Authors

  • Iroda Olimova
  • F.U. Temirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58138

Keywords:

Mirzo Ulug`bek Tarixi arba ulus” yos” Temuchin Jaloliddin Manguberdi Monmakon ibn Chig`atoy O`qtoyxon Mo`g`iliston merkit Jo`jixon Dashti Qipchoq Burta o`zbek Xaloguxon Eron Abbosiylar Chig`atoy ulusi.

Abstract

Mirzo Ulug`bek ko`p qirrali ilm-fan vakili sifatida astronomiya, musiqashunoslik va tarix sohasiga oid qator asalar muallifidir. Ushbu maqolada Mirzo Ulug`bek Ko`ragon qalamiga mansub “Tarixi arba ulus” asarining tasnifi hamda uning mo`g`ul xalqlari tarixini o`rganishdagi ahamiyati haqida so`z yuritiladi.

background image

679

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

MIRZO ULUG’BEKNING ,,TARIXI ARBA ULUS”ASARI MUHIM

TARIXIY MANBA SIFATIDA

Olimova Iroda

Buxoro davlat universiteti birinchi bosqich magistranti

F.U.Temirov

Ilmiy rahbar, BuxDU dotsenti, t.f.f.d.(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14528499

Annotatsiya.

Mirzo Ulug`bek ko`p qirrali ilm-fan vakili sifatida astronomiya,

musiqashunoslik va tarix sohasiga oid qator asalar muallifidir. Ushbu maqolada Mirzo Ulug`bek

Ko`ragon qalamiga mansub “Tarixi arba ulus” asarining tasnifi hamda uning mo`g`ul xalqlari

tarixini o`rganishdagi ahamiyati haqida so`z yuritiladi.

Kalit so`zlar:

Mirzo Ulug`bek, ,,Tarixi arba ulus”, ,,yos”, Temuchin, Jaloliddin

Manguberdi, Monmakon ibn Chig`atoy, O`qtoyxon, Mo`g`iliston, merkit, Jo`jixon, Dashti

Qipchoq, Burta, o`zbek, Xaloguxon, Eron, Abbosiylar, Chig`atoy ulusi.

MIRZO ULUG'BEK'S "HISTORY OF THE ARBA ULUS" IS AN IMPORTANT

HISTORICAL SOURCE

Abstract.

Mirzo Ulugbek, as a representative of multifaceted science, is the author of a

number of essays on astronomy, musicology and history. This article discusses the classification

of the work ``Tarihi Arba ulus'' written by Mirzo Ulugbek Koragon and its importance in studying

the history of Mongol peoples.

Key words.

Mirzo Ulugbek, ,,Tarikhi arba ulus”, ,,yos”, Temuchin, Jalaluddin Manguberdi,

Monmakon ibn Chigatoy, Oktoykhan, Mongolia, Merkit, Jozhikhan, Dashti Kipchak, Burta ,

Uzbek, Khaloghun, Iran, Abbasids, Chigatai dynasty.

ВАЖНО ТРУД МИРЗО УЛУГБЕКА «ИСТОРИЯ УЛУСА АРБА»

КАК ИСТОРИЧЕСКИЙ ИСТОЧНИК

Аннотация.

Mирзо улугбек был всесторонне одаренным представителемнауки,

являющимся автором произведий по астрономии,истории имузыке. В этой статье речь

пойдет об историческом произведении Мирзо Улугбека Курагани "Тарихи арба улус" и его

роли в изучении истории монголов.

Ключевые слова.

Мирзо Улугбек, Тарихи арба улус, Ёс, Темучин, Джалалуддин

Мангуберди, Монмакон ибн Чигатой, Октойхан, Монголия, Меркит, Джожихан, Дашти

Кипчак, Бурта, Узбек, Халогун, Иран, Аббасиды, Чигатайcкий улус.

