Authors

  • Umidjon Xudoyorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58151

Keywords:

voyaga etmaganlar zoʻravonlik qurbonlari huquq madaniyat tarbiya qonun yoshlar insonparvarlik jinoyatchilik jinoiy tahdiddan himoya qilish jinoiy tajovuz.

Abstract

"Jinoyatchilik va voyaga yetmaganlar" muammosi anʼanaviy ravishda asosan bir jihatdan, yaʼni voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy xavfliligi nuqtayi nazaridan oʻrganilishi, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi, bu jihat deyarli oʻrganilmaganligi va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari profilaktikasini takomillashtirishga ehtiyojning mavjudligi.

background image

731

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQBUZARLIKKA QARSHI

BARQARORLIGINI TAʼMINLASH CHORALARI VA PROFILAKTIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH

Xudoyorov Umidjon Dagarovich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi,

Sirdaryo viloyati Yuridik texnikum oʻqituvchisi,

3-darajali adliya maslahatchisi

Telefon: +998 (99) 475 72 02,

Umidjondagarov@gmail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14528991

Annotatsiya

. "Jinoyatchilik va voyaga yetmaganlar" muammosi anʼanaviy ravishda

asosan bir jihatdan, yaʼni voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy xavfliligi nuqtayi

nazaridan oʻrganilishi, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi, bu

jihat deyarli oʻrganilmaganligi va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari profilaktikasini

takomillashtirishga ehtiyojning mavjudligi.

Kalit soʻzlar:

voyaga etmaganlar, zoʻravonlik qurbonlari, huquq madaniyat, tarbiya,

qonun, yoshlar, insonparvarlik, jinoyatchilik, jinoiy tahdiddan himoya qilish, jinoiy tajovuz.

IMPROVING MEASURES TO ENSURE THE STABILITY OF JUVENILE

DELINQUENCY AND PREVENTION

Abstract.

The issue of "Juvenile Delinquency" is traditionally studied mainly from one

perspective, namely the social danger of juvenile delinquency, the social danger of crime against

minors, which has hardly been studied, and the need to improve the prevention of juvenile offenses.

Key words:

minors, victims of violence, law, culture, education, law, youth, humanism,

crime, protection from criminal threats, criminal violence.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕР ПО ОБЕСПЕЧЕНИЮ УСТОЙЧИВОСТИ

НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ К ПРАВОНАРУШЕНИЯМ И ИХ ПРОФИЛАКТИКЕ

Аннотация.

Проблема преступности и несовершеннолетних традиционно

изучается главным образом в одном аспекте, а именно с точки зрения социальной

опасности преступности несовершеннолетних, социальной опасности преступности в

отношении несовершеннолетних, того факта, что этот аспект практически не изучен и

что существует необходимость в совершенствовании профилактики правонарушений

несовершеннолетних.

Ключевые слова:

несовершеннолетние, жертвы насилия, право, культура,

образование, закон, молодежь, гуманизм, преступность, защита от криминальных угроз,

криминальное насилие.


background image

732

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Rivojlangan davlatlar uchun insonning umuminsoniy huquq va erkinliklarini hurmat qilish

kafolati sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harakatlari ustidan ijtimoiy nazorat

shakllarini takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan davlatimiz

jinoyatchilikka qarshi kurashda turli profilaktika subyektlari (davlat hokimiyati organlari,

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi, unda ishtirok etuvchi davlat

organlari va muassasalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari) va huquqbuzarlar oʻrtasida

profilaktika faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek jinoyatlarni samarali

aniqlash va tergov qilish, zarur tadqiqotlar va ekspertizalar (masalan, DNK tekshiruvlarini)

oʻtkazish, jinoyat izlarini qayd etish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnik vositalar va uskunalar

bilan taʼminlash borasida ham ijobiy xorijiy tajribadan foydalanishi kerak (3-D skanerlar), keng

tarqalgan “Xavfsiz shahar” elektron tizimlarini joriy etish va shu kabilarni amalga oshirish eng

muhim maqsadimiz boʻlishi kerak.

