ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
546
ISSIQ IQLIM SHAROITIDA BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH
Saidqulova Gavhar Odiljon qizi
TVCHDPU., O’qituvchi.
O‘razaliyeva Sojida Tojiboy qizi
TVCHDPU.,O’qituvchi.
Muhiddinova Dilfuza Sherdor qizi
TVCHDPU.,O’qituvchi.
Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich
TVCHDPU., Dotsenti, PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520146
Annotatsiya. Issiq iqlim sharoitida bolalarni jismoniy tarbiyalash хaqida ma’lumotlar
berish.
Kalit so‘zlar: jismoniy tayyorgarlik, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, tadqiq qilish,
tibbiyot muassasalari, dam olish uylari, sanatoriyalar, bolalar oromgohlari.
PHYSICAL EDUCATION OF CHILDREN IN HOT CLIMATE CONDITIONS
Abstract. Providing information on physical education of children in hot climate
conditions.
Keywords: physical training, negative influencing factors, research, medical institutions,
rest homes, sanatoriums, children's camps.
ФИЗИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ В УСЛОВИЯХ ЖАРКОГО
КЛИМАТА
Аннотация. Предоставление информации по физическому воспитанию детей в
условиях жаркого климата.
Ключевые слова: физическая подготовленность, неблагоприятные факторы,
исследования, медицинские учреждения, дома отдыха, санатории, детские лагеря.
Mamlakatimizda shaxsni har tomonlama va garmonik rivojlantirish, shu jumladan, yosh
avlodning jismoniy jihatdan sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi uchun barcha shart-sharoitlar
yaratib berilgan. Moddiy farovonlik darajasining oshayotgani, tibbiyot muassasalari, dam olish
uylari, sanatoriyalar, bolalar oromgohlari tashkil etilganligi – O‘zbekiston aholisining sog‘lig‘ini
mustahkamlash va ularning jismoniy tomondan rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan ishlarning bir
bo‘lagidir. Bola organizmining mustahkam bo‘lishi va rivojlanishi uning, ya’ni organizmini
chiniqtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir ona o‘z farzandini muntazam chiniqtirish yo‘li
bilan bolaning ko‘pgina kasalliklarga chalinishining oldini olishi mumkin.Eng issiq oylar iyun,
iyul, avgust hisoblanadi. Havo harora- ti +36...+38° C bo‘ladi. Qishda O‘zbekistonning ko‘pgina
joylarida ob-havo beqaror bo‘lib, iliq va sovuq kunlar almashinib turadi. Eng sovuq oylar yanvar–
fevral oylari hisoblanadi. Bahor oylarida iliq va issiq kunlar almashib turadi. O‘rtacha harorat
+19...+22° C, yomg‘irlar tugaydi, lekin vaqti-vaqti bilan kelib turadigan salqin havo issiqlikni
ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kuz oylarda ham havo harorati 30– 35 daraja bo‘lib, kunduz
14 soatni tashkil etadi. Lekin quyosh nurlari tik tushadigan ana shunday issiq iqlim sharoitida
o‘sayotgan bolalarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
547
Bu iqlimda yashovchi bolalarda organizm issiqlikni chiqarishni kamaytira olish, obhavoga
qarab ko‘paytirish xususiyatiga egadir (qish oylarida). Ana shunday xususiyatlar bola organizmini
chiniqtirish natijasida hosil bo‘ladi. Bola organizmini chiniqtirish tizimi, deganda organizmini
mustahkamlash, turli kasalliklarga qarshi kurashish, immunitetini oshirish, hayotiy sharoitlarning
o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishiga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Chiniqqan kishi sovuq va issiqqa, haroratni keskin o‘zgarishiga bemalol chidab beradi
hamda shamollash kasalliklari bilan ancha kam og‘riydi.
