Authors

  • Sárbinaz Aymuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57974

Keywords:

talaba pedagogika yondashuv jarayon psixologiya.

Abstract

Bu maqolada talabalarning huquqıy savothonligi rivojlanishining pedagogikalik shartlari haqida sóz etilgen.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

568

TALAB ALARNING HUQ UQIY SAVOT HONLIGI RIVO JL ANISH INING

PEDAGOGIK ALIK SHARTL ARI

Aymuratova Sárbinaz Jeńisbaevna

Ajini yaz nomi dagi NDP I Magist ratura bo’limi «Bil iml endi ri w mekem el eri n

basqarıw» sohasi 2-kurs magistrantı.

https://doi .or g/ 10.5281/z enodo.14520560

A n n o t o c i y a .

B u

m a q o l a d a

talabalar ning

huquqıy

savothonligi

rivojlanishining pedagogikalik shartlari haqida sóz etilgen .

Kalit s ózlar: t alaba, pedagogi ka , yondashuv, jarayon, psixologiya.

PEDAGOGI CAL CONDITIONS FO R THE DE VELOPME NT OF

STUDE NTS' LEG AL LITERACY

Abstract . This arti cl e dis cusses the pedagogi cal conditi ons for the

development of s tudents' l egal lit eracy.

Keywords: student, pedagogy, approach, process, ps ychol ogy.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ РАЗВИТИЯ ПРАВОВОЙ

ГРАМОТНОСТИ СТУДЕНТОВ

Аннотация. В данной статье говорится о педагогических условиях

развития правовой грамотности студентов.

Ключевые слова: студент, педагогика, подход, процесс, психология.


Jamiyatning taraqqiyoti ko‘p jihatdan fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasiga

bog‘liq. Huquqiy bilimga ega bo‘lgan va qonunchilikka amal qiluvchi fuqarolar jamiyatning
barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Talabalar – bu jamiyatning intellektual qatlami bo‘lib,
kelajakda davlat boshqaruvi, huquqiy tizim va boshqa sohalarda yetakchi bo‘lish imkoniyatiga ega
shaxslardir. Shuning uchun ularning huquqiy savodxonligini oshirish davlat va ta’lim tizimi
oldidagi dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishishda pedagogikaning o‘ziga xos
tamoyillari va yondashuvlari muhim ahamiyatga ega.

Huquqiy savodxonlik — bu fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi,

qonunlarni tushunishi va ularga amal qilish qobiliyatidir.

Huquqiy savodxonlikning asosiy komponentlari:
Huquqiy bilim: Talabalar davlatning qonunchilik tizimi, huquqiy hujjatlar va qonunlar

haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak.Huquqiy madaniyat: Huquqiy me'yorlarga hurmat va ularga
amal qilish mas’uliyati.Amaliy ko‘nikma: O‘z huquqlarini himoya qilish va qonuniy asosda
masalalarni hal qilish qobiliyati.

Huquqiy savodxonlikning ahamiyati:
Talabalarda huquqiy ong va mas’uliyatni shakllantiradi; Jamiyatda qonuniylikni

ta’minlashga yordam beradi;

Fuqarolik jamiyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Talabalarning huquqiy savodxonligini rivojlantirishning zarurati. Zamonaviy jamiyatda

talabalar quyidagi sabablarga ko‘ra huquqiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak: Huquq va burchlarni
anglash: Talabalar davlat fuqarosi sifatida o‘z huquq va burchlarini to‘g‘ri tushunib, ularni himoya
qilishlari zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

569

Qonunbuzarliklarning oldini olish: Huquqiy bilimga ega talaba jinoyatchilik va boshqa

noqonuniy xatti-harakatlardan o‘zini himoya qiladi.

Faol fuqarolik pozitsiyasi: Talabalar jamiyat hayotida faol qatnashib, qonuniy

tashabbuslarni ilgari suradilar.

Globalizatsiya sharoitida raqobatbardoshlik: Xalqaro huquqiy me’yorlarni bilish

talabalarni xalqaro maydonda faol bo‘lishga undaydi.

Huquqiy savodxonlikni shakllantirish jarayoni tizimli va izchil yondashuvni talab qiladi.
Bunda pedagogik yondashuvlar asosiy o‘rin tutadi:
1. Nazariy ta’lim Huquqiy bilimlarni nazariy jihatdan o‘rgatish uchun:
O‘quv dasturlari va darsliklar: Maxsus huquqiy fanlar (“Huquqshunoslik asoslari”,

“Konstitutsiyaviy huquq”)ni kiritish. Ma’ruza va seminarlar: Talabalarga asosiy qonunlar,
huquqiy tushunchalar haqida ma’lumot berish. Interfaol metodlar: Muhokama, guruhiy ish va
keys-stadilar orqali bilimlarni chuqurlashtirish. 2. Amaliy mashg‘ulotlar Talabalar huquqiy
masalalarni amalda hal qilishni o‘rganishlari uchun: Sud majlislarida ishtirok: Talabalar sud
jarayonlarini kuzatib, huquqiy muammolarni amalda qanday hal etilishini o‘rganadilar.Rolli
o‘yinlar: Huquqiy holatlarni modellashtirish orqali muammolarni tahlil qilish.Huquqiy
maslahatlar: Advokatlar, prokurorlar va sudyalar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish.