Hozirgi kunda respublikamizda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish va

jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ham keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa,

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi tizimi “Xavfsiz

shahar”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz xonadon” tizimlari joriy etildi hamda 24 soatlik patrul xizmati

yoʻlga qoʻyildi

1

, shuningdek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”ning joriy etilganligi hamda

zamonaviy transport va aloqa vositalarining yaratilishi, texnik taʼminotning yaxshilanishi, jamoat

joylariga videokuzatuv moslamalari oʻrnatilishi

2

bu borada juda qoʻl kelmoqda.

"Jinoyatchilik va voyaga yetmaganlar" muammosi anʼanaviy ravishda asosan bir jihatdan,

yaʼni voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy xavfliligi nuqtayi nazaridan oʻrganiladi.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi haqida gapirganda, bu jihat

deyarli oʻrganilmagan. Biroq, koʻpincha voyaga yetmaganlarning kriminogen va viktimogen xulq-

atvori oʻrtasidagi chegara juda harakatchan boʻlib qoladi.

Shuning uchun biz voyaga etmaganni jinoiy tahdiddan himoya qilish obyekti sifatida koʻrib

chiqishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu tahdid bir tomondan jinoyatchining niyatida

ikkinchi tomondan voyaga etmaganning oʻzida yotadi. Voyaga etmagan shaxs oʻzining ijtimoiy

va fiziologik jihatdan yetuk emasligi, vaziyatni baholay olmasligi koʻr-koʻrona qiziqishi, turli xil

vasvasalarga qarshi barqaror boʻlmasligi sababli, ular koʻpincha jinoyat sodir etishi, jinoyat

faoliyatiga jalb etilishi yoki jinoyatning qurboniga aylanishi mumkin.

1

Asosiy maqsad - aholining tinch va osyishta hayotini taʼminlash // Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyevning 2019-yilning 10-yanvar kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash,
jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasi.
URL:http://www.uza.uz.

2

A. X. Xalilov, Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlashning ahamiyati, mazmun-mohiyati, maqsad va

prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining axborotnomasi. — 2019. — № 3. B 45.


background image

733

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik muammosini E.I. Chelyabova

koʻrib chiqib, profilaktika, tarbiyalash, reabilitatsiya va boshqa nazorat choralarini oʻz ichiga olgan

bolalarni jinoiy-huquqiy va ijtimoiy-kriminalogik himoya qilish tizimini (ayniqsa oilaviy

munosabatlar sohasida) shakllantirish zarur degan xulosaga keladi. Bu oʻz navbatida voyaga

yetmaganlar jinoyatlarining profilaktikasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan subyektlarga boʻlgan

ehtiyojni taqozo etadi, ular orasida kriminologlar, (yuristlardan tashqari) psixologlar, pedagoglar

madaniyat va ijtimoiy xizmat xodimlar va boshqalarni oʻz ichiga oladi

3

.

Ushbu tadqiqotining obyekti — jinoiy tajovuzlardan himoyalash muammosi boʻlib u

voyaga yetmaganlarni jinoiy tajovuzning tashqi va ichki tahdidlaridan himoya qilishni shuningdek

jinoiy tajovuzdan himoya qilish tizimining tabiati va imkoniyatlarini ifodalaydi. Tadqiqot

predmeti jinoiy tajovuzlardan himoyalash, xavfsizlik tizimining holatini belgilovchi huquqiy,

iqtisodiy, madaniy, tashkiliy, manaviy va boshqa xarakterga ega boʻlgan ichki (shaxsiy) va tashqi

(uning atrofidagi muhit) aloqalarini oʻz ichiga oladi va voyaga yetmaganlarning xavfsizligini

taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirishda hisobga olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017-yildagi “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida” PQ-2833-sonli qarorida, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat

organlarining ish shakli va uslublari hozirgi kun talablariga toʻliq javob bermayotganligi koʻrsatib

oʻtilgan.

