Authors

  • Abduvali Mamarajabov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57955

Keywords:

Dastlabki elektron lugʻatlarning vujudga kelishi va ularning imkoniyatlari. Lugʻat tuzish tamoyillari. Elektron lugʻatlarga boʻlgan ehtiyoj.

Abstract

Dastlabki elektron lugʻatlarning vujudga kelishi va ularning imkoniyatlari. Lugʻat tuzish tamoyillari. Elektron lugʻatlarga boʻlgan ehtiyoj.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

534

ELEKTRON LUGʻATLARNING TADRIJIY TARAQQIYOTI

Abduvali Mamarajabov

TerDU oʻqituvchisi.

Tel: 99-423-19-97. Epochta:

mamarajabov997@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14519679

Annotatsiya. Dastlabki elektron lugʻatlarning vujudga kelishi va ularning imkoniyatlari.

Lugʻat tuzish tamoyillari. Elektron lugʻatlarga boʻlgan ehtiyoj.

Kalit soʻzlar: lugʻat, lugʻat turlari, elektron lugʻat, mashina tarjimasi, avtomatik tarjima,

lugʻat maqolasi.

THE GRADUAL DEVELOPMENT OF ELECTRONIC DICTIONARIES

Abstract. The emergence of the first electronic dictionaries and their capabilities.

Principles of dictionary creation. The need for electronic dictionaries.

Keywords: dictionary, types of dictionaries, electronic dictionary, machine translation,

automatic translation, dictionary article.

ПОСТЕПЕННОЕ РАЗВИТИЕ ЭЛЕКТРОННЫХ СЛОВАРЕЙ

Аннотация. Появление первых электронных словарей и их возможности. Принципы

построения словарного запаса. Потребность в электронных словарях.

Ключевые слова: словарь, виды словарей, электронный словарь, машинный перевод,

автоматический перевод, словарная статья.

Hozirgi globallashuv asrida fanning barcha tarmoqlari oʻzini yangilab, zamon talablariga

moslashib, rivojlanib bormoqda. Bu, xususan, leksikologiyada ham kuzatiladi. Lugʻatlarning
kitob, qogʻoz (albatta, bu davrda qogʻoz boʻlmagan) koʻrinishlaridagi anʼanaviy shakli bundan 4
ming yil muqaddam gloss, glosariy va vokabulariylar koʻrinishida vujudga kelgan[2.3]. Birinchi
tarjima lugʻat eramizdan oldingi XXV asrda qadimgi Shummer sivilizatsiyasi davrida yaratildi.

Shundan soʻng Xitoyda mill. avv. XX asr, Qadimgi Misrda mill. avv. XVIII asrda tarjima

lugʻatlar vujudga keldi. Bundan 2000 yil avval Mesopotamiyada tuzilgan ikki va uch tilli
lugʻatlarning parchalari saqlanib qolgan[3.14]. Anʼanaviy shakldagi lugʻatchilikning paydo
boʻlishi uzoq davrlarga borib taqalsa-da, elektron lugʻatchilik tarixi unchalik katta emas.

Elektron lugʻatlarning dastlabki koʻrinishini mashina tarjimasi deb belgilashimiz mumkin.
Bu kabi lugʻatlarni yaratish gʻoyasi XVII asrda fransuz olimi R. Deskart (1596-1650) va

nemis olimlari G. V. Leybnist (1646-1716) qarashlarida koʻzga tashlanadi. Faylasuf R. Deskart
va G. V. Leybnistlar tomonidan jumla va soʻzlarning oʻzaro bogʻliqligini kodlash masalasi ilgari
surilgan[1.8]. Mashinaning tarjima qila olishi haqidagi gʻoyani ingliz matematigi Ch. Bebbidj
(1791-1871) 1836 — 1848 — yillarda raqamli analitik mashinalar ustida olib borgan ilmiy
izlanishlarida qayd etgan[1.8]. Ch. Bebbidj izlanishlaridan qariyb bir asrdan keyin raqamli
elektron mashinalar ixtiro qilina boshlandi. XX asrning 20 — 50 — yillarida Estoniyada A.Vaher,
Fransiyada J.Astrounining nazariy qarashlarida bilingval lugʻatlardan foydalanish gʻoyasi ilgari
surilgan. Xususan fransuz olimi J. Astrouni “Mehanik miya” deb nomlangan mashina tarjimasi
ishlanmasi uchun patentga ega boʻldi [1.8]. Bu boradagi izlanishlarda rus ilmiy jamoatchiligi ham
ortda qolmadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

535

1933-yil rus olimi P. P. Simirnov Troyanskiy tomonidan ikki funksiyani oʻz ichiga olgan

tarjima tizimi yaratildi. Bu tizim esperanto tili asosida ishlar edi. Lekin bu davrda mashina
tarjimasi hali toʻlaligicha shakllanib ulgurgan emasdi.

