Authors

  • Nishona Boymurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57953

Keywords:

Sun’iy ong chet tili oʻrganish miyani rivojlantirish kognitiv oʻsish oʻsmirlar va til oʻrganish neyroplastiklik diqqatni jamlash qobiliyati ijodkorlik va moslashuvchanlik madaniy tushuncha.

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy ongning rivojlanishi natijasida chet tilini oʻrganish zarurati qanday o‘zgarayotgani tahlil qilinadi. Yangi tilni oʻrganishning inson miyasi faoliyatiga, xususan, neyroplastiklikni rivojlantirish, diqqatni jamlash, xotira kuchini oshirish va ijodkorlikni shakllantirishga bo‘lgan ijobiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, oʻsmirlarning kognitiv o‘sishi, ijodiy va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishda til oʻrganishning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, sun’iy ong asosidagi vositalarning til oʻrganishda yordamchi sifatida tutgan o‘rni yoritiladi. Maqola til o‘rganishning faqat kommunikatsion emas, balki intellektual va madaniy boylik sifatidagi ahamiyatini asoslaydi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

530

SUN’IY ONG TAKOMILLASHAYOTGAN ZAMONDA CHET TILINI O‘RGANISH

SHARTMI?

Boymurodova Nishona Yunusovna

Buxoro davlat pedagogika instituti, Tillar fakulteti,

Xorijiy tillarni òqitish metodikasi ingliz tili o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14519544

Annotatsiya. Ushbu maqolada sun’iy ongning rivojlanishi natijasida chet tilini oʻrganish

zarurati qanday o‘zgarayotgani tahlil qilinadi. Yangi tilni oʻrganishning inson miyasi faoliyatiga,
xususan, neyroplastiklikni rivojlantirish, diqqatni jamlash, xotira kuchini oshirish va ijodkorlikni
shakllantirishga bo‘lgan ijobiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, oʻsmirlarning kognitiv o‘sishi,
ijodiy va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishda til oʻrganishning ahamiyati alohida ta’kidlanadi.

Shuningdek, sun’iy ong asosidagi vositalarning til oʻrganishda yordamchi sifatida tutgan

o‘rni yoritiladi. Maqola til o‘rganishning faqat kommunikatsion emas, balki intellektual va
madaniy boylik sifatidagi ahamiyatini asoslaydi.

Key words: Sun’iy ong, chet tili oʻrganish, miyani rivojlantirish, kognitiv oʻsish, oʻsmirlar

va til oʻrganish, neyroplastiklik, diqqatni jamlash qobiliyati, ijodkorlik va moslashuvchanlik,
madaniy tushuncha.

IS LEARNING A FOREIGN LANGUAGE NECESSARY IN THE TIME OF

IMPROVING ARTIFICIAL INTELLIGENCE?

Abstract. This article analyzes how the need to learn a foreign language is changing as a

result of the development of artificial intelligence. The positive impact of learning a new language
on the functioning of the human brain, in particular, on the development of neuroplasticity,
concentration, memory, and creativity, is examined. In particular, the importance of language
learning in the cognitive growth, creative and social skills of adolescents is emphasized. The role
of artificial intelligence-based tools as an assistant in language learning is also highlighted. The
article substantiates the importance of language learning not only as a communicative, but also
as an intellectual and cultural asset.

Key words: Artificial intelligence, foreign language learning, brain development, cognitive

growth, adolescents and language learning, neuroplasticity, attention span, creativity and
flexibility, cultural understanding.

НУЖНО ЛИ ИЗУЧАТЬ ИНОСТРАННЫЙ ЯЗЫК В ЭПОХУ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО СОЗНАНИЯ?

Аннотация. В данной статье анализируется, как меняется потребность в

изучении иностранного языка в результате развития искусственного интеллекта.

Рассмотрено положительное влияние изучения нового языка на мозг человека, в

частности, на развитие нейропластичности, концентрации внимания, памяти и
творческих способностей.

Подчеркивается важность изучения языка в развитии познавательного роста,

творческих и социальных навыков подростков. Также будет освещена роль инструментов
на основе искусственного интеллекта как помощника в изучении языка. В статье
обосновывается важность изучения языка не только как коммуникативного, но и
интеллектуального и культурного богатства.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

531

Ключевые слова: искусственный интеллект, изучение иностранного языка,

развитие мозга, когнитивный рост, подростки и изучение языка, нейропластичность,
способность концентрироваться, креативность и гибкость, культурное понимание.


Kirish

Zamonaviy texnologiyalar hayotimizni har qachongidan ham qulayroq qilmoqda. Sun’iy

ong (SO) texnologiyalarining rivojlanishi natijasida til oʻrganish jarayonlari ham osonlashmoqda.