Markaziy Osiyoning yirik namoyandalaridan biri, Temur saltanatining sultoni Mirzo

Ulug`bek(1394-1449) o`z ilmiy faoliyati davomida fan va ma`rifat rivojiga ulkan hissa qo`shdi.


background image

680

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Mirzo Ulug`bek ham davlat ishlari, ham ilm va ma`rifatni birga olib bordi. Bartold aytganidek

,,Ulug`bekkacha musulmon dunyosida taxtga o`tirgan hukmdor yo`q edi. ``

1

Yoshligidan ilm-

fanga chanqoqligi uni falakkiyot, tarix, handasa, riyoziyot va boshqa fanlarni puxta o`rganishga

undadi. Keyinchalik Ulug`bek o`nlab shogirdlari va do`stlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda

o`z davrining yagonasi bo`lgan Samarqand rasadxonasiga asos soldi. Ulug`bek rahbarligi va

homiyligi ostida rasadxonada maorif yuksaldi, keng va puxta astronomik kuzatishlar natijasida

juda qimmatli ma`lumotlar to`plandi va yirik bir yulduzlar jadvali bo`lmish ,, Zij`` yaratildi.

Serqirra olim sifatida Mirzo Ulug`bek temuriylar davri tarixshunosligida yuqori baholangan

,,Tarixi arba ulus” yoxud ,,To`rt ulus tarixi” asarini yozdi.

1425 yilda (yoki hijriy 828-829-yillar) Ulug`bekning shaxsan o`zining ishtirokida fors tilida

yozib tugallangan bu asar muqaddima va yettita asosiy bodan iborat. Hozirda asarning qo`lyozma

variant Angliyaning Buyuk Britaniya muzeyida saqlanmoqda. ,,Tarixi arba ulus” XIII asr davri

tarixini chuqur o`rganishda muhim tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi. Shuningdek, u dunyoning

turli tillariga tarjima qilingan: polkovnik G.Mayls asarni ingliz tiliga tarjima qilib, 1832 yilda

Londonda nashr qilinga. Asarda keltirilgan mo`g`ul xalqlarining siyosiy, ijtimoiy hayoti ayniqsa

qolgan manbalar bilan birga o`rganganda juda qimmatli. Asarda mo`g`ul qabilalarining kelib

chiqish tarixi, ko`chish jarayonlari, urug`-qabilaviy munosabatlarning qaror topishi, Chingizxon

va uning avlodlari asos slogan davlatlar yoritiladi. Mirzo Ulug`bek asarda mo`g`ul xalqlari

borasida quyidagi fikrlarni keltiradi: ,,Mo`g`ul sho`basi to`qqiz nafardir. Ulardan dastlabkisi

Mo`g`ulxon, ularning oxiri Elxon va to`qqiz raqamiga e`tibor mo`g`ul firqasi orasida shu najhdan

rivoj topadi. Mo`g`ullarning bu e`tibori tahqiqga ko`ra, har martabada to`qqiz sanog`idan ortig`ini

lozim ko`rmaydilar.``

2

Yuqoridagi parchada mo`g`ul xalqlarining hayotida to`qqiz raqamining

o`rni yoritilgan bo`lib, mo`g`ulchada ,,yos`` ya`ni to`qqiz raqami samoviy va kundalik hayotning

eng muhim raqami bo`lgan. Jumladan, har to`qqiz yilda mo`g`ul hukmdorlari shomonlik e`tiqodi

asosida poklanish marosimi o`tkazganligi tarixiy manbalarda uchraydi

3

. Bu esa asarning nafaqat

mo`g`ul xalqlarining ijtimoiy-siyosiy balki, etnologik tarixini o`rganishda ham muhimligini

ko`rsatadi.

,,Tarixi arba ulus``da Chingizxonning tug`ilishidan taxtga chiqqunigacha bo`lgan siyosiy

faoliyati hamda undan keyingi harbiy yurishlari mufassal bayon etilgan va muallif asarning katta

qismini Chingizxon oilasi va avlodlari tarixiga bag`ishlagan. Shu sababdan ham asar ,,Ulusa arbai

Chingiziy``(Chingiziylarning to`rt ulusi) nomi bilan ham mashhur. Asarda keltirilgan ma`lumotga

ko`ra ,,Temuchin`` ismining tanlanishi ham diqqatga sazovordir. Temuchin bu o`sha davrlarda

