Authors

  • Maftuna Rashidova
  • Dildora Nazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57850

Abstract

Mamlakatimizda ta`lim sohasiga jahon standartlari talablarini joriy etish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarning sog`lom tengdoshlari orasida bir xil sharoitda ta`lim olishini ta`minlash tendensiyasi ham shular jumlasidandir. Respublikamizda alohida ehtiyojlarga ega bo`lgan bolalarni ilk yoshdan ta`limga tayyorlash , psixologik- tibbiy- pedagogik yordamlarni kompleks yo`naltirilgan holda olib borish masalalariga ko`proq e`tibor qaratilmoqda. Psixologo- tibbiy – pedagogik maslahatxonalarda alohida ehtiyojlarga ega bo`lgan bolalarga to`g`ri tashxis qo`yish , unga mos keluvchi korreksion , ta`lim- tarbiya usullarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.Alohida ota-onalarga beriladigan maslahatlar ularning farzandlarini yanada sog`lomlashtirish va ehtiyojlariga mos ravishda bo`lishi kerak. Buning uchun quyidagi vazifalarning amalga oshirilishi zarur:

background image

591

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

INKLYUZIV TA'LIM JARAYONIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNING

AHAMIYATI

Rashidova Maftuna Komil qizi

Oriental universiteti, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bоsqich talabasi

Nazarova Dildora

Oriental universiteti o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14510033

Mamlakatimizda ta`lim sohasiga jahon standartlari talablarini joriy etish bo`yicha tizimli

ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarning sog`lom tengdoshlari

orasida bir xil sharoitda ta`lim olishini ta`minlash tendensiyasi ham shular jumlasidandir.

Respublikamizda alohida ehtiyojlarga ega bo`lgan bolalarni ilk yoshdan ta`limga tayyorlash ,

psixologik- tibbiy- pedagogik yordamlarni kompleks yo`naltirilgan holda olib borish masalalariga

ko`proq e`tibor qaratilmoqda. Psixologo- tibbiy – pedagogik maslahatxonalarda alohida

ehtiyojlarga ega bo`lgan bolalarga to`g`ri tashxis qo`yish , unga mos keluvchi korreksion , ta`lim-

tarbiya usullarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.Alohida ota-onalarga beriladigan

maslahatlar ularning farzandlarini yanada sog`lomlashtirish va ehtiyojlariga mos ravishda bo`lishi

kerak. Buning uchun quyidagi vazifalarning amalga oshirilishi zarur:

1.Ota- onalarga farzandining ruhiy rivojlanishining faqat zaif tomonlari emas, balki uning

ichki imkoniyatlari, hamda uni bartaraf etishdagi ahamiyatini ko`rsata olishi; 2. Ota- onalar va oila

a`zolariga bola muammosini hal etishda o`z javobgarligi , kuchi va imkoniyatlarini his etishga

o`rgatish;

3. Bola individual va tipologik xususiyatlari va imkoniyatlariga mos keluvchi ta`lim

sharoitlarini belgilash;

4. Oilaning tibbiy, ijtimoiy – psixologik bilimlarini, bola bilan muloqot malakasini, bola

muammosini o`zaro muhokama qilish orqali umumiy tarbiyalashdan xabardor bo`lish

ko`nikmasini oshirish;

5. Ota- onalar farzandining hayoti, uning muammolarini hal etish uchun javobgarlikni his

etishi, bola muammolari yuzasidan oilada hayotiy qarorlarni tanlashga yordam berishini

ta`minlashdan iboratdir.

Bola rivojlanishining buzilishi muammolari bo`yicha ota-onalarga maslahat berish

jarayonida quyidagi tamoyillarga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir:

* Bolaning qiziqishlariga e`tibor berish , mutaxassis va maslahatchi psixologlar ishining

o`ziga xosligi faqat bolaga emas, balki uning ota- onasiga va oila a`zolariga maslahat berish yo`li

bilan belgilanadi.

* Ayrim ota -onalar turli sabablarga ko`ra bola rivojlanishini buzilish darajasini oshirib


background image

592

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

yuboradilar, muammolarni juda qiyin va og`ir qabul qiladilar.

