Authors

  • Biybimariyam Jabbarbergenova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58154

Keywords:

ta’lim muassasalari rahbar faoliyat chora-tadbirlar.

Abstract

Bu maqolada ta’lim muassasalari rahbarlarining qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirish haqida sóz etilgan.

background image

758

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARINING QAROR QABUL QILISH

KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH

Jabbarbergenova Biybimariyam

Ajiniyaz nomidagi NDPI Magistratura bo’limi «Bilimlendiriw mekemelerin basqarıw» sohasi 2-

kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14531742

Annotаciya.

Bu maqolada ta’lim muassasalari rahbarlarining qaror qabul qilish

ko‘nikmasini rivojlantirish haqida sóz etilgan.

Tayanch tushunchalar:

ta’lim muassasalari, rahbar, faoliyat, chora-tadbirlar.

DEVELOPING DECISION-MAKING SKILLS OF HEADS OF EDUCATIONAL

INSTITUTIONS

Abstract.

This article discusses the development of decision-making skills of heads of

educational institutions.

Key concepts:

educational institutions, leader, activity, measures

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ПРИНЯТИЯ РЕШЕНИЙ РУКОВОДИТЕЛЕЙ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ

Аннотация.

В данной статье говорится о развитии навыков принятия решений у

руководителей образовательных учреждений.

Ключевые слова:

образовательные учреждения, руководители, деятельность,

меры.

Qaror tushunchasining mazmun-moxiyati, asosiy turlari va tasniflari.

Umuman olganda boshqaruv faoliyatida, shuningdek pedagogik faoliyatni boshqarishda

ham muhim vazifalardan biri to‘g‘ri qaror qabul qilishdir. To‘g‘ri qaror qabul qilish boshqarish

faoliyatining negizi bo‘lib, uning sifati va samaradorligini belgilaydi. Qaror bu boshqaruv

subyekti tamonidan o‘z imkoniyat darajasidan kelib chiqqan xolda, mavjud ma’lumot taxlili

asosida boshqaruv obyekti kilishi kerak bo‘lgan va shu sohadagi muammoni hal qilishga qaratilgan

xarakat. Qaror kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan harakatni ko‘rsatib, "nima qilish kerak" degan

savolga javob beradi. Qarorning mazmunida qilinishi kerak bo‘lgan ishning maqsadi va predmeti

birlashadi.Qaror tushunchasi o‘z manosi jixatidan "chora-tadbirlar" tushunchasi bilan

chambarchas bog‘liq. Pedagogning faoliyati ta’lim soxasi bilan bog’liqligini inobatga oladigan

bo‘lsak, ushbu soxadagi qaror qabul qilish shu soxaga ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Agar qaror

to‘g‘ri bo‘lsa, u ijobiy natijalarga olib keladi. Noto‘g‘ri qaror aksincha, salbiy natijalarga olib

kelishi mumkin.Ayrim paytlarda "qaror qabul qilish", "qaror ishlab chiqish" degan"qarorni degan

iboralar o‘rniga, shakllantirish " degan ibora xam qo‘llaniladi.Qarorning "ijro etuvchi" va


background image

759

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

"boshqaruvchi" turlari mavjud bo‘ladi.Qaror qabul qiluvchining o‘ziga tegishli, o‘zi qilishi kerak

bo‘lgan xarakatlarni ko‘rsatuvchi qarorlar, va umuman olganda "nima qilishim kerak" degan

savolga, hamda "narsa qilaman", "bu narsa qilishim kerak" degan ma’noni anglatadigan qarorlar

ijro etuvchi yoki shaxsiy qarorlar deyiladi.Ulardan farqli o‘laroq, boshqaruvchi qarorlar

boshqaruvdagi shaxslarga nisbatan qabul qilinadi va ularning xarakatini belgilab beradi.Har

kanday soxaning har kanday xodimi ham "ijro etuvchi", ham "boshqaruvchi" qarorlar qabul qiladi.