3. Elektron va multimedia resurslariOnlayn platformalar: Elektron darsliklar, huquqiy

testlar va treninglar orqali talabalarni ta’lim jarayoniga jalb etish. Audiovizual vositalar: Huquqiy
mavzudagi filmlar, hujjatli filmlar va videoroliklar. Mobil ilovalar: Huquqiy axborot olish uchun
qulay dasturlar.

4. Mustaqil ish va tashabbus Talabalar o‘z huquqiy bilimlarini mustaqil ravishda

oshirishlari

uchun:Tadqiqot

ishlari: Huquqiy

mavzularda

maqolalar

va

hisobotlar

yozish.Ko‘ngillilik dasturlari: Huquqiy maslahatlar markazlarida faoliyat yuritish.

5. Talabalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish Huquqiy madaniyat talabaning o‘z

huquq va burchlariga ongli yondashishini, qonuniy xatti-harakatlarni ustuvor qo‘yishini talab
qiladi. Uni shakllantirishda quyidagilar muhim:

Axloqiy tarbiya: Talabalarga qonunlarni hurmat qilish va ularga rioya qilishni targ‘ib

qilish.Fuqarolik mas’uliyati: Talabalarning ijtimoiy muammolarni hal etishda qonuniy yo‘llarni
tanlashini rag‘batlantirish.Huquqiy targ‘ibot: Talabalar orasida huquqiy mavzularda davra
suhbatlari, seminarlar o‘tkazish.

6. Huquqiy savodxonlikni baholash va monitoring Talabalarning huquqiy bilim darajasini

aniqlash uchun: Testlar: Nazariy bilimlarni baholash.

Vaziyatli masalalar: Huquqiy holatlarni hal qilish orqali amaliy ko‘nikmalarni

baholash.So‘rovnomalar: Talabalarning huquqiy ong va munosabatlarini aniqlash.

Talabalarning huquqiy savodxonligini rivojlantirish nafaqat ularning shaxsiy

muvaffaqiyatiga, balki jamiyat barqarorligiga ham xizmat qiladi. Bu jarayon ta’lim-tarbiya
jarayonining asosiy qismi bo‘lib, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llashni talab qiladi.

Talabalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali ularda qonunlarga hurmat va

fuqarolik mas’uliyati rivojlanadi. Shu sababli, huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha kompleks
va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

570

Huquqiy ong—bu jamiyatda kishilarning huquq toʻgʻrisidagi qarashlaridir, chunkihuquqiy

normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar oʻrtasida turli ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Huquq normalari bilan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong, ya'ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq
normalarni bajarishligi katta ahamiyatga egadir.

Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongni boshqa ong shakllaridan falsafa, siyosat, din,

axloqan farq qiladi. Huqukiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli boʻlib hisoblanadi,
chunki huquqiy ong keng tushuncha boʻlib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni
turmushda qoʻllash, huquq toʻgʻrisida bilimlarning, ya'ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya
toʻgʻrisidagi murakkab ijtimoiy vaziflarni oʻz ichiga oladi. Huquqiy ong huquq bilan uzviy
ravishda borliq. Huquqiy ong va huquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida
namoyon boʻladi. — jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarni qabul qilishda
turli gʻoyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol oʻynaydi. — jamiyatda huquqiy
ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlar sud,
prokuratura, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor
shaxslarni huquqni toʻgʻri hayotda qoʻllash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solishda muhim axamiyatga ega.

— jamiyatda huquqiy ong amaldagi davlatning harakatda boʻlgan huquqiy normalarini

tartibga solishda, kodifikasiya qilishda muhim rol oʻynaydi. — jamiyatda huquqiy ong boshqa
ijtimoiy shakllaridan huquq, majburiyat, burch, huquqbuzarlik va qoʻllaniladigan jazo choralari
bilan farq qiladi. Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarini qabul qilish, huquqiy
tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qoʻllashda ular
bilan kishilar oʻrtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda katta ahamiyatga ega.

Chunki davlat miqyosida har qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan

oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan oʻrganib chiqiladi. Shuning uchun xukuqshunoslar
qanchalik siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq normalari shunchalik
mustaqkam boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka erishgandan soʻng, fuqarolarning
huquqiy ongligi natijasida huquqshunos mutaxassis olimlarning ishlashi natijasida bozor
iqtisodiyotining iqtisodiy huquqiy asosini yaratuvchi koʻpgina qonunlar qabul qilindi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi asosida bir qancha Oʻzbekiston

Respublikasining fuqarolik, jinoyat, meqnat, ma'muriy na boshqa kodekslari qabul qilindi.

Huquqiy ong huquq tugʻrisidagi kishilarning qarashlarini oʻrgatar ekan, u oʻzining

tuzilishiga egadir, ya'ni mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat. Huquqiy mafkura deganda,
jamiyatdagi turli sinflarning tabaqa, millat va elatlarning huquq toʻgʻrisidagi qarashlari
tushuniladi.

