Authors

  • M. G‘aniyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58145

Keywords:

O‘g‘uzlar O‘g‘uz Xoqon E’tiqod Islom Tangrichilik Ibn Fadlan Faruk Sumer V.V.Bartold shaharsozlik Kultegin bitigi Yangikent shahri.

Abstract

Ushbu maqolada turkiy qavmlardan biri bo’lgan o‘g‘uzlarning boshqaruv tizimi, turmush tarzi, din va e’tiqodi va shaharsozligi haqida turk, arab, rus olimlarining tadqiqotlari yoritib o‘tilgan. Bundan tashqari bu xalqning tashkil topishi haqidagi asosiy manbalar ko‘proq O‘g‘uz Xoqon haqidagi afsonalarda mavjudligi bilan ajralib turishi keltirilgan.

background image

708

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

O‘G‘UZLAR TURMUSH TARZI

G‘aniyev M.

Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti “Ijtimoy fanlar va

san’atshunoslik” kafedrasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14528752

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turkiy qavmlardan biri bo’lgan o‘g‘uzlarning boshqaruv

tizimi, turmush tarzi, din va e’tiqodi va shaharsozligi haqida turk, arab, rus olimlarining

tadqiqotlari yoritib o‘tilgan. Bundan tashqari bu xalqning tashkil topishi haqidagi asosiy

manbalar ko‘proq O‘g‘uz Xoqon haqidagi afsonalarda mavjudligi bilan ajralib turishi keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: O‘g‘uzlar, O‘g‘uz Xoqon, E’tiqod, Islom, Tangrichilik, Ibn Fadlan, Faruk

Sumer, V.V.Bartold, shaharsozlik, Kultegin bitigi, Yangikent shahri.

OGHUZ LIFESTYLE

Abstract.

This article examines the governance system, lifestyle, religion and beliefs, and

urban planning of the Oghuz, one of the Turkic peoples, as discussed in the research of Turkish,

Arab, and Russian scholars. Furthermore, it highlights that the primary sources regarding the

formation of this people are predominantly found in the legends concerning Oghuz Khagan.

Keywords

: Oghuz, Oghuz Khagan, Belief, Islam, Tengriism, Ibn Fadlan, Faruk Sumer,

V.V. Bartold, Urban planning, Kultegin inscription, City of Yangikent.

ОБРАЗ ЖИЗНИ ОГУЗОВ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются исследования турецких, арабских

и русских ученых, посвященные системе управления, образу жизни, религии и верованиям,

а также градостроительству огузов, одного из тюркских народов. Кроме того,

подчеркивается, что основные источники о формировании этого народа в основном

содержатся в легендах об Огуз Хаакане.

Ключевые слова

: Огузы, Огуз-каган, вера, ислам, теология, Ибн-Фадлан, Фарук

Шумер, В.В. Бартольд, градостроительство, надпись Культегина, город Янгикент.

Manbalarda O‘g‘uzlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil tasvirlar (qarashlar) bor. Bular ularni

odatda kamsituvchi gaplardir. Buning sabablari boshqacha bir dunyoqarashga egaligi va bu holat

mualliflarning turmush tarziga mos kelmasligi bo‘lsa kerak. Bu mavzuda O‘g‘uzlarning yomon

tabiatli, johil va qattiq odamlar ekanligi [1. s. 116], mag‘rur yuzli, g‘amgin, g‘arazgo‘y va

hasadgo‘y insonlar ekanligini [2. s. 55] aytgan mualliflar ham bor ekan. Shunga qaramasdan,

mualliflar unlarning jangari, jasur ekanligini ham ta’kidlab o’tadilar.