Ushbu qarorda davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini

faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu

faoliyatga lozim darajada eʼtibor qaratmayotganligi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va

jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarning aniq manzilga yoʻnaltirilmaganligi

va ularga kompleks yondashilmayotganligi, shuningdek huquqbuzarliklarning tizimli ravishda

sodir etilishiga doir sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-

tadbirlarni ishlab chiqish samaradorligi mavjud emasligi kutilayotgan natijalarni bermayotganligi.

Vakolatli organlarning yetarli darajada tashabbus koʻrsatmayotganligi, lozim darajadagi

idoralararo hamkorlikning mavjud emasligi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning oʻzaro

nomutanosibligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi

faoliyatni tubdan takomillashtirishni talab etishi

4

belgilab berilgan.

Yurtimizda barcha bolalar zoʻravonlikdan qonun bilan himoyalangan.

3

Челябова Э.И. Уголовно-правовой и криминологический анализ неисполнения обязанностей по воспитанию

несовершеннолетних (по материалам Республики Дагестан): Дис...канд. юрид. наук: 12.00.08. — Махачкала,
2006. С-5.

4

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017-yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka

qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-sonli Qarori


background image

734

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari

toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli qonunida bola huquqlarining kafolatlari tartibga solingan. Unga

koʻra Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya

qilish, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat

tashkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari

(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi

5

. Bundan tashqari bu

yoʻnalishdagi eng katta va xalqaro ahamiyatga ega hujjat sifatida amal qiluvchi 1924 Jenevada

qabul qilingan “Bola huqulari toʻgʻrisidagi konvensiya”da bolalar huquq va majburiyatlari, uning

shaxsiga nisbatan boʻladigan munosabatlarga keng tarzda izoh berilgan.

Biroq shuni alohida eʼtiborga olish kerakki, yuqirida keltirilgan javobgarlikni oʻzida aks

ettiruvchi JK va MJTK normalarining blanket dispozitsiyasi sifatida mazkur Qonunning 10-

moddasi 4-xatboshisida davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini

taʼminlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan

jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud

inson qadr -qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan,

huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini

amalga oshirishi belgilangan

6

. Lekin, ushbu qonun va normativ huquqiy hujjatlarda jismoniy,

jinsiy va ruhiy zoʻravonlik, shahvoniy shilqimlik tushunchalariga taʼrif berilmagan. Shuni

inobatga olgan holda ushbu Qonunining 3-moddasidagi asosiy tushunchalarni tadqiqot ishimizda

koʻrsatib oʻtilgan zoʻravonlik turlarini aniqlashtiruvchi tushunchalar bilan toʻldirish lozimdir.

Konstitutsiyamizning 77-moddasi Ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz

farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli

va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Ota-onalar

zimmasiga farzand tarbiyasi boʻyicha bir qator majburiyat yuklash bilan birga, boladan ota -

onaning koʻrsatmalariga, ular agar bola manfaatlariga toʻgʻri kelsa, amal qilishini talab qilish

zarur. Ota-onalar ham, farzandlar ham ushbu majburiyatlarni lozim darajada bajargan holdagina

kelgusida ijobiy natijaga erishish mumkin.

Voyaga yetmaganlarni jinoiy faoliyatga jalb qilinishini oldini olishda ota-onalarning

masʼuliyatini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Bolalik har bir bolaning hayotidagi ajralmas va muhim bosqichdir, chunki bu davrda shaxs

sifatida shakllanadi.

Yomon jamoaga tushib qolish bolaga salbiy taʼsir koʻrsatishini tushunish juda muhim,

5

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli

Qonuni, 11-modda

6

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli

Qonuni, 10-modda


background image

735

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ijtimoiy jihatdan ijobiy jamoaga tushib qolish esa ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Salbiy taʼsirlar voyaga

yetmaganlarning keyingi rivojlanishiga zarar yetkazadi, shaxsiyatni tiklashga uzoq vaqt talab

qilishi mumkin. Bolaning miyasi qurilish va tuzilish bosqichidan oʻtadi, spirtli ichimliklar va mast

qiluvchi moddalarning miyaga zararli taʼsiri uning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi va mantiqiy va

fikrlash jarayonlarini sekinlashtiradi.