1

Бартольд В.В. Указ. соч. С. 134

2

M.Улугбек. Турт улус тарихи.Тошкент.1994.б. 27

3

А.Э. Гармаева. Числовая символика в монгольском языке: семантика и функции. Вестник Бурятского

Государственного Университета.2008. с. 109


background image

681

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

qudratli totor davlatining hukmdoriga tegishli ism bo`lgan. Chingizxonning otasi Yosug`ay

Bahodir totor xalqlari ustidan qozongan g`alabasidan so`ng unga o`g`il farzandli bo`lgani haqida

elchidan xabar oladi. Mo`g`ul firqasi buzurglaridan unga nom qo`yishlarini so`raganida esa

buzurglar orasidan lashkar qo`mondoni So`g`uq Chechan akobirlarga xos ism sifatida

,,Temuchin``ni tavsiya beradi . Keyingi harbiy-siyosiy faoliyat natijasida hokimiyatni egallagan

Temuchin qoon markit xalqi

4

sardori To`qtobeki bilan jangidan so`ng hijriy 602 yili (milodiy

1206- yil) butun mo`g`ullar sardori deb e`lon qilingan qurultoyda ,,Chingizxon`` laqabini olgani

ham yoritiladi. ,,Chingizxon” turk tildan tarjima qilganda ,,shohlar shohi` demakdir.

Chingizxon XIII asrda yirik bir feodal imperiyaga asos soldiki, davlati sarhadlari harbiy

yurishlari natijasida tobora kengayib bordi. Mazkur davrda mo`g`ullar davlati asosan ,,ming oila``

deb nomlangan harbiylashtirilgan ma`muriy bo`linishga ega edi va bu birliklar tahminan 95tani

tashkil qilardi.

5

Shuningdek, yurishlari orasida O`rta Osiyo, ayniqsa, Xorazmshohlar davlatiga

qilingan yurish diqqatga sazovordir. Asarda Najmiddin Kubro, Xorazmshohlar davlati hukmodir

Muhammad Sulton va Jaloliddin Manguberdi bilan bo`lgan voqealar ham mufassil bayon etilgan.

G`azna yaqinidagi Parvon jangidan so`ng Chingizxon qo`shini Jaloliddin Manguberdi tomonidan

yakson qilinadi va hijriy 619yilda (milodiy 1223 yil) Badaxshondagi Bomiyon

6

qal`asidagi jang

paytdida Chingizxonning suyukli nabirasi Monmakon ibn Chig`atoyxon charx o`qidan yaralanib

vafot etadi. Mudhish voqeadan ranjigan Chingizxon Sulton Jaloliddin qasdiga tushib o`zining

ikkinchi va uchinchi o`g`illari Chig`atoy va O`qtoyxonni Jayxun(Amudaryo) tomon yurishga

buyuradi, janglar davomida Xorazmning Kot va Qiyot shaharlari mo`g`ullarga taslim bo`ladi va

Chingizxonning tasarrufiga o`tib, sodiqlikka qasam ichadi. Sulton Jaloliddin tahminan 700 kishilik

askari bilan Sind daryosi (Hindiston)da ham qarshilikni davom ettirdi. Kuchlar nisbati teng

bo`lmaganligi sabali Jaloliddin daryo tarafga chekinishga va daryodan kesib o`tishga majbur

bo`ldi. Mirzo Ulug`bek kitobda mazkur voqeani keng yoritadi va Chingizxonning o`g`illariga

yuzlanib Sulton Jaloliddinga nisbatan aytgan so`zlarini quyidagicha bayon etadi: ,,Otadan hali

bunday o`g`il tug`ilmagan. U sahroda sher kabi g`olib, daryoda esa nahang(akula) kabi botir…

Otaga shunday o`g`il zarurki, u ikki girdob – olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa

oldi.``

7

Milodiy 1227 yil avgust oyida Chingizxon xastalikdan vafot etadi va asarda bu holat

quyidagicha bayon etiladi ,,Bu voqea 624-yilning muborak ramazon oyining to`rtinchi kuni,

turklarning takuri yilida sodir bo`lgan bo`lib, buy yil uning ham tug`ilgan, ham saltanat taxtiga

4

Markit xalqi januni-g`arbiy Baykalbo`yi (hozirgi Buryatiya respublikasining janubi) mog`ul xalqlaridandir.