O‘g‘uzlarning dunyoqarashi O‘g‘uz xoqonning vasiyati orqali shakllangan ekan. Uning

vasiyatga ko‘ra: O‘g‘uzlar doimiy ko‘chmanchi hayot tarzida yashab, yerlarini o‘zgartirib


background image

709

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

turishlari hamda dam olmasdan qishin-yozin otlar bilan sayohat qilishlari kerak. Agar shunday

qilishsa, sut-qatiqlari, qimizlari kamaymaydi va boy bo‘ladilar. Avlodlari yoyilib dunyoga

hukmdor bo‘ladilar. Agar bunday qilishmasa, kambag‘allashib boshqa millatlar bilan aralashib

tilini va odatlarini unutadilar [3. s.28].

Usmon Turonning so‘zlariga ko’ra Turk jahonga hokimligining dastlabki g’oyasining asosi

O‘g‘uz Xoqon afsonalariga borib taqaladi. Aniqki, ularning dunyoni fath qilishi buning natijasidir

[4. s. 143]. Bahovuddin Ogelning bergan ma’lumotiga ko‘ra O‘g‘uz Xoqonning Suriyadagi

vaqtida o‘g‘illarining topishi uchun sharqqa kamonni, g‘arbga o‘qlarni ko‘mdiradi va bu bilan

ularni “kamonning ko‘kda sharqdan g‘arbga qarab tortilishi” ya’ni sharqdan g‘arbga qarab butun

dunyoga hukmron qilinishi kerak degan g’oyani jahonga hukmronlik qilishi bilan bog‘laydilar.

Uyg‘ur manbalarida O‘g‘uz Xoqon dostonida o‘g‘uzlarning [5] Ko‘k Tangrichilik diniga

e’tiqod qilishi keltirib o‘tiladi. Yabg‘ulik ya’ni Turk xoqonligi zamonida ham bu dinga sig‘ingan.

Ular ham ulug‘ bir yaratuvchining borligiga ishonardilar. Uni boshqa Turklarda aytilgani kabi

“Tangri” [6. s. 378-387] deb ataydilar.

Ibn Fadlan bu mavzuda o‘g‘uzlarning biri zulmga duchor bo‘lganda boshini qo‘llarini

yuvmasligi, ularning suvdan foydalanmasligini ko‘rsatadi. Bir kishining Qur’onni qiroat bilan

o‘qiyotganida uni tinglayotgan boshqa bir kishiga bu manzur bo‘lganligi va undan o‘qishni davom

ettirishini istaganligi aytilmoqda. Tinglayotgan kishi tarjimon orqali “Robbimizning xotini

bormi?” deb bergan savoliga va javoban Qur’on o’qiyotgan kishining bu haqida so‘rash katta

gunoh ekanligi, tasbeh va istig‘for aytish kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Bu ishlarning o‘g‘uzlarda

odat tusiga kirganligi va “Subhanalloh va la ilaha illalloh” kalimasini eshitgan har bir inson uni

takrorlab qo‘yarkan. Ayniqsa ularning beylariga “Ey Robbim” deya xitob qilishlari haqida [7. s.

10-11] ma’lumotlar bor. Bundan o‘g‘uzlarning Islom dinini yaxshi bilmasligi anglashiladi. Ammo

Ibn Fadlanning o‘g‘uzlarni yaxshi tanimasligi, beylarini “Rabbim”. deb aytganligi haqidagi

ma’lumoti bunga guvohlik berib turibdi. Ibn Fadlan o‘g‘uzlarda mayyitlarni dafn qilish odati bilan

bog‘liq katta chuqur qaziganligi, mayyitga kiyim kiydirib, kamarini taqib, kamoni va boshqa

anjomlarini kiydirib, qo‘liga ichida sharob to‘la qadah tuttirganligi manbalarda uchraydi. Undan

keyin boshqa ashyolarini ham olib kelib bu chuqurni to‘ldirganligi qayd etilgan. Uning ortidan

ovqat to‘kish odatlari ham bor ekan. Boyliklarini ko‘rsatish uchun hayvonlarining boshlari,

oyoqlari, terisi, quyrug‘idan tashqari barcha a’zolari mozorning atrofiga osib qo‘yiladi. Bu

hayvonlar jannatga ketayotganda minish uchun kerak bo‘lar ekan. Agar o‘lgan kishi jangchi bo‘lsa

qancha odam o‘ldirgan bo‘lsa, o‘shancha suratini chizdirib qabrning atrofiga qadab chiqiladi.