Texnikaning rivojlanishi va yangi texnologiyalarning paydo boʻlishi faqat ijobiy omil

emas. Zamonaviy qurilmalar yordamida voyaga yetmaganlarni jinoyat qilishga jalb qilish, ularga

ruhiy va jismoniy zarar yetkazish mumkin. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda "qiziqishlar" boʻyicha

guruhlar mavjud boʻlib, u yerda spirtli ichimliklar isteʼmoli, giyohvand va boshqa psixotrop

moddalarni isteʼmol qilish targʻib qilinadi, "tushunchalar" boʻyicha hayot, qamoqxona tamoyillari,

jinoyatga oid xulq-atvor ulugʻlanadi, shuningdek, ekstremistik faoliyatga jalb qilish ham amalga

oshirilishi mumkin, buning oqibatida yuzlab taqdirlarning buzilishi va minglab oʻlim holatlari

sodir boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018-yildagi 848-son Qarori

bilan tasdiqlangan “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni

taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga

doir talablarni belgilash toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan

axborot mahsuloti tele va radiouzatish orqali soat 6:00 dan 22:00 gacha tarqatilishi taqiqlanadi

7

.

Ayrim

davlatlar,

maʼmuriy

hududlarda

jamoat

tartibi

va

xavfsiz-

ligini

taʼminlash

faoliyati

turli

yoʻllar,

usullar

bilan

taʼminlanadi.

Ushbu sohada har bir davlat oʻziga xos ilgʻor tajribaga ega boʻlib, ularni

oʻrganish

hamda

yurtimiz

jamoat

tartibi

va

xavfsizligini

taʼminlash

tizimiga tatbiq etish bugunning dolzarb talablaridan biridir

8

.

AQSHning “Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari profilaktikasi va sudlovi

toʻgʻrisida”gi

9

qonuni (2002-y.) muhim ahamiyat kasb etadi. AQSHda voyaga yetmaganlar

huquqlarini kafolatlashga oid qonunlarning kodifikatsiya qilinganligi bu boradagi masalaga

davlatning aniq pozitsiyasi mavjudligini yaqqol koʻrsatadi. Xususan, Voyaga yetmaganlar

huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi federal kodeksda

10

voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan

jinoyat va huquqbuzarliklarni sud tartibida hal etish mexanizmlari belgilab qoʻyilgan.

7

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018-yildagi “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar

yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-
apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida”gi 848-son Qarori

8

Ziyodullayev M.Z. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlarini boshqarishni takomillashtirish: yurid. fan. d-ri.

... dis. - T., 2019. - 294 b. B. 217.

9

Juvenile

Justice

and

Delinquency

Prevention

Act

of

2002

//

[Elektron

manba]:

https://www.ojjdp.gov/about/ojjdpact2002.html

.

10

Federal juvenile delinquency code // [Elektron manba]:

https://www.justice.gov/jm/criminal-resource-manual-

117-federal-juvenile-delinquency-code

.


background image

736

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

AQSHda oiladagi zoʻravonlik qurbonlari uchun 1,5 mingta markazlar, alohida uylar tashkil

qilingan boʻlib, ushbu markazlarga oiladagi zoʻravonlikdan jabrlangan, uyida oila aʼzolari

tomonidan kaltaklangan, xoʻrlangan, jabr-zulmga duchor boʻlayotgan ayollar, qariyalar, voyaga

yetmaganlar murojaat qiladi

11

.

AQSHda 40 mingdan ortiq politsiya idora-agentliklari boʻlsada, mamlakatda ularning

boshqarilishini muvofiqlashtirib boruvchi markaziy politsiya idorasi mavjud emas. AQSHda

jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalari asosan

shtatlarga yuklatilgan

12

. Jinoyatchilikka qarshi kurashishning «mutlaq murosasizlik» (“zero

tolerance”) doktrinasi tatbiq etilgan. Ilgaridan joriy etilgan uch boʻgʻinli (federal, shtat va mahalliy

darajadagi) huquqni muhofaza qilish tizimida faoliyat olib boruvchi politsiya xodimlarining 60 %

mahalliy boʻgʻin hisobiga toʻgʻri keladi. Ular aholi bilan bevosita hamkorlikda ish olib boradi

13

.