5

Носир Мухаммад. Турон давлатлари ва хукмдорлари йилномаси. Т. 2011. Б.58

6

Afg`onistonning shimoliy qismida joylashgan qadimgi shahar bo`lib, mazkur davrda Xorazmshohlar davlati

tarkibida edi.

7

M.Улугбек. Турт улус тарихи.Тошкент.1994.б.112


background image

682

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

o`tirgan yili edi. Mo`tabar tarix kitoblarida yozilishicha, Sohibqironi a`zam Chingizxon yetmish

uch yil umr ko`rgan. Qirq to`qqiz Yoshida taxtga o`tirgan va yigirma besh yil podsholik qilgan.

Zikr etilgan yilda esa vafot etgan. O`g`illarining ichida esa to`rttasi ma`lum va mashxur edi.

Jo`jixonning Dashti Qipchoqda o`lganiga olti oy bo`lgan edi. Sohibqironi a`zam Chingizxon

huzurida Chig`atoyxon, O`qtoyxon, Tulixon, Qorachor no`yon(Chingizxonning amakilari

naslidan) va xizmatga ketgan to`rt no`yondan boshqa barcha ulug` no`yonlar xozir edilar.``

Chingizxonning vasiyatiga ko`ra Ulug` Yurt (Mo`g`iliston) taxtiga to`ng`ich o`gli O`qtoyxon

o`tiradi. Qorachor No`yon esa Chingizxonning talabiga ko`ra o`g`illarining maslahatchisi etib

belgilanadi. Kitobda O`qtoyxon shaxsiyasi ijobiy yoritiladi Jumladan: ,,U (O`qtoyxon) o`zining

davlati ayyomida musulmonlarni ko`p hurmat qildi. O`qtoy qoon o`zining sahiyligi, karam va

adolatparvarligi bilan boshqa aka-ukalaridan butunlay ustun turardi, shuning uchun ham otasi

o`limi oldidan uni valiahdlikka tayinlagan edi. Aytishlaricha, O`qtoy so`zining ma`nosi mo`g`ul

tilida ,,oliylikka ko`tariluvchi demakdir.`` Asardagi voqealar rivojida O`qtoyxondan so`ng Ulug`

Yurt taxtiga o`tirgan O`qtoyxon va Tulixonning

8

avlodlari zikri ham xronologik ketma-ketlikda

beriladi va O`qtoyxon naslidan O`doy qoon hukmronligidan so`ng Qoqaqurumni oyrat qabilalari

egallab oladilar.

Asarning beshinchi bobida Jo`jixondan boshlab Dashti Qipchoqda(hozirgi Qozog`iston,

G`arbiy Sibir, Volgabo`yi atroflari) hukmronlik qilgan 33ta hukmdor nomi beriladi. Chingizxon

mulklarini suyurg`ol qilish paytida Dashti Qipchoq uning sevimli o`g`li Jo`jixonga tegadi. ,,Jo`ji``

mog`ulchadan tarjima qilganda ,,yo`ldan kelgan mehmon``dir. Buning o`z tarixi bo`lib,

Chingizxonning xotini Burta Kuchin markit xalqlaridan asirlikdan qaytayotganda uni yo`lda

dunyoga keltiradi. Chingizxonning Jo`jixonga nisbatan muhabbati qolgan farzandlariga nisbatan

ayniqsa yuqori bo`lgan. Bunga Jo`jixon vafot etganda Chingizxon aytgan quyidagi misralarni

misol keltirishimiz mumkin:

,,Qulon olg`on quvlandi, qulunimdan ayrildim,

Ayrilishqon anquri er ulumdan ayrildim.``

Mirzo Ulug`bek bu satrlarni quyidagicha izohlaydi:,,Ov qilish uchun ov maydonida

quvlanayotgan qulonga o`xshayman, qulon o`zi qochadi, ammo bolasi qoladi, men ham xuddi

qulon kabi bolamdan judo bo`ldim! Men bir soddadil odamga o`xshayman, soddadil kishi do`st

deb fahmlab, dushman o`rtasida qolib, hamrohlaridan ayriladi, men esa o`z mardona farzandimdan

judo bo`ldim.``

9

Jo`jixondan so`ng uning taxtini o`g`li Botuxon (1208 -1255) egallaydi va harbiy

yurishlari natijasida katta hududlarni qamrab olgan Oltin O`rda davlatiga asos soladi. Dashti