Bular jannatda xizmatkor bo‘lar ekan. Agar mayyitning ortidan qurbonlik qilish kechiktirilsa

ichlaridan bir mo‘ysafid tashviqot olib borib o‘lgan kishini tushida ko‘rganini aytib, bu ishlaridan

xursand emasligini, bildirar emish. Natijada hayvonlarni qurbonlik qilishga majbur bo‘lar edi.


background image

710

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Agarda mayit kambag‘al bo‘lsa, uni faqatgina ko‘mib qaytib ketilar ekan. O‘g‘uzlarda

hayvonlarni qurbon qilish odati so‘yish orqali emas, qo‘ylarni yoki echkilarini o‘lganiga qadar

boshiga urib qurbonlik qilinar edi.

“Hudud ul olam” asarida o‘g‘uzlarning o‘z oralarida o‘zlaridan boy odamni juda ham

hurmat qilishi, ayni damda tabiblarni obro‘-e’tibori yuqori darajada turar ekan [2].

Faruk Sumerning so‘zlariga ko’ra tabiblarning kelajakni oldindan ko‘ra olish xususiyati

borligini, o‘g‘uzlarning dostonlarida kelgan “Korkut Ota” ning bulardan ekanligi keltiradi [6. s.

381]. Bu xol o‘g‘uzlarning Shomonizm e’tiqodiga sodiq bo‘lganligi haqidagi qarashni

quvvatlaydi.

O‘g‘uzlarda bir kishi kasal bo‘lib qolsa, agar u boy oiladan bo‘lsa, uni oilasi bilan u yerda

uzoqda bir chodir tikib, to sog‘ayguncha ular bilan aloqa qilinmaydi.Agar u kambag‘al

bo‘lsa,sahroga olib chiqib tashlangan.

O‘g‘uzlarda Islom dini haqida Ibn Fadlan shunday hikoya aytadi: bir Kichik Yinal ismli

qabila boshlig‘i musulmon bo‘ladi, faqat xalqi u dinini o‘zgartirgani uchun endi bizga hukmdorlik

qilolmaysan deydi.Shuning uchun yana islomni tark etishga majbur bo‘ladi. Mazkur sabablar

tufayli Ertug‘rul ismli sarkarda Xalifani ziyorat qilishga borganida Xalifa uni islomga da’vat

qilganida men yaxshilab o‘ylab ko‘rib keyin javobimni aytaman deydi [7. s.14,16].

Qadimgi Turklar shaharni “baliq” deb atagan. Qoraxoniylar va o‘g‘uzlar orasida bu so‘z

“kent” deb atalgan. Bu so‘z “qishloq” [8] ma’nosini ham anglatadi. “Baliq” so‘zi o‘g‘uzlarda loy

ma’nosini ham beradi. “Balchiq” so‘zi shu so‘zdan paydo bo‘lgan.

Kultegin tosh bitigining tepa qismida “To‘qqiz O‘g‘uz millati o‘z millatim edi. Osmon, yer

topolmay menga dushman bo‘ldi. Bir yilda 5 marta jang qildik. Avval “Togu Baliq” shahrida jang

qildik” [9. s. 24-25, 12, 13,14], degan ma’lumoti berilgan. Ushbu ma’lumot orqali biz

o‘g‘uzlarning Ko‘k Turklar davlati davrida “Togu Baliq” nomli shahari bo‘lganligini bilishimiz

mumkin.