Chiniqtirish protsessi fiziologik hodisalarning juda murakkab va xilma-xil kompleksidan
iborat. Markaziy asab tizimining faoliyati tufayli kishi organizmi doimo o‘zgaruvchi tashqi
sharoitga moslashadi. Bunda teri asosiy rol o‘ynaydi. Teri kishi organizmini harorat, nur, kimyoviy
va mexanik ta’sirlardan va mikroblar kirishidan saqlaydi.Issiqlikni tartibga solish issiqlikni hosil
qilish yo‘li bilan ham va uni atrof-muhitga tarqatish (issiqlik chiqarish) yo‘li bilan ham amalga
oshiriladi. Issiqlik barcha to‘qimalarda muntazam ravishda ishlab chiqariladi, u muskullarda va
jigarda ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Issiqlik, asosan o‘tkazilish va tarqalish yo‘li bilan teri yuzasidan (7
%), shuningdek, nafas olish va ter chiqarishda bug‘lanish yo‘li bilan chiqariladi. Shuni ham qayd
etib o‘tish zarurki, issiqlik organizmda mustaqil hosil bo‘lib va chiqarib turiladi. Aks holda
organizm qizib ketishi yoki sovib qolishi mumkin.Bolalardagi issiqlikni tartibga solish mexanizmi
murakkab reflektor akti hisoblanadi, unda shartsiz reflekslar, shartli ref- lekslar ham mavjud.
Chiniqtirishning asosiy mohiyati bolada ana shunday shartli reflekslar paydo qilishdan
iboratki, bunda ularning yordamida organizm o‘ziga zarar keltirmagan holda tashqi noqulay
ta’surotlarga qarshi tura oladi.Bolalarni butunlay sog‘lom va baquvvat bo‘lishi haqida muntazam
g‘amxo‘rlik qilinar ekan, chiniqtirish tadbirlarining o‘zi bilan kutilgan natijalarga erishib
bo‘lmasligini unutmaslik kerak. Chiniqtirish tadbirlari tog‘ri tashkil etilishi uchun maxsus
sharoitlar bo‘lishi kerak: bolalar muassasalari va uyda sanitariya- gigiyena sharoitlarini to‘g‘ri
tashkil etilganligi, organizmning yoshi va uning sog‘liq darajasi talablariga mos keladigan
ratsional to‘la qimmatli ovqatlar, bola kun tartibini to‘g‘ri tashkil etilishi, yoshiga qarab uyquni
tashkil etish, mehnat bilan dam olishning almashtirib turilishi, bolalarni sof havodan muntazam
foydala- nishi (sayr), shifokor nazorati va boshqalar.Bolalarni chiniqtirish tadbirlaridan tashqari
uning uch xil tamoyillarini ham ko‘rib chiqamiz.
1. Muntazamlilik.
2. Chiniqtirish miqdorini asta-sekin va izchillik bilan oshi- ra borish.
3. Har bir organizmning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Muntazamlilik kursi.
Agar bola organizmiga har kuni past yoki yuqori harorat ta’sir
qilinsa, bu organizmda tegishli ravishda shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonning
issiq iqlim sharoitida, yozda Rossiyaning o‘rta mintaqasidan kelgan bolalar o‘zlarini nisbatan
yomon sezadilar: ular ko‘p suv ichadilar, nafaslari qisiladi, tez-tez nafas oladilar. Hatto ularning
organizmi ortiqcha qizib ketadi. Issiq iqlimda yashay boshlaganlaridan keyin bu salbiy hollar asta-
sekin yo‘qoladi va bola ko‘nika boradi (adapratsiya hosil bo‘ladi). Past haroratga ko‘nikishda ham
xuddi shunday hol ro‘y beradi. Biroq chiniqqanlik adaptatsiya hosila xususiyatlari bo‘lib,
chiniqtirish ishi to‘xtatilishi bilan ular yo‘qolib ketishi mumkin. Chiniqtiruvchi tadbirlarning
muntazamliligiga, ya’ni ularning ahyon-ahyonda emas, balki muntazam ravishda olib borilishi
kerak.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
548
Chiniqtirishdagi
uzoq
tanaffuslar
organizmning
hosila
himoya
reaksiyasini
kuchsizlantiradi yoki yo‘qotadi. Shuning uchun uzoq muddatli tanaffuslardan keyin chiniqtirishni
boshidan boshlash, birnecha kunlik tanaffusdan keyin esa so‘nggi o‘tkazilgan mashqlardan
boshlash zarur.
Chiniqtirish miqdorini asta-sekin va izchilik bilan oshi-ra borish.