XX asrning 90-yillarida mamlakatdagi barcha innovatsion resurslar jinoyatchilikka qarshi

kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan: 1)

jinoyatchilikni barvaqt oldini olishni taʼminlash maqsadida jamoatchilikning qoʻllab-quvvat-

lashiga erishish uchun politsiyani mahalliy aholiga yaqinlashtirishga qaratilgan ijtimoiy

yoʻnaltirilgan ishlarni kuchaytirish; 2) oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar uchun jazo tizimini keskin

kuchaytirish; 3) ommaviy axborot vositalarida murosasizlik doktrinasi boʻyicha «Jinoyat

toʻxtatilishi kerak, sodir etilgan jinoyat jazolanadi» tamoyili yuzasidan jamoatchilik fikrini

shakllantirish

14

.

Ushbu sayi harakatlar natijasida jinoyatchilik koʻrsatkichining umumiy

holatini sezilarli pasayishiga olib kelgan.

Davlatning uchinchi tez oʻsayotgan shahri hisoblanuvchi Virjiniya-Bichda voyaga

yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu yerda maxsus dastur

tatbiq etilgan boʻlib, ushbu dasturda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tanishtiruvchi

oʻquv kursi 4-sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan ushbu dastur oʻz ichiga: qonun hamda

jinoyatchilik, turar-joy xavfsizligi, doʻkondagi oʻgʻirlik, bosqinchilik va shaxsiy xavfsizlik kabi 6

ta mavzuni olgan 3 hafta davom etuvchi mashgʻulot- lardan iborat maxsus kurs oʻtkaziladi,

yakunida oʻquvchilarga sertifikat va nishon berish nazarda tutiladi. Kursning oʻziga xos xususiyati

mashgʻulotlarning oʻquvchilar xulq-atvoriga taʼsir koʻrsatuvchi omil sifatida politsiya xodimlari

tomonidan olib borilishidir. Dastur mualliflarining fikricha, ularning asosiy maqsadi bolani

11

Murodov A. Sh. “Ichki ishlar organlarining oiladagi zoʻravonlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar profilaktikasini

takomillashtirish”, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori dissertasiyasi-T., 2019. - B. 98.

12

Майоров В.И. Организация деятельности по охране обшественного порядка в США, странах Европм и

России: Учебное пособие. - Челябинск, 2003. - С. 17.

13

Квашис В.Е. Основнме тенденции преступности в США // Научный портал МВД России. - 2012. - № 1. - С.

54.

14

Гордеев А.Ю. К вопросу о положительном опьте предупреждения преступлений в зарубежньх

странах//Matters of Russian and International Law. - 2017. - Vol. 7. - P. 117.


background image

737

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

yoshligidan ijtimoiy hodisalarni toʻgʻri baholashga oʻrgatish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan

potensial xavfdan qochish va politsiya bilan munosabatga kirishish koʻnikmalarini

shakllantirishdan iborat

15

.

AQSHning Florida shtati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ishlab chiqilgan

hamda davlat va xususiy sektorda joriy etilgan huquqiy taʼlim dasturi ham eʼtiborga loyiq. 7-8-

sinf oʻquvchilariga moʻljallangan ushbu dastur shaxsning jamiyatdagi qadriyatlar tizimida tutgan

oʻrni, fuqaroning majburiyatlari va jinoyat huquqi asoslari, huquq- tartibotni buzuvchilarni

kutayotgan jazoga doir bilimlarni shakllanti- rishga qaratilgan. Oʻrganilgan dasturlarning barchasi

voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakillantirishga shu orqali

jinoyatchilikni oldini olishga maxsus yoʻnaltirilganligini koʻrish mumkin

16

.