Odatda ikkinchi qaror turi birinchisini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.Pedagogik qaror bu

subyektlararo mavjud ijtimoiy munosabatlardagi pedagogik va psixologik muloqat natijasi.

Albatta harqanday qarorlar ham bir xil bo‘lavermaydi, ayrim qarorlarda vazifa umumiy

qo‘yiladi, ayrimlarida aniq va lo‘nda xolda qo‘yiladi. Qarorlar ko‘pincha bir-biridan kelib chiqadi,

bir-birini to‘ldiradi, bir-biriga asos bo‘ladi.Barchamizga ma’lumki, qarorlar insonning ma’lum

axborotni (ma’lumot, raqamlar) qayta ishlashi natijasida shakllanadi. Bu ma’lumotlar qaror qabul

qilish jarayonida tutgan o‘rniga qarab uch turga bo‘linadi: vaziyatni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar;

mezonlarni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar; namunaviy (pretsedentli) ma’lumotlar.Vaziyatni

ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, konkret xal qilinishi kerak bo‘lgan vaziyatni anglatadi (misol). Bunday

ma’lumotlar tez o‘zgaruvchan, qaytarilmas bo‘lishi mu’mkin.Mezonlarni ko‘rsatuvchi

ma’lumotlar qarorning shakllanish jarayonini yo‘naltiradi, unga mezon bo‘ladi. Bunday

ma’lumotlar odatda qonunlarda, meyoriy xujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘ladi. Ularda qaror

qabul qilishga qo‘yiladigan asosiy vazifalar, qarorni ishlab chiqarish uslubiyati va boshqalar o‘z

aksini topadi.Namunaviy ma’lumotlar shu soxada va shunga yaqin soxalarda qaror qabul qilish

bo‘yicha mavjud tajribalarni anglatadi. Bunda so‘z qaror qabul qiluvchining shaxsiy

tajribasidagi, hamda o‘zgalar tajribasidagi namunalar xaqida yuritiladi.Albatta avlodlarimiz ishlab

chiqqan tajribadan xabardor bo‘lishimiz zarur, chunki unga qarab, o‘rganib, xatolarga yo‘l

qo‘ymaysan. Lekin u tajribani ko‘r-ko‘rona ishlatib ham bo‘lmaydi, chunki xuddi bir-xil vaziyat

bo‘lmaydi. Qandaydir farq doim bo‘ladi. Shuning uchun ularni namuna sifatida o‘rganib,

yangi, original karorlar kabul kilishda foydalanish mumkin.

Qarorning shakllanish jarayonida har qanday soxa xodimi, ular qatori pedagog ham

yechimning bir necha variantlari borligini ko‘radi. Har biri bo‘yicha barcha "+" va "-" larni

tarozga soladi. Bu esa o‘z yo‘lida xodimda shak- shubxa, gumon, xar-xil kechinmalar

tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Qaror qabul qiluvchi subyektga, agar notog‘ri qaror qabul qilsa,

nafaqat o‘zini, xatto boshqa shaxslarni, aytaylik mauammoga aloqasi bor bo‘lgan ijrochilarni

xam noqulay axvolga qo‘yishi mumkinligi unga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun bir necha

variantlar orasida eng to‘g‘risini tanlash uchun faqatgina bilim va ko‘nikmalarning o‘zi kifoya

qilmaydi. Buning uchun qaror qabul qilish jarayonini tashkillashtiruvchi va rag’batlantiruvchi

iroda kerak bo‘ladi. Bunday xolatlarda qaror qabul qilishga ishini bilib yondashishni anglatadi.


background image

760

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Kuchli iroda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u yetarli ta’lim-tarbiya natijasida

yetishtiriladi.Shunday qilib qarorning shakllanish asosida bilim va prodaning mustaxkam

qorishmasi yotadi.

Ko‘pincha qaror qabul qilishda malumotlarning yetishmasligiga, kamligiga duch kelamiz.

