Authors

  • Mamura Ermatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58005

Keywords:

metod maktab texnologiya dars oʻqituvchi oʻquvchi sinf guruh taʼlim tarbiya amaliy oʻqitish shakli pedagogik texnologiya individual instruktaj bilim oʻquv malaka.

Abstract

Maqolada maktab texnologiya taʼlimida amaliy darslarni oʻqitish metodlaridan samarali foydalanib oʻquvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning mazmun-mohiyati yoritilgan.

background image


Dekabr, 2024-Yil

885

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA OʻQITISH METODLARIDAN SAMARALI

FOYDALANISH

Ermatova Mamura Beknazarovna

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani 86-umumiy o'rta ta'lim maktabi

texnalogiya fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14532005

Annotatsiya

. Maqolada maktab texnologiya taʼlimida amaliy darslarni oʻqitish

metodlaridan samarali foydalanib oʻquvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning

mazmun-mohiyati yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

metod, maktab, texnologiya, dars, oʻqituvchi, oʻquvchi, sinf, guruh, taʼlim,

tarbiya, amaliy, oʻqitish shakli, pedagogik texnologiya, individual, instruktaj, bilim, oʻquv,

malaka.

Аннотация

. В статье раскрыта сущность формирования творческих

способностей учащихся путем эффективного использования методов преподавания

практических занятий в школьном технологическом образовании.

Ключевые слова:

метод, школа, технология, урок, учитель, ученик, класс, группа,

образование, воспитание, практика, форма обучения, педагогическая технология,

личность, обучение, знания, обучение, квалификация.

Abstract

. The article discusses the essence of the formation of students' creative abilities

through the effective use of teaching methods for practical lessons in school technology education.

Keywords

: method, school, technology, lesson, teacher, student, class, group, education,

upbringing, practical, form of teaching, pedagogical technology, individual, instruction,

knowledge, training, qualification.

Bugungi kunda yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar

yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek, mamlakatimiz kelajagi

hisoblangan yoshlarning Vatanimiz ravnaqi yo‘lida har taraflama yetuk shaxs sifatida rivojlanishi,

ularning raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi uchun xizmat qilib kelmoqda. XXI asr fan

texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrda har bir sohaga xorijiy tajribalar, yangi loyihalar kirib

kelayotgani mamlakatimiz rivoji va ta’lim sohasida oʻzgarishlar sodir boʻlishiga olib kelmoqda.

Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar xalqimizning boy madaniy merosi, tarixiy

anʼanalarini toʻliqligicha saqlab qolish, hunarmandchilikni keng targʻib qilish maqsadida 2017-

yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni va texnologiyalarni


background image


Dekabr, 2024-Yil

886

rivojlantirish toʻgʻrisidagi” farmoni Davlat Taʼlim Standartlariga toʻlaligicha mos kelgan holatda

uning sifatini oshirish uchun xizmat qilib kelmoqda.

1

Taʼlim-tarbiya ishlarini samarali amalga oshirish va bunda oʻquvchilarning faolligini

oshirish koʻp jihatdan qaysi oʻqitish shakli va unga mos keluvchi oʻqitish metodini toʻgʻri

tanlashga hamda qoʻllashga bogʻliqdir. Oʻqitish shakli deganda muayyan mashgʻulot (dars)da

koʻzda tutilgan maqsadga erishish uchun oʻqituvchi yoki oʻquv ustasi rahbarligida

oʻquvchilarning oʻquv materialini ongli ravishda puxta oʻzlashtirishiga qaratilgan oʻquv-tarbiya

faoliyati tushuniladi. Oʻquvchilarning oʻquv ustaxonasidagi oʻquv-ishlab chiqarish ishlarining

asosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashgʻulotdir[2].