8

Tulixon (Bolig` no`yon nomi bilan ham mashhur) hijriy 627 yili yoki milodiy 1230 yili akalari Chig`atoyxon,

O`qtoyxon bilan birga Xitoydagi yurish paytida vafot etadi. Qabri hozirgi ichki Mog`ilistonda.

9

M.Улугбек. Турт улус тарихи.Тошкент.1994.б.135


background image

683

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Qipchoq xonlari orasida ayniqsa O`zbakxon ibn To`g`ralni Mirzo Ulug`bek alohida ta`kidlab o`tib,

o`zbek ulusini uning nomini u bilan bog`laydi. Buni haqiqatga to`g`ri kelishini N.Aristov, A.

Yakubovskiy, P.Ivanovlar o`sha davrda Dashti Qipchoq atroflarida yashagan tuk-mo`g`ul xalqlari

,,o`zbek`` deb atalgani bilab izohlaydilar. Shuningdek asarda Oltin O`rda xoni To`xtamishxon va

Amir Temur o`rtasidagi voqealar ham qisqacha bayon qilib o`tiladi.

Keyinchalik Tulixonning o`g`li Xalokuxon (1256 -1265)

10

tomonidan Eronda asos solingan,

poytaxti Tabriz bo`lgan Xulakiylar davlati haqida asarning oltinchi bobida malumot beriladi va

Xalokuxondan boshlangan yigirmata podshoh zikri berilgan. G`arb manbalarida Elxoniylar nomi

bilan mashhur bo`lgan bu davlar XIII asr siyosiy hayotida katta ahamiyatga ega edi. Ayniqsa sulola

asoschisi Xuloku Chingizxonning sevimli nabirasi edi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha

Xuloku feodal hayot tarziga unchalik ham qiziqish bildirmagan, balki ko`chmanchi hayot tarzi va

shikor uning sevimli mashg`uloti bo`lgan. Xulokuxon shomonlik dining vakili bo`lishiga

qaramasdan o`sha davrda boshqa diniy qarashlarga diniy bag`rikenglik bilan yondashadi. Buni

tarixchilar uning onasi hamda xotini xristian diniga e`tiqod qilgani va Misrdagi harbiy yurishlarda

aynan xristian feodallariga tayangani bilan izohlaydilar. Bu davlat tarkibiga kirgan Armaniston,

Ozarbayjon, Rum,Luriston,Gruziya va boshqa hududlar Xulokuxon davlati tarkibiga kirgan,

garchi bu hududlarni avvaldan hokimiyat tepasida turgan sulolalar boshqarga bo`lsada, ular elxon

boshliqlarga bo`ysungan. Bu shaxslar mo`gullarda ,,bosqoqlar``, eronda esa ,,shixnalar`` deb

nomalangan. Xulakiylarning tarixdagi eng yorqin yurishi bu Arab xalifaligining tugatilishi edi.

Xulokuxon 1258 yil o`ninchi fevral kuni Abbosiylar sulolasining so`nggi vakili xalifa Musta`simni

qo`lga oladi. Sulolaning barcha yashirin xazinalari qo`lga kiritilib, so`nggi arab xalifasi otlar

oyog`i ostida qatl etiladi, ahli ayollari esa qul qilib sotib yuboriladi.

11

500 yildan ortiq hukm

surgan ulkan feodal davlat - arab xalifaligi mo`gular tomonidan tugatiladi. Xulakiylar davlatida

ko`zga tashaladigan bir narsa shuki, davlat boshqaruvining ayrim davrlarida taxtga sulolaning

ayol vakilalarini ham uchratishimiz mumkin. Xulakiylar davlatining to`qqizinchi xoni sanalmish

Sulton Abusa`idning singlisi Malika Sokinabegim bintu O`ljoytu Sulton marhum Amir Shayx

Xasandan so`ng sulolaning erkak vakillari qolmagani sababli hijriy 739yilda (milodiy1338

yil)o`n to`rtinchi hukmdori sifatida taxtga o`tirgani misol bo`ladi.