Google Translate, ChatGPT kabi vositalar va koʻplab til oʻrgatuvchi ilovalar qisqa vaqt

ichida koʻp tillarda muloqot qilish imkoniyatini yaratib bermoqda. Bunday texnologik taraqqiyot
sharoitida chet tilini o’rganish muhimligini qay darajada baholashimiz kerak? Ushbu maqolada
SO yordamida chet tilini oʻrganish ehtiyojini qayta koʻrib chiqamiz va bu mavzuning ijtimoiy,
iqtisodiy hamda madaniy jihatlarini tahlil qilamiz

Sun’iy ong va til oʻrganish vositalari: SO asosida ishlab chiqilgan ilovalar insonlarni chet

tilini osonroq oʻrganish yoki til oʻrganmasdan turib ham samarali muloqot qilishga imkon
bermoqda. Shu jumladan: Real vaqt tarjimalar: Microsoft va Google kompaniyalari tomonidan
ishlab chiqilgan vositalar bir necha soniyada til barerlarini yoʻq qilmoqda. Interaktiv til
oʻrgatuvchilar: Duolingo kabi platformalar oʻyinlashgan yondashuv orqali til oʻrganish jarayonini
qiziqarli qiladi. AI suhbatdoshlari: ChatGPT kabi tizimlar foydalanuvchilar bilan muloqot qilish
orqali ularga tabiiy tilda mashq qilish imkonini beradi. Bu vositalar til oʻrganishni sezilarli
darajada yengillashtirgan boʻlsa-da, ular bilan bogʻliq baʼzi cheklovlar va xavotirlar mavjud.

Suniy ong hayotimizga kirib kelar ekan insonlar oʻrtasidagi muloqotning jonliligi yoʻqolib

boradi, yani real vaqt oraligʻida bevosita yuzma yuz suhbat jarayoni amalga oshirish mumkin
emas.

Bundan tashqari SO inson miyassining avvallari qiyinchilik bilan amalga oshirgan ishlarini

bir urunishda amalga oshirmoqda, bu jarayonlar vaqtni tejagani bilan miyya faoliyatini bosimlarga
bardosh berolmaydigan va potensiali past aqliy organga aylantirib bormoqda. Olimlarning
izlanishiga ko’ra ikkinchi tilni biladigan yoki bilingual yoshlarning ruhiy va markaziy asab
sistemasi kasalliklariga moyillik darajasi ancha past ko’rsatkichlarda bo’ladi. Quyida chet tillarini
o’rganishning inson miyasiga foydalari batafsil yoritilgan.

Chet tilini oʻrganishning miyaga foydalari:

Bir yoki bir nechta yangi tilni oʻrganish inson miyasi uchun murakkab, ammo samarali

mashq hisoblanadi. Tadqiqotlar til oʻrganishning quyidagi foydalarini ko‘rsatgan:

Miya plastiklik darajasini oshirish:

Til oʻrganish miyadagi neyronlar oʻrtasidagi yangi bogʻlanishlarni rivojlantiradi va

plastiklikni oshiradi. Bu jarayon miyaning moslashuvchanligi va muammolarni hal qilish
qobiliyatini kuchaytiradi.

Oksford universiteti olimlari oʻtkazgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yangi til

oʻrganadigan insonlarda gipokampus (xotira va o‘rganishga javobgar hudud) hajmi kattaroq
bo‘ladi.

Diqqatni jamlash qobiliyatini kuchaytirish:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

532

Ikki yoki undan ko‘p tilni biladigan shaxslar bir tildan boshqasiga tez oʻtishni talab qiluvchi

vaziyatlarda yuqori diqqatni jamlash ko‘nikmalarini namoyon qiladi. Bu, ayniqsa, oʻsmirlarning
oʻqishdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy taʼsir qiladi.

Keksalikda demensiyaning oldini olish:

Til oʻrganish miyaning faoliyatini uzoq muddatga saqlab qoladi. Kanada olimlari olib

borgan tadqiqotlarga koʻra, ikki tilli insonlarda Altsgeymer kasalligi belgilari 4-5 yil kechikib
namoyon boʻladi.

Ijodkorlik va moslashuvchanlikni oshirish:

Yangi tilni oʻrganish nafaqat yangi soʻzlarni yodlashni, balki yangi dunyoqarashni qabul

qilishni ham talab qiladi. Bu esa insonni ijodkor va moslashuvchan qiladi.

Oʻsmirlarning kognitiv rivojlanishida chet tilining oʻrni

Oʻsmirlik yoshida til oʻrganish nafaqat miya rivojlanishi uchun, balki kognitiv

qobiliyatlarni oshirishda ham muhim rol oʻynaydi:

Yaxshi xotira va maʼlumotni qayta ishlash qobiliyati:

Oʻsmirlik davrida miyaning rivojlanish jarayoni yuqori darajada boʻladi. Yangi tilni

oʻrganish bu jarayonni tezlashtiradi, xotirani mustahkamlaydi va axborotni qayta ishlash
samaradorligini oshiradi.