Oʻquv-ishlab chiqarish ishi sifatidagi dars (mashgʻulot)ning asosiy belgilariga quyidagilar

kiradi: a) oʻquvchilar tarkibining doimiyligi; b) ularning bilimi (tayyorgarlik darajasi) taxminan

bir xil saviyada boʻlishi; v) mashgʻulotni qatʼiy jadval asosida belgilangan maʼlum vaqt davom

etishi; g) oʻqituvchi yoki oʻquv (ishlab chiqarish taʼlimi) ustasining bevosita rahbarligi; d) uning

xilma-xil oʻqitish metodlaridan foydalanishi; ye) darsni frontal (yoppa, umumiy), zveno (guruh-

guruh) va individual (yakka-yakka) koʻrinishda olib borish imkoniga ega boʻlishi. Demak dars

oʻqitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi va ishlab chiqarish taʼlimi va boshqa fanlar darslarini

navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, oʻquvchilarning yuqori unumdorlik bilan oʻqishini

hamda dam olishini taʼminlashga imkon beradi. Ayni fan va hamma darslarni toʻgʻri va uygʻun

tashkil etgandagina darsning mazmuni va toʻla maqsadga muvofiq ochilishi mumkin. Bundan

tashqari, ishlab chiqarish taʼlimi maqsadlari va vazifalariga muvofiq ravishda quyidagiga

oʻxshash har xil dars turlarini qoʻllash mumkin:

1. Kombinatsiyali (oʻqitish jarayonining hamma zvenolarini oʻz ichiga olgan) mashgʻulot.

2. Operatsiyalarni oʻzlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish-mehnat priyomlarini

oʻrganishga) bagʻishlangan dars.

3. Kompleks ishlarni bajarshpga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan ilgari

oʻrganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga) bagʻishlangan dars.

4. Nazorat (tekshirish, sinov) topshiriqlari va malaka olishga bagʻishlangan dars (chorak

oxirida, yarim yillik, oʻquv davrida).

1

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 -февралдаги ПФ-4947- сонли «Ўзбекистон

Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 йил, 6-сон, 70-модда.


background image


Dekabr, 2024-Yil

887

Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish taʼlimi asosan oʻquv ustaxonasida tashkil etilishini

eʼtiborga olib, shuni ham taʼkidlashimiz kerakki, oʻquvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga

qarab (bir tipli yoki turli tipli ishlarning bajarilishiga qarab) darsni tashkil etish shakli ham

tanlanadi (masalan, ishni – darsni frontal – butun sinf uchun; zveno; yakka va aralash tashkil

etish). Masalan, oʻquvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan boʻlsa (bolgʻa tayyorlash, kalit

yasash va h.k). darsning frontal shaklni qoʻllash mumkin[12]. Bu holda oʻqituvchi

oʻquvchilarning hammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va hamma oʻquvchilarga nisbatan

qoʻyiladigan umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash texnologiyasining toʻgʻri bajarilishini

kuzatib boradi. Oʻquvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga

yaqin, lekin xarakteri, yaʼni konstruksiyasi boshqa-boshqa boʻlgan hollarda darsni guruhli shaklda

tashkil etish maʼqul, masalan, tikuv mashinasi yoki tokarlik stanoginining tuzilishini oʻrganishda

oʻqituvchi ishni qismlarga ajratadi (uzatishlar qutisi, tezliklar qutisi, keyingi papka va shunga

oʻxshash) va har bir qismni oʻrganishni 2-3 kishilik guruhga topshiradi. Ularga oid hamma

umumiy maʼlumotlarni oʻqituvchi frontal instruktaj tarzida oʻquvchilarga aytib beradi, har bir

qismning oʻziga xos maʼlumotlarini esa har bir zvenoning oʻziga aytadi. Oʻqitishning bu shaklidan

foydalanganda oʻqituvchining ish hajmi, ayniqsa joriy instruktajda, frontal shakldagidan koʻra

ancha ortadi. Bundagi xilma-xil ishlar sonining koʻp boʻlishi (stanokning turli qismlari)

oʻquvchilarda politexnik bilimlar doirasini ham kengaytiradi.

Individual (yakka) oʻqitish shaklini sinfdagi koʻpchilik oʻquvchilar konstruksiyasi har

xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin boʻlgan ishlarni bajarganlarida qoʻllash mumkin. Bu xil ishlar,

masalan: oʻquv ustaxonasi uchun xilma-xil mayda buyurtmalardan yoki dona hisobi uncha katta

boʻlmagan turli-tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) boʻlishi mumkin.

Bunday hollarda oʻqituvchi tayyorlanishi kerak boʻlgan buyumlarning tayyorlanish

texnologiyasini tahlil qilib chiqib, oʻquvchilarga frontal instruktaj tarzida umumiy belgilarni

(maʼlumotlarni) va yakka shaklni qoʻllaganda aytiladigan maʼlumotlarni oldindan ajratib qoʻyadi.