AQSHda ijobiy natija bergan maxsus dasturlardan yana biri yoshlar oʻrtasida

giyohvandlikni oldini olishga qaratilgan boʻlib, uning yordamida soʻnggi 15 yilda giyohvandlik

moddalarini isteʼmol qiluvchilarning koʻrsatkichi 50 %ga kamayishiga erishilgan. Davlatda

giyohvandlikka qarshi kurashuvchi 3,5 ming jamoatchilik tashkiloti faoliyat yuritadi

17

. Ushbu

davlatda mazkur sohada samarali faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro tashkilotlar ulushi ham

yuqoriligini koʻrish mumkin. Jumladan, 1991-yilda tashkil etilgan “Xalqaro hayotiy moslashtirish

(International life skills)” tashkilotiga dunyoning 27 ta (jumladan, Avstraliya, Kanada, Xitoy,

Germaniya, Fransiya, Italiya) davlatlari aʼzo boʻlib, mazkur dastur yoshlarning hayotiy

bilimlarini shakllantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan

18

.

Oʻrganilayotgan yoʻnalishdagi rivojlangan mamlakatlar (shu jumladan, AQSH, Kanada,

Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Avstraliya) tajribasi shuni koʻrsatadiki, huquqbuzarliklar

profilaktikasi samaradorligi ularda tatbiq etilgan maxsus dastur hamda loyihalarga bevosita

bogʻliqdir. “Qoʻshnilar nazorati (neighborhood watch)”, «Jinoyatchilikni toʻxtatamiz (crimes

toppers)», «Tashqi muhitni tashkil etish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasi dasturi

(Crimeprevention

throughen

vironment

design

(broken

window)

(Huquqbuzarliklar

profilaktikasini tashqi muhitdan kuzatuv ostiga olish (siniq oynalar)», “Safety City (Xavfsiz

shahar)” kabi dasturlar shular jumlasidan boʻlib, bugungi kunda amaliyotda ijobiy natijalar berib

kelayotganligini kuzatish mumkin

19

.

15

Гусейнов А.Б. Профилактика правонарушений несовершеннолетних за рубежом // [Электрон

манба]:https://www.twirpx.com/file/1 172281/ (мурожаат вақти: 17.01.2020 й.).

16

Дородонова Д.Н. Регулирование вопросов по организации профилактики правонарушений

несовершеннолетних в зарубежном законодательстве: история и современность // Вестник Саратовской
государственной юридической академии. - 2017. - № 5 (118). - С. 195.

17

Кицул И.С., Перфильева Н.В. Отечественньй зарубежнмй опыт профилактики наркомании среди

населения // Сибирский медицинский журнал. - 2005. - № 5. - С. 6.

18

Менделевич В.В., Муганцева Л.В. Распространенность наркомании среди подростков в Российской

Федерации // Наркология. - 2003. - № 6. - С. 2-6.

19

Головкина А., Потоцкий Н. Зарубежнмй опмт разработки программ профилактики правонарушений //

[Электрон манба]: https://pandia.ru/text/78/094/83215.php.


background image

738

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Shu kabi loyiha va dasturlarning ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi

mamlakatimizda kelgusida ushbu sohada oʻzining ijobiy natijalarni beradi deb hisoblayman.

Yuqoridalargi maʼlumotlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi profilaktikasini yanada

takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ular jamiyatning barqarorligi va kelajak avlodning

sogʻlom tarbiyasini taʼminlash yoʻlida aniq yoʻnalishlarni belgilab beradi. Ushbu takliflar quyidagi

asosiy yoʻnalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

Tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash muammolarning chuqur tahlili:

Voyaga yetmaganlar

jinoyatchiligi sabablari, psixologik omillar, ijtimoiy muhit taʼsirini oʻrganuvchi ilmiy tadqiqotlar

sonini oshirish.

Empirik tadqiqotlar:

Konkret hududlardagi huquqbuzarliklar dinamikasini tahlil qilish va

real maʼlumotlar asosida yechim taklif qilish.