Kreativ fikrlash:

Til oʻrganish oʻsmirlarga bir muammoni bir nechta nuqtai nazardan tahlil qilish

imkoniyatini beradi. Masalan, bir iboraning ikki tilga tarjimasi oʻsmirni turli kontekstlarni hisobga
olishga majbur qiladi. Bu esa ijodiy yondashuvni shakllantiradi.

Ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish:

Til oʻrganish jarayonida oʻsmirlar boshqa madaniyatlar bilan tanishadi, bu esa ularning

empatiya va ijtimoiy muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Oʻquv muvaffaqiyatini oshirish:

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, chet tilini oʻrgangan oʻsmirlar matematik mantiq va ona

tili fanlarida yuqori natijalarga erishadi. Bu ikki tillilikning kognitiv nazoratchi tizimga ijobiy
taʼsiridan dalolat beradi.

Sunʼiy ong va til oʻrganishning kelajagi

Texnologiya rivojlanayotgan bo‘lsa-da, SO inson kognitiv rivojlanishiga xizmat

qiladigan til o‘rganishning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Biroq, SO vositalarini yordamchi sifatida
qo‘llash orqali til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish mumkin:

Interaktiv oʻyinlar: Oʻsmirlar uchun SO asosida ishlab chiqilgan oʻyinlar til oʻrganishni

qiziqarli qiladi. Real vaqt tarjimalar: Bu vositalar o’rganuvchiga tabiiy suhbatlar orqali amaliyotni
yaxshilashga yordam beradi. Shaxsiylashtirilgan oʻquv dasturlari: SO talabalarning zaif
tomonlarini aniqlab, ularga moslashuvchan o‘quv rejalarini taklif qilishi mumkin.

Xulosa:

Sunʼiy ongning rivojlanishi til oʻrganish jarayonini osonlashtirgan boʻlsa-da, insonning

kognitiv va ijtimoiy rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi chet tilini oʻrganishni hali ham dolzarb
qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

533

Til oʻrganish nafaqat miyani chiniqtiruvchi muhim mashq, balki oʻsmirlarning kognitiv

rivoji, ijodkorligi va ijtimoiy koʻnikmalarini shakllantiruvchi vositadir.

Shunday ekan, SO davrida til oʻrganishni davom ettirish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy

rivojlanish uchun ham muhim sanaladi.


REFERENCES

1.

Kuldosheva S. O., Achilova R. A. Similarities and Differences of Precedent Nouns in
English and Uzbek Languages //International Journal of Trend in Scientific Research and
Development. – 2023. – С. 404-406.

2.

R Achilova, Antonomasia in Different Languages. Pindus Journal of Culture, Literature,
and ELT 2 (1), 98-101

3.

Saidov Y., Achilova R. Antonomasias Formed on the Basis of the Names of Mythological,
Religious-Legendary Heroes //International Journal on Integrated Education. – 2022. – Т.
5. – №. 6. – С. 1-3.

4.

Achilova

Risolat

Azamovna.

(2021).

SEMANTICAL

FEATURES

OF

ANTONOMASES IN LITERATURE. European Journal of Research Development and
Sustainability,

2(3),

55-57.

Retrieved

from

https://scholarzest.com/index.php/ejrds/article/view/363

5.

Boymurodova

N.Y.Sinxron

tarjimada

psixologik

tayyorgarlik

.

https://www.google.com/gasearch?q=boymurodova%20nishona&source=sh/x/gs/m25

6.

Boymurodova

N.Y.Sinxron

tarjima

texnikasi

va

diaxron

tadqiqi.

http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/issue/view/100


References

Kuldosheva S. O., Achilova R. A. Similarities and Differences of Precedent Nouns in English and Uzbek Languages //International Journal of Trend in Scientific Research and Development. – 2023. – С. 404-406.

R Achilova, Antonomasia in Different Languages. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT 2 (1), 98-101

Saidov Y., Achilova R. Antonomasias Formed on the Basis of the Names of Mythological, Religious-Legendary Heroes //International Journal on Integrated Education. – 2022. – Т. 5. – №. 6. – С. 1-3.

Achilova Risolat Azamovna. (2021). SEMANTICAL FEATURES OF ANTONOMASES IN LITERATURE. European Journal of Research Development and Sustainability, 2(3), 55-57. Retrieved from https://scholarzest.com/index.php/ejrds/article/view/363

Boymurodova N.Y.Sinxron tarjimada psixologik tayyorgarlik. https://www.google.com/gasearch?q=boymurodova%20nishona&source=sh/x/gs/m25

Boymurodova N.Y.Sinxron tarjima texnikasi va diaxron tadqiqi. http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/issue/view/100