Noaniq vaziyatda qaror qabul qilish barchamizga ma’lum narsa. Shunday paytlarda (ma’lumot

kamligi) qabul qilingan qaror, qaror qabul qiluvchi subyekt, qaror obyekti yoki vaziyatga salbiy

ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lishi mumkin. Noto‘gri qaror natijasida uchrashi mumkin bo‘lgan

xavf-xatar asosida kutilgan natija bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibat

yotadi.Qarorning shakli haqda gapiradigan bo‘lsak, qarorlar yozma va og‘zaki shakllarda bo‘lishi

mumkin. Og‘zaki qarorlardan farqli o‘larok yozma shakldagi qarorlar odatda qarorning sifatini va

uni bajarishga bo‘lgan masuliyatni oshiradi, ijrochilarni nazorat qilish, ish xolatini taxlil qilish

imkonini beradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim xollarda og‘zaki qabul qilingan qarorlar keyin

xujjatlashtirib qo‘yiladi. (Misol uchun xar-xil topshiriqlar, xujjatlardagi imzo, rezolyutsiyalar...).

Ayrim xolatlarda yozma qarorlar ijro muxlatini cho‘zilishiga olib kelishi mumkin.Qarorlar odatda

har-xil

rollar

ijro

etadi.

Ularning

asosiylari:

yo‘naltiruvchi;tashkillashtiruvchi-

muvofiklashtiruvchi.metodik (uslubiy) va pedagogik-tarbiyalovchi rollar

● Yo‘naltiruvchi (yo‘l ko‘rsatuvchi) rolning ma’nosi shundaki, unda bo‘lajak (erishish

kerak bo‘lgan) maqsad aniqlanadi, tushuntiriladi. Maqsad erishish kerak bo‘lgan obrazning ideali

sifatida ijrochilarga yo‘l ko‘rsatadi.

●Tashkillashtiruvchi-muvofiqlashtiruvchi rolli qarorlarning maqsadiga yetishda

foydalaniladigan inson resurslari va boshqa imkoniyatlar, qarorni yechishda ularnining o‘rnini

belgilaydi. Bu rol ayniqsa reja asosida kollektiv ijro etilishi kerak bo‘lgan muammolarni xal

qilishda asqotadi. U kim, kimga, kim bilan, qachon, nimaga o‘xshagan savolarga javob beradi.

●Metodik (uslubiy) rolning ma’nosi shundaki, u maqsadga erishish uchun qanday usul va

uslublar, yo‘llar ishlatilishini ko‘rsatadi. Bu uslublar qarorning o‘zida ko‘rsatilishi mumkin. Ayrim

xollarda ijrochilarning o‘zlari topishadi.

●Pedagogik-tarbiyalovchi rolning ma’nosi uning nomi aytib turganidek, ijrochilar

faoliyatini faollashtirishga qaratilgan. Qarorning shakllanish jarayonida ijrochilar tayyorligi

aniqlanadi. Agar ular tayyor bo‘lmasa, ular bilan kerakli tayyorgarliklar o‘tkaziladi.Qabul

qilinayotgan qaror turli belgilar asosida tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin. Bu

tasniflash qarorning mazmuniga yoki qabul qilinish shakliga qarab uch turga bo‘linadi:

strukturaviy;tashkiliy va funksional qarorlar Strukturaviy tuzilmasini tuzish xisoblanadi.Tashkiliy

qarorlar soxa faoliyatini rag‘batlantirishni, nazorat qilish, xisobotlarni tashkillashtirish va boshqa

tashkiliy xarakatlar bilan xarakterlanadi. Funksional qarorlar mutaxasislarning, ular qatorida

pedagoglarning ham o‘z funksional majburiyatlaridan kelib chiqadi.


