Authors

  • G.S. Samandarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58158

Keywords:

4K kollaboratsiya kommunikativlik kreativ fikrlash kritik (tanqidiy fikrlash).

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi XXI asrning eng rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan 4K moduli. 4K modelining òrni va òziga xos xususiyatlari va uni qo'llash masalalariga e'tibor berilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, o’quvchilarda ijodiy mehnat ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishning samarali shakllari tahlil etilgan. Dars-o'quv jarayonining asosiy tarkibiy qismi. O'qituvchi va o’quvchining o'quv faoliyati asosan darsga qaratilgan. Shuning uchun o'quvchilarni muayyan o'quv intizomi bo'yicha o'qitish sifati asosan darsni tashkillashtirish darajasi bilan belgilanadi.

background image


Dekabr, 2024-Yil

928

YANGI AVLOD DARSLIKLARINI YARATISHDA 4K MODULINING AHAMIYATI

VA ROLI

G.S. Samandarovna

Buxoro viloyati Jondor tumani 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14543734

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi XXI asrning eng rivojlangan mamlakatlarida keng

tarqalgan 4K moduli. 4K modelining òrni va òziga xos xususiyatlari va uni qo'llash masalalariga

e'tibor berilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos

xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, o’quvchilarda ijodiy mehnat ko‘nikma va malakalarni

takomillashtirishning samarali shakllari tahlil etilgan. Dars-o'quv jarayonining asosiy tarkibiy

qismi. O'qituvchi va o’quvchining o'quv faoliyati asosan darsga qaratilgan. Shuning uchun

o'quvchilarni muayyan o'quv intizomi bo'yicha o'qitish sifati asosan darsni tashkillashtirish

darajasi bilan belgilanadi.

Kalit so‘zlar: 4K, kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik (tanqidiy

fikrlash).

KIRISH

Bugungi kunda o‘quvchini maktabga tayyorlash bu o‘quvchining ehtiyojini inobatga

olmasdan tashkil etilmaydigan jarayon. Chunki, o‘quvchilarning ehtiyojlari, uning qobiliyatlari

ta’lim traektoriyasini samarali qurishga ya’ni o‘quvchini o‘qitish emas unio‘qishga o‘rgatish,

o‘quvchining imkoniyatlarini uning shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirish hisoblanadi.[1]

Boshlang‘ich ta’lim-shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr bola ong

ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani uchun ham nozik

e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o‘zida “o‘quvchi shaxsini”yaratadi, maktabga va ta’lim

olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm yòlidagi kelgusi natijalar uchun kuch toplashni

boshlaydi. Bu esa zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy va murakkab masala sifatida

darsliklarning g‘oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy saviyasiga jiddiy yondashishni talab etadi. [2]

Zamonaviy mutaxassis bugungi kunda raqobatbardosh ta`lim bozorida o‘z o‘rnini topishi

uchun yangicha yondashuv asosida ta`lim jarayonini tashkil etishi lozim. Ta’lim sifati, eng avvalo,

ta’lim jarayonining asosiy bo‘g‘ini, uning ham ob’yekti, ham sub’yekti sifatida o‘quv materialini

o‘zlashtirish darajasiga bog‘liqdir. Aynan, 4K modeli bugungi kunda ta`lim sifatini oshirishda

muhim katolizatorlik vazifasini bajaradi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

929

4K-tushunchasi odatda kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy va hissiy sohalardagi

kompetensiyalarni ifodalashda qo`llaniladi.

4K- hamkorlik, muloqot, tanqidiy fikrlash va ijodkorlikdir.

K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi:

Kollaboratsiya

: Bu o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam

beradi. Ularga hamkorlikda ishlash, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash

ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi.

O‘zaro samarali muloqot qilish va umumiy maqsadga erishish uchun jamoada ishlash

qobiliyatini hosil qiladi. Bu sifat bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta qobiliyatlarda namoyon

bo`ladi:

umumiy go'yani yagona maqsad sifatida qabul qilish qobiliyati;

ijtimoiy munosabatni shakllantirish, ya'ni ko'pchilik fikrini qo'llab-qavvatlash, muhokama

qilish, muzokaralar olib borish, o'z harakatlarini boshqalarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish;

zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish;

mustaqillik va tashabbuskorlik.