Tadqiqot natijalarini jamoatchilikka yetkazish:

Ota-onalar, oʻqituvchilar va mahalla

faollarini xabardor qilish orqali profilaktika samaradorligini oshirish.

Qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyotini samarali yoʻlga qoʻyish:

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga oid qonunchilikni xalqaro standartlar asosida

takomillashtirish.

Taʼlim va jazoning alternativ usullari:

Huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlar

uchun majburiy taʼlim dasturlari va qayta ijtimoiylashtirish dasturlarini joriy etish.

Nazorat mexanizmlari:

Profilaktika ishlari bilan shugʻullanuvchi idoralar oʻrtasidagi

hamkorlikni mustahkamlash va nazorat tizimini kuchaytirish.

Ijtimoiy qadriyatlar tizimining taʼsirchanligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni

mustahkamlash:

Ota-onalarga bolalar tarbiyasi boʻyicha taʼlim va maslahat xizmatlarini

koʻpaytirish.

Axborotlarni tarqatish subyektlari:

Jinoyatchilikning zarari va huquqbuzarliklar oqibatlari

haqida yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini tashkil qilish.

Mahalla va jamoat tashkilotlari:

Mahalliy jamoatchilikni bolalar tarbiyasi va profilaktika

ishlariga faol jalb etish.

Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aqlli monitoring tizimlari:

Sunʼiy intellekt orqali

jinoyatchilikka moyillikni aniqlash va oldini olish.

Virtual platformalar:

Ommaviy taʼlim platformalari orqali huquqiy savodxonlik va axloqiy

tarbiya berish.

Mobil ilovalar va interaktiv oʻyinlar:

Bolalar uchun huquqiy bilimlarni oʻyinlar orqali

tushuntirish va mustahkamlash.

Ushbu yondashuvlar tizimli ravishda amalga oshirilsa, jamiyatda sogʻlom ijtimoiy muhitni

saqlash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirish va yoshlar kelajagini


background image

739

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

mustahkamlashda muhim qadam qoʻyilgan boʻladi.

REFERENCES

1.

Asosiy maqsad - aholining tinch va osyishta hayotini taʼminlash // Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yilning 10-yanvar kuni mamlakatimiz

tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi

kelgusi

vazifalarga

bagʻishlangan

videoselektor

yigʻilishidagi

maʼruzasi.

URL:http://www.uza.uz.

2.

A. X. Xalilov, Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlashning ahamiyati, mazmun-

mohiyati, maqsad va prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining

axborotnomasi. — 2019. — № 3. B 45.

3.

См.: Челябова Э.И. Уголовно-правовой и криминологический анализ неисполнения

обязанностей по воспитанию несовершеннолетних (по материалам Республики

Дагестан): Дис...канд. юрид. наук: 12.00.08. — Махачкала, 2006. С-5.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017-yildagi “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-sonli Qarori

5.

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari

toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuni, 11-modda

6.

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari

toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuni, 10-modda

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018-yildagi “Bolalarni

ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir

maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir

talablarni belgilash toʻgʻrisida”gi 848-son Qarori

8.

Ziyodullayev M.Z. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlarini boshqarishni

takomillashtirish: yurid. fan. d-ri.... dis. - T., 2019. - 294 b. B. 217.

9.

Juvenile Justice and Delinquency Prevention Act of 2002 // [Электрон манба]:

https://www.ojjdp.gov/about/ojjdpact2002.html.

10.

Federal

juvenile

delinquency

code

//

[Электрон

манба]:

https://www.justice.gov/jm/criminal-resource-manual-117-federal-juvenile-delinquency-

code.

11.

Murodov A. Sh. “Ichki ishlar organlarining oiladagi zoʻravonlik bilan bogʻliq

huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish”, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori

dissertatsiyasi-T., 2019. - B. 98.


background image

740

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

12.

Майоров В.И. Организация деятельности по охране обшественного порядка в США,

странах Европм и России: Учебное пособие. - Челябинск, 2003. - С. 17.

13.

Квашис В.Е. Основнме тенденции преступности в США // Научный портал МВД

России. - 2012. - № 1. - С. 54.

