889
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA MA’LUMOT. BADIIY ASARLARDA
FRAZEOLOGIZMNING QO’LLANISHI VA MA’NOSI
Toshpo’latova O’g’iljamol
Termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti,
amaliy filologiya ta’lim yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14539902
Annotatsiya. Ushbu maqolada adabiy asarlarda, frazeologizmlarning qo’llanish usullari,
ma’nolari va etimologiyasi tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar: Frazeologiya, frazema, turg’un, etimologiya, denotativ, leksema, ibora,
uslubiy bo’yoqdorlik, lison, nutq.
INFORMATION ABOUT PHRASEOLOGISMS. USE AND MEANING OF
PHRASEOLOGISMS IN LITERATURE
Abstract. This article analyzes the methods of use, meanings and etymology of
phraseologisms in literary works.
Keywords: Phraseology, phraseme, stable, etymology, denotative, lexeme, expression,
stylistic coloring, language, speech.
ИНФОРМАЦИЯ О ФРАЗЕОЛОГИЗМАХ. УПОТРЕБЛЕНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ
ФРАЗЕОЛОГИИ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ
Аннотация. В статье анализируются способы, значения и этимология фразеологии
в литературных произведениях.
Ключевые слова: Фразеология, фразеологизм, фразеологизм, этимология,
денотатив, лексема, словосочетание, стилистическая окраска, язык, речь.
Frazeologizm
, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil
topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so'z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha
koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy
nomi. Frazeologizmlar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda
so’zlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksik
grammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qo’llaniladi.Yuqorida keltirilgan fikrlarni
yanada oydinroq yoritagidan bo’lsak, kishi miyyasining til xotira qismi, ya’ni lisoni mavjud. Biz
nutqimizda foydalanayotgan barcha so’zlar lisonizmizda leksema sifatida mavjud bo’lib, u
oldindan lisonimizda shakllangan va tayyor holda bizga yetib kelgan. Frazeologik birliklar ham
xuddi leksemalar kabi oldindan lisonimizda mavjud va bizga ajdodlarimizdan muayyan
o’zgarmaydigan struktura holdida yetib kelgan. Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik shakl va
mazmunning dealektik birligidan iborat.
890
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Frazeologizmning shakliy tomonini so’z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning
mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o’ta murakkab tabiatli, leksemada
bo’lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo’lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan,
mustaqil so’z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (
burgaga achchiq qilib, ko’rpaga o’t qo’ymoq,
tarvuzi qo’ltig’idan tushmoq; ko’ngli bo’sh; hash pash deguncha
) denotativ ma’noga ega bo’lsa,
(
turgan gap, shunga qaramay
) kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.
Odatda frazeologizmlarning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Ammo men bu
fikrga qo’shilmayman. Chunki frazeologizm va leksema ma’nosi teng bo’lsa edi, unda
frazeologizm ortiqcha bo’lib qolar edi. Misol uchun: (yoqasini ushlamoq) frazeologizmi bilan
(hayron bo’lmoq
) leksemasing ma’nolarini qiyoslab ko’raylik. Mazkur frazeologizm “
kutilmagan,
tushunib bo’lmaydigan narsa yoki hodisadan o’ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq”
bo’lsa,
[hayron bo’lmoq
] leksemasi “
kutilmagan, tushunib bo’lmaydigan narsa yoki hodisadan
ta’sirlanmoq
“ semasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holatini (denotat) aks etgan.
Biroq frazeologizm ma’nosida “
o’ta darajada
“
so’zlashuv uslubiga xos, bo’yoqdor
,
semalariga egaligi bilan “
hayron bo’lmoq
“ leksemasidan farqlanadi. Demak, frazeologizmning
ko’pincha, ifoda semalarida obrazlilik, bo’yoqdorlik bo’rtib turadi. Umuman olganda frazeologik
ma’no torroq va muayyanroq, leksema ma’nosi esa unga nisbatan kengroq va mavhumroq bo’ladi.
Masalan, [hayron bo’lmoq] leksemasi umumuslubiy va bo’yoqsiz. Shuning o’ziyoq barcha
uslubda qo’llanish imkoniga egaligini va turli bo’yoqlar bilan ishlatish mumkinligini ko’rasatadi.