K

ommunikativlik:

O‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va

tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi.

Ushbu kompentensiya orqali o`quvchi qo‘rqmay har qanday muloqotga kirisha oladi.

Munozaralarni boshlash, muloqotning maqsadi va kontekstiga, savol va javob berishga

kirishadi. O‘z nuqtai nazarini himoya qilish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.

Kreativ fikrlash:

O`z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni

o‘rganadi, innovatsion yechimlarni izlab topadi, ijodkorlik orqali muammolarni hal qilishning

kutilmagan usullariga ega bo‘ladi va u quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:

qiziquvchanlik – atrof-olamga qiziqish, mustaqil ravishda ko'proq ma'lumot to‘plash istagi

paydo bo‘ladi va savollarga javob topish;

tasavvur – o'ziga xos ko‘plab yangi g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati;

g‘oyalarni rivojlantirish – turli pozitsiyalarda g'oyalarni baholash, ularning kuchli va zaif

tomonlarini aniqlash, turli sharoitlarga yangicha yondashuv orqali munosabat bildirish qobiliyati

shakllanadi.

Kritiy

(tanqidiy) fikrlash: Axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikr va mulohazalarini

shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarni tahlil

qilish va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

930

Raqmli ta`limda tanqidiy fikrlashning ahamiyati kattadir. Ma'lumotni tanqidiy baholash,

tahlil qilish va sharhlash qobiliyati to'g'ri va mantiqiy xulosa chiqarish va oqilona qaror qabul

qilishga yordam beradi.

Jamoa bo'lib hamkorlikda ishlaganda tanqidiy fikrlash orqali o'quvchilar ijtimoiy

muloqotga kirisha oladilar. U quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga oladi:

Tahlil - muhokama qilinadigan savol va dalillar o'rtasida mantiqiy bog'liqlikni o'rnatish;

baholash - dalillarning ishonchliligi va aniqligini baholash qobiliyati;

tushuntirish - o'z nuqtai nazarini asoslash;

faraz qilish

- ma'lumotlarning yetishmasligini aniqlash va shu asosda mustaqil xulosa

chiqarish qobiliyati;

tartibga solish -

o'z-o'zini tekshirish, xulosalarni chiqarish va mulohaza yuritish qobiliyati

shakllanadi.

4K kompetentsiyalariga ega bo'lgan o'quvchi muammolarni hal qilishda quyidagi

ko'rsatkichlarga ega bo'ladii:

Muloqot

: savol beradi va savollarga javob beradi, tushunmagan ma`lunotlariga izox

so`raydi, o'z nuqtai nazarini tushuntiradi, ziddiyatli vaziyatlardan qochadi yoki ularga yechim

topadi.

Hamkorlik: yordam so'raydi, boshqa fikr va muloxazalarini tinglaydi va taklif beradi,

hamkorlikda ishlaydi, boshqalarga ham fikr bildirish imkonini beradi.

Tanqidiy fikrlash: axborotni tahlil qiladi, faraz va yechimlarni taklif qiladi, bahslashadi va

baholaydi.

Ijodkorlik: g'oyalarni taklif qiladi, ularni qadrlaydi, g'ayrioddiy vaziyatda asosiy

ko'nikmalarni qo'llaydi, original yechimlarni topadi, topshiriqni bajargandan so'ng ham yangi

g'oya va yechimlarni izlashni davom etadi.

XULOSA

Agar biz o‘quvchilarga ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam berishni

istasak, o‘quv jarayonini ular doimiy ravishda bajarishlari uchun tashkil etishimiz kerak. Ushbu

kompetensiyalar orqali o‘quvchi topshiriqlarni bajarishda passivlikdan tashabbuskorlik va

mustaqillikka o‘tadi, buni xulq-atvor ko‘rsatkichlari bilan ham baholash va kuzatish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Yangi innovatsion yondashuv o‘quvchining dunyoqarashi, fikrlashi

o‘sishida ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchisi portretida XXI asr ko‘nikmalari bo‘lishi kerak.


background image


Dekabr, 2024-Yil

931

Innovatsion yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa, ta’limning

asosiy maqsadi –o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo‘llay

olishga o‘rgatishdan iborat.