Bunda individual tarzda aytiladigan maʼlumotlar koʻproq boʻladi. Koʻramizki, darsni individual

shakl asosida tashkil etganda, oʻqituvchi koʻproq tayyorgarlik koʻrishiga toʻgʻri keladi. Bunda

darsning individual shakli va individual instruktajdan iborat ikkita tushunchani bir-biridan farq

qilish zarur. Individual instruktajni har qanday shaklda tashkil etilgan darsda qoʻllash mumkin,

lekin bu ishning hajmi frontal dars shaklida kamroq, individual shakldagi darsda esa koʻproq

boʻladi. Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida koʻrsatib oʻtilgan uchala dars shakllarining

elementlaridan tarkib topadi. Shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, dastur materialining mazmuniga,

ixtisoslik xarakteriga va boshqa omillarga qarab, ishlab chiqarish taʼlimida boshqa tashkiliy


background image


Dekabr, 2024-Yil

888

shakllarni ham qoʻllash mumkin. Masalan, maktabda oʻqitishning ishlab chiqarish sharoitiga mos

keluvchi dars shaklini qoʻllash mumkin boʻlmagan hollarda oʻquvchilar brigadasi shaklidagi

oʻqitish shaklini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi taʼlimni koʻpincha koʻmir koni

shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, kimyogarlar va qishloq xoʻjaligiga tegishli koʻpgina

ixtisoslik ishchilarini tayyorlashda qoʻllash mumkin. Bunday sharoitlarda ishlab chiqarish

oʻqituvchilari odatda oʻquvchilarni alohida oʻquvchilar brigadalariga ajratadilar, bu

brigadalarning har biri muayyan oʻquv-ishlab chiqarish topshirigʻini bajaradi. Shu bilan birga bu

topshiriqlarning oʻquv maqsadi va mazmuni bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, bir

brigada marten pechiga xizmat qilishga oʻrgansa, ikkinchisi gaz generatorlariga xizmat qilishni,

uchinchisi esa kontrol-oʻlchash asboblarini kuzatishni va hokazo oʻrganishi mumkin. Bunday

hollarda oʻqituvchi oʻquv brigadalarini oʻrganiladigan zonalar chegarasida almashtirib turish

grafigini tuzishi kerak, toki har bir brigada, masalan, metallurgiya butun bir kompleksiga xizmat

qilishdagi hamma ish usullari (priyomlari)ni bilib, oʻrganib oladigan boʻlsin.

Oʻquvchilarni korxona sharoitida oʻrgatishning yana bir shakli – ularni ishchilar

brigadasiga qoʻshib oʻqitishdir. Bu shaklni, masalan, slesar-remontchi, yigʻuvchi santexnik,

montajchilar, shuningdek, qurilish ixtisosliklari kabi ixtisoslarda qoʻllash maqsadga muvofiqdir.

Bu shakl asosida oʻquvchilarga ishlab chiqarish taʼlimi berish shundan iboratki, yuqorida aytib

oʻtilgan ixtisoslarga doir ishlab chiqarish brigadalariga umumsleserlikka yoki boshqa biron

tayyorgarligi boʻlgan bir yoki bir necha oʻquvchi biriktiriladi. Bunda texnologiya oʻqituvchisining

vazifasi davriy ravishda joriy instruktaj oʻtkazib borish, kundalik topshiriqning xarakteri va

hajmini aniqlab turishi, beriladigan topshiriq mavzusiga tegishli kirish instruktaji va ish natijasiga

bagʻishlangan yakuniy instruktaj oʻtkazishdan iborat boʻladi. Lekin oʻquvchilar turli obʼektlarga

tarqatilgan boʻlishi tufayli oʻqituvchi har bir oʻquvchiga topshiriq berish va undan ishni qabul qilib

olish imkonidan mahrum boʻladi. Shu tufayli bu holda oʻquvchilarni oʻqitish (oʻrgatish) vazifasi

qisman ishchilar brigadasi aʼzolariga yoki brigadirning oʻziga topshiriladi. Ishchilar brigadasida

ishlovchi oʻquvchilarga ish haqi ularning ancha past malakasini va sarf qilgan mehnatini hisobga

olib hisoblanadi. Oʻquvchilar ishchilar brigadasida baʼzan oʻqilgan (oʻrganilgan) dasturni tizimli

ravishda bajarish tamoyili buziladi. Chunki texnologiya oʻqituvchisi ishchilar bajaradigan ish

turini (bu ish turi dasturning ayni davrida oʻrganiladigan ishga mos kelmagan taqdirda ham)

oʻzgartira olmaydi. Lekin oʻquvchilarni ish bilan doim taʼmin etilib turilishi, ilgʻor texnologiya

va ilgʻor mehnat usullaridan foydalanish imkoniga ega boʻlishi, ishchilar jamoasi sharoitida

mehnatda chiniqishi kabilar bu kamchiliklarni qisman boʻlsa-da qoplaydi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