Chiniqtirishni
birdaniga katta miqdorda boshlamas- lik va miqdorni asta-sekinlik bilan oshira borish zarur.
Bolalarni chiniqtirishda yuklamasini asta-sekin va izchillik bilan oshi- ra borish tamoyiliga
amal qilish juda muhim ahamiyatga ega, bola qanchalik yosh bo‘lsa, bu qoidaga rioya qilish
shunchalik muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir organizmning oziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Yoshlari teng bo‘lgan
bolalar o‘z jismoniy rivojlanishlari, salomatliklariga qarab sovuqni yoki oftob ta’sirini sezishlari
bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladilar. Jismoniy tamondan yaxshi rivojlanmagan yoki yaqinda biror
kasallikni boshidan kechirgan bola tashqi muhit sharoitining o‘zgarishini so‘g‘lom va baquvvat
bolalarga nisbatan ancha kuchliroq, tezroq sezadi.
Bunday hollarda chiniqtirish miqdorini asta-sekinlik bilan oshira borishda izchillik
tamoyiliga rioya qilish juda muhim ahamiyatga ega. Chiniqtirish tadbirlarini boshlashdan oldin
bolani shifokorga ko‘rsatish zarur. Bolalarda biror surunkali kasallik (tonzilit, shamollash)ning
kuchayish alomatlari sezilsa, chi- niqtirish tadbirlarini boshlamaslik kerak. Ikkinchidan, yuqori
nafas yo‘llarining tez-tez yallig‘lanib turishi, angina, chipqon, chiniqtirishni boshlash zarurligini
ko‘rsatuvchi alomatlardir. Bunday hollarda ma’lumki, yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar bilan
og‘rigan bolalar muntazam chiniqtirilganda, ular bunday kasalliklardan tuzalib ketadilar.
Chiniqtirish ta’sirlari birortasini muntazam qo‘llanishi faqat shu taassurotlarga nisbatan
shartli refleks paydo bo‘lishiga olib keladi. Organizmni har tomonlama chiniqtirish, issiq va
sovuq- qa, yomg‘ir va shamolga bemalol chidab berishi uchun quyosh havo va suvdan alohida-
alohida holda ham, birgalikda ham foydalanish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-
tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablarida chiniqtirish vazifalarini turli yosh guruhlarda qo‘llanilishi
belgilangan. Chiniqtirish tadbirlari bolaning yoshi- ga va rivojlanishiga qarab belgilanadi.
Shifokor tafsiyasiga ko‘ra bolaga individual yondoshgan holda amalga oshiriladi.
Chiniqtirishning asosiy vositalari tabiat in’omlari – havo, suv va quyosh vannalari
hisoblanadi. Quyosh vannalari – organizmni chiniqtirishning oson vositasi hisoblanadi. Havoning
organizmga chiniqtiruvchi ta’siri havo harorati bilan teri harorati o‘rtasidagi farqqa
bog‘liqdir.Havo vannasini xona ichida boshlash va asta-sekinlik bilan ochiq havoda (yilning issiq
fasllarida) bajarishga o‘tish kerak. Havo vannasini havo haroratini asta-sekin pasaytirish yoki
o‘sha haroratning o‘zida havo vannasini qabul qilish muddatini asta-sekin uzaytira borish yo‘li
bilan miqdorlash mumkin.
Havoning namligini va uning harakatini e’tiborga olish lozim. Bu ko‘rsatkichlar qancha
yuqori bo‘lsa havoda yurish muddati shuncha qisqa bo‘lishi kerak. Harakat paytida qabul qilingan
havo vannalari bolalarning harakat faoliyati vaqtida havoning terining yalang‘och qismiga
bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunday havo vannasidan eng maqsadga muvofig‘i va tabiiy
ko‘rinishi ochiq havoda derazalari ochiq xonalarda o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlaridir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
549
Havo vannalarini bunday o‘tkazish sovuq havo va jismoniy mashqlar bolaga bir vaqtning
o‘zida ta’sir qildiriladi. Havo bilan chiniqtirishda bolani yil bo‘yi har kuni muntazam ravishda sayr
qildirish ham tavsiya etiladi.