“Hudud ul Olam” asarida o‘g‘uzlarda shaharlar bo‘lmasligi faqat chodirlarda istiqomat

qilishi haqida gap ketadi [10. s.181]. Arab tarixchisi Idrisiyning keltirgan ma’lumotlarida ularning

o‘lkasida tog‘larning ko‘pligi va ularning tepasida qal’alarning mavjudligi bo‘lib u yerda

muhofizlar doimo qo‘riqlov xizmatida bo‘lganligini keltiradi.

Ma’sudiyning “Muruj az-zahab” nomli asarida Orol ko‘li qirg‘og‘ida yashagan

Turklarning Yangi shahar (Yangikent) nomli bir markazlari bor. U yerda musulmonlar ham

yashasada ammo ko‘pchilik aholi Turklardir.

Bu hududlarda ko‘chmanchi va o‘troq yashaydigan o‘g‘uzlarning mavjudligiga doir

dalillar bor. Ibn Xavqal bu haqida Sabron shahrining o‘g‘uzlar bilan tinchlik sulhi hukm

surayotgan vaqtida musulmonlarning tijorat qiladigan shaharlari hisoblangan deydi. Faruk Sumer


background image

711

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

keltirib o‘tgan ma’lumotlarda o‘g‘uzlarning X asrda uchta shahri bor edi. Bular Yangikent,Jand

va Juvara (yoki Huvara) edi. Keyinchalik bularga Sabron, Qorachuq, Sig‘noq va Sutkant shaharlari

qo‘shilgan. Yangikent X asrning eng muhim tijorat shaharlaridan biri bo‘lib O‘g‘uznoma

dostonida O‘g‘uzxon tarafidan ustozi Irkil xo‘jaga berilgani aytiladi. Tarixchi Emil Esin

Yangikent shahrining Ko‘kturklar davlati davrida bunyod etilgan deydi.

V.V.Bartold bu haqida o‘g‘uz hukumdorining Sirdaryo daryosining quyi oqimida

yashaganini va qish faslini shu yerda o‘tkazishini aytmoqda. Unga ko‘ra Somoniylar bilan chegara

shaharlari Sabron bo‘lgan. X asrda Somoniylarning o‘g‘uzlar davlatiga qarshi fath harakatlarini

olib borsada ularga bo‘ysunmagan shaharlar ham mavjud bo‘lgan.

Bu shaharlarning boshida Yangi Qishloq nomli shahar bo‘lib,Sirdaryo daryosiga 6-7 km,

Orol ko‘liga 2 kunlik yo‘l, Farob (O‘tror)ga 20 kunlik yo‘l, Xorazmga 10 kunlik masofada

joylashgan edi. Hozirgi kunda bu shahar Jand shahrining tarkibida joylashgan [11. s.270-271].

REFERENCES

1.

IDRISI

, Nüzhet el-müştâk fi ishtirok el-âfâk, (Çev. R. Şeşen), İslam Coğrafyacılarına Göre

Türklerindir ve Türk Ülkeleri,

Türk Tarih Kurumu, Ankara 2001.

2.

Hududül-Alem Mine'l Meşrik Ile'l-Magrib

, (İngilizceye Çev. V. Minorsky, Türkçeye Çev.

Abdullah Duman-Murat Ağarı), Kitabevi, İstanbul 2008.

3.

YAZIC8ZADE ALİ, Tevârîh-i Âl-i Selçuk,

(Haz. Abdullah Bakır), Çamlıca Yayınları.

İstanbul 2009.

4.

4.TURAN, Osman,

Türk Cihan Hakimiyeti Mefkuresi

, C. I, Nakişlar Yayınevi, İstanbul

1978.

5.

ARAT, Reşit Rahmeti; W. Bang,

Oğuz Kağan Destanı

, Burhaneddin Basımevi, İstanbul

1936.

6.

SÜMER, Faruk, "Oğuzlar mad.",

M.E.B.Islam Ansiklopedisi.,

C.IX, Milli Eğitim

Basımevi, İstanbul 1964,s. 378-387.

7.