889

Texnologiya fanini oʻqitish shaklining yana bir turi oʻquvchilarni malakali ishchilarga

biriktirishdan iborat boʻlib, bunda oʻqitish asosiy ishdan ozod qilinmagan instruktor yoki usta

tomonidan amalga oshiriladi. Bir instruktorga bir vaqtning oʻzida ikkitadan ortiq oʻquvchi

biriktirilmaydi. Oʻqitishning bu shaklining ijobiy tomoni shundan iboratki, bu usul bilan bevosita

ilgʻor texnika-texnologiya bilan taʼminlangan ishlab chiqarish sexlarida istalgan hunar boʻyicha

yangi ishchilar tayyorlash mumkin. Bunda instruktor uchun oʻquvchilarning tayyorgarlik

darajasini va ulardagi sifatlarni eʼtiborga olib turib, eng samarador oʻqitish usullarini qoʻllashga

imkon boʻladi. Biroq bunda oʻzining asosiy ishi bilan ham shugʻullanishga majbur boʻlgan

instruktor oʻziga biriktirilgan oʻquvchilarga yetarli eʼtibor bera olmay qolishi, ishlab chiqarish

taʼlimini borishini har kuni nazorat qila olmasligi ham mumkin.

Texnologiya oʻqitishning maxsus shakli – oʻquvchilarning shtatli ish oʻrinlarida (isteʼmol

mahsuloti ishlanadigan ish oʻrinlarida) oʻtkazadigan amaliyotidir. Bu shakl taʼlimning oxirgi

oylarida, korxona sharoitida oʻtkaziladi. Bu shaklda oʻqitishda har bir oʻquvchi shtatli joyda

ishlab, mahsulotga korxona tomonidan qanday talablar qoʻyiladigan boʻlsa, oʻsha talablarga toʻla

amal qilib buyum tayyorlaydi. Bu holda oʻquvchi buyum ishlab chiqarishda vaqt meʼyorini

bajarishga ham majbur boʻladi.

Oʻquvchi tayyorlagan mahsulotni korxonaning texnik nazorat boʻlimi xodimlari qabul qilib

oladi. Oʻquv-ishlab chiqarish faoliyatini shu xilda tashkil etish oʻquvchilarni ayni ixtisoslik

ishchilari ishlaydigan sharoitda mehnat qilishga odatlantiradi. Oʻqituvchi oʻqitish shakllarini va

metodlarini ayni ish oʻrniga qoʻyiladigan talablarga moslashtirib tanlashi shart. Agar ayni ish

oʻrnida texnologiya dasturi toʻla bajarilmaydigan boʻlsa, oʻqituvchi oldindan tuzib qoʻyilgan

grafik asosida oʻquvchini boshqa ish oʻrniga koʻchirishi shart. Nihoyat, sinfdan tashqari

mashgʻulotlarni uyushtirishning soʻnggi shakli texnik ijodkorlik toʻgaraklaridir. Sinfdan tashqari

mashgʻulotlarning tashkiliy shakllarini oʻrganishga kirishishdan avval ishdagi bu bosqichning

oʻquvchilar mahoratini oʻstirishdagi ahamiyatini aniqlab olish kerak. Gap shundaki,

oʻquvchilarning darslarda oladigan bilim, oʻquv va malakalari faqat dasturda belgilangan

minimumdan iborat boʻladi. Holbuki, koʻpchilik oʻquvchilar zamonaviy texnikaga qiziqadilar.