Mashina tarjimasining nisbatan mukammal koʻrinishlari XX asrning ikkinchi yarmida

paydo boʻla boshladi. Endi bu davrda gʻoyaxona Yevropa va Rossiyadan koʻchgan edi. Mashina
tarjimasi borasidagi izlanishlarda Amerika ustunlik qila boshladi. Bunga bevosita “Sovuq urush”
ning ta’siri katta boʻldi. Ikki gegamon davlat (ikkinchi tomon Sobiq Ittifoq) nafaqat qurollanish
poygasida, balki ilm-fanning barcha jabhalarida ham raqobatlasha boshladi. Mashina tarjimasi
(yaʼni avtomatik tarjima) harbiy razvedka maʼlumotlarni tezkor ravishda tarjima qilish, matnni
dekodlash uchun ham zarur boʻlardi. Ammo, XX asrning oʻrtalarida mashina tarjimasi oʻziga
yuklatilgan bu siyosiy vazifani toʻlaligicha bajara olmadi,

Mashina tarjimasining rivojlanishida ENIAC (Electronic Numerical Integrator and

Computer) larning kashf etilishi muhim hodisa boʻldi. 1945-yil AQSH armiyasining ballistik
tadqiqot laboratoriyasida bu turdagi raqamli mashinalarning birinchisi yaratildi. Bu ixtiro IBM
larning yaralishi uchun asos vazifasini oʻtadi. A.But va R.Richanslar tomonidan 1948-yil mashina
tarjimasi boʻyicha ilk tajriba sinovi oʻtkazildi. 1949-yilda amerikalik olim Uorren Uiver mashina
tarjimasi tizimini yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi hamda lingvistika, deshifrovka,
programmalashtirish nazariyasi boʻyicha mutaxassislarni hamkorlikka chorladi. Shundan soʻng
AQSHda mashina tarjimasi boʻyicha kollaboratsiyalar, hamkorlik loyihalari yaratildi. Mashina
tarjimasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya institutida
oʻtkazildi [5.73].

1954-yilda AQSHning Jorjtaun universitetida dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima

tajribadan oʻtkazildi. U GAT tizimi (inglizcha «Georgetown Automatic Translation»
birikmasining qisqartmasi) deb ataladi. Bu tajriba IBM – 701 rusumli tarjima qurilmasi
(kompyuter)da amalga oshirildi. Qurilma 250 ta soʻzdan iborat 60 ga yaqin (jami 50 000 soʻz)
ruscha gaplarni ingliz tiliga tarjima qildi[5.73]. Bu ishda P.Gavren, L.Doster, P.Sheridanlar
ishtirok etdilar. Lugʻat “Dorster tajribasi” nomi bilan mashhur boʻldi.

Mashina tarjimasi boʻyicha izlanishlardan Sobiq Ittifoq ham chetda qolmadi. 1955-yilga

kelib sobiq ittifoqda I.S.Muxin, L.N.Korolev, S.N.Razumovskiylar boshchiligidagi olimlar guruhi
BESM rusumli mashina qurilmasi yordamida inglizcha gaplarni rus tiliga tarjima qilish jarayoni
amalga oshirdi. Bu tajribaga I.K.Belskaya tomonidan ishlab chiqilgan inglizcha-ruscha tarjima
algoritmi asos boʻldi. Shu yillarda Moskvada A.Lyapunov boshchiligidagi matematik va
kibernetiklardan tashkil topgan guruh koʻp aspektli lingvistik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan
inglizcha-ruscha

avtomatik

tarjima

tizimi

(ARAP-англо-русский

автоматический

переводчик)ni, Ittifoq Fanlar Akademiyasida Y. A. Motorin rahbarligidagi guruh inglizcha
ruscha mashina tarjimasi dasturini, D.Y. Panov esa uning lingvistik taʼminotini yaratib berdi.
Bundan tashqari shu vaqtlarda Y.A.Matorin rahbarligida mashina tarjimasi laboratoriyasi tashkil
etildi[1.9].

Turkologiyada mashina tarjimasi boʻyicha dastlabki tadqiqotlar L.Dorster nomi bilan

bogʻliqdir. 1961-yil Dorster tomonidan yaratilgan ingliz-turk tarjima mashinasi 700 ta turkcha
soʻzshaklni oʻziga qamrab olgandi. Bundan tashqari bu lugʻat turk va ingliz tillaridagi
ekvivalentliklarning asos va suffikslaridan iborat boʻlgan[4.34].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

536

Mashina tarjimasining keyingi davrlarida bu sohadagi kamchiliklar bartaraf etila

boshlandi. Agar, 50-yillar soʻngigacha avtomatik tarjima soʻzma-soʻz amalga oshirilgan boʻlsa,
endi bu usuldagi xatoliklar olimlarning diqqat markazida boʻldi. Bu muammoning yechimi haqida
faylasuf Y. Bar-Xillel toʻxtalar ekan, buni omonimiya misolida tushuntirishga harakat qiladi va
natijada “inson-tarjimon” tamoyilini ilgari suradi. Yaʼni mashina orqali qilingan tarjimaga inson
analizining ehtiyoji borligini taʼkidlaydi.

REFERENCES

1.

Abdurahmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik taminoti. Monografiya – Toshkent:
Muharrir nashriyoti, 2018. –188 b.

2.

Берков В.П. Вопросы двуязычной лексикографии: Словник — Л., 1973.

3.

Дубичинский B.B. Теоретическая и практическая лексикография. Вена ־Харьков
1998. 160 c.

4.

Мамедова М.Г, З.Ю.Мамедова З.Ю. Машинный перевод: эволюция и основный
аспекты моделирования. Баку, 2005.

5.

Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari — Т.: Akademnashr, 2011. — 160 b.

References

Abdurahmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik taminoti. Monografiya – Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2018. –188 b.

Берков В.П. Вопросы двуязычной лексикографии: Словник — Л., 1973.

Дубичинский B.B. Теоретическая и практическая лексикография. Вена ־Харьков 1998. 160 c.

Мамедова М.Г, З.Ю.Мамедова З.Ю. Машинный перевод: эволюция и основный аспекты моделирования. Баку, 2005.

Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari — Т.: Akademnashr, 2011. — 160 b.