Ko’rinadiki, frazeologizm leksema bir narsa yoki hodisani atasa-da (atash semalari bir xil
bo’lsa-da), ifoda bo’yoqlari bilan keskin farqlanib turadi (ya’ni ifoda semalari turlichadir).
Frazeologizm birdan ortiq mustaqil so’zdan tashkil topadi. Biroq frazeologizmni tashkil
etuvchi so’zlarning anglatayotgan ma’nosi va frazeologizm anglatayotgan ma’no o’rtasida, ba’zan
ma’noviy yaqinlik mavjud, ba’zida esa umuman yo’qolib ketadi. Misol uchun:
[Qo’yniga qo’l
solmoq
] frazeologizmning ma’nosi
[ qo’yin
],
[qo’l
], [
solmoq
] leksemalari ma’nolari sintezi yoki
qo’shiluvi emas. Frazeologizmning ma’nosini tashkil etuvchi so’z to’la yoki qisman ko’chma
ma’noda ishlatilishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan birovning fikrini bilishga urinish harakati
uning qo’ynini titkilab, nimasi borligini bilishga intilish harakatiga o’xshaydi. Natijada,
qo’yniga
qo’l solmoq
erkin birikmasi o’zidan anglashilgan mazmunga o’xshash bo’lgan boshqa bir
mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. Yoki kishi qo’ltiqlab
kelayotgan tarvuzini tushurib yuborsa, qanday ahvolga tushadi? Biror narsadan ruhiy tushkunlikka
tushgan odamning holati shunga monand va erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bo’lgan.
Bu esa frazeologik ma’noni mantiqiyligidan dalotat beradi. Demak frazelogizmni tashkil
etuvchi so’zlarda qisman bo’lsada ma’noviy yaqinlik mavjud.
891
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ba’zan frazeologizm tarkibidagi ayrim so’zlarning ko’chma ma’noda, boshqalarining esa
o’z ma’nosida qo’llanish holatlarini ham kuzatishimiz mumkin. Misol sifatida [
boshiga yetmoq
],
[
aqlini yemoq
], [
ko’zini bo’yamoq
], [
ko’zi ko’ziga tushmoq
], [
og’zi qulog’ida
] frazeologizmlarida
(
bosh, aql, ko’z , og’iz ,
) so’zlari o’z ma’nosida ,
( yetmoq, yemoq, bo’yamoq, tushmoq, qulog’ida
)
so’zlari ko’chma ma’noda qo’llanilgan.
Ba’zan harakat-holatning natijasini ifodalovchi qurilma frazeologizmga aylanishi mumkin.
Bunga misol qilib, kishi afsuslanishi natijasida barmog’ini tishlab qolishi mumkin.
Shuning uchun
barmog’ini tishlab qolmoq
qurilmasi frazeologizmga aylangan. Yoki
bo’lmasa inson biror narsadan jahli chiqqanda, norozi bo’lganda ushbu holatda jim turish uchun
sukut saqlaydi. Bu holatda
tishini tishiga qo’ymoq
frazemasi vujudga keladi.
Tepa sochi tikka
bo’moq, labiga uchuq toshmoq
iboralari ham shular jumlasidan.
Iboralarning umumiy ma’nosi bilan uni tashkil etgan qismlarning xususiy ma’nolari
o’rtasida ko’pincha ziddiyat mavjud bo’ladi. Misol uchun:
Oyog’ini qo’liga olmoq
iborasi butun
holda ko’chma ma’noni “shoshilish“ ma’nosini ifodalaydi, ammo bu ma’no ibora tarkibidagi
oyog’ini qo’liga so’zlarining na asl na ko’chma ma’nolari bilan bog’liq emas. Masalan: Hoji
o’pkasini qo’ltiqlab xonaga kirib keldi. (M) Akam achchig’idan to’nini teskari kiyib oldi.
Kambag’allar ikki barmog’ini burniga tirab olmasin. (M. I) Boyni hali to’ng’iz qopadi. (O)
va boshqalar.
Ayrim frazeologizmlarni tashkil etgan so’zlar ma’nosi va frazeologizmda
anglashilinayotgan ma’nolar o’rtasida yaqinlik bor yoki yo’qligini bilish uchun uning
etimologiyasini o’rganish talab qiladi. Masalan,
“terisiga somon tiqmoq
“ iborasini olaylik.