IBN FADLAN,

Seyahatname,

(Çev. R. Şeşen), Yeditepe Yayınları, İstanbul 2010, s. 10-

11.

8.

SÜMER, Faruk

, Eski Türklerde Şehircilik,

Türk Tarih Kurumu, Ankara 2014.

9.

ERGIN, Muharrem,

Orhun Abideleri,

Boğaziçi Yayınları, İstanbul 2011, s. 24-25

10.

ÖGEL, Bahaeddin,

Türk Kültürünün Gelişme Çağları,

Türk Dünyası Araştırmaları Vakfı,

İstanbul 1988.

11.

BARTHOLD, Vasily Vladimiroviç,

Orta Asya,

(Çev. Ahsen Batur), Selenle Yayınları,

İstanbul 2010.


background image

712

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

12.

Basymovich, T. B. (2022). Some Issues on Studying Material Culture “Ancient

Ustrushana”.

Texas Journal of Philology, Culture and History

,

11

, 18-22.

13.

Yuldashov, A., Toychiboev, B., & Djoraev, A. (2024). AGRO-ECOLOGICAL

CONDITION OF SIRDARYA REGION AND THE WAYS TO IMPROVE IT.

Science

and innovation

,

3

(C3), 5-10.

14.

BOSIMOVICH, T. B., & ALISHER, A. (2022). FROM THE HISTORY OF THE

ANCIENT DEFENSE WALLS.

International Journal of Intellectual Cultural

Heritage

,

2

(5), 61-65.

References

IDRISI, Nüzhet el-müştâk fi ishtirok el-âfâk, (Çev. R. Şeşen), İslam Coğrafyacılarına Göre Türklerindir ve Türk Ülkeleri, Türk Tarih Kurumu, Ankara 2001.

Hududül-Alem Mine'l Meşrik Ile'l-Magrib, (İngilizceye Çev. V. Minorsky, Türkçeye Çev. Abdullah Duman-Murat Ağarı), Kitabevi, İstanbul 2008.

YAZIC8ZADE ALİ, Tevârîh-i Âl-i Selçuk, (Haz. Abdullah Bakır), Çamlıca Yayınları. İstanbul 2009.

4.TURAN, Osman, Türk Cihan Hakimiyeti Mefkuresi, C. I, Nakişlar Yayınevi, İstanbul 1978.

ARAT, Reşit Rahmeti; W. Bang, Oğuz Kağan Destanı, Burhaneddin Basımevi, İstanbul 1936.

SÜMER, Faruk, "Oğuzlar mad.", M.E.B.Islam Ansiklopedisi., C.IX, Milli Eğitim Basımevi, İstanbul 1964,s. 378-387.

IBN FADLAN, Seyahatname, (Çev. R. Şeşen), Yeditepe Yayınları, İstanbul 2010, s. 10-11.

SÜMER, Faruk, Eski Türklerde Şehircilik, Türk Tarih Kurumu, Ankara 2014.

ERGIN, Muharrem, Orhun Abideleri, Boğaziçi Yayınları, İstanbul 2011, s. 24-25

ÖGEL, Bahaeddin, Türk Kültürünün Gelişme Çağları, Türk Dünyası Araştırmaları Vakfı, İstanbul 1988.

BARTHOLD, Vasily Vladimiroviç, Orta Asya, (Çev. Ahsen Batur), Selenle Yayınları, İstanbul 2010.

Basymovich, T. B. (2022). Some Issues on Studying Material Culture “Ancient Ustrushana”. Texas Journal of Philology, Culture and History, 11, 18-22.

Yuldashov, A., Toychiboev, B., & Djoraev, A. (2024). AGRO-ECOLOGICAL CONDITION OF SIRDARYA REGION AND THE WAYS TO IMPROVE IT. Science and innovation, 3(C3), 5-10.

BOSIMOVICH, T. B., & ALISHER, A. (2022). FROM THE HISTORY OF THE ANCIENT DEFENSE WALLS. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(5), 61-65.