Sayr vaqtida bolalar band bo‘lishi, unda faol qatnashishi, sovuq qotmasligi, haddan tashqari
isib ketmasligi uchun ular bilan kam harakatli o‘yinlar tashkil etilishi kerak. Kun sovuqroq
bo‘lganda ko‘p harakat talab qilinadigan o‘yinlar o‘tkaziladi. Bolalarni bog‘cha maydonidan
tashqarida sayr qildirish uchun bog‘cha yaqinidagi parklar, xiyobonlar, bog‘larni tanlash kerak.
O‘zbekistonda bolalar aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab to oktabr oyigacha yengil
kiyimda havoda bo‘lishlari ke rak. Havo haroratiga qarab mayka, trusi va shippaklarda yurish
lozim. Yozgi mavsumda bolalarni deyarli hamma vaqtini ochiq havoda tashkil etish lozim.
Yurtimizning quruq va issiq iqlim sharoitida bunday ishlar olib borishga hamma sharoitlar
mavjud: bolalar muassasalari- dagi o‘yinlar uchun qurilgan shiyponlar, spo‘rt maydonchalari, suv
havzalari, ochiq ayvonlar.
Suvni haqli ravishda obi-hayot deb atashadi. Ustidan muntazam suv quyib turgan va
ayniqsa, sovuq suvda muntazam cho‘milib yurgan kishilar intensiv ravishda jismoniy mashq bilan
shug‘ullansalar bu chindan ham tetik va salomatlikning kuchli manbayi bo‘ladi. Haqiqatan ham
suvda chiniqtirish tadbiri ham- ma uchun qulay bo‘lgan va sog‘liqni mustahkamlashda eng
samarali bo‘lgan vositadir. Hatto juda qisqa muddat boshdan suv quyish tadbiri ham markaziy
asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, charchoqni oladi, kishini tetik qiladi va kayfiyatini ko‘taradi.
Sovuq suv ta’sirida qon tomirlari va teridagi mayda tomir- lar (teridagi tomirlarda odam
a’zosidagi barcha qonning uchdan bir qismi joylashgan bo‘ladi) reflektor tarzida qisqaradi.
Shuning hisobiga badanning tashqi a’zolaridagi qonning bir qismi o‘z joyini o‘zgartirib
ichki a’zolarga ko‘chadi va qisman miyaga ham o‘tadi hamda o‘zi bilan organizm hujayralariga
qo‘shimcha ozuqa moddalari va kislorod olib boradi. Dastlabki tarzdagi qisqa muddatli teri
tomirlari qisqarishi jarayonidan keyin reaksiyani ikkinchi reflektorlik fazasi uning kengayish
bosqichi boshlanadi. Bunda terining qizarishi va asta-sekin isishi sodir bo‘ladi. Bunda odam
issiqlikdan xushnud bo‘lib tetiklashadi va unda muskullar faolligi paydo bo‘ladi. Qon
tomirlarining qisqarishi, keyinchalik esa ularning – bu yurak-qon tomir tizimi uchun o‘ziga xos
bir gimnastika bo‘ladi. Buning natijasida qon aylani- shi yaxshilanadi. Sovuq suvda chiniqish eng
avvalo organizmdagi termoregulatsiyaning takomillashuvidir.Suv tadbirlari artinish, boshdan suv
quyish, dush, cho‘- milish (basseyn, daryo, ko‘l, dengiz) kabi muolajalardan iborat. Shifokorning
bolalarning yakka xususiyatlari va sog‘lig‘ini hi- sobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni
belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Artinish hamma yosh guruhlarida yumshoq bo‘lmagan
qo‘l- qopchalar bilan o‘tkaziladi. Doira yoki yarim doira bo‘lib tur- gan holda, ular bir vaqtda
ko‘krak, yelka va qo‘llarini ishqalab artadilar, shundan so‘ng o‘girilib qo‘lqoplarining orqada tur-
gan bolalarga beradilar va ularning har biri o‘rtog‘ining orqasi- ni ishqalaydi. Shunday qilib bola
artinish jarayonida harakatda bo‘ladi, sovuq qotmaydi va tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy
ko‘nikmaga o‘rganadi. Butun protsedura 10 minut davom etadi. Suvni harorati +33...+35
darajadan boshlab asta-sekin +10...+12 darajagacha pasaytiriladi. Badanda sovuqni sezgan zahoti
birnecha badan qizdiradigan mashqlar bajariladi.