background image

761

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Yuqorida qarorlardan keltirilgan tashqari amaliyotda kombinatsiyalangan (birgalikdagi)

xarakterga ega qarorlar xam uchraydi (misol uchun plan, rejalarda tular o‘z aksini topgan). Qaror

qabul qilishning asosiy tamoyillari va unga qo‘yiladigan talablar.Boshqaruv faoliyatining

nazariyasi va amaliyoti qabul qilinayotgan qarorga tegishli tamoyillarni ishlab chiqargan. Ularning

asosiylari quyidagilar: Muammoning ayrim qismlarini o‘rganishdan avval butun muammoni

o‘rganib chiqish lozimligi. Barcha variantlarni ko‘rib chiqmaguncha, qaror qabul qilmaslik.

Ma’lumotlarga darrov ishonib qolmaslik, shubxalanish lozimligi. Muammoga aniqlik

kiritish maqsadida ko‘proq savol berish. Miyaga kelgan birinchi qaror varianti bilan

qanoatlanmaslik. Qat’iy qaror qabul qilishdan avval o‘zgalarning fikriga quloq solish. O‘zgalar

fikriga iltifotsizlik ko‘rsatmaslik (bepisand bo‘lmaslik). Har kim muammoga o‘z nuqtai nazaridan

(manfaatidan kelib chiqqan xolda) qaraydi.Masalaga bir tomonlicha emas, har tomonlama

yondashishga xarakat qilish. Muammoning moxiyatini anglash uchun o‘xshash modellar

(xodisalar, qarorlar...) qidirish va ular bilan taqqoslash. Qarorga qo‘yiladigan asosiy talablar.

Bizning davlatimizda qarorga bo‘lgan asosiy talablardan biri u O‘zbekiston Prezidenti va

respublika xukumati ko‘rsatmalariga to‘g‘ri kelishi. Pedagogik faoliyatda ular barkamol avlodni

tarbiyasiga xizmat qilishlari lozim.Qarorga qo‘yiladigan umumiy talablardan biri, uning optimal

bo‘lishi, ya’ni shu vaziyatda qabul qilinishi kerak bo‘lgan eng to‘gri qaror bo‘lishi kerak. U (qaror)

konkret vaziyatga mos kelishi kerak.Optimallik bir qancha boshqa talablar bajarilishi asosida xosil

bo‘ladi. Ularga qarorning obyektivligi, qaror qabul qiluvchi subyekt kompetensiyasining to‘g‘ri

aks etilishi, qarorda muammoga munosabati bor shaxslar fikrining to‘g‘ri ifoda qilinishi, qarorning

o‘z vaktida ekanligi, konkretligi, yumshoqligi, o‘zgaruvchanligi, qaror shaklining uning

mazmuniga mosligi. Qabul qilinayotgan qaror doim obyektiv bo‘lishi kerak. Qarorning

obyektivligi unga bo‘lgan talabning mavjudligi. Agar qaror nomigagina qabul qilinsa, u obyektiv

bo‘la olmaydi.Qarorning obyektivligi ko‘pincha uni qabul qilayotgan subyektning professional va

nazariy tayyorligi bilan bog‘liq, uning boshqaruv qonuniyatlarini bilish-bilmasliklariga bog’liq.

Shu bilan birga qaror qabul qilinayotganda ishlatiladigan ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi ham

qarorning shakllanishiga ta’sir qiladi.

Qarorda uni qabul qiluvchi shaxsning kompetenciyasi to‘g‘ri aks etishi lozim, chunki uni

qabul qilishga yetarli vakolati bo‘lgan inson qabul qilishi kerak. O‘z vakolat doirasidan yuqori

bo‘lgan qarorlarni qabul qilish salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xar kim o‘z

vakolat doirasini bilishi lozim va shunga rioya qilishi kerak. Qarorda unga munosabati bor, unga

aloqador shaxslarning fikri ham inobatga olinishi kerak. Bu talab qarorni ishlab chiqishda

qatnashganlar nuqtayi nazari inobatga olinishini nazarda tutadi. Qaror qabul qilish bir narsa, uni

