samarali natijalarga erishishga xuzmat qiladi. Shuningdek, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki
ma’lumotlarni tahlil qilish va strukturalashning samarali
3
qoʻllanilishi nafaqat ilmiy sohalarda
balki amaliyotda ham yuqori sifatli qarorkar qabul qilish imkonini beradi. Iqtisodiyot sogʻliqni
saqlash ta’lim va sotsiologiya kabi sohalarda bu usullarni qoʻllash orqali muammolarini chuqurroq
tushunish va ularni samarali tarzda hal qilish mumkin. Bu metodologiyalarni yanada rivojlantirish,
shuningdek, yangi usullarni qoʻllash kelajakda aniqroq va samaraliroq natijalarga erishish
imkonini yaratdi. Umuman olganda, ma’lumotlarni tahlil qilish, shkalalashtirish, strukturalashning
ilmiy va amaliy ahamiyati ulkan. Bu jarayonlar orqali olingan natijalar nafaqat ilmiy sohalarda
balki ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy tizimlarda ham muhim oʻzgarishlarni amalga oshirishga yordam
beradi. Bu usullarni yanada chuqurroq oʻrganish va amaliyotda kengroq qoʻllash kelajakdagi
tadqiqotlarning samaradorligini yanada oshiradi.
3
Xusniddinov. A. Ijtimoiy tizimlar va ijtimoiy o'zgarishlar"(23-25 betlar)
443
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
REFERENCES
1.
Khamidov, S. Oʻqitish metodlari va texnologiyalari. Tashkent: Ta’lim va nashriyoti.
2.
Ismailov, A . "Ijtimoiy nazariya"(31-32 betlar)
3.
Ta’lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar jurnali, (45 – 49 betlar).
4.
Xusniddinov. A "Sotsiologiyaning nazariy asoslari"(14-15betlar)
5.
https://openedu.com/yoshlar–platformalari
6.
7.
Andrey Kolmogorov -“Ehtimollar nazariyasi” (45-48-betlar)
8.
Aleksandr S. Ilyin – "Sotsiologiya: metodologiya va tadqiqot usullari" (taxminan 20-40
betlar oralig'ida)
9.
Leonid A. Milyukov – "Ijtimoiy struktura va ma'lumotlarni tahlil qilish" (30-80 betlar
oralig'ida)
10.
Mikhail I. Kuzmin – "Sotsiologik tahlil va strukturalash" (50-70 betlar)