Kontrast dush (navbat bilan iliq va sovuq suv quyish) chini- qishni samarali vositasidan
biri bo‘lib, asab tizimi tonusini ancha ko‘taradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
550
Kontrast dushlarning o‘rtacha haroratining o‘zgarishi + 10... +15 daraja badanning issiq-
sovuqqa o‘rganib borishiga qarab, kuchli kontrast dushga o‘tish mumkin.
Dush qabul qilish va artinishda suv harorati har uch kunda 1 daraja pasaytirilib, +20 dan
+18 darajagacha tushuriladi. Qish kunlari esa 4– 6 kunda pasaytirilib, suv quyishda oxiri +25
darajaga tushiriladi. Oyoqlarga xona haroratidagi suv quyiladi.
Ochiq suv havzalarida cho‘milish suvda chiniqtirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri
bo‘lib hisoblanadi. Cho‘milishni yozda boshlagan ma’qul, so‘ngra haftasiga 2–3 martadan
cho‘miltirib, bu tadbirni muntazam davom ettirish lozim. Cho‘milish chog‘ida shaxdam harakatlar
qilish, eng yaxshisi suvda suzib yurish kerak. Suzish vaqtida suv muhiti badanni go‘yo yengil
massaj qilgandek ta’sir ko‘rsatadi. Suvda bo‘lish vaqti havoning va suvning haroratiga qarab,
cho‘milish vaqti belgilanadi. Masalan, suvning harorati +22...+25° C, cho‘milish davomiyligi 40–
60 minut, suv harorati +18...+21° C, cho‘milish davomiyligi – 30–40 minut. Cho‘milib chiqqan-
dan keyin, boshini quriguncha artish, tez kiyinib olish lozimdir. Sovuq suvda chiniqish, shu
jumladan cho‘milish vaqtida bolan- ing haddan tashqari sovub ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bolalarni “g‘oz terisi”dek ko‘karib ketishi, lablarining gezarishi, badanning uvishib
qaltirashi sovuqning haddan tashqari ortib ketgan yuklamasidan dalolat beradi. Badan sovub
ketgan vaqt- larda, uni sochiq bilan qizarguncha artish tavsiya etiladi yoki qizdiruvchi mashqlar,
yugurishlar bajariladi. O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida bolalarni ochiq basseynlarda iyun–
sentabr oylarigacha, yopiq basseynlarda yil davomida olib borish tavsiya etiladi.
Quyoshda chiniqish.
Quyosh nurlari kuchli qo‘zg‘atuvchi hisoblanadi. Uning yalang‘och
badanga ta’siri deyarli barcha fiziologik funksiyalarda muayyan o‘zgarishlarni vujudga kelti- radi.
Masalan, gavdaning harorati ortadi, nafas olish tezlashib chuqurlashadi, qon tomirlari
kengayadi, butun badanning hamma yog‘idan ter ajralib chiqish kuchayadi, modda almashinuvi
faollashadi.
Muntazam ravishda oftobda chiniqish va quyosh nuridan belgilangan darajadagi me’yorda
to‘g‘ri foydalanish eng avvalo asab tizimining funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,
organizmning quyosh radiatsiyasi ta’siriga bo‘lgan barqarorligi ortib boradi, modda almashinuv
jarayonlari yaxshilanadi. Bular bari ichki a’zolar faoliyatini takomillashtiradi, mushak muskullar
ish qobiliyatini oshiradi, organizmning turli xil kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini
kuchaytiradi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, oftobda ko‘p yurish, quyosh vannalari qabul
qilishni suiiste’mol qilish organizmda jiddiy salbiy o‘zgarishlarga, shu jumladan, kamqonlik
kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, modda almashinuvining buzilishi hatto radiatsion quyosh
faolligi oshib ketgan hollarda “leykemiya” kassaligiga chalinib qolishi mumkin.