ishlab chiqish shakllantirish boshqa narsa. Chunki bu jarayonda unga aloqador, manfaatdor

shaxslar. bajarilishini ta’minlovchi ijrochilar, umuman muammoni yaxshi biluvchilar qatnashishi


background image

762

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

mumkin. Kollegialnost deganda qarorni ishlab chiqishdagi bamaslaxatlik, birgalikdalik, kengashib

ishlash tushuniladi. Bu esa o‘z yo‘lida qaror qabul qilingandan keyin uni bajarishni

osonlashtirishga imkon beradi. Qarorni shakllantirishda qatnashgan ijrochilar uchun uni bajarish

osonroq kechadi. Qaror qabul qilishdan oldin o‘zgalar fikrini ham o‘rganish faqat foyda beradi.

Ayrim paytlarda qaror qabul qilishdan oldin "aqliy xujum" uslubidan unumli foydalansa bo‘ladi.

Har qanday qaror agar o‘z vaqtida qabul qilinsagina yaxshi. Kech qabul qilingan qaror, noto‘g‘ri

yoki biror xatoga ega qarordan ham zarari ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun qaror qabul

qilinayotganda tezkor (operativ) xarakat qilish kerak. Lekin bu shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yish

kerak degani emas.

Qaror konkret va kerak bo‘lsa o‘zgaruvchan bo‘lishi kerak.Konkretlik bu mazmunning

aniq va lo‘ndaligi. Qabul qilinayotgan qarorda "faollashtirish", "yaxshilash", "yuqori darajaga

ko‘tarishga o‘xshagan jumla va iboralar ishlatilmaganligi ma’qul. Ayniqsa ijrochilarga vazifa

qo‘yilayotganda aniqlik va konkretlik juda zarur.Bu talab ijrochilarga hamma narsani "chaynab

berish kerak" degani emas. Vaziyatning o‘zgaruvchanligini, qaror qabul qilish uchun kerak

bo‘lgan ma’lumotning kamligini inobatga olsak, ijrochi oldiga doim aniq vazifa qo‘yish qiyin

ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ayrim paytlarda ularga vazifaga kerakli o‘zgartirishlar

kiritish imkoniyatini berish mumkin.Vazifani (qarorni) bajarishda strategik yo‘nalish aniq va

konkret bo‘lgani bilan, uni bajarish usullari, yo‘llari yumshok, o‘zgaruvchan bo‘lishi

mumkin.Qarorning yumshoq, o‘zgaruvchanligi turlicha yo‘llar bilan bajarilishi mumkin. Masalan

vazifaning ayrim bajarish usullarini ijrochilar vakolatiga bersa bo‘ladi. Ayrim paytlarda bu vaqt,

ayrim paytlarda joy, goxida bajarish usul va vositalarini tanlash. Ayrim paytlarda qandaydir

cheklashlar qo‘yish mumkin (ijrochi shu cheklovlardan tashqariga chikmasligi uchun). Vaziyatdan

kelib chiqqan holda konkretlik va o‘zgaruvchanlikka aloxida e’tibor berish lozim. Qarorning

shakli uning mazmuniga mos bo‘lishi lozim. Bu talab qarorning mazmun jixatdan optimal

ifodalash va rasmiylashtirish tomondan to‘gri bo‘lishini ko‘rsatadi texnologik Pedagog o‘zining

kasbiy faoliyati davomida talabalarga yozma ish ham, og‘zaki vazifa ham, talabalar yozgan

ishlarga (referat, kurs ishi, esse va xokazolarga) rezolyutsiya (imzo) qo‘yib ham vazifalar,

ko‘rsatmalar beradi. Undan tashqari ko‘pincha u rektorat yoki dekanat topshiriklarini ham

talabalarga yetqazadi. Qabul qilinadigan qaror, beriladigan vazifaning shakliga kelsak, biz qarorni