Yaxshiki, boyagi gaplaringizni o’g’lim eshitmadi, yo’qsa,
teringizga somon tiqqan
bo’lar
edi.
(M.Osim, Ajdodlarimiz qissasi )
Menga do’ppisi emas o’zi kerak. O’zini tiriklay tutib kel!
Terisini shilib somon tiqmagunimcha
xumordan chiqmayman. (N. Safarov, Ko’rgan
kechirganlarim) Ushbu parchalarda
terisiga somon tiqmoq iborasi
,
jazolamoq, nihoyatda qattiq
jazolamoq ma’nolarida kelyapdi.
Frazeologizm tarkibidagi so’zlarning ma’noga qanchalik
yaqinligini aniqlash uchun, uning etimologiyasini tahlil qilamiz. Teriga somon tiqish qadimda
chorvachi qishloq aholisi tomonidan bajarilgan harakatdir. Qadimda chorvachilik bilan
shug’ullanuvchi qishloq aholisi, endi tug’ilib o’lib qolgan sigir bolasi, ya’ni buzoqlarning terisini
shilib unga somon tiqishadi. Somon bilan to’ldirilgan buzoq terisini ona sigir yoniga qo’yishadi.
Natijada ona sigirning suti uyib, sog’ish jarayonini osonlashtirgan. Endi yuqorida
keltirilgan frazeologizm ma’nosi va uning etimologiyasini taqqoslaydigan bo’lsak, terini shilib
somon tiqish jarayoni naqadar achinarli va qaysidir ma’noda o’g’riqli holat bo’lib, nihoyatda qattiq
jazolamoq holatini unga tenglashtirish mumkin. Bundan ko’rinadiki, fazeologizmlar ma’nolarini
o’rganish va tahlil qilishda, uning etimologiyasini roli katta.
892
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ma’nosi tarixiy etimologiyasi bilan bog’liq bo’lgan bu kabi iboralar juda ko’p. Misol
uchun:
Daqqiyunusdan qolgan iborasi
. “Juda eski, qadimgi” ma’nosini bildiradi (O‘zbek tilining
izohli lug‘ati. 1-jild. 580-bet). Bu ibora hozirgi kunda zamona zayliga ko‘ra qadimiy ko‘rinadigan,
vaqt jihatidan avvalgi davrlarga oid bo‘lgan narsa-hodisalarga nisbatan qo‘llanadi.
Masalan:
Daqonusdan qolgan bu dahri dunda Bir yangi zarraday ko‘zga ilinsam.
(Behzod
Fazliddin, Sen qachon gullaysan).
Gulnora daqqiyunusdan qolgan
kovushini kiyib, chirik
paranjiga o’ranib, yo’lovchi bilan jo’nadi.
Odamga nisbatan ishlatilganda “zamondan orqada
qolib ketgan” ma’nosini bildiradi. Masalan:
Har narsa deyavermang, rais bova. Daqqiyunusdan
qolgan kampir kimga kerak?
(Tog‘ay Murod, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi). Bu iboradagi
Daqonus
yoki
Daqqiyunus
ismi haqida har xil fikrlar bor. Ayrim olimlar uni Rim imperatori Diokletianning
sharqona nomlanishi deydi. “Qur’oni karim”ning “Kahf” surasida
Daqonus
bilan bog‘liq voqea
keltiriladi: zolim shoh istibdodidan dinu iymonlarini saqlab qolish uchun o‘z jonlarini fido qilgan
yigitlar bir g‘orga panoh topib kirib, u joyda uch yuz yil qolib ketadilar. Chunki Daqonus g‘ordan
chiqish yo‘lini berkitib tashlaydi. Lekin Olloh taolo o‘z qudratini namoyish etib, diniga sadoqatli
yigitlarni uzoq vaqtga uxlatib qo‘yadi. Uyg‘onganlarida esa oradan uch yuz yil o‘tgan bo‘ladi.