Ba`zi bir ota - onalar psixologo-tibbiy- pedagogik maslahatga shifokor, pedagog yoki

qarindoshlari ta`siri natijasida kelgan bo`lsalarda, o`z farzandining muammosini tan olishni

istamaydilar, bola rivojlanishidagi barcha buzilishlarini rad etadilar.

* Maslahatxona mutaxassislari va psixologlari bolaning qiziqishlari va ruhiy rivojlanish

buzilishlarini hisobga olgan holda unga mos ta`lim tarbiyaviy shart- sharoit mohiyatini aniq,

ravshan ochib beradilar. Sababi, maslahatchi psixolog bola va oila a`zolariga yoqadigan yo`lni

emas, balki bola rivojlanishi uchun foydali bo`lgan yo`l- yo`riqni ko`rsatadilar.

* Maslahat oluvchi shaxsini hurmat qilish. Bu tamoyil mutaxassislar fikrini majburan qabul

qildirmaslik, ularning tavsiyalariga so`zsiz bo`ysunishlarini talab qildirmaslik, bola rivojlanishi

muammolariga mutaxassislarni bee`tibor bo`lmasliklarini ko`zda tutadi.

* Maslahatxona mutaxassislari va psixologlari ota- onalar bilan farzandi muammosini hal

etishda ular bilan bir xil huquqga ega, sababi oila a`zolari bola hayotidagi o`ziga xosliklar bo`yicha

to`liq va aniq ma`lumotlarga egadirlar va o`z fikrlarini asoslab bera oladilar.

* Ota - onalar fikrini hurmat qilish , muammo va uni hal etish yo`llarini o`zaro bog`liq

holda birga muhokama qilish sharoitida , ular mutaxassislar va psixologik fikrini ongli idrok

etadilar, berilgan tavsiyalarga rioya qiladilar, o`z farzandining muammosini hal etish

javobgarligini bo`yniga oladilar.

* Maslahat oluvchi shaxsini hurmat qilish tamoyili bir necha sharoitlarini amalga

oshirilishini ko`zda tutadi. Jumaladan: tashxis qo`yishning ehtiyotkorona shakli. Farzandining

rivolanishidagi nuqsonlari haqidagi ma`lumot ota - onada murakkab tuyg`ular , bezovtalik holatini

yuzaga chiqarishi mumkin. Bolaga tashhis qo`yilganda , mutaxassis va psixolog xulosasi yumshoq

shaklda bayon etilishi maqsadga muvofiqdir. Ota- onlar bilan bo`ladigan suhbatda murakkab,

kasbiy,ilmiy tildagi atamalardan foydalanish ota- onalarning ma`lumotni to`liq idrok etishini

murakkablashtiradi va ularni xavotirga qo`yadi. Shuning uchun ota - onalarga bola xususiyatlari

haqida tushunarli ma`lumot beriladi va bolaning qiziqishlarini amalga oshirish maqsadida qanday

ishlarni amalga oshirish zarurligi tushuntiriladi.

* Oilaning ijtimoiy – madaniy va psixologik xususiyatlarini hisobga olish tamoyili

maslahatxona mutaxassislari va psixologlari ota- onalar bilan suhbatda ularning ishi , ijtimoiy

kelib chiqishi,madaniyatini e`tiborga olishlari zarur. Tibbiy va ijtimoiy ma`lumotlarni jamlashda

va tekshirishda oila a`zolarining psixologik va tipologik xususiyalari haqida tasavvurga ega

bo`lishlari zarur. Bu ma`lumotlar muvaffaqiyatli maslahat berish usullarini va metodlarni

tanlashda muhim omil sanaladi.