Shu sababli ularni turli texnika toʻgaraklarida qatnashuvlari texnikaga doir bilimlarini oʻz qiziqish

va qobiliyatlariga muvofiq ravishda rivojlantirishga imkon beradi. Umuman olganda har bir

oʻqitish shaklining oʻziga xos afzallik va kamchilik tomonlari mavjud boʻlib, oʻqitish jarayonida

ularni hisobga olishga toʻgʻri keladi. Taʼlim jarayonida metodlarni toʻgʻri tanlash ham muhim

masaladir. Oʻqitish metodi, dastavval, oʻqitishdan koʻzda tutilgan maqsad va vazifalar bilan

oʻquvchilarning bilimlarini, oʻquv va malakalarini ongli va puxta oʻzlashtirish, ularda ijodiy


background image


Dekabr, 2024-Yil

890

faollik va mustaqillikni oʻstirishi, vazifalar bilan belgilanadi. Texnologiya fani darslarini tashkil

etishga nisbatan qoʻyiladigan muhim talablardan biri metodlarning xilma-xilligi va ularning

muayyan maqsadga xizmat etishidir. Taʼlim jarayonida ogʻzaki, yozma va amaliy metodlar koʻp

qoʻllaniladi. Ogʻzaki metodlar barcha taʼlim muassasalarida umumiy va eng koʻp tarqalgan

metoddir. Bu metod mantiqiy metod deb ham yuritiladi va hikoya, suhbat, tushuntirish, maʼruza

koʻrinishlarida amalga oshiriladi. Bunda oʻquv materialini ogʻzaki bayon etilishi oʻquvchilarga

bilimlarni yetkazishga xizmat qilishi bilan birga ularda ayni yoʻnalishga qiziqish ham uygʻotadi.

Yozma va amaliy metodlar yordamida esa oʻquvchilar egallagan nazariy maʼlumotlar

mustahkamlanadi.

Oʻqitish ishlarining samaradorligi qanday metodlarni qoʻllashga ham bogʻliqdir. Avvalo

metod tushunchasining kengroq maʼnosi bilan, yaʼni uning usul va mashgʻulotlar majmuidan

iboratligi bilan tanishib chiqamiz. Oʻqituvchi bu usul va mashgʻulotlar vositasida oʻquvchilarga

maʼlum maqsadga qaratilgan bilimlar beradi, ulardan zarur oʻquv va malakalarni shakllantiradi,

ularni mustahkamlaydi, oʻzlashtirish darajasini tekshiradi, oʻquvchilar esa bu oʻquv va

malakalarni faol va ongli ravishda oʻzlashtiradi, mohirlikni egallaydi[3].

Tadqiqotchi pedagoglar tomonidan oʻqitish metodlari turlicha tasniflangan va taʼriflangan.

Eng koʻp qoʻllaniladigan va maʼqul tasnif quyidagicha: ogʻzaki metodlar, yozma metodlar, amaliy

metodlar, evristik metodlar (1-rasm).

1-rasm. Oʻqitish metodlarining eng koʻp qoʻllaniladigan turlari.

Hikoya qilib berish

– oʻquv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilish usulidir. Hikoya

nazorat qilish va oʻquvchilarning galdagi ishlariga bogʻlangan boʻlishi shart. Hikoyani dars


background image


Dekabr, 2024-Yil

891

mavzusini qisqacha umumlashtirib tamomlash kerak. Jonli soʻzdan har qanday metodda ham

foydalaniladi, jonli soʻz yordamida mehnat priyomlari, koʻrgazma, qoʻllanmalar izohlab

koʻrsatiladi. Oʻqituvchining soʻzi – oʻqitishdagi faollikni taʼminlashi uchun, xatolarning oldini

olish uchun, ayni shu ish texnologiyasini bajarishda oʻquvchiga yordam berishi uchun, jihozni

boshqarish vositalarining tuzilishi, boshqarish priyomlarini oʻzgartirish uchun zarurdir.

Oʻquv materialini tushuntirish orqali

ogʻzaki bayon etish

– asosiy materialni izchillik

bilan bayon qilib berishdir. Bunda faktlarni tahlil qilish va isbotlash katta oʻrin oladi. Oʻqituvchi

oʻzining bayonida oʻz yozmalaridan, hisoblashlaridan foydalanadi, bunda galdagi ishning

mazmun-mohiyati

oydinlashtiriladi. Oʻquv materiallarini bayon qilishda oʻqituvchi

oʻquvchilarning nazariy bilimlari saviyasiga, ularning ishlab chiqarish taʼlimi jarayonida qoʻlga

kiritilgan tajribalariga tayanishi lozim.