Bundan bexabar yigitlar “bir yo yarim kun uxladik” deb o‘ylaydilar. Oralaridan bittasini
yashirincha shaharga yegulik sotib olishga jo‘natadilar. Yigit taom sotib olib, yonidagi tangani
uzatganida, sotuvchi hayron bo‘lib: “Bu Daqonusdan qolgan tanga-ku, biron yerdan xazina topib
oldingmi?” deb so‘raydi. Yigit ham hayron bo‘lib: “Hech qanday xazina topib olganim yo‘q, bu
mening qavmim ishlatadigan oddiy tanga”, deb javob qilib, Daqonusga nima bo‘lganini
so‘raydi...” (Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 466–467-betlar).
Daqonus shoh esa allaqachon o‘lib ketgan bo‘lad. Ushbu iboraning ham hozirgi kunda
ishlatilinayotgan ma’nosi, uning kelib chiqishi bilan bevosita bog’liq ekanligi ravshanlashdi.
Daqqiyunusdan qolgan
iborasiga sinonim qilib,
alimsoqdan qolgan
iborasini olishimiz
mumkin. Bu ibora ham “juda eski”, “juda qadimgi” ma’nolarini bildiradi. Iboradagi asosiy ma’no
arabcha “almiysoq” so‘zidan kelib chiqqan. “Almiysoq” arab tilida “ahd”, “qasam”, “shartnoma,
bitim” ma’nolarini bildiradi (O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. 73-bet). Almiysoq – miysoq
berish, ya’ni Ollohga va’da berish demakdir.
Almisoqdan qolgan
iborasining o‘zbek tilidagi
bugungi ma’nosiga asos bo‘lgan voqea ancha avvalgi davrlarga borib taqaladi. Qur’oni karimning
“A’rof” surasida bayon etilgani – insonlarning Olloh taologa miysoq berish voqeasi asosida ushbu
iboraning ma’nosini tushuntirib o‘tamiz: “A’rof” surasi 172-oyatidan shunday mazmun
anglashiladi: “Olloh taolo o‘z qudrati bilan Odam alayhissalomning belidan undan tarqaydigan
barcha zurriyotlarni chiqarib, ularga O‘zining mo‘’jizalarini ko‘rsatgach: “Aytinglar-chi, Men
Sizlarning Rabbingiz emasmanmi?” deganida, ular:
893
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
“Parvardigoro, O‘zing barchamizning Robbimizsan, bizlar bunga guvoh bo‘ldik”, deb
Ollohga ahdu paymon qilgan, ya’ni miysoq bergan ekanlar. Shuning uchun islom ulamolari:
“Kimda-kim kofir bo‘lsa yoki dinidan qaytsa, o‘zining
Ollohga bergan miysoqidan (Ollohda qilgan ahdidan deyilmoqchi) qaytgan bo‘ladi”,
deydilar. Muhammad alayhissalomning: “Har bir tug‘ilgan bola toza holda – islomda tug‘iladi,
keyin ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qilib buzuq tarbiya berishadi”, degan
hadislarining mazmuni ham yuqoridagi oyatlar ma’nosiga hamohangdir. (Qur’oni azim muxtasar
tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 288-bet). Insonlarning Olloh taologa miysoq berish
voqeasi juda qadim zamonlarda sodir bo‘lganligi uchun o‘zbek xalqi
almisoqdan qolgan
iborasini
“qadimgi zamonlardan, Daqonus davrlaridan qolgan”, “juda eski bo‘lgan” degan ma’nolarda
qo‘llab keladi. Masalan:
Manavilarni qo‘shini almisoqdan qolgan qo‘shin. Otam zamondan
qolgan qo‘shin!
(Tog‘ay Murod, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi)
U yoqda almisoqdan
qolgan po‘lat
sandiq, qulflar yo‘qdir?
(Tohir Malik, Shaytanat).
Birovning sha’niga o‘zi yo‘qligida yomon so‘zlar aytmoq, kishini uning ortidan haqorat
qilmoq. O‘zbekiston Qahramoni O.Sharafiddinov maqolalaridan birida o‘zbek tilidagi
go‘riga o‘t
qalamoq
iborasi tarixi haqida shunday yozgan edi: “Rahmatli buvim oddiygina qishloqi ayol
bo‘lgan bo‘lsalar-da, juda chechan, har gapga biron matal yoki maqol qo‘shib gapirguvchi edilar.