4K Moduli tizimi yanada yaxlit va moslashuvchan o'quvchilarni yaratish orqali ta'limni

o'zgartirish imkoniyatiga ega. Ushbu modelni to'liq tatbiq etishda muammolar saqlanib qolayotgan

bo'lsa-da, uning bilim, ko'nikma, munosabat va qadriyatlarni muvozanatlashiga qaratilganligi

o'quvchilarni tobora murakkablashib borayotgan dunyoda rivojlanish uchun zarur bo'lgan vositalar

bilan jihozlaydi. Muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchilar, siyosatchilar va talabalar

o'rtasidagi hamkorlik o'quv muhiti barcha to'rt o'lchovni samarali ta'minlash uchun muhim

ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: learning objectives. — 2017 2.

Framework for 21st Century Learning. The Partnership for 21st Century

2.

Тожибоева Дилором (2018). Таълимга ёндашувлар ва модуль асосида ўқитишнинг

тутган ўрни. Современное образование (Узбекистан), (3), 36-44.

3.

Явкочдиева Дилафруз Эгамқуловна (2021). ИННОВАЦИОН ЁНДАШУВ ТАЪЛИМ

ТИЗИМИНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ОМИЛИ СИФАТИДА. Современное

образование (Узбекистан), (4 (101)), 43-50. uzbekistan), (3), 36-44.

4.

Valiyeva, N. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA SHARQ

ALLOMALARINING ASARLARIDAN FOYDALANISH. QO ‘QON UNIVERSITETI

XABARNOMASI, 549-550.

5.

Abduraxmonova,

N.

A.

qizi.

“BO‘LAJAK

BOSHLANG‘ICH

SINF

O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK

MUAMMO SIFATIDA”. Educational Research in Universal Sciences, vol. 2, no. 12, Dec.

2023, pp. 208-11, http://erus.uz/index.php/er/article/view/5507.

6.

Сангинова Г.Б. (2023). ЗНАЧЕНИЕ И МЕСТО НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В

СИСТЕМЕ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Экономика и социум, (4-1 (107)),

840-846.

7.

Yuldashevich, M. A. (2020). SHAPING OF THE HEALTHY LIFESTYLE CULTURE IN

8.

PHYSICAL EDUCATION FOR OUR FUTURE TEACHERS. European Journal of

Research and Reflection in Educational Sciences, 8.


background image


Dekabr, 2024-Yil

932

9.

Мaxkamov, A. Y. (2020). THE IMPORTANCE OF TEACHING GYMNASTICS IN

PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Scientific and Technical Journal of

Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(7), 350-355.

References

UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: learning objectives. — 2017 2. Framework for 21st Century Learning. The Partnership for 21st Century

Тожибоева Дилором (2018). Таълимга ёндашувлар ва модуль асосида ўқитишнинг тутган ўрни. Современное образование (Узбекистан), (3), 36-44.

Явкочдиева Дилафруз Эгамқуловна (2021). ИННОВАЦИОН ЁНДАШУВ ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ОМИЛИ СИФАТИДА. Современное образование (Узбекистан), (4 (101)), 43-50. uzbekistan), (3), 36-44.

Valiyeva, N. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA SHARQ ALLOMALARINING ASARLARIDAN FOYDALANISH. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 549-550.

Abduraxmonova, N. A. qizi. “BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA”. Educational Research in Universal Sciences, vol. 2, no. 12, Dec. 2023, pp. 208-11, http://erus.uz/index.php/er/article/view/5507.

Сангинова Г.Б. (2023). ЗНАЧЕНИЕ И МЕСТО НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СИСТЕМЕ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Экономика и социум, (4-1 (107)), 840-846.

Yuldashevich, M. A. (2020). SHAPING OF THE HEALTHY LIFESTYLE CULTURE IN

PHYSICAL EDUCATION FOR OUR FUTURE TEACHERS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8.

Мaxkamov, A. Y. (2020). THE IMPORTANCE OF TEACHING GYMNASTICS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(7), 350-355.