Suhbat

– bunda oʻquvchilar oʻqituvchining savoliga javob beradi yoki savolning

mazmuniga muvofiq, soʻzga chiqadilar. Suhbatdan oʻrganiladigan material toʻgʻrisida

oʻquvchilarga maʼlum hajmda bilim boʻlgan xollarda foydalaniladi. Suhbat oxirida oʻqituvchi

oʻquvchilarning javoblarini umumlashtiradi. Suhbat oʻqitishning qulay va samarali metodlaridan

biri boʻlib, texnologiyada oʻquvchilarning aqliy faoliyatini va diqqatini rivojlantiradi. Suhbat

oldindan tuzib olingan reja asosida muayyan masalalarni muhokama qilish, oʻqituvchi bergan

savollarga oʻquvchilarning javob berishlari tarzida olib borilishi mumkin. Oʻquvchilarda ayni

mavzuga doir birmuncha bilim va tasavvurlari boʻlgan taqdirdagina suhbat usuli samarali boʻlishi

mumkin. Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi koʻp xollarda oʻqituvchining oʻquvchilarga toʻgʻri

savol qoʻya bilishiga bogʻliq. Suhbatni shunday olib borish kerakki u belgilangan taʼlim-tarbiya

vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam etadigan boʻlsin. Suhbat aniq belgilangan

maqsadga qaratilgan boʻlsin.

Koʻrgazmali metod

– shaxsan mehnat priyomlarini koʻrsatish, jihozlarni, koʻrgazma

qurollarni, oʻquv kino, videofilmlarni, diafilm, slayd va hokazolarni namoyish qilish demakdir.

Koʻrgazmali metodlarga, shuningdek, ishlab chiqarishga ekskursiya oʻtkazish, mehnat

priyomlarini koʻrsatib berish kabilarni ham kiritish mumkin.

Ekskursiya

– koʻrgazmali oʻqitish boʻlib, bunda oʻquvchilar buyumlarni, texnologik

hodisa va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etishni ishlab chiqarish sharoitida oʻrganadilar.

Mehnat talimi oʻqituvchisi ekskursiya oʻtkazish rejasini oldindan tuzib qoʻyishi, eng xarakterli

obʼektlarni belgilab ular bilan mukammal tanishib chiqishi kerak. Korxonalarga zamonaviy

jihozlar va texnologik jarayonlar bilan tanishish maqsadida qilinadigan ekskursiyalarda jihozni


background image


Dekabr, 2024-Yil

892

boshqarish priyomlarini, ilgʻor ish metodlarini, shu oʻrinda mehnatni tashkil etish kabilarni

koʻrsatish katta ahamiyatiga ega (2-ilovaga qarang).

Har xil koʻrgazmali qurollarni va mehnat priyomlarni koʻrsatish metodi texnologiyada

muhim oʻrin tutadi. Bunda tayyorgarlik koʻrish bosqichi va namoyishga nisbatan talablarga

alohida eʼtibor berishi kerak boʻladi. Tajribaning koʻrsatishicha, koʻrgazmalilik haddan oshib

ketsa bu hol oʻquvchilarning oʻrganilayotgan hodisa mohiyatini aniqlashdan chetlashishiga sabab

boʻlar ekan. Shunga qaramay, bitta buyumga tegishli koʻrgazmali qurollar uning turli tomonlarini

oydinlashtirishga xizmat qilgani taqdirida ular sonining koʻproq boʻlishidan xavfsiramasa ham

boʻladi.

Odatda koʻrgazmali qurollar dars boshlanmasdan koʻrsatib qoʻyilmaydi. Oʻquvchilarning

vaqtdan ilgari koʻrgazma qurollar bilan (chala) qiziqishi, bu qurollarga jiddiy qiziqish havasini

susaytirib qoʻyishi mumkin. Koʻrgazma materialining mazmunini ochishga mumkin qadar

oʻquvchilarning oʻzlarini ham jalb qilishlari zarur. Bu esa oʻquvchilarda kuzatuvchanlik va bilib

olish xislatlarini tarbiyalash choralaridan biridir. Texnologiyada mehnat priyomlarini koʻrsatish

masalasi alohida oʻrin tutadi. Bu oʻqitishning asosiy koʻrgazma materiallaridan biridir. Bundan

tashqari texnologiya oʻqituvchisi mehnat priyomlarini va jarayonlarini koʻrsata bilishi uchun,

yuksak professional malakali boʻlishnigina emas, balki yetarli darajada pedagogik tajribaga ega

boʻlishi ham talab etadi. Shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, namoyish qilinadigan mehnat

priyomlari va jarayonlari barcha oʻquvchilarga koʻrinadigan boʻlishi shart. Oʻquvchilar ayni ish

priyomlarini shakllantirish uchun qanday harakatlarni va qay tartibda ishlatish kerakligini yaxshi

fahmlab olishlari zarur.