Ba’zan meni koyib qolganlarida: “Buvijon, nega hadeb koyiyverasiz, axir nevarangizman-
ku?!” desam, “Nevaram bo‘lsang nima?!
Go‘rimga o‘t qalarmiding?!
” der edilar. Men bu gapga
tushunmasdim, savolimga go‘rning, unga o‘t qalashning nima daxli borligini bilolmasdim. Shu
zaylda yillar o‘tdi. Oltmishinchi yillarda hindlarning buyuk dohiysi Javoharla’l Neru olamdan
o‘tdi. Uning dafn marosimi matbuotda batafsil yoritildi. Ma’lum bo‘ldiki, hindiylar hozir ham
o‘lgan odamning jasadini gulxanda yondirib, kulini Ganga darosiga sepib yuborishar ekan.
Neruning vasiyatiga ko‘ra, uning jasadiga eng sevimli nevarasi o‘t qo‘yibdi. Birdan
buvimning o‘sha naqlini esladim: demak, bir zamonlar bizda jasad yoqilgan ekan-da, demak,
gulxanga o‘t qo‘yish nevara uchun eng faxrli ish bo‘lgan ekan-da? Bundan chiqadiki, o‘sha ibora
kamida 2,5 – 3 ming yillik tarixga ega”. (Ozod Sharafiddinov, Tilda hikmat ko‘p). Demak ushbu
ibora qadimda ijobiy ma’noda qo’llanilib, bora-bora ibora kelib chiqishiga asos bo’lgan urf-
odatning yo’qolishi natijasida uning ma’nosi ham salbiylashib, hozirgi kunda salbiy ma’noda
qo’llanilayapdi.
Qozon osmoq
iborasi ham ma’lum bir tarixiy jarayon orqali vujudga kelgan. Ovqat pishira
boshlamoq. Iboralardagi so‘zlarning paydo bo‘lish tarixini o‘rganish orqali o‘sha iboraning
qachondan boshlab qo‘llana boshlaganini, bu iborani kashf qilgan xalqning qanday turmush
kechirganini bilib olish mumkin. Ana shunday iboralardan biri
qozon osmoq
frazeologizmidir.
Tilshunos A.Nurmonov
qozon osmoq
iborasi haqida quyidagilarni yozgan:
894
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
“Masalan,
qozon osmoq
iborasi bor. Hozirgi kunda qozonning osilmasligi, balki o‘choq
yoki gaz plitasi ustiga qo‘yilishi ma’lum. Bu iboraning ma’nosini tushuntirish jamiyatning
qadimgi ko‘chmanchilik hayot tarzi haqidagi tasavvurimizni kengaytiradi. Qadimda
o‘troqlashmagan jamiyat a’zolari turli joylarda ovqat pishirish uchun tagidan o‘t yoqiladigan
moslamaga masalliq solingan idishni ilganlar”. (Abduhamid Nurmonov. Tanlangan asarlar).
Ayrim frazeologizm turli diniy aqida, tushuncha va rivoyat asosida ham shakllanadi:
1.
Uning eriga mening
ko’zim tekkan
emish.
(I. Rah.)
2.
Hammani qo’yib, sizning soldat o’g’lingizga tegaman deb
ko’zim uchib
turibdimi.
(M.
Muham.)
‘’ Jabrdiyda” ning ham, guvohlarning ham
dumi xurjinida
gaplari shunday savollar
berilishni talab etadi.
(M. Ism)
Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni tushunishimiz mumkim-ki, frazeologizmlar tilda rang-
baranglik, uslubiy bo’yoqdorlik, mantiqiy chuqurlikni ta’minlashdan tashqari, ma’lum bir
ma’noda tarixiy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ma’lumot
beradi.
REFERENCES
1.
Tursunov. S, Jamolxonov. H va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T.1992
2.
S. Rahimov, B. Umarqulov . Hozirgi o’zbek adabiy tili T.2003 50-bet
3.
*O’TIL. - O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. 1-,2-,3-,4-,5-jildlari. T.: 2006-2008
4.
Tohir Malik. Shaytanat.
5.
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili.T.2009. 125-bet
6.
O’zbek tilining lug’ati. 2005
7.
O’zbek tilining etimologik lug’ati. 2000