14.

Гордеев А.Ю. К вопросу о положительном опьте предупреждения преступлений в

зарубежньх странах//Matters of Russian and International Law. - 2017. - Vol. 7. - P. 117.

15.

Гусейнов А.Б. Профилактика правонарушений несовершеннолетних за рубежом //

[Электрон манба]:https://www.twirpx.com/file/1 172281/ (мурожаат вақти: 17.01.2020

й.).

16.

Дородонова Д.Н. Регулирование вопросов по организации профилактики

правонарушений несовершеннолетних в зарубежном законодательстве: история и

современность // Вестник Саратовской государственной юридической академии. -

2017. - № 5 (118). - С. 195.

17.

Кицул И.С., Перфильева Н.В. Отечественньй зарубежнмй опыт профилактики

наркомании среди населения // Сибирский медицинский журнал. - 2005. - № 5. - С.

6.

18.

Менделевич В.В, Муганцева Л.В. Распространенность наркомании среди

подростков в Российской Федерации//Наркология. - 2003. - № 6. - С. 2-6.

19.

Головкина А., Потоцкий Н. Зарубежнмй опмт разработки программ профилактики

правонарушений // [Электрон манба]: https://pandia.ru/text/78/094/83215.php.

References

Asosiy maqsad - aholining tinch va osyishta hayotini taʼminlash // Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yilning 10-yanvar kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasi. URL:http://www.uza.uz.

A. X. Xalilov, Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlashning ahamiyati, mazmun-mohiyati, maqsad va prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining axborotnomasi. — 2019. — № 3. B 45.

См.: Челябова Э.И. Уголовно-правовой и криминологический анализ неисполнения обязанностей по воспитанию несовершеннолетних (по материалам Республики Дагестан): Дис...канд. юрид. наук: 12.00.08. — Махачкала, 2006. С-5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017-yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-sonli Qarori

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuni, 11-modda

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuni, 10-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018-yildagi “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida”gi 848-son Qarori

Ziyodullayev M.Z. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlarini boshqarishni takomillashtirish: yurid. fan. d-ri.... dis. - T., 2019. - 294 b. B. 217.

Juvenile Justice and Delinquency Prevention Act of 2002 // [Электрон манба]: https://www.ojjdp.gov/about/ojjdpact2002.html.

Federal juvenile delinquency code // [Электрон манба]: https://www.justice.gov/jm/criminal-resource-manual-117-federal-juvenile-delinquency-code.

Murodov A. Sh. “Ichki ishlar organlarining oiladagi zoʻravonlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish”, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasi-T., 2019. - B. 98.

Майоров В.И. Организация деятельности по охране обшественного порядка в США, странах Европм и России: Учебное пособие. - Челябинск, 2003. - С. 17.

Квашис В.Е. Основнме тенденции преступности в США // Научный портал МВД России. - 2012. - № 1. - С. 54.

Гордеев А.Ю. К вопросу о положительном опьте предупреждения преступлений в зарубежньх странах//Matters of Russian and International Law. - 2017. - Vol. 7. - P. 117.

Гусейнов А.Б. Профилактика правонарушений несовершеннолетних за рубежом // [Электрон манба]:https://www.twirpx.com/file/1 172281/ (мурожаат вақти: 17.01.2020 й.).

Дородонова Д.Н. Регулирование вопросов по организации профилактики правонарушений несовершеннолетних в зарубежном законодательстве: история и современность // Вестник Саратовской государственной юридической академии. - 2017. - № 5 (118). - С. 195.

Кицул И.С., Перфильева Н.В. Отечественньй зарубежнмй опыт профилактики наркомании среди населения // Сибирский медицинский журнал. - 2005. - № 5. - С. 6.

Менделевич В.В, Муганцева Л.В. Распространенность наркомании среди подростков в Российской Федерации//Наркология. - 2003. - № 6. - С. 2-6.

Головкина А., Потоцкий Н. Зарубежнмй опмт разработки программ профилактики правонарушений // [Электрон манба]: https://pandia.ru/text/78/094/83215.php.