Texnologiya mashgʻulotlarida oʻquvchilarda zarur mehnat koʻnikmalari va malakalarni

shakllantirishda amaliy metodlar yetakchi oʻrinda turadi. Amaliy metodlarga: amaliy

mashgʻulotlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, laboratoriya-amaliy ishlari, texnikaga oid

maʼlumotnoma, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash kabilar kiradi.

Xulosa qilib shuni alohida taʼkidlash kerakki, umumtaʼlim maktablarida boshqa fanlardan

farqli ravishda texnologiya fani mashgʻulotlarida oʻquvchilarning faolligini oshirish orqali ularda

ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishda katta imkoniyatlar mavjud.

Chunki texnologiya fani mashgʻulotlarida nazariy taʼlim amaliy taʼlim bilan uzviy bogʻlab

olib boriladi. Bu oʻquvchilarning mustaqil ishlashini, imkoniyat darajasida oʻz qobiliyatini

namoyon etishni taʼminlaydi. Oʻquvchilar mashgʻulotlar davomida oʻzlari yaratgan buyumlarni

koʻrib quvonadi, yonidagi oʻrtoqlari yasagan buyumlar bilan taqqoslaydi, yutugʻidan

magʻrurlanadi, kamchiligi boʻlsa toʻgʻrilaydi. Bu esa oʻquvchilarni mustaqil shaxs boʻlib kamolga


background image


Dekabr, 2024-Yil

893

yetishishlaridagi ilk qadamlari boʻladi. Bunday ishlarni tashkil etishda oʻqituvchining mahorati,

xususan, mashgʻulot koʻrinishiga qarib oʻqitish shakllari va metodlarini tanlashi va qoʻllashi

muhim ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 -февралдаги ПФ-4947- сонли

«Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар

стратегияси тўғрисида»ги Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари

тўплами, 2017 йил, 6-сон, 70-модда.

2.

Очилов М. Янги педагогик технологиялар. Қарши: Насаф, 2000.-118 б.

3.

Sharipov Sh.S. va b. Техnologiya: Darslik, 7-s. T.: Sharq, 2017. – 240 b.

4.

Голиш Л.В. Таълимнинг фаол усуллари: мазмуни, танлаш ва амалга ошириш.

Методик қўлланма. Т.: ЎМКҲТРИ, 2001. – 128 б.

5.

Давлатов К., Воробьев А.И., Каримов И. Меҳнат ва касб таълими назарияси ҳамда

методикаси: Педагогика институти талабалари учун қўлланма. Т.: Ўқитувчи, 1992. –

320 б.

6.

Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари. Т.: Ўқитувчи, 2004.

– 236 б.

7.

Мирсаидов К.Ж. Махсус фанларни ўқитиш ва ишлаб чиқариш таълими методикаси:

методик қўлланма. Т.: Ўқитувчи, 1996. – 176 б.

References

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 -февралдаги ПФ-4947- сонли «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 йил, 6-сон, 70-модда.

Очилов М. Янги педагогик технологиялар. Қарши: Насаф, 2000.-118 б.

Sharipov Sh.S. va b. Техnologiya: Darslik, 7-s. T.: Sharq, 2017. – 240 b.

Голиш Л.В. Таълимнинг фаол усуллари: мазмуни, танлаш ва амалга ошириш. Методик қўлланма. Т.: ЎМКҲТРИ, 2001. – 128 б.

Давлатов К., Воробьев А.И., Каримов И. Меҳнат ва касб таълими назарияси ҳамда методикаси: Педагогика институти талабалари учун қўлланма. Т.: Ўқитувчи, 1992. – 320 б.

Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари. Т.: Ўқитувчи, 2004. – 236 б.

Мирсаидов К.Ж. Махсус фанларни ўқитиш ва ишлаб чиқариш таълими методикаси: методик қўлланма. Т.: Ўқитувчи, 1996. – 176 б.