* Oila a`zolarining fikrini hisobga olish tamoyili maslahat berishda qo`pincha , otaonalar

farzandining muammosi, uni hal etish yo`llarini topishda bir fikrga kela olmaydilar va mutaxassis


background image

593

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

bilan alohida bu muammoni hal etishni hohlaydilar. Mutaxassis va psixologlar bola qiziqishlarini

himoya qilib,maslahat berish sirini saqlagan holda , bolaning ota- onasi va qarindoshlari bilan

alohida suhbatlashadi. Shuningdek bola ehtiyojlarini qondiradigan xulosaga kelishda barcha oila

a`zolarining fikrini hisobga olishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

Alohida ehtiyojga ega bo`lgan o`quvchilarning individual va tipologik xususiyatlari

turlicha bo‘lib,ularning ba’zilarini keltirib o ‘tamiz. Alohida ehtiyojga ega o`quvchilar

uchunindividual rejalar tuzish lozim. O`quvchilarga individual maslahatlarni berishda uning

o’ziga xos xususiyatlarini va bilish jarayonidagi turfalikga e’tibor qaratish lozim.Psixolog,fan

o‘qituvchisi va sinf rahbari hamkorlikda faoliyat olib borish katta samara beradi. Alohida ehtiyojga

ega ammo qaysidir bir fanga yoki kasbga nisbatan ikkilanuvchi o`quvchi-Ba`zi ota-onalar o`z

farzandlariga turli kasblarni tavsiya qiladilar.Biror kasbni tavsiya qilib o`z farzandiga ikkinchi bir

kasb to`g`risida ham uni qiziqtiruvchi ma`lumotlarniberib qo`yadilar.Ota-onalar farzandining

imkoniyatlariga qarab masalahatlar berishlari maqsadga muofiqdir. Ba’zi ona-onalar alohida

ehtiyojga ega bo’lgan farzandining ta’lim olishiga yuzaki qaraydilar. Shu sababli o‘z farzandini

o‘quv-biluv faoliyatiga to‘liq yonaltirishda qiyinchiliklarga uchraydilar.Ushbu jarayonni

ijobiylashtirishda uning individual va tipologik xususiyatlariga e’tibor qaratish samara beradi .

Yangiliklarni yoqtiradigan fantaziyasi kuchli o’quvchi-,atrofidagilar- ga havas bilan

qaraydilar va kelajak haqida ko`proqnazariy ma`lumotlarga ega bo`ladilar.Amaliyotda esa

ularning mazmun-mohiyatini to`liq tasavvur qila olmaydilar.O ‘quvchining alohida extiyojini

nazarda tutgan holda ota-onalar,o ‘qituvchilar individual va istiqboll reja tuzishlari tizimli aniq

maqsadlarga asoslangan hamkorlikdagi faoliyatni olib borishlari lozim.

REFERENCES

1.

L.Mo’minova, Sh.Amirsaidova va boshqalar Maxsus psixologiya -T.: Fan va

texnologiyalar .2013.

2.

P.Po’latova, L.Nurmuxamedova, Sh.Amirsaidova Maxsus pedagogika -T.: Fan va

texnologiyalar,2014.

3.

L.R.Mo’minova, O.A.Maxmudova, Sh.A.Karimova. “Nutqni tekshirish va rivojlantirish

bo`yicha logopedik albom” T., 2016.

4.

«Tа’lim hаmmа uchun» Save the cildren. 2002 yil. Международныйнаучныйжурнал

№10(100), часть2 «Научный импульс» Мая, 2023 823

5.

«Inklyuziv tа’lim». Turе Yоnsеn. Tоshkеnt. 2003 yil. YUNESKOning O’zbеkistоndаgi

vаkоlаtхоnаsi vа Operation Merey tаshkilоti tоmоnidаn chоp etilgаn.

References

L.Mo’minova, Sh.Amirsaidova va boshqalar Maxsus psixologiya -T.: Fan va texnologiyalar .2013.

P.Po’latova, L.Nurmuxamedova, Sh.Amirsaidova Maxsus pedagogika -T.: Fan va texnologiyalar,2014.

L.R.Mo’minova, O.A.Maxmudova, Sh.A.Karimova. “Nutqni tekshirish va rivojlantirish bo`yicha logopedik albom” T., 2016.

«Tа’lim hаmmа uchun» Save the cildren. 2002 yil. Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 «Научный импульс» Мая, 2023 823

«Inklyuziv tа’lim». Turе Yоnsеn. Tоshkеnt. 2003 yil. YUNESKOning O’zbеkistоndаgi vаkоlаtхоnаsi vа Operation Merey tаshkilоti tоmоnidаn chоp etilgаn.