REFERENCES
1.
Rasulov A. S. et al. CHUQURLASHTIRILGAN IXTISOSLASHUV BOSQICHIDA
FUTBOLCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 307-316.
2.
Kazoqov R. T. QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHI TALABALARNI
HARAKATLANISH TEXNIKASINI BIOMEXANIK
3.
KO‘RSATKICHLARDAGI KAMCHILIKLARNI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
YORDAMIDA
BARTARAF
ETISH
HISOBIGA
YUGURISH
TEXNIKASI
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
551
TAKOMILLASHTIRISH //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С.
271-279.
4.
Buraimov I., Kazoqov R. XOKKEYCHILAR FAOLIYATINING FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 49-56.
5.
Allamurodov S. I. et al. O ‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
ILMIY
TADQIQOTLAR
INSTITUTI
LABARATORIYASIDA
YENGIL
ATLETIKACHILARNING
ANTROPOMETRIK
VA
FUNKSIONAL
KO‘RSATKICHLARI BO‘YICHA QAYD ETILGAN NATIJALARINING ASOSIY
STATISTIK XARAKTERISTIKALARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. –
№. 11. – С. 39-48.
6.
Юсупова Р. И., Қазоқов Р. Т., Султанова Н. Қ. METHODS OF MUSCLE TENSION TO
DEVELOP QUICK-STRENGTH SKILLS IN GYMNASTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 471-479.
7.
Kurbanova D. S. Basic Approaches to Children's Health at Preschool Educational
Institutions //Eastern European Scientific Journal. – 2019. – №. 1.
8.
Kurbanova D. S. Physical Developing Senior Preschool Age Children by means of Mobile
Games SES PE //Eastern European Scientific Journal. – 2019. – №. 1.
9.
Isakjanova R., Muhiddinova D. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi
innovatsion texnalogiyalarning tasnifi //Инновационные исследования в науке. – 2022. –
Т. 1. – №. 14. – С. 51-55.
10.
Islomjanovna A. M. Bolaning Ijtimoiylashuv Jarayonidagi Omillar Hamda Oil A Va
Jamiyatning Ahamiyati //International Journal of Education, Social Science & Humanities.
– 2024. – Т. 12. – №. 6. – С. 1154-1158.
11.
Khurramov E. E. Preparation of future physical education teachers to innovative activity
during the pedagogical practice //Eastern European scientific journal. – 2017. – №. 5.
12.
qizi O‘razaliyeva, Sojida Tojiboy, and Mahina Faxriddinovna Xolnazarova.
"MAKTABGACHA
YOSHDAGI
BOLALARDA
AQLIY
QOBILIYATLARNI
RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI."
INTERNATIONAL СONFERENCE ON
LEARNING AND TEACHING
1.8 (2022): 591-594.
13.
qizi O‘razaliyeva, Sojida Tojiboy, and Dinola Nuraliyevna Ustayeva. "MAKTABGACHA
TA’LIM TASHKILOTLARDA SOG ‘LOM RAQOBATNI SHAKLLANTIRISH
INTELEKTUAL SALOHIYATINI OSHIRISH."
INTERNATIONAL СONFERENCE ON
LEARNING AND TEACHING
1.8 (2022): 577-580.
14.
qizi O‘razaliyeva, Sojida Tojiboy, and Ulbosin Baydulla qizi Atabekova.
"MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISH."
INTERNATIONAL
СONFERENCE
ON
LEARNING
AND
TEACHING
1.8 (2022): 556-559.
15.
Abdumutalovna, Abdurasulova Maqsadoy. "TA’LIM VA TARBIYANING BIR-BIRIDAN
FARQLOVCHI
HAMDA
BIRLASHTIRUVCHI
JIHATLARI."
TA'LIM
VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
2.1 (2022): 347-349.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
552
16.
Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF
PRIMARY CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.
17.
Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL EXERCISES
IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.
18.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
19.
Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE LEARNING
THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.
20.
Kazakov R. T. et al. MULTIMEDIA SYSTEMS AND DISTANCE LEARNING
TECHNIQUES IN SPORTS SOX //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9.
– С. 99-105.
21.