12

,,Tarixi arba` ulus``ning keyingi qismlarida Chig`atoyxon va u asos solgan Chig`toy ulusi

haqida so`z boradi. Chig`atoy ibn Chingizxon ,, Yasoq va turada boshqa aka-ukalaridan yuqori

turardi. Sohibqironi aʼzam Chingizxoni muazzam mamlakatlarni taqsimlash paytida Turonzamin

10

История

монгольских

завоеваний.

Великая

империя

кочевников

от

основания

до

упадка / Д. Д. Сондерс — «Центрполиграф», 1972 C.10

11

И. В. Пигулевская, А. Ю. Якубовский, И. П. Петрушевский, Л. В. Строева, А. М. БеленицкийИстория Ирана с

древнейших времен до конца XVIII века. Издательство Ленинградского Университета.1958. c186-191

12

M.Улугбек. Турт улус тарихи.Тошкент.1994.б.173


background image

684

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

mamlakati hokimligini Qoshgʻar sarhadlaridan uygʻurlar yer chegarasigacha, Jayhun daryosi

adogʻigacha yastangan yerlar, Eron va Turon oraligʻidagi Balx, Badaxshon, Qobul, Gʻaznin, Sind

daryosigacha boʻlgan yerlarning koʻp qismini shu sevimli farzandiga berdi.`` Davlatining poytaxti

esa Beshbalig` shahri bo`lib, asrda ,,balig``` so`zining lug`aviy ma`nosi ,,Shahar`` so`zi deyiladi.

Mirzo Ulug`bek Chig`toy naslidan bo`lgan va tahminan 109 yil hukmronlik qilgan 24ta Chig`atoy

naslidan bo`lgan xonlarni nomma nom bayon etadi. Ammo Amir Qozog`on Sultonning

yurishlaridan so`ng taxtni endi O`qtoyxon naslidan bo`lgan yigirma beshinchi shahzoda

Donishmandchaxon egallaydi. Chig`atoy ulusi taqdiri Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi

natijasida tugatilib, yangi temuriylar davlatiga asos solinadi.

,,To`rt ulus tarixi`` nafaqat mo`g`ullar, shubhasiz butun turkiy xalqlar tarixidir deya olamiz.

Zero, inson bu asarni o`qish orqali nafaqat yetti pushtini, balki butun shajarasini bilib oladi deb

ayta olamiz.

REFERENCES

1.

M.Улугбек. Турт улус тарихи.Тошкент.1994

2.

Бартольд В.В. Указ. соч. С. 134

3.

А.Э. Гармаева. Числовая символика в монгольском языке: семантика и функции.

Вестник Бурятского Государственного Университета.2008

4.

И. В. Пигулевская, А. Ю. Якубовский, И. П. Петрушевский, Л. В. Строева, А. М.

БеленицкийИстория Ирана с древнейших времен до конца XVIII века. Издательство

Ленинградского Университета.1958.

5.

История монгольских завоеваний. Великая империя кочевников от основания до

упадка / Д. Д. Сондерс — «Центрполиграф», 1972

6.

Носир Мухаммад. Турон давлатлари ва хукмдорлари йилномаси. Т. 2011

References

M.Улугбек. Турт улус тарихи.Тошкент.1994

Бартольд В.В. Указ. соч. С. 134

А.Э. Гармаева. Числовая символика в монгольском языке: семантика и функции. Вестник Бурятского Государственного Университета.2008

И. В. Пигулевская, А. Ю. Якубовский, И. П. Петрушевский, Л. В. Строева, А. М. БеленицкийИстория Ирана с древнейших времен до конца XVIII века. Издательство Ленинградского Университета.1958.

История монгольских завоеваний. Великая империя кочевников от основания до упадка / Д. Д. Сондерс — «Центрполиграф», 1972

Носир Мухаммад. Турон давлатлари ва хукмдорлари йилномаси. Т. 2011