Jamiyatda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitusiya va boshqa qonunlar,

huquqiy normalar jamiyatdagi hukmron sinf, millat va elat manfaati nuqtai nazaridan qabul
qilinadi. Huquqiy mafkura har bir davlatda tashqari, huquqshunoslik fanlarni ham oʻz ichiga oladi.

Huquqiy psixologiya deb jamiyatda har bir kishining toʻgʻrisida qarashlari, bilimlari

tushuniladi. Psixologiyaning paydo boʻlishida va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy
guruhlar va kishilar qatnashadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

571

Mana shuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir — biri bilan oʻzaro

aloqadordir.

Huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya ijtimoiy hodisalarning juda murakkab shakli

boʻlgan mohiyatini ochib beradi. Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, normalarni qabul
qilishda huquqiy mafkura asosiy qal qiluvchi rol oʻynaydi. Chunki huquqiy mafkura jamiyatdagi
huquqiy ustqurmaning mavjudligini, talabga javob berishini, normalarning kishilar oʻrtasidagi
turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustaqkamlashga va rivojlantirishga katta yordam
beradi. Huquqiy psixologiya huquqiy mafkuraning ta'minlab turuvchi asosiy ozuqadir. Chunki
huquqiy psixologiya toʻgʻrisida alohida shaxslarni va jamoatchilikning ongidan tashkil topgan.

Jamoatchilik huquqiy ongi shaxsi fuqarolarning huquqiy ongidan iborat.
2. Huquqiy ongni rivojlantirishda huquqiy madaniyat va huquqiy ong tarbiyaning roli.
Huquqiy madaniyat kishilarning toʻgʻrisidagi bilimga qonunga boʻlgan hurmati

normalarning bajarishi, ularga amal qilmaganda huquqbuzarliklar sodir qilinsa, tegishli jazo
choralari olishiga aytiladi. Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat,
mansabdor shaxslar va fuqarolarning madaniyatini oshirishni talab qiladi.

Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi — bu huquqiy madaniyatdir.

Oʻzbekistonda bozor iqtisodiga oʻtish uchun turli demokratik islohotlarni oʻtkazishni talab qiladi.

Bu esa fuqarolarning ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni talab qiladi, huquqiy

madaniyat bu umuminsoniy madaniyatning bir qismi boʻlib hisoblanadi. Huquqiy madaniyatda
kishilar qanchalik madaniyatli boʻlsa, shunchalik huquq normalari qonunlarni bilsa, yuridik
adabiyotlarni bilib ularga amal shunchalik huquq buzilishi kam boʻladi.

REFERENCES

1.

Мирзиёeв

Ш.М.

Эркин

вa

фaрoвoн,

дeмoкрaтик

Ўзбeкиcтoн

дaвлaтини

биргaликдa

бaрпo

этaмиз.

Т:

”Ўзбeкиcтoн”.

2016.

2.

Мирзиёeв

Ш.М.

Қoнун

уcтувoрлиги

вa

инcoн

мaнфaaтлaрини

тaъминлaш

юрт

тaрaққиёти

вa

хaлқ

фaрoвoнлигининг

гaрoви.

–Т,

”Ўзбeкиcтoн”,

2017.

3.

Тaджихaнoв

У,

Caидoв

A.

Хуқуқий

мaдaният

нaзaрияcи.

1-тoм.

Ўз.

Рec.

ИИВ

Aкaд.

–Т.:

1998.

4.

Гузнoв

A.Г,

Прaвo

кaк

явлeниe

кулътуры:

Диc.

...кaнд.

юрид.

нaук.

МГУ

им.

М.В.

Лoмoнocoвa.

-

М.:

1994.

5.

Холмўминов Қ. Давлат ва ҳуқуқ назарияси, ўқув қўлланма. Т,2000. Бобоев Ҳ.Б.,
Одиловқориев Ҳ.Т. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик, Т, 2000


References

Мирзиёeв Ш.М. Эркин вa фaрoвoн, дeмoкрaтик Ўзбeкиcтoн дaвлaтини биргaликдa бaрпo этaмиз. – Т: ”Ўзбeкиcтoн”. 2016.

Мирзиёeв Ш.М. Қoнун уcтувoрлиги вa инcoн мaнфaaтлaрини тaъминлaш – юрт тaрaққиёти вa хaлқ фaрoвoнлигининг гaрoви. –Т, ”Ўзбeкиcтoн”, 2017.

Тaджихaнoв У, Caидoв A. Хуқуқий мaдaният нaзaрияcи. 1-тoм. Ўз. Рec. ИИВ Aкaд. –Т.: 1998.

Гузнoв A.Г, Прaвo кaк явлeниe кулътуры: Диc. ...кaнд. юрид. нaук. МГУ им. М.В. Лoмoнocoвa. - М.: 1994.

Холмўминов Қ. Давлат ва ҳуқуқ назарияси, ўқув қўлланма. Т,2000. Бобоев Ҳ.Б., Одиловқориев Ҳ.Т. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик, Т, 2000