ifoda etuvchi til xaqida to‘xtashimiz kerak. Gapni ko‘paytirish, uni turli-tuman kerak-kerakmas

elementlar bilan to‘ldirish, qiyinlashtirish zararli. Ortiqcha gap ayni vazifani yaxshi tushunishga

xalaqit beradi. Tinglovchining ensasi qotadi. Qarorni izox qilish qisqa, aniq, konkret va lo‘nda

bo‘lishi kerak. Agar qaror katta xajmda bo‘lsa uni bir necha kichik qismlarga bo‘lib tushuntirish

maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fikrni ifoda qilishda tushunarli tilda gapirish lozim. Maxsus ibora va

terminlarni ko‘p ishlatish ham foyda beravermaydi. Aniqlik, oddiylik, talabchanlik,


background image

763

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

xushmuomalik, til xamsuxanligi, qarorning mazmuni va shakli mosligi ifodalanishi lozim.

Pedagogik jarayonni boshqarishda tezkor qaror qabul qilish talab qilinadi, chunki vaziyat

omili o‘z ta’sir darajasiga egadir. Shu sababli, pedagogik qarorlarga qo‘yiladigan talablardan

quyidagilari juda muxim: Qaror ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak.Tezislar bir biri bilan aloqador va

yaxdil bo‘lishi lozim.Huquq va javobgarlik doirasida bo‘lishi kerak.Aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi

kerak.Vaqt bo‘yicha qisqa va aniq bo‘lishi lozim.Tezkor bo‘lishi kerak. Pedagogik faoliyat

manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak.Mavjud resurslarni inobatga olgan bo‘lishi

darkor.

REFERENCES

1.

Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekicton davlatini birgalikda

barpo etamiz. – T: ”O‘zbekicton”. 2016.

2.

Mirziyoev Sh.M. Qonun uctuvorligi va incon manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T, ”O‘zbekicton”, 2017.

3.

Tadjixanov U, Caidov A. Xuquqiy madaniyat nazariyaci. 1-tom. O‘z. Rec. IIV

Akad. –T.: 1998.

4.

Guznov A.G, Pravo kak yavlenie kul’turi: Dic. ...kand. yurid. nauk. MGU im.

M.V. Lomonocova. - M.: 1994.

5.

M.Mirqosimov. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogic asoslari. T.2003

6.

Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish:

Darslik. — T. „Sharq", 2008.

7.

Abduraxmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Xayitov A.B., Akbarov

8.

A.M. “Personalni boshqarish”.Darslik. – T.: TDIU, 2012- 294 b.

Internet saytları;

1.

www.gov.uz – Ўзбекистон Ресапубликасининг давлат портали.

2.

www.mehnat.uz – Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза

қилиш вазирлиги сайти.

3.

www.mineconomy.uz – Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлигининг сайти.

4.

www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг қонунчилик

ҳужжатлари сайти.

References

Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekicton davlatini birgalikda barpo etamiz. – T: ”O‘zbekicton”. 2016.

Mirziyoev Sh.M. Qonun uctuvorligi va incon manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T, ”O‘zbekicton”, 2017.

Tadjixanov U, Caidov A. Xuquqiy madaniyat nazariyaci. 1-tom. O‘z. Rec. IIV Akad. –T.: 1998.

Guznov A.G, Pravo kak yavlenie kul’turi: Dic. ...kand. yurid. nauk. MGU im. M.V. Lomonocova. - M.: 1994.

M.Mirqosimov. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogic asoslari. T.2003

Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish: Darslik. — T. „Sharq", 2008.

Abduraxmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Xayitov A.B., Akbarov

A.M. “Personalni boshqarish”.Darslik. – T.: TDIU, 2012- 294 b.

Internet saytları;

www.gov.uz – Ўзбекистон Ресапубликасининг давлат портали.

www.mehnat.uz – Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги сайти.

www.mineconomy.uz – Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлигининг сайти.

www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг қонунчилик ҳужжатлари сайти.