Казоқов Р. Т. и др. МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР
СПОРТИНИНГ ЎРНИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. –
Т. 2. – №. 9. – С. 5-11.
22.
Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ
ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
ЮЗАСИДАН ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИНГ НАТИЖАЛАРИ //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-115.
23.
Казоқов Р. Т. Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг масофавий
таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш //Замонавий
футболни ривожлантириш тенденциялари: муаммо ва ечимлари. – Т. 11. – №. 1.
24.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
25.
Казоқов Р. Т., Мирзабдиллаева А. И., Мирзабдиллаева Х. И. МАКТАБГАЧА
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-
МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 8. – С. 29-34.
26.
Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ
ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
ЮЗАСИДАН ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИНГ НАТИЖАЛАРИ //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-115.
27.
Kazoqov R. T., Djurabaev A. M. Kredit modul tizimi nima //Ta’limni raqamlashtirish
sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. – 2021. – Т. 4. – №.
4. – С. 198-206.
28.
Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА
ИНТЕРНЕТ
РЕСУРСЛАРИДАН
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
553
ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в современной
науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.
29.
Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА
ИНТЕРНЕТ
РЕСУРСЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в современной
науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.
30.
Казоқов Р. Т. и др. КАСБИЙ ФАНЛАРНИ ЎҚИТИШДА ИЛҒОР ПЕДАГОГИК
ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЗАРУРАТИ //GOLDEN
BRAIN. – 2024. – Т. 2. – №. 8. – С. 69-77.
31.
Казоқов Р. Т., Жўрақўзиев О. О., Эшпўлатов С. С. СПОРТ МУАССАСАЛАРИДА
ТАРБИЯВИЙ
ТАДБИРЛАРДА
МИЛЛИЙ-МАЪНАВИЙ
ҚАДРИЯТЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2.
– №. 13. – С. 238-248.
32.
Казоқов Р.Т., Бўриев Б.Ў., Абдиев Б.Ш., Джўрабаев А.М., Туропов А.Р.КУРАШ
МИЛЛИЙ
СПОРТ
ТУРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ
АСОСИЙ
ЙЎНАЛИШЛАРИ // МИЛЛИЙ КУРАШ ТУРЛАРИ ВА УЛАРНИНГ НАЗАРИЙ-
АМАЛИЙ МУАММОЛАРИ. - 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 161-163.
33.
Джўрабаев А. М., Казоқов Р. Т. Биомеханик таҳлиллар асосида енгил
атлетикачиларнинг функционал тайѐргарлигидаги корреляция алоқаларининг
таҳлили //Yoshlarni qo ‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga bag
‘ishlangan. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-208.
34.
Bektorov O. Y. et al. MONITORING THE KNOWLEDGE, SKILLS AND SKILLS OF
STUDENTS DURING THE TRAINING PROCESS //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 342-352.
35.
Kazoqov R. T., Bo'ronov A. B. SPORTDAGI DOLZARB YANGILIKLAR
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С. 47-
56.
36.
Казоқов Р. Т. и др. SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR
//TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR. – С. 1-237.
37.
Eshpo'latov S. S. METHODS AND PRINCIPLES OF IMPROVING TECHNICAL AND
TACTICAL SKILLS AND PHYSICAL TRAINING OF YOUNG VOLLEYBALL
PLAYERS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1296-1302.
38.
Kazoqov R. T., Eshpo'latov S. S. YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS ARE THE
PROCESSES OF ORGANIZING TRAINING SESSIONS //Modern Science and Research.
– 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1303-1310.
39.
Pirmatov O. Z., Kazakov R. T. ROLE AND PLACE OF SPORTS AND ACTIVE GAMES
IN THE GENERAL STRUCTURE OF EDUCATIONAL AND PRODUCTION
PRACTICE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 125-131.
40.
Kazakov R. T., Rasulov Q. Q. TRAINING IN INTERNATIONAL WRESTLING
TECHNIQUES AND TACTICS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. –
С. 180-186.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
554
41.
Axatov L. K., Burliyev U. K., Kazoqov R. T. AESTHETICS OF SPORTS SPECTACLE
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 19-28.
42.
Kazoqov R., Akmuradov M. PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF JUDO //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 481-488.
43.
Kazoqov R. T., Umaraliyeva F. T. DRAW A KINESICYCLOGRAM OF SHORT-
DISTANCE RUNNING AND BUILD A TIMELINE //Modern Science and Research. –
2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1201-1208.
44.
Kazoqov R. T. et al. IMPROVEMENT OF TECHNICAL TRAINING OF SHORT-
DISTANCE ATHLETES //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С.
1077-1084.
45.
Kazoqov R. T. et al. STARTING TECHNIQUE IN SHORT DISTANCE RUNNING
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1070-1076.
46.
Xalmuxamedov R. et al. ANALYSIS OF THE DEPENDENCE OF THE CONDITIONS OF
THE MIDDLE MOUNTAIN OF INDICATORS OF THE INTENSITY ZONES OF
TRAINING TRAINING LOADS OF QUALIFIED BOXER WOMEN //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 473-483.
47.
Shoyimardanov S. A., Bobomurodov A. E., Kazaqov R. T. FORMATION OF
PEDAGOGICAL SKILLS AND SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research.
– 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 425-434.
48.
Jumayev U. X. et al. ANALYSIS OF THE FINANCIAL POLICY OF THE RUSSIAN
EMPIRE IN OFFICIAL DOCUMENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. –
№. 12. – С. 1202-1209.
49.
Ziyamuxamedova S. A., Kazaqov R. T., Shukurova S. S. SOME BIOCHEMICAL BLOOD
RESEARCHES OF ROWERS DURING PREPRATION PERIOD AND CONTESTS
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 982-989.
50.
Raxmatov B. S. et al. SHORT DISTANCE RUNNING TECHNIQUE //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 990-1000.
51.
Yugay L. P. et al. RECOVERY OF THE BODY OF SHORT-DISTANCE RUNNING
ATHLETES DURING SPORTS TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. – Т.
3. – №. 1. – С. 365-371.
52.
Akbarov A. et al. ANTHROPOMETRIC-PHYSIOLOGICAL INDICATORS OF MIDDLE-
DISTANCE RUNNERS AND RECOVERY OF THEIR BODY DURING TRAINING
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 358-364.
53.
Kim D. et al. PEDAGOGICAL ANALYSIS OF THE PARTICIPATION OF STUDENT
ATHLETES IN THE SWEDISH TEAM AND THE SWEDISH TEAM IN THE
UZBEKISTAN CHAMPIONSHIP IN HEIGHT ATHLETICS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 346-353.
54.
Nurullayeva D. S. et al. ETHICAL PROBLEMS AND THEM IN THE FIELD OF NATURE
SOLUTIONS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 480-486.
55.
Kazaqov R. T., Djo'rabayev A. M. MEANS OF RECOVERY OF WORKING CAPACITY
OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №.
1. – С. 902-911.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
555
56.
Kazoqov R. T., Djo’rabayev A. M. DEVELOPMENT OF CYBER SPORTS IN
UZBEKISTAN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 893-901.
57.
Yaqubov F. M. et al. METHODOLOGY OF SELECTION OF 10-12-YEAR-OLD
PLAYERS AND ORGANIZATION OF TRAINING //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1271-1279.
58.
Казоқов Р. Т. ҚИСҚА МАСОФАГА ЮГУРУВЧИЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ ВА
МАХСУС
ЖИСМОНИЙ
ТАЙЁРГАРЛИК
КЎРСАТКИЧЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ //Fan-Sportga. – 2022. – №. 7. – С. 53-55.
59.
Djo'rabayev A. M., Kazoqov R. T. O'ZBEKISTONDA KIBERSPORTNI RIVOJLANISHI.
– 2024.
60.
Baltayeva I. T. et al. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL
TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 709-718.
61.
Baltayeva
I.
T.
et
al.
CREATING
AN
INFORMATION-EDUCATIONAL
ENVIRONMENT USING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION
TECHNOLOGIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 700-708.
62.
Пулатова М. Н., Казоқов Р. Т., Султанова Н. К. МАФКУРАВИЙ ТАҲДИДЛАР ВА
МИЛЛИЙ ТАРИХИЙ ТАФАККУР //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №.
